Научная статья на тему 'SHASHMAQOM IJROCHILIGINING ASHULA VA CHOLG‘U YO‘LLARI TASNIFOTI XUSUSIDA'

SHASHMAQOM IJROCHILIGINING ASHULA VA CHOLG‘U YO‘LLARI TASNIFOTI XUSUSIDA Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
1027
98
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
Shashmaqom / Buzruk / Rost / Navo / Dugoh / Segoh / Iroq / Tasnif / Tarje / Gardun / Muxammas / Saqil

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Tursunoy Dodo Qizi Laminova

Ushbu maqola Shashmaqom ijrochiligining ashula va cholg‘u yo‘llari tasnifotiga bag‘ishlangan bo‘lib, asosli ma’lumotlar keltirib o‘tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SHASHMAQOM IJROCHILIGINING ASHULA VA CHOLG‘U YO‘LLARI TASNIFOTI XUSUSIDA»

SHASHMAQOM IJROCHILIGINING ASHULA VA CHOLG'U YO'LLARI

TASNIFOTI XUSUSIDA

Tursunoy Dodo qizi Laminova Yunus Rajabiy nomidagi O'zMMSI

Annotatsiya: Ushbu maqola Shashmaqom ijrochiligining ashula va cholg'u yo'llari tasnifotiga bag'ishlangan bo'lib, asosli ma'lumotlar keltirib o'tilgan.

Kalit so'zlar: Shashmaqom, Buzruk, Rost, Navo, Dugoh, Segoh, Iroq, Tasnif, Tarje, Gardun, Muxammas, Saqil

REGARDING THE CLASSIFICATION OF ROADS AND MUNICIPAL ROADS OF SHASHMAQOM EXECUTIVE

Tursunoy Dodo kizi Laminova UzNMAI named after Yunus Rajabi

Abstract: This article provides substantiated information about the singing and instrumental parts of Shashmaqom.

Keywords: Shashmakom, Buzruk, Growth, Navo, Dugokh, Segokh, Iraq, Tasnif, Tarye, Gardun, Mukhammas, Sakil.

Bizga ummon kabi bepayon va tuganmas ma'naviy-ruhiy boylik - maqomot va Shashmaqomdek milliy musiqa merosi ino'm etilganki, ustoz Yunus Rajabiy ta'kidlaganlaridek, maqomlar haqiqatda ham xalq hayotining oynasi, unda millat qalb qo'ri va o'zligi aks etadi. Bu meros vaqt silsilasidan o'tib, bizning davrimizda yangi turkum asarlar bilan boyimoqda, takomillashmoqda, bir-birini to'ldirmoqda. Bu tabiiy jarayon o'zbek musiqasining milliy o'ziga xosligi shohididir.

"Shashmaqom o'zbek-tojik musiqa san'atining bebaho durdonasi va u qadim zamonlardan buyon bu xalqlar musiqa madaniyatining asosini tashkil etib kelgan. Maqomlar to'g'risidagi tarixiy va nazariy ma'lumotlar sharq yozma manbalarida, musiqaga bag'ishlangan risolalarda o'z ifodasini topgan. Xalqimiz hayotida musiqa azaldan beqiyos o'rin tutib keladi. Samarqand yaqinidagi Mo'minobod qishlog'idan 3200 yil muqaddam suyakdan yasalgan nay cholg'usining topilgani ham shundan dalolat. Musiqa sadolari qaysi xalq yoki millat vakili tomonidan ijro etilmasin, ezgu, yuksak va nozik insoniy kechinmalarni ifoda etadi. Maqomlarning o'tmishda ijro etib kelingan namunalarining barchasi ham bizgacha yetib kelmagan bo'lsada, qadim yozma manbalardan ma'lum bo'lishicha, turli shakllarda bo'lgan. Xususan, "O'n ikki

ncTTni^^H] 165 ISSN 2181-063X/Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

maqom" turkumi nisbatan mukammal bo'lib, Shashmaqomning shakllanishida dasturulamal bo 'lgan"1.

