Научная статья на тему 'BOSHLANGʻICH TAʼLIM FANLARINI OʻQITILISH JARAYONIDA SHARQ MUTAFAKKIRLARI MEROSIDAN FOYDALANISH'

BOSHLANGʻICH TAʼLIM FANLARINI OʻQITILISH JARAYONIDA SHARQ MUTAFAKKIRLARI MEROSIDAN FOYDALANISH Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
291
202
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Sharq / nutq / maqsad / meros / ehtiyoj / zamonaviy texnologiya .

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Davlatxon Rustamova Toyirjon Qizi, Oʻrinboyeva Dilzora Farohiddin Qizi

Ushbu maqolada o‘quvchilar sharq mutafakkirlarining ilmiy maʼnaviy merosidan foydalanish juda muhim ahamiyat kasb etadi.Har bitta fanning oʻz tarixi vujudga kelishi bor. Shunday ekan ushbu maqolamda esa sharq mutafakkirlari merosidan foydalanish boʻyicha maʼlumotlar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOSHLANGʻICH TAʼLIM FANLARINI OʻQITILISH JARAYONIDA SHARQ MUTAFAKKIRLARI MEROSIDAN FOYDALANISH»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

BOSHLANG'ICH TA'LIM FANLARINI O'QITILISH JARAYONIDA SHARQ MUTAFAKKIRLARI MEROSIDAN FOYDALANISH 1Davlatxon Rustamova Toyirjon qizi, 2O'rinboyeva Dilzora Farohiddin qizi

1Farg'ona davlat universiteti o'qituvchisi, 2Farg'ona davlat universiteti, Boshlang'ich ta'lim

yo'nalishi 2-kurs talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.11004525

Annotatsiya. Ushbu maqolada o'quvchilar sharq mutafakkirlarining ilmiy ma'naviy merosidan foydalanish juda muhim ahamiyat kasb etadi.Har bitta fanning o'z tarixi vujudga kelishi bor. Shunday ekan ushbu maqolamda esa sharq mutafakkirlari merosidan foydalanish bo'yicha ma'lumotlar berilgan.

Kalit so'zlar: Sharq, nutq, maqsad, meros, ehtiyoj, zamonaviy texnologiya .

Abstract. In this article, it is very important for students to use the scientific and spiritual heritage of Eastern thinkers. Every science has its own history. Therefore, in this article, information is provided on the use of the heritage of Eastern thinkers.

Keywords: East, heritage, goal, heritage, ]education, upbringing, spiritual and moral aspect, modern technology.

Аннотация. В данной статье студентам очень важно использовать научное и духовное наследие мыслителей Востока.Каждая наука имеет свою историю. Поэтому в данной статье представлена информация об использовании наследия восточных мыслителей.

Ключевые слова: Восток, наследие, цель, наследие, потребность, повседневная жизнь, духовно-нравственный аспект, современные технологии.

Insoniyat yaratilibdiki, doimo yangilikka, o'z ehtiyojlarini qondirishga harakat qiladi. Shu boisdan,inson o'zining moddiy ehtiyojini turli xil ozuqalar bn qondiradi. Inson moddiy ehtiyojini qondirgani kabi,ma'naviy ehtiyojlarini har birimizga farz qilib qo'yilgan bilim olish,ilm egallash orqali yuzaga chiqaradi. Inson har doim ma'naviy ozuqaga ehtiyoj sezadi. Ma'naviy ozuqa insonning ilmga bo'lgan ehtiyoji hisoblanadi.Inson yaratilganidan beri doim ta'limga ehtiyoj sezgan. Kundalik hayotda foydalanish kerak bo'lgan jamiyki narsalar ular uchun ta'lim zaruriyati hisoblangan. Vaqtlar o'tgani sari bilimlar kengaygan,shu tufayli insonlar muallimga ehtiyoj seza boshlagan. Har bir mavjud qabila,elat yoki millatning o'zini ta'lim-tarbiya qonunlari bo'lgan. Bizga tarixdan ma'lumki, insonlar qabila bo'lib yashashgan,kundalik hayot uchun nutq ,moddiy ozuqalarni taqsimlash uchun bilim zaruriyati paydo bo'la boshlagan. Qabilalar o'zlarining ehtiyojini qondirish maqsadida ma'lum bir rasmli belgilardan foydalangan.Inson hayoti takomillashib,bilimlar kengayib borar ekan, zamonaviy texnologiyalar yaratila boshlangan. Bu esa inson hayotini tubdan o'zgartirdi. Yanikim,insonlar uchun bir qator yenggilliklar paydo bo'ldi.

