Научная статья на тему 'SHASHMAQOMNING CHOLG‘U BO‘LIMI HAQIDA'

SHASHMAQOMNING CHOLG‘U BO‘LIMI HAQIDA Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
15
4
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
maqom / cholg‘u yo‘llari / Tasnifi Buzruk / Tarjei Buzruk / Saqili Navo / Samoyi Dugoh / Muxammasi Iroq / Garduni Segoh / xona / bozgo‘y

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — B.Tursunov

Ushbu maqola o‘zbek xalqining o‘lmas sanʼat durdonasi hisoblangan Shashmaqomning cholg‘u yo‘llari, ularning nomlanishi va xususiyatlari haqida atroflicha maʼlumot beradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SHASHMAQOMNING CHOLG‘U BO‘LIMI HAQIDA»

SHASHMAQOMNING CHOLG'U BO'LIMI HAQIDA

B.Tursunov

O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali

Annotatsiya: Ushbu maqola o'zbek xalqining o'lmas san'at durdonasi hisoblangan Shashmaqomning cholg'u yo'llari, ularning nomlanishi va xususiyatlari haqida atroflicha ma'lumot beradi.

Kalit so'zlar: maqom, cholg'u yo'llari, Tasnifi Buzruk, Tarjei Buzruk, Saqili Navo, Samoyi Dugoh, Muxammasi Iroq, Garduni Segoh, xona, bozgo'y

ABOUT THE INSTRUMENT PART OF SHASHMAQOM

B.Tursunov

Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Arts and Culture

Abstract: This article provides detailed information about the names and characteristics of musical instrument performing styles of Shashmakom, which is considered an immortal masterpiece of the Uzbek people.

Keywords: makom songs, musical instruments, Tasnifi Buzruk, Tarjei Buzruk, Saqili Navo, Samoyi Dugoh, Mukhammasi Iraq, Garduni Segoh, khona, bozgoy

Maqomlar mukammal va to'liq ijro etilar ekan, eng avvalo ularning cholg'u yo'llari birin-ketin ijro etilib, so'ngra ashula bo'limi sho'balariga o'tiladi. Cholg'u bo'limlaridagi kuy yo'llarining har biri mustaqil cholg'u qismlar hisoblanadi va o'zlari mansub bo'lgan maqomlar nomi bilan qo'shib aytiladi. Masalan, Tasnifi Buzruk, Tarjei Buzruk, Saqili Navo, Samoyi Dugoh, Muxammasi Iroq, Garduni Segoh, va hokazo. Shashmaqomga xos bo'lgan ushbu cholg'u yo'llari ohang tuzilishi jihatidan anchagina murakkab va puxta ishlab chiqilganligi bilan farqlanadi. Har bir maqomning kuy va ashula yo'llari faqatgina o'sha maqomlar lad asosi, badiiy estetik ta'siri bilangina cheklanmaydi, balki turli qismlarda ular o'z xususiyati bilan o'zgarib boyib boradi.

O'n ikki maqom to'g'risida musiqiy risolalarida akeltirilgan fikrlar Shashmaqom yo'llariga ham mos keladi. Shashmaqom - O'n ikki maqom tizimidagi sho'balar birikmasi ekan, olti maqom yo'llarining ruhiy ta'sir kuchi turli-tuman bo'lishi tabiiydir. Chunki har bir maqomda kuy mavzui, lad qiyofasi, doira usuli turlicha bo'lgan kuy va ashulalar mujassamlangan. Masalan, O'n ikki maqomdagi Ushshoq maqomi Shashmaqomdagi Rost maqomining sho'basi sifatida foydalanilganligi

ehtimoldan xoli emas. Ushshoq - insonga shijoat tuyg'ularini baxsh etsa, Rost maqomi esa yoqimli va ko'tarinki kayfiyat beruvchi maqomlardir.

Yuqorida nomlari keltirilgan maqomlarda o'xshash nom bilan kelgan kuy yo'llarining lad asosi va ohang-kuy mavzulari o'zgacha bo'lsa ham, doira usuli bir xil bo'lishi bilan tavsiflanadi. Demak, ularning Tasnif, Tarje', Gardun, Muxammas kabi nomlar bilan atalishiga sabab, dastlab ulardagi bo'lgan usul birligidir. Shashmaqomda mavjud cholg'u yo'llarining barchasi uchun yana bir xos narsa shuki, ular asosan "xona" va "bozgo'y" deb atalgan kuy qismlaridan tuzilgan. Ular esa o'z navbatida bir yoki bir nechta kuy jumlalaridan tashkil topishi mumkin.

