SHARQ VA G'ARB MUTAFAKKIRLARI INSON RUHIY TABIATI HAQIDAGI QARASHLARINING QIYOSIY TAHLILI
RUZMATOVA Gulnoz Miraxrarovna
"ALFRAGANUS UNIVERSITY" nodavlat oliy ta 'lim tashkiloti professori,
falsafa fanlari doktori
Sharq hamda G 'arbning tarixiy tajribasi, keskin falsafiy baxs munozaralar olib borish an 'analari, falsafiy baxs munozara an 'analari, qadriyatlari favqulodda muhim o 'rin tutadi. Erix Fromm va Forobiyning ilmiy faoliyatlari, boy, madaniy va ma'naviy meroslarini chuqur o'rganish orqali bugungi kunda mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini barpo qilish, ma'naviy hayotni yuksaltirishda, avvalo yosh avlodni barkamol avlod qilib tarbiyalashda, ulardan foydalanish muhim ahamiyatga ega. xalqimizning madaniy merosi, yuksak ma'naviy qadriyatlarini chuqur va atroflicha o'rganib, ularni Respublikamizda yashovchi har bir insonning ongiga singdirish, ayniqsa, yosh avlodni ma'naviy yetuk, fidoyi kishilar etib tarbiyalash hozirgi kunda eng dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Erix Fromm va Forobiyning asarini chuqurroq o 'rganish va tatbiq etish orqali rahbar kadrlarning ma'naviy va kasbiy salohiyatini yuksaltirish, ularni vatan tuyg'usi, mehnatsevarlik, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash. Ayniqsa, yoshlarni xalqimiz turmish tarziga, ma'naviyatiga yod illatlardan asrashda allomalarning ma'naviy merosi beqiyos ahamiyatga ega.
Kalit so'zlar: muallimi-soniy, inson xulqi, antropologiya, ruhiy «quvvatlar», totalitarchilik, insonparvarlik, tiriksevarlik (biofillik) va o'liksevarlik (nekrofillik), bixeviorizm.
The historical experience of the East and the West, the traditions of conducting sharp philosophical debates, the traditions of philosophical debates, and values are extremely important. Using Erich Fromm's and Farobi's scientific activities, rich, cultural and spiritual heritage in depth, it is important to use them to build a civil society in our country, to improve spiritual life, and first of all, to educate the young generation into a well-rounded generation. studying the cultural heritage and high spiritual values of our people deeply and comprehensively, inculcating them in the mind of every person living in our Republic, especially educating the young generation to be spiritually mature and selfless people is one of the most urgent
ORCID: 0000-0001-7046-1732
ANNOTATSIYA
ABSTRACT
4
www.birunijournal .uz
problems today. To increase the spiritual and professional potential of the leading personnel by studying and applying the works of Erich Fromm and Farobiy, to educate them in the spirit of patriotism, diligence and patriotism. In particular, the spiritual heritage of scholars is of incomparable importance in protecting young people from vices alien to the way of life and spirituality of our people.
Key words: teacher, human behavior, anthropology, spiritual "powers", totalitarianism, humanitarianism, love of life (biophilia) and love of death (necrophilia), behaviorism.
Bugun nafaqat ajdodlarimiz merosiga, balki qardosh xalqlar merosiga, fanning zamonaviy muhim muammolariga dadilroq yondashish, jamiyat salohiyatini yuksaltirish kabi muammolarga ham alohida e'tibor qaratildi. Zamondoshlarimiz ijodi bilan bir qatorda, turli xalqlardagi ijtimoiy fikr tarixi, mutafakkir, faylasuflar va ularning ijodini hamda ilmiy faoliyatini teranroq tadqiq etishga keng yo'l ochildi. Hozirda, yangi davr sharq faylasuflari bilan g'arb faylasuflarining, xususan Abu Nasr Forobiy va Erix Fromning ijtimoiy-falsafiy, antrpologik fikrlarini o'rganish orqali tahlil qilish ham muhim va dolzarb vazifalardan biri, deb o'ylayman. O'zbekiston o'zining erkin demokratik jamiyat qurish, barqaror demokratik taraqqiyot yo'lini, uning yuksak ma'naviy, falsafiy, siyosiy qadriyatlarini asoslashda "O'zbek milliy falsafasi" an'ana, qadriyatlari bilan birga jahon falsafiy tafakkur tajribalari, umuminsoniy qadriyatlarga tayanish lozim. Tadqiqotning nazariy ahamiyati unda bayon etilgan mulohazalar, ijtimoiy fikrlar va qarashlar, nazariy xulosalardan falsafiy tafakkurni kengaytirishga, mustaqil fikrni o'stirishda, ontologik va gnoseologik qarashlarni boyitishga o'ziga xos hissa qo'shishida, zamonaviy G'arb va Sharq falsafasiga bo'lgan ijobiy munosabatni shakllantirishda, hamda ushbu yo'nalishdagi tadqiqotlar uchun muayyan nazariy manba bo'lib xizmat qilishda o'z ifodasini topadi.
