Научная статья на тему 'ABU NASR FOROBIYNING TAʼLIM-TARBIYA BERISHGA OID PEDAGOGIK VA PSIXOLOGIK QARASHLARI'

ABU NASR FOROBIYNING TAʼLIM-TARBIYA BERISHGA OID PEDAGOGIK VA PSIXOLOGIK QARASHLARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
18720
938
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
TAʼLIM-TARBIYA / SHARQ ARASTUSI / KOMILLIK / DUNYOVIY ILM / "BAXT-SAODATGA ERISHUV HAQIDA" / "FOZIL ODAMLAR SHAHRI" / ODOB-AXLOQ / INSON / JAMIYAT

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Xoshimov S.

Ushbu maqola Abu Nasr Forobiyning hayot yoʻli, uning chuqur falsafiy kuzatishlari asosida yaratilgan asarlaridagi pedagogika va psixologiya fanlariga oid boʻlgan fikr va gʻoyalar haqida maʼlumot beradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ABU NASR FOROBI’S EDUCATION OF PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES

This article provides information about the life of Abu Nasr al-Farabi, his thoughts and ideas in the field of pedagogy and psychology in his works based on his deep philosophical observations.

Текст научной работы на тему «ABU NASR FOROBIYNING TAʼLIM-TARBIYA BERISHGA OID PEDAGOGIK VA PSIXOLOGIK QARASHLARI»

Xoshimov S. assistenti

Farg'ona politexnika instituti "O'zbekiston tarixi va ijtimoiy fanlar" kafedrasi

ABU NASR FOROBIYNING TA'LIM-TARBIYA BERISHGA OID PEDAGOGIK VA PSIXOLOGIK QARASHLARI

Annotatsiya: ushbu maqola Abu Nasr Forobiyning hayot yo'li, uning chuqur falsafiy kuzatishlari asosida yaratilgan asarlaridagi pedagogika va psixologiya fanlariga oid bo'lgan fikr va g'oyalar haqida ma'lumot beradi. Kalit so'zlar: ta'lim-tarbiya, sharq Arastusi, komillik, dunyoviy ilm, "Baxt-saodatga erishuv haqida", "Fozil odamlar shahri", odob-axloq, inson, jamiyat.

Xoshimov S. assistant

department of "History of Uzbekistan and social sciences"

Fergana Polytechnic Institute

ABU NASR FOROBI'S EDUCATION OF PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES

Annotation: This article provides information about the life of Abu Nasr al-Farabi, his thoughts and ideas in the field of pedagogy and psychology in his works based on his deep philosophical observations.

Keywords: education, Aristotle of the East, perfection, secular science, "On the pursuit of happiness", "City of noble people", morality, man, society.

Abu Nasr Forobiy (873-950) riyoziyot, falakiyot, tabobat, musiqa, mantiq, falsafa, tilshunoslik va adabiyot sohalarida ijod etgan. U yoshligidan juda iste'dodli, zehni o'tkir, xotirasi kuchli bo'lgan. Forobiy Eron va O'rta Osiyolik mutafakkirlar Nazzam, Ravandiy,Ar-Roziy; qadimgi yunon faylasuflari: Suqrot, Aristotel, Platon, Galiley ta'limotlarini chuqur o'rgangan. Beruniy, Ibn Sino va Firdavsiy mutafakkirlar singari oila, uy-joy orzusini ilm yo'lida qurbon qilib, butun umrini fanga bag'ishlagan. U 160 dan ortiq asar yozib, o'rta asr ilm-faniga ulkan hissa qo'shgan. Bu asarlar orasida "Arastuning metafizika asariga sharh","Baxt-saodatga erishuv haqida", "Tirik mavjudot a'zolari haqida", "Fozil odamlar shahri" asarlari muhim ahamiyatga ega. Mutafakkirning ilm-fan oldidagi ulkan xizmatlaridan yana biri bu uning yunon olimlarining asarlarini sharhlaganligi va ularni yangi g'oyalar bilan boyitganligidir. Forobiy yunon falsafasini chuqur bilgani, unga sharhlar bitganligi va jahonga targ'ib qilgani hamda zamonasining ilmlarini puxta o'zlashtirib, fanlar rivojiga ulkan hissa

qo'shgani uchun Sharqda Arastudan (Aristotel) dan keyingi yirik mutafakkir -"Muallim us-soniy" va "Sharq Arastusi" nomlari bilan shuhrat topgan.

