UYG'UR RAQS MAKTABI TARIXI VA UNING O'ZBEK RAQS
SAN'ATIDAGI O'RNI
Zebiniso Sheraliyevna Tursunova Qarshi ixtisoslashtirilgan san'at maktabi
Annotatsiya: Ushbu maqolada ko'p asrlik tarix va boy an'analarga ega uyg'ur xalq raqsining badiiy-estetik xususiyatlari yoritilgan bo'lib muallif asosiy e'tiborni O'zbekiston raqs ansambllari repertuaridagi va xoreografiya ta'limi tizimidagi uyg'ur raqslarining roli va ahamiyatiga qaratgan.
Kalit so'zlar: an'ana, obraz, kompozitsiya, ifodaviylik, dramaturgiya, meros, ijrochilik, folklor, musiqa, ritm
HISTORY OF UIGUR DANCE SCHOOL AND ITS PLACE IN UZBEK
DANCE ART
Zebiniso Sheraliyevna Tursunova Karshi Specialized Art School
Abstract: The article examines the artistic and aesthetic features of Uyghur folk dance, which has a centuries-old history and rich traditions. The author determines the important role and significance of Uyghur dance in the repertoire of dance ensembles in Uzbekistan, as well as in the system of choreographic education in the republic.
Keywords: tradition, image, composition, expressiveness, drama, heritage, performance, folklore, music, rhythm
Raqs san'ati va uning rivojlanish bosqichlariga nazar solsak, uning naqadar qadimiyligini anglaymiz. Raqs san'ati dunyo xalqlarining eng qadimiy san'at turlaridan biri hisoblanadi. Qadimiy raqslar ibtidoiy davrda yashagan insonning mehnat jarayonida va atrofdagi hodisalardan olgan hissiy taassurotlari bilan bog'liq holda yuzaga kelgan. Raqs zamonaviy va makoniy san'atning shunday turiki, unda badiiy obraz inson gavdasining ritmik uyushgan, tasviriy va ifodaviy harakatlari bilan yaratiladi.
Raqs san'atida ijrochining garmonik tana harakati va holatlari, yuzdagi imo-ishoralari, ritm, musiqiy temp orqali obraz yaratishi raqsning asosiy vositalari hisoblanadi. Raqs dastlab qo'shiq va so'z bilan bog'liq ravishda paydo bo'ldi va rivojlandi, keyinchalik esa mustaqil san'at turiga aylandi.
Har bir xalqning o'z raqslari bo'lib, raqsning ijro uslubi, plastik harakatlar tasviriy vositalar bo'lib, raqslar shu halqning tarixiy, ijtimoiy, geografik sharoitlari ta'sirida
ITFVE^^Hl 291 ISSN 2181-063X/Impact Factor 4.311 (SJIF 2022)
tarkib topgan va rivojlangan. Har bir xalqning raqsida ovchilik, chorvachilik, dehqonchilik va hunarmandchilik bilan bog'liq mavzular, shu bilan birga shu xalqning bosqinchilarga qarshi kurashi va lirik kayfiyatlari o'z aksini topgan.
Bugungi kun o'zbek milliy xoreografiya ta'limida jahon xoreografiya san'ati namunalari, ya'ni klassik raqs, xalq-sahna raqsi, tarixiy-maishiy raqs va zamonaviy raqslaridan foydalanish alohida ahamiyat kasb etadi. Bu raqslar qatorida uyg'ur raqsi alohida o'rin va ahamiyatga ega. Professional o'zbek sahna raqsi paydo bo'lganidan buyon milliy raqs namoyondalarimizning repertuarini boyitib kelgan va mavaffaqiyatli ijro etilib kelinayotgan uyg'ur raqslari o'tgan vaqt mobaynida o'zining badiiy qiyofasini topib, o'zbek milliy merosi darajasiga aylanib bormoqda. O'z o'rnida, mazkur raqslar ham nafaqat milliy, balki jahon sahnida ham ulkan sharaf va e'tiroflarga ega bo'lgan va bo'lib kelmoqda.
M.Turg'unboyeva rahbarligidagi "Bahor" raqs ansambli repertuarida uyg'ur raqqosalari faoliyat olib borgan bo'lib, ular uyg'ur xalq raqslaridan unumli foydalangan. San'atshunos L.A.Avdeyeva ta'kidlaganidek, "bu bir jihatdan ijodiy jamoa repertuarini boyitib, rang-baranglikka erishishiga ko'mak bersa, ikkinchi tomondan raqqosalarimizning ijodiy imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilgan"[1, 266 b.]
