Научная статья на тему 'TOPONIMIKANING MOHIYATI VA TERMINOLOGIK TUSHUNCHALAR XUSUSIDA'

TOPONIMIKANING MOHIYATI VA TERMINOLOGIK TUSHUNCHALAR XUSUSIDA Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
922
215
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Toshkent / toponim / tarix / rivojlanish / joy / shahar / hudud / ko‘cha / toponim / nom / darvoza / geografik ob’ekt. / Tashkent / toponym / history / development / place / city / territory / streyet / toponym / name / gate / geography / object.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Xudoyqulova, Nargiza Sadullayevna

Ushbu maqolada toponimikaning rivojlanish tendensiyasi, toponim va joy ta’rifi, Toshkent shahri hududida mavjud joy nomlari tasnifi, tarkibi, nomlanish qonuniyatlari va tarixiy xususiyatlari, Toshkent shahri tarixiy toponimlarining tarkibi, to‘rt daha va darvozalar nomlari, mahalla va ko‘chalar nomlari, muassasalar va boshqa turli joylar bilan bog‘liq toponimlar, Toshkent yangi shahar qismida joy nomlari shakllanishining tarixiy xususiyatlari, ko‘chalarning nomlari, turli muassasalar bilan bog‘liq bo‘lgan toponimlar yoritilgan hamda Toshkent shahrining tarixiy toponimiyasi va o‘zgarish bosqichlariga to‘xtalib o‘tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ESSENCE OF TOPONYMICS AND TERMINOLOGICAL CONCEPTS

In this article the development trends of toponymy, toponyms and place descriptions, classification, composition, naming laws and historical features of the existing place names in the territory of Tashkent, the Republic of Uzbekistan toponyms related to various other places, historical features of the formation of place names in the new part of Tashkent, streyet names, toponyms associated with various institutions, as well as the historical toponymy of Tashkent and the stages of change.

Текст научной работы на тему «TOPONIMIKANING MOHIYATI VA TERMINOLOGIK TUSHUNCHALAR XUSUSIDA»

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 11

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

TOPONIMIKANING MOHIYATI VA TERMINOLOGIK TUSHUNCHALAR

XUSUSIDA

Xudoyqulova Nargiza Sadullayevna

O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti nargizalimrayhon@gmail .com

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada toponimikaning rivojlanish tendensiyasi, toponim va joy ta 'rifi, Toshkent shahri hududida mavjud joy nomlari tasnifi, tarkibi, nomlanish qonuniyatlari va tarixiy xususiyatlari, Toshkent shahri tarixiy toponimlarining tarkibi, to'rt daha va darvozalar nomlari, mahalla va ko'chalar nomlari, muassasalar va boshqa turli joylar bilan bog'liq toponimlar, Toshkent yangi shahar qismida joy nomlari shakllanishining tarixiy xususiyatlari, ko 'chalarning nomlari, turli muassasalar bilan bog'liq bo 'lgan toponimlaryoritilgan hamda Toshkent shahrining tarixiy toponimiyasi va o'zgarish bosqichlariga to 'xtalib o 'tilgan.

Kalit so 'zlar: Toshkent, toponim, tarix, rivojlanish, joy, shahar, hudud, ko 'cha, toponim, nom, darvoza, geografik ob 'ekt.

СУЩНОСТЬ ТОПОНИМИКИ И ТЕРМИНОЛОГИЧЕСКИЕ ПОНЯТИЯ

Худойкулова Наргиза Садуллаевна

Узбекский г осударственный университет мировых языков nargizalimrayhon@gmail. com

АННОТАЦИЯ

В данной статье рассмотрены тенденции развития топонимии, классификация топонимов, их структура, законы именования и исторические особенности существующих топонимов на территории Taшкента, топонтмов Республики Узбекистан, связанных с различными другими местами, историчуские особенности формирование топонимии в новой части Taшкента, названий улиц, топонимов, связанных с различными учреждениями, a также историческая топонимия Taшкента и этапы её изменения.

Ключевые слова: Taшкент, топоним, история, развитие, место, город, территория, улица, топоним, название, ворота, географический объект.

ESSENCE OF TOPONYMICS AND TERMINOLOGICAL CONCEPTS

Khudoykulova Nargiza Sadullayevna

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 11

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

Uzbekistan State World Languages University nargizalimrayhon@gmail .com

ABSTRACT

In this article the development trends of toponymy, toponyms and place descriptions, classification, composition, naming laws and historical features of the existing place names in the territory of Tashkent, the Republic of Uzbekistan toponyms related to various other places, historical features of the formation ofplace names in the new part of Tashkent, streyet names, toponyms associated with various institutions, as well as the historical toponymy of Tashkent and the stages of change.

