Научная статья на тему 'FARG‘ONA-TOSHKENT MAQOM IJROCHILIGI YO‘LLARI'

FARG‘ONA-TOSHKENT MAQOM IJROCHILIGI YO‘LLARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
411
46
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
Farg‘ona-Toshkent maqom yo‘llari / Soqiynoma / Savt / ashula / namudlar / avjlar

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — S.Topildiyev

Ushbu maqolada Farg‘ona-Toshkent maqom yo‘llari va uning o‘ga hos jihatlari haqida so’z yuritiladi. Farg‘ona-Toshkent maqom yo‘llarining boshqa ijro yo‘llaridan faqrli tomonlari tahlili yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «FARG‘ONA-TOSHKENT MAQOM IJROCHILIGI YO‘LLARI»

FARG'ONA-TOSHKENT MAQOM IJROCHILIGI YO'LLARI

S.Topildiyev

O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali

Annotatsiya: Ushbu maqolada Farg'ona-Toshkent maqom yo'llari va uning o'ga hos jihatlari haqida so'z yuritiladi. Farg'ona-Toshkent maqom yo'llarining boshqa ijro yo'llaridan faqrli tomonlari tahlili yoritilgan.

Kalit so'zlar: Farg'ona-Toshkent maqom yo'llari, Soqiynoma, Savt, ashula, namudlar, avjlar.

FERGANA-TASHKENT MAKOM PERFORMING METHODS

S.Topildiyev

Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Art and Culture

Abstract: This article talks about Ferghana-Tashkent makom methods and its specific aspects. The analysis of the advantages of Ferghana-Tashkent makom methods compared to other implementation methods is highlighted.

Keywords: Ferghana-Tashkent makom methods, Sokinoma, Savt, song, samples, climaxes.

Milliy musiqiy ijrochiligimiz uch asosiy yo'nalishda, ya'ni Xorazm-Buxoro-Farg'ona ijrochilik maktablari zamirida rivojlanganligi barchamizga ma'lum. Har bir hududda istiqomat qiladigan xalqining etnik joylanishi, urf-odatlari, maxalliy mentaliteti, yashash turmush tarzi zamirida o'ziga xos musiqiy ijrochilik uslublari ham mavjuddir.

O'n ikki maqom asosida Shoshmaqom yaratilganligi, Shashmaqom zamirida bastakorlarimiz tomonidan bir-biridan go'zal cholg'u va ashula yo'llari yaratilganligi aniq manbalar asosida bizgacha yetib kelgan. Farg'ona-Toshkent maqom yo'llari ana shunday mashhur ijrolarning maxsulidir.

«Dugoh Xusayniy», «Shaxnozi Gulyor», «Bayot», «Chorgoh» ijrolari turkum sifatida mashhur bo'lganligi sababli «Chormaqom» (to'rt maqom) deb ham yuritiladi. Farg'ona, Toshkent, Samarqand vohalarida, Qozog'istonning Chimkent viloyatida va boshqa shaharlarda Shashmaqom asosida turli shakllardagi cholg'u va ashula yo'llari yaratilgan. Shular jumlasidan mashhur cholg'u asarlar: besh qismli Nasrulloyi, Munojot turkumi, Cho'li Iroq, Navoning bir necha cholg'u namunalari, Navro'zi Ajam, Ajam va uning taronalari, Ilg'or, Miskin va Adoyining besh qismli turkumi, ikki qismli Mirzadavlat, Madalibek, Beksulton, Cho'li Qurd, Sayqal, Suvora yo'lari,

I icclT^^^^H 905 http://oac.dsmi-qf.uz

Mushkuloti Dugoh va uning Ufari, Dutor Bayoti, O'yin Dugohi, Rost Panjgoh Qashqarchasi, Dilxiroj, Mushkuloti Segoh va uning Ufari, patnisaki uslubda chalinadigan Dugoh, Segoh va Ushshoq namunalari Qari Navo, Surnay yo'llaridan Buzruk, Navo, Iroq, Dugoh, Dugohi Xusayniy, Nasrulloyi, Chorgoh, Mustaozod, Dashti Navo kabi o'nlab kuylar maxalliy bastakorlar tomonidan maqomlar asosida yaratilgan bo'lib, musiqiy madaniyatimizning bebaho durdonalari qatoridan joy olgan.

Yuqoridagi sanab o'tilgan cholg'u yo'llari turkumli va yakka-yakka ijro etiladigan kuylardan iboratdir. Farg'ona-Toshkent maqomlarining ashula variantlari ham turkum va yakka tarzda ijro etiladigan ashulalar bo'lib, juda katta ko'rinish hosil qiladi.

