Научная статья на тему 'MAQOM SAN’ATINI TARG’IB QILISH BO’YICHA TASHKIL ETILGAN MADANIY TADBIRLAR TIZIMI'

MAQOM SAN’ATINI TARG’IB QILISH BO’YICHA TASHKIL ETILGAN MADANIY TADBIRLAR TIZIMI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
217
26
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
мақом / мусиқа / қадрият / миллий маданият / кўрик-танлов / мақом фестивали / тарғибот-ташвиқот ишлари

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Maxamadali Mirabdullayev

Мазкур мақолада ўзбек миллий мақом санъати ва уни тарғиб қилиб бўйича Ўзбекистон Республикасида тизимли олиб борилаётган ислоҳотлар таҳлил қилинган. Шунингдек, ўзбек миллий мақом санъати тарғиботи борасида халқаро майдонда амалга оширилган ишлар ёритилган.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAQOM SAN’ATINI TARG’IB QILISH BO’YICHA TASHKIL ETILGAN MADANIY TADBIRLAR TIZIMI»

MAQOM SAN'ATINI TARG'IB QILISH BO'YICHA TASHKIL ETILGAN

MADANIY TADBIRLAR TIZIMI

Maxamadali Mirabdullayev Namangan davlat universiteti

Аннотация: Мазкур маколада узбек миллий маком санъати ва уни таргиб килиб буйича Узбекистан Республикасида тизимли олиб борилаётган ислохртлар тахлил килинган. Шунингдек, узбек миллий маком санъати таргиботи борасида халкаро майдонда амалга оширилган ишлар ёритилган.

Калит сузлар: маком, мусика, кадрият, миллий маданият, курик-танлов, маком фестивали, таргибот-ташвикот ишлари

A SYSTEM OF CULTURAL EVENTS ORGANIZED FOR THE PROMOTION ART OF MAQOM

Makhamadali Mirabdullayev Namangan State University

Abstract: This article analyzes the art of Uzbek national maqom and the systematic reforms carried out in the Republic of Uzbekistan to promote it. Also, the activities carried out in the international field regarding the promotion of the art of Uzbek national maqom were highlighted.

Keywords: maqom, music, value, national culture, pageant, festival of maqom, promotion work

Ma'lumki, maqom san'ati yaqin o'tmishda tarixning nohaq zarbalariga duchor bo'lgan. Bu benazir milliy qadriyatimizni asrash, yanada rivojlantirish oson kechmagan. O'zbekiston xalq artisti Berta Davidova O'zbekistonning oqil rahbari Sharof Rashidov ham maqom shaydosi bo'lganligi, akademik Yunus Rajabiyning maqomni targ'ib etish, unga sayqal berib borish yo'lidagi zahmatlarini hamisha qo'llab-quvvatlanganligini ta'kidlagan edi. Samarqandda 1997 yildan buyon bugunga qadar o'n bir marta o'tkazilgan "Sharq taronalari" xalqaro musiqa festivali ham bevosita mumtoz musiqamizning jahon musiqa olamida o'z maqomini topayotganidan darak beradi. Festival doirasida maqom san'ati muammolarini qamrab olgan ilmiy-amaliy anjumanlar tashkil etilishi ham, albatta, bejiz emas.

"Sharq taronalari" Xalqaro musiqa festivali - xalqlar o'rtasida do'stlik rishtalarini mustahkamlash, dunyo tinchligi, xalqlar o'rtasida do'stlik va ahillikni keng targ'ib etish; Sharq xalqlari musiqa san'atlarini rivojlantirish va uning

ГГлЦ^^Ш! 841 http://oac.dsmi-qf.uz

ahamiyatini yanada oshirish, O'zbekiston hamda boshqa davlat xalqlarining musiqa san'ati an'analarini qamrab olish, ular bilan yaqindan ilmiy va ijodiy muloqotlar va hamkorlik qilish; Sharq mamlakatlari musiqa san'atining an'analarini asrash, madaniy muloqotni yanada rivojlantirish, Sharq xalqlari an'anaviy musiqa san'ati sohasidagi ilmiy o'rganish va izlanishlarni hamkorlikda amalga oshirish, o'zaro tajriba almashish, davra suhbati, taqdimot va mahorat darslarini tashkil etishdan iborat.

