Научная статья на тему 'О‘ZBEK MEROSIY RAQS SAN’ATI TARIXI VA UNING O’ZIGA XOSLIGI'

О‘ZBEK MEROSIY RAQS SAN’ATI TARIXI VA UNING O’ZIGA XOSLIGI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
22
13
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
o‘zbek merosiy raqs san’ati / raqs tarixi / madaniy meros / o‘zbekiston madaniyati / milliy raqslar / san’at tarixi. / узбекское наследие танцевального искусства / история танца / культурное наследие / культура Узбекистана / национальные танцы / история искусства.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — E.Saitova

kirish qismida, O‘zbekistonning raqs san’ati tarixiga qisqacha kirish beriladi. raqs san’atining milliy madaniyatdagi o‘rni va uning tarixiy rivojlanish bosqichlari ta’kidlanadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

HISTORY OF UZBEK HERITAGE DANCE ART AND ITS UNIQUENESS

во введении дается краткое введение в историю танцевального искусства Узбекистана. Подчеркивается роль танцевального искусства в национальной культуре и ее исторические этапы развития.

Текст научной работы на тему «О‘ZBEK MEROSIY RAQS SAN’ATI TARIXI VA UNING O’ZIGA XOSLIGI»

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Original paper

O'ZBEK MEROSIY RAQS SAN'ATI TARIXI VA UNING O'ZIGA XOSLIGI

© E.Saitova1H_

1 O'zbekiston davlat xoreografiyasi Akademiya, Toshkent, O'zbekiston

Annotatsiya

KIRISH: kirish qismida, O'zbekistonning raqs san'ati tarixiga qisqacha kirish beriladi. raqs san'atining milliy madaniyatdagi o'rni va uning tarixiy rivojlanish bosqichlari ta'kidlanadi.

MAQSAD: maqolaning asosiy maqsadi o'zbek merosiy raqs san'atining tarixini va uning noyob xususiyatlarini chuqurroq tahlil qilish hamda bu san'atning madaniy merosdagi o'rnini belgilashdir.

MATERIALLAR VA METODLAR: tadqiqotda qo'llanilgan metodlar, manbalar, raqslar tahlili, tarixiy hujjatlar, ekspert intervyulari va madaniy tahlil usullari haqida ma'lumot beriladi. tadqiqot metodologiyasi va ishlatilgan tahlil usullari tavsifi kiritiladi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR: o'zbek merosiy raqs san'atining tarixiy ildizlari va uning madaniy merosdagi roli muhokama qilinadi. raqs san'atining madaniyat va jamiyatdagi ta'siri tahlil qilinadi.

XULOSA: maqola yakunida, o'zbek merosiy raqs san'atining tarixi va uning madaniyatdagi noyob o'rniga oid xulosalar keltiriladi. shuningdek, soha bo'yicha kelajakdagi tadqiqotlar uchun yo'naltirilgan tavsiyalar beriladi.

Kalit so'zlar: o'zbek merosiy raqs san'ati, raqs tarixi, madaniy meros, o'zbekiston madaniyati, milliy raqslar, san'at tarixi.

Iqtibos uchun: Saitova E. O'zbek merosiy raqs san'ati tarixi va uning o'ziga xosligi // Inter education & global study. 2024. №7. B.384-390.

ИСТОРИЯ УЗБЕКСКОГО НАСЛЕДИЯ ТАНЦЕВАЛЬНОГО ИСКУССТВА И ЕЕ УНИКАЛЬНОСТЬ_

© Е.Саитова 1И

1 Государственная хореография Узбекистана Академия, Ташкент, Узбекистан Аннотация

ВВЕДЕНИЕ: во введении дается краткое введение в историю танцевального искусства Узбекистана. Подчеркивается роль танцевального искусства в национальной культуре и ее исторические этапы развития.

© intereduglobalstudy.com

2024, ISSUE 7

fccilL

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

ЦЕЛЬ: основной целью статьи является глубокий анализ истории узбекского наследия танцевального искусства и его уникальных особенностей, а также определение места этого искусства в культурном наследии.

МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: представлены методы исследования, источники, танцевальный анализ, исторические документы, экспертные интервью и методы культурного анализа. включено описание методологии исследования и использованных аналитических методов.

ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: обсуждаются исторические корни узбекского танцевального искусства и его роль в культурном наследии. анализируется влияние танцевального искусства на культуру и общество.

ЗАКЛЮЧЕНИЕ: в конце статьи сделаны выводы об истории узбекского наследия танцевального искусства и его уникальном месте в культуре. а также рекомендации для будущих исследований в этой области.

Ключевые слова: узбекское наследие танцевального искусства, история танца, культурное наследие, культура Узбекистана, национальные танцы, история искусства.

Для цитирования: Саитова E. История узбекского наследия танцевального искусства и ее уникальность// Inter education & global study. 2024. №7. С. 384390.

HISTORY OF UZBEK HERITAGE DANCE ART AND ITS UNIQUENESS_

© Erkinoy Saitova1®

1 State choreography of Uzbekistan Academy, Tashkent, Uzbekistan_

Annotation

INTRODUCTION: in the introduction, a brief introduction to the history of the dance art of Uzbekistan is given. the role of dance art in national culture and its historical development stages are emphasized.

AIM: the main purpose of the article is to deeply analyze the history of the Uzbek heritage dance art and its unique features, as well as to determine the place of this art in the cultural heritage.

MATERIALS AND METHODS: research methods, sources, dance analysis, historical documents, expert interviews, and cultural analysis methods are provided. a description of the research methodology and analytical methods used is included.

DISCUSSION AND RESULTS: the historical roots of uzbek heritage dance art and its role in cultural heritage are discussed. the impact of dance art on culture and society is analyzed.

CONCLUSION: at the end of the article, conclusions are made about the history of Uzbek heritage dance art and its unique place in culture. as well as directed recommendations for future research in the field.

Key words: uzbek heritage dance art, dance history, cultural heritage, culture of uzbekistan, national dances, art history.

© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 7

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal ISSN 2992-9024 (online)

Научно-теоретический и методический журнал ОПО/1 Mn7

Scientific theoretical and methodical journal 2024, №7

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

For citation: Erkinoy Saitova. (2024) History of uzbek heritage dance art and its uniqueness, Inter education & global study, (7), pp. 384-390. (In Uzbek).

O'zbek merosiy raqs san'ati tarixi uzoq o'tmishga borib taqaladi. Mehnat jarayoni inson uchun g'ayrioddiy bo'lmay qolgan tarixiy davrdir, aynan shu davrda inson insonga yanada kuchliroq qiziqish bilan qaray boshladi, fazoviy jarayonlani tushunishga intildi, insonni koinot, tiriklik va o'lim masalalari qiziqtira boshladi. Ushbu jumboqlar, yuqorida qayd etilganidek, keyinchalik diniy qarashlar va dinning shakllanishiga olib kelgan fantastik taxminlarni paydo qildi...

Shunda raqs dunyoni anglash, hayotga bo'lgan falsafiy munosabatni ifodalash vositalaridan biriga aylandi. Tabiiyki, ushbu raqslaming dastlabki mualliflari borliqni anglashga, hayotni tushuntirishga intilganlar, ya'ni ibtidoiy kohinlar bo'lgan.

San'atshunos olimlar qadimgi ustalar tomonidan Yunon-Baqtriya podsholigi (miloddan avvalgi IV—III asrlar) davridan milodiy VII—VI11 asrlargacha O'rta Osiyo moddiy yodgorliklarida ifodalangan raqs tushayotgan barcha figuralami o'rganib chiqish jarayonida ularning O'rta Osiyoning son-sanoqsiz panteonlarida (sag'analarida) mavjud bo'lgan diniy marosimlar ishtirokchilari bo'lmish kohin yoki qohinalar ekanligini aniqlashgan. Antik davr yoki ilk o'rta asrlar davriga (VII—VIII asrlar) murojaat qilar ekanmiz, O'rta Osiyoning qadimgi xudolari panteoni turli-tumanligi hamda O'rta Osiyo, Yunoniston, Hindiston, Xitoy, Sharqiy Turkiston, Kavkaz, Sibir, Volgabo'yi, Vizantiya xalqlari madaniy aloqalari keng rivojlanganligini ko'rishimiz mumkin.