Boshlang'ich sinflarni ma'naviy-axloqiy jihatdan barkamol,ilmli avlod qilib tarbiyalash vazifasi ko'p jihatdan boshlang'ich sinflarda ta'limni to'g'ri tashkil etish , qolaversa o'quvchilarni mustaqil fikrlashga o'rgatish, nutqini talab darajasida o'stirishdan iboratdir. Boshlang'ich sinf o'quvchisi atrofdagi bilimlarni mavjudligicha qabul qiladi. O'qituvchining vazifasi shu bilimlarni to'g'ri noto'g'riligini aniqlab berishdan iborat. So'z boyligi yetarlicha bo'lgan o'quvchi o'zining ma'lum vaziyatlarda beradigan mustaqil fikriga ega bo'ladi. Shu sababli so'z boyligi mavjudligi o'quvchilarda berilgan bilimlarni puxta o'zlashtirishga zamin yaratadi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

Sharq mutafakkirlarining ilmiy, ma'naviy me'rosini o'rganish asosida allomalarimizning, barkamol, komil insonni tarbiyalash xususidagi qarashlari bilan tanishib chiqib, undagi ilgari surilgan g'oyalar, bugungi kunda o'sib kelayotgan yosh avlod uchun naqadar zarurligini tushunildi.

O'rganilgan ma'lumotlarga tayangan holda quyidagi tavsiyalar ishlab chiqildi:

Pedagogik faoliyatda, Sharq allomalari va mutafakkirlarining g'oyalaridan unumli foydalanib, ta'lim oluvchilarning intellektual, ma'naviy, axloqiy sifatlarini shakllantirish, rivojlantirish maqsadga muvofiqdir.Talabalarni insoniyat erishgan boy qadriyat va an'analarga, milliy istiqlol g'oyasi va mafkurasiga tayangan holda, barcha fanning o'ziga xos ilmiy va amaliy asoslari bilan qurollantirish lozim.

-Tarbiya nazariyasi va amaliyotining ilg'or qarashlarini pedagogik jarayonga tadbiq etish orqali, pedagogik faoliyat samaradorligini oshirish mumkin.

-Sharq allomalarining komil inson ta'lim-tarbiyasi xususidagi g'oyalariga tayanib, undagi tarbiya usullari va vositalaridan, bugungi kun ta'lim-tarbiya jarayonida foydalanish ijobiy samara beradi va h.k.

IX-XV asrlar Markaziy Osiyo ma'naviy madaniyati rivojida muhim davr hisoblanadi. Shu bois faylasuf, tarixchi, pedagog, matematik olimlar bu davr madaniyma'rifiy me'rosi haqida qator ilmiy tadqiqot ishlari olib borganlar. Sharq mutafakkirlari yaratgan ilmiy meros yosh avlodlarga ta'lim-tarbiya jarayonini tashkil etishda asosiy bilimlar majmui hisoblanadi.Boshlang'ich sinf darsliklarini yaratilishida buyuk ajdodlarimiz ilmiy meroslarini o'quvchilarga yetkazish uchun yetarlicha ma'lumotlar berilgan.Darsliklarda Amir Temur bobomizning o'gitlaridan tortib,Alisher Navoiy ta'lim-tarbiyaga oid bir qancha asarlari,Husayn Boyqaro, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug'bek, Bobur Mirzo ilmiy meroslari o'quvchilar eslab qolishlari uchun berilgan.Biz buyuk mutafakkirlarimiz ilmiy meroslarisiz boshlang'ich bilimimizni kengaytira olmaymiz.Buyuk ajdodlarimiz qoldirgan ma'naviy boyliklar avloldlar uchun zaxira maskanidir.

