Научная статья на тему 'BO‘LAJAK MUSIQA O‘QITUVCHILARINING KREATIV KOMPETENTLIGINI MUSIQA TARIXI FANINI O‘QITISH VOSITASIDA SHAKLLANTIRISH'

BO‘LAJAK MUSIQA O‘QITUVCHILARINING KREATIV KOMPETENTLIGINI MUSIQA TARIXI FANINI O‘QITISH VOSITASIDA SHAKLLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
280
32
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
shashmaqom / ushshoq / iste’dod / makon / o‘t–o‘lanlar / buloqlar / daraxtlar / tog‘ – adirlar / qoya va cho‘qqilar / koinot. / shashmakom / ushshoq / expired / makon / springs / trees / mountain / rock and peaks / the universe.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — D. Namozova

Yosh avlod mumtoz musiqa ta’limi va tarbiyaviy ahamiyatiga hozirgi kunning dolzarbligini kasb etgan mumtoz musiqiy asarni tahlilini o‘rganishni talab etadi. Bu jarayonda albatta ustozlardan qolgan meros, ularning tajribasiga tayanib ish ko‘rgan afzal. Ana shunda mahorat maktabi talabadagi tabiat ato etgan qobiliyatni yanada rivojlantiradi, unga sayqal beradi. Mavzu “Musiqa tarixi” fanini o‘qitish jarayonida bo‘lajak musiqa o‘qituvchisining kreativ kompetentligini tarkib toptirishga yo‘naltirilgan texnologiyalarni ishlab chiqishning ahamiyati haqida.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

FORMATION OF CREATIVE COMPETENCE OF FUTURE MUSIC TEACHERS THROUGH TEACHING OF MUSIC HISTORY

The young generation demands to learn the analysis of the classical musical work, which has acquired the relevance of today's classical music education and educational value. In this process, it is better to rely on the legacy of the teachers and their experience. That is how the skill school further develops and polishes the ability of the student given by nature. The topic is about the importance of developing technologies aimed at developing the creative competence of a future music teacher in the process of teaching "History of Music".

Текст научной работы на тему «BO‘LAJAK MUSIQA O‘QITUVCHILARINING KREATIV KOMPETENTLIGINI MUSIQA TARIXI FANINI O‘QITISH VOSITASIDA SHAKLLANTIRISH»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

BO'LAJAK MUSIQA O'QITUVCHILARINING KREATIV KOMPETENTLIGINI MUSIQA TARIXI FANINI O'QITISH VOSITASIDA SHAKLLANTIRISH

Namozova Dilorom

Farg'ona davlat universiteti Musiqa ta'limi kafedrasi o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.7195688

Annotatsiya. Yosh avlodmumtoz musiqa ta'limi va tarbiyaviy ahamiyatiga hozirgi kunning dolzarbligini kasb etgan mumtoz musiqiy asarni tahlilini o'rganishni talab etadi. Bu jarayonda albatta ustozlardan qolgan meros, ularning tajribasiga tayanib ish ko'rgan afzal. Ana shunda mahorat maktabi talabadagi tabiat ato etgan qobiliyatni yanada rivojlantiradi, unga sayqal beradi. Mavzu "Musiqa tarixi" fanini o'qitish jarayonida bo'lajak musiqa o'qituvchisining kreativ kompetentligini tarkib toptirishga yo'naltirilgan texnologiyalarni ishlab chiqishning ahamiyati haqida.

Kalit so'zlar: shashmaqom, ushshoq, iste 'dod, makon, o't-o'lanlar, buloqlar, daraxtlar, tog' - adirlar, qoya va cho'qqilar, koinot.

FORMATION OF CREATIVE COMPETENCE OF FUTURE MUSIC TEACHERS THROUGH TEACHING OF MUSIC HISTORY

Abstract. The young generation demands to learn the analysis of the classical musical work, which has acquired the relevance of today's classical music education and educational value. In this process, it is better to rely on the legacy of the teachers and their experience. That is how the skill school further develops and polishes the ability of the student given by nature. The topic is about the importance of developing technologies aimed at developing the creative competence of a future music teacher in the process of teaching "History of Music".

Key words: shashmakom, ushshoq, expired, makon, springs, trees, mountain, rock and peaks, the universe.