XX asrga kelib o'zbek milliy raqs san'ati va xalq o'yinlari zamirida professional sahna raqsi paydo bo'lishi va qisqa davr mobaynida gurkirab rivojlanishida qardosh uyg'ur xalqi madaniyati, xususan, raqs san'ati alohida o'rin tutadi. Ko'p ming yillik tarix, moddiy va nomoddiy madaniy merosga boy uyg'ur xalqi uzoq asrlar mobaynida o'zbek xalqi bilan savdo va madaniy aloqalar olib borganligi ma'lum. Mana shu madaniy aloqalar zamirida uyg'ur raqsi o'zbek raqs san'atining o'z badiiy qiyofasini topishi va rivojlanishida katta ahamiyat kasb etgan.
Jumladan, o'zbek milliy raqs san'atining yirik namoyondalari Tamaraxonim, M.Turg'unboyeva, R.Karimova, Q.Mirkarimova ijodida uyg'ur raqslari alohida o'rin tutganligi ma'lum.
XXI asr - globallashuv asri, butun dunyo madaniy chegaralarini yuvib ketgan bir davrda "ommaviy madaniyat"ning yot unsurlari barcha xalqlar milliy madaniyatiga sezilarli ta'sir o'tkazib, salbiy oqibatlarini ko'rsatmoqda. Shuningdek, ilm-fan, texnologiyalar taraqqiyoti kishilik jamiyatida insonlar ma'naviy olamini, ularning san'at va madaniyatni badiiy his etish estetikasini o'zgartirib yubormoqda. Mana shunday bir jarayonda uyg'ur raqs san'atining kecha va bugungi badiiy qiyofasini qiyosiy tahlil etish, asoslash dolzarblik kasb etadi. Bugungi kunda taraqqiy etib borayotgan uyg'ur raqsining yutuq va kamchiliklarini to'g'ri tahlil etish o'zbek-uyg'ur madaniy aloqalari natijasida o'zlashtirishimiz mumkin bo'lgan ijobiy fazilatlarni salbiylaridan farqlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
292
ISSN 2181-063X / Impact Factor 4.311 (SJIF 2022)
O'zbek va uyg'ur singari ikki qardosh xalqlar tarixi va o'hshash taqdirlar, keng ko'lamli madaniy aloqalar bu ikki xalq raqs san'ati shakllanishi va badiiy qiyofa va shakllarining yuzaga kelishida o'ziga xos bir-birini to'ldiruvchi motiv bo'ldi. Uyg'ur raqs tarixi ham asl va umumbashariy qadriyatlarni ko'hna tarix zarvaraqlaridan olganligini ko'rish mumkin.
Uyg'ur milliy raqs san'ati sohasida ko'p yillar mobaynida ilmiy izlanishlar va baletmeysterlik faoliyatini olib borgan professor G.Saitova yozganidek, "Shinjon-Uyg'ur muxtor rayoni madaniyati va san'ati xalq ijtimoiy-siyosiy, madaniy hayoti o'laroq o'ziga xos shakl va mazmun kasb etib, dunyo madaniyati va san'atining nodir namunalari sifatida qadrlanib keladi." [2. 39 b.] Uyg'ur xalq raqsining jozibasi, xilma-xil imo-ishoralari: badan jilvasi , yuz ifodasi, qosh-ko'z uchirish mimikasi, nozik egilishlardan tortib, mardonavor xatti-harakatlardagi qaldirg'ochdek javlon urib charx bo'lib aylanishlar, aniq bir qiyofada bir zum to'xtab qolish kabi harakatlari bilan boshqa millat raqslaridan farq qiladi.
Agar biz tarixiy o'tmishga murojaat qiladigan bo'lsak, uyg'ur xalq raqsi o'zbek milliy raqs san'ati va madaniyatida salmoqli iz qoldirganligini guvohi bo'lishimiz mumkin.
XX asr o'zbek sahna raqs madaniyati va san'atining tamal toshini qo'ygan ustoz san'atkorlar - Yusufjon qiziq Shakarjonov, Usta Olim Komilov, Tamaraxonim, eng nodir namunalarini yaratgan va maromiga yetkazib ijro etgan professional raqs ustalari - Mukarrama Turg'unboyeva, Gavhar Rahimova, Roziya Karimova, Qunduz Mirkarimova, Karim Rahimov, Qodir Mo'minov, Ma'mura Ergasheva, Ug'iloy Muhammedova, Yulduz Ismatova, Shokir Ahmedov, Gavhar Matyoqubova, Dilafro'z Jabborova, Qizlarxon Do'stmuhamedova, Malika Ahmedova, Rushana Sultonova va boshqa bir qancha raqqosalar ijodida ham uyg'ur xalq raqslari dastasi alohida o'rin tutgan.