ADABIYOTLAR TAHLILI
Forobiy ilmiy merosini ayniqsa, uning ijtimoiy-falsafiy va axloqiy qarashlarini o'rganishda, tahlil qilishda katta ilmiy izlanishlar, amalga oshirilgan. Jumladan, M.M.Xayrullayev, X.A.Aliqulov, T.I.Raynov, I.Mo'minov, M.S.Bo'riboev, S.N.Grigoryan Forobiy ta'limotini o'rganishga salmoqli hissa qo'shganlar. Bundan tashqari G'arb faylasufi Erix Frommning falsafiy-psixologik ilmiy meroslarini A.I.Titarenko, M.G.Stepanyan, A.Konstantinov, A.I.Fet, G.F.Shveynika, P.S.Gurevcha, Semen Frank "Inson qalbi" asariasarini falsafa savollariga javob tariqasida o'rganganlar.
KIRISH
5
www.birunijournal .uz
TADQIQOT METODOLOGIYASI
Tadqiqot olib borish mobaynida dialektik, tizimlashtirish, taqqoslash va sinergetik metodlardan hamda to'ldiuvchanlik, verifikatsiya, tarixiylik va vorisiylik tamoyillaridan foydalanildi.
NATIJA VA TAHLILLAR
Go'zal xulq fazilatlarni egallash, ta'lim-tarbiya masalalari moziydagi buyuk siymolar va donishmandlarning diqqat markazida bo'lib kelgan. Insondagi ezgulikka, yaratuvchanlikka undovchi xushsifat kuchlari qanchalik muhim bo'lsa, undagi yovuzlikka, buzg'unchilikka yetaklovchi badsifat kuchlarni tadqiq qilish ham shunchalik muhimdir. Agar inson xushsifat kuchlaridan ayricha qolsa, u biologik ehtiyojlari bilangina yashovchi va ushbu ehtiyojlarini qondirish uchun har qanday zo'ravonlikka, vahshiylikka tayyor mahluqotga, agar badsifat kuchlaridan xoli o'rganilsa, insoniy his-tuyg'usiz, ehtirossiz va maslaksiz mavjudodga aylantiriladi.
Sharq uyg'onish davrining buyuk olimi, o'z davri ilg'or falsafiy fikrining asosiy printsiplarini o'z ijodida aks ettirgan mutafakkir Abu Nasr Forobiydir. U o'rta asrning mashhur olimi - o'sha davrdagi ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotning harakteridan kelib chiqqan holda, o'z dunyoqarashida zamonasining g'oyaviy turmushidagi ilg'or, taraqqiyot va reaksion kuchlarning kurashini, Sharq va qadimgi yunon madaniyatining birikishi natijasida vujudga kelgan turli ta'limotlarning to'qnashuvini o'zida ifodalagan. Shu qatorda, XX asrning mashhur mutafakkiri, neofreydizm asoschilaridan biri, Erix Frommning asarlari butun dunyoda o'ta keng shuhrat qozongan - uning hayotligidayoq inson tabiatining axloqiy va ijtimoiy -psixologik muammolarga bag'ishlangan asosiy asarlari millionlab tirajlarda bir necha o'n marta qayta nashr qilingan.
Bu ikkita buyuk allomalar biri Sharq va ikkinchisi G'arb faylasuflari bo'lishi va yashab ijod etgan davrlari turli xil bo'lsa ham inson xulqi va ruhiyatiga oid meroslari bir-birlarini to'ldirib turadi. Har ikkala alloma, Abu Nasr Forobiy va Erix Fromm antrpologik, ijtimoiy-falsafiy dunyoqarashlarida inson xulqi, joni-ruhi, jamiyatda tutgan o'rni, ruhiy ma'naviyati haqida o'z davrlarida o'z ta'limotlarini yaratishgan. Abu Nasr Forobiy va Erix Frommning inson xulqi va joni haqidagi qarashlarini solishtirar ekanmiz hamohang qirralarini ko'rishimiz mumkin.
Bu masalada O'rta Osiyoning ulug' faylasufi Abu Nasr Forobiy G'arb faylasufidan farqli o'laroq - insoniy xislatlar, ta'lim-tarbiya haqida maxsus asar yozmagan. Uning insoniy fazilatlari haqidagi fikrlari olimning turli risolalarida bayon qilingan. Bu borada allomaning "Baxt-saodatga erishuv haqida", "Fozil shahar aholisining fikrlari", "Baxt saodatga erishuv yo'llari haqida risolasi", "Buyuk
6
www.birunijournal .uz
