Научная статья на тему 'SHASHMAQOM MUSHKILOT BO‘LIMINING IJROCHILIK XUSUSIYATLARI'

SHASHMAQOM MUSHKILOT BO‘LIMINING IJROCHILIK XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
1258
76
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
Shashmaqom / cholg‘u / mushkilot / tasnif / tarje / gardun / muxammas / saqil / I.Rajabov

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — U.Rasulov

Ushbu maqolada Shashmaqom cholg‘u bo‘limi hisoblanmish “Mushkilot” to‘liq tavsiflanadi. Ilmiy manbalarda keltirilgan ma’lumotlar orqali cholg‘u bo‘limining har bir qismi yoritib beriladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SHASHMAQOM MUSHKILOT BO‘LIMINING IJROCHILIK XUSUSIYATLARI»

SHASHMAQOM MUSHKILOT BO'LIMINING IJROCHILIK

XUSUSIYATLARI

U.Rasulov

Yunus Rajabiy nomidagi O'zMMSI

Annotatsiya: Ushbu maqolada Shashmaqom cholg'u bo'limi hisoblanmish -"Mushkilot" to'liq tavsiflanadi. Ilmiy manbalarda keltirilgan ma'lumotlar orqali cholg'u bo'limining har bir qismi yoritib beriladi.

Kalit so'zlar: Shashmaqom, cholg'u, mushkilot, tasnif, tarje, gardun, muxammas, saqil, I.Rajabov.

PERFORMANCE CHARACTERISTICS OF THE EMERGENCY

DEPARTMENT

U. Rasulov

UzINMA named after Yunus Rajabi

Abstract: This article fully describes the instrumental section of Shashmakom -"Mushkilot". Each part of the instrumental section is explained based on the information provided in scientific sources.

Keywords: Shashmaqom, instrument, mushkilot, tasnif, tarje, gardun, mukhamas, sakyl, I. Radjabov.

Ma'lumki o'zbek xalq musiqa san'ati o'zining qadimiyligi, an'analarga boyligi va sermazmunligi bilan ma'naviyatimiz sarhadlarida alohida ahamiyat kasb etib kelgan. O'zbek xalqining naqadar san'atsevarligi aynan uning san'atida o'z ifodasini topgan. Behisob folklor musiqa namunalari, chuqur ahamiyat kasb etuvchi mumtoz musiqiy meros, jahonga ko'z-ko'z qilishga arzigulik musiqa cholg'ulari barcha-barchasi fikrimizga dalil bo'la oladi. Ayniqsa. musiqani ilmiy - nazariy jihatdan o'rganish va tadqiq etish O'rta Osiyo olimlarining olamshumul ishlaridan hisoblanadi. Abu Nasr Forobiy, Ibn Sino, Safiuddin Urmaviy. Zaynulobiddin Husayniy, Najmiddin Kavkabiy, Abdurahmon Jomiy, Darvesh Ali Changiy, Abdurauf Fitratlarning yaratgan musiqiy risolalari bunga misol bo'la oladi. Ular musiqa ilmini alohida fan sifatida namoyon etgan allomalardir.

Musiqa ma'naviyatimizning ko'zgusi deyishadi. Bu o'rinda o'zbek xalqini nechog'lik buyuklikka ega ekanligini ko'rish mumkin. Musiqa cholg'ulari insoniyat ruhiyatiga xos, ma'naviyatiga mos, milliy an'analari negizida dunyoga keladi. Qaysi xalqning ma'naviyati yuksak bo'lsa, musiqiy cholg'ulari ham mukammal bo'ladi.

O'zbek musiqa cholg'ulari xilma-xil va turlichadir. Ular O'rta Osiyo xalqlarining o'tmish zamonlaridan yuzaga kela boshlagan.

Milliy musiqa an'analarini cholg'u ijrochiligisiz tasavvur qilib bo'lmagani kabi, maqom ijrochiligini ham cholg'u kuylarisiz to'la-to'kis tarannum etib bo'lmaydi. Necha asrlardan buyon podshoxlar-u, ilm ahllarining e'tirofida bo'lib kelgan Shashmaqom tasnifotiga nazar tashlar ekanmiz, uning muqaddimasida bir-biridan go'zal cholg'u kuylariga duch kelamiz.

