Научная статья на тему 'O‘ZBEK VA TURK TILLARIDA ANTROPONIMLARNING MOTIVLANISH ASOSLARI (HAYVONLAR BILAN BOG‘LIQ KISHI ISMLARI MISOLIDA)'

O‘ZBEK VA TURK TILLARIDA ANTROPONIMLARNING MOTIVLANISH ASOSLARI (HAYVONLAR BILAN BOG‘LIQ KISHI ISMLARI MISOLIDA) Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
284
20
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
onomastika / nominativ / kishi ismlari / motivlar / totem

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Avezova Anajon Ko‘Paysin Qizi

Ushbu maqolada o‘zbek va turk tillaridagi jonivorlar motivi bilan bog‘liq kishi ismlari qiyosiy tahlilga tortilgan. Shuningdek, har ikkala tildagi umumiy va xususiy antroponimlar tadqiq qilinadi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEK VA TURK TILLARIDA ANTROPONIMLARNING MOTIVLANISH ASOSLARI (HAYVONLAR BILAN BOG‘LIQ KISHI ISMLARI MISOLIDA)»

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun

O'ZBEK VA TURK TILLARIDA ANTROPONIMLARNING MOTIVLANISH ASOSLARI (HAYVONLAR BILAN BOG'LIQ KISHI ISMLARI MISOLIDA)

Avezova Anajon Ko'paysin qizi

O'zbekiston Milliy universiteti O'zbek filologiyasi fakulteti 2-kurs magistranti, Avezovaanajon9309@mail.ru, +998938123236 https://doi.org/10.5281/zenodo.7992827

Annotatsiya. Ushbu maqolada o'zbek va turk tillaridagi jonivorlar motivi bilan bog'liq kishi ismlari qiyosiy tahlilga tortilgan. Shuningdek, har ikkala tildagi umumiy va xususiy antroponimlar tadqiq qilinadi

Kalit so'zlar: onomastika, nominativ, kishi ismlari, motivlar, totem.

Kirish. Antroponim onomastika o'rganadigan o'n to'qqiz turdagi atoqli otlardan biridir. Yillar davomida onomastikaga bag'ishlangan barcha tadqiqotlarda antroponimlar haqida ham so'z borgan. Turli tadqiqotlarda antroponimlarning kelib chiqishi sabablari va ularning ma'nolarga oid fikrlar bildirilgan bo'lsada, alohida fan sifatida antroponimika onomastikadan 60-70-yillarda ajralib chiqqan. XX asrning 60-yillarigacha esa bir qator muammolar har tomonlama ko'rib chiqilgan.

Ma'lumki, antroponim (yunoncha: antropos - antropos + onoma-atoqli ot) - kishi atoqli oti (ism, familiya, laqab, taxallus va boshqalar). Atoqli ot tiplaridan biri. Ma'lum bir tilda mavjud bo'lgan barcha kishi atoqli otlari majmuyi, fondi antroponimiya deb yuritiladi. Antroponimika yoki ismshunoslik esa onomastika (nomshunoslik)ning kishi atoqli otlari (antroponimlar)ning paydo bo'lishi, rivoji va vazifaviy xususiyatlarini o'rganuvchi bo'limidir. Har bir tilda lug'at boyligining salmoqli qismini antroponimlar tashkil qiladi. Shuning natijasida kundalik nutqimizda eng ko'p kishi ismlariga murojaat qilamiz. Ular inson hayotining ajralmas bir bo'lagini tashkil qilib, psixologiyamizga samarali ta'sir ko'rsatadi. Jahon psixolog olimlarining tadqiqotlarida aytilishicha kishi umri davomida eng ko'p o'zining ismini eshitar ekan. Shuning uchun qadimdan bolaga ism qo'yish jarayoni alohida ahamiyatga ega bo'lib kelmoqda.

Keyingi yillarda o'zbek va turk xalqlari orasida iqtisodiy munosabatlar bilan bir qatorda madaniy aloqalar ham rivojlanadi. O'zbek tilini boshqa turkiy tillar bilan qiyosiy o'rganish umumiy madaniyatimizni jonlantirishga xizmat qiladi. Tarixga nazar solsak turkiy xalqlarning hayotida farzandga ism qo'yish muhum masalalardan biri deb hisoblangan.

Muhokama va natijalar. Motivatsiya lisoniy va nolisoniy omillar uyg'unligi hamda mushtarakligini o'zida aks ettiradigan murakkab jarayondir. Bu jarayonda o'zbek va turk xalqining uzoq tarixga ega milliy mentalitetini, umumbashariy va o'zigagina xos xususiyatlarini hisobga olish zarur. Ismlar turli ma'nolarni ifodalb keladi va har xil maqsadlarni ko'zlagan holda tanlanadi. Ba'zi ismlar chiroyli tafsiflash mazmuniga ega.

