Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
FARG'ONA VODIYSI MAQOM IJROCHILIGIDA KATTA ASHULA
Sultonali Mannopov
Farg'ona davlat universiteti Vokal va cholg'u ijrochiligi kafedrasi professori Kattaboyev Axrorjon Farg'ona davlat uniuniversiteti, "San'atshunoslik" fakulteti, "Musiqiy ta'limi va san'at" yo'nalishi 2-kurs magistranti.
ANNOTATSIYA
Mazkur tadqiqot jarayonida Farg'ona - Toshkent maqomlariga mansub asarlar namunalarining, katta ashulalarning yozib olinishi, nota tizimlari, bu ishda foaliyat olib borgan musiqashunoslar va musiqachilar faoliyatinini yoritib berish bilan ularining tarixini ochib berish, birlamchi manbalari va musiqa amaliyotini o'rganish yo'li bilan o'zbek san'atidagi o'rnini aniqlash, bugungi kundagi olib borilayotgan izlanishlar bilan bog'liq jihatlarini o'rganish hamda ularni zamonaviy musiqa amaliyotiga tatbiq etishning ilmiy-uslubiy asoslarini yaratishdan iborat ekanligi asoslandi.
Kalit so'zlar: maqom, katta ashula, patnusaki (patnis) ashula, Toshkent maqomi.
АННОТАЦИЯ
В ходе данного исследования были отобраны образцы произведений, относящихся к статусу Фергана-Ташкент, записи великих песен, системы нотации, деятельность музыковедов и музыкантов, принимавших активное участие в этой работе, раскрытие их истории, изучение первоисточники и музыкальная практика.Утверждалось, что он заключается в определении его места в узбекском искусстве, изучении его аспектов, связанных с современными исследованиями, и создании научно-методических основ их применения в современной музыкальной практике.
Ключевые слова: статус, большая песня, песня патнусаки (патнис), ташкентский статус.
KIRISH
Katta ashula xalqimizning eng qimmatbaho boyliklaridan biri bo'lib, bugungi kunda yosh san'atkorlar orasida uning ijrochilari juda kam uchraydi. San'atimizning qadimiy yo'nalishlaridan biri bo'lgan Katta ashula ilmiy izlanishlarga muhtoj. Buni katta ashulani 2009 yilda YUNESKOning "Insoniyatning nomoddiy madaniy merosi" Reprezentativ ro'yxatiga kiritilganidan ham bilishimiz mumkin. Qolaversa, katta ashulani muhofaza qilish, saqlash va targ'ib etish bo'yicha tajriba loyihasi ASSU
417
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
YUNESKOning (Yaponiya) Oltin medali bilan taqdirlandi. Bu mavzuni kengroq o'rganish va yosh san'atkorlar orasida targ'ib etish bugungi kunning dolzarb mavzularidan biridir.
TADQIQOTNING USULLARI
Dissertatsiya mavzusini yoritishda tasniflash, qiyosiy-tarixiy uslub kabi tadqiqot va tahlil usullari qo'llanilgan. Magistrlik dissertatsiyasi mavzusini yoritib berishda analiz va sintez, qiyosiy taqqoslash, tarixiylik va mantiqiylik, umumlashtirish uslublaridan keng foydalanildi.
O'zbekiston musiqa, san'at tarixi va nazariyasida qabul qilingan qiyosiy-tizimli tahlil hamda atoqli musiqashunoslarning ilmiy-tadqiqotlarida bayon etilgan uslubiy xulosalar va ko'rsatmalarga asoslanadi. Tadqiqotimiz uchun yaxlit ilmiy -umumnazariy va amaliy qoidalaridan biri - bu muayyan xossalarini o'rganish orqali umumiy xususiyatlarni aniqlash, qiyosiy tahlil, ya'ni induksiya va umumlashtirish vositasida ayrim amaliy uslublarni ham tavsiflab, ularning imkoniyatlarini o'rganishdan iborat.
TADQIQOT NATIJALARI
Farg'ona - Toshkent maqomlariga mansub asarlar namunalarining, katta ashulalarning barcha tarkibiy va ifodaviy (parda, usul, shakl va h.) vositalari o'rganilib, ularning o'zbek mumtoz musiqasi tarkibidagi mavqei ochib berildi. Olingan natijalardan musiqiy-pedagogik, san'at, madaniyat hamda tarix sohalariga ixtisoslashtirilgan o'rta-maxsus va oliy o'quv yurtlaridagi dars jarayonlarida foydalanish mumkin. Farg'ona - Toshkent maqomlariga mansub asarlar namunalari, katta ashulalar borasidagi ma'lumotlarni ilmiy va amaliy o'zlashtirishda, ularning tarixiy jarayonlarini o'rganishda tadqiqot xulosalaridan manba sifatida foydalanish mumkin. Tahlil etilgan birlamchi risolalardan kelib chiqqan holda xulosalar qilinib, ularning asosliligi olingan natijalarning amaliyotda, ta'lim jarayonida foydalanilishi bilan izohlanadi.