Xona - uy, xona ma'nosida, ya'ni "kuyni tashkil etgan tovushlar va uning boshqa xususiyatlari joylashtirilgan xona" ma'nosini bildiradi. Shashmaqomning cholg'u yo'llarida xona kuylarning o'zgaruvchan bo'lagi bo'lib, uning jumlalari vositasi bilan kuy o'z harakati doirasida yuqoriga, avjga tomon rivojlana boradi va asta-sekin o'zining boshlang'ich nuqtasiga qaytadi hamda kuyning mazmunini boyitishda va tugal fikr ifoda etishida hal qiluvchi rol o'ynaydi. Xona iborasi o'tmishda umuman kuy va ashula bo'laklarini ifodalovchi musiqa iborasi sifatida qo'llanilar edi. Chunki o'zbek-tojik xalqlarining Maqomlarning cholg'u yo'llarini tashkil etgan xona va bozgo'ylar kuy harakatida va ularning rivojlanishida muhim o'rin tutadi. Kuy xonalar vositasi bilan takomillashadi va mazmunan boyiydi.

Bozgo'ylar esa, she'riyatdagi aruz shakllarida uchraydigan takroriy misralar -tajribandlar kabi musiqiy fikrni yakunlab, umumlashtirib beradi. Maqomlarning cholg'u yo'llarini tinglar ekanmiz, ko'pincha ularning xonalari ijro etilgandan so'ng nimadir yetishmayotgandsk, melodik epizod tugallanmay qolgandek tuyuladi. Bozgo'y bu yerda kuyning asosiy o'zgarmaydigan qismi bo'lsa-da, xonani to'ldiruvchi, uni tugallovchi funksiyani bajaradi. Cholg'u kuylarda Xona va bozgo'ylar maqomlarning cholg'u yo'llarida bir nechadan bo'lishi mumkin, Masalan, Navo maqomining cholg'u bo'limidagi Muhammasi Husayniy uch xona va uch bozgo'ydan iborat bo'lgani holda Tasnifi Navo o'n yetti xona va uch bozgo'ydan iborat.

X-XVII asr musiqa risolalarida shu qoidaga asoslangan doira usullarining namunalari ko'plab keltiriladi. Bunda, asosan upun va qisqa bo'g'inlarning ifodasi bo'lgan undosh harflardan bo'g'inlar tuzilib, bo'g'inlar birikmasi esa she'r o'lchovlari va doira usullarini tashkil etadi. Doira usullarida ishlatiladigan bu ruknlar aruzdagi vaznlarni ham ifodalay olgan. O'tmishda san'tkorlar aruz qoidalarini tushunib yetmagan holda "tan-tana-tananan" singari ritm usullari bilan ashula yo'llariga mos keladigan she'rlarni ham tanlab olganlar. Bu so'zlar hech qanday ma'noga ega bo'lmay, ikki undosh harf "T" va "N" birikmasidan tuziladi. Masalan, tan-tana-tananan-tanananan.

Shuni ham aytib o'tish lozimki, so'nggi davrlarda musiqachilar bu usul qismlarini boshqacha harf va so'zlar bilan ham ifodalab kelganlar. Masalan. tak-taka-tum, taka-

taka-tum yoki bak-bak-bum, baka-bum va hokazo (Xorazm musiqiy tarixchasida, "taq-taqa-gup" shaklida keltirilgan). Lekin ular qanday shaklda olinmasin, doira usullaridagi uzun-qisqa zarblarni ifodalaydi. Shunday qilib, bu so'z yoki belgi birikmalari vositasi bilan o'tmishda doira usullarn yozma va og'zaki tarzda tushuntirilardi.