Maqomlar sharq xalqlari musiqasining parda asosida va ularning o'ziga xos musiqa boyliklari negizida yaratilgan. Ma'lum maqom yoki sho'baning kuy va ashula yo'li turli xalqlarda bir-biridan tubdan farq qiladi, hatto ularning parda asoslarida ham juda katta tafovut bor. Maqomlarning tarixiy taraqqiyot yo'li va shakllanish jarayoni o'tmish yozma musiqa manbalarida yoritilmaganligi bu masalani atroflicha va aniq tasavvur etishga imkon bermaydi. Maqomotning bugungi kundagi shakli bo'lmish Shashmaqom Buzruk, Rost, Navo, Dugoh, Segoh, Iroq maqomlari va ularning sho'balaridan iborat. Aytish joizki, "Shashmaqom" bugungi mukammal holga o'z-o'zidan kelib qolmagan. Ushbu noyob meros musiqa bilan hayotini chambarchas bog'lagan, dunyoning bor go'zalliklarini, moziy kabi ko'hna ohanglarini tinglab his etgan insonlarning mashaqqatli izlanishlari evaziga qaytadan go'zal holga kelgan.

Shashmaqom 6 turli pardaga moslab olingan va 6 xil ladga ishlangan kuy va ashulalar yig'indisidan iborat. Shashmaqomning lad asosi 6 turli bo'lsa-da, unga yaqin keladigan boshqa ladli kuylar ham kiritilaverilgan. Bu maqom sho'balarining Taronalarida yaqqol ko'rinadi. Ularda lad strukturasi o'zi mansub bo'lgan asosiy sho'baga nisbatan o'zgarib turadi. Shashmaqomning Buzruk, Rost, Navo, Dugoh, Segoh, Iroq maqomlarining har biri katta hajmdagi siklik asar bo'lib, ular orasida, taxminan, 20 tadan 44 gacha katta va kichik maqom yo'llari bor. Maqomlarning xalq orasida mashhur bo'lgan cholg'u, ashula, surnay yo'llari bilan qo'shib hisoblasa, ular juda katta sonni tashkil etadi. Hozirda nashr etilgan kitoblardagi maqomlarning 208 ta cholg'u va 250 tagacha ashula qismlari mavjud.

Shashmaqomning cholg'u bo 'limi

Dastlab har bir maqomda mavjud bo lgan bir hil nom bilan ifodalanuvchi cholg'u yo'llari bilan qisqacha tanishsak. Ular Tasnif, Tarje', Gardun, Muxammas, Saqil va boshqa nomlar bilan ataladi.

Tasnif

Tasnif - arabchadan o'zbekchaga "yaratilgan asar, kuy", maqomning cholg'u bo'limidagi "bosh asar" ma'nosini anglatadi. Ular Tasnifi Buzruk, Tasnifi Rost, Tasnifi Navo, Tasnifi Dugoh, Tasnifi Segoh, Tasnifi Iroq nomlari bilan yuritiladi. Tasnifning takt-ritm o'lchovi 2/4, o'rniga qarab 4/4 bo'lib, ular maqomlaridan kuy harakati jarayonida o'zgarmaydi. "Buzruk, Navo maqomlarining Tasniflarida doira usuli asosan 4/4 yoki 2/4 taktli bo'lib, nota yozuvida quyidagicha ifodalanadi:

1 Maxfuza Karimova .AN'ANAVIY YAKKA XONANDALIK (o'quv qo'llanma). Toshkent. 2019.

166 ISSN 2181-063X/ Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

Gardun

Gardun "osmon gardishi, aylanayotgan taqdir" degani, Shashmaqomning cholg'u bo'limidagi qismlardan biri, musiqa istilohida Gardun ma'lum doira usulining va shu usul jo'rligida muayyan lad maqomga muvofiq ijro etiladigan kuy yoki ashula nomi, cholg'u yo'llari Iroqdan boshqa hamma maqomlarda mavjud. Gardun taktritm o'lchovi juda murakkab: 8/4 (2/4+3/4+3/4), doira usuli esa quyidagicha:

1 r cj" p7 *

Muxammas

Muxammas Shashmaqom cholg'u bo'limida eng ko'p uchraydi. Buzrukda -Muxammasi Buzruk, Muxammasi Nasrulloyi; Rost maqomida - Muxammasi Rost, Muxammasi Ushshoq, Muxammasi Panjgoh; Navoda - Muxammasi Xusayniy, Muxammasi Navo, Muxammasi Bayot; Dugoh maqomida - Muxammasi Dugoh, Muxammasi Chorgoh, Muxammasi Xojixo'ja, Muxammasi Chorsarxona; Segohda -Muxammasi Segoh, Muxammasi Bastanigor; Iroqda - Muxammasi Iroq nomi bilan ataladi. Muxammaslarning takt-ritm o'lchovi 2/4 yoki 4/4 bo'lib, doira usuli juda uzun, ya'ni 2/4 bo'lganda 16 takt, 4/4 bo'lganda 8 taktni tashkil etadi:

ijJ^fj'p I* jJ1'7* p * j «b p V J"? p | ß i [J* [_f I

i h i p *—^[J^^npT* JT * if f ¡- r-i

Saqil

Olti maqomning «Mushkilot» bo'limlari «Saqil» nomli cholg'u kuylari bilan yakunlanadi. Ushbu atama arabcha bo'lib, «og'ir», «vazmin» ma'nolarni bildiradi. Darhaqiqat, Olti maqomdagi «Saqil» kuylari vazmin ruhda ijro etilishi bilan ajralib turadi.

