APPLIED SCIENCES
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.3 | SJIF = 7.984 www.in-academy.uz
/J
VI / ¿
Is / ri
' * -law
Aï^wÊk¡Él / VQ
- - - tic • fii/^^B
i fe«® I ^
i ^
LAW, FINANCE AND APPLIED SCIENCES
ARTICLE INFO
SPECIFIC FEATURES OF PERSONAL DATA PROTECTION
Atanazarova Mastura Adxam qizi
Master's student of Law enforcement academy of the Republic of
Uzbekistan
E-mail: [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.11560865
ABSTRACT
Received: 04th June 2024 Accepted: 10th June 2024 Online: 11th June 2024 KEYWORDS
Personal data, right to privacy, privacy of personal data, security, GDPR, principle of proportionality.
This article describes the role of personal data protection in society in socio-legal relations, its relationship with the right to privacy and specific aspects of the concept of personal data based on the analysis of domestic and foreign legislation.
SHAXSGA DOIR MA'LUMOTLARNING HIMOYA QILISHNING OZIGA XOS
JIHATLARI
Atanazarova Mastura Adxam qizi
O'zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi, Inson huquqlariga oid xalqaro huquq yo'nalishi magistratura tinglovchisi E-mail: [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.11560865
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Received: 04th June 2024 Accepted: 10th June 2024 Online: 11th June 2024 KEYWORDS
Shaxsga doir ma'Iumotlar, shaxsiy hayot daxlsizligi huquqi, shaxsga doir ma'lumotlar maxfiyligi, xavfsizlik, GDPR,
mutanosiblik tamoyili.
Mazkur maqola jamiyatda shaxsga doir ma'lumotlarni himoya qilish ijtimoiy-huquqiy munosabatlarda qanday o'rin egallashi, uning shaxsiy hayot daxlsizligi huquqi bilan o'zaro bog'liqligi hamda shaxsga doir ma'lumotlar tushunchasining o'ziga xos jihatlarini milliy va xorijiy davlat qonunchiligi asosida tahlil qilishga bag'ishlangan.
Hozirgi davrda axborot texnologiyalari rivojlanib borayotgani sari shaxsga doir ma'lumotlarning huquqiy ahamiyati, ularni normativ-huquqiy hujjatlar orqali muhofazasini ta'minlash hamda himoya qilishga bo'lgan e'tibor ham ortib bormoqda. Raqamli ma'lumotlar katta rol o'ynaydigan bugungi dunyoda shaxsga doir ma'lumotlarni himoya qilish tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. "Shaxsga doir ma'lumotlar" tushunchasi ma'lum bir shaxsni aniqlash uchun ishlatilishi mumkin bo'lgan yoki ushbu shaxsni aniqlashga imkon beradigan ma'lumotlarni o'z ichiga oladi. Batafsilroq aytadigan bo'lsak, shaxsga doir ma'lumotlar ism,
APPLIED SCIENCES
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.3 | SJIF = 7.984 www.in-academy.uz
manzil, elektron pochta, telefon raqami, pasport raqami kabi ma'lumotlarni, shuningdek, genetik, biometrik, tibbiy yoki moliyaviy ma'lumotlani o'z ichiga olishi mumkin.
