Научная статья на тему 'SHAXS NOMLARI VA METONIMIYALAR'

SHAXS NOMLARI VA METONIMIYALAR Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

26
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
shaxs nomlari / nom ko„chishi / metonimiya / qayta atash / o„rindoshlik / almashtirish / nom / ot / ism / atoqli ot / sinekdoxa.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — A. Jumaniyazov, Ch. Yusubova

Mazkur maqolada shaxs nomlarida metonimik ma'no ko'chish xususiyatlari haqida gap ketadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SHAXS NOMLARI VA METONIMIYALAR»

^hjrchiqdavlat^edagGgika^niversiteti^^^^^^^Za

SHAXS NOMLARI VA METONIMIYALAR

A. Jumaniyazov

Urganch davlat universiteti, f.f.n., professor.

Ch. Yusubova

Urganch davlat universiteti tayanch doktoranti

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada shaxs nomlarida metonimik ma'no ko'chish xususiyatlari haqida gap ketadi.

Kalit so'zlar: shaxs nomlari, nom ko'chishi, metonimiya, qayta atash, o'rindoshlik, almashtirish, nom, ot, ism, atoqli ot, sinekdoxa.

АННОТАЦИЯ

В данной статье говорится об особенностях перенос метонимических значений в личных именах.

Ключевые слова: личные имена, перенос имени, метонимия, переименование, замена, подмена, имя, имя существительное, имя, имя собственное, синекдоха.

ABSTRACT

This article talks about the features of metonymic meaning transfer in personal

names.

Keywords: personal names, name transfer, metonymy, renaming, substitution, replacement, name, noun, proper noun, synecdoche.

Mazkur tema bo'yicha bildirmoqchi bo'lgan mulohazalar inda\\osi(ochiq fikr)da shuni ta'kidlamoqchimizki, mavzu boshidagi "shaxs nomlari" so'z birikmasi deyarli barcha uchun umumtushunarli, milliy tilimiz me'yorlariga to'g'ri kelishi borasida gap bo'lishi ham mumkin emas. Shu sababdanmi mazkur birikma izohli lug'at va qomuslarda alohida leksema sifatida qayd (kodifikatsiya) qilinmagan. Faqat "ism" so'ziga berilgan izohda "ism"ning shaxsiy nom ma'nosi borligi sharxlanib, bu birikmaning ikkinchi bir ko'rinishi keltirilgan.1 E'tiborlisi shundaki, bir qaraganda bu ikki (shaxs nomi - shaxsiy nom) birikmalari ma'no jihatidan ekvivalent ko'rinadi, variantdosh hisoblaniladi. Biroq, birikmalar chuqurroq ta'vil qilinsa, ma'no farqlari oydinlashib, "shaxs nomi" ostida umumiylik (barcha odamlarga xos nomlar), "shaxsiy nom" ostida esa xususiylik (yakka olingan odamga xoslik) tushuniladi. Endi "nom" so'zining ma'nodoshlari "ot"va "ism"ga kelsak, ular (nomni ham qo'shsak, uchta- ot, ism, nom bo'ladi) lug'atlarimizda to'liq (vollständig) sinonimlar sifatida qayd qilinadilar,

1 Узбек тилининг изошли лугати. - Тошкент, «Узбекистон нашриёти». 2-жилд. 2020.-6.232.

April 23-24, 2024

44

yoxud muloqotda ma'no jihatidan biri ikkinchisining o'rnida to'la qo'llanilishi mumkinligi sharxlaniladi. Nazdda turgan leksema qolgan ikki leksemani nomlash bilan cheklaniladi. Ulardan foydalinishdagi tartib o'rinlari almashiniladi, xolos. Binobarin, "nom" - ot,ism, "ot" -ism,nom, "ism" - nom,ot qabilida izohlaniladi. Ular orasidagi muayyan ma'no farqlari borligiga to'xtalib o'tirilmaydi. Nainki, zikr qilingan leksemalarning avvalo dunyoning turli (ism-arabcha, nom-sanskritcha, ot -turkcha) tillariga xosligi va har biri etimon sifatida o'zining ona tilida shaxs egasini aniq atashlari va ular milliy tilimizga ma'nodosh o'zlashma so'zlar sifatida qabul qilinganligi umumtushunarli hisoblaniladi. Endi istalgan bir xalq va uning tili lug'at tarkibida bir narsa yoki hodisa uchun ikki so'z yaralmaganini mutloq (ilohiy) hodisa ekanligi va xatto (aynan) shu narsa va hodisani ikkinchi bir chet tilida boshqacha (imlo, talaffuz) nomlanishi, zaruriyat taqoza qilib uni ikkinchi (allaqachon muqobili bor bo'lgan) bir tilga o'zlashgan xolda ham faqat muayyan ma'no farqlari bo'lgandagina begona (qardosh bo'lmagan) xalq o'z lug'at tarkibiga qabul qilishi masalalariga deyarli barcha tilshunoslar mantiqan xayrixoh qarasalar ajab emas. Shu ma'noda izohli lug'atlarimizga qarasak, tahlil qilinayotgan leksemalarning muayyan farqlarini, ularga berilgan qo'shimcha sharxlardan ("ism" - kishi oti, "ot" - o'rgatilgan hayvonlarning nomi, laqab, umumiy nom bildiruvchi so'z, "nom" - shon-shuhrat, obro', biror sohagayoki guruhga oidlikni bildiruvchi atama) bilish mumkin. Shu farqlar orqali bu leksemalar tilimizda yashab kelyapti va ularga ma'nodosh (sinonim) deb qaraladi. Bizning (shaxsiy) fikrimizcha, yuqoridagi leksemalarning izohlariga qo' shimcha sifatida aytish mumkinki, bu til birliklarini avvalo "so'z" ekanligini (umumtushunarli bo'lsa ham) yana bir bor ta'kidlash lozim, keyinchalik "nom" - narsa va hodisaning so'z orqali atalishi, "ism"-(jonli)narsa va hodisaga so'z yordamida nom, ot qo'yilishi, "ot" - narsa va hodisalarning nom(ism)ini bevosita bildiruvchi so'z deb ta'riflanishlari maqsadga muvofiqdir. Sharxlarni yana qisqa va lo'nda qilish mumkin bo'lsa, "ot" orqali barcha narsalarning, "ism" orqali jonli narsa(kimarsa)larning, "nom" orqali jonsiz narsalarning atalishini bu uch leksemaning o'zaro farqli tomonlarining yana bir qirrasi deb ko'rsatish mumkin.