Turkum sifatida keladigan mashhur ijrolar quyidagilardir: «Bayot» I, II, (II), III (III), IV, V: «Chorgoh» I, II, III (III), IV, V, VI «Dugoh Xusayniy» 1,11,(11), III (tarona), IV (IV), V, VI, VII «Shaxnozi Gulyor» I, II, III, IV, V (Qavs ichida ko'rsatilganlari qo'shimcha variant ijrolari).

Ushbu turkum ijrolarga qisqacha sharx berib o'tamiz. Bayot 1- Navo maqomining Bayot sho'balari asosida yaratilgan va shu sho'bada uchraydigan avjlar va namudlar ma'lum darajada saqlanib qolgan. Bayot II Navo maqomidagi Nasri Bayotning II-III taronalari kuy tuzilishi va harakati shakli bilan bir xillik kuzatiladi. Bayot III, IV, V kuy tuzilishi, shakli jihatdan oldingi qismlardan keskin farq qiladi. Ular Bayot I, II ijrolarining daromad boshlanish pardasidan besh parda, ya'ni Kvinta yuqoriga ko'tarib ijro etiladi. Lekin ijro tugashida yana daromad pardaga qaytiladi. Shu bilan Bayot turkumining to'liq ijrosi aniq boshlanish va tugallanish pardasiga ega bo'ladi.

Yana bir mashhur ijro turkumi bo'lgan Chorgoh esa Dugoh maqomidagi Sarahbori Dugoh, Talqini Chorgoh, Nasri Chorgoh, Savti Chorgoh sho'balar asosida yaratilgan. Chorgoh 1 da Sarahbori Dugohning doira usuli, ashula ijrosi, she'r o'lchovi va tushirish qismlari Savti Chorgoh shaxobchalarining ma'lum ko'rinishidir. Chorgoh III ning ashula ijro yo'li Savti Chorgohga hamohangdir. Chorgohning IV, V, VI shaxobchalari har xil doira usuli bilan ijro etiladigan bir xil ko'rinishlardir. Farg'ona -Toshkent maqom yo'llaridan biri Dugoh Xusayniy turkumi, Shashmaqomdagi Xusayniy Dugox asosida yaratilgan bo'lib, keyingi sho'obalardan va taronalaridan foydalanilgan. Dugoh Xusayniyning I qismi Sarahbor, ikkinchi qismi Savti, keyingilari Qashqarcha usullarida ijro etiladi va Ufar, Suporish bilan tugallanadi. Dugoh Xusayniyning hamma shaxobchalari xalq orasida keng tarqalgan. Farg'ona-Toshkent ijrochilik yo'llarida «Shaxnozi-Gulyor» ashulalar turkumi ham juda mashhurdir. «Shaxnozi Gulyor» Rost maqomi ashula yo'llari asosida yaratilgan bo'lib, birinchisi Gulyor, ikkinchisi Shaxnoz, uchinchisi Chapandozi Gulyor, to'rtinchisi Ushshoq, beshinchisi Qashqarchai Ushshoq nomlari bilan mashhurdir. Birinchi Gulyor Saraxbor usulida, Shaxnoz - tarona usulda, uchinchisi - Chapandoz, to'rtinchisi - Saraxbor, beshinchisi - Qashqarcha doyra usullarida ijro etiladi. «Shaxnozi Gulyor» o'z tuzilishi