Har kuni tarmoqda ko'plab operatsiyalar amalga oshiriladi, fuqarolar o'zlariga doir ma'lumotlarni tarmoqqa kiritishga biror kishi o'z ma'lumotlarining ma'lum bir to'plamiga kirish huquqini beradi va odamlarning aksariyati Internet xatti-harakati xavfsizligining asosiy qoidalari haqida to'liq tasavvurga ega emas. Shu sababli, davlat shaxsga doir ma'lumotlarni himoya qilish bo'yicha mas'uliyatni aynan shu ma'lumotlardan foydalanadigan tashkilotlarga yuklashga harakat qilmoqda. Ma'lumki, qonunchilikka binoan shaxsga doir ma'lumotlarga aniq ta'rif berib o'tilmagan faqatgina shaxsni ajratish va idenfikatsiya qilish imkonini beradigan ma'lumot deyilgan, bu esa o'z navbatida shaxsga doir ma'lumotlarni keng talqin etilishiga olib keladi, aslida esa ularni alohida guruhlarga bo'lish va aynan qaysi turdagi ma'lumotlar shaxsga doir ma'lumotlar ekanligini aniqlashtirish lozim. Shaxsga doir ma'lumotlarni keng talqin etilishi bir qancha muammolar kelib chiqishiga ham sabab bo'lmoqda. Misol uchun, operatorlar (shaxsga doir ma'lumotlarni qayta ishlovchi tashkilotlar) tomonidan shaxsga doir ma'lumotlar deb tasniflanishi kerak bo'lgan narsalarni tushunmasliklari va ikkinchidan, shaxsga doir ma'lumotlarni qayta ishlash to'g'risidagi ma'lumotlarni taqdim etmaganlik uchun operatorlarni javobgarlikka tortish masalasida nazorat qiluvchi vakolatli organlar faoliyatidagi bo'shliq. Shaxsga doir ma'lumotlarni himoya qilinishi shaxsiy hayot daxlsizligi huquqini ta'minlashda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Shu o'rinda shaxsga doir ma'lumotlar himoya qilinishining shaxsiy hayot daxlsizligi huquqi bilan bog'liqligini ham ko'rib o'tsak.
Inson huquqlari murakkab va ko'p qirrali hodisa hisoblanib, ularning kelib chiqishi, ijtimoiy ildizlari tarixiy, ijtimoiy-madaniy taraqqiyotning ming yilliklarni bosib o'tgan va doimo siyosiy, huquqiy, axloqiy, diniy, falsafiy ma'lumotlarning diqqat markazida bo'lgan azaliy muammolaridan biridir. An'anaga ko'ra, insonning shaxsiy hayot daxlsizlik huquqi, uy-joy daxlsizligi, yozishmalar siri kabi tabiiy huquq va erkinliklari davlat tomonidan berilmaydi, balki inson tug'ilishi bilan paydo bo'ladigan huquqlardir. Davlat esa bunday huquq va erkinliklarni faqat qonun bilan tan olishi va mustahkamlashi mumkin. Shaxsiy hayot daxlsizlik huquqining konstitutsiyaviy kafolatlari masalasi hozirgi davr huquqiy maydondagi eng muhim masalalardan biri hisoblanadi. Ushbu huquqni konstitutsiyaviy kafolatlash orqali qonunchilikdagi turli ziddiyatlar, qarama-qarshiliklar bartaraf etiladi va ularga asosli izoh beriladi[1].
Davlat qonun ustuvorligiga erishish uchun insonning asosiy huquqlarini ta'minlashning maxsus mexanizmlariga ega bo'lishi kerak. Yuridik fanda nisbatan yaxshi yo'lga qo'yilgan huquqiy tartibga solish mexanizmga asoslanib, insonning asosiy huquqlaridan biri hisoblangan shaxsiy hayot daxlsizligini ta'minlashning konstitutsiyaviy-huquqiy mexanizmi konstitutsiyaviy va huquqiy vositalarning qanchalik ishlayotganligida ko'rinadi.
Xalqaro darajada shaxsiy hayot daxlsizlik huquqining konstitutsiyaviy asoslariga nazar solsak, xalqaro huquq qoidalariga muvofiq ushbu huquqning konstitutsiyaviy-huquqiy asoslari yaratilgan. Ayniqsa, raqamli makonning jadal rivojlanishi davrida shaxsiy hayot daxlsizligi kafolatlarini ta'minlash masalalari tobora dolzarbligini ko'rsatmoqda. Shaxsga doir ma'lumotlarning maxfiyligini qonun bo'yicha himoya qilish jismoniy shaxslar, tijorat tashkilotlari, davlat idoralari, huquqni muhofaza qilish organlari va milliy xavfsizlik xizmatlari
APPLIED SCIENCES
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.3 | SJIF = 7.984 www.in-academy.uz
manfaatlaridan kelib chiqqan holda shakllantiriladi. Shaxsga doir ma'lumotlarni to'playdigan va ishlatadigan tashkilotlar uchun endi insonlarning shaxsiy hayot daxlsizligi, oilaviy sirlariga oid ma'lumotlari aks etgan qonunchilikka e'tibor bermaslik va ularga rioya etmaslik huquqiy oqibatlarni keltirib chiqara boshladi.
Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 12-moddasida: "Hech kim uning shaxsiy hayotiga, oilasiga, uy-joyiga, yozishmalar, sha'ni va obro'siga tajovuz qilish yoki o'zboshimchalik bilan aralashishi mumkin emas. Har bir inson bunday aralashuv va hujumdan himoyalanish huquqiga ega[2]", deya ta'kidlangan.
Shaxsiy hayot daxlsizlik huquqini himoya qiluvchi universal va mintaqaviy xalqaro shartnomalarning paydo bo'lishi, qonunchilik va u bilan bog'liq huquqning rivojlanish qonuniyatlarining rivojlanishi bilan birga keladigan texnik taraqqiyot jamoat munosabatlarining rivojlanishidan kelib chiqadigan harakatlantiruvchi omil bo'ldi. Yashash, erkinlik va shaxsiy hayot daxlsizlik huquqi BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 1948-yil 10-dekabrda qabul qilingan Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 3-moddasi bilan kafolatlangan. Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 12 - moddasida "Hech kim uning shaxsiy hayotiga, oilasiga, uy-joyiga, yozishmalar, sha'ni va obro'siga tajovuz qilish yoki o'zboshimchalik bilan aralashishi mumkin emas. Har bir inson bunday aralashuv va hujumdan himoyalanish huquqiga ega[3]" ekanligining ifodalanishi asosiy tamoyillardan biri shaxsiy hayot daxlsizligi, shaxsiy va oilaviy sirlarga bo'lgan huquqni rivojlantirishning yangi bosqichini belgilab bergan .
Shaxsga doir ma'lumotlarni himoya qilish huquqi shaxsiy hayot daxlsizligini hurmat qilish huquqining bir jihatini, umume'tirof etilgan birinchi avlod huquqini tashkil qiladi. Aynan shu nuqtai nazardan u xalqaro va ichki qonunlarda mustahkamlangan va sudlar tomonidan himoyalangan[4].
Shaxsiy hayot daxlsizlik huquqi har bir inson o'z shaxsiy hududiga ega bo'lish huquqiga ega ekanligini anglatadi, ya'ni shaxs boshqa shaxslarning yoki davlatning uning shaxsiy hayotiga aralashuvidan himoyalangan bo'lishi lozim. Shu sababli ham shaxsga doir ma'lumotlarning maxfiyligini ta'minlanishi hamda himoya qilinishi har bir shaxsning konstitutsiyaviy huquqi sifatida kafolatlanishi lozim.
Shaxsga doir ma'lumotlarni himoya qilish yuqori huquqiy ahamiyatga ega, chunki u shaxsga doir ma'lumotlarning maxfiyligini ta'minlaydi va shaxsiy hayot daxlsizligi huquqini himoya qiladi. Shaxsga doir ma'lumotlarni samarali himoya qilish nafaqat fuqarolarning xavfsizligini ta'minlashga yordam beradi, balki demokratik tamoyillar va huquqiy davlatni kafolatlashning muhim elementidir. Shaxsga doir ma'lumotlarni himoya qilishga mas'uliyatli munosabat davlat uchun ham, har bir fuqaro uchun ham huquqiy tartibning barqarorligi ta'minlash uchun zarurdir.
Fuqarolar o'rtasida o'z huquq va majburiyatlari bo'yicha yetarlicha tartibga solinmagani va xabardor qilinmagani bu muammolardan eng asosiysi hisoblanadi. Buni hal qilish uchun ta'lim tashabbuslari, jamoatchilikni xabardor qilish kompaniyalari va raqamli savodxonlik dasturlari orqali fuqarolarning xabardorligini oshirish uchun strategiyalar ishlab chiqilishi kerak. Bundan tashqari, texnologiyaning jadal rivojlanishi, jumladan, sun'iy intellekt va biometrik identifikatsiya, paydo bo'layotgan tahdidlarni bartaraf etish va shaxsiy hayot daxlsizligini himoya qilish uchun qonunchilik bazasini doimiy yangilashni talab qiladi.
