Научная статья на тему 'О‘RTA ASR SHARQ RENESSANS DAVRIDA INSON OMILI'

О‘RTA ASR SHARQ RENESSANS DAVRIDA INSON OMILI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

385
29
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
О'rta asr / Sharq / G'arb / uyg'onish / inson omili / pandnoma / axloq / ilm / Din / islom falsafasi.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — F. K. Axatov

О„rta asr musulmon sharqida inson omili va uning ilmga bо„lgan e‟tibori yuksak e‟zozda bо„lgan. Tarixda uyg„onish davri nomi bilan kirgan bu davrda kо„plab allomalar va davlat arboblarining ilmiy meroslari bugungi kungacha tadqiq qilinmoqda. Kо„plab sarkardalar va “istiloh”chilarni kо„rgan mintaqa sifatida SharqMovarounnahr diyorida ba‟zi mamlakatlardan “meros”lar ham qolgan. Islomning kirib kelishi bilan madaniyat, ma‟rifat kabi yangicha tushunchalar shakllangan. Uyg„onish dariga oid sharhlar tahlil qilindi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «О‘RTA ASR SHARQ RENESSANS DAVRIDA INSON OMILI»

O'RTA ASR SHARQ RENESSANS DAVRIDA INSON OMILI

F. K. Axatov

Chirchiq davlat pedagogika universiteti Ilmiy rahbar: R.A.Ikramov Y.f.n., dots.

ANNOTATSIYA

O'rta asr musulmon sharqida inson omili va uning ilmga bo'lgan e'tibori yuksak e'zozda bo'lgan. Tarixda uyg'onish davri nomi bilan kirgan bu davrda ko'plab allomalar va davlat arboblarining ilmiy meroslari bugungi kungacha tadqiq qilinmoqda. Ko'plab sarkardalar va "istiloh"chilarni ko'rgan mintaqa sifatida Sharq-Movarounnahr diyorida ba'zi mamlakatlardan "meros"lar ham qolgan. Islomning kirib kelishi bilan madaniyat, ma'rifat kabi yangicha tushunchalar shakllangan. Uyg'onish dariga oid sharhlar tahlil qilindi.

Kalit so'z: O'rta asr, Sharq, G'arb, uyg'onish, inson omili, pandnoma, axloq, ilm, Din, islom falsafasi.

KIRISH

O'rta asrda ilm fanga bo'lgan qarash ko'plab tadqiqotchilar nigohida "e'tiqod'lashgan davr sifatida qaraladi. Unutmaslik kerak: "Movarounnahr zamini o'rta asr musulmon sharqida ma'rifat va madaniyat maskani sifatida dong taratgan o'lka hisoblanadi"

Sharq mintaqasi "Uyg'onish davrida"gi ma'naviy-ma'rifiy sohada asosiy masala inson muammosi bo'lganligi barchamizga ma'lum. Aynan shuning uchun bu boradagi ta'lim va tarbiya masalalariga o'zgacha ahamiyatga xos e'tibor berilgan. "Arab-islom davlatlarida islom falsafasini o'rganish, uni tadqiq qilishda ulkan ishlar amalga oshirilgan va oshirilmoqda"

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Renessans - uyg'onish davri sifatida tahlil qilingan davr (O'rta asr F.A) ko'plab tadqiqotchilar nigohida "yangi ilm" va "yangi qarash"larni paydo qilgandek. Ammo unutmaslik kerak harqanday holatda ham, qaysi davrda bo'lishidan qat'iy nazar ilmga bo'lgan e'tibor to'g'ri yunaltirilishligi kerak. Va bu inson omilining haqiqiy ilmda manfaat borligiga bo'lgan ishonchini amaliyotda tasdiqlaydi. Falsafa ilmidan voqiflar buni yaxshi biladilar.

