Научная статья на тему 'SHASHMAQOMDA SAQILLAR'

SHASHMAQOMDA SAQILLAR Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
82
15
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
sharq / Shashmaqom / Mushkilot / Nasr / maqom / kuy / xona / bozgо‘y / Tasnif / Tarje’ / Gardun / Muxammas / Saqil

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Shomahmud Shorahmetov

Ushbu maqola о‘zbek mumtoz musiqasining gultoji hisoblangan Shashmaqomning Mushkilot bо‘limi xususidadir.Maqolada Mushkilot bо‘limining tuzilishi, undagi qismlarning tarkiboti hamda mazmun va mohiyatan murakkab bо‘lgan Saqillar haqida batafsil sо‘z yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SHASHMAQOMDA SAQILLAR»

SHASHMAQOMDA SAQILLAR

Shomahmud Shorahmetov Yunus Rajabiy nomidagi O'zbek milliy musiqa san'ati instituti

Annotatsiya: Ushbu maqola o'zbek mumtoz musiqasining gultoji hisoblangan Shashmaqomning Mushkilot bo'limi xususidadir.Maqolada Mushkilot bo'limining tuzilishi, undagi qismlarning tarkiboti hamda mazmun va mohiyatan murakkab bo'lgan Saqillar haqida batafsil so'z yuritiladi.

Kalit so'zlar: sharq, Shashmaqom, Mushkilot, Nasr, maqom, kuy, xona, bozgo'y, Tasnif, Tarje', Gardun, Muxammas, Saqil

SAKILS IN SHASHMAQOM

Shomahmud Shorahmetov Uzbek National Music Art Institute named after Yunus Rajabi

Abstract: This article is about the "Mushkilot" section of shashmaqom, which is considered the foundation of Uzbek classical music. This is the structure of the "Mushkilot" section, the content of its parts and Sakili, which are complex in content and essence, are considered in detail.

Keywords: sharq, Shashmaqom, Mushkilot, Nasr, maqom, kuy, xona, bozgo'y, Tasnif, Tarje', Gardun, Muxammas, Saqil

O'zbek musiqa merosining muhim qatlami va ajralmas bo'lagi bo'lgan janr maqom hisoblanadi. Maqomlar ko'pchilik Sharq xalqlari musiqa merosida mavjud. Ular shu xalqlar milliy musiqasining asosini tashkil etadi. O'zbek maqomlari ham juda qadim zamonlardan beri rivojlanib kelayotgan xalq og'zaki ijodidagi professional musiqa san'ati hisoblanadi. Maqomlar xalq musiqasining boshqa janrlari bilan birgalikda shakllangan hamda rivojlanish mobaynida mazmunan va shaklan o'zgargan.

Maqomlarning ham nazariy ham amaliy tomonlari bor. Ularning nazariy jihatlari Sharq musiqasiga bag'ishlangan risolalarda o'z ifodasini topgan. O'zbek-tojik xalqlaridagi maqomlarning amaliy tomonlari esa, ustoz sozanda va xonandalar tomonidan shogirdlarga og'zaki tarzda o'tib, bizgacha yetib kelgan. Xuddi shu asnoda maqomot tizimining aosiy bo'g'ini hisoblangan - Shashmaqomni bunga misol qilish mumkin.

Shashmaqom ikki yuz ellikka yaqin kuy va ashulalardan iborat hamda o'zbek-tojik xalqlari musiqa merosining salmoqli qismini tashkil etadi. Maqomlar, shu jumladan, Shashmaqom masalasi musiqa madaniyatimiz tarixida juda kam o'rganilgan

rfciTii^^Bl 812 ISSN 2181-063X/Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

sohalardandir. Shashmaqom O'rta Osiyoda yashab kelgan maqom turkumlarining eng so'nggi shaklidir va bundan taxminan ikki asr ilgari (XVIII asrning ikkinchi yarmida) shakllangan.1 Shashmaqom majmuasini tashkil etgan maqomlarning har biri o'z navbatida ikki bo'limdan tashkil topgan. Birinchisi cholg'u bo'limi bo'lib, Mushkilot deb nomlanadi. Mushkilot "Qiyinchilik", "og'irliklar" degan ma'noni bildiradi. Ikkinchisi esa ashula bo'limi bo'lib, Nasr deb nomlanadi. Nasr "G'alaba", "yordam", "ko'mak", "sochma asar" kabi ma'nolarni anglatadi.

