SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(2), Feb., 2023
OTA-ONA QARAMOG'ISIZ QOLGAN BOLALARNI KASB-HUNARGA YO'NALTIRISHDA OILA, MAHALLA VA MAKTABNING HAMKORLIGI
Jo'rayev Sobitali Sobirjon o'g'li
O'zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti mustaqil izlanuvchisi, kapitan
Maqolada ota-ona qaramog'isiz qolgan bolalarni kasb-hunarga yo'naltirishda oila, mahalla va maktab hamkorligining o'rni tahlil qilingan. Kasb-hunarga yo 'naltirishning bugungi kundagi ahamiyati atroflicha o 'rganilgan.
Kalit so'zlar: oila, mahalla, maktab, hamkorlik, kasb-hunar, tarbiyachi, tarbiyalanuvchi.
The article analyzes the role of family, neighborhood and school cooperation in guiding children without parental care to the profession. The importance of career guidance today has been thoroughly explored.
Key words: family, neighborhood, school, cooperation, profession, teacher, student.
Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab, hamkorlik muhitini tashkil etish, ota-ona qaramog'isiz qolgan bolalarni kasb-hunarga tayyorlashda oila, maktab va mahalla hamkorligini yo'lga qo'yishga alohida e'tibor qaratildi. Ana shu maqsadda "Oila, mahalla, maktab hamkorligi" Konsepsiyasi ishlab chiqilib, yoshlarni istiqlol g'oyalariga sadoqatli, ma'naviy barkamol, vatanparvar etib tarbiyalashda keng jamoatchilik faoliyatini muvofiqlashtirish borasida ma'lum natijalarga erishildi. Zero, 2020 yil 23 sentyabrda kuchga kirgan O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida"gi Qonunida aniq maqsadlar bo'yicha ijtimoiy-tarixiy tajribalar asosida yosh avlodni har tomonlama kamol toptirishga, ularning ongini, ma'naviy-axloqiy qadriyatlar va dunyoqarashini shakllantirishga, ta'lim oluvchilarga chuqur nazariy bilim, malakalar va amaliy ko'nikmalar berishga, shuningdek ularning umumta'lim va kasbiy bilim, malaka hamda ko'nikmalarini shakllantirishga, qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan masalalar belgilab berilgan. Yosh avlodga o'zligimizni, muqaddas an'analarimizni anglash tuyg'ularini, xalqimizning ko'p asrlar davomida shakllangan ezgu orzularini, jamiyatimiz oldiga bugun qo'yilgan oliy maqsad va vazifalarni singdirish bugunning istiqbolli rejasidir. Jamiyatimizda bugun mavjud bo'lgan hurfikrlikdan qat'iy nazar yoshlarni jipslashtiradigan, xalqimiz va davlatimiz daxlsizligini asraydigan fuqarolari orasida milliy mafkuraviy tarbiya ishlarini
ANNOTATSIYA
ABSTRACT
KIRISH
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(2), Feb., 2023
takomillashtirish "Oila, mahalla, maktab hamkorligi" Konsepsiyasining asosiy maqsadidir.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
O'zbekistonda ro'y berayotgan o'zgarishlar "Oila, mahalla, maktab hamkorligi" yo'nalishidagi bola tarbiyasida oila, mahalla, maktabning asosiy vazifalarini mazmunan yangilab hayotga tatbiq etishni taqozo qiladi. Mazkur vazifalarning davomiyligini ta'minlash va rivojlantirish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 19 iyundagi 175-son qaroriga ko'ra "Barkamol avlod tarbiyasida oila, mahalla va ta'lim muassasalari hamkorligi konsepsiyasi" qabul qilindi.