Keywords: Tashkent, toponym, history, development, place, city, territory, streyet, toponym, name, gate, geography, object.

KIRISH

"Tarix saboqlari insonni hushyorlikka o 'rgatadi, irodasini mustahkamlaydi. Tarixiy xotirasi bor inson - irodali inson". I.A.Karimov1.

Insoniyat paydo bo'lganidan beri uning tafakkuri, ongi, saviyasi o'sdi, rivojlandi, bevosita ma'naviyati, madaniyati, ma'rifati oshib bordi. Kishilik jamiyati taraqqiyotining bugungi kungacha bosib o'tgan yo'lini aniqlashda, ayniqsa, etimologik-tarixiy nuqtai nazardan bo'lgan izlanishlar katta ahamiyatga ega, insonning kelib chiqishi, qadimdan hozirgi kungacha yashash tarzi, tadrijiy rivojlanishi haqidagi xulosalarga kelish uchun muhim tadqiqot usullaridan biri bo'lib qoldi.

I.A.Karimov ta'kidlaydiki, "Ma'naviyat o'z xalqining tarixini, uning madaniyati va vazifalarini chuqur bilish va tushunib yetishga suyangandagina qudratli kuchga aylanadi. Tarixga murojaat qilar ekanmiz, bu xalq xotirasi ekanligini nazarda tutishimiz kerak. Xotirasiz barkamol kishi bo'lmaganidek, o'z tarixini bilmagan xalqning kelajagi ham bo'lmaydi"2.

Insonning manaviy jihatdan yuksalishi, ruhiyati, aql zakovati, o'z-o'zini anglashi, ongli faoliyatini shakillantirish, Vatan va ota-ona oldidagi burchi, muhabbati, sadoqati, insonparvarlik fazilatlarini shakillantirish, milliy urf-odatlar, qadriyatlar asosida barkamol avlodni tarbiyalash va voyaga yetkazishda o'zlikni anglash muhim o'rin tutadi.

1 Каримов И.А. Тарихий хотирасиз келажак йук. - Т.: Шарк, 1998. - 9 б.

2 Каримов И. Узбекистоннинг уз истиклол ва тараккиёт йули.-Тошкент: Узбекистан, 1992. - 71 б.

1002

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 11

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

Bu o'z navbatida ota-bobolar tomonidan bunyod etilgan tarix, uning ajralmas bo'lagi hisoblangan mamlakatdagi milliy-madaniy moddiy-nomoddiy meroslar, obidalar, joy-makonlar va hokazolarni yaratilish tarixiga bo'lgan qiziqish kun sayin ortayotganida ham ko'rinadi, nafaqat o'zbek halqi balki, butun dunyo sayohatchilarining e'tibori kuchayganidan ham bilish mumkin. Shuningdek, bugungi kunda toponimlar - joy nomlarini o'rganishga bo'lgan qiziqish ham ortib bormoqda. Toponim so'zi (yunoncha topos - joy, makon, onima - nom, ism) - har qanday geografik ob'ektning atoqli oti, nomi, jumladan, gidronim, oykonim, oronim, urbanonim, agroonim va boshqalardan tarkib topadi 3 . Hozirda geografik ob'ektlarning nomlarini o'rganadigan fan bu - toponomika hisoblanadi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Zamon rivojlanishi natijasida joylarning soni va nomi o'zgarib borishi mumkin. Atrofdagi geografik nomlar insoniyat taraqqiyoti bilan bog'liq o'zgarib turuvchi ob'ektlar hisoblanadi. Joy tushunchasi, bu - yer yuzasida joylashgan barcha ob'eklar va bu ob'ektlar o'z ustida joylashtirgan relefni o'zida mujassam etgan yer yuzasining kichik bir qismidir4.

Toponimlar tarixini yoritish orqali biror hududning o'tmishdagi tabiiy sharoiti, siyosiy holati, etnik jarayonlari, iqtisodiy mavqei, xalqaro aloqalari, aholining ijtimoiy va madaniy hayoti kabilar haqida ma'lumot olish mumkin. Zero, "toponimlar - bu yerning tili"5, ularda ma'lum hududning tarixi aks etadi. Bu o'z navbatida tarixni mukammallashtirish imkonini berish bilan birga, unga aniqliklar kiritadi, har bir viloyat, shahar, qishloqlar tarixining o'z o'rni bor va uni manbalarga tayanib o'rganish zarurati tug'ildi.

