Научная статья на тему 'AHOLIGA IJTIMOIY XIZMAT KO‘RSATISH JARAYONIDAGI “OILAMAHALLA-MAKTAB” TIZIMI SAMARDORLIGINI OSHIRISH USULLARI'

AHOLIGA IJTIMOIY XIZMAT KO‘RSATISH JARAYONIDAGI “OILAMAHALLA-MAKTAB” TIZIMI SAMARDORLIGINI OSHIRISH USULLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
392
36
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
ijtimoiy xodim / konsepsiya / komil shaxs / fidoyilik / insonparvarlik / jamiyat / pedagogik madaniyat / mafkuraviy tarbiya / kasbiy faoliyat. / social worker / concept / perfect personality / devotion / humanity / society / pedagogical culture / ideological upbringing / professional activity.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Sharobidinov Jaxongir Nizomidin Ogli

Ushbu maqolada aholiga ijtimoiy xizmat ko’rsatish jarayonidagi “Oila, mahalla va maktab” tizimining ahamiyati va samaradorligini oshirish usullarini yoritib berishdan iborat.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

WAYS TO INCREASE THE EFFICIENCY OF THE FAMILYNEIGHBORHOOD-SCHOOL SYSTEM IN THE PROCESS OF PROVIDING SOCIAL SERVICES TO THE POPULATION

This article highlights the importance and effectiveness of the Family, Mahalla and School system in the process of providing social services to the population

Текст научной работы на тему «AHOLIGA IJTIMOIY XIZMAT KO‘RSATISH JARAYONIDAGI “OILAMAHALLA-MAKTAB” TIZIMI SAMARDORLIGINI OSHIRISH USULLARI»

AHOLIGA IJTIMOIY XIZMAT KO'RSATISH JARAYONIDAGI "OILA-MAHALLA-MAKTAB" TIZIMI SAMARDORLIGINI OSHIRISH

USULLARI Sharobidinov Jaxongir Nizomidin o'gli

Farg'ona davlat universiteti 2-bosqich magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.6535508 Annotatsiya. Ushbu maqolada aholiga ijtimoiy xizmat ko 'rsatish jarayonidagi "Oila, mahalla va maktab" tizimining ahamiyati va samaradorligini oshirish usullarini yoritib berishdan iborat.

Kalit so'zlar: ijtimoiy xodim, konsepsiya, komil shaxs, fidoyilik, insonparvarlik, jamiyat, pedagogik madaniyat, mafkuraviy tarbiya, kasbiy faoliyat.

ПУТИ ПОВЫШЕНИЯ ЭФФЕКТИВНОСТИ СИСТЕМЫ СЕМЬЯ-МАХАЛЛА-ШКОЛА В ПРОЦЕССЕ ОКАЗАНИЯ СОЦИАЛЬНЫХ

УСЛУГ НАСЕЛЕНИЮ Аннотация. В данной статье подчеркивается важность и эффективность системы «Семья, махалла и школа» в процессе оказания социальных услуг населению.

Ключевые слова: социальный работник, концепция, совершенная личность, целеустремленность, человечность, общество, педагогическая культура, идейное воспитание, профессиональная деятельность.

WAYS TO INCREASE THE EFFICIENCY OF THE FAMILY-NEIGHBORHOOD-SCHOOL SYSTEM IN THE PROCESS OF

PROVIDING SOCIAL SERVICES TO THE POPULATION Annotation. This article highlights the importance and effectiveness of the Family, Mahalla and School system in the process of providing social services to the population.

Key words: social worker, concept, perfect personality, devotion, humanity, society, pedagogical culture, ideological upbringing, professional activity.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev "Yuksak bilimli va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalash mamlakatni barqaror taraqqiy ettirish va modernizatsiya qilishning eng muhim sharti" mavzusidagi xalqaro konferensiyaning ochilish marosimida so'zlagan nutqida hozirgi kunda dunyodagi deyarli mutlaq ko'pchilik davlatlar 2017-yilda boshlangan, global miqyosdagi yangi retsessiya to'lqinlarini keltirib chiqarish xavfini tug'dirayotgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining salbiy ta'siri ostida qolib kelayotgan bir paytda yuksak bilimli va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalash mamlakatni barqaror taraqqiy ettirish va modernizatsiya qilishning muhim sharti ekanligini alohida ta'kidlab o'tib, quyidagi fikrlarni bildirib o'tadilar: Bugungi kunda umumiy e'tirofga ko'ra, XXI asr globallashuv va chegaralarning barham topish davri, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va internet asri, jahon maydonida va dunyo bozorida tobora kuchayib borayotgan raqobat asriga aylanib borayotganini isbotlab berishga hojat yo'q, albatta.

