Tashkent State University of Economics
Uzbekistan - 2030 Strategy:
JAMIYAT BARQARORLIGIDA ISHONCHNING QADRIYAT SIFATIDA YUKSAK BAHOLANISHI: YOSHLAR TARBIYASIDAGI AXLOQIY
MEZONLAR
Ziyoda Nabiyevna Abdullayeva
Muhammad al - Xorazmiy nomidagi "Gumanitar fanlar" kafedrasi v.b. dotsent v.b.
E-mail: [email protected]
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada jamiyat taraqqiyotining asosiy bo'g'ini hisoblangan yoshlar va ularni tarbiyasida ishonch axloqiy mezon sifatida muhim ahamiyatga ega ekanligi tahlil qilingan.
Kalit so'zlar. Jamiyat, yoshlar, ishonch, axloq, ta'lim, tarbiya, maqsad, taraqqiyot.
Buyuk qomusiy olim, mutafakkir, faylasuf Abu Nasr Forobiy ta'lim faqat so'z va o'rganish bilan, tarbiya esa amaliy ish, tajriba bilan amalga oshirilishini aytadi va tarbiyani har bir xalq, millatning amaliy malakalaridan iborat bo'lgan ish-harakat, kasb-hunarga o'rganishdan iborat, deb hisoblaydi. "Baxt-saodatga erishishning birdan bir yo'li barcha ezgu ishlarni xayrli niyatlar ila bajarish, fazilatli amallarga tayanish barobarida razolat va baxtsizlik kelib chiqarish mumkin bo'lgan ishlardan o'zini tiya bilishidir", - deydi mutafakkir. [4]
Yoshlarni buyuk kelajagimiz avlodlari sifatida tarbiyalashda avvalombor Sharq faylasufi Abu Nasr Forobiyning yuqorida insonga bergan ta'rifini tahlil qilish maqsadga muvofiqdir. Hozirgi davr globallashuv jarayonlarini nazariy jihatdan anglab yetish va global muammolarni bartaraf etish nafaqat o'ta og'ir va uzoq davom etadigan, balki kutilgan natijalarga qanday erishish mumkinligi xususida hali aniq javoblar va uzil-kesil yechimlarga ega bo'lmagan ishdir. Ayni vaqtda bu muammolarni bartaraf etish imkoniyatini ommaviy ongda yangicha axloqning shakllanishi va mustahkamlanishi, madaniyatning rivojlanishi va uning insonparvarlashuvi bilan bog'liqdir. Buning uchun jiddiy asoslar bor, zero odamlarning fe'l-atvori, xatti-harakatlari, pirovard natijada esa ular erishishga harakat qiladigan natija asosan ularning hayotga munosabati va fikrlash tarzi bilan belgilanadi.
Bugungi kunda yoshlarga e'tibor qaratilishining asl maqsadi, ular o'zining zamonasini asl kishisi, jamiyat tayanchi, yurtini, elini, Vatanini asrab - avaylaydigan,
17-aprel, 2024
457
Tashkent State University of Economics
Uzbekistan - 2030 Strategy:
haqiqiy inson qiyofasini o'zida mujassam etgan shaxsni tarbiyalashdir. Bularning barchasi yuksak qadrlanadigan asosiy tuyg'u - ishonch tuyg'usida aks etadi. Zero, bu, O'zbekiston Respublikasining "Yoshlarga oid davlat siyosati to'g'risida" gi qonunida ham batafsil belgilab berilgan. Jumladan, 5-modda. Yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy yo'nalishlari quyidagilardan borat:
- yoshlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta'minlash;
- yoshlarning hayoti va sog'lig'ini saqlash;
- yoshlarning ma'naviy, intellektual, jismoniy va axloqiy jihatdan kamol topishiga
ko'maklashish;
- yoshlar uchun ochiq va sifatli ta'limni ta'minlash;
- yoshlarni ishga joylashtirish, ularning bandligi uchun shart-sharoitlar yaratish;
- yoshlarni vatanparvarlik, fuqarolik tuyg'usi, bag'rikenglik, qonunlarga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida, zararli ta'sirlar va oqimlarga qarshi tura oladigan, hayotga bo'lgan qat'iy ishonch va qarashlarga ega qilib tarbiyalash;
- yoshlarni axloqiy negizlarni buzishga olib keladigan xatti-harakatlardan, terrorizm va diniy ekstremizm, separatizm, fundamentalizm, zo'ravonlik va shafqatsizlik g'oyalaridan himoya qilish va b. [3].
Bugun yosh avlod kelajakka ildam qadamlar bilan intilmoqda. Ular yangi bilim va ko'nikmalarni shakllantirish borasida doimiy ravishda harakat qilib, o'zlarini namoyon etmoqdalar. Ta'lim munosabatlarining barqarorligi yosh avlodni bilim olish uchun barcha imkoniyatlarni yaratib berishdan iborat ekanligini ko'rsatmoqda. Bugun bilim olish bosqichlari ikki davr istiqbolini yani, oliy o'quv yurtiga kirishdan oldingi va keyingi bosqichni o'z ichiga oladi va u kontseptual tizim asosida amalga oshiriladi. Bu davr istiqbollarini tavsiflashning turli jarayonlarni nazarda tutadi: birinchisi ishonch jarayoni, ikkinchisi esa kelishuv jarayoni tasvirlangan.
