Научная статья на тему 'OPERA VA BALET SAN’ATI VOSITASIDA SHAXS ESTETIK KAMOLOTI VA MUSIQA MADANIYATI'

OPERA VA BALET SAN’ATI VOSITASIDA SHAXS ESTETIK KAMOLOTI VA MUSIQA MADANIYATI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
259
34
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ma’naviyat / madaniyat / musiqa / vatanparvarlik / shaxs / opera / an’ana / qadriyat / balet / vokal / renessans / dostonchilik. / spirituality / culture / music / patriotism / personality / opera / tradition / value / ballet / vocal / renaissance / epic.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Qirg’izov, Imyaminjon, Xojimatova, Mushtariy In’omjon Qizi

Mazkur maqolada opera va balet san’ati vositasida shaxs estetik kamoloti va musiqa madaniyatining o’rni va ahamiyati atroflicha yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PERSONAL AESTHETIC DEVELOPMENT AND MUSICAL CULTURE THROUGH THE ARTS OF OPERA AND BALLET

In this article, the place and importance of the aesthetic maturity of the person and the music culture through the means of opera and ballet art are covered in detail.

Текст научной работы на тему «OPERA VA BALET SAN’ATI VOSITASIDA SHAXS ESTETIK KAMOLOTI VA MUSIQA MADANIYATI»

O

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(2), Feb., 2023

OPERA VA BALET SAN'ATI VOSITASIDA SHAXS ESTETIK KAMOLOTI

VA MUSIQA MADANIYATI

Imyaminjon Qirg'izov

Farg'ona davlat universiteti dotsenti

Mushtariy Xojimatova In'omjon qizi

Farg'ona davlat universiteti Magistratura bo'limi II bosqich talabasi

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada opera va balet san 'ati vositasida shaxs estetik kamoloti va musiqa madaniyatining o 'rni va ahamiyati atroflicha yoritilgan.

Kalit so'zlar: ma'naviyat, madaniyat, musiqa, vatanparvarlik, shaxs, opera, an 'ana, qadriyat, balet, vokal, renessans, dostonchilik.

ABSTRACT

In this article, the place and importance of the aesthetic maturity of the person and the music culture through the means of opera and ballet art are covered in detail.

Key words: spirituality, culture, music, patriotism, personality, opera, tradition, value, ballet, vocal, renaissance, epic.

KIRISH

Ma'naviyatning asosiy tarmoqlaridan biri musiqa ekanligi barchaga ayondir. Musiqa dunyosi insoniyatning hayoti, yashash tarzi, faoliyati, mehnati, qadriyati, an'anasini inikos etuvchi vosita sifatida ahamiyatlidir. Shu bois musiqa o'zining badiiy va estetik imkoniyatlariga egaligi bilan xarakterlanadi. Opera va balet musiqasi milliy madaniyat an'analari bilan mustahkam bog'langandir. Jumladan tarixiy muhitlardan yangilanib kelgan o'zbek xalq dostonchiligi va zamonaviy vokal melodiyasining uyg'unlashgan tizimi shular jumlasidandir. Milliy musiqa xalqimiz boy ma'naviyatining, barkamol ruhiyatining sadolardagi go'zal badiiy ifodasi bo'lish bilan bir qatorda yangi, buyuk davlat bunyodkorligi yo'lida tinmay mehnat qilayotgan xalqimizga, jamiyatimizda ma'naviy ruhiy quvvat bag'ishlovchi muhim vosita bo'lib xizmat qiladi. Mamlakatimiz Prezidenti Sh.Mirziyoyev o'zining Oliy Majlisga murojaatnomasida ta'kidlaganidek, "Jamiyatimizda aholi, ayniqsa, yosh yigit-qizlarimizning ma'naviy va ma'rifiy saviyasini doimiy yuksaltirish -birinchi darajali ahamiyatga egadir. Shu bois, "Milliy tiklanishdan - milliy yuksalish sari" degan dasturiy g'oya asosida, yoshlarni ona yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularda tashabbuskorlik, fidoyilik, axloqiy fazilatlarni shakllantirish -