Falsafiy dunyoqarash orqali ko'plab bahsli mavzular paydo bo'ladi. Ushbu mavzularni xolis tahlil qilish uchun esa falsafani

May, 2023

112

o'zi nimaligini bilish va urganish lozim. Imom G'azzoliyning asarlarida (falsafani tanqiqidi va asliyat F.A) ham bunga oid misollar mavjud. "Mashhur ingliz faylasufi Frensis Bekon (Francis Bacon, 1561-1626) aytadi: "Falsafani yuzaki bilish inson aqlini dinsizlikka olib boradi, falsafani chuqur bilish esa insonlar aqlini dinga qaytaradi" deb aytilgan"

Shu bilan birga didaktik ruhdagi asarlarda ham Sharq mintaqasiga xos bo'lgan "Inson omili" va insonning ruhiy, axloqiy kamoloti, eng oliy darajadagi yuksalish muammosini olib, yetakchi idea - g'oya tarzida qaralgan. Insonga xos fazilatlar, "Inson omili" insonni ulug'lash, insoniylik g'oyasi ta'lim va tarbiyaga oid bunyod etilgan manbalarning asosiy mohiyati hisoblangan. Bunday o'ziga xos g'oyani, ya'ni "Inson omili" g'oyasini amalga oshirishdagi asosiy vositalari sifatida yuksak axloqiy mezonlar, insonga xos munosabatlar bilan birga uning xislatlarini boyitishga olib keluvchi ta'lim va tarbiya masalalarini amalga oshirish muhim masala qilib olingan. Ayni paytda, "Inson omili" g'oyasida yuksak ma'naviy va axloqiy xislatlar ifodalangani uchun ham Sharq mintaqasi "Uyg'onish davri" falsafasi va ta'limida ma'naviy-axloqiy yo'nalish muhim ahamiyat kasb etgan. Axloq falsafasi faylasuflarning ham, tarixchi-yu shoir hamda adiblarning ham, buyuk mutafakkirlarning ham birdek diqqat markazida turgan.

Ma'naviy-axloqiy risolalar va pandnoma asarlar shakillanib, axloq mezonlarining ham nazariy, ham amaliy jihatdan tahlil etila boshlangan."Qobusnoma", "Axloqi Nosiriy", "Qutadg'u bilig", "Hibbat ul-haqoyiq", "Guliston" va "Bo'ston", "Axloqi Jaloliy", "Axloqi Muhsiniy", "Mahbub ul-qulub" kabi Kaykovus, Nasiriddin Tusiy, Yusuf Xos hojib, Ahmad Yugnakiy, Muslihiddin Sa'diy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Jaloliddin Davoniy, Husayn Voiz Koshifiylarning ta'limiy-axloqiy asarlari yuqorida ta'kidlaganimiz inson shaxsini ma'naviy-axloqiy tomondan keng targ'ib etish va bunday muammoli jarayonlarni hal etish sohasidagi shakillangan asarlar sarasiga mansubligini unutmaslik lozim.

Ushbu axloqiy - ma'naviy va tarbiyaviy - ta'limiy asarlarda muhim omill sifatida "Komil inson" g'oyasini keng targ'ib etilganligi va Inson omili eng yuksak pog'onada turuvchi - oliy qadriyat maqomida sharhlanganligini ko'rishimiz mumkin.

Chunki, sizu - biz nazarga tutayotgan davrlardan boshlab ilm - savodxonlikni o'rganish Qur'oni Karim va Hadisi shariflar bilan tanishib, o'rganish va ularda aks ettirilgan ko'rsatmalarni o'zlashtirib olish bilan bir marom-yo'nalishda amalga oshganligini ko'rishimiz mumkin. Demak, bunday jarayonlarni tahllil qilishdan avval, yuqoridagi tahlillarga ko'ra, Qur'oni Karim va Hadisi shariflardagi axloqiy pand - nasihatlar ham mutafakkirlar - ilm ahli faoliyati-ijodiga ta'sir etgan deb aytiladi. Ba'zi

