Научная статья на тему 'SHARQ UYG‘ONISH DAVRIDA TA’LIM VA TARBIYA MASALALARI'

SHARQ UYG‘ONISH DAVRIDA TA’LIM VA TARBIYA MASALALARI Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

14184
625
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SHARQ UYG‘ONISH DAVRIDA TA’LIM VA TARBIYA MASALALARI»

Tashkent Medical Academy Volume 3 | TMA Conference | 2022

The significance of the scientific, cultural Abu Rayhon Beruniy ilmiy-madaniy

heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in merosining ahamiyati va uning fan

SHARQ UYG'ONISH DAVRIDA TA'LIM VA TARBIYA MASALALARI

Alisher Nasrullaevich Saydullaev

Toshkent tibbiyot akademiyasi yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat

bo'limi

Shohrux Alisher o'g'li Nasrullaev

Toshkent tibbiyot akademiyasi 2-davolash fakulteti tyutori

Insoniyat tarixida Sharq uyg'onish davri pedagogikasi alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki, bu davr pedagogikasida axloqiy fazilatlar va ta'lim-tarbiya masalalariga juda katta e'tibor qaratilgan. Shaxs kamoloti masalasi o'sha davr mutafakkirlarining diqqat markazida bo'lgan. Bu davrda ta'limiy, tarbiyaviy va axloqiy mazmunda yaratilgan quyidagi; "Fozil odamlar shahri", "Baxt saodatga erishuv haqida", "Axloq haqida risola", "Ishq risolasi", "Qutadg'u bilig", "Axloqi Nasriy", "Axloqi Jamoliy", "Axloqi Muhsiniy", "Hibatul-haqoyiq", "Qobusnoma", "Guliston", "Bo'ston", "Mahbub ul-qulub" kabi asarlarda ta'lim-tarbiya, milliy axloq-odob borasida, milliy urf-odatlar, turli-tuman an'analarni joy-joyiga qo'yish, milliy qadriyatlarni rivojlantirish masalalariga alohida e'tibor qaratilgan.

Ma'lumki o'tgan asrlarda arab xalifaligida vujudga kelgan ijtimoiy-siyosiy, ma'naviy o'zgarishlar, Islom dinining vujudga kelishi madaniy hayotga ham o'z ta'sirini ko'rsatadi. Bu ta'sir katta ko'tarinkilik ruhini paydo qiladi va bu ruh arab xalifaligini, Sharqni qamrab olganligi uchun Sharq uyg'onish davri deb ataladi. Bu jarayon IX asrdan boshlanib, XV-XVI asrlargacha davom etadi.

Tarixiy manbalar ma'lumotlariga ko'ra XI asrda Xorazmda ilm-fan ayniqsa taraqqiy etadi. Bu davrda ilm-fan rivojlanishi quyidagi uchta yo'nalishdan iborat bo'ladi.

Birinchi yo'nalish. Matematika-tibbiyot yo'nalishi (matematika, astronomiya, kimyo, geodeziya, mineralogiya, tibbiyot, farmologiya va boshqalar) kiritilgan.

Ikkinchi yo'nalish. Ijtimoiy-falsafiy yo'nalishi(falsafa, tarix, mantiq, fiqx, ruhshunoslik, notiqlik va shunga yaqin bo'lgan yo'nalishlar) kiritilgan.

Uchinchi yo'nalish. Ta'limiy-axloqiy mazmundagi yo'nalish bo'lib unga qomusiy olimlarning asarlaridagi didaktik va axloqiy fikrlari kiritilgan.

December 16

Tashkent Medical Academy

The significance of the scientific, cultural

heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in

Sharq uyg'onish davrida ham komil inson tarbiyasi muammosi ma'naviy sohadagi eng asosiy masala bo'lgan. Shuning uchun ham ta'lim-tarbiya masalasiga katta e'tibor berilgan. Zero, insoniylik g'oyasida yuksak axloqiy xislatlar ifodalanganligi uchun ham Sharq uyg'onish davri pedagogikasida ta'lim va tarbiya yo'nalishi muhim ahamiyat kasb etgan. Axloq masalasi buyuk mutafakkirlarning, pedagoglarning diqqat markazida bo'lgan. Bu davrda Forobiy, Beruniy, ibn Sino, Yusuf xos Hojib, Ahmad Yugnakiy, Tusiy, Davoniy, Koshifiy, Kaykovus, Sa'diy, Jomiy, Alisher Navoiylarning ta'limiy-axloqiy asarlari inson shaxsini ma'naviy-axloqiy shakllantirish muammosini hal etishda sof pedagogik asarlar sifatida muhim ahamiyatga ega bo'ldi. Mazkur pedagogik asarlarda insonning ma'naviy kamolga yetishida yuksak xulq-odob, ilm-fanni egallash g'oyasi ilgari surilgan.

