Научная статья на тему 'UNUTILISHGA BO‘LGAN HUQUQNING AYRIM MASALALARI'

UNUTILISHGA BO‘LGAN HUQUQNING AYRIM MASALALARI Текст научной статьи по специальности «Право»

CC BY
81
19
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Unutilish huquqi / shaxsga doir ma’lumotlar / huquqiy asosga ega bo‘lmagan ma’lumotlar / ma’lumotlarni yo‘q qilinishi / raqamli huquq / shaxsiy huquq / shaxsiy erkinlik / shaxsiy daxlsizlik / so‘z erkinligi. / Right to be forgotten / personal data / data without legal basis / data destruction / digital right / personal right / personal freedom / privacy / freedom of speech.

Аннотация научной статьи по праву, автор научной работы — Vapayev, Karimboy Muzaffar o‘g‘li

Ushbu maqolada har kim o‘z shaxsiga doir ma’lumotlarni himoya qilish huquqiga ega ekanligi, shuningdek, noto‘g‘ri ma’lumotlarni tuzatilishini, o‘zi to‘g‘risida qonunga xilof yo‘l bilan to‘plangan yoki huquqiy asosga ega bo‘lmay qolgan ma’lumotlarni yo‘q qilinishini talab qilish huquqi tahlil qilinadi. Bu huquq ko‘plab davlatlarda “unutilish huquqi” nomi bilan ataladi. Ushbu maqolaning dolzarbligi butun dunyoda axborot texnologiyasining rivojlanishi va globallashuvi jarayonida insonlar o‘zining shaxsga doir ma’lumotlarini himoya qilish va shaxsiy daxlsizligini ta’minlashda unutilish huquqidan foydalanish asoslaridir. Maqolada unutilish huquqi bilan bog‘liq normalar O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi, Yevropa Ittifoqining umumiy ma’lumotlarni himoya qilish to‘g‘risidagi reglamenti (GDPR), Yevropa Ittifoqining “Inson huquqlari bo‘yicha nizomi” ning tegishli moddalari asosida, shunuingdek, Hindiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi asosiy qonunlarining tegishli normalari orqali tahlil qilinadi. Shuningdek, Ispaniya, Italiya, Argentina davlatlarida unutilish huquqi bilan bog‘liq qonun hujjatlarining qabul qilinishi va unutilish huquqi bilan bog‘liq keyslar orqali tahlil qilinadi. Mavzu doirasida xorijiy olimlarning fikrlaridan, ilmiy ishlaridan, qilgan tadqiqot natijalaridan, jurnallardan, xorijiy davlatlarning qonun hujjatlaridan havolalar berildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SOME ISSUES OF THE RIGHT TO BE FORGOTTEN

This article states that everyone has the right to the protection of personal data, as well as the correction of inaccurate data, collected about him unlawfully or on a legal basis. the right to request the deletion of the data that is no longer available will be analyzed. This right is called "right to be forgotten" in many countries. The relevance of this article is the basis of using the right to be forgotten in the process of development and globalization of information technology throughout the world to protect personal information and ensure privacy. In the article, the norms related to the right to be forgotten are based on the legislation of the Republic of Uzbekistan, the European Union's General Data Protection Regulation (GDPR), the relevant articles of the European Union's "Regulation on Human Rights", as well as India It is analyzed through the relevant norms of the basic laws of the Republic and the Russian Federation. Also, the adoption of legislation related to the right to be forgotten in Spain, Italy, and Argentina and cases related to the right to be forgotten are analyzed. Within the topic, references were given from the opinions of foreign scientists, scientific works, research results, journals, and legal documents of foreign countries.

Текст научной работы на тему «UNUTILISHGA BO‘LGAN HUQUQNING AYRIM MASALALARI»

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

UNUTILISHGA BO'LGAN HUQUQNING AYRIM MASALALARI

Vapayev Karimboy Muzaffar o'g'li

Toshkent davlat yuridik universiteti Jinoiy odil sudlov fakultetining 2-kurs talabasi E-mail: [email protected]

Ushbu maqolada har kim o'z shaxsiga doir ma'lumotlarni himoya qilish huquqiga ega ekanligi, shuningdek, noto'g'ri ma'lumotlarni tuzatilishini, o'zi to 'g 'risida qonunga xilof yo 'l bilan to 'plangan yoki huquqiy asosga ega bo 'lmay qolgan ma'lumotlarni yo'q qilinishini talab qilish huquqi tahlil qilinadi. Bu huquq ko'plab davlatlarda "unutilish huquqi" nomi bilan ataladi. Ushbu maqolaning dolzarbligi butun dunyoda axborot texnologiyasining rivojlanishi va globallashuvi jarayonida insonlar o 'zining shaxsga doir ma 'lumotlarini himoya qilish va shaxsiy daxlsizligini ta'minlashda unutilish huquqidan foydalanish asoslaridir. Maqolada unutilish huquqi bilan bog'liq normalar O'zbekiston Respublikasi qonunchiligi, Yevropa Ittifoqining umumiy ma 'lumotlarni himoya qilish to 'g 'risidagi reglamenti

(GDPR), Yevropa Ittifoqining "Inson huquqlari bo'yicha nizomi" ning tegishli moddalari asosida, shunuingdek, Hindiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi asosiy qonunlarining tegishli normalari orqali tahlil qilinadi. Shuningdek, Ispaniya, Italiya, Argentina davlatlarida unutilish huquqi bilan bog'liq qonun hujjatlarining qabul qilinishi va unutilish huquqi bilan bog 'liq keyslar orqali tahlil qilinadi. Mavzu doirasida xorijiy olimlarning fikrlaridan, ilmiy ishlaridan, qilgan tadqiqot natijalaridan, jurnallardan, xorijiy davlatlarning qonun hujjatlaridan havolalar berildi.

Kalit so'zlar: Unutilish huquqi, shaxsga doir ma'lumotlar, huquqiy asosga ega bo 'lmagan ma 'lumotlar, ma 'lumotlarni yo 'q qilinishi, raqamli huquq, shaxsiy huquq, shaxsiy erkinlik, shaxsiy daxlsizlik, so 'z erkinligi.

SOME ISSUES OF THE RIGHT TO BE FORGOTTEN Vapayev Karimboy Muzaffar ugli

2nd year student of of the Faculty of Criminal Justice of Tashkent State University of Law E-mail: [email protected]

ANNOTATSIYA

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

ABSTRACT

This article states that everyone has the right to the protection of personal data, as well as the correction of inaccurate data, collected about him unlawfully or on a legal basis. the right to request the deletion of the data that is no longer available will be analyzed. This right is called "right to be forgotten" in many countries. The relevance of this article is the basis of using the right to be forgotten in the process of development and globalization of information technology throughout the world to protect personal information and ensure privacy. In the article, the norms related to the right to be forgotten are based on the legislation of the Republic of Uzbekistan, the European Union's General Data Protection Regulation (GDPR), the relevant articles of the European Union's "Regulation on Human Rights", as well as India It is analyzed through the relevant norms of the basic laws of the Republic and the Russian Federation. Also, the adoption of legislation related to the right to be forgotten in Spain, Italy, and Argentina and cases related to the right to be forgotten are analyzed. Within the topic, references were given from the opinions of foreign scientists, scientific works, research results, journals, and legal documents of foreign countries.

