Научная статья на тему 'IJTIMOIY ISH XODIM FAOLIYATIDA “OILA, MAHALLA VA MAKTAB” KONSEPSIYASINING O’RNI VA AHAMIYATI'

IJTIMOIY ISH XODIM FAOLIYATIDA “OILA, MAHALLA VA MAKTAB” KONSEPSIYASINING O’RNI VA AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
1633
91
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Ученый XXI века
Область наук
Ключевые слова
ijtimoiy xodim / konsepsiya / komil shaxs / fidoyilik / insonparvarlik / jamiyat / pedagogik madaniyat / mafkuraviy tarbiya / kasbiy faoliyat.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Ja.N. Sharobidinov

Ushbu maqolada ijtimoiy ish xodimining aholini turli qatlamlari bilan ishlash jarayonida “Oila, mahalla va maktab” konsepsiyasining o’rni va ahamiyatini yoritib berishdan iborat.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «IJTIMOIY ISH XODIM FAOLIYATIDA “OILA, MAHALLA VA MAKTAB” KONSEPSIYASINING O’RNI VA AHAMIYATI»

IJTIMOIY ISH XODIM FAOLIYATIDA "OILA, MAHALLA VA MAKTAB" KONSEPSIYASINING O'RNI VA AHAMIYATI.

Ja.N. Sharobidinov1

Ushbu maqolada ijtimoiy ish xodimining aholini turli qatlamlari bilan ishlash jarayonida "Oila, mahalla va maktab" konsepsiyasining o'rni va ahamiyatini yoritib berishdan iborat.

Kalit so'zlar: ijtimoiy xodim, konsepsiya,komil shaxs,fidoyilik, insonparvarlik,jamiyat,pedagogik madaniyat,mafkuraviy tarbiya,kasbiy faoliyat.

Kelajagimiz egalarini ma'nan yetuk, jismonan sog'lom, yuksak salohiyatli, hech kimdan kam bo'lmagan holda kamolga yetishida oila- mahalla- ta'lim muasssasini hamkorligi muhim ahamiyatga ega. O'sib borayotgan yosh avlodni har tomonlama yuksak barkamol etib tarbiyalash xalqimizning tarixiy orzusi bo'lib, farzandlarni axloqiy-ma'naviy, milliy madaniy, tarixiy an'analariga hamda umuminsoniy qadriyatlarga asoslanib, komil shaxsni shakllantirish ota-onalar, maktab, mahallalar, umuman olganda jamiyatning har bir tabaqasining oldida turgan eng asosiy ma'suliyatli vazifalardan biri hisoblanadi.Farzandlar oila timsolida jamiyatning ijtimoiy-ma'naviy qiyofasini ko'radi, jamiyat talablari mohiyatini ilk bora shu kichik jamoada anglaydi. Ular ongiga dastlabki ma'naviy-axloqiy bilimlarni singdirishda oilaning, ayniqsa, ta'lim-tarbiya muassasalarining o'rni muhim ahamiyat kasb etadi. Ta'lim-tarbiya muassasalari, oila va mahalla qo'mitalari ijtimoiy institutlarning asosiy vazifasi barcha yoshlarimizning ma'naviy boyligini, dunyoqarashini yuksaltirishga, ularning o'ziligini anglashiga,tarixini bilishga ko'maklashib boradi.

1993-yilda «Oila, mahalla, maktab hamkorligi» konsepsiyasi ishlab chiqilgan. Konsepsiyada taraqqiyotimizning ma'naviy-axloqiy negizi milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg'unligi ekanligi e'tirof etilgan. Bugungi kunda yurtimizda yuz berayotgan o'zgarishlar «Oila, mahalla, maktab hamkorligi» yo'nalishida bola tarbiyasida oila, ota-ona, mahalla, maktabning asosiy vazifalarini mazmunan yangilab, hayotga tatbiq etishni taqozo etadi.Kontsepsiyada taraqqiyotimizning ma'naviy-ahloqiy negizi milliy va umum insoniy qadriyatlar uyg'unligi ekanligi e'tirof etilgan. Milliy tarbiya yo'nalishi orqali yoshlarda o'zlikni anglash, vatanparvarlik, milliy g'urur, millatlararo muloqot madaniyati, milliy mafkuraviy onglilik, milliy odob, fidoyilik fazilatlari shakllantiriladi. Bu Kontsepsiya milliy davlatchilik va jamiyat qurilishi talablari asosligini ta'minlaydi.

«Oila, maktab, mahalla hamkorligi» bugungi kunning ma'naviy - ma'rifiy, mafkuraviy, tarbiyaviy zarurati ekanligini bildiradi. Yosh avlodni ma'naviy ahloqiy tarbiyalashda xalqimizning boy milliy, madaniy, tarixiy an'analariga, urf odatlariga hamda umumbashariy qadriyatlarga asoslangan samarali, zamonaviy pedogogik texnologiyaning ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etilishi, shaxsni tarbiyalash va uni har tomonlama kamol toptirishning ustuvorligini ta'minlash; umumiy hamda milliy pedagogik madaniyatini oshirish; mamlakatimiz fuqarolari orasida milliy mafkuraviy tarbiya ishlarini takomillashtirish «Oila, maktab, mahalla hamkorligi» Kontsepsiyasining asosiy maqsadidir.Mazkur vazifalar ijtimoy ish hodimlari va mahalla faollari tomonidan tarbiya muassasalari bilan birgalikda ta'lim-tarbiya jarayonida amalga oshirilishi zarur bo'lgan masalalarni muhokama qilish va ularni oqilona hal etishda faollik ko'rsatish, oilaviy tarbiya jarayonlarini qo'llab-quvvatlashdan iborat.

