ARTICLE INFO
EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.1 | SJIF = 7.899 www.in-academy.uz
HISTORICAL AND SCIENTIFIC SCHOOLS OF MANAGEMENT OF THE FIELD OF CULTURE AND ART IN
THE EAST Boltaboyeva Zuhra Rustam qizi
Faculty of History of Andijan State University
student of civil society department https://doi.org/10.5281/zenodo.11201836
ABSTRACT
There is a nation that will have a number of factors that determine its future the next day, and reflect its history like a window. It is his culture and art that are considered the basis of these factors. In recent years, systematic efforts have been made to fundamentally reform and improve the field of culture and art, and to create an effective system of government support for cultural and artistic institutions.
Received: 08th May 2024 Accepted: 15th May 2024 Online: 16th May 2024
KEYWORDS Spiritual cultural activity, ethnic, professional,
property and social art, husnixat art, music, vocabulary, mesopathic art, musical instruments, theatre art, sculpture, building and fine art.
SHARQDA MADANIYAT VA SAN'AT SOHASI BOSHQARUVINING TARIXIY-
ILMIY MAKTABLARI
Boltaboyeva Zuhra Rustam qizi
Andijon davlat universiteti tarix fakulteti fuqarolik jamiyati kafedrasi talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.11201836
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Received: 08th May 2024 Accepted: 15th May 2024 Online: 16th May 2024 KEYWORDS
Ma'naviy madaniy faoliyat, etnik, kasbiy, mulkiy va ijtimoiy san'at, husnixat musiqa, so'z mesopatamiya cholg'ular, teatr haykaltaroshlik, va tasviriy
san'ati, san'ati, san'ati, san'ati, binokorlik san'ati.
Har bir millat borki uning ertasi, kelajagini belgilab beruvchi, hamda tarixini oynadek aks ettiruvchi bir qancha omillar bo'Iadi. Aynan shu omillarning asosi hisoblangan uning madaniyat va san'atidir. So'nggiyilIarda madaniyat va san'at sohasini tubdan isloh qilish va takomillashtirish, madaniyat va san'at muassasalarini davIat tomonidan qo'IIab-quvvatlashning samarali tizimini yaratish maqsadida tizimli ishlar olib borilmoqda.
é
Ws,
«Kelajak avlodni ruhan jismonan manan yutuk shaxs qilib tarbiyalashda madaniyat va san'at sohasining o'rni beqiyos».
Shavkat Mirziyoev
Kirish
Mavzuning dolzarbligi. Har bir millat borki uning ertasi, kelajagini belgilab beruvchi, hamda tarixini oynadek aks ettiruvchi bir qancha omillar bo'ladi. Aynan shu omillarning asosi hisoblangan uning madaniyat va san'atidir.
Aynan bugungi rivojlanayotgan O'zbekistonda madaniyat va san'at sohalariga katta ahamiyat berilmoqda. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham kelajak avlodni ruhan jismonan manan yutuk shaxs qilib tarbiyalashda madaniyat va san'at sohasining o'rni beqiyos ekanligini tushungan holda ozlarining odilona siyosatlari bilan har bir hudud har bir mahalla har bir oilaga manaviy ruhiy tarbiya olib kirmoqdalar. Bunga yaqqol dalil sifatida "Prezidentning 5 tashabbusi", yoshlarning musiqa, adabiyot, teatr, sport sohasidagi qobilyatlarini namoyon qilishlari ular o'rtasida kompyuter va internetdan to'g'ri foydalanishni tashkil etish, manaviyatini yuksaltirish kitobxonlikka bo'lgan qiziqishlarini oshirish yuzasidan tizimli ishlar amalga oshirildi. Bu nafaqat yoshlarning ongini o'stirishga balki madaniyat va san'at sohasidagi qiziqishlarini yuzaga chiqarishga katta yordam berdi deb bemalol ayta olamiz.
Tarixga, ma'naviy merosga, xalq ijodiyotiga bo'lgan qiziqish o'z navbatida insonlar ongida bir qancha savollarni keltirib chiqardi.
So'nggi yillarda madaniyat va san'at sohasini tubdan isloh qilish va takomillashtirish, madaniyat va san'at muassasalarini davlat tomonidan qo'llab-quvvatlashning samarali tizimini yaratish maqsadida tizimli ishlar olib borilmoqda.