Xususan, Abu Nasr Farobiy inson tomonidan borliqni anglanishi, tabiat sirlarini anglashida ilm-fanning rolini hal qiluvchi omil sifatida baholaydi. Allomaning fikricha, inson tanasi, miyasi, sezgi organlari u tug'ilganda mavjud bo'lgan bo'lsa, aqliy bilimi, ma'naviyati, ruhiyati, intellektual va axloqiy sifatlari, xarakteri, dini, urfodatlari, ma'lumoti tashqi olam, ijtimoiy muhit ta'sirida, odamlar bilan tashkil etayotgan munosabatlari jarayonida shakllanadi. Abu Nasr Farobiyning e'tiroficha, inson aqli, fikri uning ruhiy jihatdan yuksalishining mahsulidir. Inson bilimlarni o'zlashtirar ekan, borliqda tirik mavjudotning yaratilish tarixigacha bo'lgan ma'lumotlarni o'zlashtira oladi, ularni yaratadi, ilmiy jihatdan asoslaydi. Allomaning mazkur fikrlarini davom ettirgan holda Abu Rayhon Beruniy quyidagilarni ilgari suradi: «Inson narsa va hodisalarning faqat tashqi sifati hamda xususiyatlari haqida bilim olmay, balki tafakkuri, aqli tufayli narsa va hodisalarni taqqoslaydi, bir-biri bilan solishtirib ko'radi, o'z bilimlarining chinligini aniqlaydi». Mutafakkir, shuningdek, odamlar tomonidan bilimlarni o'zlashtirilib borishi yangi bilimlarning yaratilishiga olib kelishini aytadi: «Ilmlar ko'pdir. Ular zamoni iqbolli bo'lib, turli fikr va xotiralar ularga qo'shilib borsa, ko'payadi. Odamlarning ilmlarga rag'bat qilishi, ilmlarni va ilm ahllarini hurmatlashi o'sha iqbolning belgisidir. (Ayniqsa) hukmron kishilarning ilm ahlini hurmat qilishi turli ilmlarning ko'payishiga sabab bo'ladi».

Abu Ali ibn Sino o'z asarlarida bilim tushunchasiga sharh berish bilan birga bilimning chuqur o'zlashtirilishi donishmandlik ekanligini alohida qayd etadi: «llm narsalarning inson aqli yordami bilan o'rganilishidir. Bilim deb esa, narsalarni idrokqilishga aytiladi. Bu shundayki, inson aqli uni xato va yo'ldan toymasdan turib unga erishishi kerak bo'ladigan narsadir. Bordiyu, bu

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS" April 2б, 2024

dalillar ochiq-oydin bo'lsayu, isbotlar chinakamiga bo'lsa, u holda bunga hikmat - donishmanlik deyildi». Ibn Sinoning aql va aqliy tarbiyaning tabiiy va psixologik asoslarini aniqlashga harakat qiladi. Uning fikricha, hayot hayotiy quvvat uch shaklda: o'simlik, hayvonot va inson shaklida namoyon bo'ladi. Ibn Sino bolaning ilm-fan yoki hunar egallashga intilishida o'qituvchining unga bilim, hunar o'rgatishi zarurligini uqtiradi. Ilm fanga intilish insonning eng oliy ma'naviy yuksaklikka ko'taradi, jamiyat ravnaqining asosiy omili bo'lib xizmat qiladi.Buyuk mutafakkir Mahmud Qoshg'ariy "Qutadg'u bilik" asarida bola tarbiyasi haqida to'xtalib, shunday deb yozadi: "Farzand qanchalik bilimli, aqlli, xushli bo'lsa, ota-onaning yuzi shunchalik yorug' bo'ladi". U bola tarbiyasida otaning ma'suliyatiga asosiy e'tibor beradi."Kimning o'g'li, qizi erka bo'lsa -deb yozadi u, unda shu kishining o'zi mungli bo'lib yig'laydi. Ota bolani kichikligidan bebosh qilib qo'ysa, bolada gunoh yo'q, barcha jafo otaning o'zida. O'g'il qizning xulq-atvori yaramas bo'lsa, bu yaramas ishni ota qilgan bo'ladi. Ota bolalarni nazorat qilib turli hunarlarni o'rgatsa, ular ulg'aygach, o'gil-qizim bor deb sevinadi, o'gil-qizga - hunar va bilim o'rgatish kerak, toki bu -hunar bilan ularning fe'l-atvorlari go'zal bo'lsin". Mahmud Qoshg'ariy fikricha, bola asta-sekin hunar o'rganib hayotdan ta'lim olib, bilimdon bo'ladi, chinakam insoniy go'zallikka erishadi. Buyuk mutafakkir shoir Alisher Navoiy me'rosida ham ta'lim-tarbiya jarayoni munosib o'rinni egallaydi. U o'zining qator asarlarida ta'lim-tarbiya masalalari umuminsoniy g'oya ekanligini o'rtaga tashlaydi.Alisher Navoiy tarbiyada insoning o'z-o'zini tarbiyalashga, xató va kamchiliklarini anglab tuzatishiga e'tibor beradi, yanglish va xato kishilik shartidir. Xato va yanglishishni anglab, ogohlangan baxtli kishidir. Kimki e'tirof tomon qaytar ekan, xatosi yo'qoladi. Kimki dalil keltirib, aljiray bersa, xatosini bir karra oshiradi. Mubolag'asi qancha ko'proq esa, yanglishishi shuncha ko'rimliroq bo'lur va o'zini katta ko'rsatib, tortishuvi qancha esa ortiqroq, o'zi xalq o'rtasida shuncha rasvoroq ko'rinur.