Ishimizda bu uch (nom, ot, ism) til birliklari orasidan "nom" so'zi mavzumiz uchun muhimligi inobatida, unga alohida to'xtalamiz, uni etimologik, onomasiologik va semantik jihatdan tahlil qilishga harakat qilamiz.

"Nom" leksemasi sanskritcha " (nama) so'zidan olingan bo'lib, uning grekchada "onoma", lotinchada "nomen", nemischada "der Name", inglizchada "name", italyancha "nome" yozilish va aytilish ko'rinishi bor. Bizning tilimizga esa bu so'z sanskritdan fors tili orqali kirib kelib, uning "fj" (nom) imlo va talaffuzga ega shakli faol. Bundan tashqari u yuqorida ta'kidlaganimizdek, tilimizga arab tilidan qabul qilingan (ism) so'zining muqobilidir. Darvoqe, Alloh Taolo insonga uni

April 23-24, 2024

45

yaratgandan so'ng "so'z" yoki "til" emas, ta'limi asmo (ismlar haqida ta'lim)ni karomat qilgan, qalbiga solgan. Alloh taolo Odamning tanasini rostlab jon kiritgach unga barcha narsaning nomini o'rgatadi . Yoxud va allama a:damal asma: a kullaha: - (Alloh) Odamga barcha (yaratilgan va yaratilajak narsalarga tegishli) nomlarni o'rgatdi (Baqara surasi, 31 - oyat, 6 - bet ) . Adabiy tilimizda "nom"(ism)ning "ot", shevalarda "od" (Xorazm), turkmanchada "ady", qozoqchada "aTM" kabi variantdoshlik shakllari mavjudligini ta'kidlash ham lozim.

"Nom" so'zining mohiyati haqida dunyo tilshunoslarining so'nggi (va to'g'ri) xulosalari shuki, "nom" - so'z yordamida muayyan narsa va hodisa (konkret va abstrakt)ning atalishi yoki ko'rsatilishidir, ular haqida xabar berilishidir. Shu ma'noda "so'z" - narsa va hodisaning "nom"i desak yanglishmagan bo'lamiz. Binobarin, so'z orqali anglashiladigan ma'lumot (darak), uning ma'naviy - aytilishidagi ishtirok qiluvchi tovushlar va yozilishida qo'llanadigan harflar so'zning mazmuniy (moddiy) xususiyatlari bo'lish bilan bir qatorda narsa va hodisaning nomlarini ham anglatadilar. Mazkur ta'riflar so'z va nomning farqlariga ishora qilsalarda, ularning bir-biridan ajralmas (antinomiya) hodisa ekanligi va biri ikkinchisisiz faol bo'la olmasligidan dalolat beradi. Qisqacha qilib aytganda, so'zlar asli nomlardir,4 nomlar esa so'zlardir. Ularning o'zaro antinomik xususiyatlar kashf etishini tarixan va tadrijan kuzatish mumkin.

Eng qizig'i shu yerdaki, eski hind tilida "nom" va unga variantdosh sanskritchadagi "sabda" so'zlari ko'p ma'noli bo'lib, ularning "tovush, ovoz, chaqiriq, so'z, ism, ot"5 ma'nolari ham lug'atlarda qayd qiliniladi. Ko'rinib turibdiki, "nom"ning ma'nolari ham "so'z" ma'nolari (tovush, ovoz, chaqiriq, so'z, ism, ot, quvonch hayqirig'i, shodlik qiyqirig'i, og'riq chinqirig'i) kabi o'xshash etimologiyaga ega. Bu esa "so'z" va "nom" til birliklarining uzviy bog'liqligi, birini ikkinchisiz ifodalay olmaslik, mohiyatini anglashda ularning hamjihatliligini taqozo qiladi.

Shu ma'noda insoniyatning o'zaro nutqiy muloqotida, fikr almashishning asosi hisoblanmish bu ikki fenomenal til birliklari turli zamon va makonlarda, turli tilshunoslar tomonidan deyarli farqlanilmay (nari borsa ekvivalentlar sifatida) o'rganilib kelinganini ta'kidlamoq lozim. Ta'rif-u tasniflarga chuqurroq va tanqidiyroq yondoshiladigan bo'linsa, ularda mantiqiy qusur borligi seziladi, ya'ni nima uchun ikki narsa bir narsa deb tushunilishi kerak ?, "so'z" boshqa va "nom" boshqa ekanligini ularning atalishining o'zi aytib turibdi-ku. To'g'ri, bu ikki leksema o'xshash funksiyalar(atash, ko'rsatish, darak berish)ni bajaradi, til birliklari sifatida birining

2 F. Зикриллаев. Рух ва тил. - Тошкент, Узбекистан Республикаси Фанлар академияси «Фан» нашриёти. 2018. -Б.37;

3 Куръони Карим. - Тошкент. «Мунир» нашриёти. 2021. -Б.6.

4 А.Содщов., А.Абдуазизов., М.Ирискулов. Тилшуносликка кириш. - Тошкент, У^итувчи. 1981. - Б.100.

5 Klaus Mylius. Sanskrit-Deutsch/Deutsch-Sanskrit. - Wiesbaden: Harrassowitz Verlag, 2005. - S.474.

April 23-24, 2024

46

vazifasini ikkinchisi amalga oshirishi mumkin. Lekin masalaga mantiqan qaralsa, "nom" yuqorida olmon tilshunoslari ta'kidlaganidek "shaxs sohibi" hisoblanadi, so'zda esa bu xususiyat yo'q. So'z -nom, lekin "men"ning egasi emas, "men sohibi"ni shaxs sifatida atay olmaydi. E'tiborlisi shundaki, so'z va nomning farqlari ajratilmay qilingan fikr va xulosalarning bariga hanuzgacha tilshunoslarning aksariyati xayrixoh qaraydi, o'xshash va farqli tomonlarini izchil o'rganishga hojat sezmaydi. Xuddi shu yerda so'z va nomning ilohiy xilqat ekanligi, ularning tom ma'nosi bilan tushunishda bani odamning ojizligi, havfsalasi ham yetishmay kelayotganini alohida qayd qilish mumkin.

