SHARQ XALQLARI MAQOMOTI
Navro'zbek Xakimjon o'g'li Sobirov O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti
Annotatsiya: Ushbu maqolada Sharq xalqlari maqomoti tarixi va bugungi kuni, o'rganilish doirasi haqida mulohaza yuritilgan.
Kalit so'zlar: maqomot, milliylik, mumtoz musiqa, musiqashunos, sharqshunos, parda-ohang, vazn-usul, qadriyat
COMMUNITY OF EASTERN PEOPLES
Navruzbek Hakimjon oglu Sobirov Uzbekistan State Institute of Art and Culture
Abstract: This article discusses the history and present day of the Peoples of the East, the scope of study.
Keywords: authority, nationality, classical music, musicologist, orientalist, pitch-tone, weight-method, value
Sharq xalqlari maqomoti qadimgi davrlar tamadduniga bog'liq bo'lgani holda, hozirgi dunyo xalqlari san'ati va madaniyati doirasida o'z qadr-qimmatini saqlab qolgani, yangi davr va jamiyatda rivojlanib kamol topayotgani hamda qadr-qimmati tiklangani bilan ahamiyatlidir. Darhaqiqat, maqom san'ati kelib chiqishi nuqtayi nazaridan qadimiyligi, mazmuni teran, noteran mazmun va milliylik kasb etishi bilan ajralib turadi. Uning ruhiy-ma'naviy boyligidan barcha avlodlar bahramand bolishi hamda kelajak avlodlarga bezavol saqlanishi uchun yurtimizda yetarli shart-sharoitlar yaratib berilmoqda. Jumladan, 2003-yil noyabr oyida "Shashmaqom" YUNESKO tomonidan "Insoniyatning og'zaki va nomoddiy madaniy merosi durdonasi" deb tan olinishi, 2008-yilda esa umumjahon Reprezentativ ro'yxatiga kiritilishi, Prezidentimizning 2017-yil 17-noyabrdagi "O'zbek milliy maqom san'atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori asosida O'zbek milliy maqom san'ati markazi tashkil etilishi hamda bu ezgu ishlarning uzviy davomi sifatida muhtaram Prezidentimiz Shavkatning 2018-yil 6-aprelda imzolangan "Xalqaro maqom san'ati anjumanini o'tkazish to'g'risida"gi qarori maqom san'atining dunyo xalqlari madaniyati darajasiga ko'tarishdagi ezgu qadamlar bo'ldi.
Shu bilan birga madaniyat va san'at o'quv yurtlarida maqom merosining ilmini o'rganish hamda ijro mahoratini o'zlashtirish maqsadlarida qator ixtisoslik yo'nalishlari bo'yicha o'quv fanlari ishlab chiqilgan. Maqomot tarixi, nazariyasi va ijro
ffciTii^^Bl 106 ISSN 2181-063X/ Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)
yo'llari doirasida qator ilmiy izlanishlar uchun imkon yaratildi. Magistratura fanida turdosh ijod navlarining tub ildizlari, tarixiy rivojlanish bosqichlari, tarqalish doirasi va mintaqaviy jarayonlar kuzatib borilmoqda.
"O'tgan salkam yuz yillik muddat oralig'ida Sharq mumtoz musiqasi jonkuyar mutaxassislarining samarali izlanishlari, tashkilotchilik say'-harakatlari, mohir bastakor, hofiz va sozadanlarning jo'shqin ijodiy faoliyati, yaxshilanayotgan targ'ibot ishlari tufayli Sharq xalqlari maqomlari jahon musiqa jamoatchiligiga yanada yaqindan tanilib bormoqda. So'nggi yarim asr mobaynida o'tkazilgan nufuzli ilmiy- ijodiy anjumanlardan "Maqomlar, mug'omlar va hozirgi zamon kompozitorlik ijodiyoti" mavzuiga bag'ishlangan respublikalararo ilmiy-nazariy konferenstiyasi (Toshkent, 1975), I-III Samarqand xalqaro musiqashunoslik simpoziyumlari (1978, 1983, 1987), "Sharq taronalari" Samarqand xalqaro musiqa festivallari (1997 yildan har 2 yilda), "Mug'om olami" Xalqaro festivallari (Boku,
2009-yildan har 2-yilda), Xalqaro maqom anjumani (Shahrisabz, 2018-yil), YUNESKO huzuridagi ICTM, "Maqam" guruhi ilmiy yig'inlari alohida e'tiborga sazovor. Mazkur tadbirlarda o'qilgan ma'ruzalar, mashhur san'at ustalarining sahna chiqishlari, yosh xonanda va sozandalaming tanlov-musobaqalari, musiqiy spektakllar namoyishi hamda ijodiy uchrashuvlar muhim ahamiyat kasb etadi." 1
Uzoq o'tmishda Sharq allomalari tomonidan bitilgan musiqiy risolalar endilikda yozma tarixiy yodgorliklar qatoridan o'rin olgani ma'lum. Ulami o'qib o'rganish, tarjima qilib izohlash, zamondoshlarga mazmun-mohiyatini ochib ko'rsatish hamon ahamiyatini yo'qotmagan. Bu borada O'zbekistonda san'atshunoslik limlari doktori Ishoq Rajabov ayniqasa ibratli ishlami amalga oshirgan. U o'zining fundamental ilmiy tadqiqotlarida sharqshunoslik va musiqashunoslik, manbashunoslik bilan maqomshunoslik fan masalalarini uzviy bog'lab o'rganishni yo'lga qo'yishga muvaffaq bo'ldi. Muallifhing maqomga bag'ishlangan ilk monografig tadqiqotida haqli ravishda ta'kidlab o'tilganidek, aynan ma-qomlar fenomeni " ... musiqashunos va sharqshunos olimlaming diqqatini ko'pdan beri o'ziga jalb etib keldi va bu masala musiqa madaniyatimizda juda katta tarixiy, ilmiy va amaliy ahamiyatga ega boigan masalalardandir"2 Endigi shart-sharoitda maqomot larixi va nazariyasini keng ko'lamda o'rganish, Sharq xalqlari mumtoz musiqa amaliyoti bilan bog'lash masalalari muhim o'rin tutmoqda.
