Научная статья на тему 'QADIMGI O‘RTA OSIYO SHAHAR VA DAVLATLARINING DUNYO MADANIYATI VA SAN’ATI RIVOJIGA QO‘SHGAN HISSASI. AYRITOM TARIXIY YODGORLIGI TALQINIDA. O‘ZBEKISTON MADANIY MEROS YODGORLIKLARI TURKUMIDAN'

QADIMGI O‘RTA OSIYO SHAHAR VA DAVLATLARINING DUNYO MADANIYATI VA SAN’ATI RIVOJIGA QO‘SHGAN HISSASI. AYRITOM TARIXIY YODGORLIGI TALQINIDA. O‘ZBEKISTON MADANIY MEROS YODGORLIKLARI TURKUMIDAN Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
110
42
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
Ellinizm / Antik / Zurmala / Afrosiyob / Ayritom / Xolchayon / Dalvarzintepa / Tuproqqal’a / Jarqo’ton / Tasviriy san’at / Amaliy san’at / Musiqa / Haykaltaroshlik / Friz / Buddaviylik / Gandxar madaniyati / Pancha maxashabda / Qo‘sh avlos / Lyutniya / Arfa / Baraban / Ansanbl / UNESKO

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Asror Botirovich Bozorov

Ushbu maqola san’at maktabi o‘quvchilari hamda oliy o‘quv yurtlari talabalariga tasviriy san’at va san’at tarixi darslaridan yanada kengroq bilimlarga ega bo’lishlarini inobatga olgan holda yozildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «QADIMGI O‘RTA OSIYO SHAHAR VA DAVLATLARINING DUNYO MADANIYATI VA SAN’ATI RIVOJIGA QO‘SHGAN HISSASI. AYRITOM TARIXIY YODGORLIGI TALQINIDA. O‘ZBEKISTON MADANIY MEROS YODGORLIKLARI TURKUMIDAN»

QADIMGI O'RTA OSIYO SHAHAR VA DAVLATLARINING DUNYO MADANIYATI VA SAN'ATI RIVOJIGA QO'SHGAN HISSASI. AYRITOM TARIXIY YODGORLIGI TALQINIDA. O'ZBEKISTON MADANIY MEROS

YODGORLIKLARI TURKUMIDAN

Asror Botirovich Bozorov

Termiz davlat universiteti

Annotatsiya: Ushbu maqola san'at maktabi o'quvchilari hamda oliy o'quv yurtlari talabalariga tasviriy san'at va san'at tarixi darslaridan yanada kengroq bilimlarga ega bo'lishlarini inobatga olgan holda yozildi.

Kalit so'zlar: Ellinizm, Antik, Zurmala, Afrosiyob, Ayritom, Xolchayon, Dalvarzintepa, Tuproqqal'a, Jarqo'ton, Tasviriy san'at, Amaliy san'at, Musiqa, Haykaltaroshlik, Friz, Buddaviylik, Gandxar madaniyati, Pancha maxashabda, Qo'sh avlos, Lyutniya, Arfa, Baraban, Ansanbl, UNESKO

CONTRIBUTION OF THE CITIES AND STATES OF ANCIENT CENTRAL

ASIA TO THE DEVELOPMENT OF WORLD CULTURE AND ART. INTERPRETATION OF A CERTAIN HISTORICAL MONUMENT. FROM THE SERIES OF CULTURAL HERITAGE MONUMENTS OF

UZBEKISTAN

Asror Botyrovich Bozorov Termiz State University

Abstract: This article was written to students of art school and higher education institutions to gain more extensive knowledge from fine art and art history classes.