Ma'lumki, maqom yo'llarining eng zarur unsurlaridan biri doira usullaridir. Doyra usullari maqom, kuy va ashula yo'llarini o'ziga xos jihatlarini ochib berishda muhim sabablardan hisoblanadi. Maqom qo'shiqlari tarkibida kiruvchi anchagina kuy va ashulalar variatsiya yo'li bilan ishlangan. Bunda esa doira usullari muhim rol o'ynaydi. Masalan, ma'lum maqom tarkibida otdosh sho'ba (jumladan, Talqini Ushshoq, Nasri Ushshoq, Ufari Ushshoq kabi)lar doira usulining turlicha bo'lishi bilan bir-biridan farqlanadi. Shashmaqom tarkibidagi qismlarni tushunish uchun ularning murakkab doira usullarini ajratish, shu usul jo'rligida eshita olish lozim. Oddiy xalq kuylarida usul bilan kuyni birgalikda tinglash maqomdagi kabi murakkab emas.

Maqomlar ashula bo'limida esa, doira usulidan tashqari shs'r o'lchovlari ham maqom qismlarining harakterini belgilab beruvchi omillardandir. Chunki olti maqomning bir xil nom bilan ataluvchi sho'ba yoki qismlarida doira usuli va she'r o'lchovlari o'xshashdir. Qo'lyozma manbalarida keltirilgan doira usullari namunalari orasida (Gardun, Muxammas, Saqil, Ufar, Talqin kabi) Shashmaqom kuy va ashula yo'llari uchun ham asos qilib olingan ritm o'lchovlarini uchratish mumkin. Masalan, ularda keltirilgan Ufar usulini shunday tasavvur etish mumkin: Bu usul maqomlarda va o'zbek-tojik xalq kuy va ashula yo'llarida ko'plab uchraydi. Kuyga jo'r bo'ladigan doira usuli dastlab kuy yo'lining harakteri, uning harakat doirasi, ritmik-intonatsion xususiyatlariga bog'liq holda yuzaga kelgan bo'lsa-da, keyinchalik usullar kuyning holatiga ham kuchli ta'sir ko'rsatadi. Kuy turli usullarga tushirilganda juda katta o'zgarishlarga uchraydi.

Shashmaqom shakllanishi va uning taraqqiyoti jarayonida bunday doira usullarining roli juda katta bo'lgan edi. Shu usullar vositasi bilan Shashmaqom yo'llari uchun ayniqsa harakterli bo'lgan ritmik va melodik variatsiyalar ishlanib, maqomlar takomillashib bordi, amal naqsh va peshravlarning xilma-xil turlari paydo bo'ldi. Bunday doira usullarining nomi saqlanib qolgan bo'lsa-da, keyingi davrlarda ular kuyning harakteriga bog'liq holda juda katta o'zgarishlarga uchraganini alohida aytib o'tmoq lozim.

Manbalarda keltirilgan usullar, shubhasiz, Shashmaqomda ham ishlatilgan. Lekin ular zamon o'tishi bilan juda katta o'zgarishlarga uchragan. Shashmaqom qiyofasiga usul jihatidan nazar tashlansa, maqomlarning turkumlarini yaratilishida ularning cholg'u qismlari va sho'balarida usullar dastlab sodda bo'lib, keyin ijro etiladigan qismlarda sekin-asta murakkablasha boradi. Masalan, Tasnif, Tarje'larda usul ancha sodda bo'lsa, Muxammas va Saqillarda juda murakkab, 16, 24 taktni tashkil etadi

Saraxborlarda esa usul mazkur "Zarbi qadim" ning o'zi 2/4 takt-ritm o'lchovida bo'lsa, Talqinlarda %, 3/8, Nasrlarda 6/4, Ufarlarda esa 6/8 yoki 3/4 takt ritm o'lchovlarida murakkablasha boradi. Bundan taronalar mustasnodir. Bundan kelib chiqadiki, Shashmaqomning tarkib topishida musiqa madaniyatining soddalikdan murakkablikka tomon tarixiy taraqqiyot yo'li aks ettirilgan. Shuning uchun ham, Shashmaqom xalq musiqamizning klassik namunasi bo'lib, o'zining kuy mavzui jihatidan turli-tuman, usullarning esa qariyb hammasini o'zida mujassamlashtirgan.

Nota kitoblarining o'zida ham doira usullari turlicha berilgan. V.A.Uspenskiy yoki Yunus Rajabiy variantlarida bir turli usul bo'lsa, B.Fayzullayev, S.Sohibov, F.Shahobov yoki M.Yusupov variantlarida doira usullari ularda anchagina farq etadi. Shashmaqomning cholg'u yo'llari har bir maqomda turlicha sonni tashkil etib, oltitadan o'ntagachadir. Maqomlarda bir xil nom bilan ataladigan cholg'u kismlari mavjud. Binobarin, har bir maqomning boshqacha nomlanadigan yo'llari ham bor.

