Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
ABDULLA AVLONIYNING NASRIY ASARLARIDA ANTROPONIMLAR
TAHLILI
Davronova Zarnigor Jabbor qizi
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti
universiteti o'qituvchisi zarnigordavronova12@gmail .com
Onomastika masalalari har bir davr uchun dolzarb bo'lib kelgan. O'zbek nomshunosligi spetsifik taraqqiyot bosqichiga ega. Ayniqsa, XX asr boshlaridagi atroponimlar taraqqiyotini o'rganish o'zbek onomastikasi uchun muhim ilmiy xulosalar beradi. XX asr boshlaridagi antroponimlar taraqqiyoti, struktur-semantik xususiyatlarini o 'rganish, tarixiy-etimologik jihatdan tahlil qilish maqsadi qo 'yilgan. Ushbu maqsadni amalga oshirishda XX asr boshlaridagi antroponimlarni tavsiflash, Abdulla Avloniy nasriy asarlaridagi antroponimlarni tahlil qilish, statistik, tarixiy-etimologik tahlilini amalga oshirish, struktur jihatdan o 'rganish vazifalari belgilangan.
Kalit so 'zlar: Onomastika, antroponim, struktur-semantik, stasistik, etimologik
tahlil.
Issues of onomastics have been relevant in every era. Uzbek nomenclature has a specific stage of development. Especially, the study of the development of anthroponyms at the beginning in the 20th century provides important scientific conclusions for Uzbek onomastics. The aim is to study the development of anthroponyms in the early 20th century, to consider their structural-semantic features, and to analyze them historically and etymologically. In the implementation of this goal, the tasks of describing the anthroponyms in the beginning of the 20th century, analyzing the anthroponyms in the prose works of Abdulla Avloni, carrying out a statistical, historical-etymological analysis, and structural study have been defined.
Keywords: Onomastics, anthroponym, structural-semantic features, historical-etymological analysis, structural study, scientific, nomenclature.
ANNOTATSIYA
ABSTRACT
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
АННОТАЦИЯ
Вопросы ономастики были актуальны во все эпохи. Узбекская номенклатура имеет определенный этап развития. Особенно изучение развития антропонимов в начале ХХ века дает важные научные выводы для узбекской ономастики. Цель состоит в том, чтобы изучить развитие антропонимов в начале 20 века, рассмотреть их структурно-семантические особенности, провести их исторический и этимологический анализ. В реализации поставленной цели были определены задачи описания антропонимов начала ХХ века, анализа антропонимов в прозаических произведениях Абдуллы Авлони, проведения статистического, историко-этимологического анализа, структурного исследования.
Ключевые слова: ономастика, антропоним, структурно-семантические признаки, историко-этимологический анализ, структурное исследование, научный, номенклатура.
KIRISH
Mustaqillik yillarida o'zbek xalqining o'z tili, adabiyoti, san'ati va tarixini yanada chuqurroq, ularning butun nafosati, boy tarovatini ulug'lagan holda o'rganish imkoniyati kengaydi. Prezidentimiz ta'kidlaganlaridek, Bu davrda Abdulla Avloniy, Mahmudxo'ja Behbudiy, Munavvarqori Abdurashidxonov, Ubaydulla Xo'jayev, Abdurauf Fitrat, Ibrat domla, Abdulhamid Cho'lpon, Abdulla Qodiriy, Ashurali Zohiriy, Hoji Muin va boshqa yana yuzlab ulug' insonlar milliy uyg'onish va millatparvarlik harakatining oldingi saflarida turdilar. Ular yangi usul maktablari bilan bir qatorda, odamlarning dunyoqarashi va turmush tarzini o'zgartirishga qaratilgan gazeta-jurnallar, nashriyot va kutubxonalar, teatrlar tashkil etdilar. Vatanimiz ozodligi va xalqimiz baxt-saodati yo'lida jonini fido qilgan jadidlarning ilmiy-ma'rifiy, adabiy-badiiy merosi biz uchun bugun ham beqiyos ahamiyatga ega1.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR
Abdulla Avloniy nasriy asarlarida ko'plab diniy: olloh, payg'ambar, farishta, avliyo va b nomlari uchraydi. Bunday diniy nomlarning badiiy adabiyotda o'rni beqiyosdir bu nomlarni tarixiy etimologik jihatdan esa tadqiq qilish juda muhim hisoblanadi. Abdulla Avloniyning nasriy asarlaridagi antroponimlarni dastlab ikki guruhga ajratamiz
1 O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O'qituvchi va murabbiylar kuniga bag'ishlangan tantanali marosimdagi nutqi
941
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
1.Hayotda real yashagan tarixiy shaxslar nomlari: Iskandar, Abu Ali ibn Sino,
Bedil.
