Aslanov Sh. T.
Navoiy davlat pedagogika instituti "Musiqa ta'limi" kafedrasi o'qituvchisi
SHASHMAQOM-MUMTOZ MUSIQAMIZ ASOSI
Annotatsiya: Shashmaqom san'at olamida eng mukammal turkum asarlardan sanaladi. Hech bir xalq Shashmaqomdekyirik turkumli asarlarga ega emas, deb ishonch bilan ayta olamiz. Shuni alohida ta'kidlash lozimki, Shashmaqomdagi har bir asar, xoh u cholg'u asar bo'lsin, xoh aytim yo'li bo'lsin, umumiy qonun qoidadan tashqarida yaratilgan emas. Ularning tuzilishini, yaratilishini o'rganar ekanmiz, bunga yana bir bor amin bo'lamiz. Ushbu maqolada Shashmaqomning cholg'u yo'li, ya'ni mushkilot haqida ma'lumotlar keltirilgan bo'lib, uninghar bir qismlari batafsil tushuntirilgan. Bundan tashqari Buzruk vaRost maqomlarining cholg'uyo'llari haqida ham batafsil ma'lumotlar berilgan.
Kalit so'zlar: Shashmaqom, Tasnif, Tarje', Muhammas, Saqil, Gardun, mushkilot, cholg'u asar.
Aslanov Sh. T. teacher
"Music Education " department Navoi State Pedagogical Institute
SHASHMAQOM-THE BASIS OF OUR CLASSIC MUSIC
Abstract. Shashmakom is considered one of the most perfect works in the art world. We can cjnfidently say that no nation has shashmakoms of a large category. It should also be noted that every piece in Shashmakom, whether it is a musical work, whether it is a way of expression, is not created outside the general rules. When we learn their structure, creation, we are once again convinced of this. This article provides information about the instrumental method of creating a Shashmakom, that is, a mushkilot, and explains in detail each of its parts. In addition, detailed information is provided on instrumental methods for determining Buzruk and Rost makomes.
Keywords: Shashmakom, Tasnif, Tarje', Muhammas, Sakil, Gardun, Mushkilot, instrumental composition.
"Shashmaqom" o'zbek xalqining eng qimmatbaho va qadimiy boyliklaridandir. Tadqiq etib, o'rganib borar ekanmiz, "Shashmaqom"ning naqadar mukammal tuzilganligining guvohi bo'lamiz. Ma'lumki, "Shashmaqom" - Buzruk, Rost, Navo, Dugoh, Segoh, Iroq kabi maqomlar idan iborat bo'lib, har bir maqom cholg'u ("mushkilot") va ashula ("nasr") bo'limlaridan tashkil topgan. Har bir maqomning cholg'u bo'limida Tasnif, Tarje', Gardun, Muhammas, Saqil
va boshqa iboralar bilan nomlangan bir necha qismlar mavjud bo'lib, ular qaysi maqom tarkibida bo'lsalar, shu maqom nomi bilan qo'shilib "Tasnifi Buzruk", "Tarje'i Rost", "Garduni Navo", "Muhammas Chorgoh", "Saqili Iroq" kabi ataladi.
Tasnif - yaratilgan asar ma'nosini, tarje' - qaytarma, gardun - falak gardishi, muhammas - beshlik, saqil - vazmin ma'nosini bildiradi. Bu qismlar maqomning har birida mustaqil kuy-mavzularga ega bo'lsa ham, tuzilish jihatidan bir-biridan deyarli farq etmaydi. Ayrim maqomlarning esa o'ziga hos, boshqa qismlari bilan otdosh bo'lmagan, cholg'u yo'llari ham mavjud. Masalan, bunday qismlar Navo maqomidagi Nag'mai Oraz Tarje'i Navoning ma'lum varianti bo'lib, u bilan bir xil doyra usulidadir. Dugoh maqomidagi Peshravi Dugoh (peshrav shaklining bizgacha yetib kelgan tipik namunasi, uning doira usuli tarje'lardagi kabi bo'ladi). Tasniflar keng diapazonga ega, ba'zan esa ikki oktavadan ham ortiqroqdir. Tasniflar Buzruk maqomida 212, Rost va Nanoda 114, Dugohda 150, Segohda 125, Iroqda esa 326 taktdan iboratdir. Bu ma'lumot Tasnif yo'llari hajmining ancha katta ekanini ko'rsatadi.
Maqom cholg'u qismlaridan Nasrulloi, Vazmin, Oraz, Husayniy, Islim, Hoji Xo'ja, Ashkullo, Mirzakarim, Kalon kabilar bastakor ustozlarning ham nomlari bo'lib, shu maqomchilar bastalagan qismlar ekanligidan dalolat beradi. Maqomlarning cholg'u qismlari, ayniqsa, Navo, Dugoh, Segoh, Iroqlardagi cholg'ular surnay yo'llari sifatida mashhur bo'lib kelganlar.
