Научная статья на тему 'MILLIY RAQS SAN’ATIDA MAQOM RAQSINING O‘RNI'

MILLIY RAQS SAN’ATIDA MAQOM RAQSINING O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
48
14
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
raqs / maqom / maktablar / ijro

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Lobarxon Urunova, Zebo Fazliyeva

Ushbu maqolada raqs san’atida “maqom” san’atidagi о‘rnining beqiyosligi hamda “Maqom” janrining xoreografiya ta’lim tizimida o‘rni va ahamiyati haqida bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MILLIY RAQS SAN’ATIDA MAQOM RAQSINING O‘RNI»

MILLIY RAQS SAN'ATIDA MAQOM RAQSINING O'RNI

Lobarxon Urunova Ilmiy rahbar: Zebo Fazliyeva O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti

Annotatsiya: Ushbu maqolada raqs san'atida "maqom" san'atidagi o'rnining beqiyosligi hamda "Maqom" janrining xoreografiya ta'lim tizimida o'rni va ahamiyati haqida bayon etilgan.

Kalit so'zlar: raqs, maqom, maktablar, ijro

THE ROLE OF STATUS DANCE IN NATIONAL DANCE ART

Lobarkhan Urunova Scientific supervisor: Zebo Fazliyeva Uzbekistan State Institute of Arts and Culture Institute

Abstract: This article describes the incomparable role of "status" in the art of dance, as well as the role and importance of the "status" genre in the choreography education system.

Keywords: dance, status, schools, performance

O'zbek raqs san'ati o'zining betakrorligi va rang-barangligi bilan boshqa xalqlar raqslaridan mutlaqo farq qiladi. Ayniqsa o'zbek raqslarining o'zgachaligi, o'ziga xos xech bir xalq raqsida kuzatilmaydigan xarakterga ega ekanligi taqsinga loyiqdir. Har bir millatning raqs san'ati o'sha xalqqa xos betakror qirralarni aks ettirishidek xususiyatlari bilan alohida ajralib turadi albatta. Muayyan bir milliy madaniyatni o'rganishda raqs san'ati deb atalgan ulkan yo'nalishni ham o'ziga xosligi, uslubiy xarakteri, badiiy sifatlari, an'analarini tahliliy kuzatish muhim ahamiyat kasb etadi. Ko'p yillik tarixga ega bo'lgan o'zbek raqslarida boshqa xalqlar san'atida uchramaydigan alohida badiiy xususiyatlar mavjudki, unda milliy qiyofa, obraz, millatning xarakterli jihatlari o'z aksini topadi.

Bugungi kunda xoreografiya san'ati o'ziga xos tarzda rivojlanib kelmoqda. Xoreografiya ta'limida maqom janri ilk bor San'atshunoslik fanlari nomzodi Lyubov Avdeyeva o'zining "O'zbek milliy raqs tarixidan" nomli kitobida maqom raqslarining tarixini, ilk ijrochilarini aytib o'tib ketgan. Maqom raqsini professional sahnaga ilk bor Mukarrama Turg'unboyeva "Bahor" raqs ansambliga sahnalashtirgan "Moviy maqom" raqsini olib chiqdi. Keyinchalik Isoxor Oqilov, Qunduz Mirkarimova, Yulduz Ismatova, Qodir Mo'minov kabi ustoz baletmeysterlar tomonidan ko'plab maqom

raqslari sahnalashtirildi.

O'zbek xoreografiya san'atida maqom janrining o'rni va ahamiyati mavzusiga doir quyidagi olimlarni tadqiqot ishlari asos qilib olindi: San'atshunoslik fanlari doktori va professori Is'hoq Rajabovning "Maqomlar masalasiga doir" , "Maqom asoslari", O.Ibrohimovning "Maqom asoslari", Otanazar Matyoqubovning "Maqomot", L.Avdeyevaning "O'zbek raqs tarixidan", Z.Oripovning "X-XV asrlar Markaziy Osiyo musiqa manbashunosligi" bundan tashqari, M.M.Jo'rayevaning "Shashmaqom"ning raqs turkumlari bugungi kundagi muammolari va yechimlari" nomli bitiruv malakaviy ishi shular jumlasidandir.