Yuqoridagi qiyoslardan ko'rinib turibdiki, "ot", "ism" va "nom" bir-biriga muqobil va variantdor leksik birliklar sifatida qo'llanilib, vazifalari nuqtai nazaridan ayni deb hisoblaniladi. Uchalasining ham til birligi sifatida "so'z" ekanligi implizit(botiniy) tushuniladi. Bunday yondashuv dunyoning boshqa tillarida ham kuzatiladi, jumladan, nemis tili(grammatika)da ot(ism)lar, avvalo, konkret va abstrakt nomlarga bo'linadi. O'z navbatida konkret nomlar narsa (Stoffname), tur (Gattungsname), atoqli (Eigenname), jamlovchi (Sammelname) nomlar sifatida o'rganiladi. O'zbek tilidan farqi shuki, nemis tilida hodisa nomlari (Vorgangsname) degan maxsus atama yo'q, milliy tilimizda esa "hodisa" predmet (inson ko'z oldida turgan narsa) bilan parallel (predmet va hodisa) tarzida talqin qilinadi. Nemis tiliga xos xususiyatlarning yana bir e'tiborli tomoni shundaki, ularda atoqli otlarning 30 ga yaqin turi bor. Jumladan, Schandname (sharmandalik nomi), Kosename (erkalash nomi), Schimpfname (so'kish orqali ifodalanadigan nom), Taufname (cho'qintirilgan nom), Rufname (chaqirilganda aytiladigan nom), Beiname (yonma-yon ishlatiluvchi nom), Deckname (yashirin nom), Neckname (aytib jig'iga tegiladigan nom), Schmeichelname (laganbardorlik nomi), Eckelname (ko'ngilni aynituvchi nom), Doppelname (qo'shaloq nom), Mädchenname (turmushga chiqishdan oldingi nomi), Familienname (nasab nomi), Personenname (shaxs nomi), Ehrenname (faxriy nom), Unname (nomi yo'q, Otsiz), Übername (taqalgan nom), Männername (erkakcha nom), Frauenname (ayolcha nom), Vatername (otaning nomi), Vorname (nom, ism), Spottname (masxaralovchi nom), Schriftstellername (taxallus - yozuvchi, shoir - nomi), Künstlername (taxallus -san 'atkor - nomi), Spitzname (yarim chin - yarim hazil beriladigan nom), Zuname (qo'shib aytiladigan nom) kabilar.

O'z navbatida „ot" va „nom" leksik birliklari so'zlashuv tilimizda „ism" so'zi bilan o'rindosh (Männername - erkakcha nom emas, erkaklar ismi deb; Vatername -otaning nomi, otaning ismi) ravishda qo'llanishi mumkin. Biroq bu har doim emas, masalan, Ehrenname - faxriy nom, faxriy ism emas; Schandname - sharmandalik nomi, sharmandalik ismi emas, yoki nom taratgan shaxs, ism taratgan shaxs emas. Insonlar ijobiy yoki salbiy ma'noda atalishlari zarur bo'lgan hollarda odatda "nom" qo'shma so'z yoki birikmaga komponent bo'lib keladi. Yoxud "badnom, xushnom" lug'at

47

April 23-24, 2024

tarkibimizda bor, "badism, xushism" esa muloqotda deyarli uchramaydi. Bunday holatlarda "so'z"ning til birligi ekanligini, "nom"ning esa aynan so'z (til birligi)vositasida narsa va hodisalarning atalishi, ularga ism qo'yilishi hodisasi orqali yuzaga kelishini yodda tutish lozim.

Narsa va hodisalarni "nom"lash xususiyati nafaqat ot (morfologik)so'z turkumlariga xos, balki barcha so'z turkumlarining oti ham nomdir. Buni yaqqol ko'rsatuvchi tillardan biri rus tilidir. Rus tilida nom "имя " deyiladi, ot so'z turkumiga -имя существительное, sifat so'z turkumiga - имя прилагательное, son so'z turkumiga - имя числительное va olmosh so'z turkumiga - местоимение (nom o'rnida) deyiladi. Fe'l so'z turkumini ham "nom"lash mumkinligini milliy tilimiz isbotlaydi, tilimizda fe'lning bir kategoriyasiga (o'qish, kurash, biluv) ga harakat nomi deyiladi. Demak, shu fikr-mulohazani barcha (asosiy, yordamchi) so'z turkumlariga nisbatan ham tadbiq qilish mumkin. Yoxud "ravish" holat yoki harakat belgisining nomi, bog'lovchi - so'zlarni sintaktik-semantik jihatdan bog'lash xususiyatiga ega so'z turkumining nomi, his-hayajon so'zlar - tuyg'ular nomi sifatida tushunilsa, yuqorida bu mavzu bo'yicha bildirilgan fikr-mulohaza uchun e'tirozga o'rin qolmaydi. Mazkur fikrni davom qildirgan holda ta'kidlash mumkinki, ot so'z turkumi kategoriyasiga xos bo'lgan kelishiklar tillariga qarab tur (ingliz tili 2, nemis tili 4, rus tili 6, o'zbek tili 6, eski hind tili 8)li xil bo'lsa-da, bosh kelishikka - nominativ (nomlovchi kelishik) deyiladi. Faqat bizlar uni (tilimizda) bosh kelishik deb ataymiz. Narsa va hodisalarni nomlab kelishini zohiran ko'rib ham turamiz. Bilamizki, narsa va hodisalarni nomlash, ot (yoki otlashgan) so'z turkumi orqali ifodalaniladi. Bosh kelishikda turgan "ot" (otlashgan so'z) morfologik jihatdan hokim, sintaktik jihatdan ega rolini bajaradi. Uning "bosh" (kelishik) ekanligi mutloq bo'lib, grammatik shakl o'zgarishini taqozo qilmaydi. U na turlanish qo'shimchasini oladi va na boshqa yordamchi(ko'makchi)larga muhtoj. Dunyoning barcha tillarida bosh kelishikda kelgan ot (yoki otlashgan so'z turkumi) hojatbarordir, hojatmand emas. Negadir o'zbek tilimizda bosh kelishik(-da turgan ot)ning "yordamchi"lari bo'lishligi ta'kidlanilib, ayrim "ko'makchi"larni (bilan, uchun, kabi, singari, sari, orqali, sayin, bo'ylab, bo'yicha, uzra, yanglig', tufayli, chog'li, osha, bo'yicha) bosh kelishikka xos deb o'rganiladi.

Bunda bosh (nominativ - nomlovchi) kelishikning hech bir turlanish qo'shimchalariga, ko'makchi yoki yuklamalarga muhtoj emasligi e'tiborga olinmaydi, ko'makchilarning kelishiklarning boshqaruvida belgisiz holatlari (menga tomon, sening uchun, qirdan osha) inobatdan tashqarida qoladi.

