Научная статья на тему 'Mukarrama Turg‘unboyeva ijodiy merosining o‘ziga xosligi'

Mukarrama Turg‘unboyeva ijodiy merosining o‘ziga xosligi Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
112
35
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and Education
Область наук
Ключевые слова
milliylik / raqs / xoreografiya / san’ati / baletmeyster / an’ana / ansambl / ijodkor / raqqosa / mashhurlik

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Madina Muxamedova

Mazkur maqolada XX asrning II yarmida ijod qilgan ustoz Mukarrama Turg‘unboyevaning ijodiy faoliyati, baletmeysterlar yaratgan raqs maktabining o‘ziga xos ijro uslubi, davomiyligi, “Bahor” davlat raqs ansamblining tashkil etishi, bosib о‘tgan yо‘llari, jahon miqyosidagi o‘rni, zafarlar, mashhurlik, repertuarda yaratilgan raqslarning turliligi, shuningdek, hozirgi kundagi ansambl ijodi yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Mukarrama Turg‘unboyeva ijodiy merosining o‘ziga xosligi»

Mukarrama Turg'unboyeva ijodiy merosining o'ziga xosligi

Madina Muxamedova O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi

Annotatsiya: Mazkur maqolada XX asrning II yarmida ijod qilgan ustoz Mukarrama Turg'unboyevaning ijodiy faoliyati, baletmeysterlar yaratgan raqs maktabining o'ziga xos ijro uslubi, davomiyligi, "Bahor" davlat raqs ansamblining tashkil etishi, bosib o'tgan yo'llari, jahon miqyosidagi o'rni, zafarlar, mashhurlik, repertuarda yaratilgan raqslarning turliligi, shuningdek, hozirgi kundagi ansambl ijodi yoritib berilgan.

Kalit so'zlar: milliylik, raqs, xoreografiya, san'ati, baletmeyster, an'ana, ansambl, ijodkor, raqqosa, mashhurlik

The uniqueness of Mukarrama Turgunbayeva's creative

heritage

Madina Mukhamedova State Academy of Choreography of Uzbekistan

Abstract: This article examines the creative activity of teacher Mukarrama Turgunbayeva, who in the second half of the 20th century created a unique performing style of a dance school created by choreographers, its duration, and the creation of the state dance ensemble "Bakhor" His path, world-class performance, victories, popularity, variety of dances created in the repertoire, as well as the creation of the ensemble today are covered.

Keywords: nationality, dance, choreography, art, choreographer, tradition, ensemble, creator, dancer, popularity

O'zbek milliy raqs san'atining qadimiy urf-odatlari, an'analari va marosimlarini alohida e'tirof etish joiz. O'tgan davr mobaynida raqs san'atining boy an'analari o'ziga xos talqini va mazmun kasb etib yanada go'zallashdi.1

XX asrning II yarmida ijod qilgan, o'zidan katta iz va meros qoldirgan ustoz Mukarrama Turg'unboyeva milliy san'atimizning tom ma'nodagi so'nmas yulduzlaridan biri. O'zbek milliy raqs san'atini dunyoga tanilishida tinmay izlanib, mehnat qilib, ulkan hissa qo'shgan mohir raqqosa, murabbiy, talabchan ustozning nomi bugungi kunda u sahnalashtirgan ko'plab raqslarida, shogirdlari qalbida yashab

1 L.Avdeyeva "O'zbek milliy raqsi tarixidan"birinchi kitob qadimiy zamordardan Toshkent: 2000 yil

ISSN 2181-0842 / IMPACT FACTOR 4.182 520 [Ml^^^H

kelmoqda. Mukarrama Turg'unboyeva o'zbek raqs san'atining sahnaviy asoschilaridandir. Uning ijodini shoirlar, notiqlar, bastakorlar, yozuvchilar, suhandonlar juda ko'p bor yoritishgan. Uning raqslari nafaqat o'rta Osiyo balki, chekka hududlaridan tortib jahonda ham tan olingan.

Mukarrama Turg'unboyeva 1957 yili xoreografiya bilim yurtini bitirgan o'n ikkita raqqosa qizlarni yig'ib Moskvada bo'lib o'tgan "Butun jahon yoshlar dekadasi" festivalda muvaffaqiyatli ishtirok etib, shaharga qaytgach ushbu qizlarga bir qancha raqqosalarni qo'shib "Bahor" ansamblini tashkil qildi. Dasta qisqa muddat ichida katta shuhrat qozonadi.

Mukarrama Turg'unboyeva va Salohiddin To'xtasinov birgalikda ansambl repertuarida O'zbekistonning barcha hududiy raqs jozibasi va o'ziga xos xususiyatlaridagi yorqinlikni aks ettirishadi.Raqs dastasi o'zbek milliy raqs san'atining go'zal va nafisligini namoyish etuvchi Farg'ona uslubi ijrosidagi "Bahor" valsi, "Bayot", "Pilla", "Rohat", "Paxta", "Tanovar", "Katta o'yin", "Munojot", "Namanganning olmasi" va boshqa yuzlab raqslar butun jahon bo'ylab kezib katta olqishlarga sazovar bo'ladi.