Keywords: Hellenism, Antiquity, Zurmala, Afrosyab, Ayritom, Holchayon, Dalvarzintepa, Tuprokkala, Jarqo'ton, Visual arts, Applied arts, Music, Sculpture, Frieze, Buddhism, Gandhar culture, Pancha mahashabda , Double avlos, Lutynia, Harp, Drum, Ensemble, UNESCO

Insoniyat tamadduni bugungi kunga qadar rivojlanishning bir necha bosqichlarini boshidan kechirdi. Insoniyat yaratilgandan shu kungacha uning tafakkurida, kundalik hayotida ma'daniy, ma'naviy jihatdan juda katta rivojlanish ro'y berdi. Turli tillar, turli millatlar, turli diniy e'tiqodlar, turli madaniyatlar vujudga keldi va yana qaysidur madaniyatlar, etiqodlar, elatlar zavolga yuz tutib tarix qariga singib ketdi. Xalqlar madaniyati, e'tiqodi, tillarining bir birlaridan farqli tarzda vujudga kalishi avvalo ular yashab turgan geografik joylar hamda u yerdagi shart-sharoitlar ta'siridan vujudga

ffciTii^^Bl 163 ISSN 2181-063X/Impact Factor 4.311 (SJIF 2022)

keldi, rivojlandi yoki turli o'zgarishlarga yuz tutdi. Ko'p hollarda etnik, siyosiy va ma'daniy jihatdan yirik bo'lgan qabilalar yoki elatlar o'zlariga nisbatan kichik qabilalarga ta'sirlari oshib borishi natijasida yangi madaniyatlar, yangi xalqlar, yangi tillar vujudga keldi. Jumladan qadimda O'rta Osiyo hududida mavjud bo'lgan madaniyat o'rniga Ellinizm (ellin) madaniyati vujudga keldi.

Ellinizm - Makedoniya, Yunoniston, O'rta dengizning sharqiy sohillari, G'arbiy Osiyo, Qora dengiz atrofidagi mamlakatlar tarixining Aleksandr (Iskandar) istilosi (miloddan avvalgi 334-323 yillar)dan miloddan avvalgi 30 yilda Misr Rim qo'shinlari tomonidan ishg'ol etilgan paytgacha o'tgan davr. "Ellin" atamasi ilm- fanda dastlab nemis olimi I.G. Droyzenning 1836-1843 yillarda chop etilgan 2 jildli "Ellinizm tarixi" asarida qo'llangan va ushbu atama orqali ellinlarning Sharq mamlakatlaridagi hukmronligi va ular madaniyatining Sharq xalqlari madaniyati bilan uyg'unlashib hosil qilgan yangi madaniyat tushunilgan. Bu madaniyatlarning uyg'unligini hozirgi kunga qadar saqlanib qolgan tarixiy me'moriy obodalar va arxeologik topilmalar: moddiy, mayishiy osori atiqalar, kulolchilik, zargarlik, hunarmandchilik buyumlari, devoriy sur'atlar, haykallar, mehnat qurollari, me'moriy obyektlar va boshqa shunga o'xshash qimmatli topilmalar eng qimmatli manbalar misolida kuzatishimiz mumkin. Qisqa qilib aytganda ellin madaniyati bu sharq va g'arb xalqlari madaniyatining qorishmasi deyish mumkin. Bugungi kunda O'rta Osiyo hududida antik davrga oid bo'lgan minglab tarixiy maskanlar mavjud. Jumladan O'zbekiston bunday tarixiy obyektlarga boyligi bilan butun dunyo olimlariyu sayyolarini o'ziga jalb qilib kelmoqda.

Ayritom frizi (barababchi ayol) Samarqand shahridagi qadimiy Afrosiyob shaxri qoldiqlari, Termizdagi Zurmala (mil.av 2-asr), Ayritom (milodiy 1-4 asr), Denovdagi Xolchayon (mil.av 4-asr), Sho'rchi tumanida joylashgan Dalvarzintepa yodgorligi, Sherobod tumanidan topilga

ITFVE^^Hl 164 ISSN 2181-063X/lmpact Factor 4.311 (SJIF 2022)

