Научная статья на тему 'MILLIY MUSIQIY MEROS RUHIY KAMOLOT VOSITASI'

MILLIY MUSIQIY MEROS RUHIY KAMOLOT VOSITASI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
324
15
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
shashmaqom / savtxonlik / saraxtborxonlik / Yunus Rajabiy / janr / olti maqom / milliy musiqa / meros. / shashmaqom / savtakhon / sarakhtborkhan / Yunus Rajabi / genre / six statuses / national music / heritage.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Z. Norova

Ushbu maqolada milliy musiqiy merosimiz sanalgan “Shashmaqom”, uning yaratilish tarixi, asoschilari , shashmaqomning tuzilishi va milliy kuylar haqida ma’lumot berilgan. Maqom ijrochiligi va uning inson ruhiy olamiga ta’siri haqida yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

NATIONAL MUSICAL HERITAGE AS A MEANS OF SPIRITUAL DEVELOPMENT

This article provides information about "Shashmaqom", which is considered our national musical heritage, the history of its creation, its creators, the structure of shashmaqom and national tunes. The effect of the status and its influence on the spiritual world of a person is explained.

Текст научной работы на тему «MILLIY MUSIQIY MEROS RUHIY KAMOLOT VOSITASI»

UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION 2022

ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4

MILLIY MUSIQIY MEROS - RUHIY KAMOLOT VOSITASI Norova Zulfizar Baxshullayevna

Buxoro viloyat Buxoro shahar 24- umumta'lim maktab musiqa fani o'qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.6896156

Annotatsiya. Ushbu maqolada milliy musiqiy merosimiz sanalgan "Shashmaqom ", uning yaratilish tarixi, asoschilari , shashmaqomning tuzilishi va milliy kuylar haqida ma'lumot berilgan. Maqom ijrochiligi va uning inson ruhiy olamiga ta'siri haqida yoritilgan.

Kalit so'zlar: shashmaqom, savtxonlik, saraxtborxonlik, Yunus Rajabiy, janr, olti maqom, milliy musiqa, meros.

НАЦИОНАЛЬНОЕ МУЗЫКАЛЬНОЕ НАСЛЕДИЕ - СРЕДСТВО ДУХОВНОГО

РАЗВИТИЯ

Аннотация. В данной статье представлена информация о «Шашмакоме», который считается нашим национальным музыкальным наследием, истории его создания, его создателях, структуре шашмакома и национальных наигрышах. Объясняется действие статуса и его влияние на духовный мир человека.

Ключевые слова: шашмаком, савтахон, сарахтборхан, Юнус Раджаби, жанр, шесть статусов, национальная музыка, наследие.

NATIONAL MUSICAL HERITAGE AS A MEANS OF SPIRITUAL DEVELOPMENT

Abstract. This article provides information about "Shashmaqom", which is considered our national musical heritage, the history of its creation, its creators, the structure of shashmaqom and national tunes. The effect of the status and its influence on the spiritual world of a person is explained.

Keywords: shashmaqom, savtakhon, sarakhtborkhan, Yunus Rajabi, genre, six statuses, national music, heritage.

KIRISH

Qadim zamonlardan buyon odamzotning musiqaga , qalb torlarini chertuvchi ohanglarni tarannum ettiruvchi cholg'u asboblariga ehtiyoji oshsa, oshganki, ammo kamaymagan. Ayniqsa, har bir millatga tegishli milliy kuy, ohang va qo'shiqlar o'sha xalqning dardini , orzu havaslarini, o'y xayollarini ifoda etadi.

Milliy musiqiy merosimizning eng salovatli , eng sermahsul va eng ardoqli qismini maqom ijodiyoti tashkil qiladi.

Mamlakatimiz Prezidenti ham aynan shu xususda qator PF va PQ larni hayotga tadbiq etdilar. O'zbekiston Respublikasi Davlat Prezidenti Sh.Mirziyoyev kirib kelayotgan yosh avlodni iste'dodini namoyon qilish va shu bilan bir qatorda maqom maktablarini tashkil qilib, unda iste'dodli qobiliyatli yoshlarga milliy musiqamiz asosi bo'lgan maqomni tushuntirishdan iborat.

