Научная статья на тему 'CHET DAVLATLARDA VA O‘ZBEKISTONDA KOMPLEKS TADBIRKORLIK LITSENZIYASI SHARTNOMASI(FRANSHIZING) INSTITUTI: HUQUQIY MOHIYATI, XORIJIY MAMLAKATLAR TAJRIBASI VA MILLLIY QONUNCHILIKNI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI'

CHET DAVLATLARDA VA O‘ZBEKISTONDA KOMPLEKS TADBIRKORLIK LITSENZIYASI SHARTNOMASI(FRANSHIZING) INSTITUTI: HUQUQIY MOHIYATI, XORIJIY MAMLAKATLAR TAJRIBASI VA MILLLIY QONUNCHILIKNI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI Текст научной статьи по специальности «Право»

CC BY
245
50
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasi / franshizing / “tijorat konsessiyasi” / kompleks litsenziar / kompleks litsenziat / franchayzi / franzayzer / tadbirkorlik subyektlari / mutlaq huquqlar / tovar belgisi / shartnomadan oldingi dastlabki kelishuvlar / bir tomonlama voz kechish / ro‘yxatdan o‘tkazish. / complex business license agreement / franchising / “commercial concession” / complex licensor / complex licensee / franchisee / franchisor / business entities / exclusive rights / trademark / preliminary pre-contractual agreements / unilateral waiver / registration transfer.

Аннотация научной статьи по праву, автор научной работы — Umarova, Xolisxon Nomoz Qizi, Qarshiboyev, Jasurbek Komiljon O‘G‘Li

Mazkur maqola O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasi(franshizing)ni tartibga solish muammolariga bag‘ishlangan bo‘lib, O‘zbekiston qonunchiligi bo‘yicha kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasi huquqiy mohiyati va boshqa ayrim shartnomalardan farqi ochib beriladi. Milliy va xorijiy qonunchilik me’yorlarini uyg‘unlashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasi haqidagi 50-bobi Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi, Yevropa Ittifoqi, Amerika Qo‘shma Shtatlari qonunchiligi bilan solishtirma tahlil qilinadi. Huquq egasining shartnoma bo‘yicha yordam ko‘rsatish va tovarlar, ishlar, xizmatlar sifati ustidan nazoratni amalga oshirish majburiyatlari qonunda imperativ shaklda shakllantirilishi kerakligi haqida fikr bildiriladi. O‘zbekiston Fuqarolik Kodeksini litsenziat va litsenziarga shartnomadan bir tomonlama voz kechish huquqini beruvchi norma bilan to‘ldirish zarurati asoslanadi. Shuningdek, tomonlarning majburiyatlarini tartibga soluvchi moddalarni shartnomadan oldingi bosqichida ular tomonidan ma’lumotlarni oshkor qilish va dastlabki kelishuv to‘g‘risidagi qoidalar bilan to‘ldirish maqsadga muvofiqligi haqida bahs yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE INSTITUTION OF COMPLEX COMMERCIAL LICENSE AGREEMENT (FRANCHISING) IN UZBEKISTAN AND FOREIGN COUNTRIES: LEGAL ESSENCE, EXPERIENCE OF FOREIGN COUNTRIES AND ISSUES OF IMPROVEMENT OF NATIONAL LEGISLATION

ABSTRACT This article is devoted to the problems of regulation of complex business license agreement (franchising) in the legislation of the Republic of Uzbekistan, and the legal essence of the complex business license agreement under the legislation of Uzbekistan and its difference from some other contracts will be revealed. In order to harmonize national and foreign legislation, Chapter 50 of the Civil Code of the Republic of Uzbekistan on the comprehensive business license agreement is compared with the legislation of the Commonwealth of Independent States, the European Union, and the United States of America. An opinion is expressed that the obligation of the right holder to provide assistance under the contract and control the quality of goods, works, and services should be formulated in an imperative form in the law. The need to supplement the Civil Code of Uzbekistan with a norm that gives the licensee and licensor the right to unilaterally withdraw from the contract is justified. It is also discussed whether it is expedient to supplement the articles regulating the obligations of the parties with provisions on disclosure of information and preliminary agreement at the pre-contractual stage.

Текст научной работы на тему «CHET DAVLATLARDA VA O‘ZBEKISTONDA KOMPLEKS TADBIRKORLIK LITSENZIYASI SHARTNOMASI(FRANSHIZING) INSTITUTI: HUQUQIY MOHIYATI, XORIJIY MAMLAKATLAR TAJRIBASI VA MILLLIY QONUNCHILIKNI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI»

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(7), July, 2023

CHET DAVLATLARDA VA O'ZBEKISTONDA KOMPLEKS TADBIRKORLIK LITSENZIYASI SHARTNOMASI(FRANSHIZING) INSTITUTI: HUQUQIY MOHIYATI, XORIJIY MAMLAKATLAR TAJRIBASI VA MILLLIY QONUNCHILIKNI TAKOMILLASHTIRISH

MASALALARI

Mazkur maqola O'zbekiston Respublikasi qonunchiligida kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasi(franshizing)ni tartibga solish muammolariga bag'ishlangan bo'lib, O'zbekiston qonunchiligi bo'yicha kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasi huquqiy mohiyati va boshqa ayrim shartnomalardan farqi ochib beriladi. Milliy va xorijiy qonunchilik me'yorlarini uyg'unlashtirish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasi haqidagi 50-bobi Mustaqil Davlatlar Hamdo 'stligi, Yevropa Ittifoqi, Amerika Qo'shma Shtatlari qonunchiligi bilan solishtirma tahlil qilinadi. Huquq egasining shartnoma bo 'yicha yordam ko 'rsatish va tovarlar, ishlar, xizmatlar sifati ustidan nazoratni amalga oshirish majburiyatlari qonunda imperativ shaklda shakllantirilishi kerakligi haqida fikr bildiriladi. O'zbekiston Fuqarolik Kodeksini litsenziat va litsenziarga shartnomadan bir tomonlama voz kechish huquqini beruvchi norma bilan to'ldirish zarurati asoslanadi. Shuningdek, tomonlarning majburiyatlarini tartibga soluvchi moddalarni shartnomadan oldingi bosqichida ular tomonidan ma'lumotlarni oshkor qilish va dastlabki kelishuv to'g'risidagi qoidalar bilan to 'ldirish maqsadga muvofiqligi haqida bahs yuritiladi.

Kalit so'zlar: kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasi, franshizing, "tijorat konsessiyasi", kompleks litsenziar, kompleks litsenziat, franchayzi, franzayzer, tadbirkorlik subyektlari, mutlaq huquqlar, tovar belgisi, shartnomadan oldingi dastlabki kelishuvlar, bir tomonlama voz kechish, ro 'yxatdan o 'tkazish.

Umarova Xolisxon Nomoz qizi

Toshkent davlat yuridik universiteti Xususiy huquq fakulteti talabasi Gmail: xolisxonumarova3@gmail.com Qarshiboyev Jasurbek Komiljon o'g'li Gmail: jasurbekqarshiboyev54@gmail.com

ANNOTATSIYA

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(7), July, 2023

THE INSTITUTION OF COMPLEX COMMERCIAL LICENSE AGREEMENT (FRANCHISING) IN UZBEKISTAN AND FOREIGN COUNTRIES: LEGAL ESSENCE, EXPERIENCE OF FOREIGN COUNTRIES AND ISSUES OF IMPROVEMENT OF NATIONAL

LEGISLATION

This article is devoted to the problems of regulation of complex business license agreement (franchising) in the legislation of the Republic of Uzbekistan, and the legal essence of the complex business license agreement under the legislation of Uzbekistan and its difference from some other contracts will be revealed. In order to harmonize national and foreign legislation, Chapter 50 of the Civil Code of the Republic of Uzbekistan on the comprehensive business license agreement is compared with the legislation of the Commonwealth of Independent States, the European Union, and the United States of America. An opinion is expressed that the obligation of the right holder to provide assistance under the contract and control the quality of goods, works, and services should be formulated in an imperative form in the law. The need to supplement the Civil Code of Uzbekistan with a norm that gives the licensee and licensor the right to unilaterally withdraw from the contract is justified. It is also discussed whether it is expedient to supplement the articles regulating the obligations of the parties with provisions on disclosure of information and preliminary agreement at the pre-contractual stage.

Key words: complex business license agreement, franchising, "commercial concession", complex licensor, complex licensee, franchisee, franchisor, business entities, exclusive rights, trademark, preliminary pre-contractual agreements, unilateral waiver, registration transfer.

Yangi tashkil etilayotgan korxonalar uchun biznes muvaffaqiyatini ta'minlash eng asosiy vazifadir. Bugungi kunda globallashuv va raqobatning rivojlanishi sharoitida iste'molchi eng yaxshi sifatdagi, jahon standartlariga mos keladigan mahsulotni tanlashga haqli. Bu esa o'z navbatida, tadbirkorlardan mahsulot (xizmat) sifatini yaxshilashga hamda uni reklama qilishga ko'proq xarajat va g'ayratni talab qiladi. O'z kuchini biznes olamida sinab ko'rmoqchi bo'lganlarga tadbirkorlik faoliyati uchun xavfsiz konstruktsiyalarni tanlash maqsadga muvofiq.