Mahalliy ilohlar ellenizm davrida yunon xudolari bilan qo'shilib, ellenizmga xos belgilar O'rta Osiyoga kirib kela boshladi. Masalan, xudolarning birida dengiz va ummonlar hukmdori bo'lmish Neptunning uch ayrili hassasi paydo bo'ldi, osiyolik ona Anaxita shaharlar homiysiga aylanib, yunonlar nazarida shaharlar "bekasi" bo'lgan g'alaba xudosi Nika va baxt xudosi Tixeyga o'xshab qoldi. Sharqona libosdagi mahalliy soqolli Dionisning tasvirlaridan birida elkasiga sher terisini yopinib olib, raqs tushayotgan yalang'och Gerakl unga hamroh qilib tasvirlangan. Yunon-Baqtriya davlatining ko'p hukmdorlari tangalarda Dionisga o'xshatib tasvirlangan, ayni paytda shu davrga oid tangalarda Dionisga bag'ishlab raqsga tushayotgan kohin ayollarni ko'rishimiz mumkin, ular sharqona libos — "uzun shalvar kiygan va osilchoq ziraklar taqib olgan" va h.k.

Barcha Sharq xalqlariga tanish bo'lgan Ulug' Ona zardushtiylik dinida (miloddan avvalgi birinchi mingyillikning birinchi yarmida 0'rta Osiyoda paydo bo'lgan) — boshqa xalqlardagidek, jimo'siz homilador bo'lgan ona sifatida tasvirlanadi. O'rta Osiyoning qadimgi Quyosh xudosi — eroniy Hrmuzd xudosining o'zginasidir; er-xotin xudolar Mitra va Ona hindlarning oy va quyosh xudolari Some va Surega, shuningdek, Merkuriy va Veneraga o'xshaydi; hind xudosi Shivaning zulmkor jahli ramzi bo'lgan qo'rqinchli Kirtimukxa obrazi O'rta Osiyoda yomon ko'zdan asrovchi ramzga aylandi va h.k.

Eramizning birinchi mingyilligida ellenizm davrining insoniylashtirilgan ilohlari yarim xudoga va keyinchalik afsonaviy qahramonlarga aylanadi. Mitra o'z xususiyatlarini

© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 7

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

qahramon Rustamga o'tkazgan bo'lsa, Ona Anaxita eposlar qahramonlari — Sindot va Rudobaga, Dionis Sabaziy — yosh, o'lib-tirilayotgan yarim xudo Siyovushga o'z xususiyatlarini bergan va h.k. X asrda buyuk shoir Firdavsiy xalq tomonidan qadimiy rivoyatlarga aylantirilgan qadimiy dinlar ko'rinishlari asosida "Shohnoma" asarini yaratdi. Unda tarixiy shaxslar bilan bir qatorda qadimda yarim xudolardan afsonaviy qahramonlarga aylantirilgan tarixiy shaxslar obrazlari yaratilgan.

Mahalliy xalqlar bir necha asrlar davomida qadimiy afsonalarni xalq rivoyatlariga aylantirishiga misol tariqasida har doim o'lib-tiriluvchi barhayot tabiat haqidagi afsonalarni, o'rta asrlarning dastlabki davrida O'rta Osiyoning asosiy dinlaridan biri bo'lgan zardushtiylikning tarkibiy qismiga aylangan Siyovush haqidagi rivoyatni keltirish mumkin.

Ma'lumki, ilk o'rta asrlarda bu e'tiqod shahar va qishloqlarning butun aholisi ishtirok etadigan ko'p kunlik bayramga aylandi. Rivoyatlarga ko'ra, Siyovush Eronning mashhur shohi Kaykovus topib olgan go'zal qizdan tug'ilgan farzanddir. Taxmin qilinishicha, qiz dastlab o'rmon ilohiysi qilib tasvirlangan. Kaykovusdan o'g'il ko'rgach, u vafot etadi. Siyovush afsonaviy bahodirlar kabi kun sayin emas, soat sayin o'sib, atrofdagilarni o'z chiroyi va oliyjanobligi bilan hayratga soladi. Qadimgi rimliklarning afsonaviy qahramoni Ippolit kabi, Siyovush o'gay onasi Sudobaning qabih maylini rad etadi va uning tuhmatiga uchraydi. Yigit o'zining haqligini olovdan tirik chiqish orqali isbotlaydi. So'ngra u Turon shohi Afrosiyobning qiziga uylanadi, biroq bu е^ ham tuhmatga uchrab, Afrosiyob yo'llagan qotillarning qo'lida halok bo'ladi. Siyovushning o'chini uning o'g'li oladi va bunda unga o'rmon xudosi bo'lgan ayolning o'g'li halokati uchun qasos olinishini istagan o'simliklar xudosi Xaoma yordam beradi. Siyovush haqidagi afsona Old Osiyo hududidagi qadimgi davlatlar va Yunoniston xalqlaridagi afsona o'lib tiriladigan o'simliklar xudolari — Oziris, Attis, Adonis, Ippolit haqidagi afsonalarni eslatadi. Shubhasiz, Siyovush haqidagi afsonada olovbardor Mitra, tabiat kuchlari homiysi Buyuk Ona va shu kabilar singib ketgan.