Prezidentimiz Sh. Mirziyoyev 2017 yil 17 noyabr kuni "O'zbek milliy maqom san'atini yanada rivojlantirish chora - tadbirlari to'g'risida" gi qarorni qabul qildi. Qaror bilan asosiy vazifalardan biri maqom san'atini yanada rivojlantirish , bu borada shakllangan ijro va ijodiy maktablar, an'analarni , buyuk bastakorlar , hofiz va sozandalar merosini chuqur ilmiy asosida o'rganish va qayta tiklash bo'lgan O'zbek milliy maqom san'ati markazi tashkil etildi. Shu bilan birga qaror bilan o'zbek milliy maqom san'atini yanada rivojlantirishga doir chora - tadbirlar dasturi va mazkur dasturni amalga oshirish bo'yicha Respublika komissiyasi tarkibi tasdiqlandi.

UIF-2022: 8.2 ISSN: 2181-3337

SCIENCE AND INNOVATION 2022

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

Ushbu qaror ijrosini ta'minlash maqsadida maqom markazi bo'lmish Buxoroi sharifda yosh ijrochilar o'rtasida "Maqom" Respublika festivali bo'lib o'tdi. Vazirlar Mahkamasi qarorida festival 2022 yildan boshlab har ikki yilda bir marotaba may oyida o'tkazilishi belgilandi.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Shashmaqom o'zining betakror milliy jozibasi ijod qirralarining boyligi bilan juda qadimiy tarixga va umuminsoniy qadriyatlarga ega bo'lgan noyob musiqiy turkumdir. Shashmaqom musiqasi inson ichki kechinmalarining to'g'ri idrok etilishi shuningdek yosh avlodni komil inson darajasida yetishtirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Uning salovatli vazmin ohanglarida sabr matonat kabi xususiyatlar tarannum etilsa, nisbatan lirik, sho'xchan pardalarida esa yor, diyor vasli sevgi va sadoqat madhi, shuningdek, sog'inch va hijron ohanglari namoyon bo'ladi.

Shashmaqom tom ma'nodagi ilohiy, ayni paytda umumbashariy musiqiy asarlar uyg'unligining eng go'zal namunasidir. Unda har qanday ruhiy holatda ham insonlarga ta'sir eta oladigan kuchni toppish mumkin. Demak, mumtoz musiqamizning gultoji bo'lgan shashmaqom inson vujudini davolaydigan, uni ma'nan va axloqan poklaydigan shuningdek insonni barkamollik darajasiga yetkaza oladigan bir ruhiy vosita hisoblanadi. Shu fazilatlari tufayli shashmaqom 2003 yilda Yenesko tomonidan "Jahon madaniyatining bebaho durdonasi " sifatida e'tirof etildi.

Shashmaqom tafakkurining tarixiy qatlamlariga chqurroq kirib borilsa , uning mantiqiy barkamolligi tarkibiy tuzilishining o'zaro mutanosibligi shakllarining nihoyatda go'zalligi , kuy va ohanglarining nfis sayqal topganligi , bir so'z bilan aytganda uning asrlar davomida uyg'unlashgan bir musiqiy majmua ekanligini ko'rish mumkin.

TADQIQOT NATIJALARI

Shashmaqomning tarixiy tuzilishiga nazar solar ekanmiz , uning o'n ikki maqom negizida

XVIII asrning ikkinchi yarmida Buxoroda shakllanganligi va ko'p holda Buxoro shashmaqomi nomi bilan mashhur bo'lganligini ko'rish mumkin.

Qadimda Abu Nasr al - Farobiy , Abu Ali ibn Sino , Safiuddin al - Urmaviylar boshlab bergan o'n ikki maqom tizimidagi bu janrni takomillashtirilgan olti maqom, ya'ni shashmaqom shakliga keltirishga Najmiddin Kavkabiy Buxoriy, Darvish ali Changiy, Boqiy Rudiy, Kamol Buxoriy kabi Buxorolik iste'dodli xonanda va sozandalarning xizmati cheksiz bo'lgan. Keyinchalik ustoz san'atkorlar Ota Jalol, Ota G'iyos, Qoti Kamol, Qori Karomatali Dilkash, Levicha hofiz, Domla Halim Ibodov, usta Shodi kabilar ning yillik maqomlarimiz umriga umr qo'shib uni keying avlod vakillariga yetkazishda beqiyos xizmat qildilar.