Shunga ko'ra, O'zbekiston Respublikasi hududida ma'muriy-hududiy birliklar (viloyatlar, tumanlar, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar, ovullar); aholi punktlari va ularning tarkibiy qismlari (mahallalar, shohko'chalar, ko'chalar, maydonlar, bog'lar, xiyobonlar, bulvarlar); transport va muhandislik-texnika infratuzilmasi ob'ektlari (temir yo'l stansiyalari, avtostansiyalar, metropoliten stansiyalari, vokzallar, ayeroportlar, ayerodromlar, portlar, pristanlar, ko'priklar, raz'ezdlar, yo'llar, kanallar, suv omborlari, to'g'onlar, dambalar); tabiiy ob'ektlar (daryolar, ko'llar, o'zanlar, muzliklar, tekisliklar, tog'lar, tog' tizmalari, g'orlar, cho'llar, vodiylar, daralar, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar, yonbag'irlar, foydali qazilmalar konlari) va

3 А^мадалиев Ю.И. Топонимика ва географик терминшунослик.- Ф.: 2018 - 10 б.

4 Наврузов Р.М. Х,арбий топография. - Т.: 2015. - 4 б.

5 Х,асанов X,. Ер тили. - Т.: У^итувчи, 1977. - 4 б.

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 11

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

boshqa shu kabi ob'ektlar mavjud. Turli sohalar yordamida ushbu ob'ektlarni to'liq o'rganish ishlari amalga oshirilmoqda.

Shu bilan birga O'zbekiston Respublikasining barcha hududlari hamda Toshkent shahrining tarixiy toponimlarini o'rganishga katta e'tibor qaratildi. Toshkent shahrining ko'p asrlik tarixga egaligi va uni yoritishda joy nomlarining ham o'ziga xos ahamiyatini ta'kidlash zarur. I.A.Karimov "Toshkent barchamiz uchun avvalo mustaqil davlatimizning go'zal poytaxti, mamlakatimizning yuragi, ta'bir joiz bo'lsa, Vatanimizning muqaddas ostonasidir. Jahon ahli uchun ona diyorimiz bilan tanishuv avvalambor ana shu ostonadan boshlanadi" degan6.

Toshkent shahri tarixiy va tabiiy jarayonlar ta'sirida topografik va toponimik jihatdan o'zgarib borgan. Bunday o'zgarishlar shahar tarixini yoritishda alohida ahamiyat kasb etadi. Har bir tarixiy davrda o'ziga xos tarixiy toponimik qiyofasi yaratilgan. Masalan, XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Toshkent hududi kengaygan va uning hududida yangi turdagi joy nomlari paydo bo'lgan. Bunday holat 1967 -yilga to'g'ri keladi. Toshkent Turkiston general-gubernatorligining markaziga aylantirilgani bilan bog'liq. Mazkur davrda Anhor arig'idan Salor kanaligacha bo'lgan yerlarda yevropalik aholi uchun yangi shahar bunyod etilib, unda radial-halqa tizimida ko'chalar o'tkazilgan, aholining turar joylari bilan birga turli muassasalar uchun binolar qurilgan. Ularga yevropacha (asosan, ruscha) nomlar berilgan. Ayni vaqtda Toshkentning Eski shahar qismida ham yangi muassasalar tashkil topib, ba'zi ko'chalarga nomlarberilgan. Shahar hayotida kechgan o'zgarishlar, undagi joy nomlari sonining ortib, ba'zan o'zgarib borishiga olib kelgan. Mazkur davr shaharning o'zigaxos tarixiy rivojlanish bosqichini tashkil qiladi va undagi toponimlarni alohida tadqiqot sifatida o'rganish ilmiy va amaliy ahamiyatga ega.

Toshkent Chirchiq daryosining sohilida joylashgan qadimiy shaharlardan biri bo'lib, ikki ming yil oldin vujudga kelgan. Toshkent shahri O'rta Osiyoning janubiy darvozasi hisoblangan. Toshkent shahri V-VIII asrlarda Shoshkent, Binkent, Shosh, Choch, deb nomlangan. Shuningdek, siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy o'zgarishlar o'z ta'sirini ko'rsatgan. Shuning uchun Toshkent shahri tarixiy toponimiyasini ilmiy o'rganish ancha ilgari boshlangan va yuz yildan ortiq davrni o'z ichiga oladi.