Madaniyati va yashash tarzi jihatidan o'zbek xalqiga bir qadar yaqin bo'lgan qardosh xalq raqsi va madaniyati o'zbek xalqi raqs san'ati taraqqiyotida salmoqli o'rin tutadi. Uyg'ur raqs san'ati amaliyotiga bo'lgan qiziqish o'z navbatida mazkur xalq raqsining nazariy asoslarini ham o'rganishga turtki bo'ldi.
Uyg'ur raqslarining tarixiy ko'rinishlari, estetik xususiyatlari badiiy adabiyotlarda, dekorativ san'at asarlarida, xalq amaliy san'ati asarlarida qisman o'z aksini topgan. Qadimiy xalq qo'shiqlarining bir qismi Mahmud Qoshg'ariy asarida saqlanib qolgan. Uyg'ur xalq madaniyati tarixi va taraqqiyot jarayonlari, saqlanishi va inqirozi xususida "Pir changgi", "Tangrikut haqida rivoyat", "Bo'kexon haqida rivoyat", dostonlardan "O'g'uznoma", "Dadam Qo'rkut", "Alp Erto'ng'a" kabilar tosh bitiklarda bizgacha yetib kelgan.
Uyg'ur sahna raqsi rivojlanishining keyingi davri XX asrning ikkinchi yarmini qamrab oladi. Bu professional mahoratni oshishi, yevropa janrlari va milliy mumtoz
ITFVE^^Hl 293 ISSN 2181-063X/Impact Factor 4.311 (SJIF 2022)
merosni faol o'zlashtirish va milliy manbalar xaqidagi tushunchani qayta anglash davri bo'lgan edi.
Bugungi kun uyg'ur xalq raqsi badiiy qiyofasi, rivojlanishi, taraqqiyot jarayonlari, bosqichlari tadqiqi uyg'ur raqsi kelajagi, ertangi kuni haqida biror jo'yali fikr aytishga imkon beradi.
M.Turg'unboyeva ijodiy faoliyati davomida Qashqar, Xo'tan, Yorkent, Oqsuv, G'ulja, Turpan kabi katta shaharlarda bo'lgan va uyg'ur xalqining raqs san'ati bilan ham yaxshi tanish bo'lgan. Uyg'ur raqslari sho'xligi, nafisligi, silliqligi, xilma-xilligi, keng mazmun va murakkab harakatlarga boyligi bilan ajralib turadi.
Uyg'ur xalq raqs maktabining O'zbekiston xoreografiya ta'limi tizimiga kirib kelishida 2003 yili sobiq "Bahor' ansamblining raqqosalari, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artistlar O'.Muxamedova hamda F.Nizamutdinovalarning Urumchiga tashrifi muhim ahamiyat kasb etdi. O'zaro uyg'ur-o'zbek raqslarining ijod almashinishida O'zbekistonda uyg'ur xalq raqsining ijrosi to'g'ri yo'naltirildi. Shu bois uyg'ur raqs maktabini tizimli o'rganish yo'lga qo'yildi. Tajriba almashish natijasida vujudga kelgan merosiy raqslar endilikda raqqosalar va xoreograf -pedagoglar tomonidan O'zbekistonda keng targ'ib qilinmoqda.
Hozirgi kunda O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida uyg'ur raqs maktabi bo'yicha amaliy mashg'ulotlar o'tkazilmoqda. Shu sababli professor O'.Muxamedova tomonidan 2009-yil "Uyg'ur xalq raqsi" va 2011-yilda "O'zbek raqsini o'rgatish uslubiyoti" (Uyg'ur raqslari misolida) kabi o'quv qo'llanmalari nashrdan chiqdi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. ^римова Р. Танцы aнсамбля «Бахор» / под общ. ред. M. X. KaAbipoBa. — Ташкент: Издательство литературы и искусства им. Г.Гуляма, 1979. — 340 с.
2. Саитова Г. Уйгурский танец: Истоки. Традиции. Сценическое воплощение. - Астана: Мир, 2017. - 287 с.
3. Sagatov K., Muxamedova М. O'zbekiston madaniyati va san'atining fidoyilari. - Toshkent: Navro'z, 2019. - 156 b.
4. O'.Muxamedova Uyg'ur xalq raqsi, Toshkent Fan ziyosi 2009-yil
294
ISSN 2181-063X / Impact Factor 4.311 (SJIF 2022)