Qadimgi sharq mamlakatlarida madaniyat va san'at rivojlanishi
Insoniyat svilizatsiyasi va madaniyat rivojlanishining ibtidosi bilan bog'liq eng muhim voqealar qadimgi sharq hududida milloddan avvalgi X-VII ming yilliklarda vujudga kela boshlagan. Madaniyatning turli yo'nalish va sohalari paydo bo'lgan. San'at, adabiyot, yozuv, fan va ilk jahon dini - buddizm shakllangan.
Qadimgi sharq va hozirgi sharq mamlakatlari haqidagi tasavvurlar bir-biriga mos kelmaydi. Negaki, qadimgi sharq yer sharining Misrdan to Xitoygacha bo'lgan keng mintaqani o'z ichiga olgan. Miloddan avvalgi VII-ming yilliklardan boshlab madaniyat sivilizatsiyasining boshlanish nuqtalari hisoblangan Nil, Dajla, Frot, Hind, Gang, Xuanxe va Yanszi daryolari atrofida, ya'ni, dehqonchilik rivojlanishi uchun quylay imkoniyatlar mavjud bo'lgan joylarda ro'y bera boshlagan. Aynan shu yerlarda ilk davlatchilik tuzilmasi bilan bir qatorda, siyosiy, diniy hamda savdo markazlari hisoblangan shaharlar, madaniyat o'choqlari va yozuv vujudga kelgan.
Ma'naviy madaniy faoliyat, ishlab chiqaruvchi mehnat faolliyatidan bevosita ajralib, mustaqil faolliyatga aylangan. Misr, Mesopotamiya, Xitoy va Hind sivilizatsiyalari eng qadimiy va yirik madaniyat markazlari edi. Aynan shu madaniyatlar ta'sirida Finikiya, Urartu, Xett, Elam sivilizatsiyalari shakllanib, insoniyat madaniyati tarixida sezilarli ta'sirga ega bo'lgan.
I.P.Veynbergning ta'kidlashicha, qadimgi Sharq madaniyati "Ilk kashfiyotchi va asoschi sifatida ulkan missiyani" bajardi; yozuvni ishlab chiqgan va davlatchilik poydevorini qurgan,
é
Ws,
o'zining etnik, kasbiy, mulkiy va ijtimoiy ahvoli bilan farqlanuvchi kishilarning birga yashashlari uchun sharoit yaratgan. Agar boshqa madaniyatlar ibtidoiy va qadimgi Sharq madaniyatining tajriba va yutuqlaridan foydalangan bo'lsa, qadimgi Sharq madaniyatining o'zi esa ibtidoiylikning bir tarzida shakllangan. Ibtidoiy muhitning ta'siri kuchli va doimiy bo'lgan. Shu bilan birga qadimgi Sharq madaniyati namunalari o'z dunyosining "boshlovchisi", hamda "yangiliklarini" o'ziga xos jiddiy his qilgan holda katta maktab vazifasini bajargan. Misr, Mesopotamiya, Hind va Хitoy miflarida nafaqat "dunyoning yaratilish" mavzuyi, balki, bu rivoyatlar olamida ibtidoiy dunyodan keskin farqlovchi "madaniyatlarning yaratilishi" mavzuyi ham katta o'rin egallagan.
Sanat - bu chegarasizlik hukmronligi ustidan g'olib chiqdi va qulchilik davrida mamlakatda yuzaga kelgan iqtisodiy siyosiy jarayonlarga qaramay, san'at professional darajaga olib chiqildi. Bunda rassomlar, arxitektorlar, musiqachilar mehnati yuksak e'tirof etilib, alohida o'rin egallagan1.
Yozuv san'ati. Tarixni yozma so'zsiz amalga oshirish mumkin emas, chunki qadimgi o'tmishdagi dalillarni izohlash uchun kontekst yo'q. Yozish xalqning hayotini qayd etadi va shuning uchun madaniyat yoki sivilizatsiyaning yozma tarixidagi birinchi zarur qadamdir. Miloddan avvalgi XIX-asr oxiri va XX-asr boshlaridagi olimlar Mayya sivilizatsiyasini tushunishda qiyinchiliklarga duch kelishgan, chunki ular Mayya gliflarini o'qiy olmagan va ular qazib olgan ko'pgina jismoniy dalillarni noto'g'ri talqin qilishgan. Yozish - og'zaki nutqning jismoniy ko'rinishi.