Shashmaqomdagi har bir maqom ikki yirik bo'limdan - cholg'u va aytim (ashula) yo'llari (turkumlari)dan iborat bo'lib, ularni "ustoz-shogird" an'anaviy maktabida tahsil ko'rgan kasbiy cholg'uchi va ashulachi-hofizlargina malakali ijro eta oladilar. Bu yuksak san'atni o'rganish istagida bo'lganlar, eng avvalo, shogirdlik maqomi odoblariga rioya qilishlari hamda o'zlarining burch va vazifalarini yaxshi bilishlari talab etilgan.

Shashmaqom turkumidagi cholg'u va aytim (ashula) yo'llari olti xil tarzda mukammal uyushgan pardalar tizimi hamda ularga tayangan kuy-ohanglarini ma'lum doira usullari bilan mushtarak ishlanishi natijasida yuzaga kelgan.

Ma'lumki, maqomlar asosan og'zaki an'ana tarzida, ya'ni ustozdan shogirdga "og'zaki uslub" vositasida o'tib, yashab keldi. Shunga ko'ra, shogirdlar o'z ustozlari ijrosidagi maqom namunalarini xotiralariga muhrlab, amaliy ijrolar jarayonida o'rganib kelganlar va ularni ijodiy o'zlashtirganlar.

Maqomlarning cholg'u kuylar bo'limi Buxoro an'anasiga ko'ra "Mushkilot" deb yuritiladi. Mazkur atama "qiyinchiliklar" ma'nosida kelib, jumladan, maqomlardagi bosh kuy-mavzuyini murakkabligi turlicha bo'lgan doira usullari sinovidan o'tishini va shu asnoda alohida qism va turkum miqyosida rivoj topishini ham anglatadi. "Mushkilot" bo'limi beshta tarkibiy qismdan iborat bo'lib, ular quyidagicha nomlanadi:

y «Tasnif» - tasnif etilgan, ijod etildan, mukammal asar.

y «Tarje» - qaytariq, takrorlash, takrorlanuvchi.

y «Gardun» - falak gardishi, qismat.

y «Muxammas» - beshlik, beshlangan.

y «Saqil» - vazmin, og'ir.

Shuni aytish kerakki, garchand maqom cholg'u kuylarining nomlari serjihat ma'nolar kasb etsa-da, ammo ularning deyarli barchasi maqomlar «matnida», eng avvalo, doira usullarini anglatadi. Binobarin, «Gardun», «Muxammas» yoki «Saqil» deyilganda, birinchi navbatda, ma'lum doira usullari nazarda tutiladi.

Quyida Shashmaqom cholg'u bo'limi ya'ni Mushkilot qismini baholi qudrat tasniflab, har bir qismlariga alohida to'xtalib o'tamiz.

«Tasnif» va «Tarje» kuylari. Maqomlarning «Mushkilot» cholg'u bo'limlari «Tasnif» nomli kuylar bilan boshlanadi. Bu atama «Olti maqom»ning har biriga

qo'shilib, «Tasnifi Buzruk», «Tasnifi Rost», «Tasnifi Navo», «Tasnifi Dugoh», «Tasnifi Segoh» va «Tasnifi Iroq» kabi ataladi. Maqomlarning ma'nolar tizimi har bir maqomda o'zgacha tus kasb etarkan, u dastlab maqomning «Tasnif» qismi boshlang'ich kuy tuzilmasida ilk bor ifoda etiladi. Odatda, ushbu kuy mavzuyi kichik hajmda, ammo nisbiy tugal shaklda bayon etiladi. Zero, maqom mavzulari timsolida umuman «musiqiy mavzu» tushunchasining beqiyos namunalari jonlanadiki, bunda buyuk ishq dardiga mubtalo qalblarning ruhiy holatlari go'yo nag'malarga muhr etilgan.

