Научная статья на тему 'ISHONCH KATEGORIYASINING YOSHLAR TARBIYASIDAGI AHAMIYATI VA UNING AXLOQIY OMILLARI'

ISHONCH KATEGORIYASINING YOSHLAR TARBIYASIDAGI AHAMIYATI VA UNING AXLOQIY OMILLARI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

117
14
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Axloq / ishonch / oila / maqsad / ta‘lim / tarbiya / baxt. / Нравственность / доверие / семья / цель / образование / воспитание / счастье

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Ziyoda Nabiyevna Abdullayeva

Ushbu maqolada ishonch kategoriyasi va uning axloqiy omillari, yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

В данной статье рассматрывается категория доверия и его нравственные факторы, значение в воспитании молодёжи.

Текст научной работы на тему «ISHONCH KATEGORIYASINING YOSHLAR TARBIYASIDAGI AHAMIYATI VA UNING AXLOQIY OMILLARI»

National University of Uzbekistan

Google Scholar indexed

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-107-110

ISHONCH KATEGORIYASINING YOSHLAR TARBIYASIDAGI AHAMIYATI VA UNING AXLOQIY OMILLARI

Ziyoda Nabiyevna Abdullayeva

Muhammad - al Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti,

Gumanitar fanlar kafedrasi katta o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada ishonch kategoriyasi va uning axloqiy omillari, yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati yoritib berilgan.

Kalit so'zlar: Axloq, ishonch, oila, maqsad, ta'lim, tarbiya, baxt.

AННОТАЦИЯ

В данной статье рассматрывается категория доверия и его нравственные факторы, значение в воспитании молодёжи.

Ключевые слова: Нравственность, доверие, семья, цель, образование, воспитание, счастье.

ABSTRACT

This article discusses the category of trust and its moral factors, the importance in the education of young people.

Keywords: Morality, trust, family, goal, education, upbringing, happiness.

Qadimgi yunon faylasufi Suqrotning "O'zgalarni o'zgartirmoqchi bo'lgan inson, avvalo, o'zini o'zgartirishi lozim. Buning uchun esa, aniq maqsad, tolmas iroda va doimiy izlanish kerak" degan hikmatli iborasi bu borada hammamiz uchun mezon bo'lishi lozim. [1, 8 - b].

Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyev ma'ruzalarida "Yosh avlod tarbiyasi haqida gapirganda, Abdurauf Fitrat bobomizning mana bu fikrlariga har birimiz, ayniqsa, endi hayotga kirib kelayotgan o'g'il - qizlarimiz amal qilishlarini men juda-juda istardim. Mana, ulug' ajdodimiz nima deb yozganlar: "Xalqning aniq maqsad sari harakat qilishi, davlatmand bo'lishi, baxtli bo'lib izzat - hurmat topishi, jahongir bo'lishi yoki zaif bo'lib xorlikka tushishi, baxtsizlik yukini tortishi, e'tibordan qolib, o'zgalarga tobe va qul, asir bo'lishi ularning o'z ota - onalaridan bolalikda olgan tarbiyalariga bog'liq" - deb ta'kidlagan edilar. [2]

Ayni paytda islohotchi bo'lib maydonga chiqadigan, strategik fikr yuritadigan, bilimli va malakali yangi avlod kadrlarini tarbiyalashimiz zarur. Shu boisdan ham bog'chadan

April, 2023

107

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-107-110

boshlab oliy o'quv yurtigacha - ta'limning barcha bo'g'inlarini izchil isloh qilmoqdamiz.

Nafaqat yoshlar, balki butun jamiyatimiz a'zolarining bilimi, saviyasini oshirish uchun avvalo ilm-ma'rifat, yuksak madaniyat kerak. Ilm yo'q joyda qoloqlik, jaholat va albatta, to'g'ri yo'ldan adashish bo'ladi.

Eng katta boylik - bu aql - zakovat va ilm, eng katta meros - bu yaxshi tarbiya, eng katta qashshoqlik - bu bilimsizlikdir!