Xalq ta'limi vazirligi huzuridagi "Oila-mahalla-ta'lim muassasasi" hamkorligi Jamoat kengashi faoliyatiga asos solindi. Mazkur qaror bilan to'rt yo'na lishdan iborat "Oila-mahalla-ta'lim muassasasi" hamkorlik mexanizmini kuchaytirish bo'yicha chora-tadbirlar majmuasi, Xalq ta'limi vazirligi huzuridagi "Oila-mahalla-ta'lim muassasasi" hamkorligi Jamoat kengashining hamda Qoraqalpog'iston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi, Toshkent shahar va viloyatlar xalq ta'limi boshqarmalari huzuridagi "Oila-mahalla-ta'lim muassasasi" hamkorligi hududiy jamoat kengashlarining namunaviy tarkiblari, shuningdek, Jamoat kengashining dastlabki, yig'ilishi qarori bilan Jamoat kengashining Nizomi tasdiqlangan. Nizomdan kelib chiqib, Jamoat kengashining asosiy vazifalari sifatida quyidagilar belgilangan:
1. Ota-ona, mahalla va ta'lim muassasalarining hamkorligini mustahkamlash, shu orqali ota-onalarning farzandlar tarbiyasidagi o'rni, majburiyati, o'zaro munosabati va mas'uliyatini kuchaytirishda noto'liq oila bolalarini ma'naviy-axloqiy muhitini sog'lomlashtirishda gerontopedagogika, milliy qadriyat va madaniyatni rivojlantirish.
2. Jamoat kengashlari faoliyatini metodik ta'minlash, ta'lim muassasalaridagi ta'lim-tarbiya sifatini o'rganish va ularni yanada takomillashtirishga oid tadbirlarni amalga oshirish.
3. O'quvchilarni dars jarayoniga to'liq jalb etish va bitiruvchilarni ish bilan ta'minlash.
4. Ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar orqali yurtimizda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, ayniqsa, ta'lim tizimidagi islohotlar haqida o'quvchilar, ota-onalar va keng jamoatchilikni uzviy xabardorligini ta'minlash.
5. O'quvchilarning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda ularni har tomonlama qo'llab-quvvatlash.
Mazkur muammoni o'rganish maqsadida tadqiqot isi olib bordik. Tadqiqot doirasida ota-ona qaramog'isiz qolgan bolalarni kasb-hunarga tayyorlashga va
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(2), Feb., 2023
maktab hamkorligini ta'minlash ota-ona qaramog'isiz qolgan bolalarni kasb-hunarga tayyorlashning muhim vazifasi sifatida belgilandi. Mahalla, oila va maktabning hamkorlikdagi faoliyati murakkab ko'rinishga ega bo'lib, tadqiqotda mazkur jarayon samaradorligini oshirishning pedagogik ta'minotini ishlab chiqishga alohida e'tibor qaratildi.
Motivatsion bosqichda integratsiya jarayonini o'qituvchi va ota-onalar tomonidan to'g'ri anglanishi uchun pedagogik shart-sharoit yaratiladi va "integratsiya - bu integrativ faoliyat uchun zarur shart-sharoitlarni aks ettiruvchi kasb-hunarga tayyorlashga yo'naltirilgan o'qituvchi va noto'liq oiladagi ota yoki onalarning o'zaro pedagogik munosabatlarining yangi darajasi", degan tushuncha qaror toptiriladi.
Kommunikativ-faoliyatga yo'naltirilgan bosqich o'qituvchi va ota-ona qaramog'isiz qolgan bolalarni kasb-hunarga tayyorlashni uyg'unlashuvi, shuningdek, mahalla, oila va maktabning pedagogik vazifalarining o'ziga xosligi, ularning pedagogik imkoniyatlari yuqori ekanligini anglashiga imkon beradi.
