Научная статья на тему 'O‘ZLASHGAN O‘ZBЕK ISMLARINING LЕKSIK-SЕMANTIK MUAMMОLARI'

O‘ZLASHGAN O‘ZBЕK ISMLARINING LЕKSIK-SЕMANTIK MUAMMОLARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
170
13
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
leksika / semantic tahlil / o’zlashgan ismlar / o’zbek ismlari. / lexicon / semantic analysis / adopted names / Uzbek names.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Kadirоva, Xurshida Batirоvna

Mazkur tadqiqot jarayonida o’zbek ismlarining leksik-semantik xususiyatlari o’zaro tahlil qilib o’tildi. Ma’lumki, har bir tug‘ilgan shaxs dastlab rasmiy individual nоminativ bеlgini – shaxsiy ismni оladi. Turli xalqlar оrasida turli davrlarda shaxsning nоmlanishi, ismlarning qo‘yilishi bilan bоg‘liq urf-оdat va an’analar hamisha o‘ziga xоs bo‘lgan. Shu ma’nоda shaxs nоmlari avval faylasuflarning, kеyin esa tilshunоslarning diqqat оbyеktiga aylanadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

LEXICAL-SEMANTIC PROBLEMS OF UZBEKI NAMES

In the course of this research, the lexical-semantic features of Uzbek names were analyzed. It is known that every born person first receives an official individual nominative sign a personal name. Among different peoples, customs and traditions related to the naming of a person and giving names have always been unique. In this sense, personal names first become the object of attention of philosophers, and then of linguists.

Текст научной работы на тему «O‘ZLASHGAN O‘ZBЕK ISMLARINING LЕKSIK-SЕMANTIK MUAMMОLARI»

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1), Jan., 2023

O'ZLASHGAN O'ZBEK ISMLARINING LEKSIK-SEMANTIK

MUAMMOLARI

Kadirova Xurshida Batirovna

Alishег Navoiy nomidagi Toshkеnt davlat o'zbеk tili va adabiyoti ишуегейей, O'zbеk tili ta'limi fakultеti, o'zga tilli guгuhlaгda o'zbеk tili ta'limi kafеdгasi dotsеnti,

filologiya fanlaгi nomzodi

Mazkur tadqiqot jarayonida o'zbek ismlarining leksik-semantik xususiyatlari o 'zaro tahlil qilib o'tildi. Ma 'lumki, har bir tug'ilgan shaxs dastlab rasmiy individual nominativ belgini - shaxsiy ismni oladi. Turli xalqlar orasida turli davrlarda shaxsning nomlanishi, ismlarning qo'yilishi bilan bog'liq urf-odat va an'analar hamisha o 'ziga xos bo 'lgan. Shu ma 'noda shaxs nomlari avval faylasuflarning, keyin esa tilshunoslarning diqqat obyektiga aylanadi.

Kalit so'zlar: leksika, semantic tahlil, o'zlashgan ismlar, o'zbek ismlari.

In the course of this research, the lexical-semantic features of Uzbek names were analyzed. It is known that every born person first receives an official individual nominative sign - a personal name. Among different peoples, customs and traditions related to the naming of a person and giving names have always been unique. In this sense, personal names first become the object of attention of philosophers, and then of linguists.

Key words: lexicon, semantic analysis, adopted names, Uzbek names.

Bugungi kunda esa inson hayotining hamrohi bo'lib qolgan nominal so'zning paydo bo'lish sabablari, shakllanish bosqichlari, tarqalish, maqsad-muddaosini o'rganuvchi tilshunoslar, tarixchilar, adabiyotshunoslar, psixologlar, etnograflar, geograflar har bir ismning o'ziga xos talqinini e'tirof etmoqdalar1.