Jarqo'ton (mil.av 2-ming yillik), Kampirtepa, Qoraqalpog'iston hududida joylashgan Tuproqqal'a kabi antik maskan xarobalari yurtimizning uzoq o'tmishi, qadimdan o'zining davlatchilik tarixi, madaniyati, san'ati gullab yashnaganligidan dalolat beradi, Bu manzillarning geografik joylashuv o'rniga qarasak ular asosan Amudaryo va Sirdaryoga juda yaqin bo'lgan manzillarda joylashganligini ko'rishimiz mumkin. Sababi bu xalqlar u paytga kelib o'troq hayot tarziga o'tib dehqonchilik, hunarmandchilik, savdo-sotiq bilan shug'ullanishganlar. O'troqlashib madaniy hayot tarziga o'tilishi o'z navbatida tasviriy san'at, amaliy san'at, haykaltaroshlik, kulolchilik, musiqa kabi tarmoqlarning vujudga kelishi va rivojlanishiga zamin hozirladi. Yuqoridagi manzilgohlardan topilgan haykallar, devoriy sur'atlar, yozma bitiklardan o'sha davr kishilarining turmush tarzi, urf-odatlari, davlat boshqaruvi shakillari haqida ma'lumotlar olishimiz mumkin. So'zimizning isboti o'laroq birgina Ayritom manzilgohi hamda u yerdan topilgan devoriy frizlar haqida qisqacha ma'lumot bersak.

Ayritom - o'zbek xalqining qadimiy tarixi va madaniyatidan guvohlik beruvchi ko'hna shahar manzilgohlaridan hisoblanadi. Termiz shahridan 18 km sharqda, Amudaryo qirg'og'ida joylashgan. Ayritom moddiy - madaniy yodgorliklari xalqimizning kushonlar davridagi tarixini, madaniy merosini, urf-odatlarini va san'atini o'rganishda katta ahamiyatga ega. O'zbekiston hududidan topilgan dunyogas mashhur qadimiy san'at namunalari orasida Ayritom frizi nomini olgan arxeologiya topilmalari alohida etibor kasb etadi. Friz arxeolog olim M.Ye.Masson tomonidan 1932-1933 yillarda topilib tadqiq qilingan. Marmarsimon ohak qorishmasidan yasalgan bu friz bir paytlar Termiz yaqinida, Amudaryo qirg'og'idagi Ayritom shaharchasida budda ibodatxonasini bezab turgan (O'sha davrlarda bu hududlarda yashovchi elatlar asosan Buddaviylik diniga e'tiqod qilishgan). Unda beshta musiqachining tasviri tushurilgan bo'lib, ularning yasalgan davri haqida turlicha fikirlar mavjud. Aksariyat tadqiqodchi olimlar uni eramizning I-II asrlarga mansub deb hisoblaydilar. S.P.Tolstov, G.A.Pugachenkova va boshqa olimlarning fikricha, frizda tasvirlangan ayollar mahalliy Baqtriya etnik turiga kiradi. Antik davrga taalluqli bu san'at asari keng miqyosda sharq-yunon madaniyati deb nomlangan turli badiiy an'analar sintezini o'zida namoyon etadi. Unda budda falsafiy g'oyalariga asoslangan yunon va sharqiy hind yoki Gandxar madaniyati uyg'unlashadi.

Buddashunos S.F. Oldenburgning arxeolog M.Ye.Massonga aytgan fikricha, besh musiqachi ayoldan iborat haykaltaltaroshlik kompozitsiyasi budda ta'limotidagi " besh buyuk ovoz" (pancha maxashabda)ni bildiradi. Ularni ko'pincha "samoviy musiqachilar" deb ham nomlashadi. Ushbu murakkab sintezda frizdagi musiqa asboblari alohida ajralib ko'rinadi. Ansambl tarkibida biz yunon, shimoliy hind, ehtimol, Sharqiy Turkiston va mahalliy sozandalik an'analarini ham ko'ramiz.

165

ISSN 2181-063X / Impact Factor 4.311 (SJIF 2022)

Ayritom frizi ( Arfa chalayotgan ayol )

