Научная статья на тему 'SHARQ MUTAFAKIRLARI ASARLARIDA DIDAKTIK QARASHLAR VA ULARNING TARBIYAVIY AHAMIYATI'

SHARQ MUTAFAKIRLARI ASARLARIDA DIDAKTIK QARASHLAR VA ULARNING TARBIYAVIY AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
34
27
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Sharq mutafakkirlari / ta’limiy / axloqiy / Yusuf Xos Hojib / “Qutadg’u bilig” / Ahmad Yugnakiy / “Hibbat ul-haqoyiq” / Kaykovus / “Qobusnoma”.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Sidikova Zulfiya Murodjon Qizi

Maqolada Sharq mutafakkirlarining ta’lim-tarbiya, odob-axloq masalalaridagi qarashlari haqida so’z yuritilgan. Shuningdek, Sharq mutafakkirlarining ijodiy faoliyatidagi ta’lim-tarbiyaga oid yondashuvlar, g’oyalar, qarashlarni yosh avlodning ongiga singdirishda ta’lim-tarbiya usullari va vositalarini anglash, hayotda ulardan to’gri foydalanish pedagogik ta’lim jarayonida pedagogning mahoratidagi muhim xususiyatlardan biri ekanligi yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SHARQ MUTAFAKIRLARI ASARLARIDA DIDAKTIK QARASHLAR VA ULARNING TARBIYAVIY AHAMIYATI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

SHARQ MUTAFAKIRLARI ASARLARIDA DIDAKTIK QARASHLAR VA ULARNING

TARBIYAVIY AHAMIYATI Sidikova Zulfiya Murodjon qizi

FarDu o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.11004545

Annotatsiya. Maqolada Sharq mutafakkirlarining ta'lim-tarbiya, odob-axloq masalalaridagi qarashlari haqida so'z yuritilgan. Shuningdek, Sharq mutafakkirlarining ijodiy faoliyatidagi ta'lim-tarbiyaga oid yondashuvlar, g'oyalar, qarashlarni yosh avlodning ongiga singdirishda ta'lim-tarbiya usullari va vositalarini anglash, hayotda ulardan to'gri foydalanish pedagogik ta'lim jarayonida pedagogning mahoratidagi muhim xususiyatlardan biri ekanligi yoritib berilgan.

Kalit so'zlar: Sharq mutafakkirlari, ta'limiy, axloqiy, Yusuf Xos Hojib, "Qutadg'u bilig", Ahmad Yugnakiy, "Hibbat ul-haqoyiq", Kaykovus, "Qobusnoma".

Ma'lumki, Sharq uyg'onish davrida ma'naviy-ma'rifiy sohada asosiy masala inson muammosi bo'lgan edi. Shu sababli ham ta'lim-tarbiya masalalariga katta e'tibor qaratilgan. Sharqqa xos bo'lgan insonning axloqiy, ruhiy kamoloti, oily darajadagi yuksalish muammosi yetakchi g'oya bo'lgan. Insoniylik, insonni ulug'lash g'oyasi ta'lim-tarbiyaga oid yaratilgan asarlarning asosiy o'zagi hisoblangan.Shu asosida Sharq mutafakkirlari jumladan, Yusuf Xos Hojibning "Qutadg'u bilig" asaridan boshlanib,Kaykovusning "Qobusnoma " , Ahmad Yugnakiyning "Hibbat ul-haqoyiq" va boshqa allomalarning ta'limiy-axloqiy asarlarida insonning ma'naviy kamolga yetishida yuksak axloqqa ega bo'lishi ilm-fanni egallashi asosidagina amalga oshishi mumkin degan g'oya ilgari surilgan.

O'tmishda buyuk allomalarimiz, yuksak darajadagi ma'naviyat, axloq-odob saboqlarini berganliklari, vatan, xalq istiqboli, farovon hayot, halol mehnat, fan taraqqiyoti, inson mehnati, atrof-muhitga munosabati haqidagi o'z qarashlarini bayon qilib berishgan.

Mana shunaday buyuk allomalarimiz sirasiga Yusuf Xos Hojibni kiritish mumkin. Yusuf Xos Hojib o'zining ma'naviy-axloqiy qarashlari bilan hozirgi davrga kelib ham pedagogika sohasiga beqiyos hissa qo'sha olganligi olib borilgan izlanishlardan namoyon ayon bo'lmoqda. Yusuf Xos Hojib jamiyat taqdirini hal etuvchi eng ulug' mansabdorlardan boshlab, oila a'zolalarigacha bir-biriga bo'lgan muomala munosabat masalalarini ham hayotiy masalalar asosida ochib beradi. Alloma ulug' va kichiklar o'rtasidagi xulq-odob qoidalari haqida so'z yuritar ekan, shu asnoda kamtarlik, salomlashish odobi, talablari, qoidalariini ham tavsiya etadi.Yusuf Xos Hojib insonning haqiqiy kamolga yetishida aqliy va axloqiy tomondangina emas,balki jismoniy tomondan ham sog'lom bo'lishi kerakligini ta'kidlagan.