ТЕКСТ НАУЧНОЙ РАБОТЫ НА ТЕМУ «ФОРМИРОВАНИЕ ТВОРЧЕСКОЙ КОМПЕТЕНТНОСТИ БУДУЩИХ УЧИТЕЛЕЙ МУЗЫКИ ЧЕРЕЗ ПРЕПОДАВАНИЕ ИСТОРИИ МУЗЫКИ»

Аннотация. Молодое поколение требует изучения анализа классического музыкального произведения, которое приобрело сегодня актуальность классического музыкального образования и воспитательное значение. В этом процессе лучше опираться на наследие учителей и их опыт. Так школа мастерства развивает и отшлифовывает данные природой способности ученика. Тема посвящена важности разработки технологий, направленных на развитие творческой компетентности будущего учителя музыки в процессе преподавания «Истории музыки».

Ключевые слова: шашмаком, ушшак, талант, пространство, трава, родники, деревья, горы-холмы, скалы и вершины, вселенная.

КИРИШ

Ma'lumki, musiqa san'ati ajdodlarimiz ma'naviy hayotining mahsuli sifatida bizgacha yetib kelgan muhim meroslardan biridir. Aytish mumkinki, musiqa san'ati asrlar osha sayqal topib, milliy mumtozlik darajasiga ko'tarildi va bashariyat tomonidan e'tirof etildi. Shu bois sharq mutaffakkirlari musiqa san'atining inson kamolotidagi ahamiyatiga katta e'tibor berdilar, ushbu sohada mahsus tadqiqotlar olib bordilar va insoniyat uchun o'lmas asarlar yozib qoldirdilar.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Birinchi prezidentimiz I.Karimovning so'zlariga ko'ra "Madaniy jamoatchiligimiz, avvalambor musiqashunos olimlar, ustoz san'atkorlar, kompozitorlar, yozuvchi va jurnalistlar, ko'p sonli san'at ixlosmandlari bunday masalalar yuzasidan o'z fikrini ochiq bildirib borishi, shu tariqa yoshlarimizga to'g'ri tarbiya berishimiz ham qarz, ham farz, deb o'ylayman.

Biz uchun axloqiy jihatdan noma'qul, milliy qadriyat va qarashlarimizga yot bo'lgan, lekin hozirgi vaqtda hayotimizga kirib borayotgan mana shunday ko'rinishlarni bamisoli yuqumli kasallik deb qabul qilishimiz lozim. Va ayni shu asosda bunday xurujlarning o'ta xavfli holat ekanini anglashimiz zarur.

Nega deganda, agar insonning qulog'i yengil-yelpi, tumtaroq ohanglarga o'rganib qolsa, bora-bora uning badiiy didi, musiqa madaniyati pasayib ketishi, uning ma'naviy olamini soxta tushunchalar egallab olishi ham hech gap emas. Oxir-oqibatda bunday odam «Shashmaqom» singari milliy merosimizning noyob durdonalarini ham, Mosart, Betxoven, Bax va Chaykovskiy kabi dunyo tan olgan buyuk kompozitorlarning asarlarini ham qabul qilishi qiyin bo'ladi.

Bunday holatlarning oldini olish uchun san'atkorlar orasida sog'lom ijodiy muhit tashkil qilish, o'sib kelayotgan yosh avlodning ma'naviy olami va madaniy saviyasini yuksaltirish, yoshlarimizning milliy va jahon musiqa madaniyatining mumtoz asarlari bilan birga, ularning kayfiyati va intilishlariga mos keladigan zamonaviy estrada san'ati namunalaridan keng bahramand bo'lishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, musiqiy ta'limni yanada rivojlantirish masalalari o'ta muhim ahamiyat kasb etadi" [3].