KATTA Ashula, patnusaki (patnis) ashula - Farg'ona vodiysiga xos bo'lgan ozbek ananaviy ashula yoli. Odatda, 2-5 hamnafas ashulachi (hofiz) tomonidan cholg'u jo'rligisiz (qo'llariga patnis yoki likobcha ushlagan holda) aytiladi. Kopincha yuqori pardalarda va keng nafasda ijro etilib, oziga xos murakkab ijro uslubi b-n ajralib turadi. K.a. qadimiy marosim va mehnat qoshiqlari, marsiya, navha, ayolgu qoshiqlari hamda aruz vaznidagi gazallarning qadimgi oqilish uslublari zaminida vujudga kelgan. K.a., odatda, katta yig in, sayil va to y- tomoshalarda aytilgan. Uning o tmishdagi namunalarida lirik va nasihatomuz g azallar b-n bir
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
qatorda diniy, tasavvuf yo'nalishidagi she'rlar ham kuylangan. Navoiy, Lutfiy, Mashrab, Xaziniy, Muqimiy, Furqat, Zavqiy, Miskin va b.ning gazallari K.a. janridan alohida o'rin olgan. Xalq orasida Dostlar (Navoiy), Ko'p erdi, Yolg'iz, Adashganman (Muqimiy), Oh kim, rahm aylamas (Furqat), Bir kelsun, Ey, dilbari jononim (Miskin) kabi K.a.lar keng tarqalgan. K.a. ijrochiligida badiha uslubidan keng foydalaniladi. Bu esa undagi nutqdosh va ohangdor tuzilmalar bir-biriga mukammal va uzviy bog lanishini taminlaydi, ashulani rang-barang musiqa bezaklari b-n boyitadi, turli avjlar qollanishiga olib keladi. K.a. ijrochisi ananaviy ustoz-shogird maktabini o tgan, she riyat qonunlari va ijrochilik an analariga tayangan, keng diapazonli, baland ovozga va mahoratga ega bolishi lozim. Hofizlar, odatda, she'r bandidagi boshlang'ich misralarning har birini galma-gal, so'nggi misralarni jor bolib ijro etadilar.
20-asrning 2-yarmida Katta ashulaning yangi ashula-cholgu yo'llari, yakkaxon hofizga moljallangan turlari yuzaga keldi. Mazkur namunalarda cholgu ansambli hamnafas hofiz vazifasini bajargan, ijroda erkin uslub saqlanib qolgan. K.a.ning bu uslubi Jo raxon Sultonov tomonidan yaratilgan (Ey dilbari jononim, Ohkim, Topmadim, Guluzorim qani, Mehnat axli, O zbekiston va b.). Ayrim maqom sho^balari (Bayot, Chorgoh, Ushshoq) ham K.a. (yovvoyi maqom) uslubida aytilgan (mas., Yovvoyi Ushshoq, Patnusaki Chorgoh, Likobi Bayot va b.). Mohir sozandalar K.a.ning cholg'u (nay, surnay, gijjak) yollarini yaratdilar. Rivojlanish mobaynida K.a. ijrochilik (Qo'qon, Marg'ilon, Toshkent, Namangan — Andijon) maktablari shakllangan.
Bizningcha, maqomotning Farg'ona - Toshkent maqom yo'llarining o'ziga xos notasi ham bo'lishi kerak. Chunki, Qo'qon xonligida ham, garchi u XIX asr o'rtalarida, Xudoyorxon zamonida "Elda sho'xlik ko'payib, dini islomga putur yeta boshladi", deya quvg'inga uchragan bo'lsada, maqomga alohida e'tibor berilgan. Maqom tarixida Xudoyerdi ustoz, Ashurali Mahram kabi zabardast ijrochilar bo'lishgan. Bu ustozlarning o'zlari alohida maktab yaratishgan . Garchi tazyiqlar sabab ular tarqalib ketishgan bo'lishsada, ular o'z san'atlarining rivojlanishi, avloddan- avlodga o'tib yurishi uchun qayg'urishgan. Ustiga ustak "sovet"lar siyosati ham bu narsani yanada chuqurroq yashirish zaruratini yuzaga keltirgan. Ana shulardan kelib chiqib aytish mumkinki, o'sha biz ehtimol qilayotgan nota yozuvi ham qayerlardadir turgandir va o'zining topilishini kutib yotgandir?! Ustozlarimizning Farg'ona - Toshkent maqom yo'llarining tadqiq qilinishi, o'rganilishi lozim, degan fikrlarini o'qiganimda dastlab mana shu fikr hayolimga
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
keldi. Agar shu narsa topilsa, bu o'zbek san'atining naqadar buyukligini yana bir bor isbotlagan bo'lardi.
