Научная статья на тему '“AYQULASH JULDIZLARI” ASHULA VA RAQS ANSAMBLI KECHA VA BUGUN'

“AYQULASH JULDIZLARI” ASHULA VA RAQS ANSAMBLI KECHA VA BUGUN Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
13
11
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
raqs / ansambl / teatrlashtirilgan tomoshalar / ommaviy / balet / teatr

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Gulsanem Tursunova

Ushbu maqolada Qoraqalpoq ashula va raqs davlat ansambli va uning ijodiy izlanishlari, ommaviy raqslar, teatrlashtirilgan tomoshalar taraqqiyotiga qo‘shgan buyuk hissasihaqida hikoya qilinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «“AYQULASH JULDIZLARI” ASHULA VA RAQS ANSAMBLI KECHA VA BUGUN»

"AYQULASH JULDIZLARI" ASHULA VA RAQS ANSAMBLI KECHA VA

BUGUN

Gulsanem Tursunova

O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali

Annotatsiya: Ushbu maqolada Qoraqalpoq ashula va raqs davlat ansambli va uning ijodiy izlanishlari, ommaviy raqslar, teatrlashtirilgan tomoshalar taraqqiyotiga qo'shgan buyuk hissasihaqida hikoya qilinadi.

Kalit so'zlar: raqs, ansambl, teatrlashtirilgan tomoshalar,ommaviy, balet, teatr

THE STARS OF HOWLING SONG AND DANCE TROOP NIGHT AND

TODAY

Gulsanem Tursunova

Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Arts and Culture

Abstract: This article tells about the Karakalpak State Song and Dance Ensemble and its great contribution to the development of creative research, mass dances, and theatrical performances.

Keywords: dance, ensemble, theatrical performances, public, ballet, theater

Qoraqalpoq raqs san'atining tarixi uzoq asrlar, qadim zamonlardan rivoj topgan va xalqni boy, turfa xildagi ijodiyoti bilan bog'langan. "Qirq qiz", "Alpomish", "Shariyar" va boshqalar kabi o'lmas og'zaki she'riy asarlarda xalqni ma'naviy siymosi, uning erkin va baxtli hayot haqidagi orzu-intilishlari, ona yerga bo'lgan cheksiz muhabbati, chin vatanparvarlik, zolimlikka qarshi nafrat o'z ifodasini topgan, - desak mubolag'a bo'lmaydi. Shuningdek, bu qadimiy o'tmishni madaniy obidalari biz uchun qoraqalpoq marosimlari va milliy o'yinlari va urf-odatlari, madaniyati va san'ati ham o'zgachadir.

Qoraqalpoq raqs san'atining tarixi 1939 yili Nukus shahriga taniqli raqqos, harakterli raqslarni mohir sahnalashtiruvchisi Ali Ardobus Ibragimovning kelishi bilan bog'langan. Uning dastlabki sahnalashtirgan raqsi Qoraqalpoq xalq o'yini "Ayqulash" deb nomlangan. U shu xalq o'yininni sahnalashtirar ekan, ichki bir hissiyot aynan shu o'yin tomoshabin qalbida o'zgacha hissiyot va ichki tug'yonini junbushga keltirishiga ishonadi. Ikkinchi jahon urushidan so'ng Qoraqalpog'istonga kelib milliy o'yinlarimizni yanada yuksaltirib, san'atni havaskorlikdan to professionallikka olib borgan, uni qog'ozga tushirib ketgan Ali Ardobus Ibragimov ushbu mamlakatda filarmoniya ochilishi sababli Lizaxonim Petrosova bosh

rfciyfl^^B 61 ISSN 2181-063X/Impact Factor 4.311 (SJIF 2022)

baletmeyster bo'lib kelgan bo'lsa, oltimishinchi yillar o'rtalarida madaniyat kunlarida dekadalarga tayyorgarlik ko'rish uchun yordamga kelib ketib turgan Ivan Matveyevich Prosenko sahnalashtirgan "Parij alangasi" baletidan ko'rinish "Poekavyak", "Kosar", "Maldovancha syuita" Davlat mukofoti sovrindori Mukarrama Turg'unboyeva hamda Tamaraxonimlar sahnalashtirgan "Farg'onacha", "Xorazmcha", "Buxorocha" o'yinlari bir maktab bo'lib qoldi. Bu davrga kelib milliy sahnamizdan "Baliqchilar", "Kigiz basyu", "Cho'ponlar", "Nozly", "Ayqulash", "Ilme sultan" raqslari yaqqol ko'zga tashlana boshlagandi.

Qoraqalpoq raqsi, plastikasi mehnat turmushidagi harakatlardan olingan bo'lib, qo'shni xalqlar o'yinlarining elementlari ko'proq o'rin olgani bilan qoraqalpoqcha professional ko'rkam raqs yaratish yo'lidagi izlanishlari n yaqqol sezilar edi. Balet artistlarining sahnalik umri doimo qisqa bo'lgan, yosh baletmeyster filarmoniya boshliqlarining raqs sahnalashtirish bo'yicha buyurtmasini olgandan so'ng o'rta maxsus bilim yurtidagi o'zi bilan tahsil olayotgan yoshlar bilan raqs qo'yardi.