Maqomlar cholg'u bo'limi har bir qismining bo'laklari "xona" va "bozgo'y" iboralari bilan belgilangan. Xona va bozgo'ylar kuyning mavzular majmui rivojida va shakllanishida muhim ahamiyatga ega. Xonalar muhammas va saqillardan boshqa cholg'u qismlarida dastlab kichikroq bo'lib, borgan sari kengayib boradi. Bozgo'ylar esa birdek, o'zgarmay qoladi.
Maqomlar to'la ijro etiladigan bo'lsa, avval ularning cholg'u yo'llari ketma-ket ijro etiladi va ashula bo'limining sho'balariga o'tiladi. Maqomlarning cholg'u bo'limida bir xil nom bilan ataluvchi kuy yo'llari - Tasnif, Tarje', Gardun, Muhammas, Saqillardan tashqari, har bir maqomning o'ziga mansub qismlari ham uchraydi.
Shashmaqomning bu cholg'u yo'llari kuy tuzilishi jixatidan juda murakkab va puxta yaratilganligi bilan ajralib turadi. Har bir maqomning kuy va ashula yo'llari faqatgina o'sha maqomlar lad asosi, badiiy eststik ta'siri bilangina cheklanmaydi, balki turli qismlarda ular o'z xususiyati bilan o'zgarib boyib boradi. Maqomlardagi asosiy kuy mavzusi ko'pincha ritmik va melodik variatsiyalar vositasi bilan turli shakllarga tushiriladi. Ularga yangi-yangi melodik tuzilmalar kiritish bilan kuy yo'li, takomillashtiriladi, ularning ta'sir kuchi ortib boradi. Tasnif, Tarje', Gardun, Muhammas, Saqil yo'llari birin-ketin ijro etilar ekan, ulardagi lad asosi va kuy mavzusining yaqin bo'lgani, kuy jumlalarining rang-barang, ohangdorligi va yoqimliligi, doyra usullarining turli-tumanligi bilan butunlay sezilmay qoladi, bunda ijodkor bastakorlarning juda ham ustalik bilan yaratgan maqom yo'llarining originalligi yaqqol ko'zga tashlanadi.
Maqomlarning cholg'u bo'limidagi kuy yo'llarining doyra usullari ham turli-tuman va juda murakkabdir. Cholg'u bo'limidagi kuy yo'llari ko'pincha shu doyra usullari nomi bilan ham ataladi. Masalan, Gardun, Muhammas, Saqil, Samoiylar shular jumlasidandir. Musiqachi bastakorlar o'tmishda doyra usullarini ifodalashda ma'lum qoidaga asoslangan ritmlar uslubini ixtiro etganlar.
Usullar maqomlarning tuzilish xarakterinn belgilovchi omillaridandir.
Ularni
ajrata olish maqomlar qiyofasini to'g'ri tushunishga imkon beradi. O'tmishda mashur bo'lgan Saqil, Hafif, Ramal, Xazaj, Duyak, Ufar, Foxtiy, Turk, Muhammas, Avsat, Chorzarb, Zarbul-Futq, Durafshon, Samoiy, Chanbar, Miatayn kabi ritm o'lchov baqrlari va doyra-nog'ora usullari bizning kungacha yetib kelgan. Bu usullar musiqa asarlari, xususan maqom yo'llarida uchraydi. Ular qachon va kim tomonidan yaratilgani bizga ma'lum emas. Ularni sodda yoki murakkabligiga qarab, avval yoki keyinchalik yaratilganini bilish mumkin. Manbalarda ko'rsatilishicha, dastlabki usul inson yuragining urishidan olingan. Tomirni barmoq bilan ushlab ko'rilsa, uning go'yo "tan-tan"ga o'xshash bir tekis urayotgani bilinadi. Olimlar buni "Usuli zarbi qadim" ("Qadimiy zarb usuli»), deb ataganlar. So'nggi davrlarda, shu usul asosida murakkabroq usullar yuzaga kelgan.
Adabiyotlar:
1. Umurzakov Baxtiyor Nashmanovich "Musiqa san'ati va uning hayotimizdagi o'rni". Jizzax 2022
2. Sh.Mirziyoev, "Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta'minlash- yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi", Toshkent, O'zbekiston nashriyot-matbaa ijodiy uyi 2017 y.
3. M.Bekmurodov, Q.Quronboev, L.Tangriev "Harakatlar strategiyasi asosida jadal taraqqiyot va yangilanish sari" nomli risola, Toshkent, G'.G'ulom nomidagi nashriyot- matbaa ijodiy uyi 2017 y
4. www.ziyonet.uz
5. www.lex.uz