Научная статья на тему 'RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA SHAXSIY MA’LUMOTLARNI MUHOFAZA QILISH'

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA SHAXSIY MA’LUMOTLARNI MUHOFAZA QILISH Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
319
58
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
axborot / shaxsiy ma’lumotlar / shaxsiy daxlsizlik / raqamli texnologiyalar / axborot tizimi. / information / personal data / privacy / digital technology / information system.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Eshdavlatova, Zarifa Nurmuxamadovna

Mazkur maqolada bugungi raqamlashtirish jarayonida shaxsga tegishli bo‘lgan oilaviy va shaxsiy ma’lumotlar, ularni qonun orqali himoya qilish va muhofaza qilinishi, xorijiy mamlakatlar va milliy qonunchilikda shaxsga doir ma’lumotlarni himoya qilish asoslari, shuningdek har bir shaxs o‘ziga tegishli bo‘lgan ma’lumotlarni nazorat qila olish qobiliyati eng muhim masalalardan biriga aylanib borayotganligi tahlil qilinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PROTECTION OF PERSONAL DATA IN THE AGE OF DIGITAL TECHNOLOGIES

This article discusses family and personal data belonging to an individual in today's digitalization process, their protection and preservation by law, the basics of protection of personal data in foreign countries and national legislation, as well as the fact that each person owns it is analyzed that the ability to control the desired data is becoming one of the most important issues.

Текст научной работы на тему «RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA SHAXSIY MA’LUMOTLARNI MUHOFAZA QILISH»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA SHAXSIY MA'LUMOTLARNI

Mazkur maqolada bugungi raqamlashtirish jarayonida shaxsga tegishli bo 'lgan oilaviy va shaxsiy ma'lumotlar, ularni qonun orqali himoya qilish va muhofaza qilinishi, xorijiy mamlakatlar va milliy qonunchilikda shaxsga doir ma'lumotlarni himoya qilish asoslari, shuningdek har bir shaxs o'ziga tegishli bo'lgan ma 'lumotlarni nazorat qila olish qobiliyati eng muhim masalalardan biriga aylanib borayotganligi tahlil qilinadi.

Kalit so'zlar: axborot, shaxsiy ma'lumotlar, shaxsiy daxlsizlik, raqamli texnologiyalar, axborot tizimi.

В данной статье рассматриваются семейные и персональные данные, принадлежащие физическому лицу в условиях современного процесса цифровизации, их защита и сохранение в соответствии с законодательством, основы защиты персональных данных в зарубежных странах и национальном законодательстве, а также анализируется тот факт, что каждое лицо владеет ими, что возможность контролировать желаемые данные становится одним из важнейших вопросов.

Ключевые слова: информация, персональные данные, конфиденциальность, цифровые технологии, информационная система.

This article discusses family and personal data belonging to an individual in today's digitalization process, their protection and preservation by law, the basics of protection of personal data in foreign countries and national legislation, as well as the fact that each person owns it is analyzed that the ability to control the desired data is becoming one of the most important issues.

Keywords: information, personal data, privacy, digital technology, information system.

Biz bugun jadal rivojlanayotgan axborot asrida yashayotgan ekanmiz, har bir

shaxsga tegishli bo'lgan ma'lumotlarni axborot xurujlaridan saqlash, ularni himoya