Festival har ikki yilda bir marta avgust oyining uchinchi o'n kunligida Samarqand shahrida o'tkaziladi. Festival Respublika O'zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan tashkil etiladi va o'tkaziladi.

Mazkur festivalning asosiy tadbirlari quyidagilar:

- "Eng yaxshi ijro uchun" xalqaro ko'rik-tanlov;

- "Sharq xalqlari ananainy musiqa san'atini rivojlaitirish istiqbollari" mavzusidagi ilmiy - nazariy konferensiya;

- Samarqand shahridagi bog', teatr va boshqa konsert sahnalarida chiqishlar;

- Festivalning ko'rik-tanlov g'olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi va gala-konsert;

Shu bilan birgalikda Festival ishtirokchilari bilan ijodiy uchrashuvlar, ilmiy va matbuot konferensiyalar shaklidagi maxsus dasturlar, davra suhbatlari, taqdimot va mahorat darslari hamda Festival dasturidan o'rin oladi.

Ko'rik-tanlov ishtirokchilari chiqishlarini yetti kishidan kam bo'lmagan xalqaro hay'at baholab boradi. Xalqaro hay'atga xorijiy va mahalliy musiqashunos olimlar, taniqli san'atkorlar, kompozitorlar va bastakorlar, xorijiy davlatlardagi xalqaro san'at festivallari tashkilotlari vakillari taklif etiladi. Xalqaro hay'at tomonidan tanlov ishtirokchilarining chiqishlari ikkita yo'nalish bo'yicha baholanadi:

• Professional tarzdagi xalq musiqa va qo'shiq;

• An'anaviy yo'lda ijod qilingan zamonaviy musiqa yoki qo'shiq.

Yorqin an'anaviy xususiyatlar, mazmundorlik, yuksak ijro mahorati va sahna madaniyati baholashning asosiy mezoni hisoblanadi.

Festival tashkilotchilari qatnashchilarning ijrolarini efirga uzatish hamda boshqa tashkilotlarga translyasiya qilishi uchun ruxsatnoma berish, festivalni o'tkazish va uning yakuni davomida tayyorlangan barcha turdagi audio, video, bosma va boshqa turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarish va tarqatish, festivalda ishtirok etishni istagan jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan Tashkiliy qo'mitaga yuboriladigan materiallardan reklama maqsadida foydalanish, festivalga jahondagi yetakchi soha mutaxassislari va san'at namoyondalarini jalb etish huquqiga egadir.

Musiqa sadolari qaysi xalq vakili tomonidan ijro etilmasin, bu ohanglar, eng avvalo, ezgu insoniy kechinmalarni ifoda etishi bilan farqlanadi. Shu o'rinda, tarixnavis Sharofiddin Ali Yazdiyning mashhur "Zafarnoma" asaridagi Sohibqiron

I [ccñ^^BI 842 http://oac.dsmi-qf.uz

Amir Temur davrida o'tkazilgan musiqiy anjumanlar haqidagi "Yaxshi ovozli xonandalar kuylashni boshlab, g'azal aytur edilar. Va turku mo'g'ul, xitoyu arab va ajamdin har kim, o'z rasmi bilan nag'ma aytur erdi" degan ma'lumotlar beixtiyor xayoldan o'tadi...