«Tasnif»larda, odatda, 2/4 o'lchov-ritmida bo'lgan doira usuli qo'llaniladi. Ustozlar an'anasida bu usul «bak, bak, bum, bum, bak, ist, bum, ist» deb ifoda etiladi. Nota yozuvida esa quyidagicha aks etadi.

lljjp ]* iJ J l|» * iJ * I

Tasnif cholg'u kuylarining shakl topishida «xona» va «bozgo'y» nomli kuy tuzilmalari muhim o'rin tutadi. «Xona» (fors-toj. - «uy») - o'zgaruvchan kuy tuzilmasi bo'lib, u asar davomida bir necha bor takrorlanadi va galdan galga parda tovushlari ortib, ovoz hajmi ham kengayadi. Shu tariqa xonalar vositasida kuy o'zining avji sari intilib taraqqiy etadi hamda avj holatlariga erishgach, dastlabki tayanch pardaga qayta boshlaydi. Bozgo'y kuy tuzilmasi esa, «xona»dan farqli o'laroq, doimiy bar qarorlikka ega. Zero, u asarning boshidan oxiriga qadar o'zining dastlabki ohang tuzilish qiyofasini muqim saqlaydi. Mavzu nuqtayi nazaridan bozgo'y va xona tuzilmalari o'zaro farq qilmaydi. Ammo bozgo'y xona tuzilmasini aynan takror etmasligi va ba'zan bu jihatdan farq etishi mumkin. Zero, bozgo'yning kuy yaratilishi jara yonidagi vazifasi serqirradir.

Maqom cholg'u kuylarini ijro etishning ikki asosiy ko'rinishi - yakkanavoz (yakka sozda) va ansambl (dasta) shakllari yuzaga kelgan. Tanbur torli-chertma sozi yetakchi cholg'u sifatida kasbiy musiqachilar orasida keng qo'llaniladi. Doira esa zarb-usul larini sadolantirishi bilan ahamiyatlidir. Shuningdek, maqom cholg'u kuylarini g'ijjak, dutor, nay, rubob, qo'shnay kabi cholg'ularda ham yakka holda ijro etish mumkin. Ansambl ijrochiligi tarkibida esa tanbur va doira qatoriga yana dutor, nay, qo'shnay, g'ijjak yoki sato (yoki qo'biz), chang, qonun, ud, rubob kabi cholg'ular qo'shilishi mumkin. Buxoro musiqa amaliyotida tanbur, nay va doira sozlaridan iborat cholg'u ansambli muqim tus olgan.

«Tarje» cholg'u kuylari. Mushkilotning «Tasnif»lardan so'ng keladigan o'rta-yakuniy bo'g'inlari boshlang'ichlar bilan tarkibiy bog'liq bo'ladi. Xususan, «Tasnif»larning kuy-mavzuyi turkum miqyosida yangi «sinov» mushkilotlaridan o'tadi, taraqqiyot ifodasi bo'lgan ohang va o'lchov-ritm o'zgarishlariga uchraydi. Bu o'zgarishlar dastlab «Mushkilot» bo'limidagi ikkinchi qism - «Tarje» nomli kuylarda o'z aksini topadi. «Tarje» arabcha so'z bo'lib, «qaytarish», «takrorlash» ma'nolarini

anglatadi. Buning ma'nosi shuki, «Tarje» qismlarida ushbu bo'limning 1-qismi, ya'ni «Tasnif» usuli (biroz tezroq sur'atda) va asosiy kuy ohangi ma'lum o'zgarishlar bilan takrorlanadi. «Tarje»lar ham «Tasnif»lar singari maqomlarning nomlariga qo'shib («Tarjeyi Buzruk», «Tarjeyi Navo», «Tarjeyi Dugoh», «Tarjeyi Segoh», «Tarjeyi Iroq» kabi) o'qila di. Ammo «Rost» maqomida «Tarje» nomli kuy qismi uchramaydi. «Tarje» kuylarining shakl asosida ham bizlarga «Tasnif»lardan ma'lum xona-bozgo'y kuy tuzilmalari muhim o'rin tutadi, zero «Tarje»lar ham odatda «Tasnif»lar singari xona-bozgo'y vositasida rivoj topadi. Biroq, «Tarje»lar, vazmin «Tasnif»lardan farqli o'laroq, ko'tarinki kayfiyat va shodlik tuyg'ularini tarannum etadi.