Shashmaqomning tuzilishini ko'rib chiqadigan bo'lsak, ushbu maqom turkumi nisbatan mustaqil, shaklan yirik hamda mazmunan xilma-xil bo'lgan maqomlari o'z ichiga oladi. Shashmaqom - olti maqom turkumi bo'lib:

1. Buzruk (katta, ulug')

2. Rost (to'g'ri, haq)

3. Navo (kuy, ohang)

4. Dugoh (ikki parda)

5. Segoh (uch parda)

6. Iroq (mamlakat nomi) kabi maqomlaridan tashkil topgan.

Shashmaqomning Mushkilot bo'limini o'rganib chiqadigan bo'lsak, har bir

maqomning cholg'u bo'limi quyidagi beshta asosiy qismdan iborat bo'lib har bir maqomda oltitadan o'ntagacha bo'lgan har xil kuylarni o'z ichiga oladi hamda an'anaga ko'ra birin-ketin yaxlit tarzda yakkasoz yoki cholg'u ansambli orqali ijro etilgan.

«Tasnif» - tasnif etilgan, ijod etilgan, mukammal asar.

«Tarje'» - qaytarish, takrorlash, takrorlanuvchi.

«Gardun» - falak gardishi, qismat.

«Muxammas» - beshlik, beshlangan.

«Saqil» - vazmin, og'ir.

Mushkilot bo'limi quyidagi asosiy qismlardan tashkil topgan bo'lib, sanab o'tganlarimizdan tashqari "Mushkilot bo'limida har bir maqom tarkibida o'ziga xos bo'lgan boshqa nomlar bilan nomlanuchi cholg'u qismlar ham mavjud. Bular "Navo" maqomida "Nag'mai Oraz", "Dugoh" maqomida "Samoi Dugoh", "Peshravi Dugoh", "Segoh" maqomida "Hafifi Segoh" kabilardir.

Ushbu bo'limdagi asarlarning har biri o'z ohangi, xarakteri, shakli, doira usullari bilan ajralib turadi hamda kuylarning tuzilish jihati "xona" va "bozgo'y"lardan tashkil topadi. "Xona" ((fors-tojik tilidan olingan bo'lib, "uy", "tuzilma" degan ma'nolarni anglatadi) - o'zgaruvchan kuy tuzilmasi bo'lib, u asar davomida bir necha bor takrorlanadi va galdan galga parda tovushlari ortib, ovoz hajmi ham kengayadi. Shu tariqa xonalar vositasida kuy o'zining avji sari intilib taraqqiy etadi hamda avj

1H. Pa^a6oB. Ma^oM^ap.TomKeHT, 2006-hh^, 11-12-6eraap.

813

ISSN 2181-063X / Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

holatlariga erishgach, dastlabki tayanch pardaga qayta boshlaydi. Kuyning mazmunini boyitishda va tugal fikr ifoda etishida hal qiluvchi rol o'ynaydi.

"Bozgo'y" (fors-tojik tilidan olingan bo'lib, "Boz" - qayta, "Go'y" - aytmoq, qayta aytmoq, takrorlamoq degan ma'nolarni anglatadi2.) kuy tuzilmasi esa, «xona»dan farqli o'laroq, doimiy barqarorlikka ega. Zero, u asarning boshidan oxiriga qadar o'zining dastlabki ohang tuzilish qiyofasini muqim saqlaydi. Bu tuzilma kuyning xonalaridan so'ng qaytariladi, ba'zan bozgo'ylar har bir xonadan keyingina emas, balki ularning bir nechasidan keyin yoki birinchi xonadan oldin ham kelishi mumkin(masalan Tasnifi Navo, Tasnifi Dugoh va boshqalar). binobarin ular uchun tugallovchi vazifasini ham bajaradi. Xonalar bilan kuy takomillashadi, mazmunan chuqurlashadi va boyiydi. Bozgo'ylar esa, musiqiy fikrni yakunlab, umumlashtirib boradi.

Shuni aytish kerakki, garchand maqom cholg'u kuylarining nomlari serjihat ma'nolar kasb etsa-da, ammo ularning deyarli barchasi maqomlar «matnida», eng avvalo, doyra usullarini anglatadi. Binobarin, «Gardun», «Muxammas» yoki «Saqil» deyilganda, birinchi navbatda, ma'lum doyra usullari nazarda tutiladi. Shu o'rinda Mushkilot bo'limining murakkab asarlaridan bo'lgan Saqillar xususida batafsil to'xtalsak.

Shashmaqomning Mushkilot bo'limidagi qismlardan eng ko'p uchraydigan cholg'u kuylaridan biri "Saqil"lardir. Saqil Arabcha so'z bo'lib, "og'ir", "vazmin", "cho'zilgan" degan ma'nolarni anglatadi3. Musiqa istilohida esa vazmin sur'atda ijro etilib kelingan murakkab doyra usulining nomidir. Darhaqiqat, Olti maqomdagi «Saqil» kuylari vazmin ruhda ijro etilishi bilan ajralib turadi. Saqillarga xos kuy xususiyatlari, ijro etish uslubi Shashmaqomda tasodifiy qabul etilmagan bo'lsa kerak, chunki Buxoro maqomlarida Saqillardan so'ng, ularning ashula bo'limiga o'tiladi. Ashula bo'limi esa vazminroq ijo etilib kelingan Saraxborlar bilan boshlanadi. Saqil o'zining doyra usuli xususiyati bilan Saraxborlarga oson ulanib ketadi va o'rtada usul sur'ati juhatidan ham kuchli burulish sodir bo'lmaydi.