Kezi kelganda, shuni ham aytmoqchi edikki, so'zlarni turkumlarga bo'lib o'rganganda asosiy so'z turkumi qilib ot (narsa va hodisalarning nomi) olinishi kerak, qolgan boshqalarining hamma(11)si (5 ta asosiy va 6 ta yordamchi) yordamchi so'z turkumlari deb nomlangani ma'qul. Ot so'z turkumining mutloqligiga nemis tilini misol

48

April 23-24, 2024

qilib olish mumkin, ular ot (va otlashgan) so'z turkumiga xos barcha narsa va hodisalarning nomini bosh harf bilan yozishadi.

Tilimizdagi "shaxs nomi" so'z birikmasiga muqobillik qilishi mumkin bo'lgan "shaxs ismi", "shaxs oti", "shaxsiy nom", "shaxsiy ism", "shaxsiy ot" kabi leksemalarni kundalik hayotimizda bari faol deb ayta olmaymiz, lekin ularni ayrim holatlarda xalqimizning og'zaki va yozma nutqlarida uchratib qolishimiz mumkin. Bu so'z birikmalariga qo'llanilish mavzusiga qarab variantdoshlik qila oladigan "atoqli ot" degan birikma borki, u o'zbek tilining morfologiya qismi atamasi sifatida o'rganilsa ham, kundalik turmushda yuqoridagi til birliklariga ma'nodosh(sinonim)lik qila oladi. Binobarin, shaxsiy nom(ism)larning barisi ma'lum ma'noda atoqli (atalgan) otlardir. Fikrimizni yana aniqroq aytishga harakat qilamiz. Masalan, erkak-u ayol, bola-yu chaqa hammasi - odam, lekin ularga ism qo'yilmasa muloqot maqsadga muvofiq kechmaydi, murojaat kimga nisbatan qilinayotgani yoki gap kim haqida borayotganini aniq bilib bo'lmaydi. Masalan, sinfning yarmi o'g'il yarmi qiz bola bo'lishi mumkin. Dars jarayonida o'quvchilarni farqlash, ishora qaysi qiz yoki qaysi o'g'il bolaga aloqador ekanligi ajralib turishi uchun, ular shaxs nom (ism)lari bilan ataladilar, jinsan ham aniqlanadilar. Jumladan, sinfning yarmi qiz, lekin ishora qaysi biriga qarayotganligini bilish uchun qiz bolaga ikkinchi bir ayollarga xos nom bilan murojaat qilamiz. O'g'il bolalar ham shunday. Bu ijtimoiy turmushga xos narsa. Barcha xalqlar qizlarni alohida, o'g'il bolalarni alohida ot(nom,ism)lar bilan ataydilar. Demak, ot bilan atalish, har qanday nomning ham "atoqli ot" ekanligini mantiqan taqozo qiladi. Faqat shaxs ismlarining tadrijan "atoqli ot" ekanligi e'tiborga olinib o'tirilmaydi. Chunki empirik(tajriban) ravishda "atoqli ot" egasi ostida ijtimoiy turmushning biror jabhasida yoki fanning biror sohasida nom chiqargan, dong taratgan, shuhrat qozongan yoxud dongdorlik, mashhurlikga erishgan odamning nomi tushuniladi. Shu ma'noda, jamiyatimizda mashhur shoirlar, dongdor paxtakorlar, mohir oshpazlar, xassos yozuvchilar, shavkatli sarkardalar, shuhrat qozongan olimlarning ismlari "atoqli ot" deb e'tirof etiladi. Misollardan ko'rinib turibdiki, birikmaning "atoqli" komponenti mashhur shaxs nomlarini oddiy nom egalaridan hayotda ustun tutilish vazifasini o'taydi, ularning kasban ulug'lanishini bildirib keladi. Bunday hollarda mushohada botinan(ruhan) kechadi. Nainki, "atoqli nom", "atoqli ism" kabi so'z birikmalari so'zlashuv tilida qo'llanilsa (ayrim hollarda nutqimizda uchrab qoladi), stilistik xatoga yo'l qo'yilgan bo'ladi. Zero atoqli bo'lish zohiran bevosita ism yoki nom bilan emas, kasb(amal) orqali erishiladi va kasb shaxs nomini ulug'laydi, atoqli qiladi. Inson kasbi (tirikligini ta'minlovchi va mashhur qilgan hunari) botinan (ruhan) tushuniladi, baralla aytilmaydi, masalan, Suvorov yoki Napoleon nomi ostida - atoqli sarkarda, Eynshteyn yoki Nyuton nomi ostida - buyuk matematik, fizik olimlar, Navoiy, Gyote nomlari ostida - ulug' shoirlar tushunilishi fikrimizga misol bo'la oladi. Zero, atoqli Suvorov yoki atoqli

49

April 23-24, 2024

Navoiy deb aytilmaydi, Suvorov yoki Navoiyning "atoqli ot" ekanligiga "atoqli sarkarda" yoki "atoqli shoir" so'z birikmalari botinan kafillik qilishadi. Yuqorida ta'kidlaganimizdek, "atoqli ot" so'z birikmasiga muloqot mohiyatiga nisbatan, "atoqli ism" yoki "atoqli nom" leksemalarini variantdosh deb tushunish mumkin. Lekin bunda "atoqli ot" birikmasi orqali bilvositalik (kasbning daxldorligi, kasb orqali nomning ulug'lanilishi), "atoqli ism" birikmasida bevositalik (ayrim shaxsiy ismlar xush ko'riladi, to'g'ridan-to'g'ri ma'qul topilgan chaqaloqlarga qo'yilaveradi), va "atoqli nom"da orttirma nisbat (nom bilan ikkinchi yoki uchinchi narsalar-ko'chalar, korxonalar, shaharlar, xiyobonlar ataladi) kabi farqlar seziladi.

Endi shaxs nomlarining tabiati va mohiyati borasida to'xtalinadigan bo'lsa, ularning yaralishi muayyan ma'nolar bilan bog'liq. Yoxud har bir nom o'zi atab kelayotgan shaxs egasining zohiriy va botiniy xislatlari haqida shaklan va mazmunan axborot beradi. Har doim ham shaxs va nom o'rtasida mutanosiblik (ismi jismiga monandlik) bo'lavermasada, nom yahshi niyat va orzular asosida qo'yiladi, nom qo'yilishiga sabab bo'lgan ota-onaning nom egasi(chaqaloq)ga nisbatan qalb istaklarini ifodalaydi. Tabiiyki, qiz bola tug'ilsa, uning albatta "go'zal" bo'lishi, o'g'il bolaning esa "mard" bo'lib yetishishini xohlaydi. Inson (bola) butun umri davomida qalbi taskinda yashashi uchun ayollar chiroyli, erkaklar jasur bo'lishining tabiatan zarurligi bashariyat inobatida muqim turadi, muhim hisoblaniladi va go 'zallik va mardlik bilan bir qatorda uzoq va baxtli hayot- bu ismlar qo'yilishidagi asosiy negizlardan biridir. Shaxs nomini qo'yish bilan bog'liq bo'lgan yana bir qancha, ikkinchi darajali (obektiv borliq, zamon, makon, tarix, hozir, kelajak, ijtimoiy turmush, ruhiy holat, kayfiyat, murod, maqsad, holat, vaziyat, rasm-rusumlar, udumlar, irim, din, e'tiqod, bayramlar va boshqalar) omillar ham borki, ular ismlar orqali eslatilib, chorlanib va undalib turuladi.