kishilarning naqllari", "Musiqa haqida katta kitob", "Fuqarolik siyosati" va boshqa risolalarida jamiyat va uni boshqarish, insoniy fazilatlar, axloq-odob, aqliy va xulqiy tarbiya haqida masalalarga bag'ishlangan [O'zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2005: 291]. "Baxt-saodatga erishuv haqida" risolasida insoniy fazilatlarni egallash yo'llari, ta'lim-tarbiya usullari, yosh avlodni maktabda o'qitishning yo'l-yo'riqlari to'g'risida fikr yuritiladi. Forobiyning fikricha, yaxshilik va yomonlik, ayniqsa, adolat va adolatsizlik yaqin turuvchi tushunchalardir. Yaxshilik va yomonlik iroda erkinligiga asoslanadi va faqat insonga xosdir. Yaxshilik insonning 5 ta ruhiy quvvatiga tegishlidir. Bular: aqliy-nazariy, aqliy-amaliy, intiluvchi, tasavvur va his qilish quvvatlaridir [Aliqulov, 2013: 55]. Inson baxt-saodatga faqat nazariy quvvat orqali idrok qilib yetishadi. Ulug' faylasufning ta'kidlashicha, ya'ni yaxshilik baxt-saodatga erishish vositasi bo'lib xizmat qiladi. Yaxshiliksiz va adolatsiz - ijtimoiy ideal va baxt-saodatga erishib bo'lmaydi [Al-Farabi, 1975: 114]. Bu yerda ko'rininb turibdiki, har ikkala allomaning hammohang jihatlari sifatida insonnig axloqiy qarashlarida -insoniy holatiga xos hislatlariga, yaxshilik va yomonlikning faqatgina insonga xos ekanligini aytib o'tishadi. Frommning "Yovuzlik faqat insonga xos hodisa. U insoniylik holatidan ortga qaytish, insonga xos, aql, muhabbat, erk xususiyatlarini yo'q qilishga bo'lgan intilish" fikrlari, shu jumladan Forobiyning esa "yaxsh ilik va yomonlik, ayniqsa, adolat va adolatsizlik yaqin turuvchi tushunchalardir. Yaxshilik va yomonlik iroda erkinligiga asoslandi va faqat insonga xosdir" - degan fikrlari bir biriga o'xshashdir. Forobiy inson tabiatini tahlil qilar ekan, har tomonlama: biologik, ruhiy - fiziologik, intellektual va ijtimoiy-siyosiy jihatlardan o'rganishga yondashadi. Forobiyning odam haqidagi ta'limotining muhim ahamiyati uning odam tabiatining asosiy hususiyatlarini har tomonlama tahlil qilishga intilishda yaqqol ko'zga tashlanadi. Uning fikricha, odam-avvalo hayvondir, sezish esa odamga ham, hayvonga ham xosdir. Shu bilan birga, odam - aqlga ega. Ana shu aql bilan ruh odamning tabiiy ibtidosi hisoblanadi. Lekin "bu ibtidolar - odamning tabiiy ibtidosi ta'siri ostida kamol topib, insonga aylanishiga kifoya qilmaydi, chunki inson inson bo'lib, kamolotga erishuvi uchun so'zlash va kasb-hunarga muhtojdir" [Xayrullayev, 1963: 260] - deb ta'kidlaydi Forobiy.
Forobiy boshqaruvni sharti sifatida falsafaga murojat qilishining asl mohiyati shundaki, falsafa aql va dalillar bilan ish ko'radi. Aql va dalil bilan ish ko'rish esa, ayrim millat va ummatgagina xos bo'lgan narsa bo'lmay, jahonshumul ahamiyatga egadir. Agar diniy e'tiqodlar bilangina ish ko'riladigan bo'lsa, unda ma'lum va mashhur narsalarga xitob qilish va ularga qoniqish bilangina ish tutishga to'g'ri keladiki, unda muayyan asr, shaxs va makon aks etadi, xolos. Ammo aqliy dalillarga tayanilsa, yuqoridagi chegaralanishlarga xojat qolmaydi. Aql o'z-o'zicha shunday
7
www.birunijournal .uz
qoidalarga egadirki, hamma joyda va har qanday zamonda qo'llansa bo'laveradi [Abu Nasr Forobiy, 2002: 54].
Forobiy inson, uning bilishi, ilm-fan va aql haqida ham o'zining falsafiy qarashlarini ilgari suradi. Garchi u insonni «aqli hayvon» desa ham aqlli inson haqida shunday yozadi: «Aqlli deb shunday kishilarga aytiladiki, ular fazilatli, o'tkir mulohazali, foydali ishlarga berilgan, zarur narsa va hodisalarni kashf va ixtiro etishga zo'r iste'dodga ega, (ular) yomon ishlardan o'zini chetga olib yuradilar. Bunday kishilarni oqil, deydilar. Yomon ishlarni o'ylab topish uchun zehn-idrokka ega bo'lganlarni aqlli, deb bo'lmaydi, ularni ayyor, (muttaham), aldoqchi, degan nomlar bilan atamoq lozim» Forobiy, borliqni insoning bila olishini qayd qilib, insonning bilishini, uning ruhiy qobiliyatlarini inson miyasi boshqaradi, barcha ruhiy «quvvatlar», jumlardan, bilish qobiliyati ham unga bog'liq, deydi. U o'zining «Ilm va san'atning fazilatlari» risolasida insonning tabiatni bilishi cheksizligini, bilim bilmaslikdan bilishga, sababiyatni bilishdan oqibatni bilishga, aktsidenttsiya (al-oraz)lardan, ya'ni sifatlardan substantsiyani-mohiyat (javhar)ni bilishga qarab borishini, ilmning borgan sari ortib, chuqurlashib borishni aytadi. Forobiy inson bilishi jarayonini ikki bosqichga bo'lib, bu bosqichlarning o'zaro bog'liqligini, aqliy bilim hissiy bilishsiz yuzaga kelmasligini alohida ta'kidlaydi.