Ishonch jarayonini farqlash ishonch obyekti to'g'risida ma'lum darajadagi bilim uyg'unligiga asoslanadi. Bu kontseptual tizim ta'lim muassasalariga kirishdan oldin shakllangan ishonch turlari keyinchalik esa ta'lim munosabatlarini qanchalik barqaror bo'lishini aniqlaydi. Inson hayoti davomida biror shaxsni o'ziga o'rnak deb biladi, bundan inson u kabi hayot kechirishni, u erishgan yutuqlar kabi muvaffaqiyatlarga erishishni, yuksak cho'qqilarga chiqishni ko'zlaydi. Bugun jamiyatning yosh a'zolari o'z hayotlari uchun boshqa madaniyat vakillarining fikrlash va hayot tarzini o'rnak qilib olishlari ko'p muammolarni keltirib chiqarmoqda. Qadimgi yunon faylasufi Suqrotning "O'zgalarni o'zgartirmoqchi bo'lgan inson, avvalo, o'zini o'zgartirishi lozim. Buning uchun esa, aniq maqsad, tolmas iroda va
17-aprel, 2024
458
Tashkent State University of Economics
Uzbekistan - 2Q3Q Strategy:
opporiunitiesjoRealizeHumnPoientiaL
doimiy izlanish kerak" - degan hikmatli iborasi bu borada hammamiz uchun mezon bo'lishi lozim [1].
XXI asrda turli hayot tarzlari va g'oyalar raqobatga kirishdi. Bunda muvaffaqiyatga erishish uchun har bir davlat o'zligini saqlagan holda diniy va milliy qadriyatlarini boshqalarga anglatishni asos qilgan mafkuraga ega bo'lishi lozim. Aks holda, o'zlikni yo'qotish, bebaho qadriyatlardan voz kechish kishini taraqqiyotdan ajratib, uni tobe, mustaqil fikri yo'q manqurtga aylantirib qo'yadi. Hozirgi kunda g'arazli maqsadlarni amalga oshirish uchun zimdan olib borilayotgan fitnalar ba'zi millatlarning o'zligini yo'qotishga qaratilganini sezish mumkin. Bunda e'tibor hududlarni egallash emas, balki inson ongini egallashga yo'naltirilgan. Shu sababli bugun yoshlar ongida bir - biriga bo'lgan ishonch tuyg'usini shakllantirish o'rta avlod va keksa avlod vakillarining asosiy vazifalaridan hisoblanadi. Yangi, demokratik jamiyatni barpo etish, kelajak poydevorini qurish, hech shubhasiz, har birimizdan qat'iyatli va omilkor bo'lishni, yangicha fikr yuritish, yangicha ishlashni talab etmoqda.
Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyev ma'ruzalarida "Yosh avlod tarbiyasi haqida gapirganda, Abdurauf Fitrat bobomizning mana bu fikrlariga har birimiz, ayniqsa, endi hayotga kirib kelayotgan o'g'il - qizlarimiz amal qilishlarini men juda-juda istardim. Mana, ulug' ajdodimiz nima deb yozganlar: "Xalqning aniq maqsad sari harakat qilishi, davlatmand bo'lishi, baxtli bo'lib izzat - hurmat topishi, jahongir bo'lishi yoki zaif bo'lib xorlikka tushishi, baxtsizlik yukini tortishi, e'tibordan qolib, o'zgalarga tobe va qul, asir bo'lishi ularning o'z ota - onalaridan bolalikda olgan tarbiyalariga bog'liq" - deb ta'kidlagan edilar[2].
Yoshlarning qalbi va ongida sog'lom hayot tarzi, bir-biriga bo'lgan ishonch tuyg'usi milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat-ehtirom tuyg'usini shakllantirishda, har jihatdan barkamol etib tarbiyalashda buyuk mutafakkir ajdodlarimiz merosi katta ahamiyat kasb etadi. Zero, hayotning asl mazmun-mohiyatini anglab yetishga o'z umri va salohiyatini bag'ishlagan allomalarimizning asarlarida sog'lom avlod tarbiyasi bilan bog'liq masalalarga alohida o'rin berilgan. Sharq allomalari o'z asarlarida farzandlarga tarbiya va ta'lim berish, uni ma'rifatu madaniyatga yetaklash muammolariga e'tibor berganlar.