Key words: Right to be forgotten, personal data, data without legal basis, data destruction, digital right, personal right, personal freedom, privacy, freedom of speech.

НЕКОТОРЫЕ ВОПРОСЫ ПРАВА НА ЗАБВЕНИЕ Вапаев Каримбой Музаффар угли

Студент 2 курса факультета уголовного правосудия Ташкентского государственного юридического университета E-mail: [email protected]

АННОТАЦИЯ

В этой статье указано, что каждый имеет право на защиту персональных данных, а также на исправление недостоверных данных, собранных о нем незаконно или на законных основаниях. Право требовать удаления данных, которые больше не доступны, будет проанализировано. Во многих странах это право называют «правом на забвение». Актуальность данной статьи заключается в обосновании использования права на забвение в процессе развития и глобализации информационных технологий во всем мире для защиты личной информации и обеспечения конфиденциальности. В статье нормы, связанные с правом на забвение, основаны на законодательстве Республики Узбекистан, Общем регламенте Европейского Союза по защите данных (GDPR), соответствующих статьях «Положения о

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

правах человека» Европейского Союза, а также а также Индии Анализируется посредством соответствующих норм основных законов Республики и Российской Федерации. Также анализируются принятие законодательства, связанного с правом на забвение, в Испании, Италии, Аргентине и дела, связанные с правом на забвение. В рамках темы даны ссылки на мнения зарубежных ученых, научные работы, результаты исследований, журналы и нормативноправовые документы зарубежных стран.

Ключевые слова: право на забвение, персональные данные, данные без юридического основания, уничтожение данных, цифровое право, личное право, личная свобода, неприкосновенность частной жизни, свобода слова.

KIRISH

Huquqiy davlatchilik yo'lida O'zbekiston Respublikasi o'zining milliy qonunchiligida inson huquqlari va erkinliklarini ta'minlashni ustuvor vazifa sifatida belgilab oldi. Inson huquqlari - bu insonning tug'ilishidan to vafot etguniga qadar butun umri davomida unga hamrohlik qiladigan huquq va erkinliklaridir. Huquqlarning lozim darajada ta'minlanishi insonlarga munosib yashash imkoniyatini yaratib beradi. Jumladan, unutilish huquqi (inglizcha "right to be forgotten") ham bu insonlarning asosiy huquqlaridan biri hisoblanib, u fuqarolarga ma'lum sharoitlarda o'zining shaxsiy ma'lumotlarini qidiruv tizimlari orqali ommaviy tizimdan olib tashlashni talab qilish imkonini beradi [1]. Chunki ushbu ma'lumotlar odamlarga keyinchalik zarar keltirishi mumkin. Eskirgan, ahamiyatsiz, to'liq bo'lmagan, noto'g'ri yoki ortiqcha ma'lumotlar yoki saqlash uchun qonuniy asoslar vaqt o'tishi bilan yo'qolgan ma'lumotlarga tegishlidir [2]. Lyuksemburglik siyosatchi, Yevropa parlamenti a'zosi Kamissar Reding "unutilish huquqi" ning asosiy qoidasini bayon qildi: "Agar shaxs o'z shaxsiy ma'lumotlarini ma'lumotlar boshqaruvchisi tomonidan qayta ishlanishi yoki saqlanishini istamasa yoki agar uning saqlanishi uchun qonuniy sabablar bo'lmasa, ma'lumotlar tizimidan olib tashlanishi kerak [3].

Shaxsiy ma'lumotlarni himoya qilish bilan bog'liq turlicha yondashuvlar XIX asrning oxirida paydo bo'lgan. Internet huquqi bo'yicha tadqiqotchi Viktor Mayer Schoenbergerning fikricha, yevropaliklarning shaxsiy ma'lumotlarni himoya qilishga bo'lgan qiziqishi XX asrga borib taqaladi [4]. Shvetsiyalik Rolf Veberning so'zlariga ko'ra, unutilish huquqi "individualning har qanday ma'lumotni uchinchi shaxslarga" kirishi mumkin bolmagan holda o'chirishni talab qilishda aks etadi [5]. Boshqacha qilib aytadigan bo'lsak, ushbu huquq shaxslarga o'zlari haqidagi videolar, fotosuratlar yoki boshqa ma'lumotlarni o'chirishga imkon beradi. Unutilish huquqi

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

shaxsiy daxlsizlik huquqidan alohida bo'lib, u allaqachon ommaviy bo'lgan va uchinchi shaxslar tomonidan qayta kirilmaslik uchun ma'lumotlarni olib tashlashdan iborat [6]. Shuningdek, Lyuksemburglik siyosatchi, Yevropa Ittifoqining Adliya, asosiy huquqlar va fuqarolik bo'yicha komissari Vivan Redingning fikrlariga ko'ra, unutilish huquqi "odamlarga o'z ma'lumotlarini nazorat qilish, ayniqsa shaxslar tomonidan media va boshqa joyda taqdim qilingan ma'lumotlarni himoya qilish" usuliga aylandi [7].

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

Ishda mantiqiy, qiyosiy-huquqiy, ilmiy manbalarni aniq tadqiq qilish, qonun hujjatlarini sharhlash, qonunni qo'llash amaliyotini o'rganish kabi usullardan foydalanilgan. Shu bilan birga, unutilish huquqiga oid Yevropa Ittifoqi, Hindiston, Rossiya Federatsiyasi, Ispaniya, Italiya, Argentina davlatlarining ijobiy tajribasi va qonun hujjatlari o'rganiladi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

