Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(5), May, 2023
PEDAGOGIK FAOLIYAT SHARQ VA G'ARB MUTAFAKKIRLARINING
NUQTAI-NAZARIDA
Saydalieva Dilfuza Zairjanovna,
Toshkent davlat transport universiteti Chet tillar kafedrasi assistenti
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada pedagoglik kasbining mazmun va mohiyati uning kelib chiqish tarixi, bugungi kun jamiyatdagi nufuzi sharq va g 'arb olimlarining nigohidan aniq misollar bilan tahlil etilib, pedagogning asosiy sifatlari ochib berilgan.
Kalit so'zlar: Pedagog, pedagogika, ma'rifat, modernizastiya, ta'lim, tarbiya, ko'nikma, integrastiya, shakl, uslub, yuksak bilim, vosita.
ABSTRACT
In this article, the content and essence of the pedagogic profession, the history of its origin, its influence in today's society are analyzed with specific examples from the eyes of Eastern and Western scientists, and the main qualities of a pedagogue are revealed.
Key words: Pedagogue, pedagogy, enlightenment, modernism, education, training, skill, integration, form, method, higher knowledge, tool.
KIRISH
Bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko'lamli islohotlar bir bu ta'lim-tarbiya tizimining sifati va samaradorligini oshirish, bog'cha tarbiyalanuvchilari, o'quvchi va talaba yoshlarda zamonaviy bilim va ko'nikmalarni shakllantirish, ta'lim tizimlari hamda ilm-fan sohasi o'rtasida yaqin hamkorlik va integrastiyani, ta'limning uzviyligi va uzluksizligini ta'minlash borasida tizimli ishlar amalga oshirilayotganimizni ko'rib turibmiz.Shu bilan birga, milliy ta'lim-tarbiya tizimining amaldagi holati uni zamon talablari asosida modernizastiya qilish, yoshlarni yuksak bilim- ma'rifat egalari, jismoniy va ma'naviy sog'lom insonlar etib tarbiyalash, ta'lim muassasalarining rahbar va pedagog xodimlari nufuzini oshirish, ularning samarali faoliyat yuritishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish bo'yicha izchil chora-tadbirlarni amalga oshirishni talab etmoqda.
Ma'lumki, kasb tanlash, kasbga yo'naltirish, kasb-hunar tarbiyasi masalalari tasavvuf ilmi bilan uyg'unlashgan Sharq pedagogikasida ming yillar davomida xalqimiz ma'naviyatining shakllanishida muhim manba bo'lib kelgan.
Tabiatning oliy mahsuli, siymosi inson o'z aql-zakovati bilan o'zini himoya qiladigan mustaqil, erkin qilib yaratilgan. Shuning uchun tabiat hodisalari, jarayonlarini o'rganish ulardan yashash uchun oqilona foydalanish asosida ins onlar
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(5), May, 2023
sekin-asta madaniylashuvi, ijtimoiylashuvi asosida ma'naviy qadriyatlar shakllana boshlagan, rivojlana boshlagan. Ilk davrlarda ta'lim yoshlarga, ota-onalarning yashash uchun tabiatdan foydalanishi, uy-ro'zqor yuritish, o'zaro va tabiatga munosabat axloqi, odobi sifatida shakllana boshlagan bo'lsa, bilimlar hajmi kengaya boshlagach, maxsus tarbiyachilarga ehtiyoj tug'ila boshlangan. Ma'lum qabila, elat, millat miqyosidagi ta'lim-tarbiya qoidalari majmuasi