Yurtimizda mavjud bo'lgan barcha o'zini-o'zi boshqarish organlarida "oila -mahalla - ta'lim muassasi " jamoatchilik kengashlari tashkil etilib, ular ota-onalarning farzand tarbiyasidagi ma'sulyatini oshirish, o'quvchilarning darslarga qatnashishini o'rganish bo'yicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda. Afsuski, bugungi kunda axloqiy buzuqlik, zo'ravonlik, individualizm, egosentrizm kabi yot illatlar yoshlarimiz ichida keng tarqalmoqda. Ana shunday illatlarning oldini olish maqsadida bugungi murakkab mafkuraviy jarayonlarni artoflicha tahlil qila oladigan mutaxasislarni jalb

1 Sharobidinov Jaxongir Nizomidin o'gli - Farg'ona davlat universiteti, Magistatura 2-bosqich talabasi.

etish yoki ularni qayta tayyorlash oldimizda turgama asosiyat kun masalalaridan sanaladi .Ijtimoiy ish xodimlari shunday tipdagi hodimlar hisoblanadi.

Ijtimoiy ish hodimlari ijtimoiy o'zgarishlarga, insoniy munosabatlardagi muammolarni hal etishga, shunigdek odamlarning turmish farovonligini yaxshilash uchun imkoniyatlar va erkinliklarni o'rnatishga yordam beradi. Ijtimoiy ish hodimi xizmat tizimini qaror topishi aholi bilan ishlashda fuqarolarni samarali ijtimoiy qo'llab-quvvatlash imkonini beradigan zamonaviy metodika va texnologiyalardan foydalanish mamlakat ijtimoiy siyosatining eng muhim tendensiyasi hisoblanadi. Xozirgi O'zbekiston sharoitida aholiga ijtimoiy xizmat ko'rsatish tizimi alohida shaxslarni, oilalar yoki guruhlarni moslashtirishga qaratilgan ijtimoiy faoliyatning muayyan usullari tizimi sifatida namoyon bo'ladi. O'zbekiston siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan muhimi- bu ham bo'lsa ijtimoiy siyosatdir. Har yilgi davlat harajatlarining katta qismi aynan ijtimoiy masalalarga ajratilayotganligi- fikrimizning dalilidir.

Davlat dasturining muvaffaqiyatli amalga oshirilishi davlat va jamoat tashkilotlarining mustahkam hamkorligi, ta'lim muassasalari mutaxassislari, oilalar, mahalla faollari, umuman barcha fuqarolarning faol ishtirokini taqozo etadi. Bolalar — kelajagimiz ekan, ularni ham jismonan, ruhan, ham ma'nan sog'lom bo'lib kamolga yetkazish asosiy vazifamizdir. Yuqoridagi vazifalarni bajarishda jamiyatning barcha qatlamlari bilan bir qatorda ijtimoiy ish hodimlarining ham asosiy kasbiy faoliyati hisoblanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. «Oila, mahalla, maktab hamkorligi» Kontseptsiyasi. 1993

2. To'ychiyeva "Yoshlar va konfliktlar:konfliktlar yechimiga o'rganish" Toshkent.2008

3. Abdullayev Sardorbek : Ijtimoiy tizim-Ijtimoiy institutlar" Toshkent. 2021

4. Vaxobov "Ijtimoiy ta'minot va ijtimoiy ishga kirish" Toshkent. 2018

5. Аслонов, Ш. Ш. (2020). КОМПЬЮТЕРНАЯ ЛИНГВИСТИКА И ФИЛОЛОГИЯ: ПРОБЛЕМЫ И РЕШЕНИЯ. Гуманитарный трактат, (84), 17-19.

6. Аслонова, Ш. И. (2020). ПРОБЛЕМЫ ПЕДАГОГИЧЕСКИХ ТЕХНОЛОГИЙ В ОБУЧЕНИИ МОЛОДЁЖИ В ВЫСШИХ УЧЕБНЫХ ЗАВЕДЕНИЯХ. Интернаука, (211), 59-60.

7. Madaminovich, T. I. (2017). THE LINGUISTIC PECULIARITIES AND APPROPRIATE METHODS OF TRANSLATION. Восточно-европейский научный журнал, (12-4 (28)), 52-53.

8. ШВАЧКО, Е. В. (2017). Научные школы. Молодежь в науке и культуре XXI в.: материалы междунар. науч.-творч. форума. 31 окт.-3 нояб. 2017 г./Челяб. гос. ин-т культуры; сост. ЕВ Швачко.-Челябинск: ЧГИК, 2017.-394 с. ISBN 978-594839-629-3.

9. Madaminovich, T. I., Khusanovich, K. B., Akhatovna, K. O., & Kholmamatovna, B. L. (2019). Features of the system of formation of compensatory competence among agricultural students as a means of filling in professional terminology. International Journal of Innovative Technology and Exploring Engineering, 8(11), 2202-2206.

© Ja.N. Sharobidinov, 2022.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.