TAA^H^OT MATEPHA.MAPH BA METOAO^OrHflCH

Vatanimiz mustaqillikka erishgan kundan e'tiboran xalqimizning ma'naviy-ruhiy olamini yangilash borasidagi ahamiyati davlat siyosati darajasiga ko'tarildi. Bu meros O'zbekistonning rivojlanish xarakatlar strategiyasida o'z ifodasini topar ekan, "O'zbekistonda maqom san'atini yanada rivojlantirish, bu borada shakllangan ijro va ijodiy maktablar va an'analarni, buyuk bastakorlar, hofizlar va sozandalar merosini chuqur ilmiy asosda o'rganish va qayta tiklash"[1] bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori milliy maqom durdonasini chuqur ilmiy o'rganish, bu boradagi tajribalarni keng targ'ib etish, ayniqsa, yosh avlodni mumtoz musiqiy merosimizni teran anglash ko'nikmalarini shakllantirish yuzasidan imkoniyatlar ochib berdi.[2] Yaratilgan imkoniyatlar va sharoitlar shukronasidan kelib chiqib, biz an'anaviy xonandalik fanini o'qitish jarayonida bo'lajak musiqa o'qituvchisining kompetentligini tarkib toptirishga yo'naltirilgan texnologiyalarni ishlab chiqishimiz lozim.

"Kompetentlik" tushunchasi hozirgi kun pedagogini tarbiyalashda eng muhim omil hisoblanadi. Ushbu termin lotincha "Competo" (erishyapman, munosibman, loyiqman) u yoki bu sohadagi bilimlar, tajriba degan ma'nolarni anglatadi. Kompetentlilik - bilimdonlik, kasbiga moslik, malakalilik, tajribalilik, mas'uliyatlilik kabi boshqa xislat va fazilatlar tushuniladi. [4]

Muammo: 3-kurs "Musiqa tarixi" darsini innovatsion texnologiyalar asosida tashkil etib "Farg'ona-Toshkent maqom yo'llarini o'zlashtirish" bilan birga talabalarni hayolan vodiy sayohatiga yetaklash, kuy tarkibidagi tuzilmani tabiat bezaklari bilan tasavvur qilish malakasini shakllantirish.

TAA^H^OT HATH^AtfAPH

O'quv dasturi talablariga ko'ra 2017-2018 o'quv yilining musiqa tarixi fan dasturidan joy olgan mavzu 12-mavzusi bo'yicha "Farg'ona-Toshkent maqom yo'llarini o'zlashtirish" yuzasidan Qo'qon shahar pedagogika instituti 3-kurs "Musiqa tarixi" darsini innovatsion texnologiyalar asosida tashkil etdik. Mavzu doirasida Navoiy g'azali xalq musiqasi asosida

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

kuylanadigan "Ushshoq" asarini O'zbekiston xalq artisti akademik Yunus Rajabiy ijrosida yozib olingan gramm yozuvida tinglandi. Mavzuga kirish suhbatimizda akademik Yunus Rajabiyning 120 yillik tavallud ayyomi oldidan chop etilgan manbaalar va ommaviy axborot vositalarida qayd etilgan ma'lumotlarga tayangan holda tarqatma materiallarda ustozning ijodiy faoliyati, ustozlari va shogirdlari, ta'lim olgan o'quv yurtlari, mehnat faoliti, besh tomlik "O'zbek xalq musiqasi" olti tomdan iborat "Shashmaqom" nota materiallari, O'zbekiston teleradiokomiteti qoshidagi maqom ansambli rahbarligi "Shashmaqom" turkumidagi barcha asarlarni grammyozuvga muhrlashdagi xizmatlari, mumtoz ohanglar ruhi bilan sug'orilgan asarlar bastakori sifatidagi ijodiy izlanishlari asosida tayyorlandi.

Besh minutli essedan foydalanar ekanmiz, talabalar O'zbekiston teleradio kompaniyasi madaniyat va ma'rifat telekanalida Yunus Rajabiy tavalludining 120 yilligiga bag'ishlanib 2018 yil 22-yanvar kuni namoyish etilgan lavhalar asosida mustaqil fikrlarini ifoda etdilar. Bunda Yunus Rajabiyning taklifi bilan sozgar Usta Usmon Zufarov tomonidan katta dutor, katta tanbur va sato cholg'ulari qayta tiklanganligini bayon qildilar.