Toshkent shahrini siyosiy tarixida o'zgarishlarini hisobga olib uch bosqichga bo'lish mumkin. Bu davrlardagi o'zgarishlar shahar toponimiyasida o'z ifodasini topgan. Birinchisi XIX asr ikkinchi yarmi - XX asr boshlariga to'g'ri kelsa,

6 KapHMOB H.A. TapnxHH xoTHpacH3 Ke^a^aK Hyrç. - T.: fflaprç, 1998. - 9 6.

1004

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 11

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

ikkinchisi sovet davri to'g'ri keladi, shuningdek, uchinchisi 1991-yil mustaqillikdan keyingi davri o'z ichiga oladi.

Bunday jarayonni o'rganishga vazifalar qo'yildi. O'rganishlar jarayonida Toshkentning XIX asrdagi qiyofasi, undagi ma'muriy-hududiy bo'linmalar, qurilmalar, tabiiy ob'ektlar va ularning nomlanishi haqida ko'p manbalarda uchratish mumkin. Siyosiy o'zgarishlar natijasida undagi joy nomlariga ham ta'sir ko'rsadi. Shahar hududining kengayishi, yangi tumanlarning tuzilishi, yangi ko'chalarning paydo bo'lishi natijasida yangi toponimlar paydo bo'ldi. Bu davrda Toshkent shahri tarixiga qiziqish kuchaydi, turli yo'nalishlarda - arxeologik, topografik, toponimik ilmiy-tadqiqot ishlari amalga oshirila boshlandi. Misol uchun N.G.Mallitskiyning maqolasida7 1920-yillardagi shaharning mahalla va mavzelari ro'yxati berilgan va bu hozir ham Toshkent tarixi, ayniqsa uning toponimiyasi bo'yicha muhim manba sanaladi.

Toshkent shahrining tarixiy toponimiyasiga bevosita daxldor tadqiqotlar jumlasiga H. Hasanovning "O'rta Osiyo joy nomlari tarixidan"8 nomli kitobini kiritish mumkin. Uning "Toshkent bo'ylab sayohat" bobida "Toshkent" toponimining kelib chiqishi haqida aytilgan fikrlar bayon etilgan, ayrim toponimlar tasnif qilinib, shahar mikrotoponimiyasi - mahalla, ko'cha, maydon, guzar, ko'prik, mavzelar nomlarini tartibga solish to'g'risida takliflar ilgari surilgan; shuningdek, shahardagi ko'xna nomlar - Chorsu, Xadra, Anhor, Beshog'och, Darxon, Jangob kabilar xususida mulohaza yuritilgan. Misol uchun: "Chorsu" - ko'chalar kesishgan joy. Odatda Chorsu shahar markazi bo'lib, o'sha yerdan asosiy ko'chalar boshlangan. Shundan turkiy tillarda "chorsu" so'zidan "bozor", "chorsuvchi-baqqol" degan ma'nolar yasalgan. Toshkentning Chorsusi shunday joy edi. "Eski Juva" - xon arkining chekkasida bo'lib, harbiy aslahalar (sovut, qalqon, qilich, nayza kabilarning - bular "jo'ba", talaffuzda "jo'va" deb yuritilgan) ombori jo'vaxona edi. Umuman juva (jo'ba) bozor degan ma'noni anglatadi. "Xadra" - xon o'rdasining chegarasidagi yo'l - "haddi roh" so'zlaridan hosil bo'lgan. Salor arig'i - shu ariqni sipoh salor, ya'ni bosh qo'mondon qazdirganidan dalolat beradi. "Anhor" arabcha "nahr" (daryo) so'zining ko'plik shakli bo'lib, Toshkentda ariq, kanal ma'nosida ishlatiladi. "Jangob" - XVIII asr oxirida Toshkent dahalari o'rtasida bo'lgan janglarning yodgorligi. Beshog'och - "beshinchi yog'och", ya'ni beshinchi stansiya ma'nosidandir. Yog'och - masofa o'lchovi, tosh, farsang qatorida, taxminan, 7-8 km. Bu ehtimol, Eski Toshkentdan hisoblaganda beshinchi karvonsaroy bo'lgandir.

7 M&ra^KHH H.r. TamKemcKHe MaxaflflH...- c.112-121.

8 X,acaHOB X,. Ypra Ocne ®oh HOM^apn..., yma acap. - 33-34 6.

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 11

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

"Darxon" - soliqdan ozod qilingan joylar. H.Hasanovning tadqiqotida keltirilgan joy nomlari etimologiyasida shaharning rel'efi, ijtimoiy-iqtisodiy, ma'muriy, etnik holati, siyosiy tarixi, madaniyati aks etgan.