Ism o'z egasini tanib olish imkonini beruvchi va boshqa shaxslardan ajralib turadigan eng ko'zga ko'ringan belgidir. Shunga ko'ra, inson hayotida eng ko'p eshitadigan so'z - bu uning ismi. Shu sababdan har kim o'z ismining go'zal bo'lishini istaydi va buning natijasida o'z ismining ma'nosini qabul qilib, psixologik yengillikka erishadi. Darhaqiqat, insonning ismni o'zlashtirib olishi, tabiiy motiv bilan o'zlashtirishi ham buni tasdiqlaydi. Chunonchi, uning ismi jasoratni ifodalasa, shu ma'no bilan o'tirib tursa, o'sha ismga muvofiq harakat qilishni orzu qiladi, ong ostiga jasoratni joylashtiradi; U solihlikni ifoda etsa-da, u doimo yaxshi bo'lishga

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun

intiladi. Jamiyatning kutayotgani ham shu yo'nalishda. Masalan, o'z nomiga ko'ra harakat qiladigan kishi yoki o'z nomiga muvofiq inson.

Turkiy xalqlarda farzand kutayotgan oilalar alohida hayojon va ruhiy -ma'naviy jarayonni boshidan kechiradi va bu holatlar tug'iladigan bolaga ism tanlashda turli motivlarni keltirib chiqaradi.( Aksan, Dogan,2003,s.115)

Hayvon nomining qadimdan odam nomi sifatida qo'llanilishiga sabab hayvonlardan qo'rqish, ularning muqaddasligi, o'zi nom olgan hayvonning xususiyatlarini olishga, ulardek kuchli bo'lishga intilishdir.

Turklar va o'zbeklarda narsalarga, hayvonlarga, o'simliklar; ular muqaddas deb bilgan tog'lar, daryolar, ko'llar va hokazolarning ismlarini bolalariga berishi holatlarini kuzatish mumkin. Bu o'rinda turkiy xalqlarning qadimda e'tiqod qilgan shomanizm dinining ta'sirini ko'rish mumkin. Turklarda osmon xudosiga e'tiqod ta'sirida muqaddas sanalgan bunday nomlar berilganligi ma'lum (Erol, 1989,s 96).

Nominativ, ya'ni shaxsni nomlash, atash turli omillarga borib taqaladi. Jumladan, milliy etnografik an'ana va udumlar, ishonch, tasavvurlar hamda estetik motivlar (bolaga chiroyli ism tanlash, ya'ni ismni go'zallik jihatidan baholash), shuningdek, axloqiy-tarbiyaviy motivlar, ya'ni bolaga u kelajakda axloqiy jihatdan yetuk, komil inson bo'lishini tilash tushunchasini ifodalovchi ism tanlash. Diniy motivlar ham jamiyat hayotida alohida o'rin egallaydi. Bu motiv ma'lum tarixiy sharoit sababli o'zgarishlarga uchragan bo'lsa-da, uning asosiy mazmuni diniy e'tiqod hisoblanadi.(EerMeTOB Э, 1965, 28-6eT)

Yuqoridagi motivlar turkiy xalqlar ismlarining paydo bo'lishi, ismlar fondining shakllanishi va boyishida asosiy omillik bo'lib xizmat qilgan va bugungi kunda an'anaviy fond sifatida iste'molda bo'lishini ta'minlab kelmoqda. Bu yo'nalishda kishi ismlariga ma'no jihatidan qaraydigan bo'lsak, berilgan bu nomlar orasida asosan yirtqich qushlar, ovchi va qo'shiqchi qushlar mavjud. Bulardan keyin bo'ri, sher, ot, tuya nomlari keladi. Shunisi e'tiborga loyiqki, bu shaxs ismlarining katta qismi erkak ismlari bo'lib, ular kuchli, yovvoyi, yirtqich hayvon nomlaridir. Hayvonlarning nomlari odatda ayollarga kuchli va vahshiyligi uchun emas, balki go'zal va jozibali bo'lishi uchun beriladi. Shunga qaramay, raqamli ma'lumotlarni ko'rib chiqsak, erkak va ayol nomlari sifatida ishlatiladigan hayvon nomlarining eng keng tarqalgani qush nomlaridir. Ammo, erkak va ayol ismlarini bir-biridan ajratib turuvchi xususiyat shundaki, erkak ismlari yirtqich qushlar, ayol ismlari esa o'zining go'zalligi bilan ajralib turadigan qushlardir. Bunga sabab sifatida qadimgi turklarning totemlaridan biri qush bo'lganligini ko'rsatishimiz mumkin. Ot va bo'ri nomlarining bundan keyin kelishi ham turkiylarning qadim zamonlardan beri ot va bo'ri bilan o'ziga xos aloqasi bilan bog'liq.