I icclT^^^^H 306 http://oac.dsmi-qf.uz

jihatdan Bayot, Chorgoh, Dugohi Xusayniy turkumlaridan tubdan farq qiladi. Farg'ona - Toshkent maqom yo'llarida yana bir mashhur ijrolardan biri Rost maqomi sho'balari asosida yaratilgan Ushshoq turkumlaridir. Ushshoqning besh xil yo'li bo'lib, har biri alohida yakka ashula sifatida ijro etiladi. Ularning kuy tuzilishi, ohangi bir xil bo'lsa-da, shaklan bir-biridan ajralib turadi. Ushshoq ijrolarida Uzzol sho'basining ohanglari daromadda, namudlari avjlarda ishlatilgan. Ushshoq ijrolarining birinchisi qolganlaridan besh parda yoki kvinta ko'tarilib ijro etilishi bilan farqlanadi. So'nggi qatordan daromadga tushiladi va daromad pardadan keyingi Ushshoqlar boshlanadi. Ubaydiy g'azali bilan aytiladigan Ushshoq Farg'ona vodiysi va Toshkentda mashhur bo'lgan. Farg'ona-Toshkent ijrochiligida quyidagi turkum ijrolar ham mashhurdir: Buzruk maqomi sho'balari bilan hamohang Abduraxmonbegi I, II va uning Ufori, marg'ilonlik Madali xofiz tomonidan 7 ta ijrogacha to'ldirilgan bo'lib, Farg'ona vodiysida «Madalibegi» deb ham yuritilgan. Abduraxmonbegi I, II, III,IV,V,VI, VII ijrolari aksariyati o'sha davrda zamondosh bo'lgan Muqimiy g'azallari bilan aytiladi. Rost maqomining «Savti Kalon» sho'basi shahobchalari asosida yaratilgan Qalandar I, II ashulasi ham to'ldirilib, Qalandar I, II, III, IV, V tarzida ijro etiladi. Yana bir el sevgan mashhur ijrolardan «Tanovar» turkumidir. Xozirda Tanovarning 13 ta ijrochilik yo'llari mavjud bo'lib, 9 ta ashula - yalla yo'li, 4 ta musiqiy yo'li bilan jilolanadi. Bulardan to'rtichisi dutor tanovari deb yuritiladi. Xalq bastakorlari Farg'ona -Toshkent ijrochilik yo'llariga monand yuzlab ashulalar va musiqalar yaratganlar. Yunus Rajabiy, To'xtasin Jalilov, Imomjon Ikromov, Komiljon Jabborov, Doni Zokirov, Muxtorjon Murtazoyev, Jo'raxon Sultonov, Orifxon Xotamov singari bastakorlar ijodlari bunga misol bo'la oladi. Natijada maqom yo'llari asosida yuzlab ashulalar va musiqalar xalq mulkiga aylandi. Keyinchalik bastakor Imomjon Ikromov Navoiyning «Qaro ko'zim» radifli g'azalini juda moxirlik bilan shu yo'lga solib, yana ham mashhur ijroga aylantirdi. Bu ijro Toshkent Ushshoqi deb ham yuritiladi. Ushshoq 1 dan kelib chiqadigan Daromadi Ushshoq, Xoji Abdulaziz tomonidan qayta ishlangan Samarqand Ushshoqi, ijroda bir xillik kasb etadi. Ushshoqning yana bir namunasi xo'jandlik xofiz va bastakor Sodirxon Bobosharipov tomonidan jilolangan va «Sodirxon Ushshoqi» nomi bilan mashhur bo'lgan varianti ham «Ushshoq I» ning shakliga hamohangdir. Ushshoq ijrolari orasida Qo'qon Ushshoqi sadolanish shakli, avjlardagi o'zgarishlar jihatidan boshqa Ushshoq yo'llaridan sezilarli farq qiladi. O'ziga xos ohanglar tuzilmasiga egadir. Shunisi diqqatga sazovorki, Ushshoqlarning barcha ijrolari Shashmaqomdagi Ushshoq sho'balari ohanglariga asoslangan bo'lsada, ularning har biri o'ziga xos kuy tuzilishiga ega, tasirchanlik xususiyatlari ham har xildir.

Farg'ona-Toshkent ijrochiligida o'ziga xos ijro maktabiga ega bo'lgan katta ashula ijrosidir. Katta ashula mashhur ijro yo'li bo'lib, Farg'ona vodiysida, qisman Toshkentda ijro etiladi. Katta ashula ikki, uch, ba'zan to'rt xofiz tomonidan aytiladi.

I îhSi^^Bl http://oac.dsmi-qf.uz

Ashula so'zlari ijro yo'nalishiga qarab bo'lib olinadi va maolum joylarda birga kuylanadi va birga tamomlanadi. «Rabbano dodimga yet», «Aylansin quling», «Bir kelsun», «Shafoat», «Adashganman», «Ey dilbari jononim», «Yovvoyi Chorgoh» singari patnisaki ashulalar juda mashhurdir. Keyinchalik «Bog'aro», «Kirib bo'stonni kezdim», «Kanolim», «O'zbekistonim» kabi katta ashulalar ham shu qatorga qo'shiladi. Hamroqul qori To'raqulov, Xolqora xofiz, Erka qori Karimov, Xaydarali Xikmatov, Sherqo'zi Boyqo'ziyev, Boltaboy Rajabov, Mamadbobo Sattorov, Jo'raxon Sultonov singari mashhur xofizlar katta ashula bobida dong taratganlar. Xulosa qilib aytganda, o'zbek musiqiy san'atida Farg'onaToshkent ijrochilik maktabi alohida o'rin tutadi. Bu maktabning musiqiy va ashula ijrochiligi aniq uslubga, doyra usuliga, musiqiy tuzilmasiga egadir. Bu an'ana davom etmoqda va xozirda ham xalq bastakorlari ijodlarining samarasi o'laroq Farg'ona - Toshkent ijrochilik yo'llari boyib bormoqda. Ushbu ijroni amalga oshiradigan sozanda va xofizlar ham yetishib chiqmoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. S.Mannopov "O'zbek xalq musiqa madaniyati", Toshkent, "Yangi asr avlodi". 2004 y

908

http://oac.dsmi-qf.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.