Yozma til Shumerda, janubiy Mesopotamiyada ixtiro qilinmaguncha paydo bo'lmaydi. Miloddan avvalgi 3500-3000 yillar. Ushbu dastlabki yozuv mixxat yozuvi deb atalgan va ho'l loyda qamish asbobi bilan o'ziga xos belgilar qo'yishdan iborat edi. Misrliklarning yozuv tizimi Ilk sulola davri (taxminan eramizdan avvalgi 3150-yil) yuksalishidan oldin qo'llanilgan.
Shumerlar birinchi bo'lib yozishni uzoq masofali aloqa vositasi sifatida ixtiro qildilar, bu esa savdo-sotiqni talab qilgan. Mesopotamiyada shaharlarning ko'tarilishi va mintaqada yetishmayotgan resurslarga bo'lgan ehtiyoj tufayli uzoq masofali savdo rivojlandi va shu bilan birga shaharlar yoki viloyatlar o'rtasidagi kengliklar bo'ylab aloqa qilish zarurati paydo bo'ldi.
Yozuvning eng qadimgi shakli piktogrammalar bo'lgan - ob'ektlarni ifodalovchi belgilar -va ma'budlarga qurbonlik qilish kabi tadbirlar uchun qaysi don mahsulotlari qaysi manzilga ketganligi yoki qancha qo'y kerakligi kabi narsalarni eslab qolishga yordam bergan. Ushbu piktogrammalar quritilgan ho'l loyga bosilgan va ular savdoning rasmiy yozuvlariga aylangan. Tarixchi Krivachek ta'kidlaganidek, Ilk yozuvlarning bir qanchasi aynan Qadimgi Sharq hududida vujudga kelgan. Yozuvlar asosan marosim hamda duolarni yozib olishda foydalanilgan. Aynan shuning uchun uni "muqaddas" yoki "xudolar kalomi" deb nomlashgan.
Bularga yaqqol dalil sifatida shumer-mixxati yozuvi mil.avv 4-ming yilliklarda, mil.avv 3 ming yilliklarda Eronning janubi-sharqiy qismida vujudga kelgan Elam davlatida ham qadimgi yozuvlardan birini, Qadimgi hind tilllari asosida sansikrit yozuvi, Qadimgi Xitoy iyerogliflar yozuvi, Qadimgi Misrliklar iyerogliflar yozuvlarining barchasi Qadimgi Sharqda shakllangan.
1 "Qadimgi sharq madaniyatining vujudga kelish shart- sharoitlari" Azizjon Ibragimov maqola (11.03.2016)
é
UIF = 8.1 | SJIF = 7.899
www.in-academy.uz
Qadimgi Misr madaniyati er.avv. IV mingyillikdan er.avv. 332- yil-gacha davrni oz ichiga oladi. U oziga xos xususiyatlari, ya'ni yozuvi, adabiyoti, san'ati, arxitektura qurilishi bilan ajralib turadi.
Misrliklarning barchasi ham savodli bo'lmagan chunki, Misr alifbosi 750 iyeroglifdan iborat bo'lgan, ularni o'rganish mashaqqatli ish hisoblangan. Savod chiqarish ko'pchilikka ham nasib qilavermagan. Husnixat san'atini egallagan insonlar savodxon va yuksak ilmli insonlar sanalib, izzat-hurmatda bo'lib katta imtiyozlarga ega bo'lishgan.
Orta Osiyodagi eng qadimgi yozuv Xorazm hududidan topilgan. Bular Oyboyirqal'a (miloddan avvalgi V-IV asrlar) yodgorligidan xum sirtiga bitilgan yozuv va Qoyqirilganqal'adan topilgan ayrim mahalliy yozuvlardir (miloddan avvalgi III—II asrlar). Milodiy I asrda Xorazmda ishlab chiqilgan mahalliy taqvimdan xorazmliklar VIII asrga qadar foydalanishgan.