Turklarda Kopek nomi o'zbeklarda Itolmas kabi ismlar tanlanishi qadim davrlarga borib taqaladi. Tarixiy shaxslarning nomi, yoki darajaning bir turi sifatida qo'llanganini ko'ramiz. Turk onomastikasida tarixiy amirlaridan biri Sadeddinning laqabi kopek shaklida shuhrat topdi.(Ilknur Dogru,2020, s-55)

Turkiy nomlash an'analarida yovuz ruhlarni haydash maqsadida turli yovuz va shafqatsiz hayvonlarning nomlarini farzandlarga berish keng tarqalagn. Bunday ismlarni turkiylar "himoya nomlari" deb atagan. Bunday ismlarga Boriberdi, Tanriberdi, Hudayberdi, Akkilich, Almas, Bayqilich, Qilich, Kilicharslan, Kilichbay, Sotish, Sotish, Sotilgan, Taymas (o'lmas bola), Tuzoq (yomon kuchlarga qarshi), Yashar, Dursun, To'xtadi, To'xtasin kabilar misol bo'la oladi. (Ta§,2002,s-573)

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2G23-yil 2-iyun

Tarixga nazar solsak turklarning qo'shinlari oldida yuradigan yo'lboshchi sifatida ko'rilgan bo'ri, uzoq davrlar davomida turkiylarning eng katta yordamchilaridan biri sifatida qaralgan. Bundan tashqari, turkiylar tomonidan muqaddas sanalgan ot, kiyik, Shuningdek kuch va yetakchilik ramzi hisoblangan sher, turkiy xalqlar orasida muhim o'rin tutgan. Har xil jonivorlar nomlaridan ism sifatida foydalanish turk madaniyatida qadimgi an'anadir. Quyidagi jadvalda o'zbek va turk millatida ism sifatida foydalanilayotgan hayvon nomlarini qiyoslaymiz.

O'zbek Turk Ma'nosi

Boybo'ri Baybörü Ural tog'lari mintaqasida yashovchi turklar

Bo'ri Börü O'tmishda ishlatilgan bosh kiyim, odatda hayvonlarning terisidan qilingan. Bo'ri

Bulbul Bülbül O'rta yer dengizi mamlakatlari-da, o'rmonlarda va bog'larda yashaydigan o'zining go'zal ovozi bilan mashhur qush

Jayron Ceylân Nozik oyoqli, tez yuguruvchi, nafis sutemizuvchi, ko'zlari go'zalligi bilan mashhur

Qumri Güvercin Tez va uzoq vaqt ucha oladigan, ko'pincha xonakilashtirilgan qush, dunyoning ko'p joylarida uchraydi.

Haydar Haydar Sher

- Kartal Burgutlar oilasidan juda kuchli, yirik, yirtqich qush.

Qo'chqor Ôveç 2, 3 yoshli erkak qo'y.

Samandar Semender Bo'ri, hayvon, kiyikning bir turi

Shohboz Çahbaz Kuchli, chiroyli ot, otlar shohi.

To'ti Tuti To'tiqush turidagi qush. Suhbatdosh

Uvays Uveys Kichik bo'ri

Yaqub Yakub Erkak keklik. Ibroniycha, "ta'qib qilish, ergashish"

Yagiz yaxshi parvarishlangan hayvon

Geren Ceren nomi mo'g'ulcha ism bo'lib, jayron degan ma'noni anglatadi. Shu bilan birga, Ceren TDK lug'atida tuproqli degan ma'noni anglatadi.

Güvercin kabutar

Gögercin hayvon ma'nosida

Turna Turna turnalar kelganda tug'ilgan qiz

Kaklik Keklik Cho'l qushidek erkin qiz

Maral Maral bug'isifat hayvon, kiyikdek go'zal, zebo qiz

Ördek

Yunus Yunus Bu ism yahudiycha bo'lib kaptar degan ma'noni anglatadi

Shohin Çahin juda katta yirtqich qush

Ismlar odamlarni aniqlaydigan aloqa vositasi va ijtimoiy xotiradir. Chunki ismlar inson tug'ilgan davrida boshidan kechirgan voqealarni aks ettirishi mumkin. Ikkinchisi jamiyatning e'tiqod tizimini aks ettiradi. Ota-onalar farzandlariga beradigan ismlar, diniy qadriyatlarga ta'sir qiladi. Hatto aytish mumkinki, nom berishda din eng ta'sirli omil hisoblanadi. Nomlash an'anaviy oilalarda madaniy kodlarni o'z ichiga olgan bo'lsa-da, zamonaviy jamiyatda individual imtiyozlar ko'proq e'tiborga olinadi.