Shuningdek, Toshkent shahri tarixiy toponimlari haqida A.O'rinboyev va O.Bo'riyevlarning "Toshkent Muhammad Solih tavsifida"9 nomli risolada ham ma'lumot bor. Unda Muhammad Solihning "Tarixi jadidayi Toshkand" asarida ko'rsatilgan shahar topografiyasi, shahar atrofidagi joylar geografiyasiga oid ma'lumotlar keltirilgan. Shaharning to'rt dahasi, madrasa, masjid, mahallalari, qabriston va maqbaralari, hammomlari, bozorlari, shuningdek, shahar devorlari, qo'rg'onlari va o'n ikki darvozasi haqida yozilgan. Jumladan: 1. Qiyot darvozasi -qiyot qabilasi nomidan, qadimda Parkent darvozasi deb atalgan. 2. Turklar darvozasi - turkt qabilasi nomidan. 3. O'zbek darvozasi - o'zbek qabilasi nomidan. 4. Taxtapul darvozasi. 5. Qorasaroy darvozasi - qorasaroy qabilasi nomidan. 6. Chig'atoy darvozasi - Chingizxon avlodidan bo'lmish Chig'atoy ulusi nomidan. 7. Su'boniyon darvozasi - bu ham qabila nomidandir. 8. Ko'kcha darvozasi - bu ham qabila nomidandir. 9. Kamondaron darvozasi - kamondaronlar buzuq qabilasidan bir toifaga mansub. 10. Qang'li darvozasi - bir qabilaning nomidan. 11. Beshog'och darvozasi - bu ham qabila nomidan. 12. Qatag'on darvozasi -qatog'on qabilasi nomidan. Muhammad Solihning yozishicha bu darvozalar Sohibqiron Amir Temur tomonidan qurdirilgan bo'lib, nomlar o'sha paytda berilgan10.

XULOSA

Xulosa o'rnida shuni aytish lozimki, O'zbekiston Respubliksida ta'lim dargohlarida o'quvchilarga tarixni o'rganishga bo'lgan qiziqishini orttirish hamda davlatimiz tarixiga oid bo'lgan bilimlarini rivojlantirish, boyitish va kelajak avlodga yetkazish lozim. Fanining, nazariy va amaliy tomonlari, predmetlari, fanlar ichida tutgan o'rni va geografik nomlarni ilmiy tadqiq etish usullarini o'rganish hamda ilmiy ishlar olib borish lozim. Yosh avlodga geografik nomlarni tasniflash tamoyillari va mezonlari chuqur o'rganish va yosh avlodga tariximiz haqida bilimlarni yetkazish lozim. Boshlang'ich bilimlar bilan birga geografik nomlarning yasalishi, grammatik tuzilishi, imlosi, transformatsiyasi, etimologiyasi, geografik obektlarni nomlashning asosiy qoidalarini va geografik terminlarni chuqur o'rganish lozim. Shuningdek, ta'lim tizimida geografik nomlarni o'rgatish usullari, o'qitish jarayonida va o'qishdan tashqari vaqtlarda ta'lim

9 YpHHÖoeB A., EypueB O. TomKeHT My^aMMag co^h^..., yma acap. - 56 6.

10 Yma acap. - 19 6.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

jarayonida mahalliy geografik nomlami o'rganish hamda joy nomlarining o'quvchilar vatanparvar, ma'naviy va ahloqiy tarbiyasidagi ahamiyati juda katta ahamiyat kasb etadi.

REFERENCES

1. Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo'q. - T.: Sharq, 1998 y. - 9 b.

2. Karimov I. O'zbekistonning o'z istiqlol va taraqqiyot yo'li. - T.: O'zbekiston, 1992 y. - 71 b.

3. Ahmadaliyev Y. Toponimika va geografik terminshunoslik.- F.: 2018 y. - 10 b.

4. Navro'zov R.M. Harbiy topografiya. - T.: 2015 y. - 4 b.

5. Hasanov H. Yer tili O'qituvchi. - T.: 1977 y. - 4 b.

6. Mallitskiy N.G. Tashkentskiy maxallya. - T.: 112 - 121 b.

7. Hasanov H. O'rta Osiyo joy nomlari. - T.: 33 - 34 b.

8. O'rinboyev A., Bo'riyev O., Muhammad Solih.- T.: - 56 b.

9. Бахронова Д., Абдурахматова Н. Испан ва узбек тилларига узлашган неологизмларнинг тарихий-семантик таджики/ Молодой ученый, 2021. https: //moluch.ru/archive/394/87140/

10. Nizomov A., Rahimova G., Rasulova N., Toponimika. O'quv qo 'llanma. - T.: 2013 y. - 1 - 50 b.

11. Dadaboyev Kh., Bakhronova D. La formación lingüística de los términos de defensa y de ingeniería en la lengua uzbeka

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.