Научная статья на тему 'MAMLAKATIMIZDA ZAMONAVIY HARBIY MUTAXASSISLARNI TAYYORLASHDA SHARQ MA’RIFATIDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI'

MAMLAKATIMIZDA ZAMONAVIY HARBIY MUTAXASSISLARNI TAYYORLASHDA SHARQ MA’RIFATIDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
6
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Tarbiya / burch / vatanparvarlik / insonparvarlik / sadoqat / odamiylik / ma’naviy salohiyat / intellekt / Education / duty / patriotism / humanity / loyalty / humanity / spiritual potential / intellect.

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Mullajonov, Islomjon Yuldashevich

Ushbu maqolada yurtimizda zamonaviy harbiy mutaxassislarni tayyorlashda sharq mutafakkirlarining ilmiy merosi yosh avlodni har tomonlama yetuk, barkamol va vatanparvar etib kamol toptirishdagi ahamiyati va Amir Temurning harbiy nazariyasi va amaliy harbiy san’ati hamda temuriylar davrida axloqiy-estetik g‘oyalarning rivojlanishi haqida fikr yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE IMPORTANCE OF USING EASTERN ENLIGHTENMENT IN THE TRAINING OF MODERN MILITARY SPECIALISTS IN OUR COUNTRY

This article discusses the importance of the scientific heritage of Eastern thinkers in the training of modern military specialists in our country to form the young generation mature in all respects, mature and patriotic, as well as the military theory and practical military art of Amir Temur, as well as the development of ethical and aesthetic ideas in Timurid era.

Текст научной работы на тему «MAMLAKATIMIZDA ZAMONAVIY HARBIY MUTAXASSISLARNI TAYYORLASHDA SHARQ MA’RIFATIDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI»

MAMLAKATIMIZDA ZAMONAVIY HARBIY MUTAXASSISLARNI

TAYYORLASHDA SHARQ MA'RIFATIDAN FOYDALANISHNING

AHAMIYATI

Mullajonov Islomjon Yuldashevich

Chirchiq oliy tank qo'mondonlik muhandislik bilim yurti Gumanitar fanlar kafedrasi katta o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada yurtimizda zamonaviy harbiy mutaxassislarni tayyorlashda sharq mutafakkirlarining ilmiy merosi yosh avlodni har tomonlama yetuk, barkamol va vatanparvar etib kamol toptirishdagi ahamiyati va Amir Temurning harbiy nazariyasi va amaliy harbiy san'ati hamda temuriylar davrida axloqiy-estetik g'oyalarning rivojlanishi haqida fikr yuritilgan.

Kalit so'zlar: Tarbiya, burch, vatanparvarlik, insonparvarlik, sadoqat, odamiylik, ma 'naviy salohiyat, intellekt.

АННОТАЦИЯ

В данной статье рассматривается значение научного наследия восточных мыслителей в подготовке современных военных специалистов в нашей стране для формирования молодого поколения зрелым во всех отношениях, зрелым и патриотичным, а также военной теории и практического военного искусства Амира Темура, как а также развитие этических и эстетических идей в эпоху Тимуридов.

Ключевые слова: Воспитание, долг, патриотизм, человечность, верность, человечность, духовный потенциал, интеллект.

ABSTRACT

This article discusses the importance of the scientific heritage of Eastern thinkers in the training of modern military specialists in our country to form the young generation mature in all respects, mature and patriotic, as well as the military theory and practical military art of Amir Temur, as well as the development of ethical and aesthetic ideas in Timurid era.

Keywords: Education, duty, patriotism, humanity, loyalty, humanity, spiritual potential, intellect.

KIRISH

Mamlakatimiz Qurolli Kuchlarida amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar jarayonida professional milliy armiyamiz uchun yuqori malakali ofitser

263

www.birunijournal .uz

kadrlar tayyorlashga jiddiy ahamiyat berilayotganini ta'kidlash farz va qarz, deb o'ylaymiz. Shu maqsadda yurtimizdagi oliy harbiy ta'lim muassasalari moddiy-texnik bazasi mustahkamlanib, kursantlar uchun barcha sharoit yaratilmoqda.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev ta'kidlaganidek: "Tarixiy merosni asrab-avaylash, o'rganish va avlodlardan avlodlarga qoldirish ham davlat siyosatining eng muhim ustuvor yo'nalishlaridan biridir"[1]. Sharqning buyuk alloma va mutafakkirlarining kashfiyotlari zamonaviy fan va taraqqiyotning asosidir. Jamiyat taraqqiyotidagi har qanday o'zgarish va yangilanishlar, ayniqsa, insoniyat taraqqiyotiga katta turtki beradigan jarayonlar va kashfiyotlar o'z-o'zidan sodir bo'lmaydi. Buning uchun, avvalo, azaliy an'analar, munosib sharoitlar, tafakkur maktabi, madaniy-ma'naviy muhit bo'lishi kerak.