Shulardan biri bo'lgan franshizing biznesni yuritishning samarali shakli sifatida bozor iqtisodiyoti rivojlangan barcha mamlakatlarda qo'llaniladi, ishtirokchilar esa bir qator afzalliklarni qo'lga kiritadi. Masalan, boshlovchi tadbirkorlar uchun bunday

ABSTRACT

KIRISH

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(7), July, 2023

shakl barqaror va daromadli biznes asosida o'z ishini ochish imkonini beradi, o'z navbatida, taniqli kompaniyalar shu tariqa bozordagi o'z pozitsiyalarini kengaytiradilar va mustahkamlab oladilar. Franshizing bir qator afzalliklarga ega, bu yerda gap haqiqatan ham ushbu vositaning foydali jihatlari haqida ketmoqda, chunki ular jarayonning turli ishtirokchilari uchun qulay hisoblanadi. Chunonchi, franchayzer (franshizani beruvchi) uchun - bu katta investitsiyalarsiz yangi bozorga kirib borish. Franchayzi (franshizani oluvchi) uchun esa bu franchayzerning yordamida tavakkalchilik, muvaffaqiyatsizlik va mag'lub bo'lish xavfi past bo'lgan yangi faoliyat turi bilan shug'ullanishni anglatadi. Franchayzerning yordami muayyan ko'nikmalar, usullarni o'rganish, shuningdek ko'mak berish va xodimlarni o'qitishdan iborat.

Tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasi (franshizing shartnomasi) iqtisodiyotda ham juda muhim rol o'ynaydi:

- Birinchidan, bu ko'pchilikka ma'lum bo'lmagan yangi boshlanuvchilarga tadbirkor foydalanish uchun taniqli kompaniyani belgilash, tovar belgisi (ba'zan, ayniqsa yuridik bo'lmagan adabiyotlarda, bu birgalikda "brend" deb ataladi), yirik litsenziarning ko'nikma va qobiliyatlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo'lish imkonini beradi;

- Ikkinchidan, asosiysi litsenziar tarmog'ini kengaytirish bilan yanada taniqli va mashhur bo'lish imkoniyatiga ega bo'ladi, shuningdek qo'shimcha tushgan daromadga ega bo'ladi.

Ushbu shartnoma modeliga ko'ra, aralash shartnomalar bo'yicha, shu jumladan, savdo imtiyozining elementlari bo'yicha kafe va qahvaxonalar (masalan, McDonald's, KFC, Black Star Burger, Baskin Robbins), moliya (TBC bank, Tenge Bank, Alif Kapital) moda do'konlari (Emporio Armani, LC Waikiki, FLO), mehmonxonalar (Hilton, Ritz-Carlton), mashinalar (Hyundai Auto Kazakhstan, Honda, Kia), ichimliklar (Coca-Cola, RC Cola) va boshqa kompaniyalar franshiza shartnomasi bo'yicha yurtimizga kirib kelgan.

O'zbekiston Respublikasi qonunchiligida franshizing - kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasi deb nomlanadi. Kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasi (franshizing shartnomasi) bo'yicha bir taraf (litsenziar) ikkinchi tarafga (litsenziatga) haq evaziga litsenziarning firma nomidan hamda qo'riqlanadigan tijorat axborotidan, shuningdek shartnomada nazarda tutilgan mutlaq huquqlarga kiruvchi boshqa obyektlardan (tovar belgisi, xizmat ko'rsatish belgisi va ixtirolar hamda boshqalardan) litsenziatning tadbirkorlik faoliyatida foydalanish huquqini o'z ichiga oladigan mutlaq huquqlar kompleksi (litsenziya kompleksi)ni berish majburiyatini oladigan shartnoma. Bundan kelib chiqadiki, shartnoma ikki tomonlama bo'lib, bir

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(7), July, 2023

taraf kompleks litsenziar(franchayzer) ikkinchi taraf esa kompleks litsenziat(franchayzi) bo'lib, har ikkala taraf ushbu shartnomaviy munosabatga kirishish uchun tadbirkorlik subyekti ya'ni, tijoratchi tashkilotlar va tadbirkorlik subyekti sifatida ro'yxatdan o'tgan fuqarolar bo'lishlari talab qilinadi. Shartnoma taraflarga majburiyatlar yuklash vaqtiga ko'ra, konsessual xarakterli bo'lib, shartnomada shartlar kelishilgan paytdan boshlab tuzilgan hisoblanadi.

Shuningdek, AQSh Federal Savdo Komissiyasiga (FTC qoidasi) ko'ra, franchayzing shartnomasi uchta elementni o'z ichiga olishi kerak:

1) franchayzer franchayziga franchayzerning tovar belgisidan foydalanish huquqini beradi;

2) franchayzer franchayzi ish usullarini nazorat qiladi yoki nazorat qilish va unga yordam ko'rsatish huquqiga ega;

3) franchayzi franchayzerga kamida 615 AQSH dollari miqdorida haq to'laydi.

Kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasi oddiy yozma shaklda tuziladi va u notarial guvohlantirilmaydi. Chunki shartnoma taraflari tadbirkorlik faoliyatining subyektlari bo'lib, ularning har birida shartnomani tasdiqlovchi muhr va shtamp mavjud bo'ladi.Qonunchilik franshizing shartnomasini davlat ro'yxatidan o'tkazishni talab qiladi. Xususan, FKning 863-moddasida belgilanganidek, franshizing shartnomasi yozma ravishda tuzilishi kerak va u shartnomaga muvofiq litsenziar (franchayzer) sifatida ish ko'radigan yuridik shaxsni yoki yakka tadbirkorni ro'yxatga olgan organ tomonidan ro'yxatga olinishi kerak. Ushbu qoidaga rioya qilmaslik shartnomaning haqiqiy hisoblanmasligiga sabab bo'ladi.

A.A.Ivanovning fikricha, shartnomani davlat ro'yxatidan o'tkazishning zaruriyati shartnomaning predmeti bilan bog'liq. Chunki o'ziga tegishli mutlaq huquqlarni kompleks tadbirkorlik litsenziyasi asosida berar ekan, tadbirkor, o'zining bu boradagi huquqdorligini cheklaydi. Bunday cheklashlar esa, ommaga oshkor qilinishi lozim. [2] Bunga qo'shimcha ravishda shuni ta'kidlash lozimki, mutlaq huquqlarning huquq sohibi tomonidan boshqa shaxslarga o'tkazilishi uning ushbu huquqlardan foydalanishga, tasarruf etishga bo'lgan huquqlarini hudud bo'yicha yoki o'zga vakolatlar bo'yicha cheklaydi.

A.U.To'raevning fikricha, tomonlarning qaysi biri ro'yxatdan o'tkazish organiga murojaat qilish to'g'risidagi masala qonunda aniq belgilangan bo'lib, u litsenziar zimmasiga yuklatilgan bo'ladi. [3] Lekin ushbu fikrga to'liq qo'shilib bo'lmaydi. Chunki kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasini ro'yxatga olinishi xususidagi qoidalarni belgilovchi FKning 863-moddasida shartnoma ro'yxatdan o'tkazish organiga aynan litsenziarning murojaat qilishi to'g'risidagi qoida

[1]

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(7), July, 2023

belgilanmagan. Lekin mazkur normaning mazmunidan shartnomani ro'yxatdan o'tkazishni so'rab davlat organiga litsenziar murojaat etishi maqsadga muvofiq bo'lishini anglash qiyin emas. Bu holat quyidagilarda namoyon bo'ladi:

birinchidan, litsenziar mutlaq huquqlar sohibi sifatida o'ziga tegishli huquqlarning yuridik taqdirini belgilashga faqatgina u haqli hisoblanadi;

ikkinchidan, litsenziar shartnomani ro'yxatdan o'tkazishdan litsenziatga nisbatan bir qancha qulayliklarga ega. Masalan, uning litsenziatga nisbatan hududiy yaqinligi va ro'yxatdan o'tkazuvchi organlar bilan oldindan munosabatning mavjudligi.

Qonun shartnomani ro'yxatdan o'tkazish kimga yuklatilishini taraflarning kelishuviga ko'ra belgilanishini cheklamaydi. Aksincha, o'zaro kelishuvga ko'ra, litsenziat yoki istalgan uchinchi shaxs shartnomani ro'yxatdan o'tkazishni so'rab davlat organiga murojaat etishi mumkin.

Tadbirkorlikning franchayzing shaklini kengaytirish, shartnomalarni ro'yxatga olish tartibotini takomillashtirish hamda tadbirkorlik subyektlari faoliyati uchun qulay sharoitlarni shakllantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 4-noyabrdagi 244-son qarori bilan "Kompleks tadbirkorlik litsenziyasi (franshizing) shartnomalarini davlat ro'yxatidan o'tkazish tartibi to'g'risida"gi nizom qabul qilingan.

Nizomda franshizing to'g'risidagi shartnomalar, ularga muhim o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish, shuningdek ularning amal qilishini bekor qilish davlat ro'yxatidan o'tkazilishi kerakligi belgilangan.