Shuning uchun kasbiy faoliyatga yo'naltirilgan bosqichda o'qituvchi va ta'lim muassasasining standart talablari doirasida integrativ pedagogik faoliyatini hamkorlikda loyihalash va amalga oshirish, shuningdek, mazkur faoliyat natijalari asosida ota-ona qaramog'isiz qolgan bolalarni kasb-hunarga tayyorlashda o'zaro birgalikda hal etilishiga alohida e'tibor qaratilishi lozim. Tadqiqot natijalari asosida tarbiyalanuvchilarni kasb-hunarga tayyorlashning tashkiliy-integrativ modeli ishlab chiqildi. Nazariy tahlil asosida tarbiyachining kasbiy madaniy faoliyatini tashkil etishda quyidagi nazariy-metodologik asoslarga tayanish lozimligi aniqlandi: tizimli-faoliyatga doir yondashuv; ijtimoiy-madaniy yondashuv; sheriklik-rolli yondashuv.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
Maqsad
I
Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarini kasb- xunarga tayyorlash
( B osqichlari \ —► ( Tashkiliy \
'v / V J
Kasbiy o'z-o'zini boshqarish
I
Ijtimoiylashuv komponentlari
Bilishga doir
Mezonlari
Kognitiv
Kasb- xunar haqida tushuncha va tasavvurlarga egalik, kasbiy o'z-o'zini anglash
Kasbiy emosional-qadriyatga yo'naltirilgan
Kasbiy qadriyatlarni emotsional idrok etish
Kasbiy faoliyatga yo'naltirilgan
Kasbiy me'yorlarini amaliy _[ faoliyatga tadbiq etishga tayyorlik
Darajalari
Yuqori
O'rta
Past
±
Pedagogik shart-sharoitlari
Tarbiyalanuvchi-
larni kasbiy faollikka jalb etish
Kasbiy qadriyatlarni o'zlashtirishda uzviylikni ta'minlash
Tarbiyalanuvchi-
larda kasbiy tajribani boyitish
Ijtimoiylashuv b osqichlari
Kasbiy ijtimoiy moslashuv
Kasbiy faoliyatni loyihalash
Interiorizatsiya
1-rasm. Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarini kasb - hunarga tayyorlashning tashkiliy-integrativ modeli
Mahalla, oila va maktab hamkorligining pedagogik ta'minotini amalga oshirish bosqichlari, har bir bosqich samaradorligi mezonlarini aniqlash orqali shunga amin
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
bo'lindiki, ularning har biri xususiy shkala bo'yicha o'lchanishi va baholanishi lozim. Ularning hammasi uchun umumiy shkala sifatida natijalarni darajaviy-yuqori, o'rta va past tavsifi asosida tahlil etish imkoniyati aniqlandi. Mahalla, oila va maktab hamkorligining murakkabligi va ko'p o'lchamga egaligini hisobga olib, har bir daraja uchun ko'rsatkichlar aniqlashtirildi.
Tashkiliy texnologik komponent loyihalash bosqichlari, metodlari, pedagogik shart-sharoitlari va shakllarini to'g'ri tanlash va uyg'unligini ta'minlashni talab etadi. Mazkur bosqich tarbiyachining tarbiyalanuvchilar bilan tashkil etiladigan kasbiy madaniy faoliyat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish hamda samaradorligini baholash imkonini beradi.
Diagnostik komponent erishilgan natijalarni nazariy jihatdan asoslash va statistik ahamiyatini baholash imkonini beradi.
Tadqiqot jarayonida ijtimoiy hamkorlikning quyidagi pedagogik shart-sharoitlari aniqlashtirildi:
makro daraja: tarbiyalanuvchilarni kasb-hunarga tayyorlashga xizmat qiluvchi ta'limiy-tarbiyaviy va madaniy muassasalar hamkorligi;
mikro daraja: Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarining hamkorlikdagi kasb-hunarga tayyorlash faoliyati;
tarbiyalanuvchi shaxsini shakllantirish darajasi: o'z-o'zini kasbiy rivojlantirish va namoyon etishni ta'minlash.
Tarbiyachining tarbiyalanuvchilar bilan tashkil etiladigan kasbiy-madaniy faoliyatini loyihalashtirishning texnologik modelini eng muhim jihati ikkinchi bir tomondan tarbiyachining kasbiy-madaniy faoliyatga tayyorgarligini rivojlantirish, ikkinchi jihatdan tarbiyalanuvchilarni kasbiy madaniy faoliyatdan qoniqish darajasini kafolatlash imkoniyatini taqdim etishidir.
1-jadval
Ota-ona qaramog'isiz qolgan bolalarni kasb-hunarga tayyorlashda mahalla, oila va maktab hamkorligini ta'minlash samaradorligi ko'rsatkichlari
Darajasi Mahalla, oila va maktab hamkorligini ta'minlash bosqichlari
Motivatsion Kommunikativ-faoliyatga doir Kognitiv Refleksiv
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
Yuqori Maktab va mahalla, Ota-ona qaramog'isiz Mahalla, oila va Mahalla, oila va
oilalarda hamkorlik qolgan bolalarni kasb- maktab maktab
jarayoniga kasbiy hunarga tayyorlashda hamkorligiga doir hamkorligida
va shaxsiy hamkorlikni amalga nazariy bilimlarga mustaqil refleksiv
motivatsiya oshirishga ijodiy ega, nazariy tahlil
mavjud, ta'lim- yondashuv, tayanch tasavvurlar asosida ko'nikmasiga ega
tarbiya jarayonini pedagogik qobiliyatlar birgalikda mexanizmlari
birga amalga shakllangan, kasbiy- tadbirlarni shakllangan
oshirish lozimligini pedagogik o'zini - o'zi loyihalashtiradi
tushunishadi rivojlantirishga yo'nalganlik.