Tasnif - arab tilidan olingan 'bo'lib, "yaratilgan asar", kuy degan ma'nolarni anglatadi. Hamda Tasnif maqomlarning cholg'u bo'limidagi bosh asar ma'nosi ham bildiradi. Maqomlarning cholg'ubo'limlari Tasnif kuy yo'llari bilan boshlanadi. Tasniflarning doira usullari, asosan, bir xil bo'lsa-da, ba'zan kuy harakteriga qarab qisqarok shaklda ham kelishi mumkin. Tasnif Rost va Tasnifi Iroqda doira usuli ikki taktga qisqargan bo'lib, boshlanishdagi zarbda bak o'rnida bum zarblari tushadi. Tasnifi Dugoh va Tasnifi Segohning doira usullari uch taktlidir. Tasniflar maqomlarning har birida mustaqil musiqa mavzulariga ega bo'lib, kuy yo'llari bir-biridan tubdan farq qiladi.

Ularning kuy bo'laklari, xona va bozgo'ylari tarkibi ham turlichadir. Umuman cholg'u bo'limidagi kuy yo'llarini tashkil etgan xonalar avjga tomon harakat etar ekan, ular diapazon kengayishi bilan birga mazmunan chuqurlashib va aniqlashib boradi. Mazmunning chuqurlashib borishini taktlar hajmi aniqlay olmaydi, albatta Lekin maqom cholg'u yo'llarining ma'lum qismlari shaklida xonalar o'z funksiyasi nuqtai nazaridan kuylarga hech qanday formal harakterdagi vosita sifatida kiritilmaydi, balki har bir xonaning o'ziga xos funksiyasi bo'ladi.

Cholg'u yo'llaridagi maqom xonalarining kengayib borishida ko'pincha peshrav deb atalgan kuy kismlari katta muhim o'rin tutadi. Peshrav ilgariga, ya'ni yuqoriga qarakat etuvchi motivlar ifodasi bo'lib, ular bir xonaning kuy harakatida turli balandliklarda bir necha bor takrorlanadi va bozgo'yga kelib qo'shiladi. Ular ham kuyning rivojlanishida juda katta ahamiyatga egadir. Shu bilan birga, turli balandliklarda takrorlanuvchi motivlar sifatida kuy-ohanglariga boy hamda kuchli emotsional ta'sir kuchiga ega. Peshravlar kishining ruhiga shijoat baxsh etadi va uni ruhiy tushkunliklardan holi qiladi, kishining orzu-umidlari, istaklari, kelajakka ishonch kayfiyatlarini aks ettiradi. Shuni ham aytish kerakki, peshravlar ashula yo'llarida, xususan Saraxborlar. ba'zi Nasr yo'llarida ham uchraydi.

Tasnif yo'llari kishiga umid, ko'tarinki ruh baxsh etuvchi kuy yo'llari bo'lsa, Tarje'lar tantana, shodiyona kayfiyatlarni ifodalovchi kuylardir. Tarje'lar asosan, Tasniflardan keyin ijro etilib, Rostdan boshqa hamma maqomlarda mavjud. Tarje'larning takt-ritm o'lchovi Tasniflardagi kabi bo'lib, doira usuli asosan to'rt taktli, Iroq maqomda esa u besh taktni tashkil etadi. Tarje' - arabcha bo'lib, qaytarish, takrorlash ma'nosini ifodalaydi.

Shashmaqomning cholg'u bo'limidagi qismlaridan yana biri Gardun, deb ataladi. Gardun - osmon gardishi, aylana, taqdir ma'nolarida keladi Gardun yo'llari unchalik katta qajmda bo'lmasa-da, kuy tuzilishi va harakati nuqtai nazaridan Tasnif yoki Tarje'larga ko'ra ancha murakkabdir. Gardun yo'llarida bozgo'y hamma xonalardan keyin kelavermaydi, balki ko'pincha ikki-uch xonalardan so'ng takrorlanadi. Kuyning yo'nalishida esa katta intervallardagi ohang aylanmalari juda tez uchrab turadi. Bunda tersiya, kvarta darajasida baland yoki pastga sakrashlar, kvinta, oktavaga, hatto undan ham yuqoriga to'satdan ko'tarilish hollari ko'plab uchraydi. Bunday harakatlar maqomlarning boshqa cholg'u yo'llarida uchrasa ham, ular Gardun yo'llari uchun juda harakterlidir.

