Научная статья на тему 'TALABALARDA MA’NAVIY SIFATLARINI RIVOJLANTIRISHGA YO’NALTIRILGAN TARIXIY PEDAGOGIK JARAYONNING MAZMUNI VA MOHIYATI'

TALABALARDA MA’NAVIY SIFATLARINI RIVOJLANTIRISHGA YO’NALTIRILGAN TARIXIY PEDAGOGIK JARAYONNING MAZMUNI VA MOHIYATI Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
75
10
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
tarbiya / axloq / jamiyat / komil inson / ilm / Avesto / odamiylik / qadriyatlar / zardushtiylik. / education / morality / society / perfect man / science / Avesta / humanity / values / Zoroastrianism

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Moyliyeva, Xumora To’Ra Qizi

Mazkur maqolada talabalarni ma’naviy sifatlarini rivojlantirishga yo’naltirilgan pedagogik jarayonlarining tarixiy ildizlari tahlil etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE CONTENT AND ESSENCE OF THE HISTORICAL PEDAGOGICAL PROCESS DIRECTED TO THE DEVELOPMENT OF SPIRITUAL QUALITIES IN STUDENTS

The historical roots of pedagogical processes aimed at developing the spiritual qualities of students are analyzed.

Текст научной работы на тему «TALABALARDA MA’NAVIY SIFATLARINI RIVOJLANTIRISHGA YO’NALTIRILGAN TARIXIY PEDAGOGIK JARAYONNING MAZMUNI VA MOHIYATI»

О

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(2), Feb., 2023

TALABALARDA MA'NAVIY SIFATLARINI RIVOJLANTIRISHGA YO'NALTIRILGAN TARIXIY PEDAGOGIK JARAYONNING MAZMUNI

VA MOHIYATI

Moyliyeva Xumora To'ra qizi

Iqtisodiyot va pedagogika universiteti o'qituvchisi moyliyevaxumora@gmail .com

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada talabalarni ma 'naviy sifatlarini rivojlantirishga yo 'naltirilgan pedagogik jarayonlarining tarixiy ildizlari tahlil etilgan.

Kalit so'zlar : tarbiya, axloq, jamiyat, komil inson, ilm, Avesto, odamiylik, qadriyatlar, zardushtiylik.

АННОТАЦИЯ

Анализируются исторические корни педагогических процессов, направленных на развитие духовных качеств учащихся.

Ключевые слова: образование, нравственность, общество, совершенный человек, наука, Авеста, человечество, ценности, зороастризм.

АBSTRACT

The historical roots of pedagogical processes aimed at developing the spiritual qualities of students are analyzed.

Keywords: education, morality, society, perfect man, science, Avesta, humanity, values, Zoroastrianism

КИРИШ

Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati insonni intellektual va ma'naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash bilan uzviy bog'liq bo'lgan uzluksiz ta'lim tizimi orqali har tomonlama rivojlangan barkamol shaxsni shakllantirishni nazarda tutgan holda ta'lim oluvchilarda bilim olishga va yangiliklami puxta o'zlashtirishga ehtiyojni, asosiy o'quvilmiy va umummadaniy bilimlarni, milliy va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan ma'naviy-axloqiy fazilatlami, ijodiy fikrlash, atrof-muhitga ongli munosabatda bo'lish ko'nikmalarini shakllantirishni uzluksiz ta'lim jarayonlarining asosiy vazifalari sifatida belgilab berdi. Uzluksiz ta'lim tizimida pedagogik jarayonlami tashkil etish va boshqarish, sifat va samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi vazifalami amalga oshirish, ya'ni ta'limtarbiya jarayonlari samaradorligini ta'minlash pedagogik jarayonlar ishtirokchilari hisoblangan ta'lim muassasasi rahbarlari, o'qituvchilar, tarbiyachilar va boshqa mutaxassis xodimlaming faoliyatini muvofiqlashtirish mexanizmlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish zaruriyatini belgilaydi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(2), Feb., 2023

ta'kidlaganidek, taraqqiyotning tamal toshi ham, mamlakatni qudratli, millatni buyuk qiladigan kuch ham ilm-fan, ta'lim va tarbiyadir.

Shuning uchun ham, O'zbekistonda ta'lim tizimini kompleks rivojlantirish, malakali kadrlar tayyorlash maqsadlariga katta kuch va mablag'lar yo'naltirilmoqda. Maktabgacha ta'lim, maktab va oliy ta'lim tizimlari, ilmiy-tadqiqot muassasalari faoliyatida sifat o'zgarishlari ro'y bermoqda.