Mustaqillik ne'mati mamlakatimizda ko'plab ezgu g'oyalar ijobatining bosh omili sifatida ustoz orzu qilgan yanglanishlar tayanchi bo'ldi. O'zbekiston konservatoriyasi O'rta Osiyoda yagona ma'naviy maskan maxsus san'at kollej va bolalar san'at va musiqa maktablari sifatida qad rostladi. Azaliy qadriyatlarimiz hisoblanishi maqom san'ati akademik yo'nalish sifatida o'quv rejadan munosib o'rin oldi. Shashmaqom ta'lim yo'nalishini muvaffaqiyatli bitirgan mutaxassislar oliy ta'lim va o'rta maxsus kasb-hunar kollejlari, bolalar musiqa maktablari hamda maxsus internetlarda yuqori malakada faoliyat olib bormoqdalar. Davlatimiz g'amxo'rligida va Prezidentlarimiz rahnamoligida iste'dodli yoshlarimiz dunyo sahnalarida shinavanda va nufuzli ekspertlar e'tirofiga sazovor bo'lmoqdalar. Ayniqsa, 2017 yil 16-noyabr kuni Prezidentimiz tomonidan e'lon qilingan O'zbek milliy maqom san'atini yanyada rivojlantirish chora-tadbirlari haqidagi qarori [1] Yunus Rajabiy boshlagan tashabbusning hayotiyligi hamda milliy madaniyatimizni rivojida tarixiy voqea bo'ldi.

Mavzu yuzasidan kirish suhbatimiz davomida talabalar diqqatini ekranda namoyon bo'lgan "Ushshoq" ashulasining ijrochisi Yunus Rajabiy sur'atiga qaratildi.

1-rasm. Yunus Rajabiy ijodining mahalliy omillari va faoliyat bosqichlari deb atalgan quyidagi jadval havola etildi:

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

MY^OKAMA

Ma'lumki, Yunus Rajabiy favqulodda iste'dod, uquv va mustahkam xotira sohibi sifatida o'zbek musiqa madaniyatining buyuk namayondasi bo'lib, umumbashar ma'naviy hazinasida haqli o'ringa egadir.[8] Chunki u kishi tomonidan nota yozuviga olingan o'zbek xalq musiqasi, shashamaqom hamda gramm yozuvga olingan oltin musiqiy meros va u kishi bastalagan kuy, qo'shiqlar butun dunyoda ijro etilib insonlarni xayratlantirmoqda hamda ezgulikka safarbar etmoqda.

Zero, bunday iste'dod Rajabiylar oilasidagi yuksak ma'naviy muhit ayniqsa Oysha onaning ijodiy qamrovi mahsuli edi.

Yosh Yunus Rajabiy ilk adabiyot, folklor va cholg'u sabog'ini o'z onasi Oysha onadan, mohir dutorchi Mirza Qosimov, akasi Rixsi raabiylardan olgan bo'lsa, keyinchalik Mulla To'ychi Toshmuhamedov, Xoji Abdulaziz Abdurasulov, Domla Halim Ibodovlardan tambur cholg'usi hamda xonandalik sirlarini o'rgandi. [10]

1940 yili Moskva shahridagi bastakor kompozitorlik kursini tugallab kasbiy mahoratini oshirdi.

Yunus Rajabiy rahbarligida 1960 yili O'zbekiston radio qo'mitasi qoshida tashkil qilingan maqom ansambliga yurtimizdagi iste'dodli sozanda hamda ashulachilar jalb etildi.

1955-1959 yillarda chop etilgan besh tomlik "O'zbek xalq musiqasi"ning nota yozuvidagi jamlanmasi Yunus Rajabiyning musiqashunoslik nazariyasidan "notagrafiya" (notaga ko'chirish) fanlaridan qanday salohiyatga ega ekanligini ko'rsatsa, 1968 yili chop etilgan 6 tomlik Shashmaqom bu boradagi mahorat cho'qqisi bo'ldi.[6]

Yozib olingan shashmaqom va o'zbek xalq musiqasi namunalari O'zteleradio xazinasining oltin fondi hozirgi kunda bebaho merosga aylandi.[6]