Shu bois, asrlar davomida jahon falsafasi, xususan Sharq falsafasi qadriyatlari asosida yosh ofitserlarda falsafiy mushohada, tafakkur etish ko'nikmalarini shakllantirishni uzluksiz ta'lim tizimiga kiritish, nazarimizda, milliy mentalitetimizning milliy taraqqiyot g'oyasi asosida yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

O'rta asrlar sharq allomalari orasida Abu Nasr Forobiyning davlat va jamiyat taraqqiyoti haqidagi qarashlari ilmiy jamoatchilikning e'tiborida bo'lib keladi. Buyuk alloma Abu Nasr Forobiyning "Ixso al Ulum" asarida shunday yozilgan: "... Jamoa haqidagi bilim ongli ish, harakatlar, turmush yo'l-yo'riqlari hamda odat-malakalar, axloq, xarakter va moyillik xislatlarini o'rganadi. Chunki ongli ish harakat va turmush yo'l-yo'riqlari ana shulardan tashkil topadi. Jamoa haqidagi bilim yana shu ish-harakatlarning qanday maqsadga yo'naltirilganini, bu (axloq, malakalarning) insonda qaysi tartibda yuzaga kelishi, qanday mavjud bo'lishi, ularni boshqarish hamda saqlab qolish vositalarini o'rganadi"[2].

Forobiy fikricha, ijtimoiy takomilga va umumiy baxt-saodatga erishish ilm va ma'rifat yordamida hosil qilinadigan va erishiladigan yuksak intellektual va axloqiy fazilatlarning qo'llanilishi tufayli amalga oshiriladi. Bundan tashqari odam jamiyatdan, olib borilayotgan siyosatdan, ma'naviy, mafkuraviy islohotlardan ayro yashay olmaydi. Biz bugungi kunda ko'proq "yoshlarni yangi mafkuraviy tahdidlardan himoya qilishimiz kerak", "ularning ongi va qalbida milliy g'oyani shakllantirishimiz lozim", "mafkuraviy immunitetini kuchaytirishimiz shart", "dunyoqarashni o'zgartirish kerak" va shunga o'xshagan iboralar bilan bong urmoqdamiz. Demak, bunday vaziyatda o'z qadriyatlarimizga sodiq qolmog'imiz va uni o'zimizda rivojlantirib, shakllantirib hamda takomillashtirib borishiimiz maqsadga muvofiq bo'ladi.

264

www.birunijournal .uz

Faylasufning davlat boshqaruviga yangiliklarni joriy etish va shu orqali farovonlikni ta'minlash to'g'risidagi fikrlari dolzarb ahamiyatga egadir. "Ba'zan rahbarlar bir shaharning sohibkori, shahar xalqi hayotiga tegishli ishlarda tadbirkor bo'ladilar. Ular bu yo'l-yo'riqlarni o'tmishda kechgan boshliqlardan o'rganadilar, lekin shu bilan birga, rahbar kelajak uchun o'tmishdagi rasm-rusum, yo'l-yo'riqlarni isloh qilishi lozim va foyda topsa turmush sharoiti taqozosiga qarab ularni o'zgartiradi. Shuningdek, yomon odatlarni o'zida ifodalovchi o'tmishni ham o'zgartirmog'i kerak. Aks holda o'tmishning talablariga rioya etib, uning kayfiyati saqlansa, turmushda hech qanday yengillik, o'zgarish va o'sish bo'lmaydi"[3].

Davlat va jamiyat boshqaruviga joriy etilayotgan innovatsiyalar mavjud tizimlarning samaradorligini ta'minlashga xizmat qilishi zarur va xalq farovonligiga yo'naltirilgan bo'lishi maqsadga muvofiqdir. Faylasufning fikrlaridan ma'lum bo'ladiki, jamiyat taraqqiyotiga xizmat qilmaydigan qonun-qoidalardan voz kechish va yangi boshqaruv shakllarini joriy etish ijtimoiy taraqqiyotning muhim omilidir.

