Научная статья на тему 'MILLIY RAQS SAN’ATINING TARIXIY TARAQQIYOTI'

MILLIY RAQS SAN’ATINING TARIXIY TARAQQIYOTI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
318
43
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
raqs / san’at / plastika / tarbiya / raqqosa / usul / muqallid / marosim / o‘yin / maqom / nafosat

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Shaxzoda Xudoynazarova

Maqolada o‘zbek milliy raqs san’atining tarixi, evolyusiyasi, raqsning jamiyat hayotidagi ma’naviy-tarbiyaviy o‘rni haqida so‘z yuritilgan. Raqs plastikasi, raqs harakatlarining tabiiy unsurlarga, turli mavjudotlarning harakatlariga nisbatan taqlidan yaratilishi borasida mutaxassislarning fikrlari, O‘zbekistonda raqs san’atining istiqbollari haqidagi mulohazalar bayon qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MILLIY RAQS SAN’ATINING TARIXIY TARAQQIYOTI»

MILLIY RAQS SAN'ATINING TARIXIY TARAQQIYOTI

Shaxzoda Xudoynazarova O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi

Annotasiya: Maqolada o'zbek milliy raqs san'atining tarixi, evolyusiyasi, raqsning jamiyat hayotidagi ma'naviy-tarbiyaviy o'rni haqida so'z yuritilgan. Raqs plastikasi, raqs harakatlarining tabiiy unsurlarga, turli mavjudotlarning harakatlariga nisbatan taqlidan yaratilishi borasida mutaxassislarning fikrlari, O'zbekistonda raqs san'atining istiqbollari haqidagi mulohazalar bayon qilingan.

Kalit so'zlar: raqs, san'at, plastika, tarbiya, raqqosa, usul, muqallid, marosim, o'yin, maqom, nafosat

HISTORICAL DEVELOPMENT OF NATIONAL DANCE ART

Shakhzoda Khudoynazarova State Academy of Choreography of Uzbekistan

Abstract: The article is devoted to the history, evolution of the Uzbek national dance, the spiritual and educational role of dance in society. The opinions of experts on the plasticity of dance, the creation of dance movements with imitation of natural elements, the movements of various creatures, the prospects of dance art in Uzbekistan are presented.

Keywords: dance, art, plastic, education, dancer, method, imitator, ceremony, play, mugham, sophistication

Madaniyat va san'at sohasining rivoji o'z-o'zidan jamiyat rivojiga, jamiyat rivoji esa mamlakat taraqqiyotiga xizmat qiladi. Inson ma'naviyatini yuksaltiradigan, uning ruhiy olamini poklaydigan, ezgu amallarga yo'naltiradigan eng muhim omil bu albatta san'at hisoblanadi. Har bir yaratilgan va yaratiladigan san'at asarlari insonni ulug'lovchi, uning orzu-umidlari, his-tuyg'ulari, o'y-kechinmalarini badiiy tarzda ifoda etadi. Tarixiy taraqqiyot jarayonlaridan bizga ma'lumki, har bir davrda yaratilgan san'at namunalari o'sha davr muhitiga hamoxang bo'lgan. Jamiyat va davlatlarning taraqqiy etishi bilan san'at ham turli yo'nalish va turlar bilan boyib borgan.

Eng qadimiy ibtidoiy davrdan to bugunga qadar jamiyat hayoti bilan hamoxang yashab kelayotgan raqs san'ati tuyg'ularni harakat va holatlarda, imo-ishoralarda(mimika) shunday nafis ifodalaydiki hayratlanmay iloj yo'q. Oddiy harakatlarga jon baxsh etish, u orqali badiiy obraz yaratish bilan chinakam raqs asari

yaraladi. Raqs, uning tasviri, kompozisiyasi haqida o'ylab, bir jihatning ikkinchisiga o'tishi, ularning aloqasi mantig'ini tushungandek bo'ldim. Buni tushunganingdan keyin uning uyg'unligi, ohangdorligi kelib chiqadi, mutanosibligi vujudga keladi. Bu raqs san'atidagi eng muhim jihatdir. Shundan rang-barang nafosat namoyon bo'lishi mumkin. Aks holda, u shunchaki badantarbiya, quruq harakatdan iborat bo'lib qoladi. Tuzsiz, rangsiz harakatlar takrorlanaveradi. Faqat yuqoridagilar hisobga olingandagina raqsda mazmun, ifodaviylik zohir bo'ladi.