kontseptsiyalarida ko'p hollarda alohida kishilar tomonidan takomillashtirilgan. Shuning uchun ham ta'lim kontseptsiyalarida ma'lum muallifning nomi bilan bog'lanmaydi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Antik pedagogikada tabiatga, atrof-muhitga o'zaro ongli munosabatlarda, axloqiy munosabatlar majmuasi bo'lgan donishmandlik pedagogikasi shakllangan. Bu vaqtlarda tarbiyaning bosh maqsadi ham yoshlarda donishmandlik sifatlarini shakllantirish bo'lgan. Donishmandlik pedagogikasida yoshlarda mehnatsevarlik ma'naviy - axloqiy sifatlar bilan uyg'un rivojlantirilishi maqsadga muvofiq ekanligi ilgari surilgan. Bu pedagogik qarashlar mashhur «Avesto» (er.av. VII asr) asarida va qadimgi Xitoyning Daos maktabi (er.av. III asr) tajribalarida aks etgan edi. Eramizdan avvalgi II asrlarga kelib O'rta Osiyo, qadimgi Hindiston pedagogikasida saxiylik, sofdillik, inson qalbi tushunchalari ilgari surilgan. "Qur'oni karim", Hadisi shariflarda, shuningdek, buyuk mutafakkirlar Muhammad Ismoil al-Buxoriy, Muhammad Iso at-Termiziy, Mahmud Qoshg'ariy, Abu Nasr Forobiy, Yusuf Xos Hojib, Husayn Voiz Koshifiy, Amir Temur, Alisher Navoiylarning ilmiy merosida nodir fikrlar tarzida o'z ifodasini topgan. 610 yillarga kelib yaratilgan Islom dinining muqaddas kitobi «Qur'oni Karim»da inson mohiyati to'la ochib berilib, komil inson tarbiyasi bosh maqsad qilib qo'yilgan edi. «Qur'oni Karim»dagi ta'lim - tarbiyaga oid ulug' xazina Al-Buxoriy hazratlarining Hadislarida beriladi. Jumladan, (38-hadis) "Farzandlaringizni izzat-ikrom qilish bilan birga axloq-odobini ham yaxshilangiz": (626-hadis) "Har bir go'dak Islom tabiatida tug'iladi, so'ng ota-onasi uni yo yahudiy qiladi, yo nasroniy qiladi, yo majusiy qiladi": (136 -hadis) "Hech bir ota o'z farzandiga xulqu odobdan buyukroq meros berolmaydi"
Ta'lim - tarbiya, insoniy munosabatlarning falsafiy asoslari tasavvuf ilmida ochib beriladi. Shu jumladan Islom olamining muqaddas kitobi «Qur'oni Karim»da ham komillikning beshta tamoyili komillikka erishish uchun talab etiladi.
1. Mehnatim muhabbatim.
2. Ma'rifatim sarmoyam.
3. Dinim aqlim.
4. Ilmim qurolim.
5. Sabru qanoat libosim.
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(5), May, 2023
IX-XV asrlar Markaziy Osiyo ma'naviy madaniyati rivojida muhim davr hisoblanadi. Shu bois faylasuf, tarixchi, pedagog, matematik olimlar bu davr madaniy-ma'rifiy merosi haqida qator ilmiy tadqiqot ishlari olib borganlar.
Pedagog - olimlarning Sharq mutafakkirlari ijodida ta'lim-tarbiya, shaxs ma'naviy kamoloti masalalariga bag'ishlangan ilmiy tadqiqotlarning pedagogika fani rivojida muhim o'rni bor. Lekin ular allomalar merosida olg'a surilgan ta'lim-tarbiya masalalarini yoritishda milliylik tamoyilidan kelib chiqqan holda yondashmadilar.
Aslida Markaziy Osiyo allomalarining ta'lim-tarbiyaga oid qarashlarida ma'naviy qadriyatlarga bo'lgan e'tibor asosiy o'rinda turadiki, bu bevosita inson kamolotini shakllantirishga omil bo'la oladigan hodisadir.