«Gardun» cholg'u kuylari. «Gardun» nomi bilan yuritiladigan cholg'u kuylari «Mushkilot» bo'limining uchinchi tarkibiy qismi bo'lib, odatda, «Tasnif» va «Tarje»lardan so'ng ijro etiladi. Uning nomi asosiy maqomlar bilan qo'shilib, «Garduni Buzruk», «Garduni Rost», «Garduni Navo», «Garduni Dugoh», «Garduni Segoh» kabi ataladi. «Iroq» maqomida esa «Gardun» kuyi uchramaydi. Shuni aytish kerakki, «Gardun» atamasining lug'aviy ma'nosi «falak gardishi», «qismat» ma'nolarida kelsa-da, biroq maqomlar matnida muayyan doira usulni ham anglatadi. Bu usul avvalgi qismlardan o'zining murakkab o'lchov-ritmi va shakl ko'rinishlari bilan farq qiladi.

18 CJ r Py *

Mavzuning cholg'u turkumlari darajasidagi katta o'zgarishlari «Gardun» nomli kuylar bilan bog'liq bo'lib, bunda mavzu yangi zarb-usul silsilasidan o'tkaziladi. «Gardun» zarb-usuli murakkab shaklda bo'lib, mavzuga sezilarli ta'sir o'tkazadi. Natijada, mavzuda yangi sifatlar kashf etiladi. Lekin bunga asoslanib, mutlaq yangi mavzu bayoni xususida hukm chiqarmaslik kerak. Negaki, «Gardun» - mavzuning turkum miqyosida erishayotgan yangi, muhim sifat bosqichidir. Buning musiqiy isboti shuki, «Gardun» kuyi, qiyosiy o'rganilganda, «Tasnif» kuy-mavzuyi asosida yuzaga kelishi ma'lum bo'ladi. «Gardun»larning tahlili shuni ko'rsatadiki, ularda avvalgi qismlarda («Tasnif», «Tarje») erishilgan tovush-bosqichlari nisbatan erkin qo'llaniladi. Natijada, kuyning ravon va pog'onama-pog'ona harakat jarayoniga ko'plab ohang sakramalari qo'shiladi. «Gardun» cholg'u kuylarida ham avvalgi qismlardan ma'lum bo'lgan xona bozgo'y tuzilmalari muhim ahamiyatga ega. Biroq, aksariyat hollarda, ularning nisbatlari o'zaro teng bo'lmay, balki «notekis» taqsimlanishlarni yuzaga keltiradi. Kuy pardalarida esa, sakrama ohanglar keng namoyon bo'ladi.

«Muxammas» cholg'u kuylari. Olti maqomning «Muxammas» nomli cholg'u kuylari «Gardun»lardan so'ng ijro etiladi. Ammo «Muxammas» o'zidan oldingi kuy

(«Tasnif», «Tarje» va «Gardun») lardan farqli o'laroq bir va bir necha ko'rinish (variant)da namoyon bo'ladi. Jumladan, Shashmaqomda jami 16 ta «Muxammas» bo'lib, ular quyidagicha taqsimlanadi:

1. «Buzruk» maqomi: a) «Muxammasi Buzruk»; b) «Muxammasi Nasrulloyi».

2. «Rost» maqomi: a) «Muxammasi Rost»; b) «Muxammasi Ushshoq», d) «Muxammasi Panjgoh».

3. «Navo» maqomi: a) «Muxammasi Navo»; b) «Muxammasi Bayot»; d) «Muxammasi Husayniy».

4. «Dugoh» maqomi: a) «Muxammasi Dugoh»; b) «Muxammasi Chorgoh»; d) «Muxammasi Hojixoja»; e) «Muxammasi Chor Sarxona».

5. «Segoh» maqomi: a) «Muxammasi Segoh»; b) «Muxammasi Ajam»; d) «Muxammasi Mirza Hakim».

