Научная статья на тему 'SHAVKAT RAHMON–XALQPARVAR SHOIR'

SHAVKAT RAHMON–XALQPARVAR SHOIR Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
4
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
shoir / zo'ravonlik / aldav / an'ana / Bahodir Karimov / Anvar Obidjon.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Dildora Oxbutayeva

O'zbek she'riyatining yorqin yulduzlaridan biri Shavkat Rahmon she'riyati alohida e'tirofga sazovor dir. Maqolamizda Shavkat Rahmon she'riyatining vatanga va xalqka bo'lgan muhabbatini e'tirof etmoqchimiz.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SHAVKAT RAHMON–XALQPARVAR SHOIR»



pSpf i fi IVJ^IJ: inv v^-, mm m-m !» * I I f^fâ

¡¡g il ïi m

« 1

VSIAN ¡(jl¿lNAI. OF SCIPnffllHV RESEARCH IAGEMENT STUDIES

viiEMUi: i.issjf H/ taiwj-j.

SHAVKAT RAHMON - XALQPARVAR SHOIR Dildora Oxbutayeva "Nurli maskan" internati ona tili va adabiyot o'qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.11392789

ARTICLE INFO

Received: 24th April 2024 Accepted: 25th May 2024 Published: 30th May 2024 KEYWORDS

shoir, zo'ravonlik, aldov, an'ana, Bahodir Karimov, Anvar obidjon

ABSTRACT

O'zbek she'riyatining yorqin yulduzlaridan biri Shavkat Rahmon sheriyati alohida etirofga sazovordir. Maqolamizda Shavkat rahmon sheriyatining vatanga va xalqqa bo'lgan muhabbatini etirof etmoqchimiz.

She'riyat- inson qalbini larzaga keltiruvchi, tuyg'ularini tarbiyalovchi vosita hisoblanadi. Yigirmanchi asr she'riyatining yorqin namoyondalaridan biri o'z ovozi va uslubi bilan kitobxonlar qalbini zabt eta olgan iste'dodli ijodkor Shavkat Rahmondir. Shoir she'riyati davrning murakkab qirralarini, hayotning ziddiyatlarini, inson botiniy olamidagi kechinmalarini o'ziga xos ifodalab beradi. Insonni o'zlikni anglash, o'zlik yo'lidagi iztiroblar juda go'zal satrlarda aks etdirilgan. O'zbek adabiyotining fidoiy insonlaridan biri Nabijon Boqiy shoir she'riyati haqida quydagilarni yozadi:

"Shoirning qalbi, Shavkat Rahmonning qalbi Barkamol qalb, komil qalb, o'zligini anglagan, o'zlikni tanitgan qalb. Qalbda daqiqa sayin, soat sayin o'sish, ulg'ayish kechadi. Hali aql va ong beboshligida, hali ular har kuylarga yo'rg'alab yurganda qalb o'zlik sari, o'zlikni tanitish sari dastlabki qadamni qo'yadi. Bu qalam shunchalar mustahkam, jismning tomir-tomirlarga chuqur botib kiruvchi bo'ladiki, kelgusida kutilayotgan ne-ne zo'ravonliklar, aldov va friblar uni ortga qaytara olmaydi. O'zlikni anglagan qalbga yashamoq naqadar erkin, naqadar og'ir. Inson qachonki o'zligini teranroq anglasagina, hayot qarashlarini, tarix fojialarini ham to'g'ri anglash imkoniga ega bo'ladi."1

Haqiqatdan ham shoir she'riyatida o'zlikni anglashga bo'lgan intilish, tarix zarvaraqlariga teranroq nazar solish an'anasini kuzatamiz. Shoir yozadi:

Ko'ksingdagi muqanna bilan,

Sen o'zingga qaradingmi, ayt?

Musht zarurroq bo'lgan mahalda,

Yozding go'zal she'rlarni faqat.