449

MUHOFAZA QILISH

Eshdavlatova Zarifa Nurmuxamadovna

Toshkent davlat yuridik universiteti Davlat boshqaruvi huquqi magistranti

ANNOTATSIYA

АННОТАТЦИЯ

ABSTRACT

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

qilish va turli g'ariz yo'llarda foydalanishning oldini olishga har qachongidan ham ko'proq e'tibor berishimiz darkor. Axborot texnologiyalarning rivojlanishi kishilar uchun ma'lumotlarning qiymati ortib borayotgani bilan birgalikda, shaxsiy ma'lumotlarning maxfiyligini boshqarish bo'yicha tashvishlarning ortib borayotganiga ham sabab bo'lmoqda. Bunday tashvishlar kuchayib borar ekan, inson o'z shaxsiy ma'lumotlarini boshqarishi va nazorat qilishi tobora qiyinlashib boraveradi. Xalqaro - huquqiy hujjatlarda va milliy qonunchilikda istalgan axborotni izlash, saqlash, tarqatish va undan foydalanish huquqi ta'minlangan ekan, bu masalani yanada murakkablashtiradi. Axborot tizimlarining globallashuviga bo'lgan qiziqishning ortib borishini hisobga oladigan bo'lsak, bu borada turli tadqiqotlar olib borilganiga va ma'lum mehanizmlar ishlab chiqish ehtiyojining ortib borayotganligiga guvoh bo'lamiz. Xususan, axborot maxfiyligining muommolari bo'yicha olib borilgan tadqiqotlar dastlab tartibga solish mehanizmini ishlab chiqish bilan cheklangan edi. Biroq, bu mehanizmga ta'sir etuvchi tashqi omillarga kam e'tibor berildi. Natijada, bir vaqtning o'zida turli mamlakatlarda malumotlarning maxfiyligi bilan bog'liq turlicha muommolar yuzaga keldi. A. Westin ham ma'lumotlar maxfiyligining turli o'lchovlari turli mamlakatlarda turlicha qabul qilinishi mumkinligi haqida xulosa bergan.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

Ushbu maqolada bugungi raqamlashtirish sharoitida shaxsga doir ma'lumotlarni himoya qilish zaruriyati, xorijiy mamlakatlarda, shuningdek O'zbekiston qonunchiligida shaxsga doir ma'lumotlarni muhofaza qilishning huquqiy asoslari, xususan 2017 - yil 2 - iyunda qabul qilingan "Shaxsga doir ma'lumotlar to'g'risida"gi qonunining mazmun - mohiyati, shaxsiy ma'lumotlarning davlat tomonidan muhofazasi va ularning kafolati xususida so'z yuritiladi.

Ushbu tadqiqot ishida ilmiy bilishning tahlil, statistika va umumlashtirish usullaridan foydalanilgan.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Inson jamiyatning turli jabhalarida ishtirok etar ekan, albatta, uning shaxsiy ma'lumotlaridan boshqalar bilan bo'lgan ijtimoiy munosabatlarida foydalanishga majbur bo'ladi. Misol uchun ish beruvchi va xodim, doktor va bemor, bank xodimi va mijoz o'rtasida ma'lumotlar almashinuvi yuzaga keladi. Bunday axborot almashinuvi odatiy holat sifatida etirof etiladi. Ammo, hozirda axborot -kommunikatsion texnologiyalarining rivojlanib borishi shaxsga doir ma'lumotlarning tezlik bilan barcha sohaning obyektiga aylantirib qo'yayotganligini sezish qiyin emas.

450

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Jismoniy shaxslarga tegishli ma'lumotlar va axborotlarning ko'lami tobaro kengayib borayotganini hisobga olsak, ularni tizimlashtirish va har bir faoliyat turi uchun uning qat'iy doirasini belgilashni taqazo qilmoqda. Shuni ta'kidlash joizki, kishilarning shaxsiy va oilaviy ma'lumotlari, uning mavqeyi, obro'si, qadr - qimmati bilan bog'liq axborotlar oldin ham davlatlar tomonidan himoya qilingan va qo'riqlangan. Biz bu hodisani faqatgina axborot tizimlarining rivojlanishi bilan baholay olmaymiz. Sababi, avval ham shaxsiy ma'lumotlarga doir bir qator huquqiy hujjatlar ishlab chiqilgan. Bunday hujjatlar sirasiga quyidagilarni misol qila olamiz:

• "Shaxsiy ma'lumotlarni avtomatlashtirilgan holda qayta ishlashda jismoniy shaxslarni himoya qilish to'g'risida"gi Yevropa Konvensiyasi;

• Yevropa Hamjamiyati tomonidan qabul qilingan "Ma'lumotlar himoyasi to'g'risida"gi Direktiva;

• Yevropa Kengashiga a'zo davlatlar Vazirlar Qo'mitasi tomonidan qabul qilingan "Internetda xususiy hayot daxlsizligini himoya qilish bo'yicha tavsiyalar";

• Germaniyada "Fuqaroni boshqa fuqarodan himoya qilish to'g'risida" va "O'zi to'g'risidagi axborotlarni tasarruf etish to'g'risida"gi qonunlar.