Erix Frommning asosiy diqqatini inson qalbining axloqiy talablariga munosabatini ochishga, totalitarchilik, insonparvarlik, tiriksevarlik (biofillik) va o'liksevarlik (nekrofillik) haqidagi mulohazalarga qaratadi. U inson qalbini, ruhiyatini, xulqini o'rganar ekan, u "Sevish san'ati", "Inson qalbi", "Uning ezgulik va yovuzlik qobiliyati" kabi asarlarida axloqiy muammolarga keng e'ti bor berib, yorqin ifodalab bergan [Niyazimbetov, 2017: 61]. Erix Fromm o'z falsafiy konstepstiyasini asoslash uchun ko'plab ustoz faylasuflar kabi «Shoh Edip» asariga murojaat etdi. Fromm «Shoh Edip» qismatida insoniyat taqdirini, tug'ilishi, yuksalishi va inqirozi ramzini ko'rdi hamda asardagi taqdiri azal hukmi Shoh Edipning otasini o'ldirib, bilmasdan onasiga uylanishi voqeasida emas, balki Shoh Edipning o'zida yashirindir, dedi. Ya'ni Shoh Edip yashash uchun kurashayotgan inson obrazidir. "Bu mif, - deb yozadi Fromm, - onasiga uylanishning timsoli emas, balki o'g'ilning patriarxat otaga va uning tartiblariga munosabati timsolidir. Edipning onasiga uylanishi taqdiri azalni emas, balki bolalikda onasiga muhabbati kuchli bo'lgan bolaning tabiat hukmiga ko'ra, er bo'lib yetishgach xuddi otasi kabi patrarxal tartib tarafdoriga aylanganidadir. Ya'ni bu asar inson evolyustiyasini o'zida timsollashtiradi" Fromm Shoh Edipning otasini o'ldirishi va onasiga uylanishini shunday tahlil qiladi. Edip va otasi o'rtasidagi qarama-qarshilik oqibatida o'g'il otani o'ldirish voqeasini to'g'ridan-to'g'ri tushunmay, timsollar nazariyasiga ko'ra baholash kerak. Bu degani
8
www.birunijournal .uz
Edip onasiga - matrarxatga bo'lgan muhabbati tufayli otasini inkor qildi. Inkor esa o'limdir. Onasiga uylanishini ham to'g'ridan-to'g'ri tushunmaslik lozim. Onaga uylanish yaratuvchi kuchga, yaratishga o'zni bag'ishlashdir. Sofokl otasiga isyon qilgan Edip timsolida ona ma'budlar o'rnini egallagan ota ma'budlarga va ularning mustabid tuzumi, tartiblariga, umuman, patriarxal tuzum qiyofasida kirib kelayotgan insonni qul qilish an'anasiga qarshi kurashgan ozod inson obrazini yaratdi. Ozod inson Edip otasini yenggach, onalik bilan birlashgach, ma'lum davr o'tib uning o'zi despotga aylandi, oqibatda xilvat va noma'lum ibodatxonada o'lim topdi, ya'ni uning hayoti ham barcha mustabidlar kabi yo'qlikka aylandi. Bunday talqinlar XX asr faylasuflari orasida ko'plab topiladi. Frommning fikriga ko'ra, yovuzlik faqat insonga xos hodisa [Abdulla Sher, 2010: 167]. U insoniylik holatidan ortga qaytish, insonga xos, aql, muhabbat, erk xususiyatlarini yo'q qilishga bo'lgan intilish. Ayni paytda, insoniylikni yo'qotish fojiaviy holatdir. Chunki inson, hayvoniy darajaga qaytsa-da, u biror bir soniya odam ekanini unutmaydi, demak, uni yovuzlik masalani hal qilishning yo'li sifatida hech qachon qoniqtirmaydi. Insonning yovuzlik holati -o'zini ezib turgan insoniy turmushi og'irligidan ozod bo'lishga fojiaviy urinishi tufayli ro'y beradi, u o'zini yo'qotishdan iborat. Ezgulik bizining mavjudligimizni tobora mohiyatimizga yaqinlashtirib boradi, yovuzlik esa turmushimiz bilan mohiyatimizning o'sib boruvchi begonalashuvi demakdir. Inson ortga va oldinga intilishga, boshqacha aytganda, ezgulik va yovuzlikka moyil. Toki ikkala mayl teng ekan, agar u o'z ahvolini anglab etishga qobil bo'lsa, tanlash borasida erkin. Biroq, agar insonning yuragi tosh qotib, mayllari ortiq tenglashmaydigan darajaga kelsa, u bundan buyon tanlovda erkin bo'lolmaydi. Inson to tanlash erki qolmaydigan nuqtagacha o'z xatti-harakatiga javobgardir. Inson yuragi qanchalik tosh bo'lmasin, u insoniy yurak bo'lib qolaveradi. Biz inson bo'lib tug'ilganmiz va shu bois oldimizda doimo qaror qabul qilish masalasi ko'ndalang turadi. O'z maqsadlarimiz bilan birga, biz vositalarimizni ham tanlashimiz kerak. Agar kimki hayotga befarq - loqayd qarasa, unday odamning ezgulikni tanlashiga umid yo'q [Abdulla Sher, 2010: 168].