Yunus Rajabiy bastakor sifatida "Fabrika yallasi", "Hammamiz", "G'alaba", "O'zbekiston", "Paxta", "Yashnadi" kabi lirik xarakterdagi qo'shiqlar, "Vatan", "Kelgil", "Xalqlar do'stligi" kabi vatanparvarlik ruhilagi qo'shiqlar "Abdulfayzxon", "Farxod va Shirin", "Muqanna" dramalarga G.Mushel bilan hamkorlikda musiqa yozdi. Shu yo'sinda atoqli bastakorlardan Doni Zokirov, Dadaali soatqulov, Nabijon Hasanov, Saidjon Kalonov, Kamiljon Jabborov, Faxiddin Sodiqovlar taniqli xonandalardan O'zbekiston xalq artisti Berta Davidova, kommuna Ismoilova, Abduhoshim Ismoilov, Orif Alimaxsumov, Abdulahad Abdurashidov, O'zbekiston xalq hofizlari Mahmudjon Yo'ldoshev, Mahmudjon Tojiboev, aka-uka Isroiljon va Ismoiljon Vaxobovlar, Hasan Rajabiy, Ochilxon Otaxonov va ko'plab davlatimiz unvoniga sazovor bo'lgan xonandalar u kishini o'zlarining ustozlari sifatida e'zozlashadi.[7] XY^OCA

Xulosa qilib aytganda tushunchalar asosida "Ushshoq" mumtoz ashula haqida o'qituvchi tomonidan tashkil etilgan suhbatda qayd etilgan "Samarqand ushshog'i", "Qo'qon ushshog'i", "Sodirxon ushshog'i", "Qadimgi ushshoq" kabi turdosh ushshoqlar haqidagi ma'lumotlar asosida bilimlarini "ushshoq" atamasi arabchadan oshiqlar ma'nosini anglatishini aytildi. Barcha ushshoqlar usul jihatdan bir yo'lda ekanligini, ushshoqlarning tag ildizi bir-biri bilan uzviy bog'liqda oshiqlik tarannumi sifatida idrok qilinishini bayon etdilar.[7]

O'zbekiston xalq artisti Xadya Yusupova, Abduhoshim Ismoilov, O'zbekiston xalq hofizlari Mahmudjon Tojiboev, Gulbahor Erqulova, O'zbekiston davlat konservatoriyasi professori Rifatilla Qosimov, sozgar To'xtamurod Zufarovlarning intervyularidagi ma'lumotlarda parchalar keltirdilar.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Suhbat kommunikativ faoliyat tashkiliy-mativatsion, informatsion-protsessual va kriterial natijaga erishish komponentlaridan tashkil topgan tizim bo'lib talabaning faollik g'oyasi va kommunikativ faoliyatining ijtimoiy muhitdan kelib chiqishini hisobga olib musiqiy mavzuga kirish suhbatimizni erkin tarzda tashkillashtirdik.

Musiqiy suhbatimiz o'tgan darsda keyingi dars mavzusi yuzasidan tayyorgarlik ko'rish uchun oldindan to'g'rilik, aniqlik, soddalik, muayyanlik kabi tamoyillari asosida berilgan savollarimizga tayangan holda boshlandi.

Suhbatimiz bugungi darsda musiqa tinglash uchun "Farg'ona-Toshkent" mumtoz asarlaridan biri "Ushshoq" atamasi arabchadan oshiqlar, ya'ni ishq ahillari ma'nosini kishi ruhiyatidagi eng jozibali tuyg'ulardan[9] bo'lib, ota-onaga, oilasiga, mahallasiga, maktabiga, vataniga, do'stiga, o'zi yoqtirgan kasb yoki hunarga, Allohga nisbatan qiziqishlar asnosida vujudga keluvchi ruhiy intilishdir. Ruhiy intilish esa oilada, mahallasida, maktabida o'tkaziladigan suhbatlar, davrarlar va tadbirlardagi ma'naviy ozuqalarga tayanadi.

Bugungi darsimizda tinglaydigan "Ushshoq" ashulasi Alisher Navoiyning "Qaro ko'zim" deb boshlanuvchi g'azalida komil inson ishqi tarannum etiladi. Komil insonga muhabbat ifodalanadi. Tasavvuf lug'atlarida ko'z komil inson timsoli deb sharhlanadi, chunki u faqat o'zgalarni ko'radi, o'zini esa ko'rmaydi. Komil inson Navoiy uchun eng aziz, eng mahbub, eng qadrli va uni ko'z qorachig'iday asrashga intiladi, unga talpinadi, butun vujudi bilan shu vujudga singib ketmoqchi bo'ladi:

Qaro ko'zum, kelu mardumliq, emdi fan qilg'il. Ko'zum qarosida mardumlik kibi vatan qilg'il. (Audio orqali tinglash). Musiqa tarixi fanini o'qitishning usul, metod va texnologiyalari talabalarda musiqiy taelimning turli ko'rinishlariga oid ko'nikma va malakalarini ishakllantirish omili bo'lmish audio orqali tinglash metodini quyidagi tarzda tashkil etdik:

"Qaro ko'zim" deb boshlanuvchi "Ushshoq" ashulasini audio uskunasi orqali taqdim etar ekanmiz, jaranglayotgan ashulani idrok etish, fikrlash, kerakli o'rinlarini belgilab qo'yish, xotirada saqlab qolganlarini bayon qilish kabi jihatlar talabalarga e'lon qilindi.

