Научная статья на тему 'SHASHMAQOM TALQIN SHO‘BALARINING IJROCHILIK XUSUSIYATLARI'

SHASHMAQOM TALQIN SHO‘BALARINING IJROCHILIK XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
68
11
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
Shashmaqom / Talqin / usul / sho‘ba / Buzruk / Rost / Navo / Dugoh / Segoh / nasixat

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Mansur Voisov

Ushbu maqolada Shashmaqom tarkibidagi talqinlar va ularning ijrochilik xususiyatlari haqida so‘z yuritilib, soha mutaxassislarining ilmiy sharxlari keltirib o‘tiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SHASHMAQOM TALQIN SHO‘BALARINING IJROCHILIK XUSUSIYATLARI»

SHASHMAQOM TALQIN SHO'BALARINING IJROCHILIK

XUSUSIYATLARI

Mansur Voisov Yunus Rajabiy nomidagi O'zMMSI

Annotatsiya: Ushbu maqolada Shashmaqom tarkibidagi talqinlar va ularning ijrochilik xususiyatlari haqida so'z yuritilib, soha mutaxassislarining ilmiy sharxlari keltirib o'tiladi.

Kalit so'zlar: Shashmaqom, Talqin, usul, sho'ba, Buzruk, Rost, Navo, Dugoh, Segoh, nasixat

PERFORMANCE CHARACTERISTICS OF SHASHMAQOM TALKIN

SUBSIDIARIES

Mansur Voisov UzNMAI named after Yunus Rajabi

Abstract: This article describes talkin shashmaqom and their characteristics, as well as scientific comments by experts in this field.

Keywords: Shashmakom, talkin, usul, shoba, buzruk, growth, navo, dugokh, segokh, council

Bizga ummon kabi bepayon va tuganmas ma'naviy-ruhiy boylik - maqomot va Shashmaqomdek milliy musiqa merosi ino'm etilganki, ustoz Y.Rajabiy ta'kidlaganlaridek, maqomlar haqiqatda ham xalq hayotining oynasi, unda millat qalb qo'ri va o'zligi aks etadi. Bu meros vaqt silsilasidan o'tib, bizning davrimizda yangi turkum asarlar bilan boyimoqda, takomillashmoqda, bir-birini to'ldirmoqda. Bu tabiiy jarayon o'zbek musiqasining milliy o'ziga xosligi shohididir. Shashmaqom ashula bo'limidagi barcha sho'balar o'zining jozibadorligi, va maftunkorligi bilan maqom shinavandalari qalbidan joy olgan. Ular o'zining kuychanligi, o'ynoqiligi, lirik xarakterga egaligi bilan bir-biridan ajralib turadi.

Talqin - bu Shashmaqomda usul nomi hamda sho'ba nomi sifatida keladi. Talqinning usul sifatida olganda shuni ham aytish lozimki bu usul o'zbek-tojik xalqlari musiqasiga mos va xos bo'lgan usullardandir. Bu sho'ba Shashmaqomda beshta bo'lib, faqat Iroq maqomidan tashqari Buzrukda - Talqini Uzzol, Rost maqomida - Talqini Ushshoq, Navoda - Talqini Bayot, Dugohda - Talqini Chorgoh, Segoh maqomida - Talqini Segohlar bor.

Talqin arab tilida "nasixat etish" - degan ma'noda keladi. Shashmaqom shakllanishining dastlabki davrlarida talqin ashula yo'llariga nasixatomuz g'azallar aytilgan va shuning uchun talqin nomi bilan berilgan bo'lsa kerak. Bundan tashqari, Sharq xalqlari musiqasida Talqin deyilgan usuli ham bor. Demak, bu sho'balarga -Talqin doyra usulida nasixatomuz g'azallar bilan ijro etilib kelingan ashula yo'llari degan ta'rif beriladi.