APPLIED SCIENCES
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.3 | SJIF = 7.984 www.in-academy.uz
Shaxsiy hayot daxlsizligi huquqini ta'minlashning eng muhim yo'nalishlaridan biri bu fuqarolarning shaxsga doir ma'lumotlarini himoya qilishdir. Shaxsga doir ma'lumotlarni himoya qilish masalalari so'nggi paytlarda axborot texnologiyalarining rivojlanishi, xususan, fuqaro to'g'risidagi shaxsga doir ma'lumotlar va axborot tarqatishning yangi vositalari to'planadigan avtomatlashtirilgan axborot tizimlari bilan bog'liq holda alohida ahamiyat kasb etmoqda, buning natijasida ushbu shaxsga doir ma'lumotlarning tarqalishi ancha soddalashtirilgan, buning oqibatida esa shaxsga doir ma'lumotlarni himoya qilishni raqamli muhitda ta'minlash bilan bo'g'liq bir qancha muammolar vujudga kelgan.
O'z navbatida, har qanday fuqaro o'z hayoti davomida turli jismoniy va yuridik shaxslar bilan munosabatlarga kirishadi. Ushbu o'zaro ta'sir natijasida ma'lum bir shaxs haqidagi ma'lumotlar oddiy (familiya, ism, otasining ismi) bilan boshlanib, aniq (sog'liqni saqlash ma'lumotlari, sudlanganlik to'g'risidagi ma'lumotlar, biometrik ma'lumotlar) bilan yakunlanadi. Shu bilan birga, fuqaro bu ma'lumot keng odamlarga ma'lum bo'lishini xohlamasligi mumkin. Ushbu ma'lumotni himoya qilish uchun shaxsga doir ma'lumotlarning maxsus huquqiy rejimi qo'llaniladi.
Shaxsga doir ma'lumotlar instituti huquqiy tizimda qanday o'rinni egallaydi degan savol kam o'rganilgan. Ushbu institutning amaliy nuqtayi nazardan ahamiyatiga qaramay, bugungi yuridik fanda uni o'rganishga bag'ishlangan ilmiy ishlar juda ham kam uchraydi.
Buning mumkin bo'lgan sabablari, birinchi navbatda, shaxsga doir ma'lumotlarni himoya qilish ko'pincha faqat texnik vazifa sifatida tushuniladi. Ammo shaxsga doir ma'lumotlarni himoya qilishning o'zi har qanday davlat organiga yoki xususiy tashkilotga o'z ma'lumotlarini beradigan subyektning shaxsiy ma'lumotlarining xavfsizligi, ya'ni uning huquqlarini himoya qilishdir.
"Shaxsiy hayot daxlsizligi" tushunchasi inson faoliyatining shaxsga tegishli bo'lgan, jamiyat va davlat tomonidan nazorat qilinmaydigan sohasini o'z ichiga oladi. Shaxsga doir ma'lumotlar, qoida tariqasida, jamiyatidagi subyektning o'ziga xos identifikatoridir. Shaxsga doir ma'lumotlar atamasi, o'z navbatida, qayta ishlash tushunchasi bilan chambarchas bog'liq. Shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berish fuqaro "erkin, o'z xohishi bilan va o'z manfaati uchun" o'z ma'lumotlarini operatorga har qanday funksiyalarni bajarish uchun topshirganda boshlanadi (masalan, mehnat shartnomasini tuzish) yoki ular ommaviy oferta tarzida ham mavjud (masalan, ijtimoiy tarmoqlarda ro'yxatdan o'tish orqali).
Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti 1980-yil 23-sentyabrda qavul qilingan "Shaxsiy hayot daxlsizligi va shaxsga doir ma'lumotlarni xalqaro almashinuvini himoya qilish to'g'risida" gi Direktivasida xalqaro miqyosda birinchi marta "shaxsga doir ma'lumotlar" tushunchasini ochib berdi. Ushbu Direktivaga asosan "shaxsiyati ma'lum bo'lgan yoki aniqlanishi mumkin bo'lgan shaxsga tegishli har qanday ma'lumot shaxsga doir ma'lumot" deb hisoblangan[5].