O'sha davr buyuk Sharq mutafakkirlarining ta'lim va tarbiyaga oid qarashlarining asosini ham "Qur'oni Karim" va "Hadis" ta'limoti tashkil etadi. Ular o'z qarashlarini yoshlar ta'lim-tarbiyasi uchun zarur odob-axloq me'yorlari, o'z turmush tajribasi, islom axloqi, Qur'on talablari hamda Hadislar asosida bayon qiladi va shu asosda yoshlarning doimiy amal qilishi lozim bo'lgan harakatlari ketma-ketligi va odob-axloq me'yorlarining tizimli tartibini bayon qiladi. Ul buyuk zotlarning sermahzul ijod mahsullari bugungi kun ta'lim-tarbiya jarayonida yosh avlod tarbiyasida dasturulamal bo'la oldi.

Ta'lim-tarbiya jarayonini tashkil etishda o'z o'git va yo'nalishlari bilan beqiyos hissa qo'shgan buyuk qomusiy olim Abu Nasr Forobiy bu borada quyidagilarni alohida ta'kidlaydi:

-"Ta'lim degan so'z xalqlar va shaharliklar o'rtasida nazariy fazilatni birlashtirish, tarbiya esa shu xalqlar o'rtasidagi tug'ma fazilat va amaliy kasb-hunar fazilatlarini birlashtirish";

-"Tarbiya jarayonining muvaffaqiyatli kechishi uchun tarbiya beruvchining o'zi tarbiyali bo'lmog'i shart";

-"Ta'lim faqat so'z va o'rganish bilan, tarbiya esa amaliy ish, tajriba bilan amalga oshiriladi";

-"Tarbiya - har bir xalq, millatning amaliy malakalaridan iborat bo'lgan ish -harakat, kasb - hunarga o'rgatishdir";

-"Inson - dunyo taraqqiyotining eng mukammal va yetuk yakuni" Buyuk mutafakkir va qomusiy olim Abu Nasr Forobiy bu fikrlari orqali shaxs kamolotida ta'lim va tarbiya berish zarurati, ta'lim-tarbiya usullaridan kutilgan asosiy maqsad va bola

December 16 Republican Scientific and Practical Conference

157

Tashkent Medical Academy The significance of the scientific, cultural heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in the development of science

taraqqiyotidagi o'rni

'.qqtyottüa^

tarbiyasida tarbiya usullari haqida qimmatli ma'lumotlarni bayon etgan hamda bolaning tug'ilgandan boshlab oyoqqa turguncha ma'lum tartibda tarbiyalanib borishga katta e'tibor qaratilishiga to'xtalgan.

O'z tarixiy ijodi va buyuk ma'naviy-ma'rifiy merosi bilan dunyo ilm-fanini yuqori cho'qqiga olib chikgan, o'rta asrlar Sharqining qomusiy olimi, astronomi, geografi, ma'danshunosi, etnografi, tarixchisi, shoiri, faylasufi va pedagogi Abu Rayhon Beruniyning ham yaratgan barcha asarlari mazmun-mohiyatini ta'lim-tarbiya masalalari tashkil etadi. Uning ijodidan fanning turli sohalariga oid juda ko'p yirik asarlar o'rin olgan bo'lib, bu asarlar uning ana shu sohalarni nihoyatda yaxshi bilgan tadqiqotchi, fanda yangidan yangi yo'llar ochgan donishmand bo'lganligidan dalolat beradi.