Qadimdan Mesopotamiya hattotlari adabiy, tarixiy asarlarni sopol, teri, loy lavhalarga yozib, oziga xos kitoblar yaratganlar va kutubxona-larni tashkil qilganlar. Bunday kutubxonalar Ur, Nippur, Nineviya, Bobil, Ashshur kabi shaharlarda mavjud bolgan. Ularning ichida eng kattasi Ossuri podshosi Ashshurbanapalning Nineviyadagi kutubxonasi bolib, unda 30 mingdan ortiq xatli lavhalar saqlangan.
Musiqa san'ati. Sharq musiqa sana'ti tarixini o'rganish jahon musiqashunoslarining diqqat markazida bo'lib kelgan. Musiqa diniy marosimlarda, saroydagi turli xildagi marosimlar hamda ko'ngil ochar bazmlarga o'zgacha yorqinlik, quvnoqlik, kiborlilik, hashamatlilik kabi sifatlari namoyon etishi kerak edi.
San'at-mashhur boy zodagonlarning uylarida o'yin-kulgu, qo'shiq-raqs, cholg'u sozlarida chalish bilan bir qatorda insonga xursandchilik olib kelishda, hayotdan zavqlanishga olib keldi va gullab yashnadi. Musiqa avvalgidek soz bilan qo'shiq o'yin, pantomime bilan hamohang birlikda yurdi2.
Musiqa - atamasi lotincha so'zdan olingan bo'lib, muzalar (ilhom parilari) san'ati degan ma'noni anglatadi. Musiqa - bu ohang san'ati bo'lib, borliqni tovushlar orqali ifoda etadi. Musiqiy badiiy jarayon tovushli matn (tovush balandligi, cho'zimi, tembri va jarangdorligi)ga qaratilgan3.
O'rta va Yaqin Sharq mamlakatlarining madaniy aloqalari, o'zgacha jozibador Sharq ohanglaring ta'sir kuchi bir biriga mushtarak tarzda rivojlangan. Ko'hna Misr davlatida musiqa asosan ikki turga bo'lingan. Bular: zodagonlar san'ati va oddiy xalq musiqa san'ati. Misr davlatida notalar qog'ozlarga tushirilmasada, oddiy xalq orasida musiqa keng tarqalgan bo'lib, ular qullar va dehqonlarning qiyin va mashaqqatli hayoti va ularga nisbatan adolatsizliklarni o'zida aks ettirgan.
Xalq musiqa san'ati bilan bir qatorda saroy va diniy musiqa ham rivojlanib borgan. Saroy va diniy musiqa san'atida saroy va ibodatxonalarning serviqor va hashamatli ko'rinishi va unda hukmron bo'lgan ruh, o'ziga hos kibor bilan birga o'z aksini topgan edi.
2 "Pedagogikada ilmiy izlanishlar" Ilmiy Jurnal / http://pedagogika.dsmi-qf.uz Volume 1 Issue 2 / December 2023QADIMGI MISR MUSIQA MADANIYATI M.Xudoyberdiyeva
3 "MUSIQA TARIXI" O. A. Ibrohimov G'. M. Xudoyev TOSHKENT - 2018 «Barkamol fayz media» nashriyoti, 2018-y 14-bet.