Agar 1997 yilda, dastlabki musiqa bayramida dunyoning 31 ta davlatidan 57 nafar san'atkor qatnashgan bo'lsa, 2017 yilga kelib, 58 ta mamlakatdan 241 nafar mohir xonanda va sozanda ishtirok etdi. Unda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev ishtirok etib, -bundan olti yuz yil muqaddam - buyuk Amir Temur zamonlarida ham yetti iqlimdan eng mohir sozanda va xonandalar yig'ilib, Samarqand zaminida go'zal anjumanlar o'tkazganlari tarixiy manbalardan yaxshi ma'lum. Mana, oradan shuncha yillar, asrlar o'tib, yer yuzining manaman degan musiqa ustalari yana azim Samarqandga to'planib, jahon ahlini beqiyos san'at bayramiga chorlamoqdalar. Biz siz, aziz mehmonlarimizni dunyodagi turli xalqlarning ma'naviy olamini musiqa orqali ifoda etadigan, ularning salomi va ezgu tilaklarini yetkazadigan tinchlik va do'stlik elchilari sifatida qabul qilamiz. Sizlar kabi ming-minglab san'at namoyandalarining jaholatga qarshi ma'rifat bilan kurashish, yuksak insoniy ideallarni asrash va mustahkamlash yo'lidagi olijanob sa'y-harakatlaringizni barchamiz yuksak baholaymiz.[1.] - deya e'tirof etdi.

Bir so'z bilan aytganda, "Sharq taronalari" musiqa festivali milliy maqom san'atini targ'ib qilish aholi, xususan yoshlar orasida uni yanada nufuzini oshishiga xizmat qildi. Lekin shunga qaramay boy milliy qadriyatimizning ajralmas qismi hisoblanmish maqom san'atining targ'iboti so'nggi yillarda uning maqomiga munosib yo'lga qo'yilmagan edi. Jumladan, maqom namunalari teleradio dasturlaridan ahyon-ahyon joy olardi. Atoqli maqom ijrochilari haqida tadqiqotlar ham yetarli emas edi. Hozirda ham gohida ko'rsatuv, radioeshittirishlarda maqom tarkibida bo'lmagan xalq qo'shiqlari, ashulalarni maqom taronalari sifatida talqin etish hollari kuzatilmoqda. Maqomshunoslar davrasi, bahsu munozaralarini odamlar sog'ingan. Shu nuqtai nazardan mavjud muammolarni hal etish, maqomning maqomini milliy va xalqaro darajada yuksaltirish maqsadida qabul qilingan Prezidentimiz Shavkat Mirziyovning 2017 yil 17 noyabrdagi "O'zbek milliy maqom san'atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori ayni muddao bo'ldi. Qarorga muvofiq tashkil etilgan O'zbek milliy maqom san'ati markazi zimmasiga ulkan ishlar va mas'uliyat yuklatilgan. 2018 yildan boshlab Shahrisabz shahrida har ikki yilda bir marta Xalqaro maqom san'ati anjumanini tashkil etish esa shak-shubhasiz maqom rivojiga katta turtki bo'ladi.

Xalqimizning milliy maqom san'atini asrab-avaylash, noyob namunalarini keng targ'ib etish, yosh avlod qalbida san'atga bo'lgan mehr-muhabbat tuyg'ularini kamol toptirish, xalqlar o'rtasidagi do'stlik, birodarlik rishtalarini mustahkamlash, dunyo miqyosida maqom san'ati nufuzini yanada oshirish maqsadida O'zbekiston

I icclT^^^^H http://oac.dsmi-qf.uz

Respublikasi Prezidentining "II Xalqaro maqom san'ati anjumanini o'tkazishga tayyorgarlik ko'rish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Farmoyishi qabul qilindi.

2017 yil 17 noyabrda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbek milliy maqom san'atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi hamda 2018 yilning 6 aprelida esa "Xalqaro maqom san'ati anjumanini o'tkazish to'g'rida"gi qarorlari e'lon qilindi. Unga ko'ra, Shahrisabz shahrida har ikki yilda bir marta Xalqaro maqom san'ati anjumanini tashkil qilish belgilanib, 2018 yilning 6-10 sentyabr kunlarida birinchi marta shunday tadbirni o'tkazish borasida bildirilgan takliflari ma'qullangan edi.