Mukarrama Turg'unboyeva ijodiy faoliyati davomida o'zbek milliy raqs san'atini juda yuqori cho'qqiga olib chiqadi. Uning mehnatlari samarasida "Bahor" ansamblini "O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan ansambl", keyinchalik "Davlat halq raqs ansambli" darajasigachasini oladi. "Bahor" ansamblining repertuari boyitildi. O'zi tomonidan ijro etilgan va sahnalashtirilgan ikki yuzdan ortiq raqslar o'zbek milliy raqs san'atining oltin fondiga aylanganligi e'tirof etildi. "Qirq qiz", "Ko'ngil taronasi", "Alyor", "Qrim tatar", "Navro'z", "Sho'xi pari", "Qari navo", "Yetti go'zal", "Zavqim kelur", "Uchrashuv", "Larzon" singari ommaviy va yakkaxon raqslar o'rin egallagan.2

Rahbar Mukarrama Turg'unboyeva o'z shogirdlarning har birining ko'ngliga yo'l topa bilgan. O'sha davrda qo'lida ishlagan har bir shogird faxr tuyg'usini his etgan. Qunduz Mirkarimova, Mo'tabar Yo'ldosheva, Ra'no Nizamova, Valentina Romanova, Xursana Qoriyoqubova, Ravshanoy Sharipova, Ma'mura Ergasheva, O'g'iloy Muxamedova, Gulchexra Foziljonova, Florida Nizamutdinova, Nasiba va Ziyoda Madraximovalar, Gulnara Jo'rayeva, Nurxon Zulinova va boshqalar shular jumlasidandir.3

"Bahor" ansamblining yakkaxon ijrochisi O'g'iloy Muxamedova 1968-1988 yillargacha raqqosa qizlarning orzusi bo'lgan "Bahor" ansamblida faoliyat yuritadi. 1970 yilda Mukarrama Turg'unboyeva sahnalashtirgan "Bahor valsi" telefilmida Gulsara Yoqubovaning fonogrammasi jo'rligida yakkaxon ijrodagi raqs obrazani gavdalantiradi. O'g'iloy Muxamedova uchun 1973 yilda ustoz ustoz Mukarrama Turg'unboyeva "To'y" syutasini yaratadi. Aynan kelinchak obrazida O'g'iloy

2 Muxamedova.O' "O'zbek raqsini sahnalashtirish amaliyoti". T.; "Navro'z" 2020 y

3 O'.Shokirov, F.Ashrafiy, I.Shokirova "Ozbekiston madaniyati namoyondalari". T.; "Xalq merosi" 2001 y

ISSN 2181-0842 / IMPACT FACTOR 4.182 521 E

Muxamedovani mos deb bilib, kuyov obrazida Ma'mura Ergashevani ko'radi. O'zbekistonning barcha viloyat va chekka hududlarida shu kompozisiya bilan safarda bo'lgan "Bahor" ansambli muxlislar ortirib va tomoshabinlar olqishiga sazovor bo'ladi. O'g'iloyni "takrorlanmas kelin" deb atay boshlashadi.

1976 yil ustozi iste'dodli raqqosa O'g'iloy Muxamedovaga birin-ketin yakka va ommaviy raqslarni sahnalashtiradi. Ustoz Mukarrama Turg'unboyeva tomonidan sahnalashtirilgan "Qirim tatar" ommaviy raqsida yakkaxon "kelinchak" obrazini, "Qiriq qiz", "Shamollar", "Dil nolasi", "Qo'sh qars", "Qari navo", "Yetti go'zal", "Rohat", "Munojot", "Jonon", "Raqqosa", "Pilla", "Paxta","Zavqim kelur", "Ozodlik" kompozisiyasini, xindcha pokistoncha,shuningdek, Yelezavetta Petrosova tomonidan sahnalashtirilgan "Qoraqalpoqcha-to'quvchi qizlar" ommaviy raqsida yakkaxon "kelinchak" obrazini yaratadi. 4

Maqsud Qoriyev sh'eriga O'zbekiston va Qoraqalpog'iston xalq artisti, sozanda, xonanda, bastakor, O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti professori Xayrulla Lutfullayev tomonidan yaratilgan va kuylangan "Shamollar" qo'shigi O'g'iloy Muxamedovaning ustoz tomonidan yaratilgan me'rosiy raqsi hisoblandi. Bastakor va baletmeyster hamkorlikda yaratgan bu raqs sochlari uzun qizga oshiq bo'lgan yigitning sevgisini ifoda etgan. O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi professori O'g'iloy Muxamedova hozirgi kunda xoreografiya akademiyasida ustozining me'rosiy raqslarini "O'zbek raqs san'ati namumalari", "O'zbek raqsini sahnalashtirish amaliyoti" fanini o'tib davom ettirmoqda.

