Научная статья на тему 'OPERA VA BALET SAN’ATINING YOSH AVLOD TARBIYASIDA TUTGAN O‘RNI VA AHAMIYATI'

OPERA VA BALET SAN’ATINING YOSH AVLOD TARBIYASIDA TUTGAN O‘RNI VA AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
122
27
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Область наук
Ключевые слова
MUSIQA TARBIYASI / INSON RUHIYATI / BALET / PEDAGOGIK QARASH / OILAVIY MUHIT / INSON KAMOLOTI / MILLIY MUSIQA / MILLIY AN'ANA

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Arislanbayeva A.B.

Ushbu maqolada o‘sib kelayotgan yosh avlodning ta’lim va tarbiya jarayonida opera va balet san’atini tutgan o‘rni xususida atroflicha fikr-mulohazlar bayon etilgan. Shuningdek, opera va balet san’atini mamlakatimizda rivojlantirishga qaratilgan islohot jarayonlari chuqur tahlil etilgan holda sohani rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha taklif mulohazalar bildirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE AND IMPORTANCE OF OPERA AND BALLET IN THE EDUCATION OF THE YOUNG GENERATION

This article provides a comprehensive overview of the role of opera and ballet in the education and upbringing of the younger generation. Additional suggestions for the development of the opera and ballet industry were made, with an in-depth analysis of the reform process aimed at the development of opera and ballet in the country.

Текст научной работы на тему «OPERA VA BALET SAN’ATINING YOSH AVLOD TARBIYASIDA TUTGAN O‘RNI VA AHAMIYATI»

Arislanbayeva A.B.

O'zbekiston davlat san 'at va madaniyat instituti Madaniyat va san 'at

menejmenti 2-bosqich magistranti Ilmiy rahbar: Yo'ldasheva M.B.

"Madaniyat va san'at muassasalarini tashkil etish va boshqarish" kafedrasi

professori

OPERA VA BALET SAN'ATINING YOSH AVLOD TARBIYASIDA TUTGAN O'RNI VA AHAMIYATI

Annotatsiya: Ushbu maqolada o'sib kelayotgan yosh avlodning ta'lim va tarbiya jarayonida opera va balet san'atini tutgan o 'rni xususida atroflicha fikr-mulohazlar bayon etilgan. Shuningdek, opera va balet san'atini mamlakatimizda rivojlantirishga qaratilgan islohot jarayonlari chuqur tahlil etilgan holda sohani rivojlantirish bo'yicha qo'shimcha taklif mulohazalar bildirilgan.

Kalit so'zlar: musiqa tarbiyasi, inson ruhiyati, opera, balet, pedagogik qarash, oilaviy muhit, inson kamoloti, milliy musiqa, milliy an'ana.

Arislanbayeva A.B.

2nd year Master Culture and Arts Management Uzbek State Institute of Arts and Culture Scientific adviser:Yuldasheva M.B.

professor

"Organization and Management of Cultural and Art Institutions"

THE ROLE AND IMPORTANCE OF OPERA AND BALLET IN THE EDUCATION OF THE YOUNG GENERATION

Annotation: This article provides a comprehensive overview of the role of opera and ballet in the education and upbringing of the younger generation. Additional suggestions for the development of the opera and ballet industry were made, with an in-depth analysis of the reform process aimed at the development of opera and ballet in the country.

Keywords: music education, human psyche, opera, ballet, pedagogical approach, family environment, human maturity, national music, national tradition.

Jamiyatimiz taraqqiyotida ma'naviy va jismoniy sog'lom avlodni tarbiyalash bugungi kunda bizning eng ustuvor vazifalarimizdan biri sanaladi. Zeroki qator aytilgan bu fikrlar zamirida har doimgidek yoshlar turadi, sababi ularning bugungi kundagi olgan ta'lim- tarbiyasi nafaqat o'zlari uchun balki yurtimiz taraqqiyoti uchun eng muhim poydevordir. Hurmatli Prezidentimiz

Shavkat Mirziyoyev bejizga ''Agar mendan sizni nima qiynaydi deb so'rasangiz, farzandlarimizning ta'lim va tarbiyasi deb javob beraman'' - degan purma'no fikrlari fikrimiz yaqqol dalilidir.