Talqinlarning "nasixat" mazmuni Shashmaqomga aytiladigan XIX asrda tuzilgan she'r to'plamlarida ham o'z aksini topgan. Masalan, Talqini Navoning she'r matni shunday beriladi:

Agar bo mardumi dono nishini, Sarosar az hama bolo nishini. Agar nodon buvad hamsuhbati tu, Hamon behtar, ki hud tanho nishini.1

Talqinlar nimchorak va uch chorak 3/8 3/4 takt-ritm o'lchovda ijro etiladi. Talqin sho'basining usuli an'anaviy iboralarda "bum, bak, bum, bak-ka ", yoki aksincha bo'lib, nota yozuvida esa yoki kabi ko'rinishida bo'ladi. Bu usulni musiqachilar orasida "lang usul" yoki "oqsoq usul" ("chuloq" ma'nosida) deb atalishi uning zarblar almashinuvidagi muvaffaqiyat tabiyatiga mutlaq mos nom olganidan dalolat beradi.2

Mumtoz musiqamizda bu toifadagi (ya'ni oqsoq) usullardan Talqincha, Chapandoz kabi usullarni uchratish mumkin. Bu usullarning kelib chiqishida Talqin usuli muhim ahamiyat kasb etadi. Talqinlarning nasr va ufar sho'balari bilan o'zaro bog'liqligini hamda kuy mavzusi hamohangligini uchratish mumkin, ularning farqi har bir sho'baning usuli boshqachaligidadir.

Talqin, talqincha va chapandoz so'zlarining lug'aviy ma'nolari hamda shu nomlar bilan yuritiladigan usullarning ichki xususiyatlarini qisqacha izohlash zarur. Chapandoz so'zini "teskari", "oynadagi aks" deb tushuntirish mumkin. Aslida ham talqinning teskari ko'rinishi, ya'ni vazn o'ichovlarining o'rin almashtirilishi. Talqincha esa talqinning kichraytirilgan ko'rinishi. Talqinchalar asosan oddiyroq turdagi ikkinchi guruh sho'balariga xos bo'lib, usul tarafidan takt oldidan (to'liqsiz taktdan) boshlanishi bilan ta'riflanadi.3

Bu doyra usuli Sharq xalqlari orasida ko'proq o'zbek-tojik xalq musiqasiga mos tushadi. Talqinlarga asosan, Ramali musammani mahzuf vaznidagi she'rlar aytiladi,

1 И.Ражабов. Макомлар. Тошкент 2006 йил. 224 бет.

2 Р. Юнусов. "Узбек халк мусика ижоди" 2-кисм.

3 О.Матёкубов. Макомот. Тошкент 2004 йил. 176 бет.

ya'ni "foilotun-foilotun-foilotun-foilun" tarzidagi she'lardir. Talqinlar usul jihatidan ritmik shakl jihatidan ya'ni uning usuliga tushunish nisbatan qiyin bo'lsada ular xalq orasida keng tarqalgan bo'lib, ayniqsa Shashmaqomning ikkinchi guruh sho'balaridagi Talqinchalarni ko'proq uchratish mumkin. Shuni ham aytish kerakki, ba'zi xonandalar Ramal vaznlarining boshqa turlariga mos g'azallarni ham talqinlarga tushirib aytib kelganlar. Talqin sho'balari maqomlarning salmoqli, ulug'vor va murakkab usuldagi ashula yo'llaridandir. Usul jihatidan talqin doyra usuliga o'xshamagan ritmik jihatdan boshqa asosda bo'lgan ashula va kuylarni talqin usuliga tushirib aytilsa ham mos tushadi va kuy-ashulalarning jozibasi yanada oshadi va buni amaliyotda ko'p uchratish mumkin. Bunday holda ashula biroz o'zgaradi, ammo ashulaning jumlalari o'zligini saqlab qoladi.

Talqinlar o'zining kuy qiyofasi, tarkibiy qismlari va kuy yo'nalishidagi harakati jihatidan Nasrlar va Ufarlar bilan hamohangdir. Doyra usulining har xilligi sababli Talqin, Nasr va Ufarlar bir-birlaridan farq qiladi va bu hol ularni ohang o'zgarishlariga ham olib keladi. Shuning uchun ham Segohdan tashqari hamma maqomlarda Talqinlar o'sha sho'balar nomi bilan qo'shib o'qiladi.4

Hamohang sho'balar va Ufarlar quyidagilardir:

Talqini Uzzol - Nasri Uzzol - Ufari Uzzol;

Talqini Ushshoq - Nasri Ushshoq - Ufari Ushshoq;

Talqini Bayot - Nasri Bayot - Ufari Bayot;

Talqini Chorgoh - Nasri Chorgoh - Ufari Chorgoh;

Talqini Segoh - Nasri Segoh - Ufari Segoh.5

Talqin, Nasr va Ufarlar doim variatsiya sifatida bir-biriga kuy elementlari va harakati nuqtai nazaridan hamohangdir.