May, 2023

113

ma'lumotlarga qaraganda: Hadis ilmining ta'siriga sabab: umuminsoniy qadriyat-fazilatlarga alohida ahamiyat qaratilgan. Jomiy ijodidagi ko'plab asarlarda ham bunday diniy ruhda bitilgan pandnoma hikoyalar jamlangan. Bu esa inson omiliga bo'lgan qarashlarning diniy dunyoqarash va ilmiy dunyoqarash orqali shakllanishiga xizmat qiladi. Inson omiliga xos ruhiy barkamollikning o'ziga xosligi ham borki, kimdir uni "may", kimdir "oshiq" yana kimdir so'fiy tarzida tushunadi.

NATIJALAR VA MUHOKAMA

Misol: Jomiyning "Bahoriston" asaridagi Shayx Abu Said ibni Abul Xayrdan: -Sufiylik nimadan iborat? -deb so'raganlarida u shunday javob beribdi: -Boshingda borini chiqorib tashla, qo'lingda borini berib yubor, senga nima qilsalar chida.

Sufiylikni istasang o'zingdan bo'lgil xalos, Chiqib ketsin dilingdan butun havo-yu havas. Qo'lingda har ne bo'lsa, boshqalar qo'liga ber, Yuz baloga bardosh ber, barchaga bir quloq os.

Sharh: "Sufiy" maqomiga berilgan izohni sharhlasak, "Sufiy" - so'zi "suf" so'zidan olingan deyiladi ma'lumotlarga va uning mohiyati, suf - jun (mato-chakmon, janda) kiyeb yuruvchilar, degan ma'nolarda qo'llaniladi. Sufiylik Tasavvufning muhim martabasi bo'lib, unga ko'ra (tasavvuf nazarda tutilgan) insonning ruhiy borlig'i muhim aspekt hisoblanadi. Abdurahmon Jomiy asarlarini tahlil qilar ekanmiz, sufiyyona ijodi uning o'z davridagi Naqshbandiy sulukidagi sufiylardan bo'lganligini unutmasligimiz lozim. Ilmning mohiyati har bir jabhada o'z ifodasini topadi. So'fiylik maqomiga erishganlar ham poklik ila erishgan ilmlarini o'z qarashlari asosida namoyon etganlari bunga misol.

Ilmning mazmun-mohiyati dinda ham mavjud. Zero, Qur'oni Karimda Iqro-o'qi (o'qimoq) deb ta'kidlanishida ham ilmning mukammalligiga ishora. Shu bilan birga, Hadisi sharif ilmining ta'siri asosida muhim jarayonlar qatorida umuminsoniy qadriyatlarga alohida urg'u berilishligi bilan asarlar bitilishi, undagi ilgari suriladigan Islom musulmonchiligining muhim fazilat - xislatlari: ilm o'rganish (izlanish), poklik, halollik, himmat va saxovat, ehson, mehu - oqibat, sadoqat va vafo, sharm-hayo, muomala odoblari, axloqiy mezonlar va ko'plab bunga o'xshash xislatlar o'z ifodasini topgan. Bunday jarayon va holat Sharq san'ati va adabiyotiga, shu jumladan, axloqiy - ta'limiy asarlariga ta'sir etganligini ko'ramiz. Axloqiy va ta'limiy ruhda bitilgan asarlar bevosita Hadisi sharifda ilgari surilgan g'oyalar zamirida yaratilgan. Buning o'ziga xos muhim tomonlari: farzanda taribiyasidagi axloqiy fazilatlar, halollik -