Bu o'rinda, «Saqil» so'zi bilan yonma-yon kelgan «Islim», «Sulton», «Ashkillo», «Basta Nigor» kabi nomlar ularning ijodkor lariga ishora etsa, «Saqili Rak-rak» so'z bo'g'inlarida mazkur «Saqil»ning doira usullariga o'xshash(ya'ni, usul kabi) xos boshlanishiga taqlid etilgan ko'rinadi. Har holda ushbu asar odatdagidek mavzu bayoni bilan emas, balki dastlab usulbop ohang ritmlari bilan (nota misolidagi 1-4 taktlar) boshlanib, so'ngra kuy mavzuyiga ulanadi.

Shashmaqomning ashula bo 'limi

Shashmaqom o'zbek-tojik xalqlarida XIX asrning 1-yarmida ommalashgan va hozirgacha o'z jozibadorligini yo'qotmagan qadriyatlarimizdan biri. Undagi har bir maqomning ichida katta-kichik kuy va ashula yo'llari uchraydi. Kuy va ashula

ficiv^^^BI 167 ISSN 2181-063X/Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

yo'llari ketma-ketlikda tartiblangan. Buzruk, Rost, Navo, Dugoh, Segoh va Iroq maqomlari o'zlarining mustaqil kuy va ahula yo'llariiga ega. Ashula yo'llari, ya'ni Nasr ikki guruhdan - birinchi va ikkinchi guruh sho'balaridan iborat. Ashula bo'limining 1-guruh sho'balari 2-guruh sho'balarisiz Taronalari bilan yaxlit holda, uzmasdan ijro etiladi. Orada uzilish bo'lmasligi uchun suporishdan foydalaniladi. Ba'zida Taronalarning o'zlari suporish vazifasini bajaradi. Suporish ulanayotgan ashulaning doira usulida ijro etiladi. Shunda ashulalar bir-biriga uzilishsiz o'tadi. Ma'lumki, Shashmaqom ashula bo'limi 1-guruh sho'balari Saraxborlar bilan boshlanadi. "Saraxbor" so'zi Shashmaqom bilan birga yaratilgan. Saraxborlar har bir maqomning mazmunini bildiradi. O.Matyoqubovning yozishicha: "Saraxbor deganda Talqin, Nasr, Ufarlar qo'shilib, ashula yo'lining asosiy o'zagi tushuniladi. Ustozlar Shashmaqomni Olti Saraxbor, deb yuritganlar. Gavriel Mullaqandovning Shashmaqomda aytiladigan she'riy daftari (dastak)da, Navo maqomining oxirida "shu ashulalar bilan Saraxbori Navo tamom bo'ladi", jumlasi keltirilgan"2.

Lirik ko'rinishdan so'ng Zafar ma'nosida Nasr sho'balari ijro etiladi. Nasr sho'balarida Oraz, Husayniy, Navro'zi Xoro, Navro'zi Ajam kabi mashhur maqom yo'llari bor. Shashmaqom ashula bo'limining 1-guruh sho'balarini sho'x, yengil Ufarlar yakunlaydi. Ufar Shashmaqomdagi har bir maqomda bor."Xorazm maqomlarida barcha Ufarlar tani maqomdan kelib chiqsa, Shashmaqomda Talqin yoki Nasrlarga bog'lanadi"3. Ufarlar Shashmaqom ashula bo'limining birinchi sho'balarini yakunlaydi, undan so'ng ikkinchi guruh sho'balariga o'tilmaydi. Maqomlarning kuy tuzilmalari, lad asoslari va lad tizimining asosiy qismi bo'lgan namudlar nazariyasini birinchi bo'lib musiqashunoslardan Is'hoq Rajabov (19271982) o'z tadqiqotlarida asoslab berdi. Y.Rajabiy to'plab notaga olgan olti jildlik "Shashmaqom" kitobida maqomlarni o'rganuvchilar uchun sho'balardagi namudlar nomlari, taktlar soni, betlar ko'rsatilgan jadval tuzib chiqildi. Shashmaqom ashula bo'limidagi 2-guruh sho'balari Savt va Mo'g'ilchalar 1-guruh sho'balariga nazira qilingan. Savt va Mo'g'ilcha shoxobchalari Talqincha, Chapandoz, Qashqarcha, Soqiynoma va Ufarlar bilan birga bir turkum qilib ijro etiladi. Savtlar Shashmaqom ashula bo'limining 2-guruhining asosiy sho'balaridan bo'lib, Segoh va Iroq maqomlaridan boshqa barchasida bittadan uchtagacha Savt yo'llari uchraydi. Savtlar Saraxbor, Talqin nasrlariga "javob" sifatida bastakorlar tomonidan yaratilgan. Mo'g'ilchalar o'zlarining kuy qiyofasi, takt o'lchovi, usuli bilan Savtlarga o'xshaydilar. "Mo'g'ilcha nomli sho'balar mo'g'illar musiqasida mashhur bo'lgan doira usullariga nisbat bo'lsa kerak."4