Odamlarga nom berishning rasmiy va norasmiy shakllarini farqlash kerak, -deyiladi '^opM^oBaH^ имен и фамилий у различных нарoдoв, прoживающих на территории Крыма" deb nomlanuvchi maqolada. Unda rus tilida ismlarning deyarli barcha shakllari, xususan cherkov, dunyoviy ismlar variatsiyalashgani xususida so'z boradi va bu shakldoshlik qadimda, cherkovda suvga cho'mish paytida, bolaning ismi ro'yxatga olish kitobida qayd etilganligi: odatda bu cherkovda mavjud

1 Картышкина В.М. ЛИЧНОЕ ИМЯ В ИСТОРИЧЕСКОМ ЯЗЫКОЗНАНИИ // Международный журнал экспериментального образования. - 2014. - № 6-2. - С. 144-145; URL: https://expeducaüon.ru/ru/artideMew?id=5265

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

KIRISH

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

bo'lgan taqvim yoki boshqa xizmat kitobining imlosiga rioya qilinganligi qayd etiladi. Metrik yoki tug'ilganlik to'g'risidagi guvohnomani olayotganda, ism yozma nutq me'yorlariga rioya qilinmagan, ko'pincha ota-onalar so'raganidek yoki kotib zarur deb hisoblagan tarzda yozilavergan. Sababi Cherkov kitobi va metrikadagi nom yozuvlari o'rtasidagi nomuvofiqlik jiddiy huquqiy ahamiyatga ega emas edi; ustivor variant cherkovniki edi.2

MUHOKAMA VA NATIJALAR

O'zbek ismlarida ham variatsiya mavjud bo'lib, bu asosan o'zlashgan nomlarda o'z aksini topadi. Fonetik meeyorlarning buzilishi nurq apparatining genetik tuzilishi, noto'g'ri rivojlanishi, ijtimoiy kommunikativ muhit kabi omillar bilan bog'liq bo'lgani uchun (1-rasm) sodir bo'ladi desak mubolag'a bo'lmaydi. Natijada boshqa leksik birliklar qatorida ismlarda ham manodoshlik yuzaga keladi.

1-pacM

O'zbek ismlarining aksariti islom madaniyati bilan kirib kelgan arab nutqiga xos bo'lgani uchun bo'g'iz undoshdari bilan bog'liq tovushlarda yanglishlar ko'zga tashlanadi. Xususan X bilan H tovushlarini hanuzga qadar farqlash mezonlari o'rta-maxsus va oliy ta'limda ishlab chiqilmagan va buning yechimi faqat yod olish bo'lib qolmoqda. Zero, bu harflarning ishtirokidagi leksik birliklar ko'pincha yo forsiy tildan, yo arab tiliga xosligini faqat tilshunoslargina biladi. Oqibatda oddiy odam Xurshida ismini Hurshida tarzida ifoda etadi va shu shaklda yozadi. Vaholangki, bu ism fors tilidan olingan "quyosh" ma'nosini bildirishini tasavvur ham qilmaydi. Uning bo'g'iz undoshida aylanishi natijasida semantikaga putur yetadi.

Odamlarning nomlari xalqlar tarixining bir qismidir. Ularda xalqlarning turmush tarzi, e'tiqodi, intilishlari, fantaziyasi va badiiy ijodi, tarixiy aloqalari o'z aksini

2 Аблитарова, Л. Э. Формирование имен и фамилий у различных народов, проживающих на территории Крыма / Л. Э. Аблитарова. — Текст : непосредственный // Современная филология : материалы IV Междунар. науч. конф. (г. Уфа, март 2015 г.). — Уфа: Лето, 2015. — С. 19-21. — URL: https://moluch.ru/conf/phil/archive/137/7511/

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

topgan.3 O'zbek millatining aziz avliyola^ payg'ambarlarga ixlosi o'laraq shaxs nomlaгini tanlash mental xususiyatidandiï. Bunda Xizг пош1 bilan bog'liq ismlami ham fonetik o'zgaгishga uchragan vaгiatsiyalaгi bilan bog'liq misol tariqasida keltiгish mumkin. Ma'lumki Z fonemasi - til oldi dental, siïhaluvchi jarangli, shovqinli undosh, S ning jarangli jufti. U o'zbek tilida so'zning boshida, o'гtasida va oxirida kela oladi.4 Biгoq bu tovush qadimgi ta^iy til uchun xos bo'lmaganligi va so'z boshida hech qachon qo'llanilmaganligi nutq a'zolarining iïqlik xususiyatlaгidan kelib chiqib Z ning D tarnda talaffuz tilishi ko'p yillaг davom etgan (Aziz - Adiz). Shu sababli, "Xizf'ning variatsiyasi paydo bo'lib Xidг ^ Xidñ shakliga kelib qolgan va u o'zbek ismlari lug'atidan joy olgan.