Tibbiyot sohasidagi ilmiy kashfiyotlari o'z davridan bir necha yuz yillar oldinga o'tib ketgan Abu Ali ibn Sino falsafa fanlari doirasida ham yirik ilmiy asarlar muallifidir. Olimning inson hayotida bilimning o'rni va roli, olingan bilimlarni ijtimoiy turmushda qo'llash borasidagi betakror fikrlari alohida ahamiyatga ega. Faylasufning fikricha, insonning ma'naviy-ruhiy olami bilish, bilim olish va amaliy hayot davomida shakllanadi. Shu bilan birga hayot bilimsiz bo'lishi mumkin emas, bilim esa amaliyotsiz befoydadir. O'zining bilimi tufayligina inson zoti takomillashib boradi va boshqa jonzotlardan ustun turadi. Inson bilimsiz komillikka yetishi mumkin emas va doimo bilimga intilganlargina baxtli sanaladi[4].

Buyuk sarkarda Amir Temur faoliyatini ilm-fanning davlat boshqaruviga, iqtisodiy-siyosiy hayotga tatbiq etilishining natijasi sifatida o'rganish mumkin. Uzoq yillar mo'g'ullar zulmiga bardosh berib kelgan xalqni ozodlikka olib chiqish va shu asosda buyuk saltanat tuzish uchun mutlaqo yangicha yondashuv talab qilinar edi. Bu haqda faylasuf olim Ibrohim Mo'minov tarixiy manbalarga tayanib shunday yozadi: "Temur xislatlaridan biri shu ediki, u biror masalani hal etishdan oldin shu sohaning bilimdon odamlari, olimlar bilan maslahatlashar, so'ng konkret qaror qabul qilar edi"[5]. Davlat boshqaruvi, harbiy san'at, iqtisodiy-ijtimoiy hayotda mavjud an'analar bilan birga yangicha yondashuvlarning ham izchillik bilan tatbiq etilishi, qisqa muddatda yirik saltanatning vujudga kelishiga sabab bo'lgan omillardan biridir.

Ulug' bobokalonimiz falakiyotshunos olim va temuriyzoda Mirzo Ulug'bekning o'z davrida ilm-fan rivojiga ulkan hissa qo'shgani, uning ilmiy kashfiyotlari qimmati qanchalik yuksak ekanini tarixning o'zi isbotladi. Mirzo Ulug'bek ilm-fan yutuqlaridan davlat boshqaruvida foydalangani va o'zi ham bu jarayonga innovatsion

265

www.birunijournal .uz

yangiliklarni kiritib borgani qator asarlarida qayd etilgan. Hukmdor sifatida siyosiy jarayonlarni baholashda yangicha yondashuvlarga alohida e'tibor qaratgan. "To'rt ulus tarixi» asarida Tuminahon ibn Boysung'urxon podshohligi haqida shunday yozgan edi:

"Tuminaxon otasi saltanati taxtiga o'ltirib, qoonlik tojini kiygandan keyin jahonbonlik rasmu rusumi va tartiblarini yangiladi. Saltanati va komronligi ovozasi, sarvarlik va xonligi bongi olamning barcha mamlakatlariga ketdi"[6].

Amir Temur bilan suhbatlashish sharafiga muyassar bo'lgan buyuk arab faylasufi Ibn Xaldun Jahongir turk, arab, fors xalqlari tarixining, diniy, dunyoviy va falsafiy bilimlarning murakkab jihatlarigacha yaxshi o'zlashtirganini ta'kidlaydi.

Amir Temur ilm-fan, ma'naviyat ahliga e'tibor, mehribonlik ko'rsatib, ulardan jamiyat madaniy hayotida foydalanishga intilar ekan, tarixchi Ibn Arabshoh yozganidek, "Temur olimlarga mehribon, sayidu shariflarni o'ziga yaqin tutar edi. Ularning har birini o'z martabasiga qo'yib, izzat-ikromini unga izhor qilar edi"[7].

Sohibqironning ma'naviy-axloqiy qarashlari uning "Temur tuzuklari"da mujassamlangan. Mazkur asarda Temurning jamiyatga, ijtimoiy-siyosiy hayotga qarashi, davlatning siyosiy va axloqiy tamoyillari ifodalangan.