Shu sababli hammamiz uchun ilg'or bilimlarni o'zlashtirish, chinakam ma'rifat va yuksak madaniyat egasi bo'lish uzluksiz hayotiy ehtiyojga aylanishi kerak. [3, 23 -

Oilaviy tarbiya va ishonchga bo'lgan ehtiyoj ijtimoiy tarbiyaga nisbatan bolalarning ruhiy olamiga, hissiyoti va tuyg'ulariga chuqur ta'sir ko'rsatadi. Taniqli pedagog A.S.Makarenko besh yoshgacha bo'lgan tarbiya bolaning shaxsiyati shakllanishida o'ta muhim ahamiyatga ega ekanini qayd etib o'tgan edi. Bu haqda u shunday deb yozgan: "...tarbiyaning bosh asosi besh yoshda nihoyasiga yeta di, demak, siz besh yoshgacha nima qilgan bo'lsangiz, bu tarbiyaviy jarayonning 90 foizini tashkil etadi, keyingi tarbiya esa qayta tarbiyalash negizida davom etadi". Mana shu jarayonda bola tarbiyasiga o'ta e'tiborli bo'lish lozim.

Qadimgi yunon faylasufi Aristotel axloqiy tarbiya haqida fikr yuritib, tarbiya nazariyasi zamirida axloqiy va ruhiy qarashlar yotadi: tarbiyadan maqsad — ruhning oliy jihatlari bo'lmish aql - zakovat va irodani kamol toptirishdir. Tarbiyaning o'zaro chambarchas bog'liq uch jihati — jismoniy, axloqiy va aqliy tarbiya — ruhning uch turiga muvofiq keladi, ya'ni kamolotga erishishning harakatlantiruvchi kuchlari — tabiiy qobiliyat, ko'nikma va aql - idrokdan iborat hamda tarbiya ishi ayni shu kuchlarga asoslanishi zarur. [4, 621 - b]

Shuningdek, insonning axloqiy tarbiyasida iroda erkinligi, unga e'tibor masalasida Yevropa faylasuflari Sharqqa nisbatan ancha ilgarilab ketganliklarini e'tirof etish lozim. Islom mintaqa madaniyatining ilk shakllanish davrida ushbu masala atrofida ancha qizg'in bahslar bo'lib o'tgani tarixdan ma'lum. Jabariylar va qadariylar orasidagi munozaralar, mo'tazila kalomida bu muammoga alohida e'tibor va oxirida Imom Abu Mansur Moturidiy ta'limotida uzil-kesil hal qilingach, keyinchalik bu muammoga ko'p ham e'tibor qaratilmadi. Vaholanki, imom Moturidiy va izdoshlari o'z davridagi turli bid'atlar bilan mubohasa jarayonida ko'proq Alloh qudrati va irodasining mutlaqligini ta'kidlashga urg'u berish bilan band bo'lishib, insonning iroda erkinligi masalasida ixtiyor, kasb va fe'l tushunchalarini sharhlash bilan chegaralangan

b]

edilar. Yangi davr Yevropa axloq ilmida insonning iroda

April, 2023

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-107-110

erkinligi masalasi deyarii doimo faylasuflai diqqat ma^azida bo'ldi. Ayniqsa, nemis mumtoz falsafasining asoschisi Immanuil Kantning g'ayb olami ("Ding an sich"), "nazariy aql" va "amaliy aql", insoniy bilim chegaralari haqidagi qaгashlaгi, shu asosda iroda erkinligi va mas'uliyat (burch) nisbatiga alohida e'tiboгi diqqatga sazovoгdiг. Kantning fikriga ko'гa, inson shaxs sifatida erkin iroda egasi bo'lib, o'z hayotiy maqsadlarini o'zi e^in belgilaydi. Shu bilan birga bani basharning har bir a'zosi o'zga^ eгkini cheklovchi haгqanday xatti-haгakatdan o'zini tiyishi kerak. Bunday oliy mas'uliyatni faylasuf "qat'iy qoida" ("kategoricheskiy imperativ") deb nomlaydi.

Yoshlarning qalbi va ongida sog'lom hayot tarn, Ыг-biriga bo'lgan ishonch tuyg'usi milliy va umuminsoniy qadriyatlaTga huгmat-ehtiгom tuyg'usini shakllantirishda, har jihatdan barkamol etib tarbiyalashda buyuk mutafakkir ajdodlarimiz merosi katta ahamiyat kasb etadi. Zero, hayotning asl mazmun-mohiyatini anglab yetishga o'z umri va salohiyatini bag'ishlagan allomalaгimizning asaгlaгida sog'lom avlod tartiyasi bilan bog'liq masalalaгga alohida o'rin beгilgan. Shaгq allomalaгi o'z asariarida faгzandlaгga taгbiya va ta'lim berish, uni ma'гifatu madaniyatga yetaklash muammolariga e'tiboг beгganlaг.