6. «Iroq» maqomi: a) «Muxammasi Iroq». Maqomlarda kelgan «Muxammasi Hojixoja», «Muxammasi Mirza Hakim»

nomlari shu asarlarni ijod qilgan atoqli bastakorlarga nisbat berilgan. Qolganlari esa, maqom va sho'ba nomlarining «Muxammas» so'zi birikmalaridan tashkil topgan. «Muxammas» atamasining lug'aviy negizi «beshlik» yoki «beshlangan» ma'nosini bildiradi. U maqomlar tizimida beshta tarkibiy qismdan iborat murakkab doira usulini anglatadi. Bu usulning hajmi 2/4 o'lchovida 16 taktga, 4/4 o'lchovida esa 8 taktga teng keladi.

r i^Í r ?

i Jv ^—i^-í—[J* ^y 1F7 *—^ ' * 1T T T T *

«Saqil» cholg'u kuylari. Olti maqomning «Mushkilot» bo'limlari «Saqil» nomli cholg'u kuylari bilan yakunlanadi. Ushbu atama arabcha bo'lib, «og'ir», «vazmin» ma'nolarni bildiradi. Darhaqiqat, Olti maqomdagi «Saqil» kuylari vazmin ruhda ijro etilishi bilan ajralib turadi. «Saqil»lar ham «Muxammas»lar kabi har bir maqomda bir necha ko'rinish (variant)da zuhur bo'lishi mumkin:

1. «Buzruk» maqomida: a) «Saqili Islim»; b) «Saqili Sulton».

2. «Rost» maqomida: a) «Saqili Vazmin»; b) «Saqili Rak-rak».

3. «Navo» maqomida: a) «Saqili Navo».

4. «Dugoh» maqomida: a) «Saqili Ashkillo».

5. «Segoh» maqomida: a) «Saqili Basta Nigor».

6. «Iroq» maqomida: a) «Saqili Iroq I»; b) «Saqili Iroq II». d) «Saqili Kalon».

Bu o'rinda, «Saqil» so'zi bilan yonma-yon kelgan «Islim», «Sulton»,

«Ashkillo», «Basta Nigor» kabi nomlar ularning ijodkor lariga ishora etsa, «Saqili Rak-rak» so'z bo'g'inlarida mazkur «Saqil»ning doira usullariga o'xshash (ya'ni,

usul kabi) xos boshlanishiga taqlid etilgan ko'rinadi. Har holda ushbu asar odatdagidek mavzu bayoni bilan emas, balki dastlab usulbop ohang ritmlari bilan (nota misolidagi 1-4 taktlar) boshlanib, so'ngra kuy mavzuyiga ulanadi.

Shashmaqom cholg'u bo'limidagi cholg'u yo'llarining tinglovchilarga to'g'ri yetib borishi, ularga zavq va lazzat bag'ishlay olishi uchun sozanda yuksak mahoratga ega bo'lishi lozim. Agar maqom yo'llari har tomonlama yuksak-badiiy saviyada ijro etilmasa, shinavandalarning qalb to'riga yetib borasligi mumkin.

Shashmaqom cholg'u kuylari ham asrlar davomida avloddan-avlodga, ustozdan-shogirdga va nihoyat bus-butun holicha bizgacha yetib keldi. Uni ko'z qorachig'imizdek avaylab asrash, e'zozlash endilikda bizning mas'uliyatli vazifamizdir. Negaki milliy mumtoz musiqa me'rosimizni unutmoqlik bu o'zlikni unutmoqlik bilan barobar desak mubolag'a bo'lmaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. I. Rajabov "Maqomlar"-Toshkent.: San'at 2006;

2. И. Ражабов " Макомлар масаласига доир" Тошкент.: "Узадабийнашр", 1963 й;

3. И. Ражабов «Макомлар масаласига доир». Тошкент. 1963 й;

4. I. Akbarov "Muzika lug'ati" Toshkent.: 1987 y

5. R. Yunusov "O'zbek maqomlari". -Toshkent 2018.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.