2.Hayotda mavjud bo'lmagan afsonaviy shaxslarning nomlari : Yusuf, Iso, Yaqub, Maryam va b.
1. Tarixiy shaxslar nomlari. Bular Abdulla Avloniy oldin va u bilan bir zamonida yashagan konkret shaxslardir. Ular Abdulla Avloniyning deyarli barcha nasriy asarlarida uchraydi.
2. Afsonaviy nomlar. Abdulla Avloniyning nasriy asarlarida afsonaviy va diniy nomlar salmoqli o'rin tutadi. Chunki A.Avloniy o'z davrining qomusiy olimi hisoblanadi, uning asarlarini o'qir ekansiz, adibning ham diniy, ham dunyoviy bilimlarga ega ekanligini ko'rishingiz mumkin.
Asarda antroponimlarning leksik-semantik tahlili shuni ko'rsatadiki, kishi nomlarining bir qismi tarixiy shaxslarning nomlari bo'lsa, yana bir guruhi afsonaviy va mifologik ismlardir. Asarda uchraydigan antroponimlarning eng faol qismini payg'ambarlar hamda Olloh va uning sifatlarini ifodalovchi nomlar tashkil qiladi Nuh, Abu Bakr va boshqalar.
NATIJALAR
Abdulla Avloniyning nasriy asarlarida "Qur'on"da keltirilgan barcha payg'ambarlarning ismlari uchraydi, "Muxtasar tarixi anbiyo va tarixi islom" da tadrijiy tarzda Odam Atodan boshlanib, Muhammad alayhissalomgacha bo'lgan payg'ambarlar haqida qisqacha maktab bolalari uchun tushunarli bo'lgan hikoyalar bayon etilgan va Muhammad payg'ambarimizning avlod-ajdodlari haqida ham ma'lumotlar keltirilgan. Shu bilan birga boshqa asarlarida esa olimlar buyuk shaxslar tilidan hikmatli so'zlar va ham berilib borilgan. Bundan tashqari, oddiy ismlardan ham foydalanilganini ko'rishimiz mumkin.
Asarda payg'ambarimizning oila a'zolari haqida ham ma'lumotlar berilgan. Har bir oila a'zosining kelib chiqishi kimning farzandi, otasi kim, onasi kim batafsil yoritilgan.
Xadicha arabcha "chala, chala tug'ilgan bola" ma'nolarini ifodalaydi Qadimda arablar chaqaloqni yovuz ruxlardan himoya qilish maqsadida sog'lom bolaga ana shunday ism qo'yishgan. Payg'ambarimizning birinchi xotinlari Xadicha binti Huvayliddirki, dini islomni Nusrat va tariqqiysina sabab bo'lg'onlari uchun ahli islom tarafidan al-Kubro deb laqablanmishlar. Rasuli akram afandimiz ila 25 yil umr qurib 65 yoshlarida vafot etganlar.
2 Abdulla Avloniy.Tanlangan asarlar 2-jild. - Toshkent: "Ma'naviyat" 2009. 125 b
942
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
Abdulla Avloniyning nasriy asarlaridagi ismlaming e'timologiyasini o'rganish shuni ko'rsatadiki, asarlarida nafaqat diniy ismlar bilan birga dunyoviy ilmlar egalari Syutiy, Ibn Sino, Luqmon, Arastu, Aflotun va ko'plab olim-u fuzalolarni va badiiy adabiyotlarga oid Layli, Majnun, Afrosiyob, Iskandar kabi ismlarni ham ko'rishimiz mumkin. Bularni kiritilishidan shuni bilishimiz mumkinki, Abdulla Avloniy ham diniy bilimlar birgalikda dunyoviy bilimlarni ham puxta egallaganidan dalolat beradi. Bu orqali o'zining o'quvchilarida ham ular haqidagi ma'lumotlarni berib boradi.