é
Ws,
Qadimgi Misr musiqa madaniyatining ildizlari miloddan avvalgi 4 - ming yillikning oxiri, uchinchi ming yillikning boshlariga borib taqaladi. Shu hususida bizgacha yetib kelgan malumotlarning asosiy qismini madaniyat yodgorliklarini tashkil etadi. Jumladan, cholg'u asboblari, ikonagrafik materiallar (barelyef va boshqa tasvirlar), madhiyalar va qoshiqlarning soz matnlari, qadimgi Yunon va Rim faylasuflarining qo'l yozmalari bundan dalolat beradi. [Sposobin V. Musiqa shakli. - T.1983]. Qadimiy Misr musiqasidan saroy va haram ibodatlarida foydalanilgan. Shu bilan birga musiqa turli toifaga mansub insonlarning dam olish vositalaridan biriga ham aylandi. Shu bois Misrda musiqa "xi" ya'ni "orom" olish so'zi bilan nomlanishi tabiiy holdir. Jamoa saflanishi davridan avval quyidagi cholg'ular mavjud edi: ya'ni qongiroqchalar, sistr, kolotushka hamda aerofonlarning ilk shakllari esa - hushtak va fleytalar. Ilk Qadimiy va Orta podsholik davrida (miloddan avval 3000 - 1700 asrlar) qamishdan yasalgan nay, arfa, truba, uffata fleytalari, turli xil barabanlar, shiqqildoqlar, yuqorida sanab o'tilgan marosimdalarda keng qo'llanilgan. Bu davrga kelib esa, piktografik notalashtirish va musiqani koinot jismlari bilan bog'lash nazariyasining ilk namunalari ham paydo bo'la boshladi. Misr ibodatxonalarida o'tkazilgan marosimlarda musiqa namunalaridan keng tarzda foydalanilgan. Bu borada - xudolar Osiris, Tot, Isida (ular musiqa sanatini yaratuvchilari deb hisoblangan) larga bag'ishlab o'tkazilgan ibodatlar alohida qayd qilingan. Qadimgi Misrning musiqiy ladi ya'ni (cholgular tuzilishining tahliliga kora) Pentatonikaga asoslangan holda boladi. Shuni ham aytib o'tish kerak-ki, bu davrlarda shu bilan bir qatorda saroy musiqasi ham, ma'lum darajada o'ziga xos bo'lgan. Saroyda ijro etilgan musiqalar (xor qoshiqchiligi, marosim kuylari, ayollarning qo'shiq - yig'ilari va raqslari) yurish harakarlari hamda, dramatik epizodlar bilan biriktirilgan holda kelgan.
Hududlarda olib borilgan arxeologik qazishmalar davomida va hozirgi kunga qadar mingdan ortiq loy xatlar topilgan. Ularda musiqaga oid bo'lgan ko'plab ma'lumotlar bor. Shunday ma'lumotlardan biri musiqachi yoki sozandlarning jamiyat hayotidagi o'rni haqidadir. Ularda yozilishicha shumerlar va akkad xalqlari jamiyatida musiqachilarni ikki hil nom bilan Gala va Nar deb atashgan. Musiqachilarning ikki hili ham din vakillari va qirollik hokimiyati vakillari tomonidan qadrlangan. Ushbu darajalarga ko'tarilgan musiqachilar, jamiyatdagi o'rniga ko'ra farqlangan. Gala (akkadcha-kalu) unvonidagi musiqachilar din va ibotaxonalardagi marosimlar bilan bog'liq bo'lib, ularning ishi yengil, ammo doimiy bo'lmagan. Shumer va akkad bitiklaridagi ma'muriy xujjatlarda yuzlab ushbu darajadagi musiqachilar nomlari keltirilgan. Ba'zi arxeologik topilmalarda ularning hayoti, ijodi va oilalari haqida ham to'la ma'lumotlar keltirilgan bo'lib, bu ularning jamiyatda yuqori maqomga ega bo'lganligidan dalolat beradi. Mabud Enki ushbu darajadagi musiqachilarning homiysi hisoblangan. Nar (akkadcha-naru) unvonida bo'lgan musiqachilar, aynan qirollik oilasi bilan bog'liq bo'lgan. Ular qirollik tadbirlari, yig'inlarida cholg'uchi, qo'shiqchi va teatr tomoshlarining aktyori kabi vazifalarni bajargan. Tadbirlarda ishlatiluvchi barcha asbob uskunalarni o'zi bilan olib yurish, ularning sifatiga javob berish ham Nar unvonidagi musiqachilarining vazifasiga kirgan. Ular, qiro lbilan to'g'ridan to'g'i yozishmalar olib borish, qirol uyushtiradigan barcha tadbir va sayohat yurishlarida ishtirok etish huquqiga ega bo'lgan. Saroyning bosh musiqachisi musiqiy tadbirlarga boshchilik qilgan va yosh musiqachilarni musiqiy bilimlarga o'rgatib borgan. Qirollik xaramida qirolning joriyalari,
é
Ws,
bolalari va qullari qatorida, yosh musiqachilar ham tarbiyalangan. Qirollik oilasi zodogonlar uchun yaxshi musiqachilarga ega bo'lish, yuqori maqomga ega bo'lish kabi hisoblangan va shu sababdan musiqachilar savdosi mamlakat hududida keng tarqalgan. Xattoki, diplomatik aloqalarni yaxshilash, urushni to'xtatish yoki hamkorlik qilish maqsadida, qo'shni qirolliklarga musiqachilarning tortiq qilinganligi haqidagi ma'lumotlar ham bor. Shunday yozib qoldirilgan ma'lumotlarning birida, Ossuryaliklar, shaxarni bosib olishganidan so'ng undagi musiqachilarni ozod qilishganli haqida bo'lsa, ikkinchisi "Gilgameshning o'limi" nomli epik ertakda keltirilga bo'lib, unda yozilishicha qirol Gilgamesh o'z xotini, bolalari va musiqachilari nomidan mabudlarga tuxfalar, qurbonliklar keltirgan. Yana bir ma'lumotda qirol vafot etgandan so'ng uni so'ngi manzilga kuzatish jarayonida uning oila azolari qatorida musiqachilarning ham qatnashishiga ruxsat etilganligi haqida hujjatlar bizga qadar saqlanib qolgan.