2 Matyoqubov O.Maqomot.Musiqa.T.2004-y.210-b.

3 Matyoqubov O.Maqomot.Musiqa.T.2004-y.214-b.

4 Matyoqubov O.Maqomot.Musiqa.T.2004-y.216-b.

LMÜ^H

68 ISSN 2181-063X / Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

Mo'g'ilchalar Rost va Iroq maqomlarida uchramaydi. Savt va Mo'g'ilchalardan so'ng Talqinchalar ijro etiladi. Talqinchadagi "cha" qo'shimchasi kuchaytirish uchun emas, balki Talqin usuliga mansub, degan ma'noda keladi"5. Undan so'ng Qashqarcha usulida ijro etiladigan ashula yo'llari keladi. Qashqarchada ham Savt va Mo'g'ilchalardagi kabi asosiy sho'balarning kuy yo'li Qashqarcha usulida ijro etiladi. Soqiynoma shariatdagi g'azallar bilan aytiladigan ashula yo'li. Savt va Mo'g'ilchalar ham Ufarlar bilan yakunlanadi. 2-guruh sho'balariga noasosiy sho'balar mavjud: Navoda Mustaxzodi Navo, Dugohda Qalandari Dugoh, Samandari Dugoh, Saraxbori Dugohlar.

Shu narsa ayonki, maqom ijodiyoti musiqa merosimizning eng salobatli va sermahsul qismini tashkil etadi. Uning tarkibiga turli davrlarda bastakorlarimiz va xonandalar tomonidan ijod etilgan har xil hajmli, turkumli, muayyan mazmunli mukammal cholg'u va aytim namunalari kirgan. Ta'kidlash joizki, maqomchilik san'ati bastakorlik va ijrochilik bilan bevosita bog'liq. O'zbekistonda xalqchil, milliy, an'anaviy musiqa san'ati rivojiga keng imkoniyatlar eshigi ochilgani, xalq ma'naviy talab va ehtiyojlarini qondirishga jiddiy e'tibor berilayotgani aniq va ravshan kuzatilmoqda. Bugungi kunga kelib barcha viloyatlarda turli an'anaviy maqom ansambllari va ijodiy guruhlari faoliyat ko'rsatmoqda. Hatto umumta'lim maktablarida ham maqom ansambllarini tuzish say-harakatlari muayyan reja va dastur asosida boshlab yuborilgan. Bu ijobiy jarayonlar maqom ijrochiligi sohasi tobora keng tus olayotganini ko'rsatadi.

Shu jumladan shashmaqom cholg'u kuylari ham asrlar davomida avloddan-avlodga, ustozdan-shogirdga va nihoyat bus-butun holicha bizgacha yetib keldi. Uni ko'z qorachig'imizdek avaylab asrash, e'zozlash endilikda bizning mas'uliyatli vazifamizdir. Negaki milliy mumtoz musiqa me'rosimizni unutmoqlik bu o'zlikni unutmoqlik bilan barobar desak mubolag'a bo'lmaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. I. Rajabov "Maqomlar".-Toshkent.: San'at 2006;

2. И. Ражабов " Макрмлар масаласига доир" Тошкент.: "Узадабийнашр", 1963 й;

3. Matyoqubov O.Maqomot.Musiqa.T.2004-y;

4. Maxfuza Karimova . An'anaviy yakka xonandalik (o'quv qo'llanma). Toshkent. 2019.

5 Rajabov I.Maqomlar.San'at.T.2006-y.251-b.

LMÜ^H

169

ISSN 2181-063X / Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.