2023-yil 30-aprel kuni bo'lib o'tgan umumxalq referendumi natijasida O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi yangi tahrirda qabul qilindi. Ekspertlar tomonidan 130 ga yaqin chet davlatlarning konstitutsiyasi o'rganilib chiqildi va ulardan asosiylari konstitutsiyamizda mustahkamlandi. Shuningdek qomusimizda inson huquq va erkinliklariga oid normalar 3 baravarga ko'paydi. Shulardan eng ahamiyatlilaridan biri sifatida konstitutsiyamizning 31-moddasida [8] belgilangan har kim o'z shaxsiga doir ma'lumotlarning himoya qilinishi huquqiy, noto'gri ma'lumotlarning tuzatilishini, o'zi tog'risida qonunga xilof ravishda to'plangan yoki huquqiy asosga ega bo'lmay qolgan ma'lumotlarning yo'q qilinishini talab qilish huquqiga egaligini ko'rsatib o'tish lozim. Bu norma konstitutsiyamizga qoshilgan yangi norma hisoblanib, koplab davlatlarning konstitutsiyasi va qonunlarida insonlarning "unutilish huquqi" nomi bilan belgilanib o'tilgan. Unutilish huquqining asosiy jihatlari haqida Politico texnalogiya muxbiri John Hendel "odamlarga ular ahamiyatsiz va nomaqbul deb hisoblagan ommaviy yozuvlar, jurnalistika va ijtimoiy tarmoqlardagi har qanday raqamli ma'lumotlarni o'chirib tashlash qobiliyatini berish mumkin" [9] deb yozadi. Handel o'zining qoidalarini asosiy deb hisoblaydi. Shuningdek, ta'mirlash - internet foydalanuvchilari ommaviy axborot vositalari yoki boshqa joydagi havolalarni emas, balki internetga joylashtirilgan ma'lumotlarni nazorat qilishlarini ta'kidlaydi. Shuningdek, O'zbekiston Respublikasining 2019 -yil 2-iyuldagi "Shaxsga doir ma'lumotlar to'g'risida" gi qonuni [10] fuqarolarning shaxsiy hayot daxlsizligi va shasiy ma'lumotlarni himoya qilish bo'yicha muhim

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

huquqiy asos sifatida qaraladi. Shaxsga doir ma'lumotlar - muayyan jismoniy shaxsga taaluqli bo'lgan yoki uni identifikatsiya qilish imkonini beradigan, elektron tarzda, qog'ozda va boshqa moddiy jismda qayd etilgan axborot hisoblanadi. Xitoylik M.Park va C.Chai kabi olimlarning yozishicha shaxsga doir ma'lumotlarga ismlar, manzillar, turmush tarzi kabi ma'lum bir shaxsning shaxsini tushuntirish mumkin bo'lgan ma'lumotlar kiradi [11]. R.Beskivith va C.Mainvaringlarning ta'kidlashicha, ism, manzil, telefon raqami, onasining qizlik ismi, jinsi, kasallik tarixi, sug'urta ma'lumotlari kabilar shaxsga doir ma'lumotlar hisoblanadi [12]. Shaxsga doir ma'lumotlarga har kuni har javhada yuz kelamiz va ma'lum bir holatlarda ularni yig'uvchi yoki tashuvchiga aylanib qolamiz. Shaxsga doir ma'lumotlar har xil maqsadlarda yig'iladi. Masalan, ishga kirish jarayoni, kredit olish jarayoni, turli shartnomalar tuzish vaqtida, nikohni qayd etish davrida va boshqa kundalik holatlarda biz duch keladigan vaqtlarda shaxsga doir ma'lumotlar yig'iladi yoki ulardan foydalaniladi. Asosan, bu ma'lumotlardan shaxsni tasdiqlash va boshqa ma'lumotlarni aniqlash maqsadida foydalaniladi. Shuning uchun shaxsga doir ma'lumotlarning yig'ilish maqsadlari juda keng hisoblanadi. "Shaxsga doir ma'lumotlar to'g'risida" gi qonunning 10- moddasida shaxsga doir ma'lumotlarni yig'ish, tizimlashtirish tartibi va prinsplari mulkdor va operator tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi. Shaxsga doir ma'lumotlarni saqlash, shaxsga doir ma'lumotlarni yig'ish chog'ida ilgari bildirilgan maqsadlar talab etadigan darajada subyektni identifikatsiya qilish imkonini beradigan shaklda amalga oshirilishi va shaxsga doir ma'lumotlarni saqlash muddati belgilangan. Shuningdek, ushbu qonunning 11-moddasida shaxsga doir ma'lumotlarni o'zgartirish va to'ldirish subyektning murojaati asosida, ushbu murojaat berilgan paytdan e'tiboran uch kunlik muddatdan kechiktirmay mulkdor va operator tomonidan amalga oshiriladi. Haqiqatga to'g'ri kelmaydigan shaxsga doir ma'lumotlarni o'zgartirish va to'ldirish bunday nomuvofiqlik aniqlangan paytdan e'tiboran darhol amalga oshirilishi belgilangan. Buni ahamiyatini bir qancha olimlarning fikrlari asosida tahlil qilsak, xitoylik olim X.Zou shaxsga doir ma'lumotlarning buzilishi fuqarolarning normal hayoti va manfaatlariga, ularning shaxsiy yoki mulkiy xavfsizligi uchun zarar yetkazishini ta'kidlagan [13]. Shuningdek, xorijiy davlatlarning axborot tizimini himoya qilishdagi tajribasini o'rgangan olimlar M.A.Efremova va P.V.Agapov qator davlatlarning shaxsga doir ma'lumotlar daxlsizligiga oid qonunchilik tizimini o'rgangan [14]. "Shaxsga doir ma'lumotlar to'g'risida" gi Qonunning 17-moddasidada shaxsga doir ma'lumotlar mulkdor va operator, shuningdek uchinchi shaxs tomonidan quyidagi hollarda yo'q qilinishi lozim:

• Shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berish maqsadiga erishilganida;

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

• Subyektning shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berish uchun berilgan roziligi chaqirib olinganda;

• Shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berishning subyekt bergan rozilik bilan belgilangan muddati o'tganda;

• Sudning qarori qonuniy kuchga kirganda.

Shuningdek, shaxsga doir ma'lumotlarning daxlsizligi O'zbekiston Respublikasining "Shaxsga doir ma'lumotlar to'g'risida"gi O'RQ-547-sonli Qonunining 28-moddasida "Subyektning roziligisiz yoki boshqa qonuniy asos mavjud bo'lmagani holda shaxsga doir ma'lumotlarni oshkor etish va tarqatishga yo'l qo'yilmasligi to'g'risida mulkdor va (yoki) operator yoki shaxsga doir ma'lumotlardan foydalanishga ruxsat olgan boshqa shaxs tomonidan rioya etilishi majburiy bo'lgan talab shaxsga doir ma'lumotlarning maxfiyligidir. Mulkdor va (yoki) operator hamda shaxsga doir ma'lumotlardan foydalanishga ruxsat olgan boshqa shaxslar subyektning roziligisiz shaxsga doir ma'lumotlarni uchinchi shaxslarga oshkor etmasligi va tarqatmasligi shart. Shaxsga doir ma'lumotlarning daxlsizligini buzganlik uchun Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 46.2-moddasiga [15] binoan javobgarlikka tortiladi. Agar ma'muriy jazo tayinlanganid an keyin yana sodir etilgan hollarda, Jinoyat kodeksining 141.1-moddasiga [16] asosan javobgarlikka tortiladi.