Shuningdek,allomaning insonning turli marosimlar, yig'inlar, uchrashuvlar, ziyofatlarda o'zini qanday tutishi, xulq-odob qoidalariga rioya etishi haqida ham muhim o'g'itlar beradi. Masalan, "Qutadg'u bilig" dagi elchilar huzurida, shoxlar saroyda, to'y va azalarda qilinadigan mehmondorchiliklarda kishi o'zini qanday tutishi, odobi masalalari hozirgi kunda ham juda dolzarb hisoblanadi. "Qutadg'u bilig"da yana jumboqlarni yechish uslubidan ham foydalanilgan. Bu uslub o'quvchini asarga qiziqtiradi, uni o'qimishli qiladi, hozirgi davrda esa muammoli ta'lim deb yuritiladi. Bu asar insonni baxt-saodatga yo'llovchi barcha ezguliklarning yo'llari sanaladi. Usullari, uslublarini bayon etishi bilan ta'lim-tarbiya tarixida ilk va yirik asar sifatida o'z o'rniga ega. Yusuf Xos Hojibning biz tahlil etgan ushbu asari insonni har tomonlama kamolga

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

yetkazishning barcha masalalari o'zining badiiy ifodasini topgan yirik ta'limiy-axloqiy doston.Shuning uchun ham bu asar o'zining ilmiy, tarbiyaviy, ma'rifiy ahamiyati bilan beqiyos asar hisoblanadi.

Yana bir Sharq allomalaridan biri hisoblangan Ahmad Yugnakiy ham ta'limiy-axloqiy yo'nalishda yozilgan asari "Hibbat ul-haqoyiq" da bilimlilik, adolat, saxovat,muruvvat kabi xislatlar ulug'lanadi, yetuk insonni tarbiyalash g'oyasi ilgari surilgan asarini meros qilib qoldirgan.Ahmad Yugnakiy o'zining insonni kamolga yetkazish haqidagi qarashlari bilan pedagogik fikr taraqqiyotida o'z o'rniga egadir. U inson kamoloti uchun muhim bo'lgan aqliy va axloqiy qoida va talablarni o'zida mujassamlashtirgan "Hibbat ul-haqoyiq" asarida komil insonni shakllantirishning o'ziga xos tizimini yaratgan. Bunda u insonni kamolga yetkazishning eng muhim mezonlaridan biri insonning bilimga ega bo'lishi, unga aqliy tarbiya berish deb bilgan, so'ng ma'naviy-axloqiy kamolga yetkazuvchi so'z odobi, insondagi rostgo'ylik, halollik, kamtarlik, samimiylik,saxiylik, chinakam do'st bo'lishni eng asosiy shartlari sifatida ta'riflaydi. Bularga qarama-qarshi bo'lgan baxillik, zolimlik, ochko'zlik, yolg'onchilik, shoshqaloqlik kabi illatlarni qoralab, ularning yomonoqibatlarini ko'rsatib o'tgan."Hibbat ul-haqoyiq" asari xalqni, ayniqsa, yoshlarni ma'naviy kamolotga chorlaydi, ijtimoiy hayotdagi insonlar o'rtasidagi muammolarni ahillik, yaxshilik bilan hal etish, ochko'zlik, baxillik, jaholatni ilm-ma'rifat bilan bartaraf etishni dav'at etgan.

Sharqda keng tarqalgan pandnoma tarzida yozilgan eng mashhur asarlardan biri Kaykovusning "Qobusnoma" asaridir. Bu asar Sharq pedagogic fikr taraqqiyotida muhim o'rinni egallagan. "Qobusnoma" asari didaktik, falsafiy asar hisoblanib, shaxs shakllanishining barcha tomonlarini o'z ichiga olgan.

Kaykovus bola tarbiyasida talabchanlik bilan mehribonlikni birga olib boorish kerakligini ta'kidlab o'tgan. "Yosh bola ilm bilan odobni tayoq bilan o'rganur, o'z ixtiyori bilan o'rganmas. Ammo farzand beadab bo'lsa va sening ul sababdan qahring kelsa, o'z qo'ling bilan urmagil,muallimlarning tayog'I bilan qo'rqitgil. Bolalarga muallimlar adab bersinlar toki sendan o'g'lingni ko'nglida gina qolmasin". "Qobusnoma" asari hozirgi kunda ham axloqiy qadriyat sifatida yosh va kelajak avlodni ma'naviy-axloqiy ruhda tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega bo'lib kelmoqda.

Xulosa qilib aytganda, yuqoridagi fikrlarni inobatga olib, yosh kitobxonlarimiz bo'sh vaqtlarida bunday mazmundagi asarlarni o'qib o'z ma'naviyatlarini mohiyatlarini boyitishlarini tavsiya etgan bo'lardim. Bugungi kunda yosh kitobxonlar uchun keng imkoniyatlar yaratilgan, ular xohlagan asarlarini elektron tarzda ham o'qishlari mumkin va yuqoridagi mutafakkirlarimiz kabi elga, yurtga o'z hissasini qo'shadigan yetuk mutafakkir , alloma bo'lib yetishib chiqishlari mumkin.

REFERENCES

1. A. Haydarov. "Inson kamoloti va milliy-ma'naviy qadriyatlar". Toshkent:2008

2. H. Homidiy. "Ko'hna Sharq darg'alari".- Toshkent: 1999

3. Yusuf Xos Hojib. "Qutadg'u bilig".- Toshkent: Cho'lpon nomidagi nashriyot, matbaa ijodiy uyi, 2007.

4. Q. Mahmudov. Ahmad Yugnakiy va uning "Hibbat ul-haqoyiq" asari to'g'risida.- Toshkent: 1972

5. S. Dolimov,U. Dolimov. "Kaykovus unsurulmaoniy qobusnoma" Toshkent:"Istiqlol" 1994

6. www.ziyonet.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.