Forobiy ilmlarni tasniflashda borliq xususiyatlarining tahlilidan va ularning

fanda aks etishidan kelib chiqadi. Uning tasnifi, eng avvalo, tabiatni, tafakkur va nutqni, til va mantiqni o'rganishga qaratilgan. Forobiyga ko'ra, ilmlarning tasnifidan

maqsad haqiqatni o'rganish va tasdiqlashdan, uni yolg'ondan farqlashdan iborat. Olimning fikricha, fanlar va umuman bilimlar borliqdan kelib chiqib, borliqni uzoq vaqt o'rganish asosida to'planib boradi. Turli ilmlar bir-birini inkor qilmaydi, balki o'zaro bir-biri bilan bog'liq holda rivojlanadi. Ular dunyoni idrok qilishga va insonlarning baxt-saodatga erishishiga qaratilgandir.

"Ta'lim degan so'z insonga o'qitish, tushuntirish asosida nazariy bilim berish ; ma'lum birhunarni egallash uchun zarur bo'lgan amaliy malakalar", -deydi olim. Forobiyning ta'limtarbiya haqidagi qarashlarida insonparvarlik g'oyalari alohida o'rin tutadi. Forobiyning ta'kidlashicha, tarbiyalanuvchi ixtiyoriy ravishda zaruriy, aqliy va axloqiy xislatlarni bilimli bo'lishga, to'g'rilik va haqiqatni sevishga, jasur, do'stlarga sadoqatli bo'lish singari fazilatlarni egallashga intilmog'i lozim. Abu Nasr Forobiy insonga xos hamda uning ma'naviy yuksalishida muhim ahamiyat kasb etuvchi tafakkur va nutqning rivojlanishini ta'lim- tarbiyaning asosini tashkil etuvchi muhim jarayon hisoblaydi. U insonni dunyotaraqqiyotining eng mukammal va eng yetuk yakuni deb biladi. Shunga ko'ra olim o'z asarlarida insonga tarbiya va ta'lim berish zarurligini aytadi va bunda ta'lim- tarbiya usullaridan kutilgan maqsad masalalari asosiy o'rinni egallashini qayd qiladi. Forobiy insonning ma'naviy hayotida, asosan, uning ikki tomoniga: aql-idrok ongiga va axloqiga e'tibor beradi. Shuning uchun ta'lim- tarbiya uning fikricha aqliy tomondan ham, axloqiy tomondan ham yetuk qilib yetishtirishga qaratilmog'i lozim. Ta'limtarbiya jarayonida nazariy bilim bilan amaliy harakat, odatiy malaka, faoliyat birlashib boradi, yetuklik shu birlashuvning darajasiga qarab yuzaga keladi. Forobiy tarbiya berish usullari haqida shunday yozadi: birinchi usul: qanoatbaxsh so'zlar, chorlovchi, ilhomlantiruvchi so'zlar yordamida odat hosil qilinadi va malakalar vujudga keltiriladi, odamdagi g'ayrat, kasbga intilish harakatga aylantiriladi. Ikkinchi usul: majbur etish yo'lidir. Bu usul majburiyravishda tarbiyalanuvchilarni tarbiyalashdir. Farobiy o'zqarashlarida insonning aqliy va axloqiy jihatlariga alohida e'tiborini qaratadi va u "Fozil odamlar shahri" asarida o'n ikki tug'ma xislatni birlashtirgan kishigina axloqli inson bo'la olishini ta'kidlaydi. Bular quyidagilar: "Birinchidan bunday odamning barcha a'zolari mukammal taraqqiy etgan, sog'lom bo'lish lozim; ikkinchidan, tez fahm so'zlovchining maqsadini tez payqay oladigan bo'lsin; uchinchidan, xotirasi juda kuchli va mustahkam bo'lsin; to'rtinchidan, zehni tez va o'tkir bo'lsin; beshinchidan, nutqi ravon, fikri teran, mulohazalarini yorqin bayon eta olsin; oltinchidan, bilish va o'rganishga ishtiyoqi baland bo'lib,