Sharq Renessansi deb nom olgan IX-XV asr Markaziy Osiyo ma'naviy madaniyatining eng yuksaklikka ko'tarilgan, boy davri bo'lib, bu davrda ilm-fanning ikki yo'nalishi (birinchisi) inson uchun tabiiy fanlardirki, u aql ko'zi bilan egallanadi, (ikkinchisi) bu fanlar inson tomonidan (boshqa) kishilardan taqlid qilib o'rganiladi, ular asosida shariat qonunlari yotadi. Bu fanlarning asosini Qur'onda va Sunnada bo'lga Alloh va uning elchisining oldindan belgilab bergan yo'l-yo'riqlari tashkil etadi. 1
Bu davrda Sharq madaniyatini umuminsoniy qadriyat darajasiga ko'tarish markazi "Ma'mun akademiyasi" (IX asr, Bag'dod, "Baytul hikma") tashkil etildi. Akademiya ilmiy ijodkorlari faoliyatida Yaqin va O'rta Sharq xalqlari moddiy va ma'naviy madaniyatining qo'shilishi asnosida hozirgi Markaziy Osiyo madaniyatining maxsus bir-biridan ajratilmagan ko'p qirrali qorishiq turi vujudga keldi.2 Bunday ko'p qirrali ilmiy qadriyatlarning madonga kelishida vatandoshlarimiz Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy (780-850), Ahmad al-Farg'oniy (247-861), Ahmad ibn Abdulloh al-Marvaziy (IX asr), Abu Nasr Forobiy (870-950), Abu Ali Ibn Sino (980-1037), Abu Rayhon Beruniy (973-1050) va boshqalarning xizmatlari katta bo'lgan.
Sharq mutafakkirlarining ma'naviy madaniyat sohasiga qo'shgan ulushlari nihoyatda boy bo'lib, mazmunan qadriyatlarning barcha yo'nalishlarini qamrab olganligi bilan xarakterlanadi. Ular:
aqliy madaniyatni shakllantirish bilan bog'langa qadriyatlar;
ma'naviy-ruhiy qadriyatlar;
ijtimoiy-siyosiy qadriyatlar;
badiiy-nafis qadriyatlar;
diniy qadriyatlar tarzida o'z ifodasini topgan.
Abu Nasr Forobiyning pedagogik qarashlarini, ta'lim-tarbiya haqidagi ta'limotini o'rganishda inson xislatlari to'g'risidagi falsafiy fikrlari nihoyat muhim
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(5), May, 2023
ahamiyat kasb etadi. Forobiy o'zining falsafiy qarashlarida odamning tuzilishini, ruhiyatini, madaniy va ma'naviy olamini o'rganishga ahamiyat beradi. Uning ta'limotida, inson barcha boshqa jismlarda bo'lmagan qobiliyat va kuchga, ruhiy quvvatga, aql va so'zlash qobiliyatiga egaligi bu kuch uni tabiatdagi boshqa jismlardan ajratib turishi va uning ustidan hokim bo'lish imkoniyatini berganligi namoyon bo'ladi.
Forobiy bu dunyoqarashida narsa-hodisalarni bilish, inson aqlini bilim bilan boyitish uni ilmli, ma'rifatli qilish uchun xizmat qiluvchi ruhiy jarayonlarga alohida e'tibor beradi. U o'zining "Baxt-saodatga erishuv haqida", "Fanlarning tasnifi", "Falsafani o'rganishdan oldin nimani bilish kerakligi to'g'risida", "Ilmlar va san'atlar fazilati" kabi koplab risolalarida insonning ma'naviy rivojlanishi ilm-ma'rifatga bog'liqligini ta'kidlaydi.
Mazkur fikrlarning tasdig'ini Abu Rayhon Beruniyning o'qituvchi faoliyatiga bergan izohidan ham ko'rishimiz mumkin bo'ladi. Beruniy yoshlarni o'qitish uchun o'qituvchi tanlash ota-onaning birinchi va asosiy vazifasi deb bilgan. Buning uchun o'qituvchi xushmuomala, rostgo'y, o'z fanini va o'qitish qoidalarini yaxshi biladigan, pokiza, yurish va turishda namuna bo'lishini talab etadi. Agar, - deydi Beruniy, -tarbiyachining o'zi o'rnak bo'lmasa, aytgan gapiga o'zi rioya etmasa, uning talabi va tarbiyasi samarasizdir19. Yangi davr pedagogikasining asoschilaridan sanalmish Mahmudxo'ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitrat asarlarida ham ta'lim-tarbiya va bu jarayondagi o'qituvchining o'rni va xizmatlari davrning ijtimoiy-siyosiy hayotidan kelib chiqib, o'ziga xos ravishda talqin etilgan.