Buyuk manaviyatimizni tiklash va yana yuksaltirish, milliy taraqqiyot g'oyasini ozida mujjassam etgan manaviy jixatdan barkamol avlodni voyaga etkazish uchun munosib hayot shart-sharoitlarini yaratish -Respublikamiz Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev rahnamoligida o'tkazilayotgan Davlat siyosatining ustuvor yo'nalishi deb qaralmoqda.

Farzandlarimizni ma'rifatli va ma'naviyatli qilish, kasb-hunar egallab, jamiyatga nafi tegadigan inson bo'lib kamol topishida ota-onalarga mahalla va ta'lim muassasasi eng yaqin yordamchi hisoblanadi. Yoshlarimiz ma'naviyatini shakllantirishda oiladagi muhit, ona tarbiyasi, otalar o'giti, keyinchalik mahallada, umumta'lim maktablarida, kasb-hunar kollejlari va oliy o'quv yurtlarida beriladigan ta'lim-tarbiya muhim o'rin tutadi. Istiqlol yilarida oila, xotin-qizlar, onalik va bolalikni ijtimoiy muhofaza qilishga oid 50 dan ortiq qonunlar, qonunosti xujjatlari qabul qilinib, bir necha xalqaro konvensiyalar ratifikatsiya qilindi.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 19-iyundagi "Barkamol avlodni tarbiyalashda oila instituti va fuqarolarning o'zini o'zi

boshqarish organlarining ta'lim muassasalari bilan o'zaro hamkorligini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori bu borada muhim huquqiy asosdir. "Oila - mahalla - ta'lim muassasasi" hamkorligi konsepsiyasining joriy etilishi qisqa muddatda o'zining ijobiy natijalarini ko'rsatdi. Ushbu konsepsiya navqiron avlodni turli huquqbuzarliklar, ekstremizm, giyohvandlik, "ommaviy madaniyat" kabi illatlardan asrab-avaylash, bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish, ularni kasbga yo'naltirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

«Oila, maktab, mahalla hamkorligi» bugungi kunning ma'naviy - ma'rifiy, mafkuraviy, tarbiyaviy zarurati ekanligini bildiradi. Yosh avlodni ma'naviy ahloqiy tarbiyalashda xalqimizning boy milliy, madaniy, tarixiy an'analariga, urf odatlariga hamda umumbashariy qadriyatlarga asoslangan samarali, zamonaviy pedogogik texnologiyaning ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etilishi, shaxsni tarbiyalash va uni har tomonlama kamol toptirishning ustuvorligini ta'minlash; umumiy hamda milliy pedagogik madaniyatini oshirish; mamlakatimiz fuqarolari orasida milliy mafkuraviy tarbiya ishlarini takomillashtirish «Oila, maktab, mahalla hamkorligi» asosiy maqsadidir.Mazkur vazifalar ijtimoy ish hodimlari va mahalla faollari tomonidan tarbiya muassasalari bilan birgalikda ta'lim-tarbiya jarayonida amalga oshirilishi zarur bo'lgan masalalarni muhokama qilish va ularni oqilona hal etishda faollik ko'rsatish, oilaviy tarbiya jarayonlarini qo'llab-quvvatlashdan iborat.

Hozirgi O'zbekiston sharoitida aholiga ijtimoiy xizmat ko'rsatish tizimi alohida shaxslar, oila yoki guruhlarning ijtimoiy reabilitatsiyasi, moslashuviga yo'naltirilgan ijtimoiy-insonparvarlik faoliyatining alohida usullari tizimi sifatida namoyon bo'ladi.Aholiga ijtimoiy ximat ko'rsatish jarayonida oila , mahalla va maktab tizimi samaradorligini oshirish usullari:

Oilaning vazifalari:

- farzandlariga chuqur dunyoviy bilim asoslarini berish, ma'rifatli va ma'naviyatli kishilar bo'lib etishishlarini ta'minlash;