Shashmaqomning cholg'u bo'limida eng ko'p uchraydigan qismlaridan biri Muxammaslardir. Muxammas - beshlangan, bsshlik ma'nosida bo'lib, bu nom juda qadim zamonlardan ma'lumdir. Dastlab, bu ibora bilan doira usulining bir turi, she'riyatda esa besh misradan tuziladigan she'r shakli ifodalangan. Muxammas cholg'u yo'llari uchun eng harakterli narsa shuki, ularda xona va bozgo'ylar doira usuli hajmidagi bir xil o'lchovda, 16 (yoki 8) taktdan iborat bo'ladi, ya'ni Muxammas doira usuli har bir xona va bozgo'y hajmini belgilaydi. Muxammaslarda maqomlarning cholg'u bo'limidagi boshqa qismlarida mavjud bo'lgan ko'pgina unsurlar ham uchraydi. Bu hol Muxammaslarning badiiy-estetik qiymatini kamaytirmaydi, balki turli cholg'u yo'llarida o'rniga qarab, ularning tarkibiy unsurlarini turli-tumanligi, originalligini saqlagan holda rang-barangliligini ta'minlaydi, kuyning tugallangan shaklga kelishiga yordam bsradi.

Ba'zi Muxammaslar o'z mualliflari bilan qo'shib atalgan. Nasrulloyi, Husayniy, Hojixo'ja, Mirza Hakim kabilar ma'lum kuylarni Muxammas usuliga tushirib, basta qilgan ijodkor-sozandalar ismidir. Muxammas yo'llarining tuzilishi, doira usuli ham juda murakkab bo'lsada, ular maqomlarning boshqa cholg'u yo'llaridan ko'ra mashqurroqdir. Buning sababi, Muxammas yo'llarida kuyning maftunkorligi, hissiy jihatdan ta'sirchanligi, hamda bitoz qiyinroq xususiyatiga qaramay tinglovchiga oson yetib borishidadir.

Maqomlarning cholg'u bo'limidagi qismlaridan eng ko'p uchraydigan yana bir turi Saqillardir. Saqil - arabcha bo'lib, "og'ir, vazmin, cho'zilgan", demakdir. Musiqa istilohida esa vazmin sur'atda ijro etilib kelingan murakkab doira usulining nomidir.

Saqil o'zining doira usuli xususiyati bilan Saraxborlarga oson ulanib ketadi va o'rtada usul sur'ati jihatidan ham kuchli burilish sodir bo'lmaydi.

Shashmaqomning cholg'u bo'limlarida bir xil nomli qismlari, asosan shulardan iboratdir. Bulardan tashqari, ba'zi maqomlarning o'zigagina xos bo'lgan boshqa nomlar bilan ataluvchi cholg'u yo'llari ham bor. Umuman Shashmaqomning cholg'u yo'llari o'ziga xos ohangdorlik, zo'r emotsional ta'sir kuchiga ega. Shubqa yo'qki, maqom yo'llarini chuqurroq o'rganib, ulardan ilmiy-ijodiy foydalanish masalasini to'g'ri qal etilishi o'zbek xalqi musiqa madaniyatini yana-da gullab yashnashiga va yuksak badiiy shakldagi, yirik janrlardagi musiqa asarlari yaratilishiga katta yordam beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Исхрк Ражабов. Макомлар. Тошкент 2006

2. Беляев В.М. Узбекское Народные музыкальное творчество. -Т.: Изд.Лит.и искусства им.Г.Гуляма, 1976

3. Fitrat А О^Ьек klassik musiqasi va uning tarixi. -T., 1993

4. S.B.Saidiy. Markaziy Osiyo madaniyatida urma zarbli cholg'ular (o'zbek va tojik musiqa an'analari misolida) о^ш' qo'llanma. "Musiqa" nashriyoti. Т.: 2008

5. I.Akbarov. Musiqa lug'ati. - Т.: О^^сЫ, 1997

6. Ряжабов Исхрк. Макомлар масаласига доир. Т., 1963, Узадабийнашр

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.