O'rta Mahalla, oila va Mahalla, oila va maktab Mahalla, oila va Mahalla, oila va
maktab hamkorligi hamkorligiga oid metodik maktab maktab
jarayoniga kasbiy tavsiyalarga asoslangan hamkorligiga doir hamkorligi
motivatsiya holda integratsiyani nazariy bilimlarga faoliyat
mavjud, ta'lim- amalga oshiradi, ayrim ega, nazariy refleksiyasini
tarbiya jarayonini pedagogik qobiliyatlar tasavvurlar asosida tayyor namuna
birga amalga shakllangan, integrativ birgalikda kasb- asosida amalga
oshirish lozimligini kasbiy vazifalarni hal hunarga oshiradi,
to'liq etishda qiyinchiliklarga tadbirlarni qisman hamkorlikka
tushunishmaydi duch keladi loyihalashtiradi tayyorgarlik darajasi etarli emas
Quyi Mahalla, oila va Hamkorlikdagi faoliyatni Mahalla, oila va O'zining
maktab hamkorligi tashkil etishga tayyor maktab faoliyatini tahlil
jarayoniga emas, kasbiy qobiliyatlar hamkorligiga doir qilishga qiynaladi,
pragmatik shakllanmagan, birgalikda nazariy bilimlarga o'z-o'zini adekvat
motivatsiya tadbir va mashg'ulotlarni ega emas, intuitiv baholay olish
mavjud, jarayonni tashkil etishga qiynaladi tasavvurlar asosida qobiliyati mavjud
birga amalga birgalikda emas
oshirish istagi tadbirlarni qisman
mavjud emas loyihalashtiradi
Mahalla, oila va maktab hamkorligini ta'minlash orqali ota-ona qaramog'isiz qolgan bolalarni kasb-hunarga tayyorlashda maktabning vazifalari quyidagicha belgilangan:
- o'quvchi yoshlarga puxta bilim berish;
- jamiyat ko'zda tutgan sifatlarda tarbiyalashni ta'minlash;
- o'zining o'quv-tarbiyaviy vazifalaridan oilani xabardor qilib turish; Yuqoridagilardan tashqari mahalla, oila va maktab hamkorligini ta'minlash orqali
bolalarni kasb-hunarga tayyorlash tashkiliy ishlari mavjud bo'lib, bular ota-onalar yig'ilish va anjumanlaridir. Mazkur yig'ilish va anjumanlarda juda ko'p muammolar: «Bolalarni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash», «Bolalar tarbiyasida ota-onaning
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(2), Feb., 2023
obro'si», «Bolani oilada jismoniy va aqliy jihatdan tarbiyalash yo'llari» kabi masalalar ko'rib chiqiladi hamda adekvat qarorlar qabul qilinadi. Ota-onalar kengashlarining ota-onalarning pedagogik savodxonlagini oshirish, ayrim (potronat oila) ota-onalar bilan ishlash, ota-onalarni maktab ishlariga ( mas'ullikka) jalb etish kabi tashkiliy ishlar ham ota-ona qaramog'isiz qolgan bolalarni kasb-hunarga tayyorlashda muhim ahamiyatga ega.
Ota-ona qaramog'isiz qolgan bolalarni kasb-hunarga tayyorlashda mahallaning ham o'rni beqiyos, chunonchi:
1. Ota-ona qaramog'isiz qolgan bolalarni kasb-hunarga yo'naltirish maqsadida muntazam aloqada bo'lish.
2. Mahallada yashaydigan potronat oilalarning moddiy sharoitlarini o'rganib chiqish, moddiy yordamlar uyushtirish.
3. Bayramlarda alohida ularga yordam, tabriklarni tashkilotlar bilan birga uyushtirish.
4.Mahalla bilan hamkorlikda jinoyatga moyilligi bor bolalar istiqomat qiladigan potronat oilalarni hisobga olish va ular bilan ishlash.