Jumladan, Abdulla Avloniy o'qituvchi faoliyatiga alohida to'xtalib, bolaning fikriy taraqqiyotini oilaga emas, maktabga, muallimlar zimmasiga yuklaydi: "Fikr tarbiyasi eng kerakli, ko'p zamonlardan beri taqdir qilinib kelgan, muallimlarning diqqatlariga suyangan, vijdonlariga yuklangan muqaddas bir vazifadir. Fikr insonning sharofatli, g'ayratli, bo'lishiga sabab bo'ladur. Bu tarbiya muallimlarning yordamiga muhtojdirki, fikrning quvvati ziynati, kengligi muallimning tarbiyas iga bog'liqdir", -deydi.
Darhaqiqat, Abdulla Avloniy o'qituvchining shaxsiy va kasbiy fazilatlariga keng ta'rif berib: tarbiyachining shaxsiy fazilatlari, ya'ni axloqli, odobli, bilimdonligi, ziyrakligi, topqirligi, farosatliligi, aql-zakovatliligi ta'lim- tarbiya jarayoni uchun asosiy negiz bo'lsa, ijodiy izlanish o'qish va o'qitishning yangi shakl, uslub hamda sifatlaridan ekanligini uqtiradi. Bu bilan Abdulla Avloniy o'qituvchi faoliyatiga nisabatan akmeologik yondashuvni o'z davri qiyofasida olg'a suradi.
Abdurauf Fitratning asarlarida ham ta'lim-tarbiya masalalariga alohida e'tibor beriladi. Xususan, olim ta'lim-tarbiya jarayoni, ayniqsa, o'qituvchi o'quvchilarning
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(5), May, 2023
o'zaro muloqotini tashkil etish, olib borishda eskicha qolipdan chiqib yangi islohotlar qilish kerakligi, buning uchun esa, mudarrislarning (eski maktab o'qituvchisi) nodonligiga chek qo'yib, ularni o'qitish usullarini o'quvchilarning individual qobiliyatlariga qarab tubdan o'zgartirish zaruratini bayon qiladi.
Uzluksiz ta'lim tizimini modernizatsiyalash va mazmunan takomillashtirish orqali o'quvchilarni o'qituvchilik kasbiga yo'naltirish muammosi bugungi kunda ham zamonaviy pedagogikaning asosini tashkil etmoqda. So'nggi yillardagi zamonaviy pedagogik-psixologik tadqiqotlarda bo'lajak o'qituvchilarning kasbiy tayyorgarligini shakllantirish muammosi keng doirada o'rganilib, uning ilmiy-nazariy asoslari shakllantirildi.
Xususan, kadrlar tayyorlash milliy modeli asosida tashkil etilgan uzluksiz ta'lim tizimida ta'lim sifatini boshqarish, ta'lim menejmenti muammolari SH.E.Qurbonov, E.X. Seytxalilovlar tomonidan tadqiq etilib, mazkur muammoning echimi yuzasidan ta'lim sifatini boshqarish modeli ishlab chiqilgan. Uzluksiz ta'limning muhim bo'g'inlaridan bo'lgan umumiy o'rta ta'lim va kasb-hunar ta'limi tizimida ta'lim sifatini boshqarish va nazorat qilishning nazariy va tashkiliy-uslubiy asoslari esa U.I.Inoyatov tomonidan keng o'rganilgan. U.I.Inoyatov o'z tadqiqotlarida kasb-hunar kollejini samarali boshqaruv tuzilmasini shakllantirgan holda ta'limda sifat nazoratini amalga oshirish modelini ishlab chiqqan.