Xidirmuhammad (ar.) — Xidir (Xizr) va Muhammad (s.a.v.) o'z panohida asrasin

Xidirmurod (ar.) — Xidir (Xizr) yetkazgan, erishtirgan, orzu, armon.

Xidirnazar (ar.) — Xizr iltifot qilib, nazari tushib erishilgan bola. Xizr nazar qilgan umri uzoq va badavlat bola.

Xidirniyoz (ar.-f.) — Xizrdan o'tinib so'rib olingan bola yoki Xizrning tuhfasi, ehsoni.

Xidirnur (ar.) — Xizrning mehru shafqatiga sazovor bola, Xizrning qudrati, nuri bilan tug'ilgan bola.

Xidirqul (ar.-o 'z.) — Xizr payg'ambarning ko'magiga muhtoj, uning xizmatkori, quli bo'lgan bola.

Bu ismlarning birortasida ham na imlo jihatdan, na leksik jihatdan o'zbek til

muvofiq ekanligini ko'rish mumkin. Zero, Xidir shaxs nomi hech qanday semaga ega emas va u Xizr nomi balan bog'langan taqdirda ham, mazkur shaxsni ilohiylashtirish, yaratuvchiga (o'z panohida asragulik, yetkazganlik, ehson qilganlik, uni qudrati ila bolaning dunyoga kelganligi darajasida) tenglashtirish ham islom, ham (shaxsga sig'inish singari) dunyoviy ta'limotga to'g'ri kelmaydi.

Qadimiy slovyan shaxs nomlari rus yozma yodgorliklarida keng qo'llanilganligi qayd etiladi. Bugungi kunda ruscha ism deb tan olinuvchi Горд, Дружина, Мал, Неудача, Тишина, Черныш, Голуба, Лебедь, Милава, Несмеяна ismlari shular jumlasidan. Ismlar fondi urf-odatlar va slovyan e'tiqodlaridan mustasno holatda

3 Былкова, С. В. Из истории происхождения отечественных имён собственных / С. В. Былкова, В. А. Крат, Ю. Н. Носова. — Текст: непосредственный // Современная филология: материалы IV Междунар. науч. конф. (г. Уфа, март 2015 г.). — Уфа: Лето, 2015. — С. 28-31. — URL: https://moluch.ru/conf/phil/archive/137/7425/

4 Jamolxonov H. Hozirgi o'zbek adabiy tili. - Toshkent: Talqin, - 2005. B.66

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

chegarasiz bo'lgan.5 Bu ismlar orasida ayrim nomukammalHklar kuzatilar ekan, shaxs ismlaridagi leksik-semantik muammo faqat o'zbek tilida esmasligi ayonlashadi. O'zbeklar ham ism qo'yishda xol bilan tug'ilsa "xol" semasi bilan bog'liq, nori bilan tug'ilsa "nor" semasi bilan bog'liq qo'shimcha sifat beruvchi shakllarni qo'shib chaqirish urf bo'lgan. Lekin bu sifatlar ismlar sifatida emas, oila yoki tanish-bilishlar orasida qo'llaniluvchi o'ziga xos laqab yoki taxallus singari qabul qilinishi lozim.

Xoldorali (f.-ar.) — badanida xoli bor o'g'ilni Ali o'z panohida asrasin yoki Alining ismi berilgan xolli bola.

Xolmuhammad (f.-ar.) - xolli bo'lib tug'ilgan bolani Muhammad (s.a.v.) oxiratda shafoat qüsinlar.

Xoldon f.) — xol bilan tug'ilgan qiz, xoldor qiz yoki qar. Xoldono.

Xolrahmon (f.-ar.) — Rahmon (qar.), ya'ni Alloh bergan xolli bola.