Shundan bo'lsa kerakki, davlatimiz rahbari bugungi kunda madaniyat va san'at sohasiga qaratayotgan e'tiborlari har qachongidanda ko'proq va ortiqroq darajada deb baholanilmoqda. Shu o'rinda O'zbekiston Respub likasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev 2021-yilning 27-dekabrida "Opera va balet san'atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi PQ-64-sonli qarori qabul qilinganligining o'ziyoq soha rivojiga katta ta'sir ko'rsatuvchi qadam qo'yilganligiga ifoda hisoblanadi.[1;65]

Mamlakatimizda opera va balet san'atini yanada rivojlantirish, Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston davlat akademik katta teatri faoliyatini takomillashtirish, milliy opera va balet san'atini keng targ'ib etish, uning jahon san'at olamida tutgan o'rni va mavqeyini yanada mustahkamlash hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-maydagi "Madaniyat va san'at sohasining jamiyat hayotidagi o'rni va ta'sirini yanada oshirish chora -tadbirlari to'g'risida"gi PF-6000-son farmoniga muvofiq respublikada opera va balet san'atini yanada rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlari belgilandi. Unga ko'ra esa Yangi O'zbekistonni barpo etishda opera va balet san'atining nufuzini oshirish, milliy opera va balet san'atini jahon miqyosida targ'ib qilish masalalari ilgari surildi.[2;14]Musiqaning inson ruhiyatiga ta'sir qilish borasida keng imkoniyatlar qadimdanoq musiqashunoslar, mutafakkirlar va olimlar diqqatini o'ziga jalb qilgan. Ular musiqa san'atining insonlarni shaxs sifatida shakllanishiga ta'sir qiladigan xususiyatlarini aniqlashga urunishgan. Darhaqiqat jahon fani ravnaqiga ulkan hissa qo'shgan buyuk ajdodlarimiz komil insonni tarbiyalashda musiqaning o'rnini chuqur anglab, shaxs kamolotidagi ahamyatini o'z asarlarida, pedagogik qarashlarida tadqiq qilib bizga beqiyos manbalar qoldirganlar.Buyuk mutaffakirlar Al Forobiy, Abu ali Ibn Sino, Abdulqodir Marog'iy, Sharafiddin ali Yazdiy, Mahmud Qoshg'ariy, Ahmad Yugnakiy, Sadiy Sheroziy, Abdurahmon Jomiy, Kavkabiy, Darveshali Changiy, Komil Xorazmiy, Alisher Navoiy, Zahriddin Muhammad Bobur kabi allomalarning qator asarlarida keltirilgan musiqaga oid ma'lumotlar bugungi kunda o'z ilmiy, nazariy hamda tarbiyaviy jihatdan yosh avlodni tarbiyalash jarayonida eng dolzarb va eng kerakli maba ekanligini ko'rishimiz mumkin.[4.117]O'ylashimcha opera va balet musiqa san'atiga qiziqish tarbiyasini avvalo oiladan boshlash eng maqul yo'l sanaladi. Sababi shundaki musiqaga qiziqish oiladagi muhitga juda bog'liq. Agar oilada o'zaro san'atga bo'lgan ayniqsa, opera va baletga bo'lgan munosabat yuqori ruhda,baland ishtiyoq hamda hurmatda bo'lsa bolada o'z-o'zidan qiziqish, ijtimoiy-psixologik muhit paydo bo'ladi.Ma'lumki yaxshi oilaviy muhitda tarbiyalangan bolaning hayot haqidagi turli voqea-hodisalar, urf-odat, madanyat va san'atga oid taassurotlari ko'pincha ijobiy kechadi. Oiladagi birlikda televizor ko'rish, konsert tomosha qilish, teatr tomosha qilish va o'z taassurotlarini o'rtoqlashish

kabi muloqotlar bolalar dunyoqarashini o'stirib, hayotiy voqealarni aks ettiruvchi adabiyot, san'at musiqani mohiyatini tushunish va badiiy idrok etishga olib keladi.