"Saqil" Mushkilot bo'limini yakunlab beradigan kuylar hisoblanadi. "Saqil"larda avvalgi qismlarda namoyon bo'lgan muhim jihatlar umumlashtirilib, bosib o'tilgan mushkilot yo'liga yakun yasaladi. Eski musiqa risolalarida Saqil usuli turli ko'rinishda keltiriladi. Shashmaqomda esa Saqillar takt-ritm o'lchovi 2/4 ba'zan esa 4/4 bo'lib, doira usuli esa Muxammaslarga ko'ra yanada uzunroqdir. YA'ni yigirma to'rt taktni tashkil etadi. 4/4 o'lchovda bo'lganida esa o'n ikki taktni tashkil etadi. "Saqil"larda qo'llangan doyra usuli «Mushkilot» bo'limida uchraydigan eng murakkab va davomli usullardan hisoblanadi.

2 И.А.Акбаров. Мусина Лугати. Тошкент 1987 йил. 50 бет.

3 И.А.Акбаров. Мусина Лугати. Тошкент 1987 йил. 301 бет.

ПЙта^^Н 814 ISSN 2181-063Х/Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

Shu o'rinda usul masalasiga ham to'xtalib o'tsak: Doyra usullari aslida kuy vaznidan kelib chiqadi. Dastlabki usul birliklari aruzning uch alomati (sabab, vatad va fosila)ning aynan o'zi. Ular odatda shartli tovush - tematik belgilar shaklida ifodalanadi. Usul alomatlari Buxoro uslubida "bum"- "bak", "baka", "bak-ko", Xorazmda "gul"-"taq", "ta-qa", "taq-q"" deb yuritiladi.

1. "Bum", "bak" zarblari va cho'zilishi ularga teng sukun ("pauza" to'xtov belgisi, Buxoroda "ist " deyiladi) alomati - "sabab"ga barobar. Bum - doyraning o'rtasiga, bak esa chekkarog'iga uriladi. Birinchisi quyukroq tovush bo'lsa, ikkinchisi unga nisbatan jarangliroq sadolanadi. Nota yozuvida bum chiziq ustida, bak-ostida joylashtiriladi.

2. Ba-ka ikkita teng hissa. Qo'shilganda bir bak yoki bumga barobar keladi. Ya'ni dastlabki sabab choraklik notaga tenglab olinsa, ba-ka ykkita sakkiztalik demakdir.

3. Bak-ko - notadagi cho'ziq ohangning butun va yarim hissasiga teng zarbdar4.

Abdurauf Fitrat ham o'zining "O'zbek klassik musiqasi va uning tarixi" kitobida

ham maqom usullarini yuqoridagidek bum-bak iboralari orqali ta'riflab beradi.

"Saqil"lar faqatgina Shashmaqomda emas, balki Xorazm maqomlarida ham mavjuddir. Bu asarlar mazmunan hamda xona va bozgo'y jihatidan Shashmaqomdagi Saqillarga o'xshash, ammo usul hajmi bundan mustasnodir. Buxoroda Saqillar 24 takt o'lchovida bo'lsa, Xorazmda bu nisbat kamroqni tashkil etib 16 taktdir.

Saqillar ham Muxammaslar kabi har bir maqomda bir necha ko'rinish (variant)da keladi.

1. «Buzruk» maqomida: a) «Saqili Islim»; b) «Saqili Sulton».

2. «Rost» maqomida: a) «Saqili Vazmin»; b) «Saqili Rak-rak».

3. «Navo» maqomida: a) «Saqili Navo».

4. «Dugoh» maqomida: a) «Saqili Ashqullo».

5. «Segoh» maqomida: a) «Saqili Basta Nigor».

6. «Iroq» maqomida: a) «Saqili I»; b) «Saqili II». d) «Saqili Kalon».

Bu o'rinda, «Saqil» so'zi bilan yonma-yon kelgan «Islim», «Sulton», «Ashqullo», «Basta Nigor» kabi nomlar ularning ijodkorlariga ishora etadi, ammo bu bastakorlar haqida manbalarda hech qanday ma'lumot yo'q. faqatgina Islimxon haqida Kavkabiy davrida yashagan shoir va bastakor ekani haqida ma'lumotlarni uchratish mumkin.