Pedagog-psixolog tadqiqotchilar M.I.Dyachenko va A.M.Stolyarenkolar bo'lajak o'qituvchilarning kasbiy tayyorgarligini uning mavjud moslashish darajalari bilan bog'lab quyidagicha yoritadilar:
1. Shaxsning kasbiy faoliyatga dastlabki salohiyatli tayyorligi, ya'ni, statik komponentlar kasbiy faoliyatning psixik asoslari, bilim, ko'nikma, malakalar, zaruriy sifatlar hamda shaxsning zarur bo'lgan kasbiy imkoniyatlari darajasi.
2. Shaxsning kasbiy faoliyatga bevosita ayni vaqtdagi tayyorligi, ya'ni, mutaxassisning tezkorligi, o'zgaruvchanligi, ruhiy va jismoniy holati, har qanday holat va sharoitda aniq masalalarni echishga yo'nalganligi bilan ifodalanadi.
Amalga oshirilgan ilmiy ishlar pedagogik tushunchalarni aniqlashda turli falsafiy-metodologik yondashuvlar mavjud bo'lgan hamda hozirda ham mavjudligi ko'rinmoqda. Dastlab, "ta'lim" tushunchasiga to'xtalamiz. B.M.Bim-Badning ta'rifiga ko'ra, ta'lim o'zida tarbiya, o'qish va o'qitishni qamrab oladi. V.I.Andreev «ta'lim»ni «madaniyat»da o'z aksini topuvchi, o'qitish va tarbiya orqali amalga oshiriluvchi hodisa sifatida talqin qiladi. o'z navbatida "o'qitish" kategoriyasi insonning "ta'limi", "tarbiyasi" va "rivojlanishi" tushunchalari orqali ochib beriladi. Ba'zi adabiyotlarda "rivojlanish", "shakllanish" va "moslashish" orqali amalga oshadi deb qayd etilsa, boshqalarida "moslashish" "rivojlanish" orqali deb
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(5), May, 2023
ta'kidlanadi. Bunga qaramasdan, ko'plab mualliflar "rivojlanish" tushunchasining nisbatan kengroq va qamrovliroq ekanligini va shaxsning asosiy motivatsion ehtiyojlari, kognitiv, irodaviy va tashkil etuvchilari o'zgarishlar dinamikasini ifodalashda ko'proq qo'llanilishini e'tirof etadilar.
Yuqoridagi fikrlarni umlashtirigan holda, kasbiy moslashtirish - shaxs kamolotining muhim jihatlaridan biri bo'lib, shaxsning faqatgina mehnat va kasbiy faoliyatni tanlash bilan bog'liq ehtiyoj va qiziqishlarini ifodalaydi (umumiy rivojlanish barcha ehtiyojlar majmuasini, uning borliqqa, atrofdagilarga, o'ziga nisbatan munosabatlari tizimini ifoda etadi). Kasbiy moslashtirish - mehnat faoliyati yoki kasb sohasining aniq turini tanlash bilan bog'liq, aniq va ongli ravishda qabul qilinadigan qarorning ifodalanishi bo'lib, talabalar bilan amalga oshiriladigan maqsadga yo'naltirilgan ishlar bilan bevosita bog'liq bo'ladi.
Xulosa qilib aytganda, shaxs manfaatlari, shaxs, davlat va jamiyat, fan, ishlab chiqarish komponentlarini o'z tarkibiga olgan kadrlar tayyorlash milliy modeliga asosan bo'lajak pedagog yo'naltirilgan ta'lim jarayonini tashkil etishda ilg'or texnologiyalarni qo'llash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga tayanish, uning mazmunini demokratlashtirish va insonparvarlashtirish, ta'lim jarayonini ijtimoiylashtirish va tabaqalashtirish bo'lajak o'qituvchini kasbiy- ijodiy faoliyatga tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
REFERENCES
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta'lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora- tadbirlari tug'risida"gi 2020-yil 6- noyabrdagi №PF-6108 farmoni.