Musiqa tinglash: ohang vodiysiga sayohat.

1 2 3 4 5 6 7 8

Makon O't-o'lan Buloqlar Daraxt lar Tog'lar Qoya va cho'qqilar Qushlar Koinot

Maqsad: talabalarni hayolan vodiy sayohatiga yetaklash, kuy tarkibidagi tuzilmani tabiat bezaklari bilan muqoyasa qilish malakasini shakllantirish.

1. Makon - asar tonligi, tayanch nuqtasi (a moll)"daromad" inson shuuriga yo'naltirilgan birlamchi nag'malar.

2. O't - o'lanlar - daromad qavmining ifodaviy bezaklari.

3. Buloqlar - tog' - toshlardan oqib tushadigan sizak suvlar zaxirasi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

4. Daraxtlar - barcha jonli mahluqotlar uchun sokinlik manbai (barqaror tovushlar) tinglovchining bir qadar tin olishga, mushohada qilishga undovchi xona.

5. Tog' - adirlar - insonni yuksaklikka yo'naltiruvchi harakat zinalari (miyonxatdan dunasrga tomon yo'llovchi ohpng mavji).

6. Qoya va cho'qqilar - inson ruhiy holatining yuqori darajasi (kulminatsiyasi) ilohiy lazzat pallasi sifatida vujuddagi yangilik, ya'ni, uchar qush yanglig' koinot safariga chog'lanish.

7. Koinot - haq visoliga erishmoq orzusi - ya'ni oshiqlarning ishq dardidan hosil bo'ladigan tuyg'ular qanotida falakka o'rnashish.

Musiqa san'ati yoshlarning ahloqiy dunyoqarashini boyitib, ularda hayotni go'zallik qonunlari asosida qurishga intilish uyg'otadi. Musiqaning yoshlarga tarbiyaviy ta'siri katta. Eng yaxshi musiqiy asarlarning mazmunini tahlili shuni ko'rsatadiki, ularda nafaqat ichki kechinmalar, balki turli kishilar xarakteri, hayotiy hissiyotlari tasvirlanadi. Musiqa chuqur hissiy tuyg'ular asosida tug'iladi. Hayot bilan o'zviy bog'liqlik musiqiy asarni axloqiy vositaga aylantiradi.

Xulosa qilib aytganda 3-kurs "Musiqa tarixi" darsini innovatsion texnologiyalar asosida tashkil etilib "Farg'ona-Toshkent maqom yo'llarini o'zlashtirish" bilan birga talabalarni hayolan vodiy sayohatiga yetaklab, kuy tarkibidagi tuzilmani tabiat bezaklari bilan tasavvur qilish malakasini shakllantirishga xarakat qilindi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori. "O'zbek milliy maqom san'atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida". Xalq so'zi 2017 yil, 18-noyabr. 1-bet

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning so'zlagan nutqidan. Xalq so'zi gazetasi. 2017 yil 10-fevral soni. 2-4-betlar.

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh .Mirziyoevning so'zlagan nutqidan. Xalq so'zi gazetasi. 2017 yil 24 -aprelsoni. 2-6-betlar.

4. I.A.Karimov. "Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch". Toshkent. "Ma'naviyat". 2008 yil 28-45 bet

5. Mannopov, S., Karimov, A., Qurbonova, B., & Dilobar, J. (2022, February). THE EMERGENCE AND DEVELOPMENT OF MUSIC. In Archive of Conferences (pp. 4952).

6. SultonaliMannopov, A., AbdusalomSoliev, U., & TokhirShokirov, R. (2021). Development of Uzbek National Singing Art during Independence. Annals of the Romanian Society for Cell Biology, 6845-6853.