May, 2023

114

poklik, rostgo'ylik va vafo, mehr - oqibat va ko'plab insonga xos bo'lgan fazilatlarni kengroq shakillanib borishligi bilan baholanadi. Ma'lumki, G'arb olamida ta'lim tarbiyadan alohida, ya'ni ta'limni ajratilgan holda shakillantirib boriladi, Sharqda esa ta'limni tarbiyasiz tasavvur etib bo'lmaydi. Bugungi kunda esa buning natijasi ularoq, G'arb olamidagi holat va vaziyatlarning chigallashib borayotganligidan ham ko'rishimiz mumkin. Agar inson o'zini erkin (cheklanmagan erkinlik) deb tasavvur qiladigan bo'lsa, nimalarni orzu qilmaydi va nimalarga qodir man deb hisoblashlarini ko'ramiz. G'arbdagi "Halokatli holat" buning yaqqol ifodasidir. Sharqdagi ma'naviy-ta'limiy va axloqiy asarlar bevosita Hadisi sharifdagi ilgari surilgan g'oyalar asosida yaratilganligi va uning ta'sirini biz Yusuf Xos Hojibning "Qutadg'u bilig" asarlaridan boshlab, pandnoma asar deb talqin etilgan Kaykovusning "Qobusnoma" asari, Yugnakiyning "Hibbat ul - haqoyiq", Sa'diyning "Guliston", Abdurahmon Jomiyning "Bahoriston", Navoiyning "Mahbub ul - qulub" va boshqa ko'plab asarlar mohiyatida ko'rinadi. Asarlarning mazmun va shakl va g'oyalar bunga asosdir.

Qur'oni Karimda ham, Hadisi sharifda ham, axloqiy - ma'naviy va ta'limiy -tarbiyaviy asarlarda ham ilm ta'rifi bilan birga, odob va xulq normalari - qoidalari, hayot - turmush odoblari keng tahlil etilgan. Bu esa inson omili va uning hayotiy zaruriyatiga daxildorlik tendensiyasidir.

Abdurahmon Jomiyning ijodi oid qarashlar Navoiy ijodida ham mujassamligini ko'rishimiz mumkinki:

Navoiy, sehr emas, go'yo Kalomulloh asosidir, Bu mo'jizlarki, zohir bo'ldi kilki nuktaposhimda.

Murshid - ustozi Jomiy kabi Qur'oni karimning tavsirini yaratishga jazm qilgan Navoiy o'z asarlarining mislsiz joziba siri qandaydir g'oyib alomatlaridan uzoq ekanini yaxshi bilgan, shuning uchun "kilki nuktaposhi" - qalamining qudratidan ortiq ajablanmaydi ham. Faqat bunday ruhiy qoniqish hissi, haqfaxriya tuyg'usi munosib va mo'tabar dalil bilan asoslanishi kerak. So'z qadrini, she'riy san'at mas'uliyatini chuqur idrok etgan Navoiy "mo'jizlar zohir bo'lgan" qalam uchun yolg'iz muqaddas kitob "Kalomulloh" asosli nisbat, ishonchli qiyos - shahodat bo'lishi mumkin deb hisoblaydi...

XULOSA

E'tibor bergan bo'lsangiz, Navoiyni "ustozi Jomiy kabi Qur'oni karim tavsirni yaratishga jazm qilgan"ligi haqida so'z bormoqda. Bunday ma'lumotlarni o'qishingiz bilan faqatgina Qur'oni karimni tavsir qilishlik an'ana ekanda deb xayolingiz chalg'imasligi lozim. Zero,

May, 2023

115

ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 j Cite-Factor: 0,89 j SIS: 1,9 j ASI: 1,3 j SJIF: 5,771 j UIF: 6,1

Qur'oni karimni tavsir (tarjima - sharh) qilish bu qandaydir doston yozish emas, balki, Islom dinini mukammal bilgan va fiqh (Islom huquqshunosligi)dan tortib, aqiyda bobigacha to'la boxabar insonlargina bunday ishga azmu - qaror qilishlari mumkin.