5. Ota-ona qaramog'isiz qolgan bolalarni kasb-hunarga oilalarga g'amxo'rlik qilish.( To'garak, musobaqalar,suhbatlar, uchrashuvlar ).
Mahalladagi imkoniyatlardan kelib chiqqan holda turli to'garaklar, mahalla kutubxonasini tashkil etish, bular orqali potronat oila bolalari va tutingan ota-onalar ongiga sog'lom turmush tarzi tamoyillarini singdirish, ularni jamiyatdagi demokratik jarayonlar bilan, islohotlar bilan tanishtirib borish, ayniqsa "Kasb-hunar egallash" mavzusida oqsoqollar, mahallaning obro'-e'tiborli kishilari yordamida yoshlar, etim bolalar uchun davra suhbatlari, uchrashuvlar, savol-javob kechalari tashkil etish, ota-ona qaramog'isiz qolgan bolalarining o'z oila a'zolari yoki atrofdagi kishilar tomonidan har qanday kamsitishlarga yo'l qo'ymaslikka erishish maqsadga muvofiq. Potronat oilalarga ijtimoiy yordam berish, kichik tadbirkorlikka sharoit yaratish, muammolarni chuqur o'rganish va yuqori tashkilotlarga ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar berish zarur. Mahallada oilaviy sportni rivojlantirishga jiddiy yondashish, Ota-ona qaramog'isiz qolgan bolalarni kasb-hunarga tayyorlashda sportni, uning ahamiyati va istiqboli haqida suhbatlashish, oilaviy sportni keng targ'ib etish lozim. Ota-ona qaramog'isiz qolgan bolalarni kasb-hunarga tayyorlashda madaniy-ma'rifiy tadbirlarda, to'y-marosimlarida ko'maklashish, erta turmushga chiqish (balog'atga etmasdan, faqat diniy nikoh o'qitish) hollarini oldini olish kerak. Ota-ona qaramog'isiz qolgan bolalarni kasb-hunarga tayyorlash maqsadida ilmli bo'lishning xosiyati haqida taniqli mutaxassislarning, olimu-ulamolarning
XULOSA
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(2), Feb., 2023
suhbatlarini, uchrashuvlarini o'tkazib turish. Mahalla aholisining madaniy hordiq chiqarish masalasini hal etish (adabiyotshunos, jurnalist, adib, olimlar, madaniyat xodimlarining uchrashuvlarini, konsert va sahna spektakllarini tashkil etishni yo'lga qo'yish) va ota-ona qaramog'isiz qolgan bolalar ishtirokini ta'minlash maqsadga muvofiq.
Umumiy xulosa shundan iboratki, ota-ona qaramog'isiz qolgan bolalarni kasb-hunarga tayyorlash masalasi bo'yicha mahallalar, jamoalarni birgalikda hamkorlikdagi harakatlari yaxshi natijalarga olib keladi.
REFERENCES
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 11 fevraldagi "Yetim bolalar va ota-onasining qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" gi PQ-4185-son Qarori. -O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2017 y., 6-son, 70-modda.
2. Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 12 avgustdagi "Ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalarni ijtimoiy qo'llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish to'g'risida"gi 263-son Qarori.
3. Jo'rayev S.S. Ota-ona qoramog'isiz qolgan bolalarni kasb tanlashga yo'naltirish kelajak poydevori. "Yetim va ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalar farovonligini ta'minlashning strategik modellari" mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferentsiyasi.Toshkent:O'zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti. 2022. 276 - b.
4. Mustafayev, U. U., & Mustafayeva, S. U. (2021). REFORMING THE TEACHING OF PHILOSOPHICAL SCIENCES IN THE PERIOD OF THE FORMATION OF THE THIRD RENAISSANCE THE NEED FOR A NEW UZBEKISTAN. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 7(11), 639-645.
5. Qizi, A. M. A., & Xudoybergenov, A. (2022). YANGI O 'ZBEKISTONDA UCHINCHI RENESSANS! ILM-FAN TARAQQIYOTIDA BUGUNGI YOSHLAR!. Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS), 2(Special Issue 2), 39-48.
6. Mustafayev, U. U. (2021). YANGI O 'ZBEKISTON: QADRIYATLAR VA FALSAFIY FANLARNING DOLZARB MUAMMOLARI BO 'YICHA AYRIM MULOHAZALAR. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 7(10), 568-577.