Xalqaro miqyosda tashkillashtirilayotgan Shahrisabz anjumaniga qizg'in tayyorgarlik ko'rildi va ta'kidlash lozim, uning yuqori saviyada o'tkazilgani xorijlik mutaxassislar tomonidan alohida e'tirof etildi. Oqsaroy maydoni hududida maqom san'atiga oid turli ko'rgazmalar, milliy sozlar va liboslar, hunarmandchilik buyumlari, tasviriy va amaliy san'at asarlari, haykaltaroshlik namunalari, badiiy va hujjatli filmlar, kitoblar, albomlar namoyishi tashkil qilindi. Anjumanda dunyoning 70 mamlakatidan 500 nafarga yaqin taniqli xorijiy olimlar, musiqachilar ishtirok etdi. Shuningdek, anjumanni yoritish maqsadida 30 ta davlatdan 40 ga yaqin ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashib, o'zbek maqom sa'nati nufuzini dunyoga tanitdi.

Qariyb bir hafta davomida dunyoning mashhur xonanda va sozandalari, madaniyat va san'at arboblari, musiqashunos olimlar nigohi Shahrisabzda bo'ldi. Oqsaroyning moviy gumbazlari ostida orombaxsh navolar yangradi. Ulardagi joziba, ohang, ilohiy kuch-qudrat musiqaga oshufta qalblarni zabt etdi.

Milliy musiqaning mustahkam poydevori bo'lmish maqom xalqimiz hayotining aks-sadosi bo'lib, qadim zamonlardan buyon ko'pning diliga hamohang holda, hatto yer yuzidagi barcha insonlar qalbini tebrata olgan, murakkab ruhiy kechinmalar, teran falsafiy fikrlar bilan jilolangan mo'jiza bo'lib, bizning davrga kelib elning dardu hasrati, jasorati, baxti, shodiyonasi, sevgi-muhabbatini tarannum etib, eng mukammal shaklu shamoyilda namoyon bo'layotir.

Maqom qayerdan kelib chiqqan va bu so'zning ma'nosi nimani anglatadi? Maqom iborasi arabcha bo'lib, istiqomat o'rni, turar-joy, dam olish manzili ma'nolariga to'g'ri keladi. Musiqa atamasida maqom ma'lum musiqa tovushlarining o'rnashgan joyi, musiqa cholg'ularidagi pardalarni bildiradi. Maqom asarlari xalq musiqa yozuvlarining boshqa janrlaridan o'zining kuy rivojlanishi, davomiyligi, murakkabligi, diapazon jihatdan juda kengligi, ko'p qism va turkumliligi bilan ajralib turadi. Qadimda maqomlar turli shakllarda tasniflashtirilgan.

Boshini ohista tebratib, berilib musiqa yoki maqom tinglayotgan onaxonu otaxonlarni ko'p kuzatganmiz. Bu manzarada xotirjamlik, chuqur o'y, hayotu hayolot jamuljam. Maqom musiqa, she'riyat va raqs san'atlarini o'zida mujassamlashtirgan jonbaxsh ohangdir. [2.] Millat ruhi singib ketgan bu san'atni avlodlarga yetkazish,

I [ccñ^^BI 844 http://oac.dsmi-qf.uz

mazmun- mohiyatini anglatish, dunyoga targ'ib qilish maqsadida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning "Xalqaro maqom anjumanini o'tkazish to'g'risida" gi qaroriga asosan 6-10 sentyabr kunlari Shahrisabz shahrida ilk Xalqaro maqom san'ati anjumani o'tkazildi. Uning ochilish marosimida Yurtboshimiz qatnashdi va nutq so'zladi. Xalqaro tadbirda dunyoning 73 davlatidan san'atshunos olimlar, mutahas-sislar, xonanda-sozandalar ishtirok etdi. Oqsaroy maydonida tashkil etilgan ushbu anjuman har bir ishtirokchiga ko'tarinki ruh bag'ishladi. "Shoir Komiljon Devoniy yozuvchi va musiqashunos oilasidan chiqqan desa mubolag'a bo'lmaydi, "- deya e'tirof etadi Bobojon Tarroh Azizov o'zining "Xorazm navozandalari" kitobida.

