Научная статья на тему 'SHAXSGA DOIR MA’LUMOTLARNI HIMOYA QILISHNING HUQUQIY AHAMIYATI'

SHAXSGA DOIR MA’LUMOTLARNI HIMOYA QILISHNING HUQUQIY AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

62
19
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
shaxsga doir ma’lumotlar / himoya / maxfiylik / shaxsiy hayot daxlsizlik huquqi / raqamlashtirish. / персональные данные / защита / конфиденциальность / право на неприкосновенность частной жизни / цифровизация.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Mastura Adxam Qizi Atanazarova

Mazkur tezis zamonaviy jamiyatda shaxsga doir ma’lumotlarni himoya qilishning huquqiy ahamiyatiga bag‘ishlangan. Shaxsga doir ma’lumotlarning maxfiyligi muammosining dolzarbligi, uni himoya qilish xususiyatlari va shaxsiy hayot daxlsizligiga bo‘lgan huquqni ta’minlashga ta’siri ko‘rib chiqiladi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Данный тезис посвящен правовому значению защиты персональных данных в современном обществе. Рассматривается актуальность проблемы конфиденциальности информации о личности, особенности ее защиты и влияние на обеспечение права на неприкосновенность частной жизни.

Текст научной работы на тему «SHAXSGA DOIR MA’LUMOTLARNI HIMOYA QILISHNING HUQUQIY AHAMIYATI»

SHAXSGA DOIR MA'LUMOTLARNI HIMOYA QILISHNING HUQUQIY

AHAMIYATI

Mastura Adxam qizi Atanazarova

O'zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi, "Inson huquqlariga oid xalqaro huquq" yo'nalishi magistratura tinglovchisi E-mail: [email protected]

ANNOTATSIYA:

Mazkur tezis zamonaviy jamiyatda shaxsga doir ma'lumotlarni himoya qilishning huquqiy ahamiyatiga bag'ishlangan. Shaxsga doir ma'lumotlarning maxfiyligi muammosining dolzarbligi, uni himoya qilish xususiyatlari va shaxsiy hayot daxlsizligiga bo'lgan huquqni ta'minlashga ta'siri ko'rib chiqiladi.

Kalit so'zlar: shaxsga doir ma'lumotlar, himoya, maxfiylik, shaxsiy hayot daxlsizlik huquqi, raqamlashtirish.

АННОТАЦИЯ:

Данный тезис посвящен правовому значению защиты персональных данных в современном обществе. Рассматривается актуальность проблемы конфиденциальности информации о личности, особенности ее защиты и влияние на обеспечение права на неприкосновенность частной жизни.

Ключевые слова: персональные данные, защита, конфиденциальность, право на неприкосновенность частной жизни, цифровизация.

ANNOTATION:

This thesis is devoted to the legal significance of personal data protection in modern society. It considers the relevance of the problem of confidentiality of information about the individual, the peculiarities of its protection and its impact on ensuring the right to privacy.

Keywords: personal data, protection, confidentiality, right to privacy, digitalization.

Hozirgi kunda jamiyatda shaxslar o'rtasida turli xil elektron xizmatlarning keng tarqalishi oqibatida ijtimoiy munosabatlar ham yangi tus olib rivojlanib bormoqda. Bunday turdagi elektron xizmatlar, bir tomondan, hayotimizni sezilarli darajada osonlashtiradi, biroq boshqa tomondan esa shaxsiy ma'lumotlarimizni himoya qilish muammosini, ularning tarqalishi xavfi va boshqa noqonuniy xatti-