Raqs san'ati barcha san'at turlari ichida o'zining jozibasi bilan ajralib turadi. Hozirgi kunda har bir millat o'z dini, o'z tili , o'z san'ati, o'z madaniyati urf-odati va shular qatorida o'z milliy raqsiga ega. Har bir millat o'z raqsida o'z hayotini turmush tarzini va madaniyatini aks ettiradi. O'zbek raqs san'ati ham - boy madaniyatimizning ajralmas qismi hisoblanadi. Raqslardagi har bir harakat, nazokat mutanosibligi: jilo, ko'z qarashlari, ohista va еngil qadamlar, liboslar, bularning barchasi milliy qiyofani aks ettiradi va millatimizga, madaniyatimizga xos tarzda namoyon bo'ladi.

San'atshunos L. Abdeyeva o'zbek raqs san'ati tarixiga nazar solar ekan "Raqsni teatr va tasviriy san'atni undirgan ildiz deyish mumkin" deydi, "musiqa esa raqs bilan birga yashaydi, raqqoslar tasviri goyo uchta san'atni o'zida jamlagandek. Musiqani o'zida ifoda etgan raqs tasviri " deya ta'rif keltirib o'tadi.

O'zbek xalq raqs san'ati azaldan to'yu-ma'rakalarda, bayram- tantanalarda shodiyona damlarning avji sifatida ijro etib kelingan. Xalqimizning jon tomiridan paydo bo'lgan bu san'at tirik bir vujud kabi rivojlanishda davom etmoqda. U yozma ravishda o'z

© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 7

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

aksini topmaganligi sabab turli davrlarda unutilib ketar, ma'lum vaqt o'tgandan so'ng esa mohir san'at ustalari ijrosida yana jonlanardi va shu tariqa ustozlardan shogirdlarga o'tib, keyingi avlodlarga qisman е^Ь kelgan. Bu holat esa raqs haqidagi manbalarning yozilishiga katta turtki bo'ldi.

"Arxeolog san'atshunoslar o'zlari topgan raqqos figuralarni tasvirlar ekanlar, ular qaysi asrda yaratilganligini ko'p sonli manbalar asosida aytib beradilar, hamda mazkur tasvir va raqsning o'zi ham paydo bo'lishiga qanday hayotiy hodisa sabab bo'lganligini izohlaydilar. Agar tasvirlar san'atshunoslik shartlari bilan oddiy ketma-ketlikda qoyib chiqilsa, eng qadimiy raqs san'ati to'g'risida tarixiy ocherk bo'lar edi" deydi L.Abdeyeva

Raqs musiqa bilan uzviy bog'liqdir, shuningdek u musiqa mazmunini obrazlar vositasida ochib berishda ham katta ahamiyatga ega. Xalq raqslarida ritm muhim bo'lib, u musiqada o'z ifodasini topadi, oyoq, qo'l, bosh va tana harakatlari umumiy ritmga boysunadi, bir-biri bilan bog'lanadi. O'zbek raqslari ma'zmunini ifodalashda ijrochilar tepki, qarsak, zangdan ham foydalanadi. Ayrim raqslar ro'mol, piyola, qadah kabi buyumlar bilan ham ijro etiladi, ba'zan ijrochi xalq cholg'u asboblarida o'ziga o'zi jo'r bo'ladi. G'arbiy Yevropa xalqlari raqsida, asosan oyoq harakatlari muhim bo'lib, qo'l va tana harakatlari unga jo'r bo'ladi. Sharqda esa qo'l va tana harakatlari plastik ifodaviylikning asosiy vositalaridir. Sahnaviy raqs xalq ijodiga tayanadi, uning merosi va o'ziga xos fazilatlarini saqlaydi va rivojlantiradi. Raqs dastavval Yunoniston, Hindistonda va asta sekin boshqa mamlakatlarda paydo bo'la boshlagan. Yillar o'tgani sayin xalq raqslari asosida tarkib topgan professional raqslar yuksak darajada rivojlandi va turli raqs tizimlari (xususan, Yevropa va sharq mumtoz raqslari) qaror topdi.