Bunda "ustozi Jomiy kabi " iborasi qo'llanilmoqda: bunda Jomiyning Qur'on (Islom) ilmini mukammal bilganligi va uni to'la sharh qilishdek ma'rifatga ega ekanligidan dalolatdir. Shuning uchun, Jomiy shayx rutbasini olgan. Bu esa uning o'z davridagi ma'rifat ahlining peshvolaridan ekanligidan dalollat bergay. Iboraning davomidan esa: Qur'oni Karim tavsirni yaratishga jazm qilgan degan ibora qo'llanilmoqda. Bundan ko'rinib turadiki, bu ikki donishmand inson omiliga xos fazilatlarni e'tirof etgan va bir davrda ijod qilgan buyuk mutafakkir - "Charog'i ilm" vakillari bo'lganlar.

REFERENCES

1. Шарq ренессанси даври аллoмалари ва мутафаккирларининг илмий-фалсафий мерoси. (А.Маврулoв ва бoшqа...) - Т.: "Sino-standart", 2017.

2. Шайх Муhаммад Сoдиq Муhаммад Юсуф. Олам ва oдам Дин ва илм. -^шкет1: "Hilol - nashr", 2021.

3. Шoмуhамедoв Ш. Абдураhмoн Жoмий - -307 1971 jjai^- : ¿^j ^

4. Акрам Б. Фасohат мулкининг сohибqирoни. - Т., "O'zbekiston", 2016

5. Madalimov, T., Akhatov, L., Xaytmetov, R., & Ibrohimov, F. (2020). A Symbol of Tolerance and Friendship in Jamiy's Work "Bahoriston". International Journal of Current Science Research and Review, 1(1), 29-32.

6. Madalimov, T., Khaytmetov, R., & Akhatov, L. (2020). THE PROBLEM OF TOLERANCE IN ORIENTAL PHILOSOPHY. JournalNX - A Multidisciplinary Peer Reviewed Journal, 6(7), 130-133.

7. Madalimov, T., Khaytmetov, R., & Akhatov, L. (2020). the PROBLEM of HUMAN PSYCHOLOGICAL CRISES in the VIEWS of EMIL DÜRKHEIM.

НАУКА ОБРАЗОВАНИЕ И КУЛЬТУРА, 50(6), 50-57.

8. Xaytmetov, R., Akhatov, L., & Madalimov, T. (2020). Капитализм ва интон психoлoгияси. Педагогика ва психологияда инноваsиялар, 2(1), 53-61.

9. Xaytmetov, R., Madalimov, T., & Akhatov, L. (2020). The spiritual connection of Sufism and Tolerance in the works of Jami. International Journal of Multidisciplinary Research and Publications, 1(2), 1-4.

10. Akhatov, Lutfillo, Timur Madalimov, and Raimberdi Xaytmetov. "The Spiritual Connection of Sufism and Tolerance in the Works of Jami."

May, 2023

ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 | Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,9 | ASI: 1,3 | SJIF: 5,771 | UIF: 6,1

International Journal of Multidisciplinary Research and Publications 2 (2020): 1-4. Web. Apr. 2020.

11. Akhatov, Lutfullo, Timur Madalimov, Raimberdi Xaytmetov, and Farxod Ibrohimov. "A Symbol of Tolerance and Friendship in Jamiy's Work "Bahoriston"."

International Journal of Current Science Research and Review 3 (2020): 29-32. Web. Apr. 2020.

12. Khaytmetov, R., T. Madalimov, and L. Akhatov. "The Problem of Human Psychological Crises in the Views of Emil Durkheim." Наука, образование и культура 6.50 (2020): 50-57. Web.

13. Khaytmetov, R., T. Madalimov, and L. Akhatov. "The Problem of Tolerance in Oriental Philosophy." Multidisciplinary Peer Reviewed Journal 6.7 (2020): 130-133.

14. Хайтметов, Раимберди, Тимур Мадалимов, and Лутфулло Ахатов. "Капитализм ва инсон психологияси." Педагогика ва психологияда инноваsиялар 2 (2020): 53-61. Web. Apr. 2020.

Web.

May, 2023

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.