Endi, ismlar ma'nolari (birov bor degan, birov yo'q degan) haqida bafurja to'xtalamiz. Shu paytgacha shaxs nomlari ma'nolari tahlil qilingan adabiyotlarda ikki katta yo'nalish bor. O'zbeklarning mashhur nomshunosi Ernst Begmatov ta'kidlashicha, bir guruh tilshunoslar atoqli otlarni, jumladan odam nomlarining ma'nosini inkor etganlar.6 Bizning fikrimizcha, mazkur xulosa mantiqsiz, ongli odam (tilshunos) uchun bunday xukm g'ayriilmiydir, o'zi atoqli ot yoki odam nomi bo'lsa-yu biror ma'noni kashf etmasa? Bu tilshunoslarning keyingi (ismlar kishilarning shunchaki atamasi, nomi, etiketkasidir degan) fikri ham qusurlidir . Zero, atamalar, nomlar, etiketkalar shunchaki(jiddiy maqsadsiz, arzimas) bo'lmasligi o'z-o'zidan tushunarli. Binobarin, ism qo'yish ostida katta insoniy va ijtimoiy mas'uliyat yotadi! Qizig'i shundaki, bu qarash tarafdorlari o'z fikrlarini (atoqli otlar ma'nosining mavjud emasligini) uchta dalil bilan isbotlashga ham harakat qilishadi. Ular ta'kidlaydiki, birinchidan, atoqli otlar mustaqil

6 Э.А. EemaTOB. Y36eK HCM^apu MaiHOCH. - TomKeHT, «Y36eKHCTOH mh^hh энцнкroпegннсн» gaB^aT himhh HampuëTH, 2007. -E. 3-4.

April 23-24, 2024

50

so'zlar emas (nahotki atoqli otlar mustaqil so'z bo'lmasalar?), ularda mustaqil lisoniy materiali yo'q fikr teran emas, u bilan nima deyilmoqchi ekanligi tushunarsiz!). Shu qabildagi assosiz fiklarni quvvatlash uchun ("Temirboy ismi asosida temir so'zi, Xudoybergan ismi asosida xudoy bergan (bola) so'z birikmasi yotadi" deb) misol keltirishadi (Nima, bu nomlarning ma'nosi yo'qmi? Qiziqqan odamlar uchun eng aniq ma'no shu so'zlarda-ku! So'z ma'nolariga qarab nom qo'yilgan-ku!). Mazkur tilshunoslarning ikkinchi va uchinchi dalillari ham e'tirozli, izchil emas, biri ikkinchisini ma'qullash o'rniga, inkor ham qilishadi. Mulohazalarini aynan keltiramiz: "Ikkinchidan, atoqli otlar ma'nosi turdosh otlar kabi umumlashtirilgan tushunchani ifodalamaydi. Shu tufayli ot ma'nosi lug'aviy ma'no emas. Uchinchidan, atoqli ot tushuncha bilan bog'liq lug'aviy ma'no ifodalamagani uchun oddiy so'zlar kabi barchaga tushunarli bo'lavermaydi. Shu sababli ham atoqli otlarni turdosh so'zlar kabi lug'atlarda izohlab bo'lmaydi. Darhaqiqat, atoqli otlar ikki tilli, izohli lug'atlarga bosh so'zlar sifatida kiritilmaydi va ma'nosi izohlanmaydi, balki oddiy so'zning ma'nosi talqin qilinganida uning atoqli ot vazifasida ham kelishi ta'kidlaniladi, xolos. Chunonchi: "O'zbek tilining izohli lug'ati"da sulton so'zining leksema sifatidagi lug'aviy ma'nolari izohlangach, "Sulton" (erkaklar va xotin-qizlar ismi) izohi keltirilgan (II jild, 1981, 84-bet). Ism vazifasida keladigan boshqa so'zlarga ham mana shunday izohlar berilgan. Demak, lug'atlarda ismlar ma'nosi oddiy so'zlar ma'nosi kabi izohlanmaydi. Chunki ularni ma'lum tushuncha bilan bog'liq ma'noga ega deb hisoblanmaydi. Aytishni istar edik-ki, bunday yondashuvlar ilman (falsafa va tilshunoslik nuqtai nazaridan) xatodir.

Ernst Begmatov ba'zi olimlar, tilda ma'nosiz so'z bo'lishi mumkin emas, degan fikrni ilgari surushini uqtiradi. Ularning qarashicha, ismlar ma'nosi ism uchun asos so'z (apellyativ)ning, ikkinchidan esa, ismning yuzaga kelishi va qo'yilishi uchun asos bo'lgan sabab, holatning mohiyatidan iboratdir. Bu qarashga ko'ra, masalan, To'xtasin ismining ma'nosi to'xtasin fe'li anglatadigan ma'no va ota-onasining o'z farzandi yashab ketishini niyat qilganligi orzusini ifoda etadigan tushunchani anglatuvchi ma'nodan iboratdir. Atoqli otlar ma'nosini mana shunday tushunish va talqin qilish nomshunoslikda keng tarqalgan bo'lib, ismlarning maxsus izohli lug'atlarida kishi ismlari ma'nosi mana shu nuqtai nazardan (biz ham aynan shu talqinni ma 'qullaymiz va butun tadqiqotimiz jarayonida shu fikrlarga asoslanib ish tutamiz) yoritiladi.8 Yuqorida shaxs nomlarining tabiatan yaralishida ma'no asos bo'lishini qat'iy ta'kidladik. Quyida ulardan mohiyatan foydalanilish uchun sababchi bo'lgan omillar bobida to'xtalamiz. Xo'sh, shaxs nomlari nima uchun, nima maqsadda, nimani ko'zlab, qachon va qayerda qo'yiladi? Mazkur savolga to'la javob berishdan oldin shuni

7 Э.А. Бегматов. Узбек исмлари маъноси. - Тошкент, «Узбекистан миллий энциклопедияси» давлат илмий нашриёти, 2007. -Б. 3.