Xulosa

O'zbekistonda islohotlar va yangilanishlar tez fursatda amalga oshirilmoqda.Mamlakatimizning istiqboli, bozor iqtisodiyoti qonunlariga asoslangan jamiyat qurish sohasidagi ishlarning samarasi, yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash muammosi bilan chambarchas bog'liq. Birinchi prezidentimiz I.A.Karimovning tashabbusi bilan ishlab chiqilgan va hayotga tatbiq etilgan "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" va "Ta'lim to'g'risidagi qonun" shuningdek, "Ta'lim-tarbiya va kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish, barkamol avlodni voyaga yetkazish to'g'risida"gi farmoni ana shu maqsadni ro'yobga chiqarishga qaratilgan. Bu hujjatlarda ilgari surilgan vazifalarni hayotga tadbiq etish, davlatimiz siyosatining ustuvor sohasi bo'lib qolmoqda.

Mustaqillikning dastlabki yillaridanoq butun mamlakat miqyosida ta'lim-tarbiya, ilm-fan, kasb-hunarga o'rgatish sohalarini isloh qilishga nihoyatda katta zarurat seza boshlandi. Shuni ta'kidlash lozimki, ma'rifat xalqimiz, millatimiz qonidadir. An'anaviy sharqona qarashga ko'ra, ma'rifatlilik faqat bilim va malaka emas, ayni paytda chuqur ma'naviyat va go'zal axloq degani hamdir.

Sariyev Sh. Ma'naviyat ko'zgusi. O'quvchilarning milliy ma'naviyatini shakllantirishda Boshlang'ich ta'limning roli -T."TDPU" 2009.-250bet.

REFERENCES

1. Abu Rayhon Beruniy "Tanlagan asarlar" Toshkent fan 1968-yil 151-bet

2. Isakovna, T. S., & Xaydarovna, M. N. (2022). Boshlang'ich sinf o'quvchilarini tarbiyalashda mehnat tarbiyasining ahamiyati. Pedagogs jurnali, 23(2), 186-191.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

3. Isakovna, T. S., & Yo'lchi, O. R. R. Z. (2022). Yosh avlodni voyaga yekazishda tarbiyaning ahamiyati. Pedagogs jurnali, 23(3), 15-22.

4. Sariyev Sh. Ma'naviyat ko'zgusi. O'quvchilarning milliy ma'naviyatini shakllantirishda boshlang'ich ta'limning o'rni. —T.: "TDPU", 2009. —250 b.

5. Ergasheva D. BARKAMOL AVLODNI MA'NAVIY YETUK QILIB TARBIYALASHDA BOSHLANG 'ICH TA'LIMNING O 'RNI //Science and innovation. - 2022. - T. 1. - №. B4. - C. 139-141.

6. Akbarova Z., Rustamova D. BOSHLANG 'ICH SINF O 'QUVCHILARI NUTQIDA LEKSIK SINONIMLARNI FAOLLASHTIRISH BOSQICHLARI //Scientific journal of the Fergana State University. - 2022. - №. 3. - C. 75-75.

7. DilobarMaxsitovna K., Toyirjonovna R. D. COGNITIVE APPROACH TO LEARNING SYNONYMS IN PRIMARY EDUCATION SYSTEM //O'ZBEKISTONDA FANLARARO INNOVATSIYALAR VA ILMIY TADQIQOTLAR JURNALI. - 2023. - T. 2. - №. 20. - C. 521-525.

8. Rustamova D. T. K., Mamajonova F. M. K. STAGES OF ACTIVATING LEXICAL SYNONYMS IN THE SPEECH OF PRIMARY SCHOOL STUDENTS //Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences. - 2022. - T. 2. - №. 10. -C. 750-756.

9. Niezova M., Rustamova D. Oh no language in their classes students independent teacher of thinking interactive and unconventional methods //Molodoy Uchenyi. - 2020. - T. 4. - C. 480-481.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.