Научная статья на тему 'ANTROPONIMIKANING TILSHUNOSLIKDA O‘RGANILISH TARAQQIYOTIGA DOIR'

ANTROPONIMIKANING TILSHUNOSLIKDA O‘RGANILISH TARAQQIYOTIGA DOIR Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
24
9
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
onomastika / antropоnim / ism / nominativ vosita / badiiy-uslubiy vosita. / onomastics / anthroponym / name / nominative device / artistic and stylistic device.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Xakimov, Xamidulla Inamovich

Tilning leksik tizimidа antropоnimlаr аlоhidа о‘rin tutаdi, ular oz‘iga xоs pаrаdigmаtik vа sintаgmаtik xususiyаtlаrgа egа. Kоnkret nоmlаr bilаn bоg‘lаngаn antropоnimlаr lingvistik universаldir va tilning boy lug‘аt tаrkibini tashkil etadi. Demаk, antropоnimikаning diqqаt mаrkаzidа sо‘z vа uning murаkkаb onomastik belgi sifаtidаgi lingvistik tadqiqi barcha tillar uchun dolzarblik kasb etadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ON THE DEVELOPMENT OF THE STUDY OF ANTHROPONYMY IN LINGUISTICS

Anthroponyms hold a distinctive position within the lexical system of language, boasting unique paradigmatic and syntagmatic properties. Those associated with specific names are linguistic universals and contribute to the language's rich vocabulary. Consequently, the study of anthroponymics, focusing on the word and its intricate linguistic aspects as a complex onomastic sign, remains pertinent across all languages.

Текст научной работы на тему «ANTROPONIMIKANING TILSHUNOSLIKDA O‘RGANILISH TARAQQIYOTIGA DOIR»

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

ANTROPONIMIKANING TILSHUNOSLIKDA O'RGANILISH

TARAQQIYOTIGA DOIR

Xakimov Xamidulla Inamovich,

filol.f.n, dotsent, O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti

ANNOTATSIYA

Tilning leksik tizimida antroponimlar alohida o'rin tutadi, ular oz'iga xos paradigmatik va sintagmatik xususiyatlarga ega. Коnkret поmlar bilan bog 'langan antroponimlar lingvistik universaldir va tilning boy lug'at tarkibini tashkil etadi. Demak, antroponimikaning diqqat markazida so'z va uning murakkab onomastik belgi sifatidagi lingvistik tadqiqi barcha tillar uchun dolzarblik kasb etadi.

Kalit so'zlar: onomastika, antroponim, ism, nominativ vosita, badiiy-uslubiy vosita.

О РАЗВИТИИ ИЗУЧЕНИЯ АНТРОПОНИМИКИ В ЛИНГВИСТИКЕ

Хакимов Хамидулла Инамович,

к.филол.н., доцент, Узбекский государственный университет мировых языков

АННОТАЦИЯ

Антропонимы занимают особое место в лексической системе языка, обладая уникальными парадигматическими и синтагматическими свойствами. Те, которые связаны с конкретными именами, являются лингвистическими универсалиями и способствуют богатому словарному запасу языка. Следовательно, исследование антропонимики, фокусирующееся на слове и его сложных лингвистических аспектах как сложном ономастическом знаке, остается актуальным для всех языков.

Ключевые слова: ономастика, антропоним, имя, номинативный аппарат, художественно-стилистический прием.

ON THE DEVELOPMENT OF THE STUDY OF ANTHROPONYMY IN

Anthroponyms hold a distinctive position within the lexical system of language, boasting unique paradigmatic and syntagmatic properties. Those associated with

LINGUISTICS

Khakimov Khamidulla Inamovich,

Ph.D., Associate Professor, Uzbek State University of World Languages

ABSTRACT

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

specific names are linguistic universals and contribute to the language's rich vocabulary. Consequently, the study of anthroponymics, focusing on the word and its intricate linguistic aspects as a complex onomastic sign, remains pertinent across all languages.

Keywords: onomastics, anthroponym, name, nominative device, artistic and stylistic device.