Forobiy Fozil shahar, undagi madaniy ravnaq munosabati bilan axloq, xulq-odob masalalariga juda katta e'tibor beradi. Bu borada alloma, xulq-odob masalalarini intellektual sifatlari - "aqlliligi", "donoligi" bilan uzviy bog'liq holda olib tekshiradi. Shuning uchun u tahlil etgan axloqiy tushunchalar, kategoriyalar kishilarning o'zaro munosabatlarida mavjud bo'lgan xulq normalarining ifodasi bo'libgina qolmay, balki kishilarning o'z tarixlari davomida olib borgan aqliy faoliyatlarining ham natijalari sifatida talqin etiladi. Aqliy faoliyat esa, insonning tabiatidan, o'z mohiyatidan kelib chiqqanligi uchun, Forobiy xulq normalarini ham
9
www.birunijournal .uz
insonning kundalik hayot faoliyatidan keltirib chiqaradi. Salibiy axloqiy hislatlarni: johillik, ayyorlik, yolg'onchilik, adolatsizlik, zolimlik, xasislik, ochko'zlik, boylikka intilish, turli hirslarga berilishni qoralaydi. Bundan tashqari u, xalqni aldab, diniy yo'lda qurbonlik qilish, din talablariga bo'ysunish zarurligini da'vo qilib, ulardan o'z maqsadida foydalanishga urunuvchi ruhoniylarni keskin tanqid qiladi va qoralaydi. Ammo Forobiy adolatsizlik, zo'ravonlikni qoralasa-da, ularni keltirib chiqaradigan sabablarni tushunib yetmaydi, u oliy axloqiy ideallar uchun kurash olib boradi, lekin buning uchun ijtimoiy hayotni o'zgartirish, iqtisodiy asos yaratish zarurligini tushunmadi [Xayrullayev, 1971: 263].
Erix Fromm bixeviorizm, muhit nazariyasi, instiktivizm va psixoanaliz oqimlarini tahlil qiladi. Bixeviorizmga ko'ra, xulq - atvor his, idrok, ta'surot, mayl, ehtiros, hatto fikrlash kabi sub'ektiv omillardan tashqaridagi hol sifatida o'rganilishi kerak. Demak, insondagi zo'ravonlik va tajovuzning kelib chiqishi sub'ektiv omillar bilan bog'liq emas, shuning uchun ular sof xatti-harakat sifatida qaralishi lozim. Neobixeviorizm namoyondasi B.F.Skinner esa "stimul-reakstiya" nazariyasini ilgari suradi. Unga ko'ra, agar kishi ijobiy stimul bilan ta'minlanib tursa, unda kerakli xulq-atvorni shakllantirish mumkin. E.Fromm savol qo'yadi: Nima uchun ijobiy stimullar ba'zan kishini badxulqlikdan xolos qilmaydi, hatto uni aql, idrok, mehr-muhabbat, vijdonga zid xatti-harakatlar sodir qilishga olib keladi? Nega hayot talablariga muvofiq yashaydigan kishilar ba'zan o'zini baxtsiz sezadi va turli o'ng'aysizliklardan azob tortadi? Demak, kishi xulq-atvorining shakllanishiga ta'sir etuvchi ijobiy stimuldan tashqari yana nimalardir bor.
Forobiy va Erix Frommning inson xulqi va axloqi haqidagi qarashlari bir biriga o'xshash jihatlarini ko'rishimiz mumkin. Shu jumladan, ikkita allomaning nafaqat insonning ijobiy xulqlari balki salbiy xulqlarini yoritib berishga harakat qilishgan. Masalan bu yerda, Fromm insonning ijobiy xulq-atvori bilan birga zo'ravonlik, johillik kabi salbiy tamonlarini, ya'ni salbiy axloqiy hislatlarini ham tahlil qilganligini ko'rsak, Forobiyning qarashlarida ham bu jihatni ko'rishimiz mumkin. Erix Fromm neyrofiziologiya, etnologiya, paleontologiya, antropologiya xulosalariga va boshqa tarixiy-madaniy manbalarga tayanib, agressivlik inson tabiatiga xos hodisadir degan fikrning noto'g'riligini asoslaydi. U, ibtidoiy odamlar zamonaviy odamlardan kam badsifat kuchlarga ega; madaniyati past ibtidoiy jamiyat stivilizastiyasi rivojlangan hozirgi jamiyatdan kam agressivdir, degan hayratli xulosaga keladi. Odamdagi tajovuz, yovuzlik neyropsixologik omillar natijasi ham emas. Ruhiy zaif yoki kasal odam hayotni ongli tarzda yo'q qilishga intilmaydi, begunoh kishilarni o'ldirib, undan huzur olishni bilmaydi. "Odam urug'doshlarini o'ldirishdan va ularga azob berishdan huzur oluvchi jonzodlarning yagona vakilidir.
10
www.birunijournal .uz
Agerssivlik odamda tug'ma ham, uning tabiatida ham emas" [Fromm, 2009: 263]. Uning, stivilizastiyaning, ya'ni "mehnat taqsimotining paydo bo'lishi, ishlab chiqarishning o'sishi va ortiqcha mahsulotlarning to'planishi, ierarxik tizimga ega davlatlar va elitar qatlamlarning yuzaga kelishi natijasidir". Faylasuf, inson ziddiyatlarga to'la sharoitlar ta'sirida yashab keladi. Shu bois u, ya'ni inson yaxshilik va yomonlik, muhabbat va nafrat kabi qarama-qarshi kategoriyalar yoki har doim ham unda yetarli darajada bo'lavermaydigan instinkt va har doim keragidan ortiq darajada bo'ladigan o'z "men"ni yuqori qo'yish kabi ziddiyatli hollar bilan idrok etilishi mumkin. Bepoyon olam oldida o'zini yolg'iz va tarixiy zaruriyat oldida o'zini ojiz sezishi, bejilov munosabatlarga ta'sir o'tkazaolmasligiga iqror bo'lishi kishida ekzistenstional ehtiyojlarni keltirib chiqaradi. Ushbu ehtiyojlarni qondirish kishi uchun tabiiy ehtiyojlarini qondirish kabi zarurdir. Agar ularni qondirish imkoni bo'lmasa, kishi kuch ishlatishni lozim topadi, deb yozadi.