2. Pedagogika tarixi / Tuzuvchilar: K.Hoshimov, M.Inomova, S.Nishonova, R.Hasanov.- T.: O'qituvchi, 1996.B-10-12
3. Zairjanovna, S. D., Tulaboevna, T. G., Mirsharapovna, S. Z., & Allovidinovna, I. D. (2022). FEATURES OF TRANSLATION OF MOVIE TITLE FROM ENGLISH TO UZBEK. Journal of new century innovations, 18(3), 179-185.
4. Tulaboevna, T. G., Zairjanovna, S. D., & Bahtiyarovna, Y. M. (2022). ENGLISH AND UZBEK TRADITIONS, COMPARATIVE ANALYSIS. Academicia Globe: Inderscience Research, 3(12), 39-44.
5. Mirsharapovna, S. Z., Allovidinovna, I. D., Zairjanovna, S. D., & Tulaboevna, T. G. (2022). INTERNET MEME AS A MEANS OF COMMUNICATION. Journal of new century innovations, 18(3), 193-199.
XULOSA
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(5), May, 2023
6. Allovidinovna, I. D., Zairjanovna, S. D., Tulaboevna, T. G., & Mirsharapovna, S. Z. (2022). COMPARISON OF WORD-FORMATION SYSTEMS IN ENGLISH AND RUSSIAN LANGUAGES. Journal of new century innovations, 18(3), 200-208.
7. Tulaboevna, T. G., Mirsharapovna, S. Z., Allovidinovna, I. D., & Zairjanovna, S. D. (2022). FOREIGN LANGUAGE TEACHING IN THE CONDITIONS OF INFORMATIZATION OF EDUCATION. Journal of new century innovations, 18(3), 186-192.
8. Saloxiddinovna, M. G., & Xaytbayevich, K. Y. (2022). Problems of Teaching ESP at the Technical Universities of Uzbekistan. Eurasian Research Bulletin, 14, 120-122.
9. Mamadjanovna, K. M., Salaxiddinovna, M. G., Tulaboevna, T. G., & Zairjanovna, S. D. (2022). Current Problems of Training Pedagogical Staff for the Implementation of Inclusive Education. Eurasian Research Bulletin, 14, 12-16.
10. Zairjanovna, S. D., Mamadjanovna, K. M., Salaxiddinovna, M. G., & Tulaboevna, T. G. (2022). Grade-Free Learning System as A Means of Creating a Psychologically Comfortable Educational Environment in the Class to Motivate a Child to Successful Learning Activities. Eurasian Research Bulletin, 14, 17-20.
11. Tulaboeva Gulorom, Dilfuza Saydaliyeva, (2022) Economics of education: Badic concepts and experience of sistem analysys, Modern materials Science: Topical Issues, Achievements and Innovations, 2022-4,5-03
12. Saydalieva, D. Z., Normirzaeva, D. M., Sheralieva, S. I., & Yuldasheva, A. Y. (2021). The role of innovative technologies in the English Lesson. European Journal of Molecular & Clinical Medicine, 8(2), 308-318.
13. Kharatova, S., & Tulaboeva, G. (2022, June). Some interactive methods of teaching module system. In AIP Conference Proceedings (Vol. 2432, No. 1, p. 060005). AIP Publishing LLC.
14. Alidjanovna, T. M., Khakimovna, K. S., Tulaboevna, T. G., Shukurovna, A. K., & Xafizovich, U. K. (2021). Lingu-Didactical Basis of Teaching English Learning Vocabulary to the First-Year Uzbek Audience Students. Annals of the Romanian Society for Cell Biology, 415-429.
15. Kharatova, S., Tulaboeva, G., & Xusanova, I. (2022, June). The role of computers in education. In AIP Conference Proceedings (Vol. 2432, No. 1, p. 060006). AIP Publishing LLC.