Научная статья на тему 'SHARQ MUTAFAKKIRLARINING TA’LIM VA TARBIYA HAQIDAGI PEDAGOGIK QARASHLARI'

SHARQ MUTAFAKKIRLARINING TA’LIM VA TARBIYA HAQIDAGI PEDAGOGIK QARASHLARI Текст научной статьи по специальности «Ветеринарные науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
komil inson / alloma / pedagogika / risolala / bilish nazariyasi / induktsiya / deduktsiya / sinkretik / didaktik nazariya / zardushtiylik / ko’rgazmalilik intellectual / donishmandlik

Аннотация научной статьи по ветеринарным наукам, автор научной работы — Shodmonov X.M, Eshonova M

Maqolada Sharq mutafakkirlari va allomalarini, o’zlarining buyuk asarlari bilan Markaziy Osiyo ma’naviy madaniyati, ilm-fan, bilish nazariyasi rivojlanishiga qo‘shgan katta hissalari, ilmiy meroslari, shuningdek ta’lim tarbiya sohasida va komil insonni shakllanirish masalasiga oid bildirgan fikrlari bayon qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SHARQ MUTAFAKKIRLARINING TA’LIM VA TARBIYA HAQIDAGI PEDAGOGIK QARASHLARI»

SHARQ MUTAFAKKIRLARINING TA'LIM VA TARBIYA HAQIDAGI PEDAGOGIK QARASHLARI

1Shodmonov X.M., 2Eshonova M

1 Farg'ona Davlat universiteti, Texnologik ta'lim kafedrasi dotsenti 2FarDU Fizika-texnika fakulteti magistri https://doi.org/10.5281/zenodo.11192312

Annotatsiya. Maqolada Sharq mutafakkirlari va allomalarini, o'zlarining buyuk asarlari bilan Markaziy Osiyo ma'naviy madaniyati, ilm-fan, bilish nazariyasi rivojlanishiga qo'shgan kattahissalari, ilmiy meroslari, shuningdekta'lim tarbiyasohasidavakomilinsonnishakllanirish masalasiga oid bildirgan fikrlari bayon qilingan.

Kalit so'zlar: komil inson, alloma, pedagogika, risolala, bilish nazariyasi, induktsiya, deduktsiya, sinkretik, didaktik nazariya, zardushtiylik, ko'rgazmalilik intellectual, donishmandlik

IX-XV asrlar Markaziy Osiyo ma'naviy madaniyati rivojida muhim davr hisoblanadi. Shu bois faylasuf, tarixchi, pedagog, matematik olimlar bu davr madaniy - ma'rifiy merosi haqida qator ilmiy tadqiqot ishlari olib borganlar.

Pedagog - olimlarning Sharq mutafakkirlari ijodida ta'lim-tarbiya, shaxs ma'naviy kamoloti masalalariga bag' ishlangan ilmiy tadqiqotlarning pedagogika fani rivojida muhim o'rni bor. Lekin ular allomalar merosida olg'a surilgan ta'lim-tarbiya masalalarini yoritishda milliylik tamoyilidan kelib chiqqan holda yondashmadilar.

Aslida Markaziy Osiyo allomalarining ta'lim-tarbiyaga oid qarashlarida ma'naviy qadriyatlarga bo'lgan e'tibor asosiy o'rinda turadiki, bu bevosita inson kamolotini shakllantirishga omil bo'la oladigan hodisadir.

Sharq Renessansi deb nom olgan IX-XV asr Markaziy Osiyo ma'naviy madaniyatining eng yuksaklikka ko'tarilgan, boy davri bo'lib, bu davrda ilm-fanning ikki yo'nalishi, birinchisi -inson uchun tabiiy fanlardirki, u aql ko'zi bilan egallanadi, ikkinchisi - bu fanlar inson tomonidan, boshqa kishilardan taqlid qilib o'rganiladi, ular asosida shariat qonunlari yotadi. Bu fanlarning asosini Qur'onda va Sunnada bo'lgan Alloh va uning elchisining oldindan belgilab bergan yo'l-yo'riqlari tashkil etadi.1

Bu davrda Sharq madaniyatini umuminsoniy qadriyat darajasiga ko'tarish markazi "Ma'mun akademiyasi" (IX asr, Bag'dod, "Baytul hikmat") tashkil etildi. Akademiya ilmiy ijodkorlari faoliyatida Yaqin va O'rta Sharq xalqlari moddiy va ma'naviy madaniyatining qo'shilishi asnosida hozirgi Markaziy Osiyo madaniyatining maxsus bir-biridan ajratilmagan ko'p qirrali qorishiq turi vujudga keldi.2 Bunday ko'p qirrali ilmiy qadriyatlarning maydonga kelishida vatandoshlarimiz Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy (780-850), Ahmad al-Farg'oniy (247-861), Ahmad ibn Abdulloh al-Marvaziy (IX asr), Abu Nasr Forobiy (870-950), Abu Ali Ibn Sino (9801037), Abu Rayhon Beruniy (973-1050) va boshqalarning xizmatlari katta bo'lgan.