O'zbek ismlarining tuzilishi hozirgi zamon o'zbek tilidagi shaxs atoqli otlari ularning tuzilishi ikkiga bo'linadi Abdulla Avloniy asarlaridagi ismlar ham xuddi shunday tasniflanadi:
1. Sodda ismlar
2. Qo'shma ismlar
Sodda ismlarga bir asosdan iborat ismlar kiradi. Masalan: Go'zal, Nuh, Iso, Zaynabdir Sodda ismlarning ayrimlari qo'shimchalardan ham iborat bo'lganligi sababli o'zbek tilida sodda ismlar ikki guruhga ajratiladi:
1. Tub ismlar
2. Yasama ismlar
Tub ismlar asos va qo'shimchalarga ajralmaydigan ismlar kiradi. Masalan, Tosh, Nor, Anvar, Bilol, Zebo va boshqalar
Yasama ismlar Onomastikada "yasama" termini shartli ravishda qo'llanilishi mumkin. Chunki yasama ismlar aslida tub emas, yasama so'zlardan yasaladi yoki ma'lum morfologik qo'shimchalar yordamida onomastika doirasida yasalgan atoqli otlardan tashkil topadi Masalan, Yo'ldosh ismi o'zbek tilida o'sha shaklda mavjud yo'ldosh so'zidan yasalgan, Karima / Karim+a/ ismi va Nishonov/Nishon+ov/ familiyasi onomastik aspektda yasalgan.
Onomastikada kishi otlarining yasalish usullari tildagi turdosh ot va boshqa xil so'z turkumlarining yasalish xususiyatlariga o'xshaydi va o'ziga xos onomastik qonuniyatlar ham mavjuddir.
MUHOKAMA
Hozirgi zamon o'zbek tilidagi kishi atoqli otlari yasalishida, asosan:
1. Morfologik usul
2. Leksik usul
3. Sintaktik usul hamda semantik usullarning qo'llanilishini ko'ramiz.
Kishi nomlarini affiksatsiya -morfologik -qo'shimcha qo'shish orqali ismlarni
yasashdir. O'zbek tilida kishi nomlari tarkibida uchrovchi bu shakllar ismlarni yasashda yordamlashadi. Bularga:
Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 12
educational, natural and social sciences fV ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947
Advanced Sciences Index Factor ~ ASI Factor = 1.7
Allohi taolo nomi ishtirok etadigan o'zbekcha ismlaming katta bir guruhining oxirida - ulla (-ulloh, -alloh) komponenti bilan tugaydigan atoqli otlar tashkil qiladi. Bu ismlarda Allohni turli tomonlama ta'rif va tavsiflash hamda bu fikrni chaqaloqqa beriluvchi nom orqali izhor qilish, shuningdek, farzandli bo'lishni Yaratganning (Xudoning) irodasiga bog'lash, bu uchun shukronalar qilish, bolaning borlig'i, kelajagi, istiqbolini Tangrining xohish-irodasi deb bilish kabi ko'pgina murakkab ma'nolar ifodalanganini ko'ramiz. Bu guruh nomlarni faqatgina bir ma'noda, bir xil tushuntirib bo'lmaydi. Nomlarning asosi oxiridan ulanuvchi -ulla (-ulloh, -alloh) unsuri har bir ismda nom qismlarining ma'no munosabatlariga ko'ra har bir holda o'ziga xos tarzda talqin qilinishi mumkin. Diqqat qiling: Abdulla - Allohning quli, bandasi; Bahrulla - Allohning nuri, shu'lasi yoki tangri bergan nurli, sevimli farzand; Zokirulla - Allohni eslovchi, uni madh qiluvchi bola; Hubulla - Allohning tuhfasi, marhamati, ehsoni va b. Yuqorida keltirilgan dalillardan ko'rinadiki, hozirgi kunda o'zbeklarning atoqli otlari bo'lmish ko'pgina nomlar Allohning "go'zal ismlari"dan hosil qilinganligini ko'rishimiz mumkin.
- O'zbek tilida rus tili tasirida paydo bo'lgan familiya hamda otchestvo yasovchi qo'shimchalarga - ov-eva yev- yeva, -ovich- yevich- ovna- yevna
- Iy. O'zbek antroponimikasida kishilarni familiya va otchetvolari bilan atashga intilishning dastlabki davrlarida ba'zi o'zbekcha familiyalar ota ismiga -iy affikisini qo'shish orqali hosil qilingan masalan: Abdulla Avloniy, Abdulla Qodiriy
- Jon affiksining ismlarga qo'shilishi hozirda o'zbek onomastikasida hozirda ham erkalash va hurmat maqsadi asosida yoki shaxsga yaqinlik munosabatlarini ifodalaydi.
