Научная статья на тему 'SHARQ MUTAFFAKIRLARINING OILAVIY TARBIYADA HAMKORLIK MASALALARIGA OID PEDAGOGIK QARASHLARI TAHLILI'

SHARQ MUTAFFAKIRLARINING OILAVIY TARBIYADA HAMKORLIK MASALALARIGA OID PEDAGOGIK QARASHLARI TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Социологические науки»

CC BY
2092
129
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Аннотация научной статьи по социологическим наукам, автор научной работы — L. Sh. Nurmuxamedova, I. Abduxalilova

Following the path of building a democratic state governed by the rule of law, the Republic of Uzbekistan is ensuring human rights and freedoms, enriching society and integrating it into the world community. Improving and rehabilitating, through special correctional and pedagogical work, it is a modern requirement to carry out complex but rewarding work, such as correcting deficiencies, directing and preparing them for the profession.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Следуя по пути построения демократического правового государства, Республика Узбекистан обеспечивает права и свободы человека, обогащая общество и интегрируя его в мировое сообщество. Улучшение и реабилитatsiя посредством специальной коррекционно-педагогической работы является современное требование выполнять сложную, но полезную работу, например, исправлять недостатки, направлять и готовить их к профессии.

Текст научной работы на тему «SHARQ MUTAFFAKIRLARINING OILAVIY TARBIYADA HAMKORLIK MASALALARIGA OID PEDAGOGIK QARASHLARI TAHLILI»

Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS) «Психологические особенности развития современной "Жамиятнинг баркарор ижтимоий-иктисодий

личности в годы устойчивого социально- ривожланиш йилларида замонавий шахс

экономического развития общества» ривожланишининг психологик хусусиятлари"

SHARQ MUTAFFAKIRLARINING OILAVIY TARBIYADA HAMKORLIK MASALALARIGA OID PEDAGOGIK QARASHLARI TAHLILI

L. Sh. Nurmuxamedova

TDPU "Oligofrenopedagogika" kafedrasi dotsenti p.f.n.

I. Abduxalilova

TDPU 2-kurs magistranti

ABSTRACT

Following the path of building a democratic state governed by the rule of law, the Republic of Uzbekistan is ensuring human rights and freedoms, enriching society and integrating it into the world community. Improving and rehabilitating, through special correctional and pedagogical work, it is a modern requirement to carry out complex but rewarding work, such as correcting deficiencies, directing and preparing them for the profession.

АННОТАЦИЯ

Следуя по пути построения демократического правового государства, Республика Узбекистан обеспечивает права и свободы человека, обогащая общество и интегрируя его в мировое сообщество. Улучшение и реабилш^шя посредством специальной коррекционно-педагогической работы является современное требование выполнять сложную, но полезную работу, например, исправлять недостатки, направлять и готовить их к профессии.

O'zbekiston Respublikasi demokratik huquqiy davlat qurish yo'lidan borar ekan, inson huquq va erkinliklarini ta'minlab, jamiyatni ma'naviy jihatdan boyitib borishni, dunyo hamjamiyatiga integratsiyalashuvni amalga oshirmoqda. Nogironlikning oldini olish bilan bir paytda, ularni ijtimoiy reabilitatsiya qilish, ularning ishlash muhitini yaxshilash va sog'lomlashtirish, maxsus korreksion-pedagogik ishlar olib borish orqali ulardagi nuqsonlarni korreksiyalash, ularni kasb-hunarga yo'naltirish va tayyorlash kabi murakkab, ammo savobli ishni amalga oshirish hozirgi zamon talabidir. Shu o'rinda alohida qayd etish zarurki, yurt imizda yosh avlodni har tomonlama barkamol qilib tarbiyalash, voyaga yetkazish borasida ko'plab ishlar amalga oshirilmoqda. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi qabul qilinib, u izchil amalga oshirilmoqda, yosh avlod tarbiyasiga alohida e'tibor qilinmoqda, ya'ni

Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS) «Психологические особенности развития современной "Жамиятнинг баркарор ижтимоий-иктисодий