8 Э.А. Бегматов. Узбек исмлари маъноси. - Тошкент, «Узбекистан миллий энциклопедияси» давлат илмий нашриёти, 2007. -Б. 3.

April 23-24, 2024

51

ta'kidlash lozimki, shaxs nomlari uchun ustuvor asos ularning ostida obektiv borl iqdagi narsa va hodisalarning (ilohiy) nomlari yotganligidir. Zero, inson ham tabiat farzandi, ertanggi kuni esa uning tevarak-atrofini o'rab turgan tabiiy muhit, va undagi jonli, jonsiz narsalar bilan uzviy bog'liq. U mazkur muhit bilan murosasada yashashga majbur. Ayrimlaridan andoza oladi, ayrimlariga taqlid qiladi, ayrimlariga bo'ysunadi, ayrimlariga esa hukmini o'tqazishga harakat qiladi. Asta-sekin hayotda o'rnini topish va kelajagini aniq belgilash uchun o'z shaxsini shakllantirib boradi. Tabiat hodisalari va uning qonuniyatlariga bo'ysungan holda barhayot va barqaror yashash uchun mos bo'lishni istaydi. Buning uchun asosiy turtki (motivatsiya) birinchi navbatda narsa va hodislarning nom(ism)i dir. O'sha ismlar ma'nosiga qarab, inson jismini ham monand bo'lishini xohlaydi. U yorug'likdek "Ravshan", "Yashin"dek tez, "Arslon"dek jasur, "Gul"lardek go'zal, anvoyi, "Oy"dek chiroyli bo'lib shakllanishi uchun o'zi(farzandlari)ga mazkur narsa va hodisalarning ismini qo'yadi. Hayot tajribasidan aniq biladiki inson ismiga qarab o'sadi. Yoxud, nom insonning taqdiri, hayotiga katta ta'sir ko'rsatadi, ism odamning ruhiyati, qismatini o'zida mujassam qiladi, pirovard natijada kishi o'z ismiga jismini o'xshatib boradi. Bundan tashqari, ism odamni o'zaro farqlash, atash uchungina emas, balki uni turli balo-qazolardan asraydigan, muhofaza qiladigan, qutqaradigan va o' z navbatida insonga baxtli taqdir, nurli iqbol baxsh etadigan vositaga aylanadi.9 Mavzu shu ma'noda tahlil qilinadigan bo'lsa, ismlarni quyidagicha tasniflash mumkin:

1) Gul nomlari: Lola, Ra'no, Rayxon, Nilufar, Binafsha;

2) Meva nomlari: Olma, Anor, Charos, Gilos, Bodom;

3) Sabzavot nomlari: Karam, Piyoz, Sabzi(gul), Sarimsoq;

4) Daraxt nomlari: Zaytun, Chinor, Sada, Qoramon, Sanobar, Shamshod;

5) Qush nomlari: a) Yuvvosh: Qumri, To'ti, Mayna, Bulbul, Qaldirg'och;

b) Yirtqich: Burgut, Lochin, Turna;

6) Hayvon nomlari: a) Uy(xonaki): Qo'zi, Qo'chqor, Bo'ta, Ko'shak, Toy;

b) O'txo'r hayvonlar: Olmaxon, Ohu, Kiyik, Jayron; c)Yovvoyi, yirtqich: Sher, Arslon, Qoplon, Bo'ri, Bars;

7) Ish anjomlari nomlari: Tesha, Bolta, O'roq, Bolg'a, Ketmon;

8) Qurol-aslaha nomlari: Qilich, Nayza, Qalqon;

9) Soat, kun, xafta oy, vaqt, zamon nomlari: Soat(boy), Kun(xon), Kun(tug'mush), Juma(gul), Dushanba, Seshanba, Juma, Bozor,Yanvar, May, (Xush)vaqt, Zamon;

10) (Diniy) bayram nomlari: Iyd, Xayit, Ro'za, Ramazon, Qurbon, Navro'z

11) Arabcha oy nomlari: Muharram, Safar, Rajab, Ramazon;

12) Burj nomlari: Hamal, Savr, Asad, Sunbula, Mezon, Aqrab, Qavs;

9 Э.А. EernaroB. Y36eK HCM^apn MaiHOCH. - TomKeHT, «Y36eKHCTOH mh^hh энцнкroпegннсн» gaB^aT himhh HampneTH, 2007. -E. 589.

April 23-24, 2024

52

qdaVat^edagog

13) Fasl nomlari: Bahor(oy), Yoz(boy), Kuz(boy);

14) Tabiat hodisalarining nomlari: Bo'ron, Shamol, Chaqmoq, Yashin, Yomg'ir, Jala, Nasim, Sel(bibi), Do'l(iboy);

15) Osmon jism(sayyora)lari nomlari: Yulduz, Oftob, Kun, Oy, Xilol, Zuxra, Mars;

16) Xavo, tuproq, tosh, metal nomlari: Xavo, Turop, Tosh,Temir, Oltin, Kumush, Po'lat, Metin,

17) Qimmatbaxo tosh va metallar: Gavhar, Olmos, Yoqut, Zumrad, Marvarid, La'l, Zar (Zulfizar, Zarnigor, Zarrina);

18) Pul birliklari nomlari: Dinor, Manat, Aqcha, Tilla

19) Raqam nomlari: Besh(boy), Yetti(boy), Yetmish(xon), Olti(boy), Olti(yor), Sakkiz(boy);

20) Oila a'zolari va qarindoshlar nomlari: Bobo(xon), Momo(jon), Ota(xon), Ona(jon), O'gil(oy), Qiz(xon), Og'a(bek), Dada(xon), Tog'a(ymurod), Jiyan(boy);

21) Shahar nomlari: Toshkent(boy), Qo'ng'irot(boy), Nukus(bek), Makka(boy), Madina(xon);

22) Tana a'zolari nomlari: Jigar, Dil(bar), (qora)Soch, (qora)Ko'z,

23) Rang nomlari: Oq(bilak), Qora(jon), Malla(bibi), Sariq(boy), Moviy(a), (boy)Qo'ng'ir;

24) O't-o'lan nomlari: Maysa, Sabza, Qamish, Jambil,

25) Yorug'lik bilan bog'liq nomlari: Osiya, Sharq(iya), Nur(iya)

26) Inson layoqati bilan bog'liq nomlar: Qodir, Qobil, Iroda, Quvvat, Qudrat, San'at, Kimyo(xon), Solih, Fozil;