Erix Fromm agressiyani xushsifat va badsifat ko'rinishlarga klassifikastiya qiladi. Xushsifat agressiya negizida, faylasuf ta'kidiga ko'ra, yo o'zini himoya qilish yoki o'zini namoyon qilish maqsadlari yotadi. Himoyaviy agressiya ovchi, qassob, jarroh va milistionerlarning xatti-harakatlarida, kishining tashqi hujumlardan o'zini, mulkini yoki yaqinlarini himoya qilishida namoyon bo'ladi. Himoyaviy agressiya hayvonlarda ham kuchli rivojlangan, biroq odamgina agressiyani oldindan ko'ra bilishi, uni o'zi tomon yo'naltirishi yoki soxta tajovuzlarni o'ylab topishi mumkin. Masalan, kishilar o'z huquqlarini ko'proq anglab yetgan, jamiyat va davlat ishlariga ko'proq aralashgan sayin ularni boshqarish murakkablashadi. Avtokratik davlatlar bu vazifani hal etish uchun yo zo'ravonlik ishlatadi yoki soxta bosqinchilikni, "xalq dushmanlari"ni o'ylab topadi. Ushbu badniyat ishlarga, da'vatlarga laqqa ishonuvchi ommi kishilar, avom, ular hamma jamiyatda va har doim istagancha topilgan, avval "vatanni himoya qilish", keyin esa "dushman ustiga yurish"ning tarafdori bo'lib chiqadi. Badniyat shaxslarning avom kishilar qalbidagi ushbu tuyg'udan o'z maqsadlari yo'lida foydalanib kelayotgani sir emas, aslo. Shuning uchun ochiq tanqidiy fikr, o'z erki va huquqini yaxshi bilish, ularni himoya qilish uchun birlashishgina "o'zini himoya qilish"ning tajovuzga, agressiyaga aylanishidan saqlaydi.
Forobiy asarlarida esa ko'proq inson, inson tarbiyasi, jamiyat va davlat muammolarini aks etirililgan. Erkin fikr yuritish, ya'ni xurfikrlilik g'oyalaridan ilhomlangan o'rta asr faylasufi: Abu Nasr Forobiy inson borlig'i, xususan, uning tanasi bilan joni jismi bilan uning insoniyligi, insoniyligi bilan u yashayotgan jamiyat o'rtasidagi o'zaro aloqadorlik, insonning insoniyligini namoyon qiluvchi fazilatlar, xislatlar va ularning shakllanish jarayoni muammolarini nazariy jihatdan ochib
11
www.birunijournal .uz
berishga harakat qildi. Jon va tananing o'zaro aloqadorligi muammolari haqida fikr yuritgan Abu Nasr Forobiy qadimgi yunon faylasufi Platonning insonning ko'chib yurishi haqidagi ta'limotiga qarshi chiqdi. O'zining "Masalalarning mohiyati" ("O'yinul masail") risolasida jon tanadan oldin mavjud bo'lmasligi, bir tanadan boshqa tanaga ko'chib o'ta olmasligi haqidagi g'oyani olg'a surdi. Abu Nasr Forobiyning fikriga asosan, odamlarning tanasi paydo bo'lishi bilan uning "oziqlantiruvchi quvvat" vujudga keladi. O'sha quvvat yordamida inson tanasi hamisha oziqlanadi va shu jarayonda insonda sezgi organlari paydo bo'ladi. Inson sezgi organlari tufayli his-tasavvur, xotira birlashib, xayol hosil bo'ladi. "Xayol quvvati" yordamida inson bilim, hunar egalaydi, faoliyat ko'rsatadi, foyda-zararning farqiga boradi [Al-Farabi, 1973: 34].
Forobiy ta'kidlaganidek, inson o'zining aql-zakovati bilan olamdagi boshqa tirik mavjudotlardan tubdan farq qiladi. Undagi aql-zakovat ("Aqliy quvvat") borliqning turli-tuman ko'rinishlarining aksidir. Inson o'zidagi o'sha aql-zakovat yordamida avval yerda sodir bo'layotgan o'zgarishlarning sabablarini, so'ng esa osmon jismlarining sir-u asrorini biladi. Insonning olam to'g'risidagi to'plagan bilimlari, ya'ni hayotligida yaratgan ma'naviy boyliklari hech qachon yo'q bo'lib ketmaydi, balki "Dunyoviy aql"ni tashkil etadi. Inson aqli olam sirlarini bilishda eng yuksak cho'qqiga ko'tarilganda, "dunyoviy aql", "dunyoviy ruh" bilan qo'shiladi. O'z navbatida, har bir kishining joni va aqli, ya'ni "individual aql" va "individual jon"ning paydo bo'lishida, "dunyoviy ruh", "dunyoviy aql" hal qiluvchi rol o'ynaydi [Xayrullayev, 1963: 13]. Forobiyning tushuntirishicha, "dunyoviy ruh", "dunyoviy aql", "individual jon", "individual aql" paydo bo'lishi va rivojlanishining sababchisidir. "Individual jon", "individual aql" inson tanasining o'limi, yo'q bo'lishi bilan yo'qolib ketmaydi, balki "dunyoviy ruh", "dunyoviy aql" ga qo'shiladi. Insonning joni va aqli abadiylikka ketadi, biroq hech qachon qaytib kelmaydi, qayta namoyon ham bo'lmaydi. Ular tanani tark etgandan so'ng yana bir butun bo'lib, birlashadi, har bir jon va har bir aql inson tanasida yashagan vatqda orttirgan barcha ma'naviy narsalar to'planib, hamisha barhayot, "dunyoviy ruh", "dunyoviy aql"ni tashkil etadi.