Bu misralarda tarixga, tarixiy jarayonga o'quvchining diqqatini qaratish bejiz emasligini teranroq anglash lozimga o'xshaydi. Buyuk ma'naviy merosga, tarixga ega bo'lgan

1Nabijon Boqey, «Gul qahri". Shavkat Rahmon. "Saylanma"-Toshkent "Sharq" nashriyoti 1997-yil, 384-bet.

Volume 1, Issue 9, May 2024

Page 9

xalqimizning ayanchli qismatini o'sha davr nuqtaiy nazaridan kechinmalar asosida talqin qiladi. Shoir o'zlikni anglashga tarix orqali murojaat qiladi:

"Sen bechora, notovon kimsa,

Makon qilding gullar ortini.

Kotzing yumib, tilingni tishlab,

Tinglayapsan odam dardini." 2

Lirik qahramonning bechoraligi, notovonligini sababi nimada ekanligini kitobxon anglashga intiladi. Axir uni shunday qismat egasiga aylanishiga sobiq tuzumning tanazullari, temir qonunlari sababchi emasmikan, degan xayolga boradi:

Sen botirlar naslidan emas,

Qanday chidar poyingda rohlar?

Halak bo'lgan botirlar jangda,

Tirik qolgan faqat qurqoqlar.

Bu misrada ijodkorning iztiroblari yanada teranroq oydinlashadi. U achchiq haqiqatni misralar tarkibiga singdiradi. Insonlarni ogoh bo'lishga ham undaydi. Adabiyotshunos Bahodir Karimov ta'kidlaganidek, "Shavkat Rahmon she'riyatida his-tuyg'u, ruhiyat, fikr, ramz shoirning ulkan umuminsoniy dardi vositasida estetik idial doirasida Orginal adabiy voqelikka aylanadi. Inson doimo o'zlikni axtarib, o'zlikni anglashga intilib yashaydi. Bu esa, inson shaxsini, uning qalb iztiroblarini yanada kuchliroq his qilishga undaydi.

Shavkat Rahmon she'riyati yuksak insoniy hislatlar bilan birgalikda inson tafakkurini, uning dunyoqarashini, hayotga teranroq nazar solishini o'rgatadi.

Iste'dodli yozuvchi Anvar Obidjon qayd qilib o'tganidek, "Ijodda falsafiylik bilan odillikni, qahr-u nafrat bilan odamiylikni, kurashuvchanlik bilan go'zallikni uyqash tarzda namoyon qila olish uchun shoirga este'dodli bo'lishning o'zi kamlik qiladi. Chamasi, bunday qalamkashlarda bolalarcha beg'uborlik, o'smirlarcha nozik tabiatlilik, oshiq yegitlarga xos majnunnihollik, darvishona oshuftahollik, ruhoniylarcha pokizafe'llik, gulchilarga monand chiroysevarlik tuyg'ulari ko'proq tomir otgan bo'ladi".3

El qirildi turkiy o'lkada,

Er qolmadi, keldi ajali.

Kim qoniga botdi yo'lakda,

Kim g'ajildi nomoz mahali?

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, shoir she'riyatining asosida yurt ozodligi, millatimiz erkinligi, Turkiston va turkiylar birligi uchun iztirob chekish holatlarini kuzatamiz.

ADABIYOTLAR:

1. Nabijon Boqiy. Gul qahri. Shavkat Rahmon. Saylanma-Toshkent: " sharq" 1997.- 384 bet. 2.Shavkat Rahmon. Saylanma . Toshkent " sharq" 1997-. 384 bet.

2Shavkat Rahmon. «Saylanma"-Toshkent "Sharq" nashriyoti 1997-yil 384-bet.

3Anvar Obidjon. "Vatan tuyg'usi". Qarang: "So~z sehri" Davlat ilmiy nashriyoti, 2006-yil 136-bet.

Volume 1, Issue 9, May 2024

Page 10

3.Anvar Obidjon. Vatan tuyg'usi. Qarang: So'z sehri davlat ilmiy nashriyoti, 2006.- 136 bet

4. Sirdaryo viloyati maktabgacha va maktab ta'limi tasarrufidagi "Nurli maskan" maktab-internatining Ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.