Amir Temur davlatni boshqarishda o'zi uchun asosiy yo'nalishlar deb, din va shariatni oladi: "yana tajribamda ko'rib bildimki, davlat agar din (qoida, rasm, tartib, odat, ravish, tarzi) asosida ko'rilmas ekan, unday saltanatning obro'si, qudrati va tartibi yo'qoladi. Bunday saltanat yalang'och odamga o'xshar ekan, uni ko'rgan har kimsa undan nazarini olib qochadi, yohud kasu-nokas tap tortmay kirib chiqadigan tomsiz, eshigi, tuynugi yo'q uyga o'xshaydi"

Buyuk davlatga asos solgan Amir Temurning sarkardalik san'atini, lashkarboshilarni qanday tanlagani va rag'batlantirganini o'rganish, bizningcha, muhim masaladir. Chunki, ulug' amirning "Davlatu saltanat uch narsa - mulk, xazina va lashkar bilan tikdir", deb aytgan hikmatli so'zlari bugungi kunda ham o'z ahamiyatini yo'qotmagan.

Sohibqiron harbiylikka olinadigan kishidagi sergaklik, xushyorlik va tadbirkorlikni oldingi o'ringa qo'ydi. U aytadiki, "ishbilarmon, mard va shijoatli sohib, azmi qat'iy tadbirkor va xushyor bir kishi, ming-ming tadbirsiz, loqayd kishilardan yaxshidur". U shunday degan: "Cherik tuzib, navkar olmoqda uch qoidaga amal qildim: birinchidan - yigitning kuch-quvvatiga, ikkinchidan - qilichni o'ynata olishiga, uchinchidan aql-zakovati-yu, kamolotiga e'tibor berdim. Shu uch sifat jamuljam bo'lgandagina navkarlik xizmatiga oldim. Negaki, kuch-quvvatli yigit har qanday qiyinchiliklarga, azob-uqubatlarga chidamli bo'ladi, qilich o'ynata

266

www.birunijournal .uz

oladigan kishi raqibini mag'lub eta oladi, oqil navkar har joyda aql-idrokini ishga solib, mushkulotni bartaraf etmog'i mumkin". XULOSA VA TAKLIFLAR

Xulosa qilib shuni aytishim mumkinki, o'sha davr allomalarining axloq-odob va estetika borasidagi dono fikrlari madaniyatimizni yanada ravnaq toptirishda, yoshlarning ma'naviy dunyosini boyitishda, ularni yuksak axloqiy fazilatlar ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyatga egadir. Shunday ekan, bugun Qurolli Kuchlarimiz saflarida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilarimiz ajdodlarimizning mana shunday boy ma'naviy merosidan oziqlanishsa, o'zlarining ma'naviy, axloqiy va intellektual sifatlarini shakllantirishsa, maqsadga muvofiq bo'ladi.

Shuningdek, Sharq Renessansi davri allomalarining merosi insoniyat ijtimoiy taraqqiyotida muhim ahamiyatga ega. Qomusiy allomalar tomonidan yaratilgan ilmiy asarlar hozirgi davrda ham ilmiy jamoatchilikning e'tibor markazida ekanligi, buyuk allomalarimizning ilmiy merosiga murojaat etayotgani, ajdodlarimizning nomi bilan bog'liq ilmiy markazlar, majmualar, oliy o'quv yurtlari, o'rta maxsus kasb-hunar ta'limi muassasalari va maktablar tashkil etilayotgani O'zbekiston rivojlanishining yangi bosqichida innovatsion taraqqiyotning tarixiy asoslarini mustahkamlashga xizmat qiladi.

REFERENCES

1. Mirziyoyev Sh.M. Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashi 43-sessiyasining ochilish marosimidagi nutqi // Xalq so'zi, 2016, 19 oktabr.

2. Forobiy, Abu Nasr. Risolalar. T.: «Fan», 1997. -144b. 131-b.

3. Abu Nasr Forobiy. Fozil odamlar shahri. - Toshkent: Abdulla Qodiriy nomidagi xalq me'rosi nashriyoti, 1994. - B.189-190.

4. Boltaboyev M.N. Abu Ali ibn Sina - velikiy mislitel, ucheniy-ensiklopedist srednevekogo vostoka. - Moskva: Sampo, 2002. - S. 355-356.

5. Mo'minov I. Amir Temurning O'rta Osiyo tarixida tutgan o'rni. -Toshkent: Fan, 1993. - B.22.

6. Mirzo Ulug'bek. To'rt Ulus tarixi. O'zbekiston FA Muxbir a'zosi Bo'riboy Ahmedovning kirish so'zi, izohlari va tahriri ostida. - Toshkent: Cho'lpon, 1994. -B. 46-47.

7. Harbiy xizmat axloqi. 2005 y. Toshkent.

267

www.birunijournal .uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.