Isonch kategoгiyasini tahlil qilaг ekanmiz, shu o'гinda u bilan yonma-yon, doimiy ravishda unga murojaat qiluvchi axloqiy mezonlardan vijdon haqida ham ma'lumotlami beгish lozim. Vijdon — axloqiy tushuncha, yaxshilik nima-yu, yomonlik nimaligiga javob beradigan ichki ishonch, o'z xatti-harakatlari uchun axloqiy mas'uliyatni anglash. U shaxsning axloqiy jihatdan o'z-o'zini nazorat qila olish, o'zida axloqiy burchni mustaqil shakllantirish hamda o'zidan uni ado etishni talab qilish va o'z xatti-harakatlariga baho berish qobiliyatini ifodalaydi. Vijdon dastlabki axloqiy mayl bo'lib, tashqi ta'siï tufayli rivojlanishi yoki so'nishi mumkin. U ehtiras, hissiyot shaklida shaxsning o'z xatti-harakatlari uchun uyalish, pushaymon bo'lish yoki axloqiy qoniqish sifatida namoyon bo'ladi. Shuningdek, yaxshilik, burch, baxt, halollik kabi boshqa axloqiy tushuncha^ bilan bog'liq. Jamiyatning rivojlanishi, ma'naviy, axloqiy yuksalishi bilan vijdon tushunchasining mazmuni va mohiyati boyib boradi. Uning mohiyati ijtimoiy muhit bilan belgilanadi. Vijdon erkinligi tushunchasi vijdon tushunchasining muayyan qismini tashkil etadi.

Ishonchning asosiy va yana bir muhim belgisi - bu har qanday munosabatlarda kishilarning bir - biriga bo'lgan sadoqatidir Bu o'zara munosabatlarda, kelishuvchanlik, muhim aloqadadoriik va muhim ma'lumotlami almashish istagi, shuningdek, subyekt^ o'rtasidagi muayyan maxsus amalga oshirilgan axloqiy harakatlardir. Ishonch belgilangan qoidalarga rioya qilish darajasiga, shuningdek, ba'zi qoida^ ko'zda tutilmagan hollaMa ham subyektlaT uchun belgilangan maqsadga erishish, to'g'ri harakat qilish qobiliyatiga,

inson irodasiga bog'liqdir.

April, 2023

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-107-110

Ishonch moliyaviy yoki shaxsiy bo'lishi mumkin. Moliyaviy ishonch kredit mablag'lari yoki mulkni boshqarish vakolatlarini topshirishda namoyon bo'lishi mumkin. Shaxsiy ishonchning belgisi - samimiylik, samimiy, maxfiy ma'lumotlarni almashishga tayyorlik ekanligini anglamog'imiz lozim.

Xulosa o'rnida shuni ta'kidlash lozimki, ishonch tuyg'usi u qaysi turga mansub bo'lmasin unda insoniylik, qat'iyatlilik, o'zgalarga bo'lgan axloqiy munosabatlar, burchga sadoqat, kelajakka ishonch kabi qarashlar o'z aksini topishi tabiiy.

REFERENCES

1. Sh.M. Mirziyoyev. Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasi. "O'zbekiston", 2022. 8-bet.

2. Sh.M. Mirziyoyev. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta'minlash - yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 24 yilligi munosabati bilan so'zlagan nutqi. 07.12.2016.

3. Sh.M. Mirziyoyev. Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasi. "O'zbekiston", 2022. 23-bet.

4. O'zbekiston Milliy ensiklopediyasi. Ziyouz.com. kutubxonasi.A harfi, 621 -bet.

5. MUXAMEDJANOVA, L. (2021). ВАЖНОСТЬ ЭТИКИ В ОБЕСПЕЧЕНИИ ГАРМОНИИ ТРАДИЦИОННЫХ И СОВРЕМЕННЫХ ЦЕННОСТЕЙ. https://scienceweb.uz/publication/4478

6. З. А. Абдуазимова (2022). ШАХС-ЭСТЕТИК ДИДИНИ ШАКЛЛАНТИРИШДА ЭКО-ЭСТЕТИК МАДАНИЯТ. Academic research in educational sciences, 3 (NUU Conference 2), 110-114. doi: 10.24412/2181-13852022-2-110-114

April, 2023

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.