Zero, shaxs nomlari quyidagi turlarga bo'linadi: ismlar, patronimlar (ota ismi yoki ota avlodga tegishli nom), familiya (sharif), urug'ni anglatuvchi ismlar (mir, amir, xon, said), laqab, taxallus, kriptonim (yashirin ism) va h.k. Ismlarga qo'yiladigan talab barchasidan ustivor va qat'iy. Farzand tug'ilavergach, boshqa tug'ilmasin deb To'xta; hadeb qiz farzand tug'ilavergach navbatdagisi o'g'ib bo'lsin deb Xotima ismini qo'yish orqali shahsga o'chmas tamg'a qo'yish bilan masala hal bo'lmasligini xalq tushunib yetishi kerak.

Bundan tashqari ayrim ma'nolari o'zgargan, yoki muayyan darajada yo'qolgan leksik birliklar mavjudki ular kishi nomlari bo'lib jamiyat ichida yashaydi. Jumladan,

Xilvat (ar.) - yolg'iz, yagona; kimsasiz, ibodat joyi.

Xilvatali (ar.) - Aliga tavof qilish joyi, Aliga sig'inuvchi.

Xirojxon (ar.) - qarzga, xirojga berilgan qiz.

Xorkash (f.) - yontoq, o'tin temvchi, chaqaloqni yomon ko'zlaráan asrash uchun shunday nom beriladi.

Xumor (ar.) — orzu, armon qilib, mushtoq bo'lib yurib erishilgan qiz. Shakllari: Xumorjon, Xumorbibi, Xumoroy, Xumorgul, Xumorxon.

Xushket (f.-o 'z.) - kasallik yaxshilik bilan arisin (ketsin), uzoq umrli bo'lsin.

5 Картышкина В.М. ЛИЧНОЕ ИМЯ В ИСТОРИЧЕСКОМ ЯЗЫКОЗНАНИИ // Международный журнал экспериментального образования. - 2014. - № 6-2. - С. 144-145; URL: https://expeducaüon.ru/ru/artide/view?id=5265

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1), Jan., 2023

Ismlaming leksik-semantik ma'nosi idrok bilan bog'liq bo'lib, qabul qiluvchi, ifoda etuvchi, tinglovchining psixologik yoki ma'naviy tafakkuri laboratoriyasida qanday jarayonlarni o'tashi va kommunikatsiyada qanday ta'sir o'tkazishi noma'lum bo'ladi. Ismlarning kayfiyat baxsh etishi ham sir emas. Shunday ekan, negativ semalik ismlardan, nomaqbul shakllardan voz kechish muhim ahamiyat kasb etadi.

Masalan Muhammad ismi bilan bog'liq shakllar, ya'ni variatsiyalar "M" harfi bilan boshlanuvchi ismning 17% i tashkil qiladi (2-rasm). Mavjud 2077 ta ismdan 435 tasi Muhammad atamasining shakllaridan iborat (3-rasm). Bular: Mad bilan boshlanuvchi ism - 42 ta Mahamat bilan boshlanuvchi ism - 5 ta Mahmad bilan boshlanuvchi ism - 9 ta Mahma bilan boshlanuvchi ism - 6 ta Mahmat bilan boshlanuvchi ism - 1 ta Mamad bilan boshlanuvchi ism - 20 ta Mama bilan boshlanuvchi ism - 55 ta Maman bilan boshlanuvchi ism - 5 ta Mamat bilan boshlanuvchi ism - 35 ta Ma bilan boshlanuvchi ism - 2 ta Mat bilan boshlanuvchi ism - 46 ta