Beruniyshunos olimlarning ma'lumotlariga ko'ra Beruniy yoshligidan riyoziyot va falakiyotni o'rganib, 16-17 yoshlaridayoq Quyoshning balandligini o'lchagan, quyosh tutilishini kuzatish bilan shug'ullanib, 22 yoshida Markaziy Osiyoda birinchi bor yer globusini, turli xalqlarning yil hisoblari haqidagi ilk yirik asari - "Osorul boqiya"ni yaratadi.

Olimning fan taraqqiyotiga qo'shgan hissasi juda ulkan bo'lib, u 152-ta risola yaratgan, shundan 30 tasi bizgacha etib kelgan.

Taniqli Rus olimi V.V.Bartold: - "Beruniy shunday serqirra olimki, o'z davrida mavjud bo'lgan ilm sohalaridan shug'ullanmagani uning shug'ullanganidan kamdir. Uning yozgan asarlari shunchalik ko'p va serqirraki bunga bir odamning umri kifoya qilganiga kishi hayron qoladi"- deydi.

Yana bir buyuk rus sharqshunos olimi, akademik S.P.Tolstov xalqaro ilmiy anjumanlarning birida Evropa olimlaridan biri "Beruniy XI asr Leonardo do Vinchisi" degan ta'rifiga javoban "Leanardo do Vinchi XV asr Beruniysidir" deb vatandoshimizga juda katta ta'rif bergan.

Bugungi kunda Beruniyning boy ilmiy, adabiy merosi o'z ahamiyatini yo'qotmasdan avlodlar qo'lida qadr topmoqda. U ilm-fanning hamma sohalarini mukammal egallagan qomusiy olim sifatida o'zining asarlari bilan falsafa, astronomiya, geodeziya, geografiya, tarix va tarbiya fanlari rivojiga katta hissa qo'shgan.

Buyuk bobokalonimiz, qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy 1048 yilda G'azna shahrida vafot etgan. Buyuk olim nomini abadiylashtirish maqsadida yurtimizdagi ko'pgina ilmiy markazlar, ko'chalar, shahar va qishloqlarga olim nomi berilgan.

December 16

Tashkent Medical Academy The significance of the scientific, cultural heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in the development of science_

taraqqiyotidagi o'rni

'.qqtyottüa^

Buyuk Sharq mutafakkirlarining boy madaniy va ma'rifiy merosi yosh avlodni doimo halol mehnat qilishga, mardlik va saxovat, kamtarlik va adolat, va mehr va oqibatga chaqiradi. Har qaysi xalq yoki millatning ma'naviyatini, tarixini, o'ziga xos urf-odat va an'analarini milliy qadriyatlarsiz tasavvur etib bo'lmaydi. Sharq olimlarining, jumladan, Abu Rayhon Beruniyning hikmatlari, Kaykovusning "Qobusnoma", Alisher Navoiyning "Mahbub ul-qulub", Husayn Voiz Koshifiyning "Axloqi muhsiniy" kabi asarlarida ta'lim va tarbiya masalasiga bo'lgan e'tibor o'z aksini topgan. Qayd etilgan asarlarda farzand ota-onaning baxti bo'lsa, tarbiya farzandning buguni, ertasi va kelajagidir degan ma'nj mujassam. Mutafakkir Ibn Sino tarbiya beruvchilarga qarata,"Kimga qanday pandu nasihat qilsang, unga, avvalo, o'zing amal qil", - deganidek, farzand tarbiyasida, ularning ma'naviy dunyoqarashini kengaytirish va boyitishda, mutafakkirlarning fikr-mulohazalari, pand-nasihatlari, hikmatlariga amal qilish va ulardan foydalanish barchamizning burchimizdir.

REFERENCES

1. Sh.Mirziyoev. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz. - T., «O'zbekiston», 2017 y.

2. O.Xasanboeva, J.Xasanboev, H.Homidov "Pedagogika tarixi" - "G'afur G'ulom" nashriyoti-matbaa ijodiy uyi. -T.: 2004 y.

3. D.Bobojonov, M.Abdurasulov "Abadiyat farzandlari" Xorazm Ma'mun akademiyasi nashriyoti 2009 y.

4. M.Farmonova. "Sharq mutafakkirlarining ma'naviy merosida farzand tarbiyasi" (Ilmiy-uslubiy qo'llanma)

December 16

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.