O'zbek tili bugungi kunda o'zbek millatining fikr almashuv quroli sifatida katta ijtimoiy vazifa ado etmoqda. O'zbek tilininng bugungi taraqqiyotida tilshunos olimlarimiz, yozuvchilarimiz, shoirlarimizning xizmatlari beqiyos. Ulaming katta mehnatlari tufayli o'zbek tilining turli sohalarida qat'iy normalar belgilandi, til birliklarining aloqa jarayonidagi lisoniy imkoniyatlari haqidagi tadqiqotlar o'quvchilarga, izlanuvchilarga asoslab berildi va berilmoqda. Til taraqqiyotidagi ko'pgina masalalar olimlarimiz tomonidan dolzarb masala sifatida kun tartibiga qo'yilmoqda. O'zbek tilining davlat tili maqomida dunyoda obro'si ortib bormoqda, bu esa o'z o'rnida tilimiz leksikasini, uning grammatik qurilishini boshqa tillar bilan ham qiyosiy-chog'ishtirma aspektda chuqurroq va har tomonlama tadqiq qilish vazifasini qo'ymoqda.

Tilshunoslik tadqiqotining obyekti sifatida o'ziga xos nomlar o'z nomi bilan atalgan obyektni boshqa predmetlardan farqlash uchun xizmat qiluvchi so'z yoki ibora ekanligini bildiradi. 1 Tilshunoslikning bu bo'limi onomastika nomi bilan ma'lum. Umuman olganda, onomastik makon deyarli cheksizdir, bu esa uni ma'lum tarmoqlarga bo'lishning obyektiv ehtiyojini keltirib chiqaradi. Demak, onomastik makonda antroponimiya, toponimiya, zoonimiya, fitonimiya, kosmonimiya, astronomiya, xrononimiya, xrematonimiya, mifonimiya va hklarni ajratib ko'rsatish mumkin. Shu qatorda, ba'zi olimlar nomlarni "jonli va tirik deb qabul qilinadigan mavjudot nomlari" va "jonsiz narsalar nomlari"ga ajratadi 2 , ular orasida antopononimlar va toponimlar eng muhim o'rinni egallaydi.

Hammamizga ma'lumki, ism inson hayotida muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, o'zbek xalqida ismlarning o'rni va mohiyati katta. Bola tug'ilgach, unga yaxshi niyatlar ila ism tanlanadi, bu jarayonga nominatorlar (ya'ni, ism qo'yuvchilar) turlicha yondashishadi. "Chaqaloqqa qo'yilgan ism uning taqdiriga ta'sir qiladi" deyilgan tasavvurlar davrlar o'tishi bilan ismni bolaning himoyachisiga, unga qandaydir bog'langan, unga doimo va bir umr esh, hamdam bo'lib yuradigan vositaga

1 Подольская Н.В. Словарь ономастической терминологии (СРОТ). - Москва: Наука, 1988. - 91 с.

2 Bach A. Deutsche Namenkunde. - Heiderberg, 1952 - P.1-4.

KIRISH

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

aylantira borgan3. Masalan, S.Kenjayeva o'zbek ismlarini o'zbek antpononimikasini o'rganib, ularni bag'ishlov ismlar, tasviriy ismlar va ism-istaklarga ajratib tasniflaydi4.

Tilimizdagi nomlar o'zi anglatayotgan tushunchaning xarakteri, narsalarning atalishidagi xususiyati va belgilariga ko'ra farqlanadi. Tildagi atoqli otlarning katta bir guruhini kishilarga qo'yiluvchi maxsus nomlar tashkil etadi. Kishilarning atoqli otlari fanda antroponimlar deb yuritiladi.