bilimlarini charchashni sezmasdan o'zlashtira olsin; yettinchidan, nafsini tiya oladigan, qimor o'yinlaridan jirkanadigan bo'lsin; sakkizinchidan haqiqatni sevadigan bo'lsin; to'qqizinchidan g'ururli va vijdonli bo'lsin, oliyjanob ishlarga intilsin; o'ninchidan, mol-dunyo yig'ishga berilmasin; o'nbirinchidan, adolatli bo'lsin, odamlarni adolatga targ'ib etadigan bo'lsin; o'n ikkinchidan, adolatli bo'lsin, ammo qaysar bo'lmasin, adolat oldida qaysarlik qilib, o'zbilarmonlikka berilmasin, lekin har qanday adolatsizlik, pastkashlik oldida lafzli bo'lsin, o'zi zarur debbilgan narsasini amalga oshirishda qat'iylik ko'rsatsin, qo'rqmas, jasur bo'lsin, qo'rqish va ojizlikni bilmasin".

Keyinchalik esa o'zgaradi, ya'ni ijtimoiylashuv jarayonida odamalar ming yillardn beri amal qilib kelayotgan qadriyatlar va me'yorlarni qabul qiladilar. O'zining " Baxt-saodatga erishuv haqida"asarida bilimlarni o'rganish tartibi haqida fikr bayon etgan. Uning aytishicha, avval bilish zarur bo'lgan ilm o'rganiladi, bu olam asoslari haqidagi ilmdir. Uni o'rgangach, tabiiy ilmlarni, tabiiy jismlar tuzilishini, shaklini, osmon haqidagi bilimlarni o'rganishi lozim. Undan so'ng, umumanjonli tabiat ya'ni o'simlik va hayvonlar haqidagi ilm o'rganiladi, deydi. Forobiy inson kamolotga ta'lim - tarbiyani to'g'ri yo'lga qo'yish orqali erishish mumkin deydi. Chunkimaqsadga muvofiq amalga oshirilgan ta'lim-tarbiya insonni ham aqliy, ham axloqiy jihatdan kamolga yetkazadi.

Forobiyning yozishicha, haqiqiy baxtga erishish uchun harakat qiluvchi, o'zaro yordam qiluvchi, xalqini birlashtirgan shahar — fozil shahar hisoblanadi. Baxtga erishish maqsadida o'zaro yordam bergan va birlashgan kishilar fazilatli jamoa bo'ladi. Forobiy fikriga ko'ra, davlatni idora etuvchi shaxs o'zining fazilat va xulq-odobi bilan ajralib turishi, xususan u 6 ta xislatni egallagan bo'lishi, ya'ni adolatli va dono bo'lishi, boshqalarga g'amxo'rlik qilishi, qonunlarga to'la rioya etishi va qonunlarni yarata olishi, kelgusini oldindan ko'ra bilishi kerak. Forobiyning talqinicha, fozil shaharlar yuqori madaniyatli bo'ladi. Unda yashaydigan xalq o'zi istagan kasb-hunarni egallaydi. Bunday jamiyatda to'la erkinlik va teng huquqlik hukm suradi. Forobiyning fozil jamoa haqidagi ta'limoti uning axloqiy kamolot va baxtsaodatga erishuv hamda insonparvarlik g'oyalari bilan chambarchas bog'liqdir. U o'zining ijtimoiy-faIsafiy, siyosiy va axloqiy qarashlari markaziga insonni, uning maqsad muddaolarini o'rganishni, axloqiy kamolot va baxt-saodatga erishuv yo'llarini ko'rsatishni qo'yadi. Axloqiy kamolot deganda, xayr-ehsonli ishlar, go'zal insoniy fazilatlarni tushunadi. Axloqiy kamolotga xalaqit bemvchi salbiy xislatlarga dangasalik, bekorchilik, bilimsizlik, ongsizlik, kasb- hunarsizlikni kiritadi. Forobiy aql, ilm va ma'rifatni baxtsaodatga erishishning asosiy vositasi deb biladi. Forobiy inson fazilatlarini tug'ma va yashash jarayonida paydo bo'ladigan fazilatlarga bo'ladi. Olimning fikricha, tug'ma fazilatlarga insonning o'ta o'tkir zehnliligi, biror narsani bilishga o'ta qobiliyatliligi kiradi. Lekin tug'ma fazilatlar hayotda kam uchraydi. Asosiy axloqiy fazilatlarni odam yashash davomida egallaydi. Tug'ma fazilatli odamlar ham tarbiyaga muhtoj. Agar unday odamni tarbiyalab va to'g'ri yo'lga solib

turilmasa, uning qobiliyati tezda so'nib qolishi mumkin. Tug'ma qobiliyat ham nisbiy tushunchadir. Ba'zi kishilar tug'ma qobiliyatini ishga solib yaxshi natijaga erishsa, boshqalari yomon natijaga erishadi.