Bizgacha yetib kelgan raqslarning tur va janrlari rang-barangligi hayratga solarli darajada. Shu kunlardagi raqs san'atimizda bir qancha qatlam aniq ko'rinib turadi: kelib chiqishiga ko'ra ajdodlarimizning ibtidoiy tasavvurlariga aloqador muqallidlar va marosim o'yinlari; bir zamonlar zardushtiylikning ramziy obrazlari va muqaddas kitobi "Avesto" arkonlari bilan bog'liq holda maydonga kelgan raqslar, o'rta asrlarda maqom musiqasi bilan mustahkam aloqada shakllangan mumtoz raqslar; Buxoro amirligi, Xiva va Qo'qon xonliklari hududlarida tarkib topgan Buxoro, Xorazm va Farg'ona raqs uslublari; XX asrda professional va havaskorlik ansambllari faoliyatida keng rivojlangan xalq sahnaviy raqslari, zamonaviy estrada, sirk, teatr raqslari, bolalar raqsi va hokazo. 1

O'zbekiston mustaqilligi yillarida umumxalq Mustaqillik va Navro'z bayramlari, Buxoro, Xiva, Termiz, Shaxrisabz shaharlari hamda buyuk olimlar, allomalar, davlat arboblari yubileylari munosabati bilan o'tkazilgan bayram tomoshalarida o'ziga xos maydon raqsi vujudga keldi. Tabiiyki, raqs san'atining mana shu barcha turlari, janrlari, uslublari bir-biridan ajratilmagan, balki malakali artistlar va havaskorlar ijodida xalq va professional ansambllar faoliyatida ular bir-biri bilan bog'langan va o'zaro ta'sirlangan holda yashab keladi.

Hamon o'zbek raqs san'atida bir-biridan gavda holatlari, qo'l va oyoq harakatlari, tarkibi, kompozision tuzilishi, liboslari bilan farq qiluvchi Xorazm, Buxoro va Farg'ona uslublari aniq ko'zga tashlanib turadi. Raqs ustalari, baletmeyster, ansambllarning rahbarlari raqs uslublarining o'ziga xosligini, estetik xususiyatlarini sof saqlashga harakat qilib kelishadi. Xorazm va Buxoroda hozir ham qayroq bilan usul berish, qo'l va oyoqlarga qo'ng'iroqchalar bog'lab chiqish (zang), Xorazm raqqosalarining jig'ali qalpoqlari va ko'krakka taqiladigan bargaklari. Buxoro raqqosalarining ko'pincha zardo'zi keng ko'ylaklari va baland qasavali bosh kiyimlari hamon qadrlidir. Farg'ona raqsida esa doira usullari, puxta ishlangan qo'l harakatlari, jilvalari muhim o'rin egallab keladi. 2

Mana shunday boy tarixga, betakror ijro yo'nalishiga ega bo'lgan milliy raqs san'atimiz xalqimizning bebaho boyligi sifatida e'tirof etiladi. U inson ruhiyatiga

1 Rahmonov M. O'zbek teatri tarixi. Qadim zamonlardan XIX asrga qadar.-Toshkent: Fan, 1975 y. 170 b.

2 Globallashuv jarayonida xoreografiya san'ati sohasida milliylikni saqlash muammolari. Respublika ilmiy -amaliy anjumani materiallari to'plami. -Toshkent: Iqtisod - moliya nashriyoti, 2012 y.

riTTTÜ^^H] 714 ISSN 2181-063X / Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

ijobiy ta'sir etuvchi, his-tuyg'ularni tarbiyalovchi, ushbu san'at bilan mashg'ul bo'lgan yosh avlod ham jismonan, ham ma'nan yetuk shaxs bo'lib voyaga yetishishi bilan ahamiyatlidir.

Har qanday davr va jamiyatda uning ijtimoiy hayotini san'at o'zida aks ettiradi. Har bir san'at turi voqelikni haqqoniy, yorqin va o'zgacha ta'sirchan holda ifoda etadi. Boshqa san'at turlari kabi, raqs san'ati ham insonning diliga huzur bag'ishlaydi, uni go'zal va mo'jizaviy olamga olib kiradi.

San'at turlari ichida raqs san'ati o'zining murakkabligi va shu bilan birga go'zalligi, nozikligi va jozibasi bilan o'ziga maftun etadi. Raqs san'ati o'zida hayotni badiiy ifoda etadi, inson his-tuyg'ulari, fikrlarini so'zlar vositasisiz, faqat harakatlar hamda yuz ifodasi bilan ochib beradi.

Insonning his-tuyg'ulari va o'zaro munosabatini tana harakatlari orqali ifoda etish jarayonida shakllanib, rivojlanib kelgan raqs san'ati har bir millatning o'ziga xos jihatlarini namoyon etadi.