Nizomda (II.4.-band) belgilab qo'yilganidek, agar litsenziat xorijiy davlatda yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan bo'lsa, franshizing to'g'risidagi shartnomani (muhim o'zgartirishlar, qo'shimchalar kiritish hamda bekor qilish)ni davlat ro'yxatidan o'tkazish shartnoma bo'yicha litsenziat sifatida ish ko'radigan yuridik shaxs yoki yakka tadbirkorni davlat ro'yxatidan o'tkazgan O'zbekiston Respublikasining ro'yxatdan o'tkazuvchi organi tomonidan amalga oshiriladi.

Aksariyat xorijiy mamlakatlarda kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasi(franshizing)ni yozma shaklda tuzish talab etiladi, ammo AQShda (ba'zi shtatlarda) og'zaki shaklda ham tuzilishi mumkin. Yuqorida aytilganidek, O'zbekistonda faqat yozma shaklga ruxsat beriladi va huquq ro'yxatga olinishi kerak.

Bundan tashqari, ko'plab mamlakatlar qonunchiligida franchayzing shartnomasini (tijorat konsessiyasi) majburiy ro'yxatdan o'tkazish tartibi ko'zda tutilgan. Bu Shveytsariya, Fransiya, Ispaniya, Xitoy, Koreya, Meksika, Braziliya, AQShning ba'zi shtatlarida qabul qilinadi.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(7), July, 2023

AQSh federal qonunchiligi franchayzing shartnomasini davlat ro'yxatidan o'tkazishni talab qilmasa ham, o'n to'rtta shtat franchayzing taklifini ro'yxatdan o'tkazishni talab qiladi. Agar franchayzing taklifni ro'yxatdan o'tkazish talabiga rioya qilmasdan sotilgan bo'lsa, ro'yxatdan o'tkazuvchi organlar:

1) keyingi huquqbuzarliklarni to'xtatish talabi bilan sudga da'vo qo'zg'atish;

2) jabrlangan franchayzilar nomidan zararni qoplash va qoplashni talab qilish;

3) jarima solish.

Alohida hollarda bu huquqbuzarlik jinoiy javobgarlikka (jinoiy jazo) sabab bo'lishi mumkin.[4]

Germaniya qonunchiligi franchayzing shartnomasini davlat ro'yxatidan o'tkazishni talab qilmaydi. Lekin tovar belgisiga bo'lgan huquqni ro'yxatdan o'tkazish zarur.[5]

O'zbekistonda kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomalarining nisbatan kam tuzilishi sabablaridan biri ro'yxatga olish tartibining murakkabligi deyishimiz mumkin. Qonun chiqaruvchi tomonidan amalga oshirilgan ushbu tartib soddalashtirilishi kerak.

Xuddi shuningdek, Rossiya Federatsiyasi Fuqarolik kodeksining 1028-moddasida ham shartnomaning tuzilish shakliga doir shunday talab belgilangan. Bundan tashqari, franshiza shartnomasida qo'shimcha litsenziya berish nazarda tutilishi mumkin, bunda litsenziat belgilangan qoidalar asosida boshqa shaxslarga mutlaq huquqlardan foydalanish uchun qo'shimcha litsenziya berishi nazarda tutilgan bo'lib, Rossiya qonunchiligida bu "subkonsessiya" deb yuritiladi.[6] Uning mohiyati shundaki, franshiza shartnomasi bekor bo'lishi, yoki haqiqiy emas deb topilishi bilan qo'shimcha litsenziyalar ham asosiy shartnomalar bilan birga bekor bo'lishi belgilangan. Shuningdek, Rossiya qonun normasida subkonsessiyadan ya'ni, ikkinchi darajali foydalanuvchilardan franchayzerga yetkazilgan zarar uchun franchayzi ham subsidiar tarzda javobgar bo'lishi mustahkamlangan.

Rus olimi Levushkin fikricha, zamonaviy biznesda franshizing biznesning shunday modeliki, unda bir taraf (franchayzer) boshqa tarafga (franchayziga) haq evaziga o'z nomidan ishlash huquqini beradi va shu tariqa sotuv bozorini kengaytiradi. Oddiyroq qilib aytadigan bo'lsak, bu - brend "ijarasi" Yirik kompaniya tadbirkorga o'z brendi ostida mahsulotni sotish yoki xizmat ko'rsatish huquqini beradi.[7]

Ushbu shartnoma turli davlatlarda turlicha nom bilan tartibga solingan bo'lib, davlatimiz qonunchiligida "kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasi" sifatida, Rossiya Federatsiyasi qonun hujjatlarida "tijorat konsessiyasi" ya'ni, "tijorat huquqi, imtiyozi" atamasida, shuningdek, ingliz huquq tizimida esa "franshiza shartnomasi"

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(7), July, 2023

deya mustahkamlangan. Lekin kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasi(franshizing) tushunchasining qat'iy ta'rifi AQSh, Moldova va Ruminiya, Buyuk Britaniya qonunchiligida mavjud. Rossiyada Rossiya Federatsiyasining Fuqarolik kodeksi ham "tijorat imtiyozi" tushunchasini beradi. Ammo ularning mazmuni va mohiyati barcha davlatda ma'lum darajada farq qilishi mumkin.

Rus olimi Lukashovaning ta'kidlashicha, sud amaliyotida, qarorlar qabul qilishda Rossiya sudlari "tijorat imtiyozi" tushunchasidan ham, "franchayzing" kontsepsiyasidan ham teng ravishda foydalanadi. Demak, qonuniy mustahkamlangan modelning yo'qligi Rossiya Federatsiyasida franchayzing munosabatlarining rivojlanishiga to'sqinlik qilmaydi.[8]

O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 862-moddasi 3-qismiga muvofiq, kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasi bo'yicha faqat tijorat tashkilotlari va tadbirkorlar sifatida ro'yxatga olingan fuqarolargina taraflar bo'lishi mumkin.

Shu bilan birga, kompleks litsenziar tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanish huquqiga ega bo'lishi, bir so'z bilan aytganda, tadbirkorlik faoliyatining subyekti hisoblanishi kerak. Bunda kompleks litsenziar tadbirkorlik faoliyati bilan shartnoma tuzishdan oldin shug'ullangan bo'lishi talab etilmaydi, muhimi shartnoma tuzilayotgan paytda u tadbirkorlik faoliyatining subyekti sifatida ro'yxatga olingan bo'lishi zarur.[9]

Kompleks litsenziat mutlaq huquqlardan foydalanish huquqini qo'lga kiritgan shaxs bo'lib, u ham shartnoma tuzilayotgan paytda tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanish huquqiga ega bo'lishi lozim.

Garchi Fuqarolik kodeksi notijorat tashkilotlari va davlatning kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasining subyektlari bo'lishi mumkinligini qat'iy taqiqlamagan bo'lsa-da, Fuqarolik kodeksi 862-moddasining 3-qismi (kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasi bo'yicha faqat tijorat tashkilotlari va tadbirkorlar sifatida ro'yxatga olingan fuqarolargina taraflar bo'lishi mumkin) mazmunidan notijorat tashkilotlari va davlat bu shartnomaning obyektlari bo'lishi mumkin emas, degan xulosaga kelish mumkin.

Shuningdek, Rossiya Federatiyasi Fuqarolik kodeksining 1027-moddasida ham tijorat imtiyozi shartnomasi bo'yicha faqat tijorat tashkilotlari va yakka tartibdagi tadbirkorlar uning taraflari bo'lishi mumkin ekanligi belgilangan.1

Shuningdek, Belorussiya Respublikasining Fuqarolik Kodeksi ham tijorat tashkilotlari va yakka tartibdagi tadbirkorlar shartnoma taraflari bo'lishi mumkinligini ta'kidlaydi (Belarus Respublikasining Fuqarolik kodeksining 910-

1 http://www.consultant.ru/document/cons doc LAW 9027/49c2afdfö4c1ba13e815aa8b44287cd4b6cac9f5/

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(7), July, 2023

moddasi 3-bandi).2 Lekin Qozog'iston qonunchiligida boshqacha yondashuv o'z aksini topgan. Qozog'iston Respublikasining "Tadbirkorlik faoliyati uchun to'liq litsenziya (franchayzing) to'g'risida"gi Qonunining 3-moddasida franchayzing munosabatlarining subyektlari jismoniy va yuridik shaxslardir deb belgilangan.3 Ehtimol, Qozog'iston qonun chiqaruvchisi jismoniy shaxs tomonidan yakka tartibdagi tadbirkorni nazarda tutar, ammo qonunda bunday ko'rsatma mavjud emas. Yuridik shaxslarga kelsak, Qozog'iston qonunchiligida qaysi yuridik shaxslar (tijorat yoki notijorat) shartnoma subyektlari bo'lishi mumkinligi aniqlanmagan, qonun chiqaruvchi bizning fikrimiz mos keladigan umumiy tushunchani belgilab qo'ygan. Moldova Respublikasining "Franchayzing to'g'risida"gi qonunida jismoniy va yuridik shaxslar franchayzing shartnomasining tarafi bo'lishi mumkinligi ham qayd etilgan.4