Ism qo'yishning maqsadlari har xil bo'lsa ham, ismlar oilalarning boladan e'tiqodlari, ideallari va kutishlarini aks ettirishi mumkin. Bu holat oilalarni farzandlariga ism qo'yishda ehtiyotkor bo'lishga undaydi. Farzandga ism tanlashda insonlarning ijtimoiy kelib chiqishidan tortib, ruhiy kechinmalarigacha, qiziqishlaridan tortib, nafratlangan narsalarigacha muhim rol o'ynaydi

155^Ш

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKAILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun

Xulosa. Odamlar hayotining istalgan bosqichida tirik va jonsiz mavjudotlarni tushunishni xohlashadi. Bu mantiqiy jarayonni nomlash orqali amalga oshiradi. Ayniqsa, turkiy xalqlarda bolaga ism berishda turli xil motivlar alohida ahamiyatga ega. O'zbek va turk millatlari ismlar orqali bolaga ezgulik, sog'lik-salomatlik, uzoq umr, baxt-saodat tilash yoki ularni kuch va qudrat sohibi bo'lgan hayvonlarga, nafosatli qushlarga, qimmatbaho toshlar va boshqalarga qiyoslash orqali ism tanlashga intilishadi. Jamiyat va oilalar o'z madaniyati, an'analari va e'tiqodlari boshqa madaniy vositalar qatori nomlar orqali avlodlar o'rtasida davom etishini istaydi.

REFERENCES

1. Aksan, Dogan, (2003) Her Yönüyle Dil 3 (Ana Çizgileriyle Dilbilim), Türk Dil Kurumu Yayinlari,(s.115).Ankara.

2. Бегматов,Э.(1965) Уэбек тили антропонимикаси: Филол. фан. ном.... дис. (28 бет).Тошкент.

3. Erol, Aydil, (1989), Adlarimiz, Ankara: TKAE Yayinlari.

4. Ilknur Dogru.(2020)Türk kültüründe ad koyma olgusu ve ilgili inani§lar. (s.55-60)

5. Ismlar.com — O'zbek ismlarining ma'nosi. Ismlar manosi, 2008-2023

6. Мeнажиев Й, (1964) ва бошкалар. Исмингизнинг маъноси нима? - Т.: Маънавият.

7. Cemal Agiman.(1998) Ad koyma ve Hz. Peygamber' in isimlere Kar§i Tutumu. Cumhuriyet Üniversitesi ilahiyat Fakültesi Hakemli Dergi.(s.124-143)

8. Ta§. Bursa(2002) ili ve Çevresinde Dogum ve Çocukla ilgili Gelenek-Görenek ve inançlar. Bursa Halk Kültürü Sempozyumu Bildiri. (s573-580)

9. Malikova, D. (2020). Deposit base of Uzbekistan commercial banks. World Scientific News, (143), 115-126.

10. Malikova, D. (2020). Consulting services market of Uzbekistan. World Scientific News, (145), 168-179.

11. Malikova, D. (2023). METHODOLOGY FOR EFFECTIVE ASSESSMENT OF THE LEVEL OF ECONOMIC SECURITY OF BANKS. Innovative Society: Problems, Analysis and Development Prospects, 96-98.

12. Malikova, D., & Ziyadullayeva, M. (2023). INFLATION: THEORETICAL ASPECTS AND ANALYSIS OF PRICE CHANGES IN UZBEKISTAN. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 11(2), 204-207.

13. Malikova, D., & Abduganieva, F. (2023). The Role of Consulting in the Modern Economy. Global Scientific Review, 12, 1-4.

14. Malikova, D., & Rakhmonov, N. (2023). MONETARY AGGREGATES AND THEIR IMPORTANCE IN THE ECONOMY.

15. Malikova, D., & Ochilova, I. (2023). Analysis of the Current State of Deposit Operations of Commercial Banks of Uzbekistan. Web of Synergy: International Interdisciplinary Research Journal, 2(2), 28-31.

16. Malikova, D., & Ochilova, I. (2023). THE IMPORTANCE OF DOMESTIC BANKS'PRECIOUS METALS ACCOUNTING OPERATIONS. International journal of advanced research in education, technology and management, 2(2).

17. Маликова, Д. (2021). UMUM TA'LIM MAKTABLARIDA KITOBXONLIK STRATEGIYASINI QO 'LLASH: Malikova Dilrabo Mahmudovna, O 'zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti tayanch doktoranti. Образование и инновационные исследования международный научно-методический журнал, (7), 299305.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.