Professional raqqosalar raqs sir-asrorlarini uzoq yillar davomida o'rganadi. Raqsning eng sodda texnikasini egallagach, uni ijro qilayotganda usulga tushish, qoidaga kirib qolgan shakllarni eslab qolish talab qilinadi. Raqsni o'rganish nafasni to'g'ri yo'lga qo'yishni egallashni ham taqozo etadi.

"Qomatni tutish" va "mushaklar kuchini taqsimlash" kabilardagi o'ziga xoslik ham o'zbek an'anaviy raqsi uch mumtoz maktabining har biri betakror ekanligini ko'rsatadi.

Yevropacha mumtoz raqsining dastlabki holatida qomat adl tutilib, oyoqlar mushagi, tizza tarang, yelkalar erkin, yelka tushirilgan, bel tekis, qo'llar mushagi tirsakdan xiyol egilgan bo'ladi.

Farg'onacha raqsda ham oyoq mushaklari tovondan belga tarang tutiladi. Lekin bel mushaklari bir oz bo'sh qo'yilib, oyoqlar xiyol bukiladi. Asta qadam qo'yilib, yengil o'tiriladi, tizza o'z o'rniga keladi. Oyoqlarning yengil egilishi tufayli mumtoz raqsdagi kabi kontrapunkt chizig'i belning kichik markaziy qismiga emas, yelka mushaklari bo'ksaga bosim o'tkazadi. Qo'llar yo erkin yoki yig'ilgan vaziyatda bo'ladi. Farg'onacha raqsda qo'llar "cho'zilgan" bo'lib, ular o'simlik dunyosining badiiy ifodasiga aylanadi. Ya'ni barglar va maysalarning shamolda yengil tebranishini ifodalaydi. Xorazmcha raqslarda esa oyoqlar mushagi kuchi boldirdan tizzaga yo'lantirilib, tizzalar bukiladi. To'qnashuv chiziqlari bel, bo'ksa, tizzalar o'rtasida o'zgarib turadi. Yelka bir oz pastga osilib turadi. Qo'llar ham erkin qo'yilib, panjalar doim nafis harakatlantiriladi. Ularning nozik titrashini ko'rsatish uchun ko'p mashq qilishga to'g'ri keladi.

Xorazm raqslari o'simlik dunyosini emas, balki jonzotlar dunyosini o'zida aks ettiradi. Undagi harakatlarda qushning parvozi, otning chopishi, kaklikning yo'rtishi kabilarni anglash mumkin. Xorazmcha raqsda tananing ayrim harakatlari, undagi

murakkab raqs lisoni hayvonot dunyosi hayotini ifodalaydi. Unda makon to'la egallanadi, qomat xuddi uchayotgandek, qo'llar goh keskin, goh nozik harakat qiladi. Xorazmcha raqsda keskin o'tirib-turish, sakrash ko'p. Unda ko'krak mushaklari ko'p bora silkinadi.

Buxorocha raqsda qomatning yelkadan pastki qismi erkin qo'yiladi. Tana harakati davomli va sirli. Uni bajarishda mushaklar kuchi yo'nalishini o'ziga xos tarzda tashkil qilish talab etiladi. Bel qismi orqaga turtib turadi (ispancha raqsdagi kabi). Bu qo'llarning erkin, shiddatli harakat qilishiga yordam beradi. Oyoqlar yarim o'tirish, yarim aylanishga tayyor turadi. Shu asosda oyoqlarning to'la burilishiga imkon yaratiladi. Buxorocha raqslarda farg'onachadagi kabi qo'llar cho'zilmaydi. Ularda tirsaklar qattiq bukilgan holatda bo'lib, panjalar harakati quruqroq chiqadi. Harakatlar va panjalarni qarsillatish musiqaga mos keladi. Qomat adl, sho'xchan, qadamlar esa oddiy bo'ladi.

O'zbek xalq sahnaviy raqsining shakllanishi birinchi galda Asqar hoji Xaydaraliyevning XX asr boshida faoliyat ko'rsatgan ansambli va atoqli raqqos Hamdamxon nomi bilan chambarchas bog'liqdir. Hamdamxon Farg'ona vodiysi shaharlarida, Toshkent va Samarqandda, 1905-yilda esa kavkazorti mamlakatlarida o'zbek xalq raqsini yangi asosda sahnalarda ijro etib, yangi yo'nilishni boshlab berdi.3 Ayniqsa, xalq sahnaviy raqsi taraqqiyotida Usta Olim Komilov, Yusufjon qiziq Shakarjonov, Tamaraxonim, Mukarrama Turg'unboyeva, Isaxor Oqilov, Gavhar Raximova, Qunduz Mirkarimova, Roziya Karimova va boshqa o'nlab raqs ustalarining, "Bahor", "Shodlik", "Lazgi" kabi ansambllarning xizmati katta. Baletmeysterlar va bastakorlarning say-harakati bilan o'nlab yakka tartibda ijro etiladigan o'yinlar, duetlar, ommaviy raqslarmamlakatimiz va jahon tomoshabinlarining bir qancha avlodini maftun etib, o'zbek raqs san'ati zahirasidan joy oldi. "Tanavor", "Munojot", "Katta o'yin", "Bahor", "Pilla", "Paxta", "Lazgi", "Dilxiroj", "Cho'pon o'yin", "Namanganning olmasi", "Andijon polkasi" va boshqalar shular jumlasidandir. Ular mumtoz raqslarga aylangan. Shu asosda raqqos va raqqosalarning bir qancha avlodi kamolga yetdi. Raqs uslublari, mahorat asoslari, harakatlar silsilasi avloddan-avlodga o'tib, yashab kelmoqda.