"Ayqulash" ashula va raqs ansambli 1956-yilda yaratilgan bo'lib, qoraqalpoq xoreografiya san'atini dastlabki qaldirg'ochi hisoblanadi. To'g'rirog'i bu ansambldan avval ham bir necha ansambllar yaratishga harakat bo'lgan, ammo ularni (Ardobus harakatlari) xalq uncha yaxshi qabul qilmagan. Yangi tashkil etilgan "Ayqulash" ansamblining birinchi badiiy rahbari O'zbekiston xalq artisti Yelezavetta Petrosova ijodiy jamoa uchun repertuarlar tuzish jarayonida qoraqalpoq xalqi asrlar mobaynida yaratgan ma'naviy boyliklarni faollik bilan foydalanadi. Masalan: "Qoraqalpoq to'y raqsi", "Ayqulash" va boshqa ommaviy raqslar shular jumlasidandir. "Ayqulash" ashula va raqs ansambli birinchi ijodiy sinovdan 1957-yilda Toshkentda Qoraqalpoq adabiyoti va san'ati dekadasi bo'layotgan bir paytda o'tgan. O'zbekiston poytaxti aholisi "Ayqulash" ashula va raqs ansambli qatnashchilarini qizg'in qo'llab-quvvatlashdi. 50 yildan ortiqroq davr mobaynida ansambl tarkibida balet va vokalni ajoyib solistlari yetishib chiqdilar. Ular orasida O'zbekiston xalq artisti, Qoraqalpog'iston xalq aristi va Hamza nomidagi Respublika mukofoti sovrindori Gulparshin Srymbetova, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist, Qoraqalpog'istonxalq artisti va Hamza nomidagi Respublika mukofoti sovrindori Bayram Matchonov, Qoraqalpog'iston xalq artisti, Hamza nomidagi Respublika mukofoti sovrindori Otajon Xudoyshukurov, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist Tamara Doshumova, balet solistlari - O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan arist, Qoraqalpog'iston xalq artisti va Hamza nomidagi Respublika mukofoti sovrindori Bayramgeldi Murodov, O'zbekiston xalq artisti, Qoraqalpog'istonda xizmat ko'rsatgan artist, Berdaq nomidagi Respublika mukofoti sovrindori Zulayxo Saparova, Qoraqalpog'iston xalq artisti Urazgul Allambergenova, Qoraqalpog'istonda xizmat ko'rsatgan artistlar - Orunbay Baltibayev, Po'lat Nadyrbayev, Orinbike Muradova, Amina Nazarova va boshqalar shular

[fcöil^^B 62 ISSN 2181-063X/Impact Factor 4.311 (SJlF 2022)

jumlasidandir. "Ayqulash juldizlari" ashula va raqs ansambli 56 yil davomida katta ijodiy va buyuk yo'lni bosib o'tdi. Ansamblni badiiy rahbarlarini yangi ifodaviy vositalarni, turli mavzularni topish bo'yicha, dasturlarda milliylik va baynalminallikni uyg'unligini uddalab ta'minlash bo'yicha ham, balet va vokal solistlarini professional mahoratini doimiy oshirish yo'nalishida muntazam ravishda o'tkazib borgan har tomonlama mukammal o'ylab qilgan ishlari tufayli "Ayqulash juldizlari" ashula va raqs ansambli o'zini betakror ijodiy faoliyatiga ega bo'ldi. Va bu "Ayqulash juldizlari"ansamblini ko'plab chet davlatlarda, shaharlarda kutilgan mehmon sifatida iliq qabul qilishiga asos bo'ladi. Qoraqalpoq xalq raqsi faqat o'zigagina xos bo'lgan ko'pgina elementlar bilan qardosh xalqlar raqslaridan tubdan farq qiladi. Buni, qoraqalpoq xalqining o'ziga xos madaniy-ijtimoiy turmush tarzi bilan bog'lashimiz mumkin.

Qoraqalpoq raqslari ichida O'zbekiston va Qoraqalpog'iston xalq aristi "Shuhrat" ko'krak nishoni sovrindori baletmeyster Polat Madreymovning "Besh barmoq", "Shabandaz", "Olti qiz", "Orol jigitlari", "Jilua", "Qirmizi", "Yoshlar syuitasi" folklor turidagi "Pashshayi ko'ylagim" va "Jigitlar" raqslari juda mashhur.

O'tmishdan hozirgacha "Ayqulash juldizlari" folklor ansambli o'zining ko'ngillarga xush yoquvchi kuy-qo'shiqlari va go'zal raqslari bilan kehg ommaga manzur bo'lib kelmoqda.

Hozirgi kunda zamonaviy qoraqalpoq raqsining rivojlanishida boshqa raqs jamoalari yakka ijrochilar qatorida "Ayqulash juldizlari"milliy raqs ansambli ijrochilarining ham hissasi katta. Ansambl a'zolari qadimiy milliy raqslarga qayta umr bag'ishlash bilan birga zamonaviy raqslarni ham me'yoriga yetkazib ijro etmoqdalar. "Ayqulash juldizlari" ansamblida iste'dodli, mahoratli yosh yigit va qizlar faoliyat ko'rsatmoqdalar. O'zbekiston va Qoraqalpog'iston xalq artisti Polat Madreymov ansamblni badiiy rahbari bo'lib, ansambl barpo etilgandan buyon shu ansamblga jonini fido qilib kelayotgan insondir.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Ahmedov M. - Isohor Oqilov hayoti va ijodidan lavhalar - T: G'.G'ulom nomidagi "Adabiyot va san'at" nashriyoti. 1975.

2. D.K.Iskandarova "Qoraqalpoq milliy liboslarining konstruktiv-dekorativ yechimi va ko'p qavatliligining tahlili" T. 2015

3. M.Ahmedov - Margarita Oqilova o'zbek sahna ustalari - T: G'.G'ulom nomidagi "Adabiyot va san'at" nashriyoti. 1985.

63

ISSN 2181-063X / Impact Factor 4.311 (SJIF 2022)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.