Strasburgda 1981-yil 28-yanvarda "Shaxsga doir ma'lumotlarni avtomatlashtirilgan qayta ishlashda jismoniy shaxslarni himoya qilish to'g'risida" Konvensiya imzolandi. Konvensiyada ishlatiladigan "shaxsga doir ma'lumotlar" tushunchasi "ma'lum bir yoki aniqlanishi mumkin bo'lgan shaxsga ("ma'lumotlar subyekti") tegishli bo'lgan ma'lumotlar" deb tushuniladi[6]. 2018-yil 25-mayda Yevropa Ittifoqining 2016/679 - sonli "Umumiy ma'lumotlarni himoya qilishni tartibga solish qoidalari" (ingliz tilida "General Data Protection
APPLIED SCIENCES
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.3 | SJIF = 7.984 www.in-academy.uz
Regulation" GDPR) kuchga kirdi, u 20 yildan ortiq vaqt davomida amalda bo'lgan 95/46/ Yevropa Ittifoqining shaxsga doir ma'lumotlarni himoya qilish bo'yicha 1995-yil 24-oktyabrdagi Direktivasi bilan almashtirdi[7].
Amaldagi GDPR Yevropa Ittifoqiga a'zo barcha mamlakatlar uchun shaxsga doir ma'lumotlarni qayta ishlashning umumiy qoidalarini belgilaydi va so'nggi yillarda sodir bo'lgan va internetda shaxsga doir ma'lumotlarni qayta ishlashga ta'sir ko'rsatgan axborot texnologiyalari sohasidagi o'zgarishlarga asoslanadi.
GDPR 4-moddasida [8] shaxsga doir ma'lumot tushunchasiga ta'rif berib o'tilgan bo'lib, unda Yevropa o'zining yondashuvini bayon etgan. Unga ko'ra "shaxsni identifatsiya qilish imkonini beradigan har qanday ma'lumot - shaxsga doir ma'lumot deb hisoblanadi. Bir shaxsni bevosita yoki bilvosita boshqa shaxslardan ajratish imkonini beradigan ma'lumot ham shaxsga doir ma'lumotlardir. Misol uchun, ismi, identifikatsion raqami, manzilga oid ma'lumotlar, bundan tashqari aynan o'sha shaxsgagina tegishli bo'lgan faktorlar, masalan jismoniy, psixologik, genetik, diniy , iqdisodiy, madaniy va ijtimoiy jihat shaxsga doir ma'lumotlarning tabiatini tashkil etishi belgilab qo'yilgan. Umuman olganda, shaxsga doir ma'lumotlarga nisbatan Yevropa qonunchiligidan ko'ra hech qaysi davlat qonunchiligi aniqroq va chuqurroq emas. Shu bilan birgalikda, shaxsga doir ma'lumotlar bilan ishlash psinsiplari sifatida "qonuniylik", "adolatlilik", "shaffoflik" keltirib o'tilgan. Ammo, shaffoflik va adolatlilik prinsiplari ustida turli xil kelishmovchiliklar, turfa xil yondashuvlar mavjud bo'lib, ma'lumotlarni nazorat qilishga oid davlat siyosatini ham tiyib turish ushbu qonunchilik normasida nazarda tutilgan[9].