27) Ta'mga aloqador nomlar: Shirin, Totli, Asal(oy), Bol(jon), Novvot;

28) Allohga qurbatlik: Ibodat, Toat, Namoz, Farz, Sojida, Mavjuda,Inoyat, Hidoyat, Iymon(a);

29) Kasb nomlari: Dexqon(boy), Cho'pon, (mir)Kulol, Naqshband;

30) Millat nomlari: Qozoq(boy), O'zbek(xon), Qirg'iz(bek), Turkman(jon), O'ris(xon), Uyg'ur(oy);

31) Ishora qiluvchi nomlar: Ortiq, Ziyoda, Norbek, Xolbeka, Me(ng)liboy, Anorjon;

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

32) Iltijo bildiruvchi nomlar: Tursunoy, To'xtasin, Ochil, Salim, Komil, Zamira, Avaz, O'g'iljon;

33) Rizq-ro'zni bildiruvchi nomlar: Nasiba, Xosil, Rixsitilla, Ne'mat;

Endi shaxs nomlari(atoqli otlar)ning metonimiyalarga nisbiy aloqador ekanligini ta'kidlashga harakat qilamiz. Ma'lumki, shaxs nomlari tilshunoslikning grammatik sathida ot so'z turkumi sifatida, metonimiyalar esa tilning stilistika bo'limida nomlarning biri ikkinchisiga ko'chishi nuqtai nazaridan o'rganiladi va ikkala mavzu ham ularning tahliliga tilshunosning qaysi nuqtai nazaridan turib qarashi asosida yetarlicha tavfsif va tasnif qilingan. Tabiiyki, ularning tildagi o'rni ba'zi bir xalqlar tomonidan

53

April 23-24, 2024

mohiyatan chuqurroq, ayrim xalqlar tilida esa nisbatan sayozroq ko'rsatilgan. Shu ma'noda shaxs nomlari va metonimiyalarni biz chog'ishtirayotgan nemis va o'zbek tilida o'rganilishiga kelsak, olmonlar bu masalalarni o'rganishni ancha erta boshlashgan, ularda bu borada e'tiborga loyiq ilmiy ishlar mavjud. Olmonlarning diqqatga sazovor ishlari shundaki, ular bu ikki til hodisasini mantiqan teran ta'riflashgan. Chunonchi, nemis xalqi "shaxs nomi" deganda insonning alohida mavjudot (individ) ekanligi, uning o'ziga xos alohidalik xususiyatlari borligi, xossatan ongli "Men" sohibining shaxs sifatida atalishini ta'kidlashgan.10 "Metonimiya" orqali muayyan bir narsa nomi(azaldan bor)ni ikkinchi (yangi) bir narsaning nomi bilan ularning mantiqiy o'xshashlik asosida qayta atash(Umbennennung), nomlarning o'zaro o'rindoshligi(Namensersatz), nomlarni almashtirish(Namensvertauschung) tushuniladi deb aniq qayd qilingan11. Ta'riflar bilan cheklanilmay bu ikki til hodisasi tasniflanilgan va ularning alohida turlarga bo'lib o'rganilishi tavfsiya qilingan.

Endi bu mavzularni o'zbek tilshunosligida o'rganilishiga kelsak, "shaxs nom"lari leksemasi alohida til birligi sifatida lug'atlarimizda qayd qilinmagan. "Shaxs nom"lari ostida nima tushunilishini bilishga qiziqqan o'quvchi, uni "O'zbek tilining izohli lug'ati"da "nom" leksemasiga berilgan sharx shaxs yoki narsa-predmetlarga qo'yilgan

1 9

ot; ism ta'rifi orqali bilib olishi mumkin. Mavzuga bag'ishlangan yirik fondamental

1 ^

ishlar sanoqli, ularda ham o'zbek nom(ism)larining quantitativ (son jihatidan), qualitativ (sifat jihatdan) tahlili va ma'nolari, izohlari bilan cheklanilgan.

Metonimiyalarning ilmiy tasnifi va tahlili mavzusida shuni ta'kidlash lozimki, tilshunoslarimiz bu masala bo'yicha hanuzgacha e'tiborga loyiq ishlarni amalga oshirishmadi, bor muammolar fondamental tadqiq qilinmadi. Aksariyat hollarda metonimiya hodisasi haqida gap ketganda sinekdoxa(metonimiyaning bir turi)ga asosiy urg'u beriladi, metonimiya va uning boshqa e'tiborga loyiq ko'rinishlari eslatilinmaydi, soyada qolib ketadi. Sinekdoxa butun boshliq metonimiyalarning bir turigina14ekanligi

Duden Deutsches Universal-Wörterbuch, MannheimLeipzigWienZürich, 2006.-S.1273. Der Brockhaus, in zehn Bänden. Leipzig-Mannheim, 2005. Band 7, -S.4755.

11 E. Riesel, E.Schendels. Deutsche Stilistik. - Moskau, Verlag Hochschule.1975. - S.223.

A.Iskos, a. Lenkowa. Deutsche Lexikologie. - Ленинград, издательство «просвещение» ленинградское отделение. 1970. -S.127.

M.D.Stepanova, I.I.,Cernyseva. Lexikologie der deutschen Gegenwartssprache. - Moskau, Verlag "Hochschule".1975. - Sj 43.

12 Узбек тилининг изошли лугати. - Тошкент, «Узбекистан нашриёти». 3-жилд. 2020.-6.53.

13 Э.А. Бегматов. Узбек исмлари маъноси. - Тошкент, «Узбекистан миллий энциклопедияси» давлат илмий нашриёти. 2007. - Б. 608; Temirov Ravshanbek va b. Ismlar to'plami. - Toshkent, «Musiqa» nashriyoti.2019. -B. 238; И. Нурулло. Болалар исми. - Тошкент, «Adabiyot uchqunlari».2017. - B. 222.

14 А.Содщов., А.Абдуазизов., М.Ирискулов. Тилшуносликка кириш. - Тошкент, У^итувчи. 1981. - Б.102. Hozirgi o'zbek adabiy tili, 2-qism, A. Nurmonov va b.Toshkent, Ilm ziyo.2015. - S.195.

О.Азизов. Тилшуносликка кириш. - Тошкент, УзССР «Урта ва Олий мактаб» давлат нашриёти. 1963.- Б.62 Х,озирги Узбек адабий тили, Ш. Шоабдура^монов ва б. Тошкент, У^итувчи. 1980. - Б. 109. Узбекистан ССР Фанлар Академияси А.С. Пушкин номидаги тил ва адабиёт институти. Узбек тили лексикологияси. - Тошкент, Узбекистан ССР «Фан» нашриёти. 1981. -Б.231.