Isonchni axloqiy mezon sifatida tahlil qilar ekanmiz, shu o'rinda u bilan yonma-yon, doimiy ravishda unga murojaat qiluvchi axloqiy mezonlardan vijdon haqida ham ma'lumotlarni berish lozim. Vijdon - axloqiy tushuncha, yaxshilik nima-yu, yomonlik nimaligiga javob beradigan ichki ishonch, o'z xatti-harakatlari uchun axloqiy mas'uliyatni anglash. U shaxsning axloqiy jihatdan o'z-o'zini nazorat qila
17-aprel, 2024
459
Tashkent State University of Economics
Uzbekistan - 2030 Strategy:
OpportunitiesJoReaHzeHuma^Potentia^
olish, o'zida axloqiy burchni mustaqil shakllantirish hamda o'zidan uni ado etishni talab qilish va o'z xatti-harakatlariga baho berish qobiliyatini ifodalaydi. Vijdon dastlabki axloqiy mayl bo'lib, tashqi ta'sir tufayli rivojlanishi yoki so'nishi mumkin. U ehtiros, hissiyot shaklida shaxsning o'z xatti-harakatlari uchun uyalish, pushaymon bo'lish yoki axloqiy qoniqish sifatida namoyon bo'ladi. Shuningdek, yaxshilik, burch, baxt, halollik kabi boshqa axloqiy tushunchalar bilan bog'liq. Jamiyatning rivojlanishi, ma'naviy, axloqiy yuksalishi bilan vijdon tushunchasining mazmuni va mohiyati boyib boradi. Uning mohiyati ijtimoiy muhit bilan belgilanadi. Vijdon erkinligi tushunchasi vijdon tushunchasining muayyan qismini tashkil etadi.
Ishonchning asosiy va yana bir muhim belgisi - bu har qanday munosabatlarda kishilarning bir-biriga bo'lgan sadoqatidir. Bu esa, o'zaro munosabatlarda, kelishuvchanlik, muhim aloqadadorlik va muhim ma'lumotlarni almashish istagi, shuningdek, subyektlar o'rtasidagi muayyan maxsus amalga oshirilgan axloqiy harakatlardir. Ishonch belgilangan qoidalarga rioya qilish darajasiga, shuningdek, ba'zi qoidalar ko'zda tutilmagan hollarda ham subyektlar uchun belgilangan maqsadga erishish, to'g'ri harakat qilish qobiliyatiga, inson irodasiga bog'liqdir.
Oilaviy tarbiya va ishonchga bo'lgan ehtiyoj ijtimoiy tarbiyaga nisbatan bolalarning ruhiy olamiga, hissiyoti va tuyg'ulariga chuqur ta'sir ko'rsatadi. Taniqli pedagog A.S.Makarenko besh yoshgacha bo'lgan tarbiya bolaning shaxsiyati shakllanishida o'ta muhim ahamiyatga ega ekanini qayd etib o'tgan edi. Bu haqda u shunday deb yozgan: "...tarbiyaning bosh asosi besh yoshda nihoyasiga yetadi, demak, siz besh yoshgacha nima qilgan bo'lsangiz, bu tarbiyaviy jarayonning 90 foizini tashkil etadi, keyingi tarbiya esa qayta tarbiyalash negizida davom etadi". Mana shu jarayonda bola tarbiyasiga o'ta e'tiborli bo'lish lozim.
Qadimgi yunon faylasufi Aristotel axloqiy tarbiya haqida fikr yuritib, tarbiya nazariyasi zamirida axloqiy va ruhiy qarashlar yotadi: tarbiyadan maqsad - ruhning oliy jihatlari bo'lmish aql - zakovat va irodani kamol toptirishdir. Tarbiyaning o'zaro chambarchas bog'liq uch jihati — jismoniy, axloqiy va aqliy tarbiya - ruhning uch turiga muvofiq keladi, ya'ni kamolotga erishishning harakatlantiruvchi kuchlari — tabiiy qobiliyat, ko'nikma va aql - idrokdan iborat hamda tarbiya ishi ayni shu kuchlarga asoslanishi zarur [5].
Xulosa o'rnida shuni ta'kidlash lozimki, ishonch va ochiqlik - bu yaqinlarimiz orasida iliq munosabatlarni o'rnatish uchun eng muhim vosita va omildir, ammo hamma vaqt va hammaga beparvolik bilan ishonish ham mumkin emas. Chunki, insonlar har xil, bizning tanlagan muhitda turli toifadagi insonlarni uchratish mumkin. Bugungi kunda ishonish qobiliyatidan tashqari, insonlarni o'rganish, ularni
17-aprel, 2024
460
Tashkent State University of Economics
ruhiy olamlarini bilish, ular nimani istayotganliklarini anglab yetish va tushunish qobiliyati ham muhim sanaladi.
REFERENCES
1. Sh.M.Mirziyoyev. Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasi. "O'zbekiston", 2022. 8 - bet.
2. Sh.M. Mirziyoyev. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta'minlash - yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 24 yilligi munosabati bilan so'zlagan nutqi. 07.12.2016.
3. O'zbekiston Respublikasining "Yoshlarga oid davlat siyosati to'g'risida" qonuni, 14.09.2016, O'RQ-406-son. Lex.uz.
4. Abu Nasr Forobiy. Fazilat, baxt - saodat va kamolot haqida. - Toshkent.: Yozuvchi" 2002. 12 - bet.
5. O'zbekiston Milliy ensiklopediyasi. Ziyouz.com. kutubxonasi. A harfi, 621 - bet.
461
17-aprel, 2024