Forobiy inson bilish jarayonining bosqichlarini insondagi «tashqi quvvat» va «ichki quvvat»lar [Xayrullayev, 1971: 163] bilan izohlaydi. «Tashqi quvvatlar» bevosita tashqi ta'sirlar orqali sezgi a'zolarida vujudga keladigan sezgilardir. Forobiy ta'rificha, odam o'z bilimlarini tashqaridan, atrofdagi hodisalardan bilish jarayonida oladi. U bilishda hissiy va mantiqiy bilish bosqichlarini farqlaydi. Odamni tashqi dunyo bilan bog'laydigan sezgining roliga to'xtalib, Forobiy ularni sezgi a'zolariga muvofiq ravishda besh turga bo'ladi. Ular: teri-badan sezgisi, ta'm bilish sezgisi, hid
12
www.birunijournal .uz
bilish sezgisi, eshitish sezgisi, ko'rish sezgisi. Bularnng hammasini Forobiy hissiy bilish («quvvat hissiya»), deb qaraydi. Sezgini dastlabki bilimning manbai deb hisoblagan Forobiy buyumning aks etishi yoki in'ikosi o'sha buyumning o'ziga muvofiq kelsa, sezgi haqiqiy bo'ladi, deydi. Forobiyning bilishda sezgining roli va ummuman hissiy aks ettirish to'g'risidagi qarashlari Arestotelning "Sezmagan odam hech narsani bilmaydi ham, tushunmaydi ham" degan qarashlariga juda o'xshab ketadi. «Ichki quvvatga»ga esa, u esda olib qolish (xotira), xayol (tasavvur), his-tuyg'u, nutq (fikrlash) «quwatlari»ni kiritadi. «Ichki quvvat» deganda u insonning aqliy bilish bosqichini tushunadi. Uningcha, ilmni egallash shu «quvvatlar» orqali amalga oshadi. Forobiy «Aql ma'nolari haqida» risolasida aql muammosini chuqur tahlil qilib, bu haqida aql, bir tomondan, ruhiy jarayon, ikkinchi tomondan, tashqi ta'sir, ya'ni ta'lim-tarbiyaning natijasi, deydi. Uning fikrgacha, aql faqat insongagina xos bo'lgan ruhiy kuch bilan bog'liq qobiliyat, insonni hayvondan ajratuvchi asosiy omildir. Forobiy talqinida "sezgining o'ziga muvofiq tartibi bo'lganidek, aqlning ham o'ziga muvofiq tartibi bor" [Xayrullayev, 1963: 13]. Birinchi usul tartibli fanlar uchun, ikkinchi usul esa, matematikaga xosdir, bu ikkala usuldan ham jismlarning u yoki bu tomonlarini chuqurroq bilish maqsadida faqat fanlar foydalanadi. Forobiy Arestotelga o'xshab yakka buyumlar-birlamchi, mavjud tushuncha va g'oyalar esa ikkilamchi va aniq buyumlarni aqlda mavxumlashtirish natijasida vujudga kelgan deb hisoblaydi.
Xulosa qilib aytganda, Forobiy dunyoqarashida uning jamiyat va axloq to'g'risidagi yaratgan yaxlit ta'limoti, insonparvarlik ruhi bilan sug'orilgan siyosiy falsafasi ilk o'rta asrlar va keyingi davrlarda ijtimoiy-falsafiy, siyosiy va axloqiy fikr rivojida muhim ahamiyatga ega bo'ldi. Allomaning xizmati shundaki, u musulmon Sharqida birinchi bo'lib insonparvarlik va umumbashariy qadiriyatlar asoslangan tuzum, insonlarni kamolotga va baxt-saodatga yetaklaydigan axloqiy fikrlarga asoslangan jamoa haqida o'z ta'limotini yaratdi. Forobiyning bu ta'limoti hayoliy bo'lishiga qaramasdan, uning g'oyalari keyingi davrlarda Sharq mamlakatlariga keng yoyildi. O'rta asr mutafakkirlari Ibn Xallikon, Ibn al-Kiftiy, Ibn Abi Usabi'a, Bayhaqiy, Ibn Sino, Ibn Boja, Umar Xayyom, Beruniy, Ibn Rushd, Ibn Xaldun va boshqalar Forobiyning ta'limotini chuqur o'rganib, uni yangi g'oyalar bilan boyitganlar. Buyuk mutafakkir va shoirlardan Alisher Navoiy va Abdurahmon Jomiy, XV asrning zabardast faylasufi Jaloliddin Davoniylar Forobiyning ijtimoiy-falsafiy merosini katta qiziqish bilan o'rgandilar .
XULOSA
13
www.birunijournal .uz
Mutafakkirning falsafiy g'oyalari faqat Sharq mamlakatlarida emas, balki Ovrupoda ham keng tarqaldi va ijtimoiy-falsafiy fikr taraqqiyotiga sezilarli ta'sir ko'rsatdi. Mutafakkirning gumanistik va axloqiy g'oyalari hozir ham insoniyatning baxt-saodatga erishuviga, jahonda tinchlik o'rnatish ishiga, kelajak avlodning yetuk va barkamol inson bo'lib yetishuviga, ilm va ma'rifat yuksalishiga xizmat qilmoqda.