Musiqaning xalq, din va qirollik hokimiyati tomonidan yuqori darajada qadrlanishi musiqachilarning o'zlari ustida ishlashiga va yangidan yangi ijodiy, nazariy yutuqlarga erishishiga olib kelgan. Shu boisdan Mesopotamiyaning katta shaxarlarida cholg'uchilik va nazariy bilimlardan ta'lim beruvchi o'qituvchilar va ta'lim maskanlari paydo bo'lgan. Bu haqda shumerlarning eramizdan oldingi 3 ming yilliklarga tegishli bo'lgan yozuvlarida shunday deyiladi: Lagash shaxrida joylashgan eng katta Ningarsu ibodatxonasida qo'shiqchilikdan dars berilib, qo'shiqlar bir nechta cholg'ular jo'rnavozligida aytilardi. Qo'shiqlar yakka va umumjamoa, cholg'u jo'rligida va a-kapella qilib kuylangan. Yuqoridagi kabi ma'lumotlardan ko'rinib turibdiki, birinchi cholg'u ansambllari va xor jamoalari ham birinchilardan bo'lib ikki daryo oralig'ida tashkil etilgan. Ushbu ansambl va xo'r jamoalari ibodatxonalarda o'tqaziluvchi tadbir va marosimlarning ko'rki hisoblangan. Tabiiyki bunday tadbirlarni tashkillashtirishda ibodatxonalarga katta-katta homiylik mablag'lari va qirollik vakillari tomonidan rag'batlar bo'lgan. O'z navbatida ibodatxonalar, xalqni boshqarishda qirollikka ko'maklashgan.
Mesopatamiya san'atida musiqachi va musiqa asboblari juda ko'p tasvirlangan bo'lsada, bizga qadar cholg'u asboblaridan juda kam namunalar yetib kelgan. Saqlanib qolganlari esa faqatgina qirollik oilasiga tegishli bo'lgan qabristondan topilgan. Topilgan cholg'u asboblarining soni jami o'n bitta bo'lib, to'qqizta lira va ikkita arfa torli cholg'ulari hisoblanadi. Ularning orasida eng mashxurlari to'rtta bo'lib, quydagilardir; - "Urning oltin lirasi" (Iroqdagi muzey)-"Qirollik lirasi" (Britaniya muzeyi)-"Buqa kallasili lira" (Penna muzeyi)-"Kumush lira" (Britaniya muzeyi).
Damli cholg'ular haqida tasviriy, memoriy, davlat hujjatlari va adabiy meros namunalarida ma'lumotlar ko'plab topilgan. Ammo, ularning saqlanib qolganlari va bizga qadar yetib kelganlari deyarli yo'q. Damli cholg'ular yog'ochdan, hayvon shoxlari va tana suyaklaridan, metal hamda qamishdan yasalgan. Ur shaxridan topilgan ikkita kumushdan yasalgan nay cholg'ulari taxminan eramizdan oldingi 2800 yillarga tegishli bo'lib, ikkisining ham uzunligi bir hil 24 santimetrdir.
Mesopatamiya loy bitiklari bo'yicha mustaxassis olim Sem Milerman, musiqaning eng birinchi nazariy ko'rinishlari bolgan bitiklar yoshi eramizdan oldingi 1500 yilliklarga borib
EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.1 | SJIF = 7.899 www.in-academy.uz
taqalishini va bu hozirgi kunga qadar eng qadimgi musiqiy bilimlar bitilgan manba ekanligini tasdiqlagan4.