NATIJALAR VA MUHOKAMA

Ma'naviyat tushuchasiga ta'rif berarkanmiz kishilarning falsafiy, huquqiy, ilmiy, badiiy, axloqiy, diniy tasavvurlarini o'z ichiga oladi. Ma'naviyat atamasining asosida "ma'no" so'zi yotadi. Ma'lumki, insonning tashqi va ichki olami mavjud. Tashqi olamiga uning bo'ybasti, ko'rinishi, kiyinishi, xatti-harakati va boshqa kiradi. Ichki olami esa uning yashashdan maqsadi, fikr yuritishi, orzu-istaklari, intilishlari, his-tuyg'ularini o'z ichiga oladi. Insonning ana shu ichki olami ma'naviyatdir. Oziq-ovqat odamga jismoniy quvvat bersa, ma'naviyat unga ruhiy ozuqa va qudrat bag'ishlaydi. Unga muttasil o'qish, o'rganish, tajriba orttirish orqaligina erishiladi. Ma'naviyat qanchalik boyib borsa, jamiyat va millat shunchalik ravnaq topadi, odam yashashdan maqsad nimaligini aniq biladi, umrini mazmunli o'tkazish yo'lini izlab topadi, muomala qilish madaniyatini egallaydi, har bir masalaga insof va adolat nuqtai nazaridan yondoshadi. Ma'naviyatimiz "Avesto" va zardushtiylik ta'limotidan boshlab hozirgi kungacha shakllanib, boyib, umuminsoniy qadriyatlar bilan yonma-yon rivojlanib bormoqda. Talabalarda ma'naviy sifatlarini rivojlantirishda tarixiy merozimizga nazar tashlash va bobokalonlarimizning merosidan unumli foydalanmog'imiz lozimdir.

Ajdodlarimiz bundan bir necha ming yillar oldin yashagan bo'lib, ular yuksak va o'ziga xos madaniyatni vujudga keltirishda juda katta va mashaqqatli yo'lni bosib o'tishgan. Dastlabki tosh qurollaridan tirikchilik uchun foydalanishda ancha takomillashgan mehnat qurollari yasashgacha, undan urug'chilik, qabilachilik davrlariga kelib, xo'jalik va madaniy taraqqiyotda erishilgan yutuqlargacha bo'lgan tariximiz ota-bobolarimizning boy qadimiy madaniyatga ega bo'lganligidan dalolat beradi.

"Avesto"ni o'rganish tarixi ma'lum bir jarayonni boshidan kechirgan. Xorij va o'zbek olimlari va uni har tomonlama tahlil etishga harakat qilishgan. Biz esa keyingi manbalarga tayanib, uning ta'lim-tarbiyaviy tomonlari ustida fikr yuritamiz. "Avesto"da inson shaxsining takomiliga oid ma'rifiy fikrlarning ma'lum bir tizimi ifodalangan. Hatto "Avesto"ni qadimgi davrlarda ajdodlarimizning tabiiy, ilmiy, ma'rifiy fikrlari to'plangan dastlabki pedagogic asar deb hisoblash mumkin.

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(2), Feb., 2023

Shuningdek, tadqiqotchilar uning diniy xarakterligini ta'kidlash bilan birga falsafa, siyosat, ta'lim-tarbiya, adabiyot masalalarini ham qamrab olgan asar sifatida ta'riflaydilar.

Zardushtiylikning axloqiy yo'riqlariga binoan insonning o'z burchini his etishining eng birinchi belgisi ma'naviy poklik hisoblangan. "Ard Yasht"ning 17-bobi baxt mavzusiga bag'ishlanib, unda moddiy farovonlikka erishish birinchi o'ringa qo'yiladi. Axloqan mukammal bo'lgan inson baxt-iqbolga ega bo'ladi, deyiladi. Insonning moddiy-ma'naviy hayoti mukammal bo'lsa, sihat-salomat yashab, uzoq umr ko'rsa, bu uning baxt-iqbolga ega bo'lganidir, deyiladi "Ard Yasht''da.

Eramizdan avvalgi birinchi ming yillikda Baqtiriya, Xorazm, Sug'diyona, Marg'iyona, Parfiya, Zarafshon vohalari, Parkana kabi o'lkalarda turli qabila va elatlar yashagan. Bular hozirgi o'zbek xalqining "ildizi" hisoblangan sak-massagetlar, sug'diyonlar, xorazmiylar, baxtarlar, chochliklar va parkanaliklar kabi qabila va elatlar edi. Keyinchalik ular o'zaro va boshqa ko'p qabila va urug'lar bilan birlashib ketgan.

Tarixga nazar tashlasak, eng qadimgi yozma ma'rifiy va ma'naviy yodgorliklar va turkiy xalqlar axloq-odob tizimining o'ziga xos an'anaviy xususiyatlarini ko'rishimiz mumkin. Bitiktoshlarda turk hoqonlarining yurishlari,bu yurishlarda ko'rsatgan jasoratlari, ularning bilimli, mard, xalqparvar alp yigitlar ekanligi bayon etiladi. O'z vatani mustaqilligi uchun kurash, xalqni asoratdan olib chiqish, ularning birligini ta'minlash hoqonlar Bo'min, Istami, Eltarish, Eltarishning o'g'illlari Bilga hoqon va lashkarboshi Kul tegin, ma'naviy otalari Tunyuquqlarning zimmasiga tushgani hikoya qilinadi. Kultegin bitigida Bilga hoqon eng muhim insoniy hislatlar, hayotiy zaruriyatlar haqida pand-nasihat bayon etadi. Bu yodnoma yoshlarni o'z eliga muhabbat, do'st va ittifoq bo'lib yashash, vatan va xalq manfaati uchun kurashga tayyor turish ruhida tarbiyalashda katta ahamiyatga ega. Bilga hoqon hamda Kul tegin jasoratlari haqiqiy ma'naviy, vatanparvarlik hamda jasorat namunasi bo'lib hisoblanadi.