Xususan eng avvalo opera va balet san'atiga oilaviy muhitdan yiroq bo'lgan bolalarni qiziqtirish uchun ham va qiziqqan bolalarni yanada dunyoqarashini oshirish uchun ham o'rta ta'lim maktablarida, maktabgacha ta'lim muassalarida san'at ustalari bilan ijodiy uchrashuvlar ko'ngilochar tadbirlarni tashkillashtirish ularning opera va balet musiqa san'ati haqidagi tasavvurlarini kengaytirish, o'quvchi yoshlarning qiziqishini o'stirib, bo'sh vaqtlarini behuda sarflamasliklarini oldini olishimiz mumkin.Yoshlar tomonidan opera va balet san'atining idrok etilishi avvalo milliy musiqamizni idrok etishdan boshlanishi lozim. Milliy istiqlol sharofati bilan milliy musiqiy merosimizga milliy-ma'naviy qadryatlarimiz qatorida alohida e'tibor berila boshlandi. Endilikda biz xalqimizning ajoyib, xilma-xil va bir biridan go'zal mahalliy musiqiy an'analarini tinglab idrok etish va ulardan ma'naviy zavq olish, ruhiy bahramand bo'lish imkoniga ega bo'ldik. Milliy musiqa xalqimiz boy ma'naviyatining, barkamol ruhiyatining sadolardagi go'zal badiiy ifodasi bo'lish bilan bir qatorda yangi, buyuk davlat bunyodkorligi yo'lida tinmay mehnat qilayotgan xalqimizga, jamiyatimiz ma'naviy ruhiy quvvat bag'ishlovchi muhim vosita bo'lib xizmat qiladi.

Opera va balet san'atinining ana shunday o'tkir tarbiyaviy kuchidan foydalanish, san'at vositasida yosh avlodning ma'naviy dunyoqarashini shakllantirish, ularda yuksak axloqiy sifatlarni tarbiyalash umumta'lim maktablari zimmasidagi eng muhim va doim dolzarb bo'lgan vazifalardan biridir. Davlatni ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy va ma'naviy jihatdan rivojlantirish hamda mustaqilligimizni yanada mustahkamlashda o'tmish me'rosimiz milliy musiqa merosimiz o'rni alohida.[6;98]Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, opera va balet san'ati shaxs sifatida shakllanayotgan bolalarning qalbida milliy ruhni kamol toptirish, ma'naviy va axloqiy madaniyatni musiqiy didni shakllantirish, musiqiy tasavvurlarini yanada boyitish hamda ularda vatanparvarlik, insonparvarlik tuyg'ularini, tashabbuskorlik qobilyatlarini kamol toptirishda eng asosiy vositachi hisoblanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 -yilning 27-dekabrida "Opera va balet san'atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi PQ-64-sonli qarori;

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-maydagi "Madaniyat va san'at sohasining jamiyat hayotidagi o'rni va ta'sirini yanada oshirish chora -tadbirlari to'g'risida"gi PF-6000-son farmoni;

3. Mavlonova R. Pedagogika. -T.: 2018.- 80 str.. Pirmuxamedova M. Pedagogik mahorat asoslari.- T.: 2017.

4. Sayidaxmedov N.S. Pedagogik mahorat va pedagogik texnologiya. - T., O'ZMU;

5. Ibragimov X. I va boshqalar. Pedagogik psixologiya. O'quv qo'llanma. - T.: O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti. 2017 y;

6. Xo'jayev N. va boshqalar. Pedagogika asoslari. - T.: 2018. -120 bet\

7. http://www.edustorng.ru/main/book/pedagogtechno.htm

8. www. ziyonet. uz.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.