METODOLOGIYA

Antroponimiya (yunoncha anthröpos] "inson", "shaxs" va onryma [ónyma] "ism" va -ia [-ia] "aloqa" yoki "sifat" qo'shimchasidan) hosil qilingan, hamda antrropologik onomastika bu onomastikaning odamlar ismlari, shu jumladan familiyalarining kelib chiqishi va ma'nosini o'rganadigan bo'limidir. Shuningdek, onomastika atamasi mumtoz yunoncha onomosek (onomastiké) dan kelib chiqqan va "ism qo'yish san'ati" deb ham tarjima qilinadi. Kishiga ism berish va kishilarning atoqli otlari qadimiy tarixga ega bo'lib, bolani nomlashda ma'lum tarixiy davr, iqtisodiy-siyosiy hayot, ma'naviy turmush doirasining turli-tuman urf-odatlari muhim rol o'ynaydi. Ayniqsa, diniy tasavvurlar bolalarning nomlanishiga ta'sir ko'rsatgan. Turkiy xalqlarning V- VII asrlar tarixini o'zida ifodalagan O'rxun-Enasoy yozma yodgorliklari matnlarida uchrovchi bir qator ismlar: Oqbosh, Qoraxon, Qorakur va boshqalar turkiy xalqlarning eng qadimgi antroponimlaridir. Davrlar o'tishi bilan bir qator ismlar eskiradi va iste'moldan chiqadi, ularning o'rniga yangi -yangi atoqli otlar kirib keladi.

Antroponimlar haqida Mahmud Koshg'ariy o'zining "Devoni lug'otit turk" asarida ma'lumot berib o'tgan. "Devon" dagi kishilarning ismlari shu jihatdan qimmatliki, bir necha arabcha ismlarni istisno qilganda kishi ismlarining deyarli hammasi turkiycha bo'lib, hozirgi paytda iste'moldan chiqqan "Devoni lug'otit turk"dagi 60 dan ortiq kishi ismlari orasida xonlarning, pahlavonlarning, urug' boshliqlarining, oddiy kishilarning ismlari, laqablari bor. Akademik I.Krachkovskiy musulmon mamlakatidagi qullarga va cho'rilarga Yoqut, Zumrad, Kufer (kamfora) kabi asl toshlarni yoki xushbo'y moddalarni nomlarini qo'yish rasm bo'lgan deb yozgan. Mahmud Koshg'ariy bu fikrni isbotlaydi. Demak, Kumush, Tilla ba'zan Oltin kabi qimmatbaho metall nomlari bilan atalgan ba'zi nomlar dastlab qul va cho'rilarga qo'yilgan narxlar bo'lgan. Koshg'ariy o'z asarida ko'plab ismlarning etimologiyasini berib o'tgan. Ota - onaning farzand oldidagi dastlabki, burchi o'z farzandiga yaxshi bir ism qo'yishidir. Zero, bu ism bilan kelajakda bolasi uyalib qolmasin, bu esa unga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin. Xalqimiz azaldan bolaga ism

3 Begmatov E.A. O'zbek ismlari ma'nosi. - Toshkent: O'zME, 2010 (uchinchi nashri). - B. 588.

4 Kenjayeva S.E. O'zbek antroponimlarining semantik va sotsiolingivistik tadqiqi: F.nom...diss. avtoreferati. - Toshkent,