Uzzol, Ushshoq, Bayot sho'balari Ufar usulida juda kam o'zgaradi. Shunday qilib, Talqin kuy qiyofasi Nasr va Ufarlar bilan bir xil bo'lib, ashulaning tarkibidagi shakliy qismlari (xatlari, namudlari) o'zgarmasdir. Shu sabali Talqinlar tarkibiy qismini Nasrlar yoki Ufarlar orqali ham bilib olish mumkin bo'ladi.

Talqinlar qiyofasi va doyra usulining murakkab bo'lishiga qaramay ular xalqchil, yoqimli va jozibali ashula yo'llaridir. Ayniqsa Shashmaqom ashula bo'limining ikkinchi qismiga kiruvchi sho'balardagi Talqincha shakllari xalq orasida keng tarqalgan.

Talqinlarning taronalari ko'pincha Saraxbor taronalarining ma'lum variantlari ham foydalaniladi. Har bir maqomda Talqin yo'llarining bittadan taronasi bo'lib, ular ba'zan Nasrlarga o'tishda suporishlar vazifasini o'taydi.

Talqini Uzzol va Talqini Bayot taronasidan keyin maxsus suporishlar keladi. Talqini Ushshoq, Talqini Chorgoh, Talqini Segoh sho'balarida esa taronalarning o'zi

4 H. Pa^aôoB. Ma^OM^ap. TomKeHT 2006 hh^.225 6eT.

5 H. Pa^a6oB. Ma^OM^ap. TomKeHT 2006 HHÏÏ. 225 6eT.

suporishlar vazifasini o'taydi. Suporishlar va ularning vazifasini o'taydigan taronalarning takt-ritm o'ichovi va doyra usuli bir xil, ya'ni ulardan so'ng ijro etiladigan Nasr sho'balari doyra usulida bo'ladi.6

Maqomlar tarkibidagi Talqin sho'balari haqida qisqacha to'xtalib o'tamiz. Buzrukda Talqin sho'basi ikkinchi sho'ba hisoblanadi, u Talqini Uzzol deb nomlangan. Uning nomlanishidagi Uzzol atamasi ma'lum bir kuy tuzilmasining ifodasi sifatida keladi. Uzzol sho'basining bosh qismini tinglaganda bejizga Uzzol nomi bilan atalmaganini ko'ramiz, chunki "Uzzol" arabchada "tushish", "pastga sakrash" ma'nolarida keladi. Bu sho'bani izohlaylik. Masalan, sho'ba "sol'" notasidan boshlansa, kuy harakati davomida to'satdan pastga, kvartaga, ya'ni "re" notasiga sakraydi. Bu sho'ba "o'n ikki maqom" tarkibiga kirgan maqom nomi hisoblanib, bu qadimiy musiqa risolalarida keltirilgan. Hozirda u Buzruk maqomi tarkibidagi sho'ba hisoblanadi. Buzruk maqomining Talqin sho'basi quyidagicha tarkib topgan:

❖ cholg'u muqaddima;

❖ I xat - daromad;

❖ II va III xatlar - miyonxat;

❖ to'rtinchi, beshinchi xatlar - Ushshoq namudi;

❖ oltinchi xat - Muhayyari Chorgoh namudi;

❖ yettinchi xat furovard, ya'ni tushirish qismlarini tashkil etadi.

Talqini Uzzol sho'basi ijro etilgandan keyin bevosita uning Taronasiga o'tiladi. Uzzol sho'basining bittagina Taronasi bor, u suporish vazifasini, ya'ni keyingi sho'baga o'tishdagi silliqlikni ta'minlaydi.