Teatr va aktyorlik san'ati. Teatr san'ati - ommaviy san'atdir. Dunyoda birinchi bolib Misrda teatr kashf qilingan. Ibodatxonalarda diniy dramalar qoyilgan.
Teatr juda qadim zamonlarda paydo bolgan. Ibtidoiy jamiyatdagi mehnat va dunyoqarashlar bilan kop. Bular - drama teatri, opera, balet, musiqali drama, musiqali komediya, operetta, yosh tomoshabinlar teatri, qo'g'irchoq teatri, radio teatr, televizion teatr. Teatrning sof tomosha shaklida korinishi dastlab qadimgi Sharqda yuz bergan. Hindiston, Orta Osiyo, Xitoy, Indoneziya, Yaponiya, Koreya, Birma, Vyetnamda teatr tomoshalarining xilma-xil shakllari yaratilgan. Teatr miloddan avvalgi 5-asrda Yunonistonda paydo bo'lgan. Yunon teatri davlat tomonidan uyushtiriladigan Xususan, teatrlarda Osirisning olimi va qayta tirilishi ko'rinishlari ijro etilgan. Bundan ikki yarim ming yil muqaddam Yunonistonda teatr dunyoga keldi. «Teatr» so'zi yunonchadan tarjima qilganda «tomoshalar joyi», «tomoshaxona» degan ma'nolarni anglatadi. Tomoshalar faqat bayramlarda uyushtirilgan. Erta tongdan boshlangan tomoshalar kun bo'yi davom etardi. Tomoshabinlarga bir necha pyesalar namoyish etilardi. Teatrga kirish uchun arzimagan tomosha haqi yig'ilgan. Qashshoq fuqarolarga teatrga borishi uchun pul berilar edi. Sahnada barcha rollarni faqat erkaklar ijro etishgan. Namoyish ishtirokchilari quvnoq, qayg'uli va yovuz qiyofadagi turli niqoblardan foydalanganlar. Teatrlarda o'zaro kurash namoyish etilgan, odatda qatnashuvchi kishilar halok bo'lishi bilan tugaydigan pyesalar tragediya deyilgan. «Shoh Edip» va «Antigona» singari eng mashhur tragediyalarni Sofokl yozgan.
Haykaltaroshlik, binokorlik va tasviriy san'at. Poleolit bosqichida tasviriy san'at ilk shakllanish davridan tortib toki, to'liq shakllanish davrini boshidan kechirdi. Bu davrda eng sodda tasviriy san'at namunalari yaratilgan bo'lib, o'sha davrdagi odamlarning olam va borliq tushunchalarini ifodalaydi. Bunday tasvirlar Yevropa va Osiyo mintaqalaridan topilgan. Tasvirlar asosan g'or shiplari va devorlariga ishlangan. Ibtidoiy odamlar uchun san'at asarlari yaratish ularni hozirgidek go'zallikdan zaqlanish, o'z qobiliyatini kovrgazmali namoyish etishdan farqli o'laroq, kundalik hayoti bilan bog'liq holda kechgan. Masalan, yirik hayvonlarni ovlashdan oldin hayvon tasvirini yerga chizib, uni qurshab olib, nayza sanchish marosimlari o'tkazilgan. Yoki g'or devorlari, qoya tosh yuzalariga ov jarayonini aks ettirishgan. Asta-sekin, shu alfozda rasm chizish kundalik hayotga o'rnashib borishi natijasida jamoalar orasida alohida qobiliyat egalari ajrab chiqib, tasvirlarni real qiyofaga o'xshatish bilan birga, ranglardan foydalanish ko'nikmasi ham oshib borgan. Haykaltarosh Tutmos tomonidan yaratil-gan fir'avn Exnaton va uning rafiqasi Nefertiti asarlari o'zining betakrorligi, go'zalligi bilan kishilarni hayratga soladi. 1922-yili topilgan Tutanxamon maqbarasidagi (yagona to'la saqlanib qolgan) Misr madaniyatiga taalluqli ko'plab qimmatli yodgorliklar ichida fir'avnning mashhur oltindan qilingan niqobi ham bor. Qadimgi Misr madaniyatiga kelsak, u hozirga qadar ham yashab kel-moqda. Bu madaniyat jahon madaniyati rivojiga ham katta hissa
4 MESOPOTAMIYA (IKKI DARYO ORALIG'I) MUSIQASI X.Sh.RaxmatullaevTermez State Institute of Pedagogy,Faculty of Pedagogy and Art, DepartmentMusic education teacheremail: [email protected]:0000-0001-5471-324XWoSid:AEX-8544-2022https://doi.org/10.5281/zenodo.7762226
é
Ws,
qo'shdi. Shuning uchun ham, Yunon faylasufi Aflotun Misr madaniyatini «Jami sivilizatsiyalarning onasi»deb bejiz aytmagan. Mil. avv. VI - IV asrlarda madaniyatning rivojlanishi yozma va arxeologik manbalar asosida organilgan. Ular O'rta Osiyo xalqlarining hunarmandchilik, zargarlik, tikuvchilik, kulolchilik va binokorlik sohalarida yuksak darajaga erishganligidan dalolat beradi.