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

qo'yishda milliy urf-odatlar, ishonch va e'tiqodlariga qarab ism qo'ygan. Badiiy asarlarda ham yozuvchi o'z qahramoniga ism berishda shu qahramonning xarakter xususiyatidan kelib chiqqan holda ism tanlaydi. Tanlangan ism bevosita qahramon haqida ma'lumot beradi. Ism tanlash ham bir mahoratdir. Har bir yozuvchining o'z qahramonlariga ism tanlashida o'ziga xos uslubi bor. Masalan: Abdulla Qodiriy o'z qahramonlariga ism tanlashda Otabek "k" harfi bilan tugaydi va Kumush "K" harfi bilan boshlanadi, Anvar "r" harfi bilan tugaydi va Ra'no "R" harfi bilan boshlanadi. Abdulla Qahhorning "O'g'ri" hikoyasidagi Qobil bobo obrazi ismning naqadar to'g'ri tanlanganligi, ismi jismiga mosligini ko'rishimiz mumkin, ya'ni bu obrazlarda sodda, kamtarin, mo'min, qobil xarakterli insonlar tasvirlangan. Xalqimizda ism tanlashda xalq urf-odatlaridan keng foydalaniladi. Bunga misol A.Qahhorning "Bemor" hikoyasidagi Sotiboldi obraziga Sotiboldi deb nom berilishi ham bejiz emas, uning zamirida xalq urf-odatlarini yaqqol sezish mumkin. Bu ismlarning paydo bo'lishi chaqaloqni "sotib olish" udumini ado etish bilan chambarchas bog'liqdir. O'tmishdan farzandlari turmasdan nobud bo'lavergan o'zbek oilalarida "sotib olish" odatiga katta umid bog'lashgan. Bu odatga ko'ra, bola tug'ilgach xoh o'g'il , xoh u qiz bo'lsin, tarozining bir pallasiga go'dak ikkinchi pallasiga ozuqa solinadi. Ular og'irligi tenglashtiriladi va Doya xotin bilan uy egasi (bolaning onasi) o'rtasida o'sha udum bilan aloqador dialogik xarakterdagi so'zlar aytilgach, bola "sotib olingan" hisoblanadi. Doya xotinga ozuqa va ko'plab sovg'a - salomlar ham berishadi. Ism qo'yishda tarixiy davrning ta'siri, ijtimoiy muhiti, oilaviy kelib chiqishi, kasb kori ham bevosita ta'sir qiladi. Tarixiy davrlardan shuni ko'rish mumkinki, hech bir payt qul yoki ijtimoiy ahvoli og'ir kambag'al oilada tug'ilgan bolaga bek, xon, shoh, boyvachcha kabi elementlar qo'shilmaydi. Ularning ijtimoiy kelib chiqishiga qarab zodagon oilaning farzandlariga Hakimboyvachcha, Xudoyorxon, Azizbek kabi ismlar tanlansa, ijtimoiy kelib chiqishi pastroq bo'lgan oilada tug'ilgan bolalarga esa oddiy ismlar tanlangan. Hozirgi paytda har bir inson o'ziga yoqqan ismni tanlab qo'yadi. Badiiy asarlarda shuni ham ko'rish mumkinki, A.Qodiriyning "Mehrobdan chayon" asarida Xudoyorxonning xotini Og'acha oyim, bu obrazning asl ismi Ma'suda xonim bo'lgan ammo Og'acha oyim deb mashhur bo'lishiga uning Qashqar qizi bo'lganligidandir. Uyg'urlar bizdagi kabi "xonim, bekach" deyish o'rniga "Og'acha" deganlar. Bunday misollarni ko'plab keltirishimiz mumkin. Bu ham albatta, yozuvchining badiiy va ilmiy bilimga ega ekanligini ko'rsatadi.

Tilshunos N.Mirzayev "O'zbek zooantroponimlar" nomli maqolasida qadimgi turkiy xalqlar ba'zi yirtqich va uy hayvonlari haqida turli xil totem tasavvurga ega bo'lgani bayon etgan. Bo'riga bo'lgan ishonch esa totem tasavvuriga bog'liq ot bo'lib, uning asosiy qismi o'zbeklarning turli guruhlarida bolaning tug'ulishi, uning hayotini