Sharq mutafakkirlarining ma'naviy madaniyat sohasiga qo'shgan ulushlari nihoyatda boy bo'lib, mazmunan qadriyatlarning barcha yo'nalishlarini qamrab olganligi bilan xarakterlanadi.

Forobiy pedagogik qarashlarini, ta'lim-tarbiya haqidagi ta'limotini o'rganishda inson xislatlari to'g'risidagi falsafiy fikrlari nihoyat muhim ahamiyat kasb etadi. Forobiy o'zining falsafiy qarashlarida odamning tuzilishini, ruhiyatini, madaniy va ma'naviy olamini o'rganishga ahamiyat beradi. Uning ta'limotida, inson barcha boshqa jismlarda bo'lmagan qobiliyat va kuchga, ruhiy quvvatga, aql va so'zlash qobiliyatiga egaligi, bu kuch uni tabiatdagi boshqa jismlardan ajratib turishi va uning ustidan hokim bo'lish imkoniyatini berganligi namoyon bo'ladi.

Forobiy bu dunyoqarashida narsa - hodisalarni bilish, inson aqlini bilim bilan boyitish uni ilmli, ma'rifatli qilish uchun xizmat qiluvchi ruhiy jarayonlarga alohida e'tibor beradi. U o'zining "Baxt-saodatga erishuv haqida", "Fanlarning tasnifi", "Ilmlar va san'atlar fazilati" kabi koplab risolalarida insonning ma'naviy rivojlanishi ilm-ma'rifatga bog'liqligini ta'kidlaydi.

Abu Rayhon Beruniy bilim umuminsoniy qadriyatlarni o'rganishning kaliti ekanligini alohida ta'kidlaydi. Uning fikrich, illm-ma'rifatli odam jamiyat taqdiri, insonlar taqdiri uchun kurashuvchan, barcha yomonliklardan uzoqdir. "Ilmning foydasi ochko'zlik bilan oltin-kumush to'plash uchun bo'lmay, balki u orqali inson uchun zarur narsalarga ega bo'lishdir"3

Muhammad al-Xorazmiy (9 asr) bilish nazariyasi rivojlanishiga katta hissa qo'shgan. U birinchi bo'lib koinot ob'yektlarining harakatlari hamda yerdagi nuqtalarining joylashishini jadval ko'rinishida aks ettirib, tajriba-kuzatish va tadqiqotlar metodlarini ilmiy jihatdan asoslab berdi, yagonalikning birligi tamoyili, shuningdek, alohida va umumiy, induktsiya va deduktsiyalarning mohiyatini aniqlashtirdi; matematik masalalarni yechishning algoritmik metodini ishlab chiqdi. Bu metoddan bugungi kunda ham foydalanib kelinmoqda.

Abu Rayhon Beruniy, bilishni uzluksiz, to'xtovsiz davom etadigan jarayon sifatida tushunadi. Allomaning fikricha, insoniyat borliqning haqiqiy mohiyati, hozircha noma'lum bo'lgan jihatlarini kelajakda bilib oladi.

Abu Ali ibn Sinoning bilish nazariyasida sabab haqidagi ta'limoti alohida o'rin oladi. U sabablarni aniq, sezish asosida aniglanadigan va yashirin, tashqi holatlarini tahlil etish asosida tushuniladigan sabablarga ajratadi va hodisaning mohiyati uning yuzaga kelish sabablarini aniqlash yo'li bilan aniglanishi mumkin, deb hisoblaydi. Alloma ushbu gnoseologik qoidani o'zining tabiblik amaliyoti, kasalliklarni ularning simptomlari bo'yicha va dorilar ta'sirini kuzatish asosida aniqlagan.

Sharq mutafakkirlari o'z asarlarida ta'lim usullari, qoidalari, tamoyillari, metodlari va shakllari asosida ta'lim amaliyotining mohiyatini ifoda etadilar. Biroq ta'lim masalalari bilan ular maxsus va izchil shuqullanmaganliklari bois maxsus didaktik nazariya yaratilmadi. Ta'limni ular fan sifatida emas, boshqa fanlarga o'rgatish san'ati, hunarmandchilik sifatida tushundilar. Lekin shunga qaramay sharq allomalari tomonidan ilgari surilgan qoida, usul va tamoyillarning aksariyati zamonaviy maktablarda ham qo'llanilmoqda.