Unutilish huquqi haqida ko'pchilik olimlar o'zlarining qarashlarini bayon qilgan. Ulardan biri google kompaniyasining maxfiylik bo'yicha bosh maslahatchisi

Piter Fleischer ta'kidlaganidek, unutilish huquqi ko'pincha uchta asosiy toifani qamrab oladi, ularning har biri so'z erkinligiga toboro kuchayib borayotgan xavflarni taklif qiladi deydi. Birinchi toifa eng kam munozarali: "Agar men internetga biror narsa joylashtirsam, uni yana o'chirishga haqqim bormi? ". Bu facebookda surat joylashtirganim va keyinchalik chuqur o'ylagan holda uni olib tashlamoqchi bo'lgan holatimni o'z ichiga oladi. Facebook va boshqa ijtimoiy tarmoqlarda bunga allaqachon ruhsat berilgani sababli, bu yerda qonuniy kuchga ega bo'lgan huquqni yaratish e'tirozsiz. Ammo ma'lumotlarni o'chirish huquqi Fleischerning ikkinchi toifasi bilan bog'liq bo'lsa, yanada bahsli bo'ladi. "Agar men ijtimoiy tarmoqda biror narsa joylashtirsam va kimdir uni nusxalab o'z saytida joylashtirsa, men uni o'chirishga haqqim bormi?". Tasavvur qiling-a, o'smir bir shisha piva bilan tushgan rasmini o'z saytida joylashtirganidan afsusda va uni o'chirib tashlaganidan so'ng, keyinchalik uni bir nechta do'stlari rasimni nusxalab o'z saytlarida joylashtirgani ma'lum bo'lib qoldi. Agar u ulardan suratlarni olib tashlashni so'rasa-yu, uning do'stlari rad qilishsa yoki topilmasa, facebook faqat o'smirning e'tiroziga ko'ra egasining roziligisiz suratni do'stlarining albomlaridan

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

o'chirib tashlashga haqli. Evropaning unutilish huquqiga ko'ra, kimdir shaxsiy ma'lumotlarni o'chirishni talab qilganda, internet-provoyder "so'z erkinligi" huquqini amalga oshirilishi uchun ma'lumotlarning saqlanishi "zarur" bo'lmasa, kechiktirmasdan o'chirishni amalga oshiradi. Fleischerning o'chirish so'rovlarining uchinchi toifasi bor: "Agar kimdir men haqimda biror narsa yozsa, uni o'chirishga haqqim bormi?". Bu albatta, erkin fikr bildirish borasida eng jiddiy havotirlarni keltirib chiqaradi [17]. AQSH Oliy sudi, agar ma'lumotlar qonuniy ravishda olingan bo'lsa, tarqatishni cheklovchi qonunlarni qabul qila olmaydi, deb ta'kidladi. Boshqa bir huquqshunos olim De Tervagne o'zining unutilish huquqi bo'yicha qarashlarini quyidagicha bayon qiladi: "savol shundaki, odamlar o'zlarining o'tmishdagi harakatlari uchun javobgar bo'lishlari kerakmi yoki ular o'zlarining o'tmishlarini qayta yozish huquqiga ega bo'lishlari kerakmi" [18]. Ushbu fikrlarni tahlil qilgan holda o'z qarashlarimizni bayon qiladigan bo'lsak, unutilish huquqi bu so'z erkinligini cheklashiga qo'shilmaymiz. Chunki so'z erkinligi bu so'zlarni erkin bayon qilish va unutilish huquqini amalga oshirish bilan so'z erkinligi cheklanmaydi. Unutilish huquqidan foydalanib har bir inson o'zi haqidagi noto'g'ri va asossiz ma'lumotlarni uchinchi shaxslardan (noto'g'ri ma'lumotlarni tarqatgan shaxslardan) talab qilish bu ularning so'z erkinligini cheklash deb xulosa qilinmasligi kerak. Masalan, ayrim odamlarda noto'g'ri qarashlar mavjud ya'ni siz ulardan o'zingiz haqingizdagi tarqatilgan asossiz ma'lumotlarni yo'q qilinishini talab qilsangiz sizga beriladigan birinchi javob bu "yo'q, sen meni so'z erkinligim, istalgan ma'lumotlarni tarqatish huquqimni cheklayapsan" degan javob olasiz. Ushbu holatda siz hech kimni so'z erkinligini cheklamaysiz, balki, o'zingiz haqingizdagi asossiz ma'lumotlarni yo'q qilinishini talab qilish huquqingizdan foydalanasiz. Odamlar o'tmishda qilgan harakatlari uchun kelajakda javob bermasliklari kerak va har bir inson unutilish huquqidan foydalangan holda o'tmishni qayta yozish imkoniyatiga ega bo'lishi kerak.

Yevropa ittifoqining "Umumiy ma'lumotlarni himoya qilish haqida" gi 2018-yil 25-maydagi reglamenti (GDPR) shaxsiy ma'lumotlarning qonuniy, adolatli va shaffof tarzda to'planishi va ishlatilishini, shaxslarning shaxsiy ma'lumotlari ustidan nazoratni ta'minlashga qaratilgan. Shuningdek, ushbu reglamentda shaxslarga tashkilotlardan shaxsiy ma'lumotlarni o'chirishni so'rash huquqini beradi. Shuningdek GDPR shaxsiy ma'lumotlarni qanday yig'ish, qayta ishlash va o'chirish kerakligini tartibga soladi. Yevropa Ittifoqi Adliya sudining 2014-yildagi qarororidan so'ng, ko'plab e'tirof etilgan "unutilish huquqi" GDPR da mavjud bo'lgan yo'q qilish huquqi uchun pretsedent bo'ldi. Unutilish huquqi GDPR ning 65-va 66-bandlarida ko'rsatilgan. Unga ko'ra, "Ma'lumotlar subyekti nazoratchidan

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

o'ziga tegishli shaxsiy ma'lumotlarning o'chirilishini ortiqcha kechiktirmasdan olish huquqiga ega va nazoratchi shaxsiy ma'lumotlarni ortiqcha kechiktirmasdan o'chirishga majburdir" Ortiqcha kechikish, taxminan, 1 oy deb qaraladi. GDPR ning 17-moddasida unutilish huquqi qo'llaniladigan asosiy holatlar belgilangan. Jismoniy shaxs o'z shaxsiy ma'lumotlarini o'chirishga haqli, agar:

• Shaxsiy ma'lumotlar dastlab to'plangan va qayta ishlangan maqsadlar uchun kerak bo'lmasa ;

• Tashkilot ma'lumotlarni qayta ishlash uchun qonuniy asos sifatida shaxsning roziligiga tayanadi va bu shaxs o'z roziligini bildirmasa ;

• Tashkilotning ma'lumotlarni qayta ishlash uchun hech qanday qonuniy manfaat bo'lmasa ;