4 OTaHa3ap MaTe^y6oB. Ma^oMox TomKeHT 2004 hh^. 163 6eT. HrTvwz^^m 815

ISSN 2181-063X / Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

Saqili Rag-Ragni esa musiqashunos olimlar A.Fitrat va Ishoq Rajabovlar hindcha maqom so'zining ifodasi bo'lsa kerak deb ta'riflashadi. Rag-Ragning asl ma'nosi esa noma'lumdir.

Saqillar Mushkilot bo'limining boshqa qismlari kabi xona va bozgo'ylardan tashkil topgan. Saqillarda ham Muxammaslar kabi xona va bozgo'ylar hajmi doira usuli bilan teng bo'ladi. Saqili Islimxon esa faqat xonalardangina tashkil topgan. Saqillarda Tasnif, Tarje', Muxammaslarda mavjud kuy unsurlaridan foydalanilgan.

Saqillar Iroq maqomida boshqa maqomlarga nisbatan ko'proq bo'lib, uchtani tashkil qiladi. Aynan mazkur qismlarning nomlanishida biroz farqlarni kuztish mumkin. Yunus Rajabiy 1966-1975-yillarda nashr qilgan Shashmaqom nota namunalarida Saqil I, Saqil II, Saqili Kalon nomlari bilan beriladi. Musiqashunos olim Ishoq Rajabov o'zining maqomlar monografiyasida esa Saqili Avval, Saqili Duvvum, Saqili Kalon nomlarini qayd etadi. Buxoro maqom ijrochilik maktabida tarbiya topgan, Levicha hofizning nevarasi Ariel Boboxonov o'zining 2012-yilda nashr qilgan "Buxoro Shashmaqomi" kitobida esa Saqili Iroq, Saqili Firuzshohi, Saqili Kalon deb nomlaydi. Yuqorida keltirib o'tilganidek, Saqillarning birinchi va ikkinchisida turli nomlarni kuzatish mumkin. Uchinchisi esa bir xil nom bilan berilgan. Bu Saqillarning tarixdan sozanda ijrochilar tomonidan turli nomlar bilan nomlanganidan dalolat bersa kerak.

Shashmaqom Mushkilot bo'limi mazmunan boy, shaklan murakkabligi bilan boshqa maqom yo'llaridan farqlanadi.

Mushkilot bo'limining ijrochiligi ham alohida ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda Mushkilot bo'limini o'rganish va ijro qilishda Faxriddin Sodiqov maktabi asosiy poydevor hisoblanadi. Aynan F.Sodiqov talabalarga tahsil berish mobaynida Mushkilot bo'limini yangicha uslubda tadbiq qildi va talabalar bilan magnit tasmalarga muhrladi. F.Sodiqovdan keyin uning yaqin shogirdlaridan biri Abdurahim Hamidov talabalarga ansambldan tahsil berdi. Abdurahim Hamidov rahbarligidagi talabalar ansambli ijrosida Shashmaqomning Mushkilot bo'limidagi barcha asarlar magnit tasmalariga yozildi. Bugungi kunda talabalarga ansambl darslari aynan mana shu yozuvlardan foydalangan xolda olib borilmoqda.

Xulosa qilib aytish mumkinki, xozirgi kunda ixtisoslashtirilgan san'at maktablarida, kollej va akademik litseylarda, qolaversa San'at oliy dargoxlarida milliy musiqamizni, an'anaviy ijrochilikni, maqomlarni o'zlashtirishda keng imkoniyatlar mavjud. Xususan Yunus Rajabiy nomidagi O'zbek milliy musiqa san'ati instituti professor o'qituvchilari tomonidan bir qancha o'quv qo'llanma va darsliklar nashr qilinib, talabalarga o'quv jarayonida foydalanish uchun taqdim etib kelinmoqda. Ustozlar tarafidan yozib olingan yozuvlar va ushbu darsliklar talabalarni o'qitishda muxim bo'lib, o'z samarasini bermoqda.

816

ISSN 2181-063X / Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

Foydalanilgan adabiyotlar

1. A. Fitrat.O'zbek klassik musiqasi va uning tarixi. Toshkent, 1993.

2. Otanazar Matyoqubov. Maqomot. Toshkent, 2004-yil.

3. Ilyos Akbarov. Musiqa lug'ati. Toshkent, 1997-yil.

4. Isxoq Rajabov. Maqomlar. Toshkent, 2006 yil.

5. Maqom asoslari. Oqilxon Ibrohimov. Toshkent 2018-yil.

6. Ravshan Yunusov. O'zbek maqomlari. Toshkent 2018 yil.

7. "O'zbek xalq muzikasi" I, VII tomlar. Toshkent-1959 yil.

817

ISSN 2181-063X / Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.