April 24, 2024

884

harakatlar natijasida uchinchi shaxslar tomonidan noqonuniy foydalanish xavfini vujudga keltiradi. Shu bilan birga, ko'pincha turli xil sabablarga ko'ra, fuqaro u haqida ma'lumot keng doiradagi odamlarga ma'lum bo'lishini xohlamaydi. Ushbu ma'lumotlarning barchasini himoya qilish uchun shaxsiy ma'lumotlarning maxsus huquqiy rejimi qo'llaniladi. Shaxsga doir ma'lumotlarni himoya qilish bevosita shaxsiy hayot daxlsizligi huquqining davlat tomonidan ta'minlab berilishini bilan chambarchas bog'liqdir. Shaxsiy hayot daxlsizlik huquqining konstitutsiyaviy kafolatlari masalasi hozirgi davr huquqiy maydondagi eng muhim masalalardan biri hisoblanadi. Shaxsiy hayot daxlsizligi huquqi yangi tahrirdagi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31-moddasida quyidagicha o'z tasdig'ini topgan "Har bir inson shaxsiy hayotining daxlsizligi, shaxsiy va oilaviy sirga ega bo'lish, o'z sha'ni va qadr-qimmatini himoya qilish huquqiga ega. Har kim yozishmalari, telefon orqali so'zlashuvlari, pochta, elektron va boshqa xabarlari sir saqlanishi huquqiga ega. Ushbu huquqning cheklanishiga faqat qonunga muvofiq va sudning qaroriga asosan yo'l qo'yiladi. Har kim o'z shaxsiga doir ma'lumotlarning himoya qilinishi huquqiga, shuningdek noto'g'ri ma'lumotlarning tuzatilishini, o'zi to'g'risida qonunga xilof yo'l bilan to'plangan yoki huquqiy asoslarga ega bo'lmay qolgan ma'lumotlarning yo'q qilinishini talab qilish huquqiga ega"[1]. Bundan tashqari, 2019-yilda O'RQ-547-sonli "Shaxsga doir ma'lumotlar to'g'risida" alohida qonun hujjati qabul qilingan bo'lib, ushbu qonunga muvofiq muayyan jismoniy shaxsga taalluqli bo'lgan yoki uni identifikatsiya qilish imkonini beradigan, elektron tarzda, qog'ozda va (yoki) boshqa moddiy jismda qayd etilgan axborotlar shaxsga doir ma'lumotlar ekanligi qayd etilgan. Mazkur qonunga muvofiq O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi shaxsga doir ma'lumotlar sohasidagi vakolatli davlat organi qilib belgilangan[2]. Shu sababli ushbu qonun hamda mazkur qonun asosida qabul qilingan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan qoidalar buzilgan taqdirda Jinoyat kodeksining 1412-moddasida nazarda tutilgan javobgarlik kelib chiqadi. Shuningdek, bir qator xorijiy davlatlar jinoyat qonunchiligida xususan, Latviya Jinoyat kodeksining 281-moddasida, Turkmaniston Jinoyat kodeksining 146-moddasida, Litva Jinoyat kodeksining 167-moddasida, Qozog'iston Jinoyat kodeksining 147-moddasi 3-qismida, Qirg'iziston Jinoyat kodeksining 186-moddasida, Tojikiston Jinoyat kodeksining 144-moddasida birovning shaxsiy yoki oilaviy siri to'g'risidagi ma'lumotni uning roziligisiz noqonuniy to'plash yoki tarqatish yoki ommaviy axborot vositalarida nutqda, ishda, ommaviy axborot vositalarida yoki internetda, agar bu xatti-harakatlar xudbinlik yoki boshqa shaxsiy manfaatlarni ko'zlab sodir etilgan bo'lsa va bunday

885

April 24, 2024

ma'lumotlarni tarqatgan bo'lsa, fuqaroning huquqlari va qonuniy manfaatlariga zarar yetkazganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilangan[3].

Shaxsiy hayot daxlsizligi huquqini ta'minlashning eng muhim yo'nalishlaridan biri bu fuqarolarning shaxsga doir ma'lumotlarini himoya qilishdir. Shaxsga doir ma'lumotlarni himoya qilish masalalari so'nggi paytlarda axborot texnologiyalarining rivojlanishi, xususan, fuqaro to'g'risidagi shaxsiy ma'lumotlar va axborot tarqatishning yangi vositalari to'planadigan avtomatlashtirilgan axborot tizimlari bilan bog'liq holda alohida ahamiyat kasb etmoqda, buning natijasida ushbu shaxsiy ma'lumotlarning tarqalishi ancha soddalashtirilgan, shu sababli ham hozirgi raqamli muhitda shaxsga doir ma'lumotlarni himoya qilish masalasiga alohida e'tibor qaratilmoqda.

Xususan, 2015-yil 1-aprelda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari bo'yicha Kengashi tomonidan qabul qilingan 28/16-sonli "Raqamli asrda shaxsiy hayot daxlsizligi huquqi" rezolyutsiyasida[4] davlat tomonidan ularni yig'ish, raqamli xabarlarni to'plash, eksterritorial xabarlarni kuzatish, metama'lumotlarni yig'ish va boshqalarni amalga oshirishda shaxsiy ma'lumotlarni himoya qilishga e'tibor qaratildi. E.V. Talapina internetni raqamlashtirish va undan foydalanish bilan bog'liq Iqtisodiy Hamkorlik va Taraqqiyot Tashkilotining hujjatlarini tahlil qilib, shaxsiy ma'lumotlarni himoya qilish ularda shaxsiy hayot daxlsizligi huquqini himoya qilishning "uzviy davomi" sifatida qaralishini ta'kidlaydi[5].