• Tashkilot to'g'ridan - to'g'ri marketing uchun shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlasa;

• Tashkilot shaxsning shaxsiy ma'lumotlarini qonunga xilof ravishda qayta ishlasa;

• Axborot jamiyati xizmatlarini taklif qilish uchun tashkilot shaxsning ma'lumotlarini qayta ishlasa;

Biroq, tashkilotning kimningdir ma'lumotlarini qayta ishlash huquqi ularning unutilish huquqini bekor qilishi mumkin. GDPR da ko'rsatilgan o'chirish huquqini buzadigan holatlar:

• Ma'lumotlar so'z va axborot erkinligi huquqidan foydalanish uchun ishlatilsa;

• Ma'lumotlar qonuniy qaror yoki majburiyatni bajarish uchun foydalanilsa;

• Ma'lumotlar jamoat manfaatlarida yoki tashkilotning rasmiy vakolatlarini bajarishda amalga oshiriladigan vazifani bajarish uchun ishlatilsa;

• Qayta ishlangan ma'lumotlar sog'liqni saqlash uchun xizmat qilsa va jamoat manfaatlarini amalga oshirsa;

• Qayta ishlangan ma'lumotlar profilaktika yoki kasbiy tibbiyotni amalga oshirish uchun zarurdir. Bu faqat ma'lumotlar professional sirni saqlash bo'yicha qonuniy majburiyatga ega bo'lgan sog'liqni saqlash mutaxassisi tomonidan qayta ishlanayotganda qo'llanilsa;

• Ma'lumotlar jamoat manfaatlariga, ilmiy tadqiqotlarga, tarixiy tadqiqotlarga yoki statistik maqsadlarga xizmat qiluvchi muhim ma'lumotlarni ifodalaydi va ma'lumotlarni o'chirish - qayta ishlash maqsadi bo'lgan muvaffaqiyatga erishishga putur yetkazishi yoki to'xtatishi mumkin bo'lsa;

• Ma'lumotlar huquqiy himoyani o'rnatish yoki boshqa huquqiy da'volarni amalga oshirish uchun foydalanilsa;

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

Bundan tashqari, tashkilot so'rovning asossiz yoki haddan tashqari ko'p ekanligini asoslashi mumkin bo'lsa, tashkilot "oqilona to'lov" so'rashi yoki shaxsiy ma'lumotlarni o'chirish so'rovini rad etishi mumkin [19][20].

Yevropa Ittifoqining asosoy qonun hujjatlaridan biri - Yevropa Ittifoqining Inson Huquqlari bo'yicha Nizomining 8-moddasi shaxsiy ma'lumotlarni himoya qilish haqida bir qancha norma belgilangan bo'lib bular quyidagilardan iborat: Har bir shaxs shaxsiy ma'lumotlarini himoya qilish huquqiga ega. Shuningdek, bunday ma'lumotlardan belgilangan maqsadlarda va uning roziligi yoki qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa asoslar asosida maqsadga muvofiq foydalanishi kerak. Har bir inson o'zi to'g'risidagi to'plangan ma'lumotlarga kirish va undagi xatolarni tuzatish huquqiga egaligi belgilab qo'yilgan [21]. 1995-yilda "Shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlash va bunday ma'lumotlarning erkin harakatlanishi bo'yicha shaxslarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida" gi direktivasi (95/46EC direktivasi) qabul qilindi, bu bugungi kunda Yevropa Ittifoqining asosiy hujjati hisoblanadi. Unda shaxsiy ma'lumotlarni to'plash, qayta ishlash, saqlash va shaxsiy ma'lumotlar bilan bog'liq boshqa harakatlar nazarda tutilgan. Ushbu hujjatning 12 -bandi jismoniy shaxslarga shaxsiy ma'lumotlarning maxfiyligini va uni internetdagi uchinchi shaxslardan himoya qilinishini kafolatlaydi [22].

Hindiston Respublikasida shaxsiy ma'lumotlarni himoya qilish bilan bog'liq qonun loyihasi 2019-yil 11-dekabrda Elektronika va axborot texnalogiyalari vazirligi tomonidan taqdim etilgan. Ushbu qonunning asosiy maqsadi shaxsning shaxsiy hayotini himoya qilishdir. Qonunning 5-bobida ma'lumotlr direktori huquqi haqida so'z boradi. Ushbu bobning 20-bandida unutilish huquqi haqida so'z boradi. Ushbu bandda ma'lumotlar direktori (ma'lumotlar bilan bog'liq bo'lgan shaxs) o'z shaxsiy ma'lumotlarining doimiy ravishda cheklash yoki oldini olish huquqiga ega. Shunday qilib, unutilish huquqidan foydalangan holda o'z shaxsiy ma'lumotlarni o'chirishi yoki tuzatishi mumkin [23,24]. Hindiston Respublikasi Konstitutsiyasining 21-moddasida hech kim qonunda belgilangan tartibda hayoti yoki shaxsiy erkinligidan mahrum etilishi mumkin emas [25,26]. Ushbu norma ham unutilish huquqini ta'minlovchi asosiy qonunlardan hisoblanadi. Chunki unutilish huquqi shaxslarning asosiy va daxlsiz huquqi hisoblanadi va har bir shaxs o'zining shaxsiy ma'lumotlarini himoya qilishi, shuningdek, ahamiyatsiz va noto'g'ri ma'lumotlarni internet saytlaridan olib tashlanishini talab qilish huquqiga ega.

Rossiya Federatsiyasida 2014-yil 4-iyunda yangi tahrirda qabul qilingan

"Shaxsiy ma'lumotlar to'g'risida" gi Federal qonuniga binoan shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlashda shaxsiy ma'lumotlarning to'g'riligi, ularning yetarliligi va shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlash maqsadlari bilan bog'liqligi