личности в годы устойчивого социально- ривожланиш йилларида замонавий шахс

экономического развития общества» ривожланишининг психологик хусусиятлари"

zamon talabiga javob beradagan yuksak ma'naviyatli, bilimdon insonlarni tarbiyalash davlatimiz siyosatining ustuvor yo'nalishiga aylanmoqda. Oila bor ekan, farzand deb atalmish bebaho ne'mat bor. Har qaysi ongli inson jondan aziz farzandining baxtini, kamolini o'ylab, hamisha ezgu orzu-intilishlar bilan yashaydi, o'z zurriyodining har tomonlama sog'lom va barkamol bo'lishini istaydi. Sog'lom bola, sog'lom avlod orzusi ajdodlarimizdan bizga o'tib kelayotgan, qon-qonimizga singib ketgan azaliy intilishdir. Agar ota-bobolarimizning turmush va tafakkur tarziga nazar solsak, ular insonning nasl-nasabiga, yetti pushtining tozaligi, avlodning sog'lig'iga juda katta e'tibor berganini ko'ramiz. Sog'lom bola sog'lom va ahil oilaning mevasi bo'lib, faqatgina sog'lom onadan sog'lom bola tug'iladi. Asrlar davomida o'z tasdig'ini topgan bu haqiqatni tushuntirib, izohlab o'tirishning hojati yo'q, deb o'ylayman. Rivojlanishida nuqsoni bo'lgan bolalarga ta'lim-tarbiya berish haqida sobiq ittifoqlik olimlardan L.S.Vigotskiy, A.Zankov, S.Y.Rubinshteyn, X.S.Zamskiy, A.N.Graborov, T.N.Golovina, M.S.Pevzner, V.I.Lubovskiy, V.G.Petrova, T.A.Vlasova, I.G.Eremenko, V.V.Voronkova, R.I.Lalayeva, N.N.Shkolnikova, A.M.Sherbakovalarning dissertatsiyalari hamda metodik qo'llanmalarida muhim ma'lumotlar berilgan. Rivojlanishida nuqsoni bo'lgan o'quvchilar mehnatini samarali tashkil etish va ularni kasbga yo'llash borasida G.N.Mersiyanova, G.M.Dulnev, V.I.Antipov, V.I.Karvyalis, Y.Y.Kravalis, S.L.Mirskiy, Y.A.Kovaleva, V.F.Machixina, N.P.Pavlova, V.A.Shinkarenko, I.P.Freytag singari sobiq ittifoqlik olimlar ilmiy izlanishlar olib borganlar. Rivojlanishida nuqsoni bo'lgan o'quvchilarni korreksion o'qitish va tarbiyalash ishlari ustida chuqur ishlar olib borgan yetakchi olimlardan V.S.Raxmonova, M.P.Po'latova, L.Sh.Nurmuxammedova, K.Q.Mamedov, M.I.Sagatov o'z ilmiy ishlarida ushbu masalalarni tadqiq etganlar. Respublikamizda rivojlanishida nuqsoni bo'lgan bolalarga ta'lim-tarbiya berish, ularning nuqsonlarini yo'qotish, oilada nogiron farzandni tarbiyalashning pedagogik xususiyatlari kabi masalalar S.Sh.Aytmetova, L.R.Mo'minova, I.G.Radisheva, G'.B.Shoumarov, D.A.Gordienko, S.G.Kim, A..Soatov, Z.B.Em, G.A.Sodiqova, R.Sh.Shomaxmudova, P.M.Po'latova, D.A.Nurkeldieva, M.P.Xamidova, L.Sh.Nurmuxamedova, Sh.M.Amirsaidovalarning izlanishlarida tadqiq etilgan. Rivojlanishida nuqsoni bo'lgan bola bilan uy sharoitida korreksion-pedagogik ishlarni amalga oshirish, bola shaxsini rivojlantirish va dunyoqarashini shakllantirishga qaratilgan uslubiy, pedagogik yondashish, turli xil mashg'ulotlarni o'tkazish, oila a'zolari va nuqsonli bola o'rtasida o'zaro munosabatlarni to'g'ri yo'lga qo'yish, nuqsonli bola kelajakda o'z hayotiy o'rnini topa olishiga qaratilgan korreksion-pedagogik ishlarni amalga oshirilishida oila, maktab va mahalla

Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS) «Психологические особенности развития современной "Жамиятнинг баркарор ижтимоий-иктисодий

личности в годы устойчивого социально- ривожланиш йилларида замонавий шахс

экономического развития общества» ривожланишининг психологик хусусиятлари"

hamkorligi muhim omil bo'lib xizmat qiladi. Tadqiqotlarni o'rganish va ularni tahlil etish natijasida rivojlanishida nuqsoni bo'lgan o'quvchilarni tarbiyalash jarayoni va tarbiyada oila va maktab hamkorligi tizimli yondashishni talab qiladigan o'ta murakkab, ko'p qirrali ijtimoiy-pedagogik muammodir, degan xulosaga keldik. Rivojlanishida nuqsoni bo'lgan o'quvchilarga tarbiya berish darajasini oshirish uzluksiz ta'lim tizimi barcha bo'g'inlarida oila hamda maktabning o'zaro hamkorlikda va izchil olib borishga bog'liq. Rivojlanishida nuqsoni bo'lgan bolalarni tarbiyalashda maxsus muassasalar hamkorlining ish tajribalarini umumlashtirish, maqsadga muvofiq mos xulosalar chiqarish, rivojlanishida nuqsoni bo'lgan o'quvchilarni tarbiyalashda maktab, oila va mahalla hamkorligiga oid zarur tavsiya va takliflar berish imkonini beradi. Maxsus maktablar sharoitida ta'lim-tarbiyaning samarali shakl va usullarini izlab topish, yaratish hamda rivojlanishida nuqsoni bo'lgan o'quvchilarga tarbiya berishda oila va maxsus muassasalar yo'lga qo'yish hozirda dolzarbligi bilan muhimdir.

Markaziy Osiyoda qadimdan oila va oilaviy munosabatlar oila a'zolariga g'amxo'rlik qilish, ularga mehr-shafqat ko'rsatish, xayr-saxovat qilish diniy, ham insoniy udum bo'lib kelgan. Markaziy Osiyo mutafakkirlarining ilmiy, falsafiy va axloqiy qarashlarida oila va oilaviy munosabatlar, oilaviy tarbiya, oilaviy totuvlik kabi g'oyalar mas'uliyati va burchi, farzandga nisbatan hurmat, farzandning ota -onaga nisbatan hurmati kabi masalalarga alohida e'tibor berilgan1. Oila nafaqat bir yurtning, balki umumiy insoniyatning va davlatning katta siyosatidir. Oilaning eng muhim vazifalaridan biri insoniyatning zanjirini sog'lom va iqtidorli avlodlar bilan ulab borishdan iborat. Har bir inson hayotining o'ziga xosligi va qadriyatlarni tan olishi, ma'naviy komil inson bo'lib voyaga yetishi, bolaning rivojlanish huquqlari, ta'limga bo'lgan ehtiyojlarini qondirishini kafolatlash kabi insonparvarlik g'oyalari zamonaviy jamiyatning ustuvor yo'nalishlaridan biri bo'lishi lozim ekanligi tobora keng anglanmoqda. Rizouddin Ibn Faxruddinning "Oila" nomli risolasida "Bola tarbiyasi yomon niyat bilan emas, balki sabr - toqat, matonat, mehribonlik, chidamlilik, shavqat-u sezgirlik bilan bo'lishi kerak. Bundan bolaning tizginsiz hayvon kabi o'z holiga tashlab qo'yish kerak degan gap kelib chiqmaydi. Zarar bilan foydani ayira olmagan yosh go'dakni nazoratsiz tutish katta xatodir. Balki uni qattiqlik bilan yumshoqlik o'rtasida, adolat bilan tarbiya qilmoq kerak" haqida fikrlar berilgan. Tib ilmining sultoni Ibn Sino yosh bolani yaxshi axloqli, jismoniy sog'lom bo'lishi uchun tarbiya jarayonida shaxsiy namuna bo'lish usuli g'oyat katta ahamiyatga ega ekanligini qayta - qayta uqtirib o'tadi. Ibn Sinoning oilaviy tarbiya

1 Sharq tafakkuri hazinasidan. -T.: G'.G'ofur nomidagi Adabiyot va san'ati nashriyoti.1996 .-56.b

Материалы международной конференции. ^g Халкаро анжуман туплами.