Taniqli hushovoz maqomdon Sheroziy (Madrahim Yoqubov) O'zbekiston hukumati rahbari Usmon Yusupov bilan uchrashuvda go'zal va sho'x taronalarni mohirona ijro qiladi. Usmon ota hofizdan mumtoz navolardan ham kuylab berishni so'raydi. Sheroziy ustoz "Istamas" radifli g'azalni mumtozona yo'lda kuylaydi. Kuy va g'azalni mamnuniyat bilan tinglagan hukumat rahbari g'azalning muallifi kimligini so'raydi. Hofiz bu g'azalning muallifi Komil Devoniy ekanligini aytadi. - U kishi hozir qaerda?- deb so'raydi Usmon Yusupov. Afsus, u kishi qatag'onga uchraganligini ma'lum qiladi hofiz. Usmon ota nafaqat g'azalning go'zalligi va mazmundorligi, balki shoirning mahorati, ilmiy salohiyati va fozilligidan hayratlanadi. Zamonasining yetuk shoiri, Xorazm olti yarim maqomining bilimdoni, musiqashunos, tengsiz hattot va naqqosh, davlat arbobi Komil Devoniyning hayot va ijod yo'li yosh avlodning komil inson bo'lib voyaga yetishida muhim omil bo'lib xizmat qila oladi. Komil Xorazmiy ixtiro qilgan "Tanbur chizig'i" nota yo'lida Xorazm olti yarim maqomini Komil Devoniy Rasul Mirzo bilan hamkorlikda to'laligicha nihoyasiga yetkazganlar. Bu nodir asar Komil Devoniyning qo'lyozmasi sifatida O'zbekiston konservatoriyasida, Xorazm Davlat Universitetida, Toshkent san'atshunoslik ilmiy tekshirish institutida o'rganilmoqda. Musiqashunos olim, O'zbekiston san'at arbobi Otanazar Matyoqubov ushbu asarni o'rganish natijasida Komil Devoniy qo'lyozmasi xato-kamchiliklarsiz, bironta nuqsonsiz nihoyatda go'zal tarzda yozilganligini hayrat ila e'tirof etadi.

Maqom san'ati targ'ibotida maqom san'ati haqida ma'lumot beruvchi adabiyotlarning yangi avlodiga ehtiyoj seziladi. Shahrisabzda o'tkazilayotgan "Xalqaro maqom san'ati anjumani" doirasida o'tkazilgan "Maqom san'ati va uning jahon sivilizatsiyasida tutgan o'rni" mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiyada O'zbekiston davlat konservatoriyasi professori Ravshan Yunusovning "O'zbek maqomlari" deb nomlangan ilmiy-ommabop risolasining taqdimoti o'tkazildi.

Mazkur ilmiy-ommabop risola 3 ta tilda, ya'ni o'zbek, rus va ingliz tillarida tayyorlangan. U o'zbek xalqi musiqiy xazinasida nufuzli o'rin tutgan maqom san'atiga bag'ishlangan bo'lib, unda maqomlarning kelib chiqishi va rivojlanish tarixi, ijodkorlik va ijrochilik an'analari, maqomshunoslik va ta'lim masalalari,

I îhSi^^Bl http://oac.dsmi-qf.uz

hozirgi zamon targ'iboti va ma'rifiy vazifalar haqida so'z boradi. [3.] Risolada Buxoro shashmaqomi, Xorazm maqomlari, Farg'ona-Toshkent maqom yo'llari, shuningdek, "yovvoyi" maqom, surnay va dutor maqom kuylari haqida qisqacha ma'lumot berilgan holda ularning salohiyati, badiiy-estetik qiymati, hozirgi zamon madaniyatimiz va san'atimiz ravnaqi uchun beqiyos ahamiyati urg'ulanadi. Mazkur risola umrboqiy mumtoz, milliy maqom ijodiyotiga qiziqish bildirgan barcha o'quvchilarga mo'ljallangan. Maqom san'atini targ'ibotida aholining keng qatlami, xususan yoshlar, musiqiy ta'lim olmaydigan oliy ta'lim muassasalari, umumta'lim maktablari, akademik litseylar va kollejlardagi tadbirlar ham muhim ahamiyatga ega. Chunki, yosh avlodda musiqiy savoxonlik darajasi ortsagina maqom san'ati va uning o'ziga xosligini tafakkur qila oladi. Bu maqom san'atining avloddan avlodga o'tishiga muhim omil bo'ladi.