XVII asrga kelib, balet raqs spektakllari yuzaga keldi va raqs san'ati yangi texnika bilan boyidi. XX asr boshida esa "modern" (ritmoplastik) raqsi paydo b o'ldi. 40-60-yillarda Yevropa va AQShda konsert ijrochiligiga m o'ljallangan kichik xoreografik asarlar, estrada raqslari rivojlangan.

Markaziy Osiyo, jumladan, O'zbekiston hududida topilgan qoya tosh tasvirlari arxeologik topilmalar bu е^ raqs juda qadimiyligidan guvohlik beradi. O'zbek raqs san'atining qadimiyligi, shakl va turlarining boyligi ajdodlarimiz dehqonchilik va hunarmandchilik bilan shug'ullanganidan dalolat beradi. Zardushtiylarning muqaddas kitobi "Avesto" da ham raqsning ikki yo'nalishda - xalq va professional raqs yo'nalishlarida shakllananayotgani keltirib o'tilgan. Yunon — Baqtriya podsholigi davrida (mil. av. IV-III asrlar) Turon raqs san'atining darajasi Yunoniston, Vizantiya, Hindiston va Xitoy raqsi bilan bahslashishiga imkon bergan. Shahar madaniyatining rivojlanishi tufayli bu san'at yanada mazmundor va rang-barang bo'lib borgan. IV-VII asrlarga kelib O'zbekistonning Samarqand, Buxoro, Shahrisabz va Toshkent kabi shaharlaridan raqs ustalari Buyuk ipak yo'llari boylab Rim, Misr, G'arb o'lkalarigacha, Sharqda Xitoy, Koreya va hatto Yaponiyagacha borib, o'z san'atlarini namoyish etganlar. Chunonchi, Xitoyda ajdodlarimizning "Xusyuan" raqsi mashhur bo'lgan. Yevropa professional raqs san'atini rivojiga Yunoniston Rim raqs san'ati salmoqli hissa qo'shgan bo'lsa, Xitoyga yuborilgan san'atkorlar qatorida raqqos va raqqosalar o'z san'ati bilan Xitoyliklar san'ati rivojiga

© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 7

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научнo-теoретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

hissa qo'shganlar. Xitoyda shuhrat qozongan raqslardan biri bu "choch raqsi"dir. Bu raqs Milodiy 1-ming yillik o'rtalarida xitoyda shuhrat qozongan raqs turi "chjechji" nomi bilan atalgan, choch raqsini asosan qiz-juvonlar ijro etgan. Raqsga avval bir kishi tushgan, ya'ni yakka o'yin hisoblangan. Millodiy 5-6 asrlarda esa 5 kishi, keyingi asrlarda esa 24 kishi o'ynagan. Choch raqsi davra qilib aylanib ijro etilgan, u milliy musiqa va xonanda ashulasi bilan ham qo'shib yuborilgan. Raqqosalardan biri davraning markazida o'ynab boshqarib borgan. U xususan gulning markazi atalgan.Raqqosalar qimmatbaho matolardan tikilgan, dur va javoxirlar,chiroyli kashta nusxalari bilan tikilgan, bezalgan liboslarda chiqishgan. Choch raqsi xitoyliklarni o'ziga maftun etgan. O'sha davrlarda yozilgan musiqa risolalarida bu o'yinga juda yuqori baho bergan. Masalan Chuyan Yan o'zining "Musiqa kitobi" asarida "Xitoyliklar "chjechji" raqsini ijro etishda xorijiylar (xuslar) bilan tenglasha olmaydilar" deb yozgan. Xitoy shoirlari choch raqsiga maftun bo'lib, unga bag'ishlab 29 ta she'r va qasida yozganlar. Shuningdek 729-yildagi yozuvlarga ko'ra Maymur {So'g'diyona shaharlaridan biri} elchisi Xitoy Imperatoriga "Xusyunu" raqsini ijro etuvchi uch Turkistonlik raqqosa qizni sovg'a qilgani haqida hikoya qilgan. Yunon Baqtiriya podsholigi davrida Turon raqs san'atining darajasi Yunoniston, Vizantiya, Hindiston va Xitoy bilan bellasha olgan. Shu bilan birgalikda Markaziy Osiyo raqslari Buyuk Ipak yo'li orqali Misr, Rum - arab o'lkalarigacha otib borgan."