- Oy elementi ayollar ismiga birikib keladi. U ba'zida ismning boshida ba'zida oxirida kelishi mumkin. Masalan, Barchinoy, Oybarchin
O'zbek kishi nomlari orasidagi arabcha va diniy nomlar o'z sastavi jihatidan xilma -xildir. Ularning ko'pchiligi Xudoning nomi yoki turli sifatlari bo'lmish so'zlarga arabcha - abd/ qul, turkcha- qul so'zlarnin qo'shish orqali yasalgan ismlardir . Masalan, Abdujabbor, Abdullo, Rahmonqul va boshqalar
-Shayx -(a. - qariya, keksa; urug', qabila boshlig'i; diniy rahbar; olim,
"5
murabbiy) Islom dini tarqalgan mamlakatlarda, avvalo, bilimdon kishilarga, so'ngra ulamo va faqihlarga berilgan nom; keyinchalik muqaddas joylarning mutasaddilari ham shayx deb yuritilgan. Amirlar, shayxlar, ulamolar kengashib, katta qo'shin bilan borishga fatvo berildi.
3 Узбек тилининг изошли лугати. V том. - Тошкент, 2008. 535-б.
944
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
Abdulla Avloniyning "Turkiy guliston yoxud axloq", "Birinchi muallim", "Ikkinchi muallim", "Muxtasar tarixi anbiyo va tarixi islom" kabi nasriy asarlarida jami 126 ta antroponim uchraydi. Nasriy asarlarida qo'shma ismlar sodda ismlarga qaraganda ko'proq ishlatilgan. Chunki "Muxtasar tarixi anbiyo va tarixi islom" asarida payg'ambarlar, avliyolar, olimlar va boshqa buyuk shaxslarning ismlariga ularning unvonlari, nisbatlari,maqomlari ham qo'shib ishlatilgan.
Ularning kelib chiqishi quydagicha:
1. O'zbekcha ism:
2. Forscha ism: Afrosiyob,
3. Arabcha ism: Muhammad, Ali, Usmon
4. Yahudiycha ism: Nuh, Iso, Yunus, Odam
Abdulla Avloniy asarnnig «Yaxshi xulqlar» bobida diyonat, islomiyat, nazorat, g'ayrat, riyozat, qanoat shijoat, ilm, sabri hilm, intizom, miqyosi nafs, vijdon, vatanni sevmoq, haqqoniyat, nazari ibrat, iffat, hayo, idrok va zako, hifzi lison, iqtisod, viqor, xavf va rijo, itoat, haqshunoslik, xayrixohlik, munislik, sadoqat, muhabbat, afv haqida atroflicha fikr yuritadi, o'z qarashlarini dalillash uchun "Qur'oni Karim" oyatlaridan, hadisi sharifdan namunalar, ulug' mutafakkirlar Aflotun, Arastu, Suqrot, Buqrot, ibn Sino, Mavlono Rumsiy, Shayx Sa'diy, Mirzo Bedil fikrlarini keltiradi.
XULOSA
Xulosa o'rnida shuni aytishimiz mumkinki, Abdulla Avloniyning nasriy asarlari orqali antroponimlar shaxs va jamiyat munosabatlarini ko'rsatuvchi detal bo'la olishi mumkin. Ulardan o'rinli foydalanish asar tilini jonli xalq tili bilan yaqinlashtiradi, ularni milliylikni ko'rsatuvchi qurol sifatida baholashimiz mumkin.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
Nomshunoslik sohasida erishiluvchi nazariy xulosalar va qo'lga kiritilgan ashyoviy, daliliy materiallari o'zbek antroponimlarning izohli, etimologik, imloviy lug'atlarni yaratish uchun xizmat qilmog'i kerak. Hozirga qadar bu til lug'atlarning birortasi ham to'liq tuzilgani yo'q. Yuqoridagi mulohazalardan ayon bo'ladiki, o'zbek tilidagi antroponimlarning mavjud tiplari ularning hajmi va chegarasi hozirga qadar belgilangan emas. Professor E.Begmatov aytganidek: «Atoqli otlarni har tomonlama o'rganish o'z tadqiqotlarni kutmoqda»
REFERENCES
1. Abhohhh A. TaHnaHraH acapnap. 1-^Hng. -TomKeHT, MatHaBH^T. 2006. 546.
2. A6gynna Abhohhh. TaHnaHraH acapnap. 2-^Hng. -TomKeHT, MatHaBH^T. 2006.
4. Begmatov E. Ismlarning sirli olami. - Toshkent: "O'zbekiston" 2014 y 174b
5. BegmatovE.O'zbek ismlar izohi - Toshkent: "O'zbekiston milliy ensklopediyasi, 2016, - 607b
6. Бегматов Э. Исм чиройи. -Тошкент: Фан, 1994. 90 б.
7. Бегматов Э. Номлар ва одамлар - Тошкент .: Фан, 1966.- 65б
10-б.
3. Бегматов Э. Узбек исмлари. ^омуслар Бош тахририяти. - Тошкент 1991