Milliy maqom san'ati targ'iboti nafaqat mamlakatimiz balki xorijiy mamlakatlarda ham katta qiziqish bilan o'rganilib, bu bevosita maqom san'atining xalqaro maydondagi targ'ibotining natijasi deyish mumkin. Jumladan, O'zbekiston delegatsiyasining Amerika Qo'shma Shtatlariga rasmiy tashrifi munosabati bilan "Villard interkontinental" mehmonxonasida uchrashuv bo'lib o'tdi. Uchrashuvda Shavkat Mirziyoev O'zbekiston tarixini chuqur o'rganib, butun dunyoda keng targ'ib etayotgan Frederik Starr va barcha amerikalik olimlarga tashakkur izhor etdi. Shuningdek, tadbirda ko'p yillik samarali ijodi, o'zbek maqom san'atini rivojlantirish, o'zbek xalqining boy madaniy merosini dunyoda targ'ib etishga qo'shgan hissasi uchun maqom ansamblining sobiq xonandasi Izro Malakovga "O'zbekiston Respublikasi xalq artisti" faxriy unvoni berilgani e'lon qilindi. Izro Malakov yuksak e'tibori va qadrdon o'zbek xalqining unvoni uchun Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildirdi.

Izro Malakov - buxorolik taniqli maqom ustasi. U "Shashmaqom", undan keyin "Maqom" ansambli tarkibida butun dunyo bo'ylab ko'plab gastrollarni amalga oshirgan. 1997 yilda bo'lib o'tgan "Sharq taronalari" festivalida "Qurbon o'lam" ashulasi bilan festival laureatiga aylangan edi. Maqomchilar ansamblining faoliyati davomida o'zbek qo'shiq san'atining oltin fondiga kiritilgan 200 dan ortiq qo'shiqlarni ijro etgan. Maqomchining "Qurbon o'lam", "Samarqand ushshog'i" va boshqa bir qator ashulalari haqiqiy san'at durdonasiga aylangan. [4.]

Xulosa o'rnida qayd etish joizki, eng qadimgi davrlarda yashagan turli xalqlar madaniyati va san'atining bir - biridan farq qiluvchi turlari va shakllarini ko'rish qiyin. Chunki ibtidoiy odamlar hayotida moddiy iqtisodiy turmush muammolari ustuvor yo'nalish xususiyatiga ega bo'lib shakllanib kelayotgan madaniyat va san'at ularning o'sha ustivor yo'nalishdagi mehnat faoliyati samaralari bilan bevosita bog'liq bo'lgan. Bu narsa ko'proq ular hayotidagi ruhiy holatlar, kechinmalar asosida paydo bo'lardi. Shuning uchun ham turli xalqlar musiqa raqs san'ati, nutq bilan

I icclT^^^^H 846 http://oac.dsmi-qf.uz

bog'liq faoliyatni bir - biridan ajratish juda qiyin bo'lgan. O'zbek milliy maqom san'atining dunyo etirof etishining asosiy omili ham shundan iboratdir.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Узбекистан Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг "Шарк тароналари" ун биринчи халкаро мусика фестивалининг очилишига багишланган тантанали маросимдаги табрик сузи.// Хал; сузи 2017 йил 30 август

2. Узбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Халкаро маком санъати анжуманидаги иштирокчиларига табрик сузи. // Хал; сузи 2018 йил 7 сентябр

3. Юнусов Р. Узбек ма;омлари.-Тошкент:Узбекистон, 2018

4. https://sputniknews-uz.com/society/20180517/8232589/Shavkat-Mirziyoyev-Izro-Malakovga-Ozbekiston-xalq-artisti-unvonini-topshirdi.html

5. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbek milliy maqom san'atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-3391-sonli qarori. // Xalq so'zi 2017 yil 18 noyabr

6. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PQ-4038 sonli qarori.//Xalq so'zi 2018 yil 29 noyabr

7. Rajabov I. Maqom asoslari.-Toshkent,1992

847

http://oac.dsmi-qf.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.