Shashmaqom poydevoriga garchand XV - XVII asrlardan boshlab tamal toshi qo'yila boshlangan bo'lsa - da uning to'liq shakllanishi XVIII asrning o'rtalarida sodir bo'lgan.

XIX asrda shashmaqom o'zbek va tojik xalqlari orasida tarqalgan . XVIII asrda esa uzil - kesil shakllangan edi. Qadimiy madaniyaty markazlaridan biri - Buxoro bir qancha sulola va davlatlar poytaxti bo'lib kelgan . Musiqa madaniyatida ham Buxoro O'rta Osiyo xalqlari musiqa boyliklarini o'zida mujassamlashtirilgan markaziy shahar vazifasini o'tagan edi. Shuning uchun shashmaqom buxoroda shakllanadi va "Buxoro shashmaqomi" deb ataladi.

O'tmishda Buxoro maqomchiligi an'anasiga ko'ra maqomxon hofizlar asosan ikki yo'nalish bo'yicha o'z faoliyatlarini namoyish etganlar. Ular "Saraxborxonlik" va "savtxonlik"da mashhur bo'lganlar.

Shashmaqom olti turli lablarga moslab olingan va ularga asoslangan kuy va ashulalar yig'indisidan iborat. Shashmaqomga : Buzruk, rost, navo, dugoh, segoh, iroq maqomlari kiradi.

(yuqoridagi jadvalga qarang) Shashmaqomning cholg'u qismi - mushkilot , ashula qismi - nasr nomi bilan ataladi.

MUHOKAMA

Shashmaqom yaratilishi xususida so'z borar ekan, uning asoschilariga to'xtalish joizdir.

XX asr o'zbek san'atiga ulkan hissa qo'shgan san'atkorlar sulolasining sarboni Yunus Rajabiy 1960 - 1966 yillarda shashmaqomni qayta yozadi. O'z davrining ilg'or sozanda va xonandala'ri bilan birgalikda shashmaqom tarkibidagi har bir asar qaytadan o'rganilib, kamchilklari to'ldirilib, yetishmayotgan qismlari to'ldirilib ijro etilib magnit tasmalariga muhrlanadi. Ana shu asosda shashmaqom nota yozuvining yangi varianti olti alohida kitob bo'lib nashr etiladi:

I -Jild "Buzruk" , II - "Rost" III - "Navo" , IV - "Dugoh" , V - "Segoh", VI - "Iroq" Yunus Rajabiy ko'p yillik shahmaqom ustida olib brogan mehnati ishlari magnit tasmalariga yozib olish davomida rivojlanib brogan maqomlardagi ayrim o'zgarishlar va bu haqdagi fikrlarni , " Musiqa merosimizga bir nazar " kitobida bay on etadi.

Alloma "Shashmaqom" bu xalq mulki, hayoti ekanligini va u doimo jonli jarayonda bo'lishini ta'kidlab o'tadi. Xalq uchun, xalq milliy merosi xalqning tarixiy ma'naviy qadriyatlari uchun xizmat qilishga butun hayotini bag'ishlagan ardoqli san'atkor har qanday tahsin va hurmatga loyiqdir.

XULOSA

Xulosa o'rnida, milliy musiqiy merosimiz sanalgan shashmaqomda birtagina kuy yoki ashula tinglashni tavsiya etsak o'rinli bo'lar edi

REFERENCES

UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION 2022

ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4

1. Buxoro shashmaqomi tarixiy nazariy va amaliy masalalari. "Durdona" nashriyoti Buxoro , 2019 y

2. "Maqom asoslari " 1992 y. Muallif: Ishoq Rajabov

3. O'tmish va zamon kesimida (Maqom san'ati tarixidan ) 2021 yil. Muallif : M. Abdurashidova

4. Pedagogik mahorat Ilmiy nazariy va metodik jurnal 2022 yil Muallif: F. Nurullyev

5. Maqom cholg'u ijrochiligi 2020 yil.

6. Muallif: Nabijon Qodirov

7. Darakchi nuqta uz. 2017 yil 18 noyabr

8. Ijodkor o'qituvchi jurnali 2021 y 5- son "Musiqa cholg'u va davr tarannumi" Norova Zulfizar Baxshullayevna

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.