Yaqin va O'rta Sharq mintaqalarida "O'n ikki maqom" tizimi XIII asrdan to XVII asrga qadar keng qo'llanib kelinganligi musiqa tarixidan, saqlangan yozma manbalarda qayd etilgan. Keyingi bosqichda tub o'zgarishlar sodir bo'lib, ular maqomotning son va sifat ko'rsatgichlariga ta'sir ko'rsatdi. Biri yaxlit qomusiy turkum sifatlari bilan ajralgan bo'lsa, boshqasi ayni paytda tarqoq holatda qolavergan. Tuzilmalarida aks
1 SHARQ XALQLARI MAQOMLARI [Matn] : o'quv- qo'llanma / R. Yunusov.-Toshkent.2022
2 Исхок Ражабов. Макомлар масаласига дойр. "Уз адабий нашр", Тошкент, 1963 йил, 3 бет.
ПЙта^^Н 107 ISSN 2181-063Х/Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)
etgan farqli jihatlardan qat'i nazar har bir mumtoz misol shaklan va mazmunan tugal, alohida-alohida so'zli va so'zsiz qismlarni tashkil etishga moyil ko'rinishlarga ega bo'ldi. Maqom qonuniyatidan tashqari yangilangan ashula va cholg'u yo 'llarining musiqaviy tili bir-biriga nisbatan yaqin bo'lgani holda, har xil milliy-mahalliy uslublar bilan takomillashib bormoqda. Qismlarning aksari vazn va uning ko'rsatgichi hisoblanmish o'lchovlari jihatdan beqaror, ya'ni erkinroq bo'lib, bunda badihago'y uslubiy-ijroviy yo'1 yetakchilik qiladi. Shuningdek, qarama-qarshi, ya'ni hissalari qat'iy muvaqqat qoidalarga bo'ysu- nadigan, o'lchovlari aniq bo'lgan misollar ham Sharq xalqlari maqomotida katta o'rin tutadi. Shu bilan bir qatorda "erkin" va "barqaror", ya'ni "usulli" va "usulsiz" qismlaming tartibli almashinuvi asosida butun boshli mumtoz turkum gavdalanadi. Xalqaro ko'lamda namoyon bo'layotgan maqomot janrlari tub mushtarak musiqiy qonuniyatlar negizida shakllanib taraqqiy etib kelgan. Shunday ekan, hozirgi mavjud uslubiy o'ziga xosliklari qatori ko'p yaqinliklar kuzatiladi. Faqat ijro yo'llari har gal biroz o'zgacha yangilangan holda boyitilib kelinmoqda. Umuman sharqona mumtoz musiqa san'atining ichki ijodiy salohiyati shunga yashiringan bo'lsa ajab emas. San'atkor foydalanadigan barcha ifoda vositalari biror tizimga uyg'unlashib xizmat qilishi ham taqozo etiladi. Bu jarayonda bog'lovchilik bosh vazifasi parda-ohang zimmasida bo'lsa, ajratuvchilik vazifasini esa tegishli misollarda ko'proq vazn-usul, kuy mavzulari bajaradi.
O'zbek va tojik maqomlari, uyg'ur muqomlari, turkman mukamlari, ozarbayjon va arman mug'omlari, turk makamlari, eron dastgohlari, arab maqamlari, shuningdek, jazoir navbalari, hind ragalari, boshqa nomdosh va turdosh bo'lgan ijod navlari uzim tarixga, boy an'analarga ega. Ular allaqachon xalqlar e'zozidagi madaniy-ma'naviy qadriyatga aylangan. Sharq xalqlari maqomoti, qolaversa an'anaviy kasbiy musiqa san'atining go'zalligi ila salohiyati, ta'rifi-yu tavsiflarini o'rganib yanada boyitgan holda, keyingi avlodlarga yetkazish naqadar zarur va qiziqarli, mas'uliyatli va zavq bag'ishlovchi vazifadir.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Sharq xalqlari maqomlari. o'quv- qo'llanma / R. Yunusov.-Toshkent.2022
2. HCXOK Pa^aöoB. MaKOMnap Macanacnra goöp. "Y3 agaÖHH Hamp", TomKeHT, 1963 hhh
108
ISSN 2181-063X / Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)