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(2), Feb., 2023

o'ta sharafli vazifadir"1. Shu boisdan ta'lim - tarbiya jarayoniga milliy istiqlol mafkurasi g'oyalarini milliy musiqa orqali yoshlar ongiga singdirish, o'quvchilarni milliy qadriyatlar, an'analar va ko'p asrlik musiqiy meros vositasida estetik tarbiyalash san'at ahlining oldida qo'yilgan ulkan maqsad va vazifalardandir. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-maydagi "Madaniyat va san'at sohasining jamiyat hayotidagi o'rni va ta'sirini yanada oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"2 gi PF-6000-son farmoniga muvofiq respublikada opera va balet san'atini yanada rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlari belgilandi. Farmonga muvofiq:_Mamlakatimizda opera va balet san'atini yanada rivojlantirish, Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston davlat akademik katta teatri faoliyatini takomillashtirish, milliy opera va balet san'atini keng targ'ib etish, uning jahon san'at olamida tutgan o'rni va mavqeyini yanada mustahkamlash hamda farmonga muvofïq respublikada opera va balet san'atini yanada rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlari belgilandi. «Opera va balet san'atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida» O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-dekabrdagi PQ-64-son qarori 3 imzolandi. Hozirgi kunda haqiqiy ma'nodagi vatanparvar avlodni tarbiyalash dolzarb masalalardan biri sanaladi. Binobarin, mamlakatimiz taraqqiyotini, xalqimizni yanada jipslashtirgan Uchinchi Renessansni el-yurtimizni yurakdan sevgan, uning taqdirini o'z taqdiri deb bilgan fidoyi insonlargina ta'minlay oladi. Aslida, Vatanga yuksak muhabbat — ajdodlarimizdan bizga meros tuyg'u.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

Afsonalarga aylanib ketgan Shiroq, To'maris, Spitamen kabi shaxslar yurtimizni himoya qilish, uni dushmandan ko'z qorachig'idek asrash uchun bor kuch va imkoniyatini safarbar etgan, bu yo'lda moli-yu jonini, sha'nini, hayoti va oilasini ham ayamagan. Shu bois bunday insonlarning buyuk xizmatlari tarix zarvaraqlarida o'chmas iz qoldirgan. Ajdodlarimizning buyuk jasoratlarini kompozitor va bastakorlarimiz o'z asarlari bilan tomoshabinga yetkaza oldilar.. To'marisning jasorati Ulug'bek Musayevni mazkur mavzuda balet yaratishga undaydi. Kelgusida mazkur mavzuga M. Bafoyev ham murojaat etgani ma'lumdir.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Balet (lotincha Ballo - raqsga tushaman) asar mazmunini musiqiy xoreografik obrazlar vositasi bilan ifodalanadigan sahna san'ati turi bo'lib, o'zida san'atning

1 O'zbekiston Respublikasi Prezidenti shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi 2020- yil 24-yanvardagi

2O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-maydagi "Madaniyat va san'at sohasining jamiyat hayotidagi o'rni va ta'sirini yanada oshirish chora -tadbirlari to'g'risida"gi PF-6000-son farmoni;

3O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yilning 27-dekabrida "Opera va balet san'atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi PQ-64-sonli qarori;

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(2), Feb., 2023

dramaturgiya, musiqa, xoreografiya, tasviriy san'at kabi turlarini uyg'unlashtiradi, bu turlarining hammasi alohida-alohida mavjud bo'lmay, baletning sintez markazi bo'lgan xoreografiyaga bo'ysunadi. Balet librettochi, kompozitor, baletmeyster va rassom hamkorligida yaratiladi. Ssenariy asosida esa kompozitor balet musiqasini yaratadi. Uning izchilligi, sahna ko'rinishi, parda va nomerlarga bo'linishi ssenariyda ko'rsatiladi. Musiqa faqat ssenariyni ifodalabgina qolmay, balki musiqali obrazlarning mazmuni bilan uni boyitadi. [4.B.102]