April 23-24, 2024 International Scientific and Practical Conference

54

borasida, tadqiqotimizning "Nom ko'chishi yoxud metonimiyalar haqida ayrim mulohazalar" faslida bafurja to'xtalgan edik.

Ishimizda bizni qiziqtirgan yana bir masala bo'ldiki, u ham bo'lsa aynan "shaxs nom"larining tabiati va mohiyatida muayyan metonimik xususiyatlar yaqqol ko'zga tashlanib turishi, lekin nimagadir bu til hodisasi tilshunoslarning e'tiboridan hanuzgacha chetda qolib kelayotganligi, biroq bu mavzuni o'rganish ham tilshunoslikning dolzarb masalalaridan biri ekanligidir. Zero, "shaxs nom"lari xossatan obektiv borliqdagi narsa va hodisalarning nomi bilan uzviy bog'liqligi muayyan ma'noda ularning metonimiyalarga ham aloqadorligini moyana ko'rsatib turadi. Chunonchi, aytaylik, bola dunyoga keldi, uning nomi hali "bola"!, onasini ema boshladi, uning nomi endi "go'dak"!, keyin unga (yetti kun ichida) muayyan nom(ism) qo'yish kerak bo'ladi, yoxud uning "bola", "go'dak" nomlarini o'rnini bosadigan, almashtirish mumkin bo'lgan ikkinchi bir nomni (qaytadan) qo'yish lozim. "Bola" nomini yana qanday ikkinchi bir nom bilan atalishi mumkinligi borasida yuqorida astoydil to'xtaldik. Shu ma'noda ta'kidlamoqchimizki, mazkur nomlarning bolaga tasviriy yoki tasviran ko'chirilishi va "bola"ning ismi jismiga monand bo'lib hayot kechirishi tasavvurida, nom (shaxs nomi) bilan "bola" o'rtasidagi mantiqan o'xshashlik, tabiiyki, tildagi metonimik hodisaning ko'rinishlaridan biri ekanligi uchun yaqqol misol ekanligi hech kimda e'tiroz talab qilmasa kerak. Odatda chaqaloqning "bola", "go'dak" nomlari umumiy (bola yig'ladi, hali bola go'dak, go'dakka tish chiqdi), unga qo'yilgan nom(ism) esa konkret ("bola"ni boshqa bolalardan farqlash uchun) hollarda ishlatiladi. Masalan, qo'shnimizning hali go'dak egizak bolalari bor. Qizig'i shundaki, Hasan yig'loqi, Husan esa yuvvosh. Fikrimizni lo'nda qilib aytmoqchi bo'lsak, shaxs(bolaning ikkinchi bir nom bilan atalishi)nomlari ham metonimik hodisaning yaqqol ko'rinishlaridan biridir. Lekin, shaxs nomlarining metonimik nomlanishidan ajratib turuvchi farqi ham borki, shaxs nomlari (muayyan istisnolar uchramasa) bir umrga, metonimik nom ko'chishlar esa muhlatli, vaqtincha, suxbatdoshning birining og'zidan chiqib ikkinchisining qulog'iga kirguncha bo'lgan daqiqalarga nisbatan sodir bo'ladi. Ism bilan jism monandligi ruhan kechadi, ulardagi mantiqiy o'xshashlikni suxbatdoshlar ko'zi oldiga keltirilib, solishtirilib o'tirishga hojat qolmaydi. Faqat suxbatdoshda o'ziga qo'yilgan yangi(ikkinchi bir)nomning yaxshisidan g'urur, yomonida esa nafrat tuyg'usi uyg'onishi mumkin. Darvoq'e, shaxsga nisbatan metonimik nom ko'chishlari takrorlanilaversa, ular "laqab"(ikkinchi qo'shimcha nom)ga aylanib ham qolishi mumkin.

REFERENCES

1. E. Riesel, E.Schendels. Deutsche Stilistik. Moskau, Verlag Hochschule, 1975, S. 314.

55

April 23-24, 2024

2. A.Iskos, A. Lenkowa. Deutsche Lexikologie. Ленинград, Издательство «Просвещение» Ленинградское отделение, 1970, S.294.

3. M.D.Stepanova, I.I.,Cernyseva. Lexikologie der deutschen Gegenwartssprache. -Moskau, Verlag "Hochschule".1975, S.271.

4. Узбек тилининг изох,ли луFати. Тошкент, O'zbekiston nashriyoti, 2020.

5. Duden Deutsches Universalwörterbuch. Mannheim, Brockhaus AG, 2007, S. 2016.

6. А.Содщов., А.Абдуазизов., М.Ирискулов. Тилшуносликка кириш. Тошкент, Укитувчи, 1981, б.224.

7. М.Ирискулов. Тилшуносликка кириш. Тошкент, Укитувчи, 1992, б.252.

8. Hozirgi o'zbek adabiy tili, 2-qism, A. Nurmonov va b.Toshkent, Ilm ziyo.2015, b. 551.

9. О.Азизов. Тилшуносликка кириш. - Тошкент, УзССР «Урта ва Олий мактаб» давлат нашриёти. 1963, b.158

10. Х,озирги Узбек адабий тили, Ш. Шоабдурахмонов ва б. Тошкент, У^итувчи. 1980, b.447.

11. Узбекистон ССР Фанлар Академияси А.С. Пушкин номидаги тил ва адабиёт институти. Узбек тили лексикологияси. - Тошкент, Узбекистон ССР «Фан» нашриёти. 1981, b. 311.

12. Э.А. Бегматов. Узбек исмлари маъноси. - Тошкент, «Узбекистон миллий энциклопедияси» давлат илмий нашриёти, 2007, б. 608.

13. F. Зикриллаев. Рух ва тил. - Тошкент, Узбекистон Республикаси Фанлар академияси «Фан» нашриёти. 2018, б. 461.

14. ^уръони Карим. - Тошкент. «Мунир» нашриёти. 2021, б.618

15. Klaus Mylius. Sanskrit-Deutsch/Deutsch-Sanskrit. Wiesbaden, Harrassowitz Verlag, 2005.

16. Hadumod Bußmann. Lexikon der Sprachwissenschaft. Alfred Kröner Verlag Stuttgart, 2002, S.783

17. Raqamli texnologiyalar davrida xorijiy tillarni o'qitishning dolzarb muammolari, xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari to'plami II- qism. Farg'ona shahri, 2023, b.440.

56

April 23-24, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.