Shaxsiy ma'lumotlar, axborotlar xavfsizligini himoya qilish tizimini huquqiy asoslar bilan ta'minlanishi xavfsizlikning kafolatini yanada kengaytiradi. Internet tarmoqlari tobora ko'proq ijtimoiy va iqtisodiy sohalarga o'z ta'sirini ko'rsatayotganligi bois, ma'lumotlarni himoya qilish ahamiyatini deyarli barcha davlatlar tomonidan bugungacha ham qabul qilinayotgan huquqiy hujjatlar, mamlakatlar tomonidan imzolanayotgan xalqaro shartnomalar va o'zaro bitimlar orqali anglab olishimiz mumkin. Ko'pgina davlatlar nafaqat axborot tizimiga, balki shaxsiy ma'lumotlarning muhofazasi bilan bog'liq boshqa mamlakatlarga tegishli umumiy va shaxsiy ma'lumotlarni himoya qilish bo'yicha huquqiy asoslar yaratgan. Statistikaga nazar solsak, hozirga qadar rivojlangan 194 ta davlatlardan 137 tasida ma'lumotlar va shaxsiy daxlsizlik huquqini himoya qilish bo'yicha qonunlar ishlab chiqqan. Osiyo va Afrika davlatlarining 57 foizida bunday qonunlar qabul qilingan. Hozirda ma'lumotlarni himoya qilish bo'yicha yetakchi mintaqalardan biri Yevropa mintaqasi hisoblanadi. Yevropada shaxsiy ma'lumotlarga oid qonunlarning qabul qilinishi har bir Yevropa Ittifoqiga a'zo mamlakatlar fuqarosining axborot huquqining buzilishidan himoya qiladi. AQSh mamlakatiga nazar solsak, unda umumiy himoya belgilangan federal qonunlar va ba'zi shtatlarning alohida qonunlarini misol qilishimiz mumkin. Braziliyada bugunga qadar 40 dan ziyod ommaviy va shaxsiy ma'lumotlarga doir hujjatlar ishlab chiqilgan. 2020 - yilda Xitoyda Butunxitoy xalq vakillari kongressi tomonidan "Shaxsiy ma'lumotlarni

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

himoya qilish to'g'risida"gi qonun loyihasi e'ion qilindi va bu loyiha keng qamrovli ma'lumotlarni boshqarish platformasini ishlab chiqishda muhim turtki bo'ldi. Shular bilan bir qatorda, Rossiya Federatsiyasi tomonidan shaxsiy axborotlarning huquqiy himoyasiga qaratilgan ishlarning samaradorligi bu boradagi e'tiborning kuchayganidan dalolat beradi. "Elektron hukumat" tizimining rivojlanishi munosabati bilan, O'zbekiston Respublikasida ham fuqarolarning shaxsiy daxlsizlik huquqi, shaxsiy va oilaviy sirlarini qonuniy jihatdan himoya qilishga katta e'tibor qaratildi. Hozirda deyarli hech kim axborot texnologiyalaridan foydalanmasdan, o'z shaxsiy ma'lumotlarini u yoki bu faoliyatda qo'llay olmasdan ijtimoiy munosabatlarda ishtirok eta olmaydi. Qolaversa, shaxsga taalluqli ma'lumotlarni vaqt va makon me'zonlari bo'yicha ushlab turishning imkoni yo'q. Yurtimiz barcha sohalarni raqamlahtirish muhitiga bosqichma - bosqich o'tayotgan ekan, axborot tizimining obyektiga aylanib borayotgan shaxsiy ma'lumotlarga doir qonunlar juda ahamiyatlidir. Davlatimizda shaxsiy ma'lumotlarni himoya qilishga qaratilgan eng muhim hujjatlardan biri 2019 - yil 2 - iyunda qabul qilingan "Shaxsga doir ma'lumotlar to'g'risida"gi qonundir. Bu qonunni qabul qilish har tomonlama zarur edi. Sababi, axborot kommunikatsion texnologiyalari rivojlanib borayotgan bir zamonda fuqaroning xususiy ma'lumotlariga tegishli fotosurat, xabar va yozishmalar, telefon so'zlashuvlari bilan bog'liq axborotlardan g'ayriqonuniy tarzda foydalanish, o'z manfaati yo'lida tarqatish hollari ko'payib ketgan edi. Qonun esa eng maqbul yechim sifatida shaxsiy axborotlarni to'plash, tarqatish, saqlash va undan foydalanishning huquqiy asoslarini yaratib berdi. "Shaxsga doir ma'lumotlar to'g'risida"gi qonunda inson va fuqarolarning huquq va erkinliklariga rioya etish, shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berish maqsadlari va usullarining qonuniyligi, shaxsga doir ma'lumotlarning aniqligi va ishonchligi, ularning maxfiyligi va himoya qilinganligi, jamiyat va davlatning xavfsizligi asosiy prinsiplar sifatida belgilangan. Shaxsiy ma'lumotlarni himoya qilish mehanizmlari orqali fuqarolarning xususiy axborotlarini huquqiy va tashkiliy choralar yordamida muhofaza qilish, shaxsiy hayotga aralashuvning oldini olish, ularning yaxlitligi va maxfiyligiga rioya etish, shaxsga doir ma'lumotlarga noqonuniy ishlov berishning oldini olish asosiy vazifalar sifatida mustahkamlangan. Bundan tashqari qonunda shaxsiy ma'lumotlarni boshqalarga taqdim etish va foydalanish ustidan davlat nazoratini o'rnatish, o'zganing xususiy ma'lumotlarini g'ayriqonuniy tarzda foydalanganlik uchun javobgarlik choralari belgilangan.