Bularning barchasi biz uchun tayanch manba ekanini alohida ta'kidlab o'tishimiz joizdir.

Raqsda "maqom" san'ati "mumtoz raqs" janrining bir qismi hisoblanib, asrlar davomida avloddan avlodga, ustoz-shogird an'anasi orqali bizgacha yetib kelgan. Maqom yirik turkum va asar janri sifatida mumtoz musiqa toifasiga kiradi. Musiqa ijodiyotining boshqa turlaridan u o'zining badiiy mukammalligi, kuy va shakl tuzilishlari, lad va usul tizimlari hamda ilmiy va amaliy asoslarining puxta ishlanganligi bilan farq qiladi. Turli xalqlar madaniyatida "maqom" iborali asar va turkumlar mavjud: maqom (o'zbek va tojik), mug'om (ozarbayjon), muqom (uyg'ur), dastgoh (eron) no'ba (mag'rib) kabi iboralarning variantlari keng tarqalgan. [7.33].

Qadimiy o'zbek tarixida "maqom" raqsi ijodkorlari uzoq muddat davomida raqs shakllarini to'plash, saralash va sayqal berish ustida tadqiqotlar olib borilgan, ularni tizimlashtirgan olimalarning nomi saqlanib qolmagan - deydi L.Avdeyeva.

Is'hoq Rajabovning "Maqom masalasiga doir" kitobida shunday deyilgan: Miloddan avvalgi musiqa madaniyatiga oid Qadimiy Parfiya, Xorazm, Baqtriya-Tohariston, Sug'd, Choch (Shosh), Sharqiy Turkiston arxeologik topilmalaridan tashqari, Kushon (I-Musiqada maqom janri uzoq tarixga borib taqaladi. IV asrlar), Eftalitlar (V-VI asr o'rtalari) davlatlari va turk hoqonligi (VI-VII asrlar) davrlariga oid topilmalar, xususan Afrosiyob, Marv, Zartepa, Dalvarzintepa, qadimiy Xorazmdagi Qo'y qirilgan qal'a, Ko'zi qirilgan qal'a, Gyaur qal'a, Surxon vodiysidagi Ayritom, Xolchayon, Ashxobod yaqinidagi Nisa va boshqa yerlardan topilgan sopol haykalchalar, tosh tasvirlar, fil suyagidan yasalgan idishlar - ritonlarning tepa qismidagi bo'rtma tasvirlar bu jihatdan ahamiyatlidir. Musiqaga oid arxeologik topilmalar orqali musiqa va musiqa sozlari takommillashuvi jarayonini kuzatish mumkin. Masalan, Toshkent yaqinidagi Kankadan topilgan V asrga oid tasvirdagi sozanda ayol qo'lidagi udning tori ikkita va bu torlar qorindagi xarrakka emas, qorin pastidagi (tagidagi) ilgakka ilingan, vaholanki, VII asrga oid Panjikent devoriy suratlaridagi ud tasvirlarda esa uning tori to'rtta, ilgak xarrak bilan bir butun va u qorin ustida, qorin katta, qopqog'ida aks-sado chiqaruvchi tuynukchalar bor, dasta kalta, dastaning oxiridagi quloqxona nihoyasi orqaga qayirilgan, ud chalayotgan ayolning