7. Abdulhay Karimov Tursinovich, & Alijon Ergashev Abdullayevich. (2022). MILLIY-AN'ANAVIY MUSIQIY CHOLG'U SOZLARINING TASNIFI. Archive of Conferences, 245-248. Retrieved from https://conferencepublication.com/index.php/aoc/article/view/2096

8. Ahmadjon Nurmuhamedjanov, & Ismoiljon Rustamov (2022). YOSHLARNING IJTIMOIY FAOLLIGIDA MADANIYAT VA SAN'AT MUAS SASALARIDAGI TO' GARAKLARNING O'RNI. Science and innovation, 1 (C2), 48-50. doi: 10.5281/zenodo.657842

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

9. Rustamov, I. (2022). The Place of Doira Instrument in Uzbek National Art. Eurasian Journal of Humanities and Social Sciences, 5, 74-77

10. Madina Nasretdinova, Ismoil Rustamov, & Oybek Karimov (2022). MUSIQA SAN'ATINING HOZIRGI KUNDAGI O'RNI. Scientific progress, 3 (2), 841-845.

11. Murodova, D. (2021). Scientific And Theoretical Aspects of Musical Thinking. Zien Journal of Social Sciences and Humanities, 1 (1), 196-199.

12. Durdona, M. (2021, May). ABOUT DUTOR AND HIS PERFORMANCE. In Archive of Conferences (Vol. 25, No. 1, pp. 29-31).

13. Nasritdinova, M., Nigora, M., & Murodova, D. (2022, February). UZBEK FOLK ART AND ITS PLACE IN PUBLIC LIFE. In Archive of Conferences (pp. 44-48).

14. Nasretdinova, M., Toshaliyev, D., & Murodova, D. R. Q. (2022). AN'ANAVIY IJROCHILIK SAN'ATINING HOZIRGI DAVR MUAMMOLARI. Scientific progress, 3(2), 846-850.

15. Murodova, D. (2021). THE CONCEPT OF MUSICAL THINKING AND ITS STAGES OF DEVELOPMENT. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 9(05), 245-250.

16. Abdulhay Karimov Tursinovich, & Alijon Ergashev Abdullayevich. (2022). MILLIY-AN'ANAVIY MUSIQIY CHOLG'U SOZLARINING TASNIFI. Archive of Conferences, 245-248. Retrieved from https://conferencepublication.com/index.php/aoc/article/view/2096

17. SultonaliMannopov, AbdulhayKarimov, AbdusalomSoliev, UlugbekIsakov, TokhirShokirov, RustamOrziboev. (2021). Development of Uzbek National Singing Art during Independence. Annals of the Romanian Society for Cell Biology, 6845 -. Retrieved from https://www.annalsofrscb.ro/index.php/journal/article/view/3280

18. Mannopov, S., Karimov, A., Qurbonova, B., & Dilobar, J. (2022, February). THE EMERGENCE AND DEVELOPMENT OF MUSIC. In Archive of Conferences (pp. 4952).

19. Маннопов, С., & Сулейманова, Д. К. (2019). Музыкальное наследие узбекского народа. Проблемы современной науки и образования, (10 (143)), 82-84.

20. Mannopov, S. (2004). Uzbek folk music culture.(Study guide) Tashkent. New Age Generation.

21. Маннопов, С. (2018). Навобахш охднглар. Т.: IJOD-PRESS нашриёти.

22. Маннопов, С. У. Л. Т. О. Н. А. Л. И. (2004). Узбек халк мусика маданияти. Янги аср авлоди.

23. Najmetdinova, M., & Odinahon, S. (2021, October). HISTORY OF TRADITIONAL PERFORMING ARTS. In Archive of Conferences (pp. 89-91).

24. Камбаров, А. А., & Нажметдинова, М. М. (2019). НЕКОТОРЫЕ ОСОБЕННОСТИ РЕЛИГИОЗНЫХ ЦЕННОСТЕЙ В ФОРМИРОВАНИИ ЗДОРОВОГО ОБРАЗА ЖИЗНИ МОЛОДЕЖИ. In Условия социально-экономического развития общества: история и современность (pp. 148-151).