O'zbekistonda shaxsga doir ma'lumotlar borasidagi vakolatli organ ham tuzilganligi bu boradagi islohatlarning ko'lami kengayotganligidan darakdir.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Hukumat huzuridagi Davlat personallashtirish markazi bu sohadagi vakolatli organ hisoblanadi. Ushbu tashkilot shaxsga doir ma'lumotlarning himoya qilinishini va shaxslarning roziligisiz ma'lumotlarni oshkor etish va tarqatishning oldini olishni kafolatlaydi. Qonun mamlakatimizda shaxsiy daxlsizlik huquqi, fuqarolarning oilaviy va shaxsiy ma'lumotlarga o'zboshimchalik bilan aralashishning oldini olish borasidagi yuridik kafolat sifatida xizmat qiladi. Hozirda ko'pchilik mamlakatlar tomonidan ishlab chiqilgan qonunlarning mazmun - mohiyatiga e'tibor bersak, shaxsiy ma'lumotlarni to'plash, saqlash va ulardan foydalanish qonunda ko'rsatilgan holatlarda, xususan jamoat manfaati va shaxsning o'ziga tegishli huquqlarni ta'minlash uchun va shaxsning roziligi bilan amalga oshishi kerakligi belgilangan. Negaki, shaxsiy ma'lumotlardan shaxs ruhsatisiz foydalanish shaxsiy daxlsizlik huquqiga, ijtimoiy hayotda mavqeyi, obro'yi va kasb - koriga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin. Shu jihatdan ko'plab qabul qilingan shaxsiy ma'lumotlarni himoya qilish to'g'risidagi huquqiy hujjatlarda bu qoida belgilangan.

XULOSA VA TAKLIFLAR

Raqamli texnologiyalar rivojlangan bir davrda yashar ekanmiz, shaxsga doir ma'lumotlarni muhofaza qilish borgan sari muhim ahamiyat kasb etib borayotganini yuqorida guvohi bo'ldik. Chunki huquq va manfaatlarni himoya qilish kishilarning eng muhim huquqlaridan bo'lgan shaxsning daxlsizligini turli axborot xujumlaridan asrashda ko'proq ko'rinadi. Shu boisdan ham shaxsga doir ma'lumotlarni himoya qilish, undan turli g'arazli maqsadlarda foydalanishda yo'l qo'ymaslik, shaxsiy ma'lumotlardan shaxs erk - irodasiga xilof usul va shaklda foydalanishning oldini olish masalalari har qachongidan ham dolzarb masalaga aylanib bormoqda. Axborot texnologiyalarining rivojlanib borishi shaxsiy hayot sirlarini himoya qilish zaruriyatini yanada kuchaytirib bormoqda. Shuningdek, sun'iy yo'ldoshlar imkoniyatlarining kengayib borayotgani ham dunyoning har bir nuqtasidan inson hayotini kuzatib borish imkoniyatini vujudga keltirmoqda. Bu esa, yana bir karra, shaxsiy hayot sirlarini muhofaza qilish choralarini kuchaytirishni taqozo etadi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. - T.: O'zbekiston, 2018. -28 b.

2. Astanov I., Safarov J., Bazarov D. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi. - T.: TDYU, 2011. - 77 b.

3. Yakubova. I. O'zbekiston va Yaponiya qonunchiligida shaxsiy nomulkiy huquqlarni fuqarolik-huquqiy muhofaza qilinishi: diss. - T.: 2018. - 179 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.