Frommning ham ruhiy tahlil bilan din o'rtasidagi o'zaro munosabatning asosiy xususiyatlarini aniqlaydi: hech qachon ular bir-birini istisno qilmaydi. Bundan tashqari ruhiy tahlil amaliyoti diniy hissiyotning mavjudligini doimo tan olishi zarur va ruhiy terapiyada dinning ijobiy mazmunidan foydalanishi lozim. Fromm Sharq va G'arb dinlariga insonparvarlik g'oyalari xosligini, ular inson qalbi haqida qayg'urishini va unda muhabbat tuyg'usi borligini isbotlashga harakat qildi. Shundan kelib chiqqan holda, xulosa qilish mumkinki, ruhiy tahlil doimo dinga muhtoj bo'ladi, shu o'rinda diniy e'tiqod ham ruhiy tahlilning uslublaridan foydalanishi zarur: "Ruhiy tahlil, - deb yozadi Fromm, - bu maqsadga to'siqlik qilmaydi, aksincha, uni amalga oshirish uchun katta yordam beradi".
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)
1. O'zbekiston milliy ensiklopediyasi. - Toshkent: Davlat ilmiy nashriyoti, 2005. -
2. Aliqulov H. Abu Nasr Forobiyning ijtimoiy-ma'naviy merosi. - Toshkent: Noshir, 2013. - 95 b.
3. Al-Farabi. Grajdanskaya politika Sotsialno-eticheskiye traktati. - Alma-Ata: Nauka,1975. - 114 c.
4. Xayrullayev M.M. Forobiy va uning falsafiy risolalari. - Toshkent: O'zbekiston fanlar akademiyasi, 1963, - 360 b.
5. Abu Nasr Forobiy. Fazilat, baxt-saodat va kamolot haqida. - Toshkent: Yozuvchi, 2002, - 154 b.
6. Niyazimbetov M. Axloqshunoslik, nafosatshunoslik, mantiq. Ma'ruzalar matni. - Nukus: Qoraqalpoq davlat universiteti nashriyoti, 2017. - 161 b.
7. Abdulla Sher. Axloqshunoslik. - Toshkent: O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2010. - 327 b.
8. Xayrullayev M.M. Uyg'onish davri va Sharq mutafakkiri. - Toshkent: O'zbekiston nashriyoti, 1971. - 325 b.
9. Fromm E. Revolyusiya nadejdi // Fromm E. Chelovek dlya samogo sebY. Revolyusiya nadejdi. Dusha cheloveka.: [sb.: per.s angl.,nem.] /Erix Fromm. -M.: AST: AST MOSKVA, 2009. - 865 c.
691 b.
14
www.birunijournal .uz
10. Al-Farabi. Grajdanskaya politika Sotsialno-eticheskiye traktati. - Alma-Ata: Nauka,1975. - 114 c.
11. Xayrullayev M.M. Forobiy va uning falsafiy risolalari. - Toshkent: O'zbekiston fanlar akademiyasi, 1963, - 360 b.
12. Xayrullayev M.M. Uyg'onish davri va Sharq mutafakkiri. - Toshkent: O'zbekiston nashriyoti, 1971. - 325 b.
13. Fromm, E. (2004). Sevish san'ati // Jahon adabiyoti. - 4-son. - B. 56-65.
14. Fromm, E. (1990). Psychoanalysis i Dzen Buddizm. -M.: Politizdat, 566.
15. Nekrasova, N.A., Tarnovskiy, K.Y. (2009). Evolyusiya predstavleniya o lyubvi v istorii filosofii // Nauchniye vedomosti. № 16 (71) - S. 38-51.
16. Ruzmatova, G. (2019). Eastern melodies in the text of Plato // International Journal of Recent Technology and Engineering. Vol. 8, Issue-2S6, July, - P. 444448. IJRTE. ISSN: 2277-3878.
17. Ruzmatova, G. (2020). Comparativist analysis of Representations about Will in View of Friedrich Nitzsche and Jalaliddin Rumi // International Journal of Psychosocial Rehabilitation, Vol. 24, Issue 04, 2020. ISSN: 1475-7192. -P. 32153227.
18. Rakhimdjanova, D.S. (2019). Features of the freedom issues in the Plot's philosophy. International Journal of Advanced Science and Technology. Vol. 28, No. 16. (2019), pp. 1560-1564. ISSN: 2005-4238 IJAST.
19. Ruzmatova, G. (2014). Ruhiyat tahlili falsafasi. -Toshkent: Nishon-noshir, -240 b.
20. Ruzmatova, G.M. (2023). Konfutsiychilik axloqiy negizlarida olamiy tartibot // Yashil iqtisodiyot va taraqqiyot. Ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, ilmiy, ommabop jurnal. -2023. 11-12-sonlar. - B. 916-923. / Jurnal sayti: https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz.
21. Ruzmatova, G.M. (2024). Comparative studies of the Oriental and Western antropology // ISJ Theoretical & Applied Science, 12 (128), 191-195. Philadelphia, USA / Soi: http://s-o-i.org/L1/TAS-12-128-13
15
www.birunijournal .uz