Kushonlar davrida binokorlik va me'morchilik yuksak darajada taraqqiy etgan. Dalvarzintepa va Eski Termiz singari shaharlar xom gishtdan qurilgan mustahkam istehkom devorlari bilan oralgan edi. Shaharlarning o'zi hunarmandlar mahallalariga va turar joy mavzelariga ajratilgan. Xolchayondagi kushon hukmdorlari saroyi, Eski Termiz (Qoratepa, Fayoztepa) va Dalvarzintepadagi buddaviylik ibodatxonalarida o'sha davr devoriy tasvirlari va haykaltaroshlikning yuksak san'at namunalari organilgan.
Yunonlar nafaqat podsholar va zodagonlar uchun saroylar, balki hamma odamlar foydalanadigan jamoat binolarini ham barpo etishgan. Haykallar va boshqa haykaltaroshlik asarlari faqat saroy a'yonlari uylarini bezamasdan, ayni paytda shahar maydonlari, ibodatxonalar, hammaga ochiq tomoshabog'lar va stadionlarni ham bezab turgan. Ibodatxonalar va boshqa jamoat binolari toshdan barpo etilgan. Xususiy uylar esa g'ishtdan va paxsadan qurilgan. Yunon haykaltaroshlari o'z xudolari hamda mashhur olimlari, Olimpiya o'yinlari g'oliblari yoki jangda zafar quchgan qahramonlar sharafiga haykallar tiklashgan. Eng buyuk yunon haykaltaroshlaridan biri Fidiy edi. U Afinada Parfenon barpo etilishi va Akropolning qayta qurilishiga boshchilik qilgan. Uning mashhur asari, Yer yuzidagi yetti mo'jizaning biri hisoblangan olimpiyalik Zevs haykalidir. Arxitektor va haykaltarosh Dedal Minos degan podsho uchun mashhur Labirint saroyini barpo etgan.
Yunon haykaltaroshlari haykallar orqali har bir o'spirin - kuchli, jismonan baquvvat va o'z vatanini himoya qilishga tayyor bo'lishi lozimligini ifodalaganlar.
Kundalik tabiiy ehtiyojlarga mo'ljallab yasalgan buyumlar ularning maishiy hayotiga chuqur kirib borishi pirovardida ulardan shunchaki foydalanishgina emas, balki tashqi ko'rinishi, shaklu-shamoyilini ham chiroyli bo'lishiga intilib, bezak berishga uringanlar.
References:
1. S.To'ychiyeva, Madaniyat va san'at sohasi faoliyatini tashkil etish va boshqarish. "Toshkent", 2019.
2. Tursunova G. A. Musiqiy sulolaviylik fenomeni: tipologiyasi, mazmun va mohiyati.
3. Karimov I. A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo'q. - T.: "Sharq", 1998.
4. https://arxiv.uz/uz/documents/slaydlar/madaniyatshunoslik/madaniyat-va-san-at-sohasining-rivojlanishi
5. https://arxiv.uz/ru/documents/referatlar/madaniyatshunoslik/ix-xiii-asrlarda-movarounnahrda-madaniyat-va-san-at-taraqqiyoti
6. https://cyberleninka.ru/article/n/yangi-o-zbekiston-taraqqiyotida-madaniyat-va-san-at-menejmentining-o-rni