Ташкент. 24 ноября 2021г Тошкент 24 ноябрь 2021й.

Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS) «Психологические особенности развития современной "Жамиятнинг баркарор ижтимоий-иктисодий

личности в годы устойчивого социально- ривожланиш йилларида замонавий шахс

экономического развития общества» ривожланишининг психологик хусусиятлари"

to'g'risidagi fikrlarning chuqur mazmuni va amaliy ahamiyatini uning quyidagi so'zlaridan bilib olish mumkin: "Bola xulqini mo'tadillikda saqlashga alohida ahamiyat berish kerak, bunga bolani qattiq g'azablanish, qo'rqish, xafalik va uyqusizlikdan saqlash orqali erishiladi. Bolaning xohlagan va foydali narsani darhol topib berishga, ham sevmagan narsasini ko'zidan uzoqlashtirishga doim tayyor turish kerak. Bu ishning ikki xil foydasi bor. Bir tomondan bolaning ruhiyatiga ta'sir qiladi, bola eng yosh chog'danoq xushxulq bo'lib o'sadi va bora - bora xushxulqlilik unga odat bo'lib qoladi. Ikkinchi tomondan bolaning tanasiga foyda qiladi, chunki yomon xulq turli mijoz buzilishlarida sodir bo'ladi. Shuningdek, yomon xulq odatga aylanib ketsa, u mijoz buzilishini keltirib chiqaradi. Masalan, g'azab kuchni qizdiradi, qayg'u kuchni ozdiradi, xafalik beg'amlikka moyil qiladi. Xulqning mo'tadilligi natijasida

л

ham nafs, ham badan sog'lom bo'ladi", - deydi olim . Bola tarbiyasidagi katta xatoliklardan yana biri ota-onaning tarbiyada hamma narsa shartli va sababli ekanini, tarbiya uzoq jarayon bo'lib, bu jarayonda bir qator o'zaro bog'liq bo'g'in, vosita va uslublar bo'lib, ularga biror bo'g'inning tushib qolishi tarbiya jarayonining buzilishiga olib kelishini tushunmasliklaridir. Oiladagi tarbiya jarayoniga salbiy ta'sir qiluvchi xatoliklardan yana biri ota yoki ona, buvi, buva va boshqalar tomonidan tarbiyada yagona talabning yo'qligidir. Bunday oilalarda bolalar kattalarning qarama-qarshi fikrlariga moslashishga harakat qiladilar, bu esa bolada salbiy xislatlar shakllanishiga sabab bo'ladi. Yuqorida ta'kidlab o'tganimizdek, oilada bolaning ta'lim tarbiyasini tashkil qilish murakkab va muhim jarayondir. Oila jamiyatning ajralmas bo'g'ini hisoblanadi. Agar yosh avlodni har qanday nuqson va kamchiliklardan xoli holda tarbiyalasak, kelajakda vatani, xalqi, oilasi ravnaqi uchun yashaydigan barkamol avlodni yetishtirishga poydevor yaratgan bo'lamiz. Zamonamizning yirik ma'rifatparvarlaridan bo'lmish Abdulla Avloniy inson barkamolligi uning aqlida, jismoniy sog'lig'ida hamda odobli xushxulqida deb biladi. Tarbiya bola hayotining yo'llarini belgilovchi muhim omil hisoblanadi, deya shunday fikrni bildirgan: "Tarbiya yo hayot, yo mamot, yo najot, yo saodat, yo falokat". Abu Ali Ibn Sinoning tarbiyaga oid qarashlari deyarli barcha asarlarida o'z ifodasini topgan. "Tadbir Al Manozil" kitobida tarbiyaning asosiy uslublarini sanab ko'rsatib, agar oila bu tarbiya uslubini to'g'ri tatbiq eta olsa, qo'llay olsa, oiladagi bolalar hayotlarida o'z baxtlariga tez erishadilar, degan g'oyani ifodalaydi. Ibn Sinoning ta'kidlashicha, oilada ota-onaning yumshoq ko'ngil bo'lishi, shirin so'zli bo'lishi bola tabiyasini buzadi. Oilada bosh tarbiyachi "ota"dir deb hisoblaydi. Uning