Bahor ansamblining sozandalar badiiy rahbari Baxtiyor Aliyev tomonidan yaratilgan "Nurxon" musiqasiga "Bahor" raqs dastasining raqqosasi Nurxon Zulinova uchun "Nurxon" raqsini ustozi Mukarrama Turg'unboyeva 1975 yilda sahnalashtirish istagini bildirdi. Baxtiyor Aliyev Mukarrama Turg'unboyeva maslahatlariga amal qilib, ikki qisimli, ya'ni lirik va sho'x raqs musiqasini yozadi. Musiqa ustozga ma'qul bo'ldi. Bu raqs asosan akasi tomonidan vaxshiyona o'ldirilgan Nurxon Yo'ldoshxojayeva xotirasiga bag'ishlangan edi.5

Ustozning vafotidan so'ng 1979-1987 yillar davomida "Bahor" davlat raqs ansambliga uning shogirdi xalq artist Qunduz Mirkarimova rahbarlik qiladi. Raqqosaning iste'dodi va salohiyati ana shu davrda yanada yorqinroq namoyon bo'ldi. Raqs sahnalashtirishning murakkab va nozik sir-asrorlarini ustozlari Mukarrama Turg'unboyeva, Roziya Karimova, Gavhar Raximova, Natalya Gubskayalardan o'rganib, butun iqtidori va ijodiy qudratini ishga solib, ustozlari an'analarini davom ettirdi.

Ustozning madaniy me'rosini saqlab qolish va davom ettirish maqsadida O'zbekiston respublikasi prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan Mukarrama

4 Sagatov.Q. Muxamedova.M "O'zbekiston madaniyati va san'ati fidoyilari". T.; "Navro'z" 2019 y.

5 Muxamedova.M "Jahon va o'zbek xoreografiya san'ati tarixi". T.; "Fan ziyosi" 2021 y.

ISSN 2181-0842 / IMPACT FACTOR 4.182 522 [Ml^^^H

Turg'unboyeva nomidagi "Milliy raqs ijrochilari" respublika ko'rik-tanlovini tashkil etish va o'tkazish tartibi to'g'risida Nizom (O'zR VM 20.03.2019 y. 237-son qaroriga 2-ilova) qabul qilingan. Ushbu respublika ko'rik-tanlovi har yili bahor oyida o'tkaziladi.

2007-2020 yillar mobaynida ma'lum bir sabablarga ko'ra o'z faoliyatini vaqtincha to'xtatgan "Bahor" raqs ansamblini tiklash O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2020 yil 4 fevraldagi "Milliy raqs san'atini yanada rivojlantirish chora tadbirlari to'g'risida"gi PQ-4584-son qaroriga muvofiq O'zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzurida Davlat muassasasi shaklida Mukarrama Turg'unboyeva nomidagi "Bahor" davlat raqs ansambli qayta tashkil etildi. Vazirlar mahkamasi bilan kelishilgan holda O'zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri tomonidan "Bahor" ansamblining badiiy rahbari etib O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist, Qoraqalpog'iston Respublikasi xalq artisti Madrahimova Ziyoda Ubaydullayevna tayinlandi. "Bahor" davlat raqs ansambli sozandalari guruxi tashkil qilindi. Ansambl musiqiy rahbari etib O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist Mahammadjon Shokirov tayinlandi.Shuningdek, Mukarrama Turg'unboyeva nomidagi "Bahor" davlat raqs ansambli davlat muassasasi direktori va badiiy kengash raisi Q.S.Yuldoshev rahbarligida o'n olti kishidan iborat O'zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi "Mukarrama Turg'unboyeva nomidagi "Bahor" davlat raqs ansamblining badiiy kengash a'zolari" tarkibi tuzildi.

Bundan tashqari Mukarram Turg'unboevaning ijodkorning ijodiga bag'ishlab har yili xalqaro Ilmiy-amaliy konferenstiya tashkil etiladi. "O'zbekiston iqtidorli yoshlarini taqdirlash va moddiy rag'batlantirish to'g'risida" O'zbekiston respublikasi vazirlar mahkamasining qaroriga muvofiq 2023 yildan Mukarrama Turg'unboeva davlat stipendiyasi ta'sis etildi.

Ustoz Mukarrama Turg'unboeva o'zbek xalqining raqs san'atiga qo'shgan bebaho va beminnat hissasini, hozirgi kunda ijod qilayotkan izdoshlari, davomchilari borli uning barhayotligi dalolatidir.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. L.Avdeyeva "O'zbek milliy raqsi tarixidan" birinchi kitob qadimiy zamordardan T.; Mukarrama Turg'unboyeva nomidagi "Ozbekraqs" milliy raqs birlashmasi. 2000 y

2. Muxamedova.O' "O'zbek raqsini sahnalashtirish amaliyoti" T.; "Navro'z" 2020 y

3. O'.Shokirov, F.Ashrafiy, I.Shokirova "O'zbekiston madaniyati namoyondalari". T.; "Xalq merosi" 2001 y

4. Sagatov.Q. Muxamedova.M "O'zbekiston madaniyati va san'ati fidoyilari" T.; "Navro'z" 2019 y.

ISSN 2181-0842 / Impact Factor 4.182 523

5. Muxamedova.M "Jahon va o'zbek xoreografiya san'ati tarixi". T.; "Fan ziyosi" 2021 y.

ISSN 2181-0842 / Impact Factor 4.182

524

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.