Darhaqiqat, milliy qadriyatlarni umuminsoniy qadriyatlar bilan uyg'unlashtirish va talabalarda ma'naviy sifatlarni takomillashtirish lozimdir. Chunki biror millat o'z ma'naviyatini, qadriyatini boshqa millat ma'naviyati va qadriyatidan ajratib olib yarata olmaydi. Har bir millat ma'naviyatida o'ziga xos tomonlar bo'lsa ham umuminsoniy ma'naviyatlarning bir qismidir. Shu bilan biz unutmasligimiz kerakki, biz qurayotgan yangi jamiyat biz uchun birinchi galda ma'naviyatli yoshlar ko'paymog'i lozimdir.

о

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(2), Feb., 2023

XULOSA

Xulosa qilib aytganda, "Avesto"da insonning barkamol bo'lib yetishishida uning so'zi, fikri, ishi birligiga katta e'tibor berilgan. Bu axloqiy uchlik eng qadimgi davrlardan boshlab undan keyin yaratilgan barcha ma'rifiy asarlarga asos bo'lgan desak, xato qilmagan bo'lamiz. Zero, unda insonning har tomonlama mukammal barkamol topishi uchun zarur bo'lgan barcha talabalar, hayotiy yo'l-yo'riqlar o'z ifodasini topgan. Shu sababli "Avesto" ham Sharq xalqlarining, ham G'arb xalqlarining muqaddas ma'naviy merosi bo'lib qoldi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev ta'kidlaganidek, "taraqqiyotning tamal toshi ham, mamlakatni qudratli, millatni buyuk qiladigan kuch ham ilm-fan, ta'lim va tarbiyadir." 1 Shuning uchun ham, O'zbekistonda ta'lim tizimini kompleks rivojlantirish, malakali kadrlar tayyorlash maqsadlariga katta kuch va mablag'lar yo'naltirilmoqda. Maktabgacha ta'lim, maktab va oliy ta'lim tizimlari, ilmiy-tadqiqot muassasalari faoliyatida sifat o'zgarishlari ro'y bermoqda.

REFERENCES

1. "Pedagogika tarixi" Nishonova S, M.Inomova, R.Hasanov

2. "O'zbek pedagogikasi tarixi" : A.Zunnunov tahriri ostida. - T.: Sharq N MAK, 2005. - 272 b.

3. Safo Ochil. Mustaqillik ma'naviyati va tarbiya asoslari. - T.: o'qituvchi, 1995. -208 b.

4. Makovelskiy A.O. Avesto. - Baku, 1960. - 433 S.

5. Maxmudova N. «Avesto»da talimiy-axloqiy qarashlar. Ped. f. n. ... yozilgan diss.-T.: 2005.-140 b.

6. Муртазова, С. Б., Старусев, А. В., Михолап, Л. А., Лобейко, В. И., Потюпкин, А. Ю., & Литвинов, С. П. (2020). Вопросы современной науки: коллект. науч.

7. Муртазова, С. Б., & Муртазов, С. Б. (2021). ИЗ ИСТОРИИ МУЗЫКАЛЬНОГО ОБРАЗОВАНИЯ (НА ПРИМЕРЕ ПЕРВЫЕ ГОДЫ НЕЗАВИСИМОСТИ В УЗБЕКИСТАНЕ). Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(4), 152-156.

8. Mamasaliyev, M. M. (2022). AMIR TEMUR DAVRIDA MARKAZLASHGAN BOSHQARUV TIZIMINING SHAKLLARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(5-2), 1120-1129.

1 Sh.Mirziyoyev. O'qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan soha vakillariga yo'llagan tabrigi. 30 oktyabr 2020

y.

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(2), Feb., 2023

9. Mamasaliyev, M. M. (2022). AMIR TEMUR DAVRIDA MARKAZLASHGAN BOSHQARUV TIZIMINING SHAKLLARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(5-2), 1120-1129.

10. Mamasaliev, M. M., & Elboeva, S. B. (2019). RELIGIOUS-PHILOSOPHICAL DOCTRINES OF SARVEPALLI RADHAKRISHNAN. Theoretical & Applied Science, (11), 339-342.

11. Murtazova, S. B. (2022). The Queens Are in the Hearts Forever!. Miasto Przyszlosci, 23, 11-16.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.