Germaniyada franchayzingni tartibga solish tajribasi ham qiziq. Individual asosda ishlaydigan ko'plab "kichik franchayzi"lar mavjud. Franchayzerlar keyinchalik mas'uliyati cheklangan jamiyat shaklida boshqaruv kompaniyasini tashkil etish huquqiga ega bo'lgan jismoniy shaxslarga franchayza berishlari mumkin. Shu bilan birga, franchayzer franchayzingni berishdan oldin, u franchayzidan uning o'tmishi, ma'lumoti, moliyaviy ahvoli to'g'risidagi ma'lumotlarni, shuningdek, sudlanmaganligi to'g'risidagi guvohnomani talab qiladi.5

Masalan, Xitoyda maxsus talablar franchayziga emas, balki franchayzerga qo'yiladi. Xitoydagi "Tijorat franchayzing to'g'risidagi ma'muriy reglament"ning 7 -bandiga binoan, franchayzer kamida ikkita sho'ba yoki sho'ba korxonaga, shuningdek franchayzing biznesini yuritishda kamida bir yillik tajribaga ega bo'lishi kerak.6Agar ushbu talablar buzilgan bo'lsa, aybdor shaxs 100 ming yuan miqdorida katta miqdorda jarima to'laydi, franchayzing shartnomasi majburiy ravishda bekor qilinadi va franchayzer tomonidan olingan barcha summalar undan undiriladi. O'zbekiston qonunchiligida Germaniya yoki Xitoyda bo'lgani kabi tomonlar uchun alohida maxsus mezonlar yo'q. Bizning fikrimizcha, tomonlar uchun aniq belgilangan mezonlarni qonunchilikda birlashtirish kerak, chunki har bir o'ziga xos munosabatlar qonunchilikda yanada aniq nazarda tutilsa va ularning ishtirokchilari moslashtirilsa, keyinchalik bu borada nizolar kelib chiqishining oldini oladi.

2 Гражданский кодекс Республики Беларусь : Федер. закон от 7 дек. 1998 г. № 218-3 // Ведомости Национального собрания Республики Беларусь. 1999. № 7-9. Ст. 101.

3О комплексной предпринимательской лицензии (франчайзинге) : Закон Республики Казахстан от 24 июня 2002 г. № 330 II. URL: https://online.zakon.kz/Document/?doc id=1031861&pos=5;-106#pos=5;-106

4 О франчайзинге : Закон Республики Молдова от 1 окт. 1997 г. № 1335XIII. URL: lex.justice.md/viewdoc.php?action=view&view=doc&id=312758&lang=2

5 http://oceanlaw.ru/wp-content

6 Administrative Measures for the Record Filing of Commercial Fran-chises. URL:

http://proiect.mofcom.gov.cn/1800000121 39 3395 0 7.html.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(7), July, 2023

Rus olimlari Rossiya Federatsiyasining Fuqarolik Kodeksiga o'zgartirishlar kiritishni, shartnomada ishtirok etuvchi subyektlar doirasini kengaytirishni, shu jumladan, nodavlat notijorat tashkilotlari va ijtimoiy tadbirkorlik bilan shug'ullanadigan shaxslarni ham kiritishni taklif qilishmoqda. Bunday o'zgarishlar tufayli, masalan, universitetlar va boshqa shaxslar ta'lim xizmatlarini ko'rsatish huquqiga ega standartlarga muvofiq ta'lim xizmatlarini ko'rsatish bilan ta'minlanadi.[10] Fikimizcha, bu kabi o'zgarishlar bizning qonunchiligimizga ham kiritilsa, ya'ni ushbu shartnoma subyektlari kengaytirilsa, yurtimizda ushbu shartnomalarni tuzish yanada ommalashadi va iqtisodiy ko'rsatkichlarga ham ijobiy ta'sir qiladi.

Kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasining predmetini litsenziar tomonidan litsenziatga berilayotgan mutlaq huquqlar kompleksi tashkil etadi. Bu huquqlarga quyidagilar kirishi mumkin:

> Firma nomi

> Qo'riqlanadigan tijorat axboroti

> Tovar belgisi, xizmat ko'rsatish belgisi

> Ixtirolar

> Liseziatning tadbirkorlik faoliyatida foydalanish huquqini o'z ichiga oladigan boshqa mutlaq huquqlar kompleksi.

Shartnomaga muvofiq ushbu huquqlarning hammasi yoki bir nechtasi yoxud bittasi litsenziatga tadbikorlik faoliyatida foydalanish uchun berilishi mumkin. Litsenziat litsenziardan ularning hammasini berishni talab qilishga (shartnomadan qaysi huquqlarning berilishi aniq ko'rsatilgan hollar bundan mustasno) haqli emas. Agar kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasida litsenziatning tadbirkorlik faoliyatida foydalanishi uchun faqat bitta mutlaq huquq, masalan firma nomi berilsa ham, mutlaq huquqlar kompleks berilmaganligidan qat'iy nazar bu shartnoma kompleks tadbirkorlik litsenziyasi sifatida e'tirof etiladi.

Shartnoma predmeti hisoblangan "mutlaq huquqlar kompleksi"ga litsenziarning ishchanlik obro'si va nou-xaularni ham kiritish mumkin. Zero, ishchanlik obro'si va nou-xaular ham mutlaq huquq obyekti sifatida shartnoma predmeti bo'lishi mumkin.

Shu munosabat bilan kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasi intellektual mulk huquqi to'g'risidagi qoidalar qo'llaniladi (FKning 862- moddasi 5-qismi).

Shuningdek, yuridik adabiyotlarda kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasi muddati to'g'risidagi shart muhim shart ekanligi haqida ilmiy munozaralar mavjud. Ayrim mualliflar shartnoma muddatini ushbu shartnomaning muhim sharti sifatida belgilaydilar.[11] Ko'rsatilgan xulosaga qo'shilish biroz qiyin, chunki Fuqarolik kodeksining 871-moddasida kompleks tadbirkorlik litsenziyasi

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(7), July, 2023

shartnomasi mutlaq huquqlar majmuidan foydalanish uchun muddat ko'rsatilgan yoki belgilanmagan holda tuzilishi haqida qoida mavjud. Shuning uchun bu holatni muhim deb tasniflash uchun hech qanday sabab yo'q. A. A. Eremin, huquq egasining tijorat sirini himoya qilish maqsadida, shartnomaning kamida uch yillik muddatini belgilashni taklif qiladi.[12]

Mualliflik huquqi egasi ya'ni litsenziarning majburiyatlari Fuqarolik kodeksining 866-moddasida nazarda tutilgan. Moddaning 1-qismi 1-bandi litsenziarning litsenziatga texnikaviy va tijorat hujjatlarini topshirishi hamda litsenziat kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasi bo'yicha o'ziga berilgan huquqlarni amalga oshirishi uchun zarur bo'lgan boshqa axborotni taqdim etishi, shuningdek litsenziat va uning xodimlariga ushbu huquqlarni amalga oshirish bilan bog'liq masalalar yuzasidan yo'l-yo'riqlar berish majburiyatidir. Kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasi bo'yicha mualliflik huquqi egasi (lisenziar)ga tegishli bo'lgan mutlaq huquqlar majmuasidan foydalanuvchi(lisenziat)ga tadbirkorlik faoliyatida foydalanish huquqini berishning davlat ro'yxatidan o'tkazilishini ta'minlash, mualliflik huquqi egasi(lisenziar)ga yuklatilgan. Foydalanuvchi(lisenziat)ga doimiy texnik va maslahat yordamini ko'rsatish, shu jumladan xodimlarni o'qitish va malakasini oshirishda yordam ko'rsatish ham shartnomaga muvofiq mualliflik huquqi egasi(lisenziar)ga yuklanishi mumkin bo'lgan majburiyatdir. Faoliyatini endigina boshlayotgan foydalanuvchi(lisenziar) uchun uning manfaatlaridan kelib chiqib, zamonaviy texnik va axborot bazalarini olish, ishga yuqori malakali kadrlarni jalb etishda bunday yordam katta ahamiyatga ega. Sergeevning so'zlariga ko'ra, lisenziar dastlab tadbirkorlik faoliyatida ma'lum bir natijaga erishmoqchi bo'lgan, lisenziarni individuallashtirish vositalaridan foydalangan holda va o'z tajribasini amalda qo'llagan holda, kompleks tadbirkorlikning huquqiy munosabatlar tizimini ishga tushiradi. Muallif ta'kidlaganidek, foydalanuvchi shartnomada litsenziarning bunday majburiyati nazarda tutilganligini talab qilishi kerak. Yordam berish majburiyatining ixtiyoriy xususiyati foydalanuvchi(lisenziat)ni ancha noqulay ahvolga solib qo'yadi.[13]

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Shuningdek, rus professori Popovaning ta'kidlashicha, huquq egasi(litsenziar)ning tovarlar (ishlar, xizmatlar) sifatini nazorat qilish majburiyati ham dispozitiv shaklda ifodalanadi. Huquqiy nazariyada ushbu majburiyat bo'yicha bir nechta pozitsiyalar mavjud. Ba'zi olimlarning fikricha, sifatni nazorat qilish majburiyatini dispozitiv qoida sifatida tasniflash o'rinli, chunki foydalanuvchi(litsenziat)larning ko'pligida lisenziar tomonidan nazorat qilish deyarli imkonsiz ko'rinadi.[14]