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

ta'minlanishi kerak. Operator to'liq bo'lmagan yoki noto'g'ri ma'lumotlarni o'chirish yoki aniqlashtirish choralarini ko'rishi kerak. Shuningdek, federal qonunlarda boshqacha holat nazarda tutilmasa, qayta ishlangan ma'lumotlar qayta ishlash maqsadiga erishilgandan so'ng yo'q qilinishi va shaxsiylashtirilmasligi kerak [27]. 2014-yil iyun oyida Yevropa sudining qarori va "global tarmoqlarda o'zi haqida yoqimsiz yoki eskirgan ma'lumotlarga kirishni cheklash" huquqi Rossiya Federatsiyasi Jamoalar palatasi tomonidan qo'llab quvvatlangan [28]. 2014-yil noyabr oyida Roskomnadzor agentlik "unutilish huquqini" Rossiya qonunchiligida mustahkamlab qo'yishni qo'llab quvvatlashini bildirgan va bu paytda mamlakatda shunga o'xshash pretsedentlar bo'lmagan. 2015-yil may oyida "unutilish huquqi" to'g'risidagi qonun loyihasi Rossiya Federatsiyasi Davlat Dumasiga turli fraktsiyalarning to'rt nafar deputati tomonidan taqdim etilgan [29]. Qonunga ko'ra, Rossiya fuqarolari qidiruv natijalaridan o'zlari haqidagi eskirgan ma'lumotlarga havolalarni olib tashlashlari mumkin. Biroq materiallarning o'zlari joyida qoladi. Masalan, yandex va google yolg'on ma'lumotlarga havolani qabul qiladi va ularni mustaqil ravishda qidiruv natijalaridan olib tashlaydi. Ariza beruvchi faqat o'z shaxsini tasdiqlashi va to'g'riligini isbotlashi kerak. Aytaylik, X web-saytida shunday yozilgan: "Ivanov poraxo'r". Ivanov o'zining aybsizligi haqidagi dalillar bilan unutilish huquqini so'rab qidiruv tizimlariga murojaat qiladi. Bundan keyin Ivanovni qidirayotgan foydalanuvchilar negativ havola ko'rmaydilar. 2015-yil iyuldagi "Axborot, axborot texnologiyalari va axborotlarni himoya qilish to'g'risida" gi qonuni va 2015-yil 13-iyulda FZ-264 sonli federal qonuni Fuqarolik Protsessual kodeksining 29 va 402-moddalariga o'zgartirishlar kiritish to'g'risidagi qabul qilingan. Tegishli federal qonun Rassiya Federatsiyasi Prezidenti tomonidan imzolandi. Ushbu qonun 2016-yil 1-yanvardan kuchga kirgan [30] [31]. "Axborot, axborot texnologiyalari va axborotlarni himoya qilish to'g'risida" Federal qonuni 1 modda bilan to'ldirildi. 10.3...unga ko'ra, Rossiya Federatsiyasi hududida joylashgan iste'molchilarning e'tiborini jalb qilishga qaratilgan internetda reklama tarqatuvchi qidiruv tizimi operatori fuqaroning (jismoniy shaxsning) holda tarqatilgan, ishonchsiz, shuningdek, ahamiyatsiz bo'lgan, keyingi voqealar tufayli arizachi uchun ahamiyatini yo'qotgan arizachi to'g'risidagi ma'lumotlarga kirish imkonini beruvchi Internetdagi sayt sahifasi indeksi haqida ma'lumot berishi kerak. Federal qonun talabnoma beruvchining ma'lumot berishni to'xtatish to'g'risidagi iltimosiga javob berishi kerak bo'lgan mezonlarni, ushbu so'rovni qidiruv tizimi operatoriga yuborish tartibini va ularning keyingi o'zaro ta'sirini belgilaydi. Ariza beruvchining so'rovida quyidagi ma'lumotlar bo'lishi kerak:

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

• Familiyasi, ismi, otasining ismi, passport ma'lumotlari, aloqa ma'lumotlari ( telefon yoki faks raqamlari, elektron pochta manzili,

• pochta manzili;)

• Havolalar berilishi, tugatilishi kerak bo'lgan ariza beruvchi to'g'risidagi ma'lumotlar;

• Ma'lumotlar joylashtirilgan internetdagi web-sayt sahifasining indeksi;

• Qidiruv tizimini havolalar chiqarishni to'xtatish uchun asos;

• Ariza beruvchining shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlashga roziligi;

Agar talabda noaniqliklar yoki xatolar aniqlansa, qidiruv tizimining operatori ariza beruvchiga u taqdim etgan ma'lumotlarni aniqlashtirish uchun bildirishnoma yuborishga haqli. Ariza beruvchi 10 ish kuni ichida noaniqliklarni bartaraf qilishi va yangilangan ma'lumotlarni operatorga yuborishi shart. Qidiruv tizimining operatoriga so'rovda ko'rsatilgan ma'lumotlarga havolalarni qidiruv so'rovi natijalaridan chiqarib tashlash uchun 10 ish kuni beriladi, keyin bu haqda ariza beruvchining so'rovi qanoatlantirilganligi to'g'risida bildirishnoma yuborish yoki asoslantirilgan rad javobi orqali arizachiga xabar qilinadi. "Unutilish huquqi" ning Yevropa versiyasidan farqli o'laroq, Rossiya qonunchiligi arizachining so'rovi faktining maxfiyligiga e'tibor qaratadi va qidiruv tizimi operatorining manfaatdor shaxsdan so'rovni qabul qilish to'g'risidagi ma'lumotlarni oshkor qilmaslik majburiyatini belgilaydi. Ariza berish faktining maxfiyligi ariza beruvchining shaxsiy daxlsizlik huquqini kafolatlaydi. Shuningdek, federal qonun qidiruv tizimi operatorining rad etishini asossiz deb hisoblagan arizachiga sudga murojaat qilish huquqini beradi.

Ispaniyada shaxsiy ma'lumotlarni himoya qilish to'g'risidagi qonun mavjud (Ley Organica 15/1999, LOPD). Ushbu qonunning shaxsiy ma'lumotlarni sifati to'g'risidagi 4-moddasida aytilishicha, ular to'planishi va keyinchalik qayta ishlanishi faqat shartlarga muvofiq mumkin. Tarixiy, statistik, yoki ilmiy maqsadlarda bo'lmasa ushbu ma'lumotlardan boshqa maqsadlarda foydalanish mumkin emas. Shaxsiy ma'lumotlar, agar ular to'plangan yoki saqlangaan maqsadlar uchun zarur bo'lmasa yoki ahamiyatli bo'lmasa, o'chirilishi kerak [32]. Ispaniya fuqarolarini shaxsiy ma'lumotlarini to'plash, qayta ishlash va boshqa harakatlarni himoya qilish va nazorat qilish uchun 1993-yilda Adliya vazirligi nazorati ostidagi tashkilot bo'lgan Milliy ma'lumotlarni himoya qilish agentligi tashkil etilgan [33].

Italiyada ham 2003-yil noyabr oyida qabul qilingan Shaxsiy ma'lumotlarni himoya qilish kodeksi ( Codice in material di protezione dei dati personali ) (51) va shaxsiy ma'lumotlarni himoya qilish bo'yicha davlat tashkiloti (Garante per la

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

prateizone dei dati personali) [34] mavjud. Italiyada unutilish huquqi, birinchi navbatda, har bir fuqaroning uning sha'ni yoki obro'siga putur yetkazishi mumkin bo'lgan ayrim biagrafik faktlarni yangiliklar tarixidan olib tashlash huquqi nuqtayi nazaridan ko'rib chiqiladi [35]. Agar bu faktlar endi ahamiyatli bo'lmasa yoki o'zining sud o'tmishi haqidagi ma'lumotlarni aniq sabablarsiz tarqatmaslik nazarda tutilgan. Misol sifatida Oronto shahri sudi (Primodanoi) internet nashrini o'z arxivida sud ishida ishtirok etgan ikki nafar tadbirkorga oid materiallarni olib tashlashdan bosh tortgani uchun 17 ming yevro miqdorida jarimaga tortilgan. Sud qaroriga ko'ra ma'lumot e'lon qilingan kundan boshlab jamoatchilik manfaati yo'qligi uchun yetarli vaqt o'tgan. Oxir oqibat maqola nashr arxividan olib tashlangan [36,37].