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

saqlab qolish bilan bog'langan. Bo'ri, Bo'riboy, Boybo'ri, Bo'ritosh, Bo'rigul, Bo'rixol kabi ismlar yirtqich hayvonlarga e'tiqod tufayli paydo bo'lganini yozib, keyingi davrlarda bunday atoqli otlarning ishlatilish doirasi ancha kengayganlini aytib o'tadi. Antropozoomorfizmlarni o'rgangan D.Baxronova ham "qadimgi afsonalarda hayvon obrazlarining ko'plab uchrashi asosini totemizm bilan izohlash mumkin. Turkiylarda chaqaloqqa Lochin, Bo'riboy, Samandar, Arslon, Sherzod; ispanlarda Lobato, Gaviota, Lucio, Paloma, Borrego va h.k. ismlarning berilishida; muchal yillarining, yulduz turkumlarining hayvon nomi bilan atalishida ham totemizm ta'siri seziladi"5, deb hayvon nomlarining nom sifarida qo'yilishiga o'z munosabatini bildiradi. Tilshunos E.Qilichev tadqiqotlarida antroponimlarning stilistik qo'llanilishi haqida fikr yuritiladi. U yozuvchi S.Ayniy asarlarida qo'llanilgan antroponimlar haqida quyidagilarni yozadi: Yozuvchi (S.Ayniy) asarlari strukturasidagi antroponimlar tasvirlanayotgan voqea mazmuniga mos holda uni badiiy aks ettirish uchun xizmat qilgan. Uning asarlarida so'zlamaydigan ism yoki laqab yo'q, desa ham bo'ladi. Deyarli har bir antroponim tasviriy bo'lib, nimadirni aks ettiradi. O'zbek tili leksik sistemasining bir qismi hisoblangan antroponimlarning o'zi ham o'ziga xos yana bir sistemani tashkil qiladi. Bular: 1. Ismlar sistemasi: Kumush, Feruza, Dilshod, Alisher. 2. Laqablar sistemasi: Kar, cho'loq. 3. Taxalluslar sistemasi: Navoiy, Gulxaniy, Julqunboy. 4. Familiyalar sistemasi: Saidnosirova, Qahhorova, Mo'minova. 5. Patronomik nomlar sistemasi: Rasulovna, Nusratovich. 6. Shartli nomlar sistemasi: Bahrom-Baxi, Shoxrux-Shoxi. E.Begmatov aytganidek, atoqli otlarni har tomonlama o'rganish o'z tadqiqotlarni kutmoqda.

O'zbek antroponimiyasini o'rganishdan maqsad nomlarning turli tarixiy davrlardagi holati va rivojini tadqiq qilish. Umuman, laqab va taxalluslarni faqatgina nominativ vosita sifatida o'rganish yetmaydi, balki ularni badiiy-uslubiy vosita tarzida tadqiq qilish ham muhimdir. Bunday kuzatuvlarda ism, laqab va taxalluslar orasidagi atoqli otlarga xos umumiylik va o'zaro farqlarni ochib berish alohida ahamiyatga egadir. Nomshunoslik sohasida erishiluvchi nazariy xulosalar va qo'lga kiritilgan ashyoviy, daliliy materiallari o'zbek antroponimlarning izohli, etimologik, imloviy lug'atlarni yaratish uchun xizmat qilmog'i kerak. Hozirga qadar bu til lug'atlarning birortasi ham to'liq tuzilgani yo'q. Yuqoridagi mulohazalardan ayon bo'ladiki, o'zbek tilidagi antroponimlarning mavjud tiplari ularning hajmi va chegarasi hozirga qadar belgilangan emas. E. Vohidov ta'kidlaganidek, "Ismlarning tarixi uzoq, Ismlarda asrlik qismat" Demak, tariximizni, qadriyatlarimizni, milliy

5 Baxronova D. Antropozoomorfizmlarning semantik va lingvokulturologik xususiyatlari (o'zbek va ispan tillari materialida). - PhD diss., 2017. - B 64.

XULOSA

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

o'zligimizni anglashda antroponimlarni turli nuqtai nazardan tadqiqi ulkan ahamiyatga ega.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. Abdulla Qahhor. "Anor" - T 2014 -198 b.

2. Baxronova D. Antropozoomorfizmlarning semantik va lingvokulturologik xususiyatlari (o'zbek va ispan tillari materialida). - PhD diss., 2017. - 157 b.

3. Begmatov E. Uluqov N. "O'zbek onomastikasiterminlarining izohli lug'ati, -Namangan 2006, -103 b.

4. Begmatov E."O'zbek ismlari izohi" - T., 2016.- 606 b.

5. http:/ www. pedagog. uz / PedagogiK ta'lim muassasalari portali; http://www.edu.uz

6. Kenjayeva S. O'zbek antroponimlarining semantik va sotsiolingivistik tadqiqi. nom...diss. avtoreferati.-Toshkent , 2011.

7. Qilichev E. O'zbek tili onomastikasi. T.:2004.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.