Sharq allomalari Muhammad al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Al-Kindiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Musliqiddin Sa'diy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiylar ham ta'limning ilmiyligi, ongliligi, ko'rgazmaliligi, tushunarliligi, ketma-ketligi, muntazamligi, moslashuvchanligi va mustaqilligi, shuningdek, bolaning individual xususiyatlari, layoqati va qobiliyatlarini hisobga olish, ta'limni insonparvarlashtirish kabi qoida va tamoyillarini ifoda etib berganlar.

Komil insonni shakllanirish masalasi barcha davrda ham muhim ijtimoiy vazifa sifatida kun tartibiga qo'yilgan. Xususan, zardushtiylik dinida komillikning asosi ezgu fikr, ezgu so'z va ezgu amal (harakat) dan iborat ekanligi ta'kidlansa, islom ta'limoti g'oyalariga ko'ra yetuklikning bosh mezoni - ilmlilik, bilimli bo'lishdir.

Sharq mutafakkirlarining asarlarida ham komil inson qiyofasining yoritilishiga alohida ahamiyat berilgan. Xususan, Abu Nasr Forobiy komil insonni shakllantirish va fozil jamoa (yetuk jamiyat) ni shakllantirish tarbiyaning bir butun, yaxlit ikki yo'nalishi ekanligiga urg'u beradi. Allomaning fikricha, fozil jamiyat komil inson sa'yi-harakati bilan barpo etilishi mumkin. Shu bois mamlakatni boshqaruvchi shaxs o'zida eng oliy insoniy fazilatlarni mujassam eta olishi zarur,

deb hisoblaydi. «Aql ma'nolari tog'risidagi» risolasida Abu Nasr Forobiy rahbar shaxs qiyofasida namoyon bo'lishi lozim bo'lgan o'n ikki fazilatni keltirib o 'tadi.

Bizning fikrimizcha, mazkur fazilatlar har bir zamonaviy shaxsda o'z aksini topa olishi kerak, zero, ular inson hayotini mo'tadil kechishi hamda muayyan kasbiy faoliyatlarni tashkil etishda muvaffaqiyatlarga erishishni kafolatlaydi.

Abu Rayhon Beruniy ham komillikning asosini ilmli bo'lishda deb hisoblaydi va barcha illatlarning asosiy sababi ilmsizlikdir, deya urg'u beradi. Allomaning fikricha, axloqiylik, to'g'rilik, odillik, tadbirkorlik, o'zini vazmin tutish, kamtarlik, insof, ehtiyotkorlik, shuningdek, adolatli va vijdonli bo'lish komil inson qiyofasida aks etishi zarur bo'lgan eng asosiy sifatlardir.

Alisher Navoiy asarlarida komil inson muammosi markaziy o'rinni egallaydi va o'z orzusidagi komil inson shaxsini asarlarining qahramonlari timsolida gavdalantirishga urinadi. Mutafakkir qarashlarida komil inson quyidagi sifatlarga ega bo'lishi borasidagi g'oya ilgari suriladi: aqlli, axloqli, bilimli, ijodkor, qobiliyatli, dono, kamtar, insonparvar, saqovatli, sabr-qanoatli, adolatli, muruvvatli, sog'lom, jismonan baquvvat, mard va jasur5.

Abdulla Avloniy komil insonni tarbiyalash borasidagi qarashlari bilan Sharq mutafakkirlarining fikrlarini boyitar ekan, komil inson qiyofasida, yana shuningdek, vatanparvarlik, hamda intizomlilik sifatlari ham namoyon bo'lishi kerak, deb hisoblaydi.

Sharq mutafakkirlari jamoaning shaxs kamolotini ta'minlashdagi o'rni va roliga alohida e'tibor berganlar. Xususan, Abu Ali ibn Sino ijtimoiy muhitning shaxsni shakllantirishdagi rolini yuqori baholaydi. Tashqi muhit va odamlar insonning borliq, unda kechayotgan o'zgarishlar, jarayonlar mohiyatini anglashgagina emas, balki uning xulqida yaxshi va yomon sifatlarning shakllanishiga ham sezilarli ta'sir etishi ta'kidlaydi.

Sharq mutafakkirlari o'z asarlarida bilish hamda inson aqliy tafakkuri masalalariga alohida o'rin bergan. Xususan, Abu Nasr Forobiy inson tomonidan borliqni anglanishi, tabiat sirlarini anglashida ilm-fanning rolini hal qiluvchi omil sifatida baholaydi. Allomaning fikricha, inson tanasi, miyasi, sezgi organlari u tug'ilganda mavjud bo'lgan bo'lsa, aqliy bilimi, ma'naviyati, ruhiyati, intellektual va axloqiy sifatlari, xarakteri, dini, urf-odatlari, ma'lumoti tashqi olam, ijtimoiy muhit ta'sirida, odamlar bilan tashkil etayotgan munosabatlari jarayonida shakllanadi.