Argentina qonunchiligida unutilish huquqi bilan bog'liq normalarga to'xtalsak, 1996-yilda Argentina Oliy sudi tomonidan 10 yildan ko'proq vaqt oldin to'plangan shaxsiy ma'lumotlar eskirgan deb hisoblangan va subyekt ushbu ma'lumotlarni o'chirish huquqiga ega deb qaror qabul qilingan. Chunki eski ma'lumotlarni saqlanishi "unutilish huquqini" ni buzadi. Keyinchalik 2000-yil 25.326-sonli "Shaxsiy ma'lumotlarni himoya qilish to'g'risida" gi Qonunning 26-bandi shaxsiy ma'lumotlarni besh yillik saqlash muddatini belgilaydi [38]. 2012-yil deputatlar Julian Obiglio va Alberto Peres internetda unutilish huquqi to'g'risidagi yangi qonunni taklif qilishdi, uchinchi shaxslar tomonidan nashr etilgan kontent uchun qidiruv tizimlari va ijtimoiy tarmoqlar uchun huquqiy javobgarlikni belgilovchi va jismoniy shaxslarga qidiruv tizimlari va ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni talab qilish imkonini beruvchi mexanizmni taklif qilishdi [39].

XULOSA

Yuqorida ta'kidlanganidek, unutilish huquqi insonlarning asosiy huquqlaridan biri hisoblanadi. Chunki shaxslar o'zlari haqidagi ma'lumotlarni nazorat qilish va noto'g'ri ma'lumotlarni o'zgartirish, to'ldirish va yo'q qilish huquqiga ega. Amaliyotimizga bog'lab tahlil qiladigan bo'lsak: yagona interaktiv davlat xizmatlari portali hisoblangan my.gov.uz saytida fuqarolar ma'lumotlarining xato va kamchiliklar bilan kiritilgan holatlari mavjud. Ushbu ma'lumotlar to'g'irlanishi va kamchiliklar to'ldirilishi lozim. Chunki har kim shaxsiy ma'lumotlarni himoya qilinishi, noto'g'ri va huquqiy asosga ega bo'lmay qolgan ma'lumotlarni yo'q qilinishini talab qilish huquqi konstitutsiyamizda mustahkamlab qo'yilgan. Shaxsiy ma'lumotlar inson hayotida juda muhim o'rinni egallaydi. Masalan, biror shaxs to'g'risida noto'g'ri ma'lumotlar internet va boshqa ommaviy saytlarda tarqatilsa ertaga o'sha insonning ishi, kariyerasi uchun ko'pgina salbiy oqibatlarga olib keladi. Shiddat bilan rivojlanayotgan zamonda hamma narsa internet axborot tizimi bilan

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

bog'liq. Bu shuni anglatadiki, ertaga biror joyga ishga kirish istagini bildirsangiz ish beruvchi siz haqingizda ma'lumot to'plashi mumkin va bu holatda siz to'g'ringizda tarqatilgan asossiz va noto'g'ri ma'lumotlar yaxshi ishlarni boy berilishiga sabab bo'lishi mumkin. Yana bitta hayotiy misol sifatida shuni ko'rsatish mumkinki, yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida fuqarolarning shaxsiy ma'lumotlari bilan bog'liq xato va kamchiliklar mavjud. Har bir fuqaro o'zi haqidagi shaxsiy ma'lumotlarini to'g'riligini nazorat qilib, agar noto'g'ri ma'lumotlar aniqlansa davlat organlaridan to'g'irlashni talab qilishi kerak. Shaxsiy ma'lumotlarni himoya qilish to'g'risidagi qonunimizda har bir shaxs o'zi haqida huquqiy asosga ega bo'lmagan ma'lumot tarqatilsa buni o'zgartish yoki yo'q qilishni talab qilinganda darhol amalga oshirilishi belgilangan. Ushbu holatda qonunda aniq muddat belgilanishi lozim chunki bu holat amaliyotda ishlaganda ma'lum muddat kechikishlarni keltirib chiqarishi mumkin. Masalan, Rossiya Federatsiyasi qonunchiligida shaxslar o'zlari haqida noto'g'ri va assosiz ma'lumotlarni yo'q qilinishini talab qilinganda qidiruv so'rovi operatori tomonidan 10 ish kuni ichida amalga oshirish belgilangan. Shuningdek, unutilish huquqidan foydalanib qidiruv tizimidan asossiz ma'lumotlarni yo'q qilinishini talab qilgan har qanday insonni shaxsi sir tutilishi kerak va bu shaxsiy daxlsizlik bilan bog'liq. Ispaniya, Italiya davlatlari tajribasida bu holatni ko'rishimiz mumkin chunki bu davlatlarda shaxsiy ma'lumotlarni to'planishi, saqlanishi va qayta ishlanishini nazorat qilish maqsadida bir qancha agentlik va tashkilotlar o'z faoliyatini olib boradi. Unutilish huquqining ayrim jihatlari shu jumladan ishi sud ishida ishtirok etgan shaxslar haqidagi ma'lumotlar ham ma'lum muddatdan keyin internet nashirlaridan olib tashlanishi mumkin. Buni Italiyada bo'lib o'tgan tadbirkorlarning suddagi ishtiroki bilan bog'liq ish misolida ko'rish mumkin. Yana bitta ijobiy tajriba shuki, biror inson haqida internet va boshqa saytlarda uchinchi shaxslar tomonidan tarqatilgan kontent uchun ijtimoiy tarmoqlar va qidiruv tizimlari uchun huquqiy javobgarlik belgilanishi lozim. Bu yo'l orqali ma'lumotlarga ishlov berish va ulardan noto'g'ri maqsadlarda foydalanishini oldini olish mumkin. Unutilish huquqi ya'ni har bir shaxslar o'zlari haqidagi ma'lumotlarni nazorat qilishi va huquqiy asosga ega bo'lmagan ma'lumotlarni yo'q qilish huquqi har bir davlatning qonunchiligida asosiy huquqlardan biri sifatida belgilanish lozim.