Jumladan, ikki simli puflab chalinadigan cholg'u asbobi - qo'sh avlos Old Osiyo va qadimgi Yunonistonda keng tarqalgan bo'lib, uni yunonlar qadimgi fojialar namoyishida harbiy cholg'u sifatida ishlatishgan. O'rta Osiyo hududida unga o'xshash musiqa asboblar kam uchraydi. Lyutniyasimon gitarani eslatuvchi bu asbob O'rta Osiyoda o'sha davrlardagi tarixiy-madaniy muhit uchun xos bo'lmagan. Shunga yaqin ko'rinishdagilari Sharqiy Turkistonda, qisman Xo'tanda tarqalgan. Boshqacha ko'rinishdagi baraban, shubhasiz, Hindistonga borib taqaladi. To'qqizta torli, burchakli kichik arfa aynan O'rta Osiyo mamlakatlariga xos cholg'u asbobi hisoblanadi. Ayritom frizlari topilganidan bir necha yil o'tib O'zbekiston SSR hukumati ularni Ermitaj muzeyiga hadya qilib yuboradi. Sakkiz qisimdan iborat bo'lgan bu frizlarning uchtasi musiqachilarni aks ettiradi va ular O'rta Osiyo bo'limi ko'rgazmasidan o'rin olgan. Bu friz qolganlariga qaraganda eng yiriklari bo'lib, barabanchi, lyutniyachi va arfachi ayollarni aks ettiradi. Bundan shuni xulosa qilish mumkinki, topilmalardan u manzillarda nafaqat haykaltaroshlik va tasviriy san'at balki musiqa san'ati, hunarmandchilik, arxetektura kabi sohalar ham ravnaq topganligi yaqqol namoyon bo'ladi.Yurtimizda bunday ko'hna manzillarning ko'pligi ajdodlarimizning butun insoniyat tamadduni, tafakkuri rivojiga qo'gan hissasi naqadar katta ekanligidan dalolat beradi.

Xulosa qilib aytganda ajdodlarimiz bizga qoldirgan bebaho moddiy, madaniy meros qadimdan markaziy Osiyo hududi dunyo san'ati, madaniyati va ilm-fani takomiliga beqiyos hissa qo'shgan ma'rifat beshigi bo'lganligining dalilidir. Shuni aytib o'tishimiz kerakki, shu kunga qadar millatimiz tarixi o'z boshidan bir necha bor turg'unlik davrlarini ham boshdan kechirdi. O'sha turg'unlik paytlarda millatimizni e'tiqodi, tili, madaniyatiga hujum qilindi ko'plab tarixiy manbaalarimiz, ko'hna

IIgcTIÍ^^BI 166 ISSN 2181 -063X/lmpact Factor 4.311 (SJIF 2022)

yodgorliklarimiz vayron qilindi yoki umuman yo'q qilindi. XIII-asr oxiri XIV-asr boshlarida mo'g'ullar bosqini, XIX-asr oxirlarida rus imperiyasining markaziy Osiyo davlatlariga uyushtirgan bosqinchilik yurishlari hamda XX-asr boshlarida bolshevism deb ataluvchi mustabit tuzumning hokimiyatga kelishi millatimiz rivojiga mislsiz zarar yetqazdi. Yuzlab millatparvar, ziyoli, jadidchi adiblarimiz, allomalarimiz qatag'on qilindi. Ularning vatanparlik g'oyalari, ular yaratgan nodir asarlari va o'zlariga ham millatchi, xalq dushmani diyilgan qora tamg'a bosildi. Ularning millatimizga yetkazgan ma'naviy zararlarining og'ir asoratlari bugungi kunda ham o'zining aksil ta'sirini ko'rsatmoqda. Yurtimiz mustaqillikga erishganidan so'ng yurtimizda ajdodlarimizning merosini tiklash uchun juda ko'p amaliy ishlar olib borildi. Minglab tarixiy manbaalar, tarixiy yodgorlik osori atiqalarimiz davlat muhofazasiga olindi. Ko'plab tarixiy shaharlarimiz va u yerda joylashgan arxeologik yodgorliklarimiz UNESKO ro'yxatiga kiritildi. Bizlarning bugungi kundagi burchimiz ajdodlarimiz qoldirgan boy merosni avaylab, asrab uni kelajak avlodga bekamu ko'st qilib yetqazishdan iboratdir.

Foydalanilgan adabiyotlar

1."O'zekiston musiqiy merosi Rossiya Federatsiyasi to'plamlarida", 61-62 bet.

2. https: //uz.wikipedia.org/wiki/Ayritom

3. https://society.uz/uz/news/detail/news/526

4. https://uzbekistan.travel/uz/o/surxondaryoning-arxeologik-yodgorliklari/

167

ISSN 2181-063X / Impact Factor 4.311 (SJIF 2022)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.