Abu Nasr Forobiyning e'tiroficha, inson aqli, fikri uning ruhiy jihatdan yuksalishining mahsulidir. Inson bilimlarni o'zlashtirar ekan, borliqda tirik mavjudotning yaratilish tarixigacha bo'lgan ma'lumotlarni o'zlashtira oladi, ularni yaratadi, ilmiy jihatdan asoslaydi.

Abu Ali ibn Sino o'z asarlarida bilim tushunchasiga sharh berish bilan birga bilimning chuqur o'zlashtirilishi donishmandlik ekanligini alohida qayd etadi: «Ilm narsalarning inson aqli yordami bilan o 'rganilishidir. Bilim deb esa, narsalarni idrok qilishga aytiladi.

Yusuf xos Hojibning «Qutadqu bilig» («Saodatga boshlovchi bilim») asari ta'bir joiz bo'lsa, bilimning mohiyati, uning ijtimoiy hayotdagi ahamiyati, inson kamolotini ta'minlashdagi roli, yozuvliklarni bartaraf etuvchi vosita ekanligi tog'risidagi qomus sanaladi. Allomaning fikricha, bilimli bo'lish ezgu ishlar tantanasini ta'minlovchi garov bo'lib, uning yordamida xatto osmon sari yo'l ochiladi.

Alisher Navoiy bilimlarni izchil, uzluksiz o'zlashtirish zarurligini uqtiradi. Shuningdek, ilm o'rganish mashaqqatli yumush bo'lib, uni o'rganishda ayrim qiyinchiliklarni yengib o'tishga to'g'ri kelishi, bu yo'lda chidamli, qanoatli, bardoshli bo'lish orqaligina mukammal bilimga ega bo'lish mumkinligini ta'kidlaydi.

Abdulla Avloniy esa inson aqliy kamoloti xususida to'xtalar ekan, quyidagilarni bayon etadi: «Ilm dunyoning izzati, oxiratning sharofatidir. Ilm inson uchun g'oyat muqaddas bir

fazilatdur, zeroki, ilm bizga o'z axvolimizni, harakatimizni oyna kabi ko'rsatur, zehnimizni, fikrimizni qilich kabi o'tkir qilur, ilmsiz odam mevasiz daraxt kabidur»5. Alloma bilim insonni jaholatdan qutqarishning eng samarali vositasi ekanligiga ham urg'u beradi: «Ilm bizni jaholat qorong'usidan qutqarur, madaniyat, ma'rifat dunyosiga chiqarur, yomon fe'llardan, buzuq ishlardan qaytarur, yaxshi xulq, odob sohibi qilur...»6.

Erkka intilish, ozod yashashga bo'lgan ehtiyoj insonga xos bo'lgan tuyg'udir. Inson o'z vatanidagina ozod va erkin yashay oladi. Shu bois vatan ozodligi uchun kurashish masalasi qadim-qadimdan allomalarning asarlari hamda ezgu g'oyalarni ifoda etuvchi ta'limotlarning bosh mavzusi bo'lib kelgan. Chunonchi, Hadisi Sharifda Vatanni sevish iymondan ekanligi ta'kidlanadi.

Xulosa. Xulosa o'rnida davlatimiz rahbari Sh. Mirziyoyevning quyidagi fikrlarini keltirish o'rinlidir: "Dunyoga Buxoriylar, Beruniylar, Termiziylar, Moturidiylar, Xorazmiylardek buyuk alloma va aziz-avliyolarni bergan jonajon Vatanimiz yoshlari ulug' ajdodlarimizga munosib bo'lib ulg'ayishi uchun barcha sharoitlarni yaratib berishimiz zarur". Demak, buyuk ajdodlarimiga xos azmu shijoat, xalqimizning metin irodasi, tobora ulg'ayib kelayotgan barkamol avlodimizga tayanib, jamiyatimiz hayotini tubdan yangilash yo'lini izchil davom ettirish-eng dolzarb vazifamizdir.Yuqoridagi fikrlardan ma'lum bo'ladiki, sharq mutafakkirlari o'zlarining pedagogik qarashlari bilan bir necha asrlardan beri ajdodlarimiz tafakkuruni boyitib kelmoqda. Xozirgi kunda ham ularning bunyodkor g'oyalari yosh avlodni shaxs qilib tarbiyalashda o'z qiymatini yo'qotgani yo'q.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. A.Zunnunov, A.U.Mahkamov. «Didaktika». T. «Sharq» 2006 yil.

2. A.Avloniy. «Turkiy guliston yoxud axloq», «O'qituvchi» nashriyoti, T.:1993.

3. Abu Nasr Forobiy. «Fozil odamlar shahri» «A.Qodiriy» nashriyoti, T.:1993

4. Z.B.Jalilov. Sharq mutafakkirlari merosini o'rganishning didaktik metodlari. Zamonaviy ta'lim jurnali. 2017 yil, 5-son.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.