2 Safarov O., Mahmudov M. Oila ma'naviyati. - T.: Ma'naviyat, 1998. - 16 b.

Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS) «Психологические особенности развития современной "Жамиятнинг баркарор ижтимоий-иктисодий

личности в годы устойчивого социально- ривожланиш йилларида замонавий шахс

экономического развития общества» ривожланишининг психологик хусусиятлари"

fikricha, ota bolalar tarbiyasida qattiqqo'llik va hatto lozim bo'lsa, jazo berishiga qadar ta'sir ko'rsatuvchidir. Mazkur kitobning "Ayolarning yaxshi sifatlari" bo'limida esa onalarning donoligi, halolligi, kamtarligi kabi axloqiy sifatlarini ulug'laydi. Uningcha, ayollar hamma yerda erkakning munosib hamrohi bo'lishi bilan birga, oila mustahkamligi hamda bolalarni tarbiyalashda uning eng yaqin yordamchisi hamdir. "Tib qonunlari" kitobida esa bola tarbiyasi onaning vazifalariga alohida e'tibor beradi. Jumladan, bola kamolotiga emizuvchi ayolning "g'azablanish, qayg'urish, qo'rqish" kabi ruhiy kechinmalari zarar keltirishini uqtiradi. Mumkin qadar sipo, bosiq va chidamli bo'lishi lozimligi maslahat beriladi. Bola axloqining shaklanishida, nimaiki va'da qilgan bo'lsa, o'z va'dasi ustidan chiqishi shart. Ibn Sino tarbiyachiga oid o'z fikr-mulohazalarni bildirar ekan, bola tarbiyasini unga ism qo'yishdan boshlashni topadi hamda bolalarga yaxshi, munosib ism tanlashni ota-onaning dastlabki olijanob vazifalaridan hisoblaydi. Abu Ali Ibn Sino oilada, maktabda bolani ma'naviy-ahloqiy tarbiyalashda mehnatsevarlikni shakllantirishga alohida urg'u berib, ota-onalarni farzandlariga nisbatan kasb-hunar o'rgatishga da'vat etadi, mehnatni ulug'laydi. Mehnatsiz hayot kechirishning bolaga bo'lgan salbiy ta'sirini ko'rsatib beradi. Ayniqsa, Abu Ali Ibn Sino aqliy, axloqiy, estetik va jismoniy tarbiyaning birligi va ularni amalga oshirish yo'llari haqidagi fikrlari bugungi kunda ham ijtimoiy ahamiyat kasb etmoqda va ma'naviy qadriyat sifatida e'tiborga loyiqdir.

REFERENCES

1. Karimov I.A. Barkamol avlod - O'zbekiston taraqqiyotining poydevori. - T.: "Sharq" nashriyot - matbaa konserni, 1997.

2. Abu Ali ibn Sino. Tibbiy o'gitlar. - T.: Mehnat, 1991.

3. Abu Nasr Forobiy. Fozil odamlar shahri. - T.: Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, 1993.

4. Д.И.Ахмедова, Ш.М.Бердиева, Д.А.Нуркелдиева, А.К.Инаков, Д.Тураев, Т.А.Умаров, Г.Б.Шоумаров, Я.Е.Чичерина. Анализ социальной защищённости детей с особими потребностями в Республике Узбекистан. -Т.2000

5. Умарова, Н. Ш. (2021). ШАРК МУТАФАККИРЛАРИНИНГ ЩТИСОДИЙ ИЖТИМОИЙЛАШУВ ХА^ИДАГИ КАРАШЛАРИ. Academic research in educational sciences, 2(11), 1225-1233.