25. Нажметдинова, М. (2022). Общественно-культурные мероприятия теоретические основы. Общество и инновации, 3(3/S), 473-479. https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol3-iss3/S-pp473-479

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

26. Kirgizov, I., Kirgizov, I., Najmetdinova, M., & Atabayeva, S. (2022, February). THE GENESIS OF THE DEVELOPMENT OF MUSIC CULTURE. In Archive of Conferences (pp. 57-60).

27. Нажметдинова Мавлуда Мамасодицовна (2022). ОММАВИЙ-МАДАНИЙ ТАДБИРЛАРНИНГ УЗИГА ХОС ХУСУСИЯТЛАРИ. Science and innovation, 1 (1), 892-903. doi: 10.5281/zenodo.653977

28. Abduvositovich, Y. F., Suleymanova, D., Rakhmonov, U., Ergashev, A., Kurbanova, B., & Axmadbekova, M. (2021). The role of the great scholars of the Eastern Renaissance in the art of music in shaping the socio-spiritual thinking of young people. Annals of the Romanian Society for Cell Biology, 25(6), 2846-2850.

29. Юлдашев, Фахриддин Абдуваситович (2022). ИЗУЧЕНИЕ НАСЛЕДИЯ АЛЬ-ФАРАБИ КАК ФАКТОР ФОРМИРОВАНИЯ НАЦИОНАЛЬНОГО САМОСОЗНАНИЯ В НОВОМ УЗБЕКИСТАНЕ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2 (Special Issue 23), 81-87. doi: 10.24412/21811784-2022-23-81-87

30. Асцарова, M., Намозова, Д., Мадаминов, Н., & Алихонова, Д. (2020). PSYCHOLOGICAL FEATURES OF PREPARING CHILDREN FOR SCHOOL. Scientific Bulletin of Namangan State University, 2(7), 402-407.

31. Nomozova, D. (2020). THE IMPORTANCE OF TEACHING VOCABULARY IN STAGES. Архив Научных Публикаций JSPI.

32. Namozova, D. T. (2021). MUSIQA DARSLARIDA O'QUVCHILARNI KREATIVLIK HAMDA ERKIN TAFAKKURINI SHAKLLANTIRISHNI TASHKIL ETISH. Scientific progress, 2(2), 1313-1315.

33. Namozova Dilorom, & Astanova Zumradxon Tohirovna (2022). BRAYL NOTA TIZIMINING MUSIQA TA'LIMIDAGI ILK QADAMLARI. Science and innovation, 1 (C2), 36-38. doi: 10.5281/zenodo.656980

34. Nurmuhammadovich, R. O., & Nurullaevna, N. M. (2021). Social And Spiritual Importance of Lessons of Musical Culture. Journal of Pedagogical Inventions and Practices, 2(2), 50-52.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

35. Nasritdinova, M., & Khokimova, K. (2021, October). LANGUAGE IS THE MIRROR OF THE NATION. In Archive of Conferences (pp. 92-94).

36. Nurullayevna, N. M., & Muhlisa, T. (2021, December). SOME PROBLEMS AND SHORTCOMINGS IN THE HIGHER EDUCATION SYSTEM. In Archive of Conferences (pp. 61-62).

37. Nasretdinova, M., Isakov, U. B., & Orziboyev, R. (2022). XALQ IJODIYOTINI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI. Scientific progress, 3(2), 851-856.

38. Nasritdinova, M. (2021). PEDAGOGICAL COMPONENTS AND STAGES OF HEALTH OF DEVELOP CHILDREN THROUGH MUSIC EDUCATION. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 9(05), 251-258.

39. Мадина Насритдинова (2022). МУСЩА ТАЪЛИМИ ОР^АЛИ РИВОЖЛАНИШИДА СОГЛОМ БОЛАЛАРДАН ОРТДА ДОЛГАН БОЛАЛАРНИ СОГЛОМЛАШТИРИШНИНГ ПЕДАГОГИК ТИЗИМИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШГА ДОИР ТАЖРИБА-СИНОВ ИШЛАРИ НАТИЖАЛАРИ. Science and innovation, 1 (1), 538-549.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

40. Jo'Rayev Xamidjon, & Madina Nasritdinova (2022). DOIRA CHOLG'USIDA IJRO MAHORATINI YUKSALTIRISH (BOLALAR MUSIQA VA SAN'AT MAKTABLARI MISOLIDA). Science and innovation, 1 (C2), 26-28. doi: 10.5281/zenodo.663646

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.