Yuqoridagi tahliliy fikrlar va xorijiy davlatlarning tajribasini o'rganga n holda quyidagicha takliflarni berishimiz mumkin:

birinchidan, shaxsiy hayot daxlsizligini buzgan va shaxslar to'g'risida har qanday asossiz va noto'g'ri ma'lumotlarni tarqatgan axborot tarqatuvchisini bloklash tizimini joriy etish kerak. Ushbu amaliyot Yevropa Ittifoqining Ma'lumotlarni

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

himoya qilish bo'yicha reglamentining shaxsiy hayot daxlsizligiga oid ma'lumotlaridan qonuniy foydalanish bo'yicha prinsplarida belgilab o'tilgan.

ikkinchidan, "Shaxsga doir m'lumotlar to'g'risida" gi O'RQ-547-sonli Qonuniga tegishli o'zgartirishlar kiritib, shaxslar o'zlari haqida huquqiy asosga ega bo'lmagan va noto'g'ri ma'lumotlarni yo'q qilish arizasi bilan murojaat qilganda ushbu ma'lumotlarni qancha muddat ichida yo'q qilishni aniq muddatini belgilash taklif etiladi. Ushbu ijobiy tajriba Rossiya Federatsiyasi qonunchilida belgilab o'tilgan.

uchinchidan, shaxsiy hayot daxlsizligiga oid ma'lumotlar bilan ishlovchi shaxslarga, ekspert va mutaxassislarga qo'yiladigan malaka talablarini ishlab chiqish taklif etiladi.

REFERENCES

1. Vaas, Lisa ( 25 September 2019 ). "Google wins landmark case: Right to be forgetten only applies in EU". Naked Security.Retrived 9 may 2021.

2. "El derecho al olvido en Internet se debera aplicar tambien en la Capital Federal" New York Times.

3. http://europa.eu/rapid/pressReleasesAction.do

4. http://www.newyorker.com/magazine/2014/09/29/solace-oblivion

5. Weber H. Rolf The Right To Be Forgotten: More than a Pandora box? Архивная копия от 29 ноября на Wayback machine

6. Wall street Journal Forgot any "Right to be Forgotten"

7. https://www.theatlantic.com/technology/archive/2012/01/why-iournalists-shouldnt-fear-europes-right-to-be-forgotten/251955/2/

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

8. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi ( 2023-yil 30-aprelda yangi tahrirda qabul qilingan)

9. John Hendel, Why Journalists Shouldn't Fear Europe's 'Right to Be Forgotten,http://www.theatlantic.com/technology/archive/2012/01/why- journalists-shouldnt-fear-europes-right-to-be-forgotten/251955/.

10. O'zbekiston Respublikasining 2019-yil 2-iyulda qabul qilingan "Shaxsga doir ma'lumotlar to'g'risida" gi O'RQ-547-son Qonuni

11. M.Park, S. Chai, The Value of Personal Information : An Exploratory Study for Types of Personal Information and Its Value, Asia Pacific Journal of Information Systems Vol. 28 No. 3 - 2018. - B. 155.

12. R. Beckvith va S. Mainvaring, Privacy: Personal Information, Threats, and Technologies, IEEE Xplore, - 2009. - B. 2.

Oriental Renaissance: Innovative, (E)ISSN: 2181-1784

educational, natural and social sciences 3(12), Dec., 2023

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 www.oriens.uz

13. H. Zou Protection of Personal Information Security in the Age of Big Data, 12th International Conference on Computational Intelligence and Security, 2016

14. M.A. Efremova, P.V. Agapov Crimes against Information Security: International Legal Aspects of Fighting and Experience of Some States, "Journal of Internet Banking and Commerce", April 2016, vol. 21, no. S3

15. Узбекистан Республикаси Маъмурий жавобгарлик тугрисидаги кодекси / ^онунчилик маълумотлари миллий базаси, 17.09.2021й., 03/21/716/0877-сон Узбекистан Республикаси Жиноят кодекси / ^онунчилик маьлумотлари миллий базаси, 05.10.2021 й., 03/21/719/0929-сон

17.Peter Fleischer, The Right to Be Forgotten, or How to Edit Your History, Privacy. http://peterfleischer.blogspot.com/2012/01/right-to-be- forgotten-orhow-to-edit.html.

18. Antoon De Baets (2016) A historian's view on the right to be forgotten, International Review of Law, Computers & Technology, 30:1-2,

57-66, DOI: 10.1080/13600869.2015.1125155

19. Everything you need to know about the "Right to be forgotten" - GDPR.eu

20. https://gdpr.eu/right-to-be-forgotten/

21. Yevropa Ittifoqining asosiy huquqlari xartiyasi - Fuqarolik erkinliklari markazi.https://ccl.org.ua/ru/posts/2021/11/hartiya-osnovnyh-prav- evropejskogo-soyuza/

22. Директивы 95/46/ЕС Европейского Парламента eur-lex.europa.eu

23. Right to be forgotten in India

24. https://www.legalserviceindia.com/legal/article-7112-right-to-be-forgotten- in-india.html

25. India - Asia - Constitute

26. https://www.constituteproject.org/countries/Asia/India

27. Федеральный закон « О персональных данных» от 27 июля 2006 года № 152-ФЗ(редакция 4.06.2014)

28. Ведомости: В России могут разрешить удаление личных данных из поисковых систем. Дата обращения: 25 ноября 2014 года.

29. http://www.mk.ru/politics/2015/05/29/pravo-na-zabvenie-perevernet-rossiyskiy-internet.html

30. http://ria.ru/society/20150714/1127840422.html

31. Федеральный закон Российской Федерации от 13 июля 2015 г. N 264- ФЗ «О внесении изменений в Федеральный закон „Об информации, информационных технологиях и о защите информации" и статьи 29 и 402 Гражданского процессуального кодекса Российской Федерации» http://www.rg.ru/2015/07/16/informacia-dok.html

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

32. Ley Orgánica 15/1999, de 13 de diciembre, de Datos de Caracter Personal

33. http://noticias.juridicas.com/base datos/Admin/lo 15-1999.t6.html

34.https://web.archive.org/web/20110516021602/https: //www.agpd.es/portal we bAGPD/canaldocumentacion/legislacion/estatal/common/pdfs/RD 428 199

3 estatuto agencia.pdf http://www.garanteprivacy.it/

35. http://www.ilfoglio.it/articoli/v/105539/rubriche/via-da-google-la-corte-europea-sancisce-il-diritto-alloblio.htm

36. http://punto-informatico.it/3694466/PI/News/italia-diritto-cronaca-nell-oblio.aspx

37. http://www.primadanoi.it/news/abruzzo/536737/ABRUZZO-- AMMAZZATI-DALLA-GIUSTIZIA-.html

38. http://infoleg.mecon.gov.ar/infolegInternet/anexos/60000-64999/64790/norma.htm

39. http://todosobrelacorte.com/2011/11/22/pablo-palazzi-la-corte-suprema-y- el-derecho-al-olvido/

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.