Bu fikrlardan Forobiyning ta'lim-tarbiyada, yoshlarni mukammal inson qilib tarbiyalashda, xususan, aqliy-axloqiy tarbiyaga alohida e'tibor berganligi ko'rinib turibdi. Uning ta'kidlashicha, bilim bilangina maqsadga erishilmaydi va bola ham yetuk bo'lmaydi. Olim daraxtning yetukligi uning mevasi bilan bo'lganidek, insonning barcha xislatlari ham axloq bilan yakunlanishini aytadi. Umuman, Forobiy o'z davridagi yoshlarning ta'lim olishlari, bilim egallashlari, hunar egallashlari, faoliyat ko'rsatishlari, mehnat qilishlari zarurligi xususida fikrlar bildirgan. Bu fikrlar hozirda ham ta'lim-tarbiyaga g'oyat muhimdir.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Abu Nasr Forobiy. Fozil odamlar shahri. -Toshkent, Abdulla Qodiriy nomidagi

xalq merosi nashriyoti, 1993.

2. Abu Nasr Forobiy. Fazilat, baxt-saodat va kamolot haqida.- Toshkent, Yozuvchi,

2001.

3. Xayrullayev M. Uyg'onish davri va Sharq mutafakkiri. 1971.

4.Abdukhamidov I., Tojiboyev U. OBJECTIVE REASONS OF THE MIGRATION PROCESS IN THE FERGHANA ECONOMIC REGION. EPRA International Journal of Economic Growth and Environmental Issues ISSN: 2321-6247. Volume: 8. Issue: 5. December 2020, 16-19.

5.Abdukhamidov I. PROCESSES OF POPULATION MIGRATION IN FERGANA REGION // INTERNATIONAL CONFERENCE. "THE HISTORY OF THE FERGANA VALLEY IN NEW RESEARCHES". Section 4. 2021, 310.

6.Рахматуллаев Ш. М. Эволюция экономической политики Республики Узбекистан в 1991-2016 гг.: от плана к протекционизму //ПОЛИТИЧЕСКОЕ ПРОСТРАНСТВО И СОЦИАЛЬНОЕ ВРЕМЯ: ГЛОБАЛЬНЫЕ ВЫЗОВЫ И ЦИВИЛИЗАЦИОННЫЕ ОТВЕТЫ. - 2021. -С. 173-180.

7.Рахматуллаев Ш. М., Салимов Ш. Ю. НОВАЯ ДЕМОГРАФИЧЕСКАЯ СИТУАЦИЯ И ПРОБЛЕМА ЗАНЯТОСТИ В УЗБЕКИСТАНЕ //Материалы VII Международной научно-практической конференции «Актуальные проблемы социально-трудовых отношений», посвященной 60-летию основания Института социально-экономических исследований ДФИЦ РАН. - 2019. - С. 317-320.

8.Махмудова А. Историческое значение проводимых исследований ученых археологов на территории Согда //Общество и инновации. - 2021. - Т. 2. -№. 10/S. - С. 42-46.

9.Khoshimov, Sanjarbek Sultanbekovich (2020) "THOUGHTS ABOUT HUMAN NATURE IN CHINESE PHILOSOPHICAL THINKING AND

THEIR INTERPRETATION IN THE IDEAS OF WANG YAN MIN," Scientific Bulletin of Namangan State University: Vol. 2: Iss. 1, Article 10.Санжарбек Султонбекович Хошимов "ВАН ЯН МИН ФАЛСАФИЙ ТАЪЛИМОТИНИНГ МАЪНАВИЙ-АХЛОКИЙ ВА ГНОСЕОЛОГИК КДРРАЛАРИ" // Academic research in educational sciences. 2020. №3.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.