Bugungi kunda miliy madaniyat, urf odat va an'analar zamiridan uzoqlashish holatlari milliy qadriyatlar tizimiga jiddiy xavf solmoqda. Ayniqsa, so'nggi yillarda globalizmning jiddiy xavfi "ommaviy madaniyat" unsurlarini toboro ko'payib borishiga sabab bo'lmoqda. Bunday vaziyatda san'at va madaniyat orqali inson qalbini poklash, ularni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalashga katta ishonch va umid bor. Bu san'atlar tizimida raqs san'ati taraqqiyotini milliy qadriyatlar zimirida shakllantirish va rivojlantirish ham muhim ahamiyat kasb etadi.

3 Avdeyeva L.A. O'zbek milliy raqsi tarixidan - T.: M.Turg'unboyeva nomidagi "O'zbekraqs" milliy raqs birlashmasi, 2001. 87 b.

Mamlakatimizda ma'naviy barkamol insonni tarbiyalash umumdavlat vazifasi darajasida ko'tarilgan ushbu davrda yuqoridagi kabi davlat dasturlari asosida Mustaqil davlatimizning ma'naviy-ma'rifiy islohatlarida san'at ahlining faol ishtiroki va yoshlarni yurtga sodiq, barkamol avlod qilib tarbiyalash muhim ahamiyati turli hil tadbirlarda qo'yilayotgan muammolar va masalalar xususida atroflicha mulohaza yuritish va chuqur mushohada chig'rig'idan o'tkazish muhim ahamiyatga ega.

O'zbek raqs san'atining tarixiy an'analarini va usullarini tiklash, avaylab-asrash hamda boyitish, millatimizning o'ziga xos sharqona fazilatlari, boy ma'naviyatiga monand raqslarni targ'ib etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, raqs san'atini xalqimizning yuksak ma'naviyati va nozik didiga zid bo'lgan, yuzaki, noo'rin taqlidga asoslangan xatti-harakat va liboslar xurujidan saqlash, maxsus ta'lim tizimini takomillashtirish, o'zbek xalqining asrlar davomida shakllangan va avloddan avlodga noyob meros sifatida o'tib kelayotgan jozibali raqs namunalarini to'plash, boyitish; xalqimiz, ayniqsa, yosh avlod ongiga bu bebaho boyliklarga chuqur hurmat va havas tuyg'ularini singdirish, ularda milliy ma'naviyatimiz, qadriyatlarimizga nisbatan ehtirom hislarini yuksaltirishga qaratilgan barcha isloxotlarda biz kabi shu sohaning barcha vakillari zimmamizga yuklatilgan mas'uliyatni chuqur anglashimiz lozim.

Faoliyatimizdagi kamchiliklar, muammolarni birlashib bartaraf etish, yangidan yangi marralarga erishish, muvaffaqiyatlar qozonishda birdam bo'lishimiz zaruratdir. O'zbekiston nufuzini dunyo hamjamiyatida yanada yuksaltirish, o'z san'atimiz orqali millatimizning boy tarixiy an'ana va urf-odatlari, betakror madaniyati va san'ati borligini doimo namoyon etishimizda yaratilayotgan imkoniyatlardan munosib foydalanishimiz kerak.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Avdeyeva L.A. O'zbek milliy raqsi tarixidan - T.: M.Turg'unboyeva nomidagi "O'zbekraqs" milliy raqs birlashmasi, 2001.

2. Globallashuv jarayonida xoreografiya san'ati sohasida milliylikni saqlash muammolari. Respublika ilmiy -amaliy anjumani materiallari to'plami. -Toshkent: Iqtisod - moliya nashriyoti, 2012 y.

3. Rahmonov M. O'zbek teatri tarixi. Qadim zamonlardan XIX asrga qadar.-Toshkent: Fan, 1975 y. 170 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.