Inson huquqlari bo'yicha Yevropa sudi "Inson huquqlari va asosiy erkinliklarini himoya qilish to'g'risida"gi Konvensiyaning 8-moddasida "shaxsiy hayotni hurmat qilish huquqi" asosida shaxsga doir ma'lumotlarni himoya qilish kafolatlangan deya ta'kidlaydi hamda sud shaxsni aniqlash uchun ma'lumotlarni to'plash, saqlash va oshkor qilishni shaxsiy hayotni hurmat qilish huquqiga aralashish deb hisoblaydi[6].

Shu o'rinda Google MCHJ va CNIL o'rtasida 2019-yilda bo'lib o'tgan sud ishiga ham to'xtalib o'tsak. Bu ish Google va Fransiya ma'lumotlarni himoya qilish organi (CNIL) o'rtasida Yevropa Ittifoqining ma'lumotlarni himoya qilish bo'yicha umumiy reglamentiga (General Data Protection Regulation) muvofiq "unutish huquqi" (right to be forgotten) tamoyilini qo'llash bo'yicha nizoni ko'rib chiqdi. O'z navbatida mazkur sud ishi shaxslarning shaxsga doir ma'lumotlarini qidiruv tizimining natijalaridan chiqarib tashlash huquqlari va texnologik kompaniyalarning ma'lumotlarni himoya qilish to'g'risidagi qonunlarni amalga oshirish majburiyatlari to'g'risida muhim savollarni yuzaga chiqardi[7].

Shaxsga doir ma'lumotlarni himoya qilish bilan bog'liq asosiy muammolardan biri bu qonuniy tartibga solishning yetarli emasligi va fuqarolarning shaxsga doir

April 24, 2024

886

ma'lumotlar himoyasi bilan bog'liq huquqlaridan bexabarligidadir. Ushbu muammoni hal qilish uchun shaxsga doir ma'lumotlarning huquqiy maqomini mustahkamlash, samarali himoya mexanizmlarini ishlab chiqish va joriy etish, shuningdek, fuqarolarning o'z huquqlari va majburiyatlari to'g'risida xabardorligini oshirish lozim.

Xulosa qilib aytganda, shaxsga doir ma'lumotlarni himoya qilish raqamli muhitda shaxsiy hayot daxlsizligi huquqini ta'minlashning asosiy jihati hisoblanadi. Shaxsiy hayot daxlsizlik huquqi va shaxsga doir ma'lumotlarni himoya qilish bir-biri bilan chambarchas bog'liqdir, shuningdek, bugungi raqamli muhitda shaxsga doir ma'lumotlarni himoya qilish ushbu huquqni ta'minlashda muhim rol o'ynaydi. Shaxsga doir ma'lumotlarni himoya qilishda normativ-huquqiy hujjatlar zarur poydevor bo'lsa-da, muammolarni hal qilish uchun fuqarolarning xabardorligini oshirish va texnologik taraqqiyotga moslashish uchun doimiy harakatlar talab etiladi. Jamiyat shaxsga doir ma'lumotlarni himoya qilishga ustuvor ahamiyat berish orqali demokratik tamoyillarni qo'llab-quvvatlashi, raqamli texnologiyalarga bo'lgan ishonchni mustahkamlashi va o'zaro bog'liqlik kuchayib borayotgan dunyoda shaxsiy hayot daxlsizligi huquqini himoya qilishi mumkin.

REFERENCES:

1. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 01.05.2023-y., 03/23/837/0241-son. https://lex.uz/docs/-6445145

2. O'zbekiston Respublikasi "Shaxsga doir ma'lumotlar to'g'risida"gi qonuni. 02.07.2019 yildagi O'RQ-547-son. https://lex.uz/docs/-4396419

3. A.Anorboyev "Kiberjinoyatlarning jinoiy-huquqiy jihatlari" dissertatsiya. Toshkent-2020. 49-50-betlar.

4. UN. Human Rights Council (28th sess.: 2015 : Geneva) The right to privacy in the digital age : resolution / adopted by the Human Rights Council https://digitallibrary.un.org/record/795309?v=pdf

5. Талапина Э.В. Защита персональных данных в цифровую эпоху: российское право в европейском контексте// Труды Института государства и права РАН / Proceedings of the Institute of State and Law of the RAS. 2018. Т. 13. № 5. С. 125.

6. ECtHR. Leander v. Sweden. Application no. 9258/81. Judgment of 26 March 1987. Series A. No. 116. Para. 48.

7. Judgment of the Court (Grand Chamber) of 24 September 2019. Google LLC, successor in law to Google Inc. v Commission nationale de l'informatique et des libertes (CNIL). Case C-507/17. https://eur-lex.europa.eu/legal-content/en/TXT/?uri=CELEX:62017CJ0507

887

April 24, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.