Shaxsga doir ma'lumotlarni himoya qilish absolute, ya'ni mutlaq huquq hisoblanmaydi hamda boshqa inson huquqlari bilan birgalikda mutanosiblik prinsipi asosida amalga oshirladi. Misol uchun, 2014-yilda Ispaniyadagi Google ishi bo'yicha Adliya sudi Yevropa Ittifoqining unutilish huquqini (right to be forgotten) belgilovchi sud amaliyotini ishlab chiqdi[10], shuningdek, aloqani uzish yoki ro'yxatdan chiqarish huquqi deb ham ataladi[11]. Bu Yevropa Ittifoqi fuqarolariga qidiruv tizimlaridan o'z nomlarini qidirishda paydo bo'ladigan veb-natijalardan shaxsga doir ma'lumotlarni o'z ichiga olgan havolalarni olib tashlashni so'rash imkonini beradi. Ushbu qarorda Sud, shuningdek, ro'yxatdan chiqarish huquqi va boshqa qarama-qarshi huquq va manfaatlar o'rtasida qaror qabul qilish uchun mutanosiblik tamoyilidan foydalanadigan muvozanatli sinov zarurligini tan oldi. Unga ko'ra, unutilish huquqi mutlaq emas va faqat shaxsiy daxlsizlik huquqlari jamoatchilikning axborotdan foydalanishni davom ettirishdan manfaatdorligidan ustun bo'lgan taqdirdagina beriladi. To'liq ma'lumotlar to'plami yetarli bo'lsa, shaxsni aniqlash uchun bunday ma'lumotlar shaxsga doir ma'lumotlar sifatida tasniflanishi kerak, hatto unda shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar ma'lumotlari bo'lmasa ham. Boshqa tomondan, ushbu ma'lumotni shaxsga doir ma'lumotlar sifatida tasniflash mumkin emas, chunki qo'shimcha ma'lumotlardan foydalanmasdan uni aniqlash mumkin emas. Agar ma'lumotlar to'plami shaxsni aniqlash uchun to'liq hajmda yetarli bo'lsa, unda bunday ma'lumotlar shaxsga doir ma'lumotlarga tegishli bo'lishi kerak, hatto ularda shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar ma'lumotlari bo'lmasa ham.
Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, shaxsiy hayot daxlsizlik huquqi va shaxsga doir ma'lumotlarni himoya qilish bir-biri bilan chambarchas bog'liqdir, shuningdek, bugungi
APPLIED SCIENCES
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.3 | SJIF = 7.984 www.in-academy.uz
raqamli muhitda shaxsga doir ma'lumotlarni himoya qilish ushbu huquqni ta'minlashda muhim rol o'ynaydi. Shaxsga doir ma'lumotlar - bu ma'lum bir shaxsni idenfikatsiya qilish imkonini beruvchi va o'sha shaxsga bevosita yoki bilvosita bog'liq bo'lgan har qanday ma'lumot hisoblanadi. Shaxsga doir ma'lumotlar shaxsni aniqlash imkonini beruvchi har qanday ma'lumot bo'lishi mumkin, jumladan: to'liq ismi, tug'ilgan sanasi, yashash joyi, oilaviy holati, ta'lim va kasbiy faoliyati to'g'risidagi ma'lumotlar, moliyaviy ahvol, tarjimayi hol faktlari, shaxsning ishbilarmonlik va shaxsiy fazilatlari va boshqalar.
References:
1. Eshdavlatova Z.N. "SHAXSIY HAYOT DAXLSIZLIK HUQUQINING KONSTITUTSIYAVIY ^ОЬЛТ^ГМировая наука, 2022, №5(62), 7-bet
2. https://www.un.org/ru/about-us/universal-declaration-of-human-rights
3. https://www.un.org/ru/about-us/universal-declaration-of-human-rights
4. ВАРЛАМОВА Н.В. ЦИФРОВЫЕ ПРАВА — НОВОЕ ПОКОЛЕНИЕ ПРАВ ЧЕЛОВЕКА? //Институт государства и права Российской академии наук // Proceedings of the Institute of State and Law of the RAS. 2019. Volume 14. No. 5 С. 143.
5. Директива ОЭСР «О защите неприкосновенности частной жизни и международных обменов персональными данными» от 23 сентября 1980 г. URL:http://www.uipdp.com/upload/legislation/international/directive oesr1.pdf.
6. Конвенция о защите физических лиц при автоматизированной обработке персональных данных (Заключена в г. Страсбурге 28.01.1981) // Официальный интернет-портал правовой информации http://www.pravo.gov.ru.
7. https://gdpr-info.eu/
8. https://eur-lex.europa.eu/eli/reg/2016/679/oj
9. Turdibekov Jamshid Qahramon o'g'li// "Shaxsga doir ma'lumotlarni muhofaza qilishda fuqaroviy-huquqiy yondashuv" BMI// TDYU, 2023-yil, 28-bet.
10. Codified at Art. 17 of Regulation (EU) 2016/679. https://www.europeanpapers.eu/en/europeanforum/google-v-cnil-territorial-scope-of-right-to-be-forgotten-under-eu-law# ftn6
11. Court of Justice, judgment of 13 May 2014, case C-131/12, Google Spain and Google.