2-pacM

83%

boshqa ismlar ■ muhammad ismi bilan bog'liq ismiar

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

Muhammad bilan boshlanuvchi ism - 209 ta

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, ismlardagi leksik-semantik shakllarni kengayib ketishini oldini olish, o'zlashgan ismlarning fonetik xususiyatlarini tadqiq etish va ommaga taqdim etish muhim masala hisoblanadi. Har bir millatning o'ziga xos jihatlari bo'lgani kabi ismlari ham ajralib turishi muhim ijtimoiy, siyosiy, madaniy masaladir. Zero, bu masala jahon tilshunosligida ancha jadal tus olib, arman, gruzin, nemis, rus, tatar, qoziq, yapon, xitoy, tojik yoki arab singari millatlarning kishisini uning ismi orqali tanish, ularning orfografik, grammatik, etimologik xususiyatlari o'ziga xos bo'lib, ularni to'g'ri yozish va ifoda etishga intilish kamolotga etgan.6 Zero, ismlarga berilgan izohlar nomning semasi bilan muvofiq bo'lishi, niyatl va maqsadlar hamohang bo'lishi tinglovchi uchun ham, ism egasi uchun ham birdek manfaatlidir. Masalan, Xafs ismiga uch xil ta'rif beriladi: 1. (ar.) arslon, yo'lbars; 2. (f.) xafz - past, tuban, yomon; 3. (ar) hafs - savat.7 Izohlarning qaysi biri kishining haqiqiy ismi ekanligi o'zi hamda ism qo'yuvchiga ma'lum bo'lib, nutqda, munosabatda turli ma'no kasb etishi muqarrar. Ismlar kishining jamiyatdagi mavqei, kelajaganining yaxshi yoki yomon tomonga o'zgarishini ta'minlovchi eng muhim omil hisoblanadi. U qaysi tilgan olingan bo'lmasin eshitilishi yoqimli, idrok

6 Kadirova X.B. O'zbek ismlarning leksikologik, leksikografik va lingvokulturologik muamolari//Ta'lim fidoyilari. Respublika ilmiy-uslubiy jurnal - 2022. https://zenodo.Org/record/7352033#.Y39iIZZBvUk

7 EemaroB Э. Y36eK HCM^apn. - TomKeHr: Y36eKHCTOH mhUHH энцнкroпeдннсн. 1998.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1), Jan., 2023

etilishi qulay bo'lishi kerak.8 Shunday ekan, ayniqsa o'zlashgan ismlami qo'yishdan avval filologik xizmatdan foydalanish o'rinli.

REFERENCES

1. Jamolxonov H. Hozirgi o'zbek adabiy tili. - Toshkent: Talqin, - 2005.

2. Kadirova, X. B. (2022). O 'ZBEK ISMLARNING LEKSIKOLOGIK, LEKSIKOGRAFIK VA LINGVOKULTUROLOGIK MUAMOLARI. Ta 'lim fidoyilari, 4, 100-104.

3. Kadirova, X. (2022). O'ZBEK ISMLARIDA EVFEMIZATSIYA VA UNING DISFEMIZATSIYALASHUVIGA OID MUAMMOLAR. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10), 808-819.

4. Аблитарова, Л. Э. (2015). Формирование имен и фамилий у различных народов, проживающих на территории Крыма. In Современная филология (pp.

5. Бегматов Э. Узбек исмлари. - Тошкент: Узбекистон миллий энциклопедияси. 1998.

6. Былкова, С. В. Из истории происхождения отечественных имён собственных / С. В. Былкова, В. А. Крат, Ю. Н. Носова. — Текст: непосредственный // Современная филология: материалы IV Междунар. науч. конф. (г. Уфа, март 2015 г.). — Уфа: Лето, 2015. — С. 28-31. — URL: https: //moluch.ru/conf/phil/archive/137/7425/

7. Картышкина В.М. ЛИЧНОЕ ИМЯ В ИСТОРИЧЕСКОМ ЯЗЫКОЗНАНИИ // Международный журнал экспериментального образования. - 2014. - № 6-2. -С. 144-145; URL: https://expeducation.ru/ru/article/view?id=5265

19-21).

8 Kadirova X.B. O'zbek ismlarida evfemizatsiya va uning disfemizatsiyalashuviga oid muammolar. // Oriental renaissance: innovative, educational, natural and social sciences scientific journal. Volume 2, ISSUE 10. Impact Factor: 5.947. ASI Factor = 1.7 October. 2022. https://oriens.uz/media/iournalarticles/111 Xurshida Kadirova 808-819.pdf

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.