Musiqa yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning g'oyat ta'sirchan va samarali vositasidir. Musiqa orqali insonning o'y- hayollari, ichki kechinmalari, ruhiyati va tafakkuriga ta'sirini ko'z bilan ko'rib emas, balki quloq bilan eshitib fikrlaymiz. "To'maris" baletida el-yurt taraqqiyoti va ravnaqi, himoyasi yo'lida nafaqat mol-u davlat, balki jonlar ham fido qilinishidek yuksak insoniy fazilatlar tarannum etiladi. "To'maris" baletining librettosini O. Uzaqov yozgan bo'lib, unga qo'shimcha tariqasida ikki qahramonning sevgi sahnasi nomerlari kiritilgan. Zamonaviy postanovkalarda esa To'maris va uning turmush o'rtog'i ishtirokidagi ushbu sahnalar tushurilib qoldiriladi. Baletda simfonik orkestrning to'liq tarkibi tanlangan. Prolog qismida kompozitor go'yoki tomoshabinlarni e'tiborini jamlashga chaqiradi. Buning uchun orkestr dinamikasida akkordlar ketma-ketligini ijro etadi. Violonchel va kontrobaslarning pastki registridagi sadolanish qayg'u va fojeadan darak beradi. Mazkur mavzu asta-sekinlik bilan damli cholg'ularda ham yangraydi. Kompozitor U. Musayev "Vatan" mavzusining ijrosini goboy cholg'usiga topshiradi. Registrning tobora yuksalishi kuzatiladi. Kompozitor shu tariqa qadimiylikni ifodalashga muvaffaq bo'ladi: Sak qabilasi hukmdorining dafn marosimiga turli raqs sahnalari kiritilgan. Mazkur raqslarda kuchli hissiyot, tushkunlik va motam kayfiyati aks ettiriladi. Uning ahamiyati kelgusi sahnalarda ham ortadi. Trombon solosi o'zbek milliy cholg'usi karnayga taqlid sifatida yangraydi. Kompozitor bosh qahramon -To'maris obrazini ommaviy sahnada yanada yorqin ifodalaydi. Kompozitor simfonik cholg'ular qatoriga o'zbek milliy cholg'ularini ham kiritib, asardagi milliylik ruhiyatini oshirishga intiladi. Nog'oraning qadimiy raqs usulini ifodalashi, asarning ta'sirchanligini yanada oshiradi. Ushbu ritmik ko'rinishni kompozitorning haqiqiy topilmasi deb atash mumkin. Balet musiqasida Ulug'bek Musayev sof o'zbek ohang va usullarni qo'llagan. To'marisning monologi sahnasida jozibador violonchel yangraydi. Bir tomondan juda kuchli va irodali , boshqa tomondan esa nozik ayol obrazini gavdalantirishga ushbu cholg'u o'rinli xizmat qiladi. "Hukmdorni saylash" sahnasida Frada obrazi gavdalantiriladi. Frada to'marisni yakkama-yakka kurashga chorlaganida xalq To'marisni qo'llab-quvvatlaydi. Musiqadagi ziddiyat, qarama-qarshilikning to'qnashuvi hisobiga yanada keskin tus

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(2), Feb., 2023

oladi. Bir tomondan link To'maris obrazi boshqa tomondan esa xalqning dramatik ruhda aks ettirilishi ta'sirchan ko'rsatilgan. Frada va To'marisning jang sahnasi baletning eng ziddiyatli nuqtasidir. Ikkala qahramonni tasvirlash uchun kompozitor ikki hil usulni tanlaydi. Biri o'n oltitalik notalardan iborat tez suratli mavzu bo'lsa, ikkinchisi og'ir va vazmin cho'zimli kuydir. To'marisning g'alabasi Xorazm lazgisi ohanglarida ifodalangan. Torli va damli cholg'ular ildamlab, yevropacha andozadagi lazgi namoyon bo'ladi.

"To'maris" baleti yosh avlod vakillarida vatanparvarlik, qahramonlik tuyg'ularini yuksaltirishga xizmat qiladi. Balet musiqasida tarixiy voqealar jonlantirilgan, Ulug'bek Musayev go'zal garmoniyalar, betakror usul va akturalarni tanlay olgan, milliy cholg'ularni singdirish, betakror mavzularni tanlash hisobiga yevropacha andozadagi balet janrida o'zbek milliy ruhi ufurib turadi, kostyum va dekoratsiyalar balet voqealari va musiqasiga mos va xos tarzda tanlangan. Shuni ta'kidlash joizki insonni estetik tarbiyalash nafaqat ta'lim muassasalarining, balki butun mamlakatda olib borilayotgan ma'naviy-ma'rifiy, madaniy tarbiya ishlarining negizidir.

Musiqa shaxs sifatida shakllanayotgan yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning g'oyat ta'sirchan va samarali vositasi sifatida ham ahamiyatga egadir. Xalqimizda "Vatanni sevmoq imondandir", degan naql bor. Ushbu hikmat mazmunidan har bir insonning o'z tug'ilgan yurtini sevishi, uni ardoqlashi yuksak maqomga ega ekanligini anglash mumkin. Baletning go'zal musiqasi, serjilo xoreografiyasi , rang-barang mavzularga boy dramaturgiyasi har zamonda tomoshabinni o'ziga qiziqtirib kelgan. Bir nechta san'at turlarini o'zida mujassamlagan, insonni ezgulik va yaxshilikka chorlovchi, unga ma'naviy ozuqa beruvchi bu musiqali sahna janriga bo'lgan ehtiyoj har davrda yuqori bo'lgan. Yangi O'zbekistonda raqs san'ati xususan, baletga bo'lgan e'tibor va ehtiyoj yanada kuchayganligi, mazkur janr rivoji va targ'ibotiga yo'naltirilgan davlat siyosati uning yangi qirralarda tomoshabinlar e'tiboriga havola etilishi va shu tariqa ijtimoiy ahamiyatining kuchayishiga omil bo'ldi.