6. Umarova, N. S. (2019). Economic socialization of the individual in the context of age periods. Bulletin of Science andEducation,(22-3 (76)).

Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS) «Психологические особенности развития современной "Жамиятнинг баркарор ижтимоий-иктисодий

личности в годы устойчивого социально- ривожланиш йилларида замонавий шахс

экономического развития общества» ривожланишининг психологик хусусиятлари"

7. Умарова, Н. Ш. (2021). СОЦИАЛЬНО-ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ ВОПРОСЫ СПОРТИВНОЙ МАРКЕТИНГОВОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ.

8. УМАРОВА, Н. (2020). СПОРТЧИЛАРНИ ПСИХОЛОГИК ТАЙЁРЛАШ ЖАРАЁНИДА ИРОДА КУЧИНИ НАМОЁН БУЛИШИНИНГ ТЕМПЕРАМЕНТАЛ ХУСУСИЯТЛАРИ. Фан-Cпортга, (3), 42-44.

9. Умарова, Н. Ш., & Каримова, В. М. (2020). ШАХС ЩТИСОДИЙ ИЖТИМОИЙЛАШУВИДА ПУЛГА БУЛГАН УСТАНОВКАЛАРИНИ АНЩЛАШНИНГ ИЖТИМОИЙ-ПСИХОЛОГИК ТАДЛИЛ. Science and Education, 1 (Special Issue 4), 51-63.

10. Умарова, Н. Ш. (2019). Экономическая социализация личности в контексте возрастных периодов. Вестник науки и образования, (22-3 (76)), 60-64.

11. Atabaeva, N. B. (2019). Psychological factors affecting the development of altruism in humans. Central Asian Journal of Education, 3(1), 98-119.

12. Атабаева, Н. Б. (2018). Психологические особенности проявления альтруизма у детей. Вестник интегративной психологии, 27-30.

13. Taskarevna, N. Z., Yuldibaevna, B. G., Batirovna, A. N., & Ziyodullayevna, J. D. (2020). National features which are necessary to be developed in a person. International Journal of Psychosocial Rehabilitation, 24(6), 548-564.

14. Атабаева, Н. Б. (2020). The formation of altruism as a national feature in students. In Актуальные проблемы психологии и педагогики в современном образовании (pp. 176-177).

15. Атабаева, Н. Б. (2020). ДИНАМИКА РАЗВИТИЯ АЛЬТРУИЗМА КАК НАЦИОНАЛЬНОЕ СВОЙСТВО У МОЛОДЁЖИ. In ИННОВАЦИОННЫЕ ПОДХОДЫ В СОВРЕМЕННОЙ НА УКЕ (pp. 37-40). ^tr

16. Atabaeva, N. B. (2019). THE GENDER DIFFERENCES OF ALTRUISM BUILDING UP IN A PERSON. In ИННОВАЦИОННЫЕ ПОДХОДЫ В

СОВРЕМЕННОЙ НАУКЕ (pp. 168-172).

17. Абдуллаева, Д. У. (2021). Психокоррекция во взаимоотношениях матери и

подростка. Наука и образование сегодня, (4 (63)), 114-115.

18. Ubaydullayevna, A. D. (2019). IMAGINATIONS OF MOTHER ABOUT WOMAN SOCIAL ROLES AS A FACTOR OF ATTITUDES TOWARDS CHILDREN. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol, 7(12).

19. Абдуллаева, Д. У. (2018). ДЕТСКО-РОДИТЕЛЬСКИЕ ОТНОШЕНИЯ КАК ФАКТОР РАЗВИТИЯ КРЕАТИВНОСТИ ДЕТЕЙ. In Развитие

Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS) «Психологические особенности развития современной "Жамиятнинг баркарор ижтимоий-иктисодий

личности в годы устойчивого социально- ривожланиш йилларида замонавий шахс

экономического развития общества» ривожланишининг психологик хусусиятлари"

интеллектуально-творческого потенциала молодежи: из прошлого в современность (pp. 335-336).