- bolalarning ma'naviy barkamol va jismonan sog'lom bo'lishlari uchun iqtisodiy va ijtimoiy muhitni yaratish;

- o'z farzandlarining maktab, mahalla, davlat va jamiyat oldidagi burchlarini to'la ado etishlari uchun oilada ma'suliyatli bo'lish;

- bolalarda tеjamkorlik va ishbilarmonlikning ma'naviy, ahloqiy tomonlarini shakllantirish;

Mahallaning vazifalari:

- mahalla o'z hududidagi ijtimoiy va iqtisodiy yordamga muhtoj oilalarni aniqlab, ularni aniqlab, ularni qo'llab quvvatlab va farzandlarini ng bilim va tarbiya olishda bosh-qosh bo'lishi;

- ma'nan nosog'lom oilalarni mahalla yig'inlarida muhokama qilish, ularga nisbatan jamoatchilik choralarini ko'rish ;

- mahalla hududidagi uquv-tarbiya muassalariga iqtisodiy va ijtimoiy yordam ko'rsatishni tashkil qilish;

- ota-onalar yordamida bolalarni tashabbuskorlik , mеhnatsеvarlik , milliy g'urur, vatanparvarlik, milliy odob, baynalmilallik kabi hislatlarni singdirishni har tomonlama rag'batlantirish;

Maktabning vazifalari:

- o'z hududidagi mahalla jamoalarining faoliyatining tarbiyaviy maqsad yo'lida muvofiqlashtirish;

- tarbiyasi «og'ir», qarovsiz qolgan bolalarning ota onalari bilan ishlash, oilalarga pеdagogik yordam bеrish;

- bola tarbiyasi yaxshi yo'lga qo'yilgan oilalarni tеgishli idoralar hamkorligida o'rganib tajribalarini ommalashtirish;

- maktabda bolaga biron-bir kasb-korni egallash uchun mustahkam poydеvorni yaratish;o'quvchi yoshlarning sport turlari bilan shug'ullanishlariga yordam bеrish, ularning bosh vaqtlarini tashkil etish;

- mahallada xotin-qizlar orasida zamonaviy bilimlarni targ'ib qilish, o'smir yoshlarning dunyoviy bilimlariga bo'lgan intilishlarini rag'batlantirish;

- maktab negizida pedagogik, huquqiy, psixologik, ma'naviy va ma'rifiy bilimlar beruvchi «ota onalar universitetlari» faoliyatini tashkil qilish.

Jamiyatning asosiy bog'ini sifatida oila institutini yanada mustahkamlash va rivojlantirish, yosh oilalalarni qo'llab - quvvatlash bo'yicha bugungi kunda olib borilayotgan islohotlarni yangi bosqichga olib chiqish, bu borada davlat va nodavlat tashkilotlarining roli va ahamiyatinin ko'tarish,jismoniy sog'lom, manan yetuk va barkamol avlodni tarbiyalash davlatimiz siyosatining ustuvor yo'nalishiga aylanib ulgurdi. Kelajagimiz egalarining ma'nan yetuk, jismonan sog'lom, yuksak salohiyatli, hech kimdan kam bo'lmagan holda kamolga yetishida oila - mahalla - ta'lim muassasasi hamkorligi muhim ahamiyatga ega.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 22-dekabr xalqaro konferensiyada so'zlagan nutqi

2. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 175-coh 19.06.2012. Barkamol avlodni tarbiyalashda oila instituti va fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlarining ta'lim muassasalari bilan o'zaro hamkorligini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida (lex.uz)

3. «Oila, mahalla, maktab hamkorligi» Kontseptsiyasi. 1993

4. A.V. Vaxabov, SH.SH. Zaxidova, B.B. Baxtiyorov, D.SH. Odinayev, J.N. Fayzullayev Ijtimoiy ish va ijtimoiy ta'minotga kirish: Darslik ; - T.: "Iqtisod-Moliya", 2018

5. Nishonova.S. "Komil inson tarbiyasi " Toshkent. , Istiqlol, 2003 y.

6. To'ychiyeva "Yoshlar va konfliktlar:konfliktlar yechimiga o'rganish" Toshkent.2008

7. Abdullayev S "Ijtimoiy tizim-Ijtimoiy institutlar" Toshkent. 2021.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.