Bugungi kunda rivojlangan mamlakatlar qatoridan joy olishning birdan-bir yo'li zamonaviy ilmlarni egallash jarayonida yoshlarimizning peshqadam bo'lishidir. Shu bois navqiron avlod vakillarini mamlakatimizda ilm olish uchun yaratib berilgan shart-sharoitlar va keng imkoniyatlardan to'laqonli foydalanishga undashimiz ko'zlagan maqsadlarimizga xizmat qiladi. Muxtasar aytganda, har tomonlama bilimli, hur fikrli, ma'naviyati boy avlod Vatanni ko'z qorachig'idek asraydi, uning istiqboli uchun borini baxsh etadi.

XULOSA

о

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(2), Feb., 2023

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yilning 27-dekabrida "Opera va balet san'atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi PQ-64-sonli qarori;

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-maydagi "Madaniyat va san'at sohasining jamiyat hayotidagi o'rni va ta'sirini yanada oshirish chora -tadbirlari to'g'risida"gi PF-6000-son farmoni;

3. Mirziyoyev SH.M. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. - Toshkent: Tasvir, 2020. - B. 48.

4. "Davr sadolari - IV" Respublika musiqa festevali doirasida "O'zbekiston musiqa san'atining dolzarb masalalari" Respublika ilmiy-amaliy konferentsiya ma'ruzalari to'plami _ TOSHKENT_ 2020. - 200b.

5. "O'ZBEKISTON KOMPOZITORLARI IJODIDA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR: MUAMMO VA YECHIMLAR" talabalar ilmiy-nazariy konferentsiyasining ma'ruzalar to'plami Toshkent_2019. - 59 b.

6. Muhammedova G. Xonandalik uslubiyati asoslari. O'z.D.K. Toshkent 2007-yil. -102 bet

7. Nazokat, A., Ibrokhim, Y., & Makhpuzakhon, A. (2021). FACTORS OF DEVELOPMENT OF FINE ARTS.

8. Nazokat, A. (2021). Means of Ensuring the Integrity of the Image and Writing in the Performance of Visual Advertising.

9. Ахмедова, Н. Э. (2022). БУГУНГИ ЁШ АВЛОДНИ АХЛО^ИЙ, КОГНИТИВ ВА ЭСТЕТИК ТАРБИЯСИНИ ШАКЛЛАНТИРИШДА КИТОБОТ САНЪАТИНИНГ УРНИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 204-208.

10. Ахмедова, Н. Э. (2022). МУЪЖАЗ САНЪАТНИНГ БЕТАКРОР НАФОСАТ ОЛАМИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 125-130.

11. Ахмедова, Н. Э. (2022). МАРКАЗИЙ ОСИЁДА ТЕМУР ВА ТЕМУРИЙЛАР ДАВРИ МЕЪМОРИЙ БЕЗАК ТУРЛАРИНИ ТАДЛИЛ ^ИЛИШ НАТИЖАСИДА ЁШЛАРНИ А^ЛИЙ ВА МАЪНАВИЙ ТАРБИЯЛАШ САЛОХИЁТИГА ТАЪСИР ^ИЛИШ ОМИЛИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 41-45.

12. Achildiyeva, M., Axmedova, N., Ikromova, F., Haydarova, O., Ibrahimova, G., & Abdurahmonov, A. (2021). TANBUR: ONE OF ANCIENT INSTRUMENTS. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 9(6),

302-308.

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(2), Feb., 2023

13. Kirgizov, I., Kirgizov, I., Najmetdinova, M., & Atabayeva, S. (2022, February). THE GENESIS OF THE DEVELOPMENT OF MUSIC CULTURE. In Archive of Conferences (pp. 57-60).

14. Kirgizov, I., Imyaminovich, K. I., Nurmuhammedjanov, A., Sotvoldievich, S. B., Mamasodikovna, N. M., & Juraevna, A. S. (2021). The Pleasure of Singing, Listening and Understanding Navoi. Annals of the Romanian Society for Cell Biology, 2410-2413.

15. Qirg'Izov, I. (2022). O'ZBEK MUSIQA SAN'ATI RIVOJINING ASOSIY OMILLARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 331-336.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.