20. Абдуллаева, Д. У., & Маткаримова, Н. Б. (2017). ВЗАИМОДЕЙСТВИЕ ПСИХОЛОГА-ПЕДАГОГА В ИНФОРМАЦИОННОЙ СОЦИОКУЛЬТУРНОЙ СИТУАЦИИ XXI ВЕКА. Актуальные проблемы гуманитарных и естественных наук, (6-2), 127-130.

21. Абдуллаева, Д. У. (2016). Взаимодействие психолог-педагог: от парадигмы исследования к парадигме обеспечения. Актуальные проблемы гуманитарных и естественных наук, (5-4), 11-13.

22. Абдуллаева, Д. У. (2016). СУЩНОСТИ И ЗАКОНОМЕРНОСТИ ПРОЦЕССА СОЦИАЛЬНО-ПСИХОЛОГИЧЕСКОГО ОБЕСПЕЧЕНИЯ

ДЕЯТЕЛЬНОСТИ ПЕДАГОГА. Актуальные проблемы гуманитарных и

естественных наук, (5-6), 64-66.

23. Махмудова, Д. А. (2017). ОСОБЕННОСТИ ПСИХОТЕРАПЕВТИЧЕСКИХ

МЕТОДОВ ПРИ РАБОТЕ С ЖЕРТВАМИ ТОРГОВЛИ ЛЮДЬМИ. Наука и

мир, 2(5), 96-97.

24. Махмудова, Д. А., & Зуфарова, М. Х. (2016). ОСОБЕННОСТИ

ПРИМЕНЕНИЯ ПСИХОТЕРАПИИ ПРИ РЕАБИЛИТАЦИОННОЙ РАБОТЕ С

ЖЕРТВАМИ ТОРГОВЛИ ЛЮДЬМИ. Наука и мир, 3(1), 130-132.

25. Махмудова, Д. А., & Зуфарова, М. Х. (2016). ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ ОСОБЕННОСТИ РАБОТЫ С НЕВРОЗАМИ У ДЕТЕЙ. Наука и мир, 3(6), 4142.

26. Эгамбердиева, Н. М., & Махмудова, Д. А. (2013). ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ ОСОБЕННОСТИ ОЩУЩЕНИЯ СЧАСТЬЯ ОДАРЕННЫХ ДЕТЕЙ В УЧЕБНОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ. SCIENCE AND WORLD, 77.

27. Махмудова, Д. А. (2013). ОСОБЕННОСТИ ПСИХОЛОГИЧЕСКОЙ РАБОТЫ С ЖЕРТВАМИ ТОРГОВЛИ ЛЮДЬМИ. SCIENCE AND WORLD, 116.

28. Kurbanova, F. K. (2022). METHODS OF DEVELOPING INTERCULTURAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS IN THE CONDITION OF TEACHING A FOREIGN LANGUAGE. Mental Enlightenment Scientific-Methodological Journal, 2022(2), 202-213.

29. Kurbanova, F. (2021). PECULIAR FEATURES OF ENGLISH AND UZBEK SPEECH ETIQUETTE. Academic research in educational sciences, 2(4), 18501855.

Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS) «Психологические особенности развития современной "Жамиятнинг баркарор ижтимоий-иктисодий

личности в годы устойчивого социально- ривожланиш йилларида замонавий шахс

экономического развития общества» ривожланишининг психологик хусусиятлари"

30. Kurbanova, F. K. (2020). LANGUAGE UNITS DENOTING CULTURAL FEATURES OF A NATION. Academic research in educational sciences, (3), 980984.

31. Реджабаева, М. З., Махмудова, Д. А., & Газиханова, Ш. ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ ОСОБЕННОСТИ ОКАЗАНИЯ КОМПЛЕКСНОЙ ПОМОЩИ ОДАРЕННЫМ ДЕТЯМ.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.