I [ccñ^^BI 935 http://oac.dsmi-qf.uz

qo'lida mizrob. Ayritomda, ibodatxonaning kiraverish peshtoqiga bo'rttirib ishlangan tasvirlarda qo'shnay, nog'ora, ud, arfa kabi musiqa sozlarini chalayotgan o'n to'rt sozandani, ya'ni cholg'uchilar ansamblini ko'rish mumkin. Panjikent devoriy suratlarida ham ansambl tasvirlangan, faqat bu yerda ashula, raqs va musiqa sozlari mushtarak ansambli. Ansambldagi ud chaluvchi ayolning o'ng qo'lida mizrob, udning to'rt tori bor, raqqosa imolari sezilarli bir ko'rinishda. Forobiy va Ibn Zayla asarlarida amalda asosan to'rt torli ud qo'llanilganini va u mizrob bilan chalinishi yoziladi, imo -ishora raqsi - cÂJ ni ham eslaydi. VI-VII asrlarga mansub Panjikent devoriy suratlaridagi ud va imo-ishora raqsi bilan X-XI asrlarda Forobiy, Ibn Sino, Ibn Zayla va Xorazmiy tomonidan ta'riflangan ud va raqs orasida aytarli farq yo'q. [1.13]. Demak, manbalarga tayangan holda maqom tushunchasi eng avvalo tasavvuf ta'limotida, so'ngra musiqada keyin esa raqsda paydo bo'ldi deb ayta olamiz. Maqomlar nafaqat Sharq musiqa madaniyati, balki insoniyat qo'lga kiritgan ulkan hodisa bo'ldi.

Maqom raqslari insonning musiqa haqidagi tushunchalari, musiqaviy-estetik qarashlari barkamol bo'lgan, kishilarning ongi va saviyasi yuksalgan bir davrda yuzaga kelgan. Maqomlar tizimining shakllanishi jahon ilmu fanining rivojlanishi bilan ham chambarchas bog'liqdir.

Maqom raqs janri egiluvchanligi, nozikligi, ijro mahoratining betakror qirralari bilan boshqa raqs janrlaridan farq qilib turadi. Asrlar davomida ulug' shoir va olimlar, mohir bastakorlar, hofiz va sozandalarning mashaqqatli mehnati va fidoyiligi, ijodiy tafakkuri bilan sayqal topib kelayotgan ushbu noyob san'at nafaqat yurtimiz va sharq mamlakatlarida, balki dunyo miqyosida katta shuhrat va e'tibor qozongan. Maqom san'atining gultoji bo'lgan "Shashmaqom" YUNESKO tomonidan insoniyatning nomoddiy madaniy merosi sifatida e'tirof etilgani hamda uning Reprezentativ ro'yhatiga kiritilgani buning yaqqol tasdig'idir.

Xulosa qilib aytganda, Maqomni ta'limda tadbiq etish, uni talabalarga to'g'ri yetkazib berish, ijro mahoratini yaxshilash, maqomdagi turkumlarnin o'rgatish, g'azallarning falsafiy tahlillarini o'tkazish kabi muhim ishlarni amalga oshirish lozim. O'zbek milliy musiqa instituti, Yunus Rajabiy nomidagi maqom ansambli, Maqom markazlari bilan hamkorlik qilish. Ular bilan tajriba almashib, Professor o'qtuvchilarni akademiyada mahorat darslarini o'tkazishiga erishish va ulardan kerakli bilim ko'nikmalarga ega bo'lish maqsadga muvofiqdir.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Oripov Z. X-XV asrlar Markaziy Osiyo musiqa manbashunosligi. T.: 2017

2. L.Avdeyeva. O'zbek milliy raqs tarixidan. - Toshkent, 2001

3. O.Ibrohimov. Maqom asoslari. - Toshkent, 2018

4. M.M.Jo'rayeva."Shashmaqom"ning raqs turkumlari bugungi kundagi muammolari va yechimlari. - Toshkent, 2018

5. Kamarbekovna F. Z. The place of the maqom genre in the art of Uzbek national dance //International Engineering Journal For Research & Development. - 2021. - T. 6. - C. 3-3.

6. Kamarbekovna F. Z. THE ROLE OF THE COMPOSER IN THE ART OF CHOREOGRAPHY //International Engineering Journal For Research & Development. - 2021. - T. 6. - C. 2-2.

7. SF Yangiboyeva, ZK Fazliyeva O'ZBEK MILLIY RAQS SAN'ATIDA MAQOM JANRINING O'RNI.// Oriental Art and Culture. -2021. №3. -32-35

8. OM A3aroBa, 3K OasnneBa "MYHO^OT" ACP.HAPrA TATHrY.HHK PA^C ACAPH// Oriental Art and Culture. - 2021. 84-87

937

http://oac.dsmi-qf.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.