"Shashmaqom tarkibiga kirgan yana bir Talqin sho'balaridan biri "Talqini Ushshoq" sho'basidir. Bu sho'baga ishqiy-lirik xarakterdagi she'rlar bog'lab aytiladi, undagi Ushshoq atamasi arabcha "oshiq" so'zini ifodalaydi. Bu sho'baning nomlanishida ham hamjihatlikni ko'rish mumkin. "Talqini Ushshoq" Rost maqomi tarkibiga kiradi va uning ikkinchi sho'basi hisoblanadi. Rost maqomida Ushshoq atamasi bilan ataladigan yana bir nechta sho'balar mavjud va bular Talqini Ushshoq sho'basi bilan faqat usuli orqali farq qiladi, kuy tuzilmasining rivojlanishi hamohanglikda boradi. Bu sho'balar Nasri Ushshoq hamda Ufari Ushshoq deb nomlanadi. Ularning birini eshitiboq, ikkinchisining kuy tuzilmasini bilib olish mushkul emas"7.

Talqini Ushshoqning tarkibiy qismiga keladigan bo'lsak, uning daromad qismi ikki bayt she'r jumlasi bilan boshlanadi, bunda har bir bayt bir xatga to'g'ri keladi. Talqini Ushshoqning avj qismida uchta Uzzol, Ushshoq va Muhayyari Chorgoh

6 H. Pa^aôoB. Ma^OM^ap. TomKeHT 2006 hhïï. 227 6eT.

7 M.Karimova. An'anaviy yakka xonandalik. OTMning bakalavriat talabalari uchun o'quv qo'llanma. - T. : O'zbekiston matbuot va axborot agentligi, 2019.

namudlari mavjud. Bulardan Ushshoq va Uzzol namudlari qisqa berilgan, bu namudlar Muxayyari Chorgohga o'tishda o'zaro ulovchi vazifasini bajaradi.

Navo maqomidagi Talqini Bayot sho'basi Bayot kuy tuzilmasining Talqin doira usulidagi variantidir. Talqini Bayot Ramali musammani mahzuf ' vazndagi g'azallar bilan ijro etiladi:

Otashin gul barchidin xil'ati johonimdadur

Xil'at ermas ul bir o'tdirkim, mening jonimdadur.

Shashmaqom tarkibida keyingi Talqinlardan biri Talqini Chorgoh sho'basi. Bu sho'ba Dugoh maqomi tarkibidan biridir. Talqini Chorgohga o'tishda Sarahbori Dugohning VI Taronasi doira usulida ijro etilib, suporish vazifasini bajaradi va silliq o'tishni ta'minlaydi. Talqini Chorgoh cholg'u muqaddima bilan boshlanadi. Uning tarkibida daromad, miyonxat, Muhayyari Chorgoh Namudi va tushurim qismlari mavjud.

Talqini Chorgohni tinglaganda kishida ajib bir kayfiyat - inson xayolot dunyosiga cho'mganday bo4adi. Nihoyat oxirgi, beshinchi Talqin sho'basi Segoh maqomida uchraydi va u Talqini Segoh nomi bilan ataladi. Boshqa Talqinlardan farqli o'laroq unda maqom nomi qo'shib aytiladi. U cholg'u muqaddima bilan boshlandi. Uning 1-2 xatlari bir-birining ma'lum ko'rinishi bo'lgan sarxat, 3-4 xat Bayot ohanglariga ishlangan, o'rta pardalarda ijro etiladigan Miyonxat, 5-xat Navo namudi, 6-7 xat Oraz, 8-xat Miyonxatning takrori hamda 9-xat furovard qismidan iborat.

Talqin ashula yo'llari eshituvchiga turli ashulalar vositasi bilan juda ham tanishdir. Talqini Uzzol "Farhod va Shirin" musiqali8 drammasidagi "Ul pari" ariyasidir; Talqini Bayot esa hofizlar tomonidan juda ko'p ijro etilib keladigan mashhur ashula yo'llaridir. Talqini Chorgoh ham ("Ne navo soz aylagay" ashulasining bir varianti) konsert repertuarlarida ko'p ijro etilib kelinadi.9

Foydalanilgan adabiyotlar

1. И. Ражабов. Макомлар. Тошкент 2006 йил.

2. Р. Юнусов. "Узбек халк мусика ижоди" 2-кисм.

3. О.Матёкубов. Макомот. Тошкент 2004 йил.

4. M.Karimova. An'anaviy yakka xonandalik. OTMning bakalavriat talabalari uchun o'quv qo'llanma. - T.: O'zbekiston matbuot va axborot agentligi, 2019.

8 Ю. Ражабий ва Г. Мушель мусщаси.

9 И. Ражабов. Мадомлар. Тошкент 2006 йил. 227 бет.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.