Raqs, musulmonlik davrida ham O'zbekiston sarhadlarida turli taraqqiyot bosqichlarida paydo bo'lgan. Raqslar, oyinlar bir-biriga ta'sir ko'rsatib, yonma-yon yashab kelgan. Shu bois shahar va qishloqlarda o'tkazilgan toy, bayram va turli marosim va tantanalarda "Beshqarsak" kabi qadimiy oyinlar ham, "Katta oyin", "Lazgi", "Kema oyin", "Ashshadaroz" singari raqslar ijro etilgan.

IX - XII - asrlardagi Uyg'onish davrida raqs san'atida ham chinakam ko'tarilish yuz berdi, ko'pgina qadimiy raqslar tiklanib, navro'z, mehrjon va sada bayramlarida namoyish qilingan.

Xorazmda Abul Abbos Ma'mun hukmronligi davrida (1003—1017) raqs san'ati yaxshi rivojlangan. Raqs san'ati, ayniqsa, Amir Temur va temuriylar saltanatida ravnaq topgan. Unda xotin-qizlarning o'rni katta bo'lgan. Rang-baranglik, tarixiy qatlamlar raqsda yaqqol ko'zga tashlangan. "Munojot", "Tanavor", "Lazgi" raqslari ham aynan shu davrda malakali ijrochilar dasturidan mustahkam o'rin olgan. 15-asrning 2-yarmi va 16-asr boshlarida Sayyid badr, Tohir chakka, Mohchuchuk, Maqsudali, Katta Moh, Kichik Moh laqabli raqs ustalari shuhrat qozondi. Bu davrda raqs san'ati xalq raqsi va malakali raqs yo'nalishida rivojlandi.

Buxoro amirligi, Xiva va Qo'qon xonliklari vujudga kelgach, raqs san'atida ham o'ziga xos uslublar paydo bo'la boshladi. Bu davrda jaholat, mutaassiblik kuchaygani sababli raqs san'atida o'smir bolalar va yigitlar еtakchilik qilgan. Ayollar raqsi esa sozanda (Buxoro amirligi), xalfa (Xiva xonligi) va yallachi (Farg'ona vodiysida) deb yuritilgan ayol san'atkorlardan iborat ixcham to'dalarning teatrlashgan dasturlarida rivojlanib, ziyofat va bazmlarda ko'rsatib kelingan.

© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 7

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES

1. Avdeyeva L.A. O'zbek milliy raqsi tarixidan - T.: M.Turg'unboyeva nomidagi "O'zbekraqs" milliy raqs birlashmasi, 2001. 204b.

2. Авдеева Л.А. Мухитдин Кари-Якубйв. (дйкументалная мснсграфия). Т.:Издателствй литератури и искусства имени Гафура Гуляма, 1984 . 258 б.

3. 3.Avdeyeva L.A. Mukaramma Turg'unboyevaning raqsi -T.: G'ofur G'ulom nomidagi adabiyot va san'at nashriyoti, 1989. 199-B.

4. Avdeyeva L.A. O'zbekiston raqs san'ati. -T.: GIXL, 1966. S.192.

MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]

^Saitova Erkinoy, dotsent, [Саитова Эркиной, дйцент], [ Saitova Erkinoy, associate professor]; manzil: Toshkent shahar Yakkasaroy tumani Yusuf xos Hojib ko'chasi 103-A-uy [адрес: Улица Юсуфа Хйса Хаджиба, 103-А, гсрйд Ташкент, Яккасарайский раййн], [address: Yusuf Khos Hajib Street 103-A, Tashkent City, Yakkasaray District.];

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.