Katta ashula san'ati ma'lum tarixiy jarayonlarni boshdan kechirgan, xalqning ijtimoiy, siyosiy xamda ma'naviy extiyojlari o'laroq, hayotida o'z izini qoldirib kelayotgan betakror aytimlar sirasiga mansub. Ma'lumki, katta ashulalar ikki xil bo'ladi, birinchisi maqom pardalari, ya'ni musiqiy til bilan aytganda maqom pardasida ijro etilgan va bastakorlar tomonidan yaratilgan katta ashulalardir. Darhaqiqat, katta ashula janri musiqiy merosimiz namunalari ichida alohida o'rin tutadi. Bunday deyishimizga sabab, bu xonandalik san'ati bilan bog'liq bo'lib, musiqiy sozlarsiz ijro qilinadigan mukammal janrdir.
Katta ashula ijrochiligida xonanda yonidagi hamkasblarini har tomonlama sezish, ular bilan hamnafaslikni-jo'rnavozlikni his qilish va hamohang bo'lib ashula aytish malakalari shakllanadi. Katta ashula ishtirokchisi bo'lgan xonandaning oldida qator vazifalar turadi. U jo'rnavoz bilan birgalikda bir tan, bir jon bo'lib ijro qilishi lozim. Ayniqsa xonandalarga hos bo'lgan ijrochilik nafasi, tovush cho'zimi, uning tozaligini har doim eshitish nazorati orqali boshqarib borishi va shaxsiy usul sezgisini jo'rnavozining usul sezgisiga bo'ysundirishi va moslashi katta ahamiyatga ega. Xonandaning talaffuzi, so'zlarni ovozda ijro etishda og'iz artikulyatsiyasi, uni shakllantirilishi malakalarini yaxshi egallaganligi, jamoa bo'lib ijro qilishning muhim shartlaridan biridir. Bunda oddiydan murakkabga qarab borish, sinfda va mustaqil mashg'ulotlarda izchillik, muntazamlik hamda doimo pedagogning e'tibori muhimdir.
Farg'ona-Toshkent maqom turkumlaridan tashqari alohida maqom cholg'u va maqom ashula yo'llari yetuk sozanda va bastakorlar tomonidan Farg'ona vodiysiga xos ashula, katta ashula va cholg'u yo'llari asosida Shashmaqom sho''ba va shohobchalari mutanosibligida yuzaga kelgan. Jumladan, "Cho'li Iroq", "Toshkent Irog'i", "Qo'qon Irog'i", "Yovvoiy Chorgoh", "Yovvoiy Ushshoq", "Yovvoiy Tanovar", "Segoh", "Samarqand yoki Hoji Abdulaziz Ushshoqi", "Toshkent yoki Mulla To'ychi Ushshoqi", "Xo'jand yoki Sodirxon hofiz Ushshoqi"ni aytish mumkin. Bulardan tashqari "Navo", "Surnay Dugohi", "Surnay Iroqi", "Yakkaxonlik", "Begi Sulton" kabi surnay yo'llari ham bor.
REFERENCES
1. Mannopov, S., Karimov, A., Qurbonova, B., & Dilobar, J. (2022, February). THE EMERGENCE AND DEVELOPMENT OF MUSIC. In Archive of Conferences (pp. 49-52).
XULOSA
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
2. Mannopov, S., Karimov, A., Qurbonova, B., & Dilobar, J. (2022, February). THE EMERGENCE AND DEVELOPMENT OF MUSIC. In Archive of Conferences (pp. 49-52).
3. Mannopov, S. (2004). Uzbek folk music culture.(Study guide) Tashkent. New
Age Generation.
4. Маннопов, С. (2018). Навобахш охднглар. Т.: IJOD-PRESS нашриети.
5. Маннопов, С. У. Л. Т. О. Н. А. Л. И. (2004). Узбек халк мусика маданияти. Янги аср авлоди.
6. Маннопов, С. (1852). Ходжи Абдулазиз Абдурасулов (1852-1936).
7. Abdusattorov, A. About Makom Melodies Adapted for Orchestra of Uzbek Folk Instruments. International Journal on Economics, Finance and Sustainable Development, 2(11), 28-30.
8. Kurbanova, B., Khurshid, M., & Tokhirjon, S. (2022, May). THE ROLE AND IMPORTANCE OF A SYSTEMATIC APPROACH TO TEACHING IN THE FINE ARTS. In Archive of Conferences (pp. 105-107)
9. Мамазияев, Х. А. У. (2022). МА^ОМ САНЪАТИДА МУСИКД ЧОЛГУЛАРИНИНГ ТАДРИЖИ. Science and innovation, 1(C3), 7-14.
10. Adiljanovna, A. M., Nurullaevna, N. M., Abdumalikovna, Y. D., Sharobidinovich, M. J., Abdujalil Abduvalio'g'li, A., & Behzod Asqaralio'g'li, T. (2021). Academic Yunus Rajabi and His Scientific Heritage. Annals of the Romanian Society for Cell Biology, 9092-9100.
11. Kirgizov, I., Kirgizov, I., Najmetdinova, M., & Atabayeva, S. (2022, February). THE GENESIS OF THE DEVELOPMENT OF MUSIC CULTURE. In Archive of Conferences (pp. 57-60).