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(7), July, 2023

Shuningdek, fransuz olimi R.Baldining fikricha, tadbirkorlik faoliyati (tovarlar, ishlar, xizmatlar) natijalarining yakuniy oluvchilari iste'molchilar bo'lib, ularning huquqlarini to'g'ri himoya qilishni ta'minlash maqsadida sifat nazorati shartnomada majburiy belgilanishi shart bo'lgan majburiyat sifatida qaraladi. Ammo bu holatda nafaqat iste'molchining manfaatlari muhim rol o'ynaydi, balki litsenziarning ham manfaatlari alohida ahamiyatga ega. Shunday qilib, tadbirkorlik faoliyati natijalarining sifati mualliflik huquqi egasi(litsenziar)ning ishbilarmonlik obro'siga ta'sir qiladi, shuningdek, litsenziar va litsenziat sifati o'rtasida tafovut bo'lgan taqdirda ular subsidiar javobgar bo'lishi va alohida mahsulot ishlab chiqaruvchisi sifatida litsenizatga qo'yiladigan talablar uchun birgalikda javobgar bo'lishi ham juda muhimdir.[15]

Shuni ta'kidlash kerakki, chet elda huquq egasi(litsenziar)ning majburiyatlarini ta'minlashni osonlashtirish va sifat nazorati ham dispozitiv tarzda tuzilgan. Masalan, Belarus Respublikasi Fuqarolik kodeksining 910.3-moddasida va Rossiya Federatsiyasi Fuqarolik Kodeksining 1031-moddasida ushbu narsalar nazarda tutilgan. Qozog'iston Respublikasining "Franchayzing to'g'risida"gi qonuniga ko'ra, sifat nazorati litsenziarning majburiyatlari sifatida tasniflanmagan, lekin litsenziarning huquqlari sifatida keltirib o'tilgan.

Bizning fikrimizcha, tomonlarning manfaatlarini himoya qilish uchun yordam ko'rsatish va tovarlar, ishlar, xizmatlar sifati ustidan nazoratni amalga oshirish majburiyati huquq egasi uchun imperativ ko'rsatmalar sifatida tasniflanishi kerak. Ko'p sonli foydalanuvchilar bilan shartnoma tuzgan litsenziar qonunda nazarda tutilgan barcha majburiyatlarni mustaqil ravishda bajara olmasligi aniq, shu tufayli foydalanuvchilarga nisbatan nazorat choralari uchun yordam ko'rsatadigan, amalga oshiradigan uchinchi shaxslarni jalb qilish tavsiya etiladi. Shu munosabat bilan, O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 866-moddasida biz buni quyidagicha bayon qilishni taklif qilamiz: "Litsenziar litsenziatga texnikaviy va tijorat hujjatlarini topshirishi hamda litsenziat kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasi bo'yicha o'ziga berilgan huquqlarni amalga oshirishi uchun zarur bo'lgan boshqa axborotni taqdim etishi, shuningdek litsenziat va uning xodimlariga ushbu huquqlarni amalga oshirish bilan bog'liq masalalar yuzasidan yo'l-yo'riqlar berishi shart; litsenziatga shartnomada nazarda tutilgan litsenziyalarni berishi, ularning belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini ta'minlashi; litsenziatga doimiy texnikaviy va maslahat yordami ko'rsatishi, shu jumladan xodimlarni o'qitish va ularning malakasini oshirishda yordam berishi shart. Foydalanuvchi tomonidan kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasi asosida ishlab chiqarilgan (bajarilayotgan, ko'rsatilgan) tovarlar (ishlar, xizmatlar) sifatini nazorat qilish, agar

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(7), July, 2023

shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, litsenziar ushbu shartnomada nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarishni ushbu bandga muvofiq uchinchi shaxslarga topshirishga haqli."

Kodeksimizdagi keyingi muammoli jihat - shartnomani bajarishdan bir tomonlama rad etish yoki bir tomonlama bekor qilishning aniq tartibi yo'qligi. Rossiya Federatsiyasi Fuqarolik kodeksi 1037-moddasi 1.1-bandida huquq egasi (ya'ni bizning qonunchilikda litsenziar), agar foydalanuvchi(litsenziat) sifat talablarini buzgan bo'lsa, shartnomani bajarishni to'liq yoki qisman rad etishga haqli; mualliflik huquqi egasi(litsenziar)ning mutlaq huquqlar majmuasidan foydalanish tartibiga oid ko'rsatmalari va ko'rsatmalarini qo'pol ravishda buzganlik; shartnomada belgilangan muddatda huquq egasi(litsenziar)ga haq to'lash majburiyatini buzganlik uchun shartnomaning litsenziar tomonidan bir tomonalama bekor qilishga yo'l qo'yishi belgilangan.Shu bilan birga, shuni yodda tutish kerakki, mualliflik huquqi egasi yozma ravishda litsenziatdan qonunbuzarliklarni bartaraf etishni talab qilsa va litsenziat vaqtida bartaraf etmasa, mualliflik huquqi egasi bir tomonlama rad etishi mumkin. 7 Shunisi e'tiborga loyiqki, hattoki Rossiya Federatsiyasi Fuqarolik Kodeksida ham litsenziat shartnomani bir tomonlama bajarishdan bosh tortishi mumkin bo'lgan qoidalar nazarda tutilmagan. Masalan, garchi bunday majburiyat shartnomada nazarda tutilgan bo'lsa ham litsenziat foydalanuvchiga biznes yuritishda yordam bermasligi mumkin.

AQSH qonunchiligida ham franchayzing shartnomalarida odatda franchayzi franchayzer bilan bir xil turdagi tijorat faoliyati bilan shug'ullanishni taqiqlovchi qoidalar mavjud. AQShda keng tarqalgan cheklovlar shartnoma muddati davomida amal qiladi (in-term covenants). Ba'zi shtatlarda, agar ular quyidagi mezonlarga javob bersa, keyingi muddatli shartnomalar(post-term covenants)ga ruxsat beriladi:

1) davomiyligi, geografik miqyosi va taqiqlangan xatti-harakatlari bo'yicha oqilona faoliyat ko'rsatishi;

2) franchayzerning biznes manfaatlarini himoya qilish zarurligiga mutanosib harakat qilishi.

Agar franchayzi raqobatbardosh bo'lmagan majburiyatlarni buzsa, franchayzerlar turli xil himoya usullariga murojaat qiladilar, shu jumladan shartnomani darhol bekor qilishi va zararni undirishi mumkin.[16]

Aksariyat shartnomalar yoki shartnoma shartlarining qismlari ikki toifadagi buzilishlarni o'z ichiga oladi:

S tuzatilishi mumkin bo'lgan buzilishlar(curable breaches) - franchayzi tomonidan yozma ravishda ogohlantirilgandan keyin bartaraf etilishi mumkin;

7 http://www.consultant.ru/document/cons doc LAW 9027/49c2afdf04c1ba13e815aa8b44287cd4b6cac9f5/

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(7), July, 2023

S tuzatib bo'lmaydigan buzilishlar (incurable breaches) - tuzatib bo'lmaydigan va shartnomaning darhol bekor qilinishiga olib keladigan holatlar (masalan, sotish to'g'risida qasddan kam hisobot berish, uzoq muddatli raqobatga qarshi shartnomalarni buzish).

Shartnoma muddati davomida franchayzi tomonidan olingan nomoddiy aktivlarga (mijoz bazasi, ish usullari, ishbilarmonlik obro'si) franchayzerning huquqlariga egalik qilish masalasiga e'tibor qaratiladi.

Shartnoma amaliyoti AQShda shunday rivojlanadiki, nomoddiy aktivlarga bo'lgan huquqlar franchayzerga o'tadi. Bu tovar belgisidan foydalanish tovar belgisining ro'yxatdan o'tgan egasining manfaati uchun ekanligini ko'rsatadi.[17]

Shu bilan birga, ayrim shtatlar, xususan, Vashington qonunlari agar birinchi kontragentni shartnomani uzaytirmaslik niyati haqida oldindan xabardor qilmagan bo'lsa franchayzerlardan o'z franchayzilariga nomoddiy aktivlarning yo'qolishi uchun kompensatsiya to'lashni talab qiladi.[18]

Shuningdek, AQShda franchayzing munosabatlarini tartibga solishning o'ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat:

-I- franchayzing shartnomasi bo'yicha munosabatlarni tartibga solishning ikki darajali tizimi (federal va davlat darajasida);

-I- shartnoma tuzish uchun shartnomadan oldingi bosqichning muhim roli; -I- franchayziga shartnoma muddati davomida ham, uni bekor qilgandan keyin ham franchayzer bilan bir xil turdagi tijorat faoliyati bilan shug'ullanishni taqiqlovchi qoidalar;

shartnoma bekor qilingandan keyin franchayzi aktivlari nomoddiy obyektlarni franchayzerga o'tkazish.[19]

Germaniyada tarafni oldindan ogohlantirmasdan franchayzing shartnomasini muddatidan oldin bekor qilish faqat uzrli sabab bo'lgan taqdirdagina mumkin (masalan, franchayzi tomonidan to'lovni to'lamaslik yoki kontragent tomonidan raqobatchilar bilan hamkorlik qilish taqiqini buzish).

Shartnoma muddati tugagandan so'ng franchayzining nomoddiy aktivlariga bo'lgan huquqlarni franchayzerga o'tkazish masalasi (masalan, franchayzi mijozlar to'g'risidagi ma'lumotlar) qonun chiqaruvchi tomonidan tartibga solinmaydi. Biroq, o'xshashlik bo'yicha normalarni qo'llashda savdo vakilligi bo'yicha, biz ko'ramizki, agar franchayzer shartnoma bekor qilingandan keyin franchayzi mijoz bazasidan foydalanishda davom etsa, ikkinchisi kompensatsiya olish huquqiga ega bo'ladi.[20]

Bizning fikrimizcha, O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 871-moddasi Rossiya Federatsiyasi Fuqarolik kodeksi va AQSH federal qonunchiligida ko'rsatilgani kabi litsenziarga va litsenziatga ham shartnomadan bir tomonlama voz

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(7), July, 2023

kechishga imkon beradigan qoidalar bilan to'ldirilishi kerak. Hozirgi vaqtda bunday qoidaning yo'qligi litsenziarning majburiyatlari ko'p jihatdan qonunda dispozitiv tarzda belgilanganligi bilan bog'liq. Biroq, litsenziarning majburiyatlariga nisbatan yuqorida taklif qilingan o'zgartirishlar litsenziat tomonidan shartnomadan bir tomonlama voz kechish masalasini hal qilish zarurligiga olib keladi va ushbu holatlarda 871-moddada nazarda tutilgan olti oylik muddatga nisbatan qisqa muddat nazarda tutilishi mumkin.

Shuningdek, Belarus Respublikasi qonun hujjatlarida litsenziar yoki litsenziat shartnomani bir tomonlama ravishda bajarishdan bosh tortish huquqiga ega bo'lgan maxsus qoidalarni nazarda tutmaydi. Belarus Respublikasining Fuqarolik kodeksida bizning kodeksdagi kabi faqat bu muddat ko'rsatmasdan tuzilgan franchayzing shartnomasi taraflarining har biriga boshqa tomonni 6 oy oldin (agar shartnomada uzoqroq muddat nazarda tutilmagan bo'lsa) xabardor qilish orqali istalgan vaqtda shartnomani bajarishdan butunlay voz kechishga imkon beradi.(910-moddasi) Qozog'iston Respublikasining "Franchayzing to'g'risida"gi qonunning 14-moddasida bir tomonlama rad etish huquqi faqat litsenziarga, shuningdek, yuqorida Rossiya Federatsiyasi Fuqarolik Kodeksida ko'rsatilgan holatlarga muvofiq beriladi. Bu tomonlarning himoya vositalaridagi tengsizlikka olib borishi mumkin.

Fransiya va Germaniyada franchayzer ko'pincha shartnomaga franchayzi huquqlarini cheklovchi qoidalarni kiritadi. Fransiyada franchayzing shartnomasining amal qilish muddatiga qo'yilgan cheklovlar adolatli va asosli bo'lsa, amal qiladi. Shartnoma muddati tugaganidan keyin amalda bo'lgan cheklovlar quyidagi shartlarni birgalikda qondirish sharti bilan amalga oshiriladi (Fransiya Savdo kodeksining L. 341-2-moddasi):

> faqat shartnoma predmetini tashkil etuvchi tovarlar va xizmatlarga nisbatan qo'llanilishi;

> franchayzer faoliyat yuritadigan hudud bilan cheklangani;

> shartnoma bo'yicha berilgan ishlab chiqarish sirlarini (nou-xau) himoya qilish uchun zarurligi.[21]

Kodeksimizdagi yana bir dolzarb masala - franshizani shartnomadan oldin tartibga solish masalasi. Bir qator xorijiy mamlakatlarda, masalan, AQSH, Germaniya, Fransiya, Italiya, Xitoyda bu masalaga alohida e'tibor qaratilmoqda.

Shuningdek, rus professori D.P. Strigunova ham tadqiqot asosida, bir qator xorijiy mamlakatlarning qonunchiligi franchayzing shartnomasini tuzishdan oldin ma'lumotlarni oshkor qilish bilan bog'liq qoidalarni nazarda tutadi degan xulosaga keladi.[22]

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(7), July, 2023

AQSHda Federal savdo komissiyasi franchayzing qoidasi va ko'pgina shtat qonunlari franchayzerlardan bo'lajak franchayzilarga franchayzingni oshkor qilish hujjatini (FDD) taqdim etishlarini talab qiladi.

Nyu-York shtati qonunchiligi bo'lajak franchayzilarga franchayzingni oshkor qilish hujjatini tomonlarning birinchi yuzma-yuz uchrashuvida yoki shartnomani bajarish yoki mukofotni to'lashdan 10 ish kuni oldin taqdim etishni talab qiladi.[23]

Moliyaviy natijalar to'g'risidagi ma'lumotlarni oshkor qilish (franchayzi franchayzi olishdan oladigan savdo, daromad, yalpi foyda yoki sof foydaning har qanday namoyishi) franchayzerning huquqi emas, balki majburiyatidir. Ilgari bu qoida AQSH qonuchiligida huquq sifatida e'tirof etilgan va keyinchalik majburiyat etib belgilangan. "Great Clips" kompaniyasi vitse-prezidenti Charli Simpson ta'kidlaganidek, moliyaviy hisobot potentsial franchayzining ishonchini ilhomlantirish uchun o'z kompaniyangizni namoyish qilish imkoniyatidir.[24]

Fransiya savdo kodeksining L. 330-3-moddasi boshqa tarafga tovar belgisidan foydalanish huquqini beruvchi barcha shartnomalar uchun shartnomadan oldin majburiy oshkor qilish va dastlabki kslishuvlarni belgilaydi hamda mutlaq majburiyatlarni belgilaydi. Fransiya Fuqarolik Kodeksining 1112-1-moddasi, keng talqinda, shuningdek, franchayzerning shartnoma tuzish to'g'risidagi franchayzi qarori uchun muhim bo'lishi mumkin bo'lgan ma'lumotlarni oshkor qilish majburiyatini belgilaydi. Shartnomadan oldin oshkor qilish "Document d'information Précontractuelle, DIP" deb nomlangan bitta hujjatda amalga oshiriladi. Moliyaviy hisobotlarni oldindan taqdim etish majburiyati, shartnomani tartibga soluvchi qonundan qat'i nazar, Fransiya hududida tuzilgan franchayzing shartnomasiga nisbatan qo'llaniladi. Yuqoridagi talablarga rioya qilmaslik Germaniya yoki Fransiya yurisdiktsiyasida shartnomaning avtomatik ravishda bekor qilinishiga olib kelmaydi. Shartnomani franchayzi adashganligi munosabati bilan haqiqiy emas deb topish masalasi sudning vakolati hisoblanadi.[25]

Shartnomadan oldin oshkor qilish majburiyatlari Germaniyada Fuqarolik Kodeksining 311-moddasi 2-qismida ifodalangan bo'lib, ushbu nozma "yaxshi niyat tamoyili"deb nomlanadi. Bundan tashqari, noto'g'ri ma'lumot to'g'risidagi ma'lumot berganlik uchun ham javobgarlik belgilangan. Muzokaralar davomida ikkala tomon -nafaqat franchayzer - haqiqatni aytishi, yolg'on va'dalar bermasliklari va bir-birlariga barcha muhim faktlarni oshkor qilishlari kerak. Bu, ayniqsa, franchayzing muvaffaqiyatiga jiddiy ta'sir ko'rsatadigan va potentsial franchayzini tarmoqning bir qismi bo'lishga undashi mumkin bo'lgan faktlarga nisbatan to'g'ri keladi. Daromad bo'yicha da'volar ayniqsa murakkab, ishonchli va tegishli empirik ma'lumotlarga asoslangan bo'lishi kerak hamda hisob-kitoblar ham aniq belgilangan bo'lishi kerak.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(7), July, 2023

Hatto, agar franchayzerning direktorlari yoki agentlari potentsial franchayzilarga nohaq yoki noto'g'ri bayonotlar bergan bo'lsa, ular Fuqarolik Kodeksining 311-moddasi 3-qismiga muvofiq shaxsan javobgarlikka tortilishi mumkin.

Shuning uchun franchayzerlar o'zlarining franchayzalarini Germaniyada sotishda juda ehtiyot bo'lishlari kerak. "Yaxshi niyat tamoyili" prinsipiga har qanday rioya qilmaslik shartnomani bekor qilish va to'langan har qanday to'lovni to'liq to'lash kerakligini anglatadi. Shartnomaning ushbu tamoyiliga rioya qilmaganligi to'g'risidagi da'volar uchun qonunda belgilangan da'vo muddati uch yil bo'lib, u da'vo paydo bo'lgan va franchayzi da'voga sabab bo'lgan holatlar to'g'risida ma'lumot olgan yilning oxirida boshlanadi.[26]

Shartnomadan oldingi bosqichda tomonlar muzokaralar olib boradilar, kelajakdagi shartnoma shartlarini muhokama qiladilar, oshkor etmaslik to'g'risidagi bitimlarni imzolaydilar va bu bosqichda ma'lumotlar oshkor qilinadi.

Bir tomondan, O'zbekiston fuqarolik qonunchiligi munosabatlarni shartnomadan oldin tartibga solish qoidalarini o'z ichiga oladi, xususan, Fuqarolik kodeksining 359 va 361-moddalariga muvofiq, tomonlar dastlabki shartnoma va kelishuvlarni tuzishlari mumkin, shuningdek, kelishuv tuzilgunga qadar muzokaralar davomida ularni qiziqtirgan barcha masalalar bo'yicha kelishuvga erishish imkoniyatiga ega bo'ladilar. Ushbu qoidalar barcha fuqarolik-huquqiy shartnomalarga nisbatan qo'llanilishi mumkin, ammo ular majburiy hisoblanmaydi.

O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksida kompleks tadbirkorlik munosabatlarining shartnomadan oldingi bosqichini tartibga soluvchi alohida normalar nazarda tutilmagan, qonun tahlil qilingan shartnomani tuzishdan oldin tomonlardan ma'lumotlarni oshkor qilishni talab qilmaydi, shartnomadan oldingi bosqich kontragent munosabatlarining mustaqil va majburiy bosqichi hisoblanishi mumkin. Nazariyada bu holat ma'lum darajada O'zbekiston kompleks tadbirkorlik shartnomasini xalqaro franchayzingdan ajratib turadi degan pozitsiya mavjud, chunki faqat keng talqin O'zbekiston qonunchiligi qoidalarini xorijiy tartibga solishga muvofiqlashtirishga imkon beradi.

Shuningdek, tadbirkorlik faoliyati har doim moliyaviy, tijorat, bozor va tashkiliy risklar bilan bog'liqdir.[27] Shartnomadan oldingi vosita va kelishuvlar, birinchi navbatda, axborotni oshkor qilish, ularni minimallashtirishga qaratilgan.

Shartnoma bo'yicha litsenziar va litsenziatning majburiyatlariga bag'ishlangan moddalar shartnoma tuzishdan oldin tomonlarni ma'lumotlarni oshkor qilishga majburlovchi alohida bandlar bilan to'ldirilishi kerak, deb hisoblaymiz.

Biz O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 866-moddasini quyidagi qoida bilan to'ldirishni taklif qilamiz: "Shartnoma tuzishdan oldin litsenziar o'z

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(7), July, 2023

biznesining ko'rsatkichlari to'g'risidagi ma'lumotlarni, shu jumladan, aylanma, xarajatlar, foyda, rentabellik, hamkor kompaniyalar, biznes tajribasi, o'tgan va davom etayotgan sud jarayonlari haqidagi ma'lumotlarni oshkor qilishga majburdir"

O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 1032-moddasi: "Shartnoma tuzishdan oldin litsenziat litsenziarga o'zining to'lov qobiliyati va biznes tajribasi to'g'risida xabar berishi shart"

Ta'kidlaymizki, bunday tartibning ko'zlangan maqsadi tadbirkorlik faoliyatini boshlayotgan tadbirkorlar va rivojlanayotgan tadbirkorlik subyektlari uchun q at'iy cheklovlar o'rnatishni nazarda tutmasligi, ma'lumotlarni oshkor qilish tomonlar uchun qidiruv xarakteriga ega bo'lishi kerak. Biznesni yuritish uchun bir-biri haqida muhim ma'lumotlarni biladigan kontragentlar uchun hamkorlik strategiyasini rejalashtirish va biznesni rivojlantirish istiqbollarini baholash osonroq. Shartnomadan oldingi tartibga solish qoidalari, shuningdek, xorijiy sheriklar bilan bitimlar foizini oshiradi, chunki ular o'rganilayotgan shartnomaning shartnomadan oldingi bosqichini huquqiy tartibga solishdagi farqlar tufayli yuzaga kelgan mavjud to'siqni yo'q qiladi. Ushbu yangilik O'zbekiston kompleks tadbirkorlik shartnomasini xorijiy franchayzing modeliga yaqinlashtiradi va shu munosabat bilan O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 50-bobi yanada to'g'ri va mantiqiy ko'rinadi.

O'zbekiston va xorijiy qonun hujjatlarida kompleks tadbirkorlik litsenziyasini (franshizing) huquqiy tartibga solish masalasini o'rganish asosida biz taqqoslash uchun muhim mezonlarni shakllantirish va umumlashtirishga harakat qilamiz. Bunga quyidagilar kiradi: Fransiya (1989), Braziliya (1994), Malayziya (1998), Qozog'iston (2002), Koreya (2002), Italiya (2004), Belgiya (2006), Shvetsiya (2006) kabi mamlakatlarda kompleks tadbirkorlik litsenziyasi (franshizing) sohasidagi alohida maxsus qonunlar mavjud. Rossiyada "Franchayzing to'g'risida" gi Qonun Davlat Dumasi tomonidan 2014-yilda rad etilgan. Franchayzing qoidalari Albaniya, Gruziya, Belarusiya, Litva, Moldova, Ukraina kabi davlatlarning fuqarolik kodeksiga kiritilgan. O'zbekistonda ham kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasi(franshizing) to'g'risidagi qoidalar O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksiga kiritilgan. Franchayzingni bilvosita tartibga soluvchi qoidalar Meksika (1991), Xorvatiya (1994), Ispaniya (1996) kabi mamlakatlarda mavjud. O'zbekistonda tartibga solish uchun, kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasi(franshizing) qoidalariga qo'shimcha ravishda, O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining boshqa qoidalari ham qo'llaniladi. Franchayzingni tartibga soluvchi qonun hujjatlari Indoneziya, Ruminiya, Xitoy, Vetnam kabi mamlakatlarda ham alohida qonun sifatida amal qiladi.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(7), July, 2023

Yuqorida keltirilgan davlatlarning tajribasini o'rgangan holda, kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasi(franshizing) faqatgina Fuqarolik kodeksidagi qoidalar bilan emas, aniq belgilangan alohida maxsus Qonun bilan tartibga solinishi maqsadga muvofiq bo'ladi. Buning uchun O'zbekistonda ham kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasi(franshizing)ni tartibga soladigan Qonun qabul qilinishi maqsadga muvofiq sanaladi.

Shuningdek, mazkur shartnomada fuqarolik huquqidagi bir qancha shartnomalarga xos jihatlar ifodalaganligi uchun, uni talabdan uchinchi shaxs foydange voz kechish shartnomasidan, mulk ijarasi shartnomasidan, ilmiy tekshirish, tajriba-konstruktorlik va texnologiya ishlari pudrati shartnomasidan va litsenziya shartnomasidan farqlarini ko'rsatib o'tish zarur.

Talabdan uchinchi shaxs foydasiga voz kechish shartnomasida kreditorning talab qilish huquqi franshizing shartnomasidan farq qilib, kreditorning shaxsi bilan uzviy bog'liq bo'lmaydi. Bundan tashqari kreditorning o'z huquqlarini boshqa shaxsga o'tkazishi bilan uning o'z huquqlariga nisbatan vakolati barham topadi. Kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasida esa muayyan muddatdan so'ng yoki belgilangan shart amalga oshirilganidan so'ng foydalanishga olingan mutlaq huquqlar o'z sohibiga qaytariladi.

Odatda, mulk ijarasi shartnomasida mulkiy huquolar foydalanishga berilsa, kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasida mutlaq huquqlar foydalanishga beriladi. Ba'zi hollarda ijara shartnomasida ham mutlaq huquqlar berilishi nazarda tutilishi mumkin. Masalan, korxonani ijaraga berish shartnomasida korxonani individuallashtirish vositalari mulkiy kompleksning tarkibiy qismi sifatida foydalanishga beriladi va alohida ijara obyekti sifatida qaralmaydi.

Ilmiy-tekshirish ishlari pudrati shartnomasida esa, bajarilgan ishning natijasida intellektual mulk huquqi obyekti yaratilishi, bu esa o'z navbatida mutlaq huquqlarni vujudga keltirishi mumkin. Lekin bunday holat har doim ham yuzaga kelmaydi. Ya'ni ilmiy-tekshirish ishlari pudrati shartnomasida hamma vaqt ham ko'zlangan natijaga erishilavermaydi. Qolaversa, bu turdagi pudrat shartnomalarida hamma vaqt ham intellektual mulk obyektini yaratish talabi qo'yilmaydi. Kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasida esa predmet sifatida faqatgina mutlaq huquqlar e'tirof etiladi.

Litsenziya shartnomalaridan kompleks tadbirkorlik litsenziyasi (franshizing) shartnomasining farqi shundaki, franshizing shartnomasida mutlaq huquqlardan foydalanish maqsadi belgilab qo'yiladi, mualliflik litsenziyasi yoki litsenziya shartnomalarida bunday cheklashlar belgilanmaydi.[28]

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(7), July, 2023

Kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasini o'ziga xos xususiyatlarga ega ekanligini hisobga olib, uni fuqarolik huquqidagi shartnomalarning mustaqil turi deb hisoblash mumkin.

XULOSA

Yuqorida tahlil qilingan masalalar bo'yicha umumiy xulosa qiladigan bo'lsak, umumiy nom bilan franshiza shartnomasi - taraflari hisoblangan franshiza beruvchi "franchayzer"(litsenziar) va franshiza oluvchi "franchayzi"(litsenziat) o'rtasida mutlaq huquqlar ya'ni, firma nomi, tovar (xizmat ko'rsatish) belgisi, ixtirolar, tijorat siri va boshqa individuallashtirish vositalaridan foydalanish uchun haq evaziga litsenziya(ruxsat) berish mazmunida tuziladigan shartnoma hisoblanadi. Bu munosabat nafaqat shartnomalar to'g'risidagi qoidalar bilan, balki, intellektual mulk huquqini himoya qilish qoidalari bilan ham bevosita taribga solinishi belgilangan.

Kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasining asosiy maqsadi (huquqiy jihatdan) faqat tadbirkorlik faoliyatida foydalanish uchun mutlaq huquqlar majmuini vaqtincha foydalanishga berish hisoblanadi. Shartnoma asosida kompleks litsenziar o'zining firma nomi va qo'riqlanadigan boshqa tijorat axboroti, hamda litsenziarning mutlaq huquqlariga kiruvchi obyektlar: tovar belgisi, xizmat ko'rsatish belgisi, ixtirolarini (patent bo'lgani holda) kompleks litsenziatning tadbirkorlik faoliyatida foydalanish uchun berish majburiyatini oladi. Kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasiga muvofiq ikkinchi tomon-litsenziatga berilayotgan huquqlar odatdagi mulkiy yoki talab qilish huquqi emas, balki mutlaq huquqlar hisoblanadi. Mutlaq huquq esa, odatdagidek egallab turish mumkin bo'lmagan, bir vaqtning o'zida nomuayyan doiradagi shaxslar foydalanishi mumkin bo'lgan obyektlarga nisbatan huquq sohibi mulkiy huquqlarini amalga oshirilishini ta'minlovchi muhim vositadir.

Kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasining iqtisodiy ahamiyati shundaki, ushbu shartnoma orqali yirik kompaniyalar o'z mahsulotlari uchun bozorlar vujudga keltiradilar, tovarlar, ishlar va xizmatlarning muomalada qiyinchiliksiz harakati ta'minlanadi. Bundan tashqari kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasi orqali tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish, tadbirkorlik faoliyatini boshqa usullar (masalan, yuridik shaxs va qo'shma korxona tuzish, alohida sarmoya olib kirish va boshqalar) orqali amalga oshirishga nisbatan ancha qulaydir.

Shuningdek, yuqorida tahlil qilingan Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi tarkibidagi mamlakatlar, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari hamda Amerika davlatlarining franshizing shartnomasini huquqiy jihatdan tartibga soluvchi qonunchiligini yanada chuqur o'rganib, keltirilgan takliflarni Fuqarolik kodeksimizga kiritib, qonunchilikni mukammallashtirish va franshiza sohasini tartibga soladigan alohida Qonun qabul qabul qilishni maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz. Buning

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(7), July, 2023

natijasida nafaqat yurtimizdagi tadbirkorlik subyektlari bo'lgan shartnoma taraflari, balki xorijdan franshiza shartnomasi orqali yurtimizda biznesini kengaytirmoqchi bo'lgan tadbirkorlik subyektlarining huquq va manfaatlari yanada kuchli himoya qilinishi mustahkamlanadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. 916 CFR Part 436 et seq [Электронный ресурс] / Сайт «Cornell Law School».

- Режим доступа: https: //www.law. cornell.edu/cfr/text/16/part436

2. Гражданское право. Ч.2./Под ред. А.П. Сергеева, Ю.К.Толстого. - М.: Проспект. 2017-633 с.

3. Узбекистан Республикасининг фукаролик хукуки. 2 кисм. /Х,.Рахмонкуло И Зокировларнинг умум тахр остида.-Т.: Адолат 1999. -282 б.

4. Steven Feirman, Daniel Deane, Keri A. McWilliams, Kendal Tyre, Nathan Warecki, Brad Steinbrecher. The Franchise Law Review: USA [Электронный ресурс] / Сайт «The Law Reviews». - Режим доступа: https://thelawreviews.co.uk/title/ the-franchise-law-review/usa.

5. Benedikt RohrBen Martin Rothermel Giorgia Carandente Ulrich Spiegel. Franchise & Licensing: Germany [Электронный ресурс] / Сайт «The legal 500» :https://www.legal500.com/guides/chapter/germany-franchiselicensing.

6. Кулеева И. Ю. Проблемы и противоречия законодательного регулирования договора коммерческой концессии в Российской Федерации и в зарубежных странах // Современное право. 2019. № 3. С. 74-79.

7. Левушкин А. Н. Договоры в предпринимательской деятельности : учебник.

— М. : Проспект, 2021. — 400 с.

8. Лукашова А.С. Проблемы ответственности сторон по договору коммерческой концессии // Юрист. 2016. № 14. С. 10-14.

9. Гражданское право Ч. 2. Под. ред. А.П.Сергеева, Ю.К. Толстого. -М.:Проспект, 2017. 617-с.

10. Бондаренко Д.П. Правовое регулирование договора коммерческой концессии в российском праве : автореф. дис. ... канд. юрид. наук : 12.00.03 / Д.П. Бондаренко. — Москва, 2013. — 26 с. — EDN SVFFGT.

11. Брагинский М. И., Витрянский В. В. Договорное право. Договоры о выполнении работ и оказании услуг. Кн. 3. М., 2020. 1055 с.

12. Еремин А. А. Франчайзинг и договор коммерческой концессии: теория и практика применения : автореф. дис. ... канд. юрид. наук. Саратов, 2015. 34 с.

13. Гражданское право : учебник : в 3 т. / ред. А.П. Сергеев. — Москва : Велби, 2020. — Т. 2. — 880 с.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

3(7), July, 2023

14. Попова Т.В. Правовые проблемы договора коммерческой концессии / Т.В. Попова. — EDN PZEEWT // Вестник Сибирского университета потребительской кооперации. — 2013. — № 1 (4). — С. 130-133.

15. Baldi, R. Le droit de la distribution commerciale dans e' Europe communautaire. Kluwer. Bruxelles, 2019.

16. United States: Franchise & Licensing / Сайт «The legal 500». - Режим доступа: https://www.legal500.com/guides/ chapter/united-states-franchise-licensing/.

17. Dale A. Cohen. USA: Franchise and Licensing. 2021 edition.

18. Eric Johnson. Franchising industry. A Reference for U.S. Exporters. 2018 Edition

19. Daniel Deane. The Most Profitable Franchise Businesses in USA. «The Law Reviews». - Режим доступа: https://thelawreviews.co.uk/title/ the-franchise-law-review/usa.

20. Tsahik Kolinko, Krystyna Rezvorovych, Maryna Yunina. Legal characteristic of the franchise agreement in Germany // Baltic Journal of Economic Studies. Vol. 5, №. 1, 2019. - P. 96-100.

21. Tom Billing. Germany: Franchise Law and Regulations 2021 [Электронный ресурс] / Сайт «ICLG». - Режим доступа:https://iclg.com/practiceareas/franchiselawsandregulations/germany#:~:text =In%20Germany%2C%20there%20are%20no,law%20and%20unfair%20trade%20la w.

22. Попова Т.В. Правовые проблемы современного общества // Вестн. Сибирского ун-та потребительской кооперации. 2013. № 1 (4). С. 130-133.

23. United States: Franchise & Licensing / Сайт «The legal 500». - Режим доступа: https://www.legal500.com/guides/ chapter/united-states-franchise-

24. Item 19 of an FDD and Researching Potential Franchise Profitability [Электронный ресурс] / Сайт «Franchise direct». - Режим доступа: https://www.franchisedirect.com/information/item19o fanfddandresearchingpotentialfranchiseprofitability/.

25. Julien Rivet. Franchise & Licensing: France. [Электронный ресурс] / Сайт «The legal 500». - Режим доступа: https://www.legal500.com/ guides/chapter/france-franchise-licensing.

26. The Franchise Law Review: Germany Stefan Münch, Dr. Alexander Duisberg, Dr Markus Körner and Michael Gaßner Bird & Bird LLP.01 February 2022.

licensing/.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(7), July, 2023

27. Ковалерова Л.А. Финансовая среда предпринимательства и предпринимательские риски : учеб. пособие / Л.А. Ковалерова, Ю.С. Караваева — Брянск : Изд-во БГУ им. И.Г. Петровского, 2015. — 132 с. — БЭК

28. Б^атИк Ба^Ик. II фБт МиаШАаг